Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 26-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 9-fevralda maʼqullangan
Mamlakatimizda keksalarni va mehnatga layoqatsiz shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan, pensiya tayinlash tartib-taomillari soddalashtirilmoqda va raqamlashtirilmoqda, ortiqcha byurokratik toʻsiqlar bartaraf etilmoqda, pensiya taʼminoti tizimida davlat xizmatlari koʻrsatish sifati tubdan yaxshilanmoqda, shuningdek keksalarni va imkoniyati cheklangan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni ijtimoiy adolat prinsiplaridan kelib chiqqan holda yanada kuchaytirish, ularning huquq va erkinliklarini taʼminlash, moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga fuqarolarga pensiya tayinlashda inson omilini kamaytirish, keksalarga, nogironligi boʻlgan va boquvchisini yoʻqotgan shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yanada oshirish, shuningdek mazkur sohada ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish uchun fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish dasturlarining samaradorligini “Inson qadri uchun” prinsipi asosida qayta koʻrib chiqish talab etilmoqda.
Ushbu Qonun bilan “Ijara toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga ijarachining nogiron boʻlib qolganligi ijara shartnomasini tugatish uchun asos boʻlishini bekor qilishni, shuningdek Qonunda qoʻllanilgan ayrim tushunchalarni amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Bundan tashqari “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida pensionerga hisoblangan, lekin uning tomonidan talab qilib olinmagan pensiya summasini toʻlash muddatini oʻn ikki oydan yigirma toʻrt oygacha uzaytirish, shuningdek fuqarolarning pensiya tayinlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish huquqi nazarda tutilmoqda. Qonunda pensiyaning eng kam miqdori eng kam isteʼmol xarajatlari darajasidan oz boʻlmasligini belgilash, pensiyalar miqdorlarini yil davomida tovarlar va xizmatlarning isteʼmol narxlari indeksi darajasining oʻsish surʼatlarini inobatga olgan holda oshirib borish tartibi, shuningdek mahkumlarning ozodlikdan mahrum qilingan davrda amalga oshirgan faoliyati davrini pensiya olish huquqini beradigan faoliyat turi sifatida hisobga olishga doir talab ham aniqlanmoqda.
Shu bilan birga “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga fuqaroda davlat pensiya taʼminoti huquqi yuzaga kelganligi toʻgʻrisida Pensiya jamgʻarmasi tomonidan Xalq bankiga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan maʼlumotlar fuqaroning pensiya toʻlovlarini olishi uchun asos boʻlishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun Yangi Oʻzbekistonning ijtimoiy davlat prinsipini amalga oshirishga qaratilgan boʻlib, pensionerlarning moddiy farovonligini yanada yuksaltirishga, fuqarolarning elektron davlat xizmatlarini mustaqil ravishda olish imkoniyatlarini kengaytirishga, pensiya miqdorini qayta hisob-kitob qilishda inflatsiya darajasini hisobga olish tizimini joriy etishga, nogironligi boʻlgan shaxslarning ijara munosabatlariga oid huquqlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Ijara toʻgʻrisida”gi 427-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 45-modda; 1993-yil, № 9, 329-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 5-modda uchinchi qismi yettinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “shartnomaning amal qilishi toʻxtatilganidan keyin” degan soʻzlar “shartnoma tugatilganidan keyin” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “ijara shartnomasining amal qilishi toʻxtatilgach” degan soʻzlar “ijara shartnomasi tugatilgach” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining ruscha matnidagi “deystviya” degan soʻz chiqarib tashlansin;
sakkizinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “toʻxtatgan” degan soʻz “tugatgan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
nomining oʻzbekcha matnidagi “toʻxtatish” degan soʻz “tugatish” degan soʻz bilan almashtirilsin;
birinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “toʻxtatilishiga” degan soʻz “tugatilishiga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijarachi muomalaga layoqatsiz deb topilgan taqdirda shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda va shartlarda tugatiladi. Bu holda ijarachining oila aʼzolaridan biri ijara shartnomasi tuzishda ustun huquqqa ega boʻladi. Ijarachi sodir etgan jinoyati uchun kelgusida shartnomani bajara olishiga imkon boʻlmaydigan usulda jazolangan taqdirda ham ijara shartnomasi tugatiladi”;
4) 17-modda birinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “toʻxtatilgach” degan soʻz “tugatilgach” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) 31-moddaning oʻzbekcha matnidagi “toʻxtatish” degan soʻz “tugatish” degan soʻz bilan almashtirilsin;
birinchi qismi beshinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “toʻxtatish” degan soʻz “tugatish” degan soʻz bilan almashtirilsin;
birinchi qismi beshinchi xatboshisining ruscha matnidagi “deystviya” degan soʻz chiqarib tashlansin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi 938-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 1, 4-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383, 384-moddalar; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 10, 676-modda, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 5, 265-modda, № 8, 469-modda, № 9, 592-modda, № 11, 792-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 973-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 5, 464-modda, № 10, 979, 982-moddalar; 2023-yil, № 2, 104-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 8-moddaning matnidagi “37-moddasi birinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida” degan soʻzlar “37-moddasi birinchi qismining “a” — “g” va “k” bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 121-moddaning matnidagi “37-moddasining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida” degan soʻzlar “37-moddasi birinchi qismining “a” — “g” va “k” bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 25-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Pensiya miqdori rasman belgilangan eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlishi mumkin emas”;
4) 29-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ish staji toʻliq boʻlmaganda pensiyaning miqdori rasman belgilangan eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlishi mumkin emas”;
ikkinchi qismidagi “ushbu moddaning “a” — “g” bandlarida” degan soʻzlar “ushbu modda birinchi qismining “a” — “g” va “k” bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “ushbu moddaning “a” — “g” bandlarida” degan soʻzlar “ushbu modda birinchi qismining “a” — “g” va “k” bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 43-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“43-modda. Pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etish tartibi
Fuqaro yoki uning qonuniy vakili pensiya tayinlashni soʻrab oʻz tanloviga koʻra quyidagi usullardan birini qoʻllagan holda murojaat qilish huquqiga ega:
doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga ariza bilan;
yashash joyidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazida soʻrovnoma toʻldirgan holda;
Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali soʻrovnoma toʻldirgan holda.
Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar pensiya tayinlashni soʻrab ariza bilan manzil-koloniya joylashgan erdagi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining bevosita tuman (shahar) boʻlimiga yoki soʻrovnoma toʻldirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etishi mumkin.
Pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etilganda shaxsning pensiyaga boʻlgan huquqi ushbu Qonunda belgilangan shartlarga va normalarga muvofiq axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlarga asosan aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining boʻlimlari pensiyalarni tayinlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar va maʼlumotlar berishi, shuningdek arizachiga zarur hujjatlarni olishida koʻmaklashishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari korxonalardan, tashkilotlardan va ayrim shaxslardan tegishli hujjatlarni talab qilib olish, zarur hollarda esa, ularning berilishi asosliligini tekshirish huquqiga ega.
Korxonalar va tashkilotlar pensiya uchun (pensiya qayta hisob-kitob qilinishi uchun) hujjatlarni oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki ishonchsiz maʼlumotlari boʻlgan hujjatlarni taqdim etish oqibatida pensionerga yetkazilgan zarar uchun uning oldida qonunchilikda belgilanganidek javobgar boʻladi.
Korxona yoki pensioner tomonidan maʼlumotlari ishonchsiz hujjatlar taqdim etilganligi oqibatida davlatga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga qoplanadi. Bunda korxona tomonidan yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimidan tegishli xabarnoma olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida, pensioner tomonidan yetkazilgan zararning oʻrni esa ushbu Qonunning 65-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi”;
7) 45 va 46-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45-modda. Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi hujjatlarni va maʼlumotlarni qarab chiqish muddatlari
Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi hujjatlar va maʼlumotlar ular kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmasdan qarab chiqiladi.
Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tegishli qaror chiqarilganidan keyin besh kun ichida arizachiga pensiya tayinlash rad etilganligi haqida rad etish sabablari va shikoyat berish tartibi koʻrsatilgan xabarnomani beradi yoki joʻnatadi hamda ayni chogʻda barcha hujjatlarni qaytaradi.
Agar pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi murojaat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali soʻrovnoma toʻldirgan holda berilgan boʻlsa, pensiya tayinlash rad etilganligi toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kunning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi murojaat qilgan shaxsga pensiya tayinlash rad etilganligi haqida rad etish sabablarini va shikoyat berish tartibini koʻrsatgan holda xabar yuboradi.
46-modda. Pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etilgan kun
Ariza qabul qilib olingan kun yoki soʻrovnoma kelib tushgan kun pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etilgan kun deb hisoblanadi.
Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan yoki axborot tizimlarida zarur maʼlumotlar mavjud boʻlmagan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi murojaatchiga qoʻshimcha ravishda qaysi hujjatlar yoki maʼlumotlar taqdim etilishi kerakligi haqida xabar qiladi. Basharti ular qoʻshimcha hujjatlar yoki maʼlumotlar taqdim etilishi zarurligi haqidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran uch oy ichida taqdim etilsa, pensiya tayinlanishi toʻgʻrisidagi ariza yoki soʻrovnoma qabul qilingan kun pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etilgan kun deb hisoblanadi”;
8) 49-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“yoshga doir eng kam pensiya miqdori oʻzgarganda;
daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda amalga oshiriladi. Bunda pensiya miqdori yil davomida tovarlar va xizmatlarning isteʼmol narxlari (tariflari) indeksi (inflatsiya) darajasining oʻsish surʼatlari hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga asosan indeksatsiya qilinadi (oshiriladi)”;
9) 59-moddaning birinchi qismidagi “oʻn ikki oydan” degan soʻzlar “yigirma toʻrt oydan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi 702-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 334-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 18-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish uchun asos
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan fuqaroda davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar fuqaroning jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olishi uchun asos boʻladi”;
2) 20-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan fuqaroda davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga asosan bunday toʻlovlarni oluvchining yashash joyidagi Xalq banki filiali tomonidan toʻlanadi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 2-moddasi 6, 7 va 9-bandlarining qoidalari 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 18-mart,
OʻRQ-922-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 03/24/922/0224-son)