O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlarida alkotester yordamida shaxslarning alkogolli ichimlik iste’mol qilganligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Mamlakatimizda jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali huquq-tartibot va qonuniylikni mustahkamlash hamda aholining tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Huquqbuzarlik sodir etganlik holatini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga olib kelingan shaxslarning alkogolli ichimlik iste’mol qilganligini alkotester yordamida aniqlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining huquqbuzarlik sodir etganlik holatini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga olib kelingan shaxslarning alkogolli ichimlik iste’mol qilganligini alkotester yordamida aniqlash tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-dekabrdagi 754-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2025-y., 09/25/754/1119-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-dekabrdagi 754-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2025-y., 09/25/754/1119-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Milliy gvardiya bilan birgalikda bir oy muddatda alkotester yordamida shaxslarning alkogolli ichimlik iste’mol qilganligini aniqlash bo‘yicha mas’ul xodimlar uchun maxsus o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etsin;
2024-2025-yillarda davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablari asosida tuman (shahar) ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamg‘armalari hisobidan 2-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich alkotesterlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 5-aprel,
190-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-dekabrdagi 754-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2025-y., 09/25/754/1119-son)
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-apreldagi 190-son qaroriga
2-ILOVA
2024-2025-yillarda tuman (shahar) ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlarini bosqichma-bosqich alkotesterlar bilan ta’minlash
JADVALI

T/r

Hudud nomi

Tuman (shahar)lar soni

Alkotester

(dona)

2024-yilda

2025-yilda

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

17

8

9

2.

Andijon viloyati

17

9

8

3.

Buxoro viloyati

13

6

7

4.

Jizzax viloyati

13

7

6

5.

Qashqadaryo viloyati

15

8

7

6.

Navoiy viloyati

11

6

5

7.

Namangan viloyati

14

7

7

8.

Samarqand viloyati

16

8

8

9.

Surxondaryo viloyati

15

8

7

10.

Sirdaryo viloyati

11

6

5

11.

Toshkent viloyati

22

11

11

12.

Farg‘ona viloyati

19

9

10

13.

Xorazm viloyati

13

7

6

14.

Toshkent shahri

12

6

6

Jami

208

106

102

Izoh. Zaruratga ko‘ra ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlari qo‘shimcha alkotesterlar bilan ta’minlanishi mumkin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2024-y., 09/24/190/0269-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 02.12.2025-y., 09/25/754/1119-son)