Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2013

O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Oliy attestatsiya komissiyasi

Rayosatining 1996-yil 25-yanvardagi

34/2-son qarori bilan

“TASDIQLANGAN”

ILMIY UNVONLAR BERISh TO‘G‘RISIDA
Nizom
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1996-yil 10-iyulda 262-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/4-sonli “Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2444, 25.03.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Nizom professor, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlari berish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ilmiy unvonlar fanning muayyan sohasida chuqur ixtisosiy bilimga hamda ilmiy va pedagogik sohada ma’lum yutuqlarga erishgan oliy ma’lumotga (bakalavrdan tashqari) yoki ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslarga beriladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 262-1, 12.08.2003-y.) tahririda — O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Professor, dotsent, katta ilmiy xodim ilmiy unvonlarini qaysi idoraga bo‘ysunishidan qat’iy nazar, respublika oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy (ilmiy-texnika) kengashlarining (bundan buyon — kengash) iltimosnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) beradi. Iltimosnoma ilmiy unvon talabgorining asosiy ish joyidan taqdim etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 262-1, 12.08.2003-y.) tahririda — O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
3. Yopiq mavzularda ish olib borayotgan shaxslarga ilmiy unvonlar berishning o‘ziga xos tartibini OAK ushbu Nizom talablarini hisobga olib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan ularning vakolatlari doirasida kelishgan holda belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. OAK Rayosatining ilmiy unvon berish haqidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2009-yil 24-dekabrdagi 160/13-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 262-2, 23.01.2010-y.) muvofiq chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2010-y., 3-4-son, 28-modda)
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 262-1, 12.08.2003-y.) tahririda — O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
41. Professor, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlariga ega bo‘lganlarga belgilangan namunadagi attestat beriladi. Ushbu attestat ilmiy unvonlar berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan paytdan boshlab, bir oy muddat davomida OAK Rayosati qarori asosida rasmiylashtiriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2009-yil 24-dekabrdagi 160/13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 262-2, 23.01.2010-y.) bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 3-4-son, 28-modda)
II. ILMIY UNVONLAR BERISh
5. Professor ilmiy unvoni:
tanlov bo‘yicha saylangan yoki shartnoma asosida kafedra mudiri, professor lavozimida ishlayotgan yoxud oliy o‘quv yurtining rektori (o‘quv yoki ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori), malaka oshirish institutining yoki unga tenglashtirilgan o‘quv yurtining direktori (direktor muovini) lavozimlarida bir o‘quv yili davomida muvaffaqiyatli ishlagan fan doktorlariga beriladi. Ular pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan, shu jumladan dissertatsiya himoyasidan so‘ng matbuotda e’lon qilingan ilmiy va o‘quv-metodik ishlarga, oliy o‘quv yurtlari yoki malaka oshirish institutlarida yuksak-metodik va ilmiy saviyada ma’ruzalar kursini o‘qigan, kamida besh yillik pedagoglik ish stajiga hamda dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega bo‘lishlari hamda ilmiy daraja olgan yuqori malakali mutaxassis tayyorlagan bo‘lishlari shart;
oliy o‘quv yurtining ilmiy-tadqiqot bo‘limi (bo‘linmasi, sektori, laboratoriyasi)ning mudiri (boshlig‘i), bosh ilmiy xodimi, yetakchi ilmiy xodimi lavozimiga tanlov bo‘yicha saylangan yoki attestatsiya tartibida tayinlangan fan doktorlariga beriladi. Ular kamida besh yillik ilmiy stajga hamda dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega mazkur lavozimlarda kamida bir yil muvaffaqiyatli ishlagan bo‘lishlari, pedagogika amaliyotida foydalanilayotgan, shu jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin matbuotda e’lon qilingan ilmiy ishlarga ega va ilmiy daraja olgan kamida to‘rtta yuqori malakali mutaxassis tayyorlagan bo‘lishlari shart;
pedagoglik ishiga jalb qilingan va tanlov bo‘yicha saylangan yoki shartnoma asosida ishlayotgan, oliy o‘quv yurtining kafedra mudiri, professori bo‘lgan yoki rektori (o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori), malaka oshirish institutining va unga tenglashtirilgan o‘quv yurtining direktori (direktor o‘rinbosari) lavozimida bir yil davomida muvaffaqiyatli ishlab turgan, ilmiy daraja olgan yuqori malakali mutaxassis tayyorlagan va dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega xalq xo‘jaligining yirik mutaxassislari bo‘lgan fan doktorlariga beriladi.
Ilmiy kengash professor ilmiy unvoniga talabgorning attestatsiya ishini, unga fan doktori ilmiy darajasi berilgandan bir yil muddat o‘tganidan keyingina muhokamaga qabul qilishi va OAKga yuborishi mumkin.
Professor ilmiy unvoni shuningdek:
oliy o‘quv yurtining yoki unga tenglashtirilgan o‘quv yurtining kafedra mudiri yoki professori lavozimiga tanlov bo‘yicha saylanib, tegishli oliy ma’lumotga, dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega bo‘lgan hamda yakka mualliflikda oliy o‘quv yurti uchun darslik yoki o‘quv-metodik qo‘llanma yaratgan, nashr etilgan o‘quv-metodik, ilmiy va ijodiy ishlari bo‘lgan, ma’ruzalar va maxsus turkum darslarni yuqori malakada olib borayotgan, kamida besh yil pedagoglik ish stajiga ega va shu lavozimlarda to‘liq stavkada ikki o‘quv yili davomida muvaffaqiyatli ishlagan O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artistlari, hofizlari, xalq rassomlari, xalq me’morlari, xalq o‘qituvchilari, yozuvchilari, shoirlari, O‘zbekiston Respublikasi fan arboblari, O‘zbekiston Respublikasi san’at arboblari, xizmat ko‘rsatgan artistlari, rassomlari, me’morlari, trenyerlari va madaniyat xodimlariga berilishi mumkin.
tanlov bo‘yicha kafedra professori lavozimiga saylangan va bu lavozimda ikki yil davomida muvaffaqiyatli ishlagan, oliy o‘quv yurtlari uchun yakka muallif sifatida darslik yoki o‘quv qo‘llanmasi yaratgan, nashr etilgan ilmiy va ijodiy ishlari bo‘lgan, ma’ruzalar va maxsus turkum darslarni yuqori malakada olib borayotgan, ijrochilik va pedagoglik ishida faollik ko‘rsatgan, xalqaro va respublika tanlovlari sovrindorlarini tayyorlagan madaniyat, me’morchilik, san’atshunoslik institutlari ixtisoslashgan kafedralarining tegishli oliy ma’lumotli, dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga va kamida o‘n yillik pedagoglik ish stajiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislariga berilishi mumkin;
dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega bo‘lib, madaniyat, me’morchilik, san’at, jismoniy tarbiya, sport va muhandislik grafikasi (chizma geometriya) sohasidagi ixtisoslashgan kafedra mudiri yoki professori lavozimida ishlab turgan, oliy o‘quv yurtlarida kamida o‘n yillik pedagoglik ish stajiga ega, dissertatsiya himoyasidan so‘ng yakka mualliflikda oliy o‘quv yurti uchun darslik yoki o‘quv metodik qo‘llanma yaratgan hamda nashr etilgan o‘quv-metodik, ilmiy va ijodiy ishlari bo‘lgan, ma’ruzalar va maxsus turkum darslarni yuqori malakada olib borayotgan, shu lavozimda kamida bir yil muvaffaqiyatli ishlagan kafedra sohasi bo‘yicha fan nomzodlariga berilishi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2009-yil 24-dekabrdagi 160/13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 262-2, 23.01.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 3-4-son, 28-modda)
6. Professor ilmiy unvoni Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy tadqiqot bo‘limi (bo‘linmasi, sektori, laboratoriyasi) mudiri (boshlig‘i), bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim lavozimiga tanlov bo‘yicha saylangan yoki attestatsiya tartibida tayinlangan, direktor, direktor o‘rinbosari, ilmiy kotib, ilmiy rahbar yoxud maslahatchi lavozimlarini egallab turgan, kamida besh yillik ilmiy stajga ega va shu lavozimlarda kamida bir yil muvaffaqiyatli ishlagan, bosma ilmiy asarlarga, shu jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin e’lon qilingan asarlarga ega hamda rahbarligi ostida dissertatsiya tayyorlagan va ilmiy daraja olgan kamida to‘rt nafar yuqori malakali mutaxassis tayyorlagan dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega bo‘lgan fan doktorlariga beriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2009-yil 24-dekabrdagi 160/13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 262-2, 23.01.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 3-4-son, 28-modda)
7. Dotsent ilmiy unvoni kafedra mudiri yoki professor yo dotsent lavozimlariga tanlov bo‘yicha saylangan yoki shu lavozimlarda shartnoma asosida ishlayotgan yoxud oliy o‘quv yurtining rektori (o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori), malaka oshirish instituti va unga tenglashtirilgan o‘quv yurtining direktori (direktor o‘rinbosari) lavozimlarini egallab turgan, ularda o‘quv yili davomida muvaffaqiyatli ishlagan, oliy o‘quv yurtlari yoki malaka oshirish institutlarida kamida uch yil pedagog bo‘lib ishlagan hamda pedagogika amaliyotida foydalanilayotgan, shu jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin matbuotda e’lon qilingan ilmiy va o‘quv-metodik ishlarga ega bo‘lgan fan doktorlariga va nomzodlariga beriladi.
Dotsent ilmiy unvoni shuningdek:
oliy o‘quv yurtida kamida besh yillik pedagoglik ish stajiga ega, oliy o‘quv yurtlari, kollejlar, litseylar va gimnaziyalar, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari uchun darsliklar yoki o‘quv qo‘llanmalarining, umumiy ta’lim maktablari va o‘rta hunar maktablari uchun darsliklarning yakka mualliflari bo‘lib, tanlov bo‘yicha yoki shartnoma asosida, kafedra mudiri, professor, dotsent lavozimiga tayinlangan va mazkur lavozimlarda o‘quv yili davomida muvaffaqiyatli ishlagan ilmiy darajasiz tegishli oliy ma’lumotga ega yuqori malakali mutaxassislarga berilishi mumkin;
madaniyat va san’at oliy o‘quv yurti huzurida ikki yillik assistentura stajirovkani muvaffaqiyat bilan tugatgan hamda uni tamomlagandan keyin uch yil davomida ijrochilik ishida va oliy o‘quv yurtida, malaka oshirish instituti va ularga tenglashtirilgan o‘quv yurtlarida pedagoglik ishida o‘zini ijobiy ko‘rsatgan, dotsent lavozimiga tanlov bo‘yicha saylangan yoki unda shartnoma asosida ishlayotgan tegishli oliy ma’lumotli shaxslarga pedagogik yoki ijodiy amaliyotda foydalanilayotgan bosma ilmiy-metodik asarlarga, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarga ega va mazkur lavozimda o‘quv yili davomida muvaffaqiyatli ishlaganlarga berilishi mumkin:
oliy o‘quv yurti, malaka oshirish instituti va ularga tenglashtirilgan o‘quv yurtlarida to‘liq stavkada ishlovchi, tegishli oliy ma’lumotli shaxslarga pedagoglik yoki ijodiy amaliyotda foydalanilayotgan bosma ilmiy-metodik asarlar, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarga ega hamda oliy o‘quv yurtida kamida uch yillik pedagoglik ish stajiga ega bo‘lib, tanlov yo‘li bilan saylangan yoki shartnoma asosida kafedra mudiri yo professor yoxud dotsent lavozimida ishlayotgan va bu lavozimda bir o‘quv yili davomida muvaffaqiyatli ishlagan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artistlariga va xizmat ko‘rsatgan artistlariga, xizmat ko‘rsatgan fan va san’at arboblariga, xalq hofizlari, yozuvchilari, shoirlari, rassomlari, me’morlari, xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlari va trenyerlarga, muhandislik grafikasi (chizma geometriya) sohasida ishlovchi mutaxassislarga berilishi mumkin:
tanlov asosida kafedra mudiri yoki professor yo dotsent lavozimiga tayinlanib, shu lavozimda kamida ikki yil davomida muvaffaqiyatli ishlagan, bosma o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlari bo‘lgan, ijrochilik va pedagoglik ishida o‘zini muvaffaqiyatli ko‘rsatgan madaniyat va san’at oliy o‘quv yurtlaridagi ixtisoslashgan kafedralarning tegishli oliy ma’lumotga va oliy o‘quv yurtlarida besh yillik pedagoglik ish stajiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislariga berilishi mumkin;
talaba va sportchilar orasidan ilmiy metodik jihatdan asoslangan uslublar va mashqlar natijasida Olimpiya va Osiyo o‘yinlari chempioni va sovrindorlarini, komandalararo xalqaro musobaqalar sovrindorlarini, Respublika musobaqalarida sovrindor bo‘lgan sportchilarni tayyorlagan, sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiya, yuqori malakali sportchilar tayyorlash, o‘quv-mashq jismoniy tarbiya sohalariga oid umumlashtirilgan zamonaviy tavsiyanomalar, qo‘llanmalar yozib, nashr ettirgan hamda uni jismoniy tarbiya va sport muassasalarida tatbiq qilishga erishgan, milliy sport o‘yin turlarini o‘rganish, ularni rivojlantirishga ko‘maklashgan, o‘yin qoidalari va tarbiyaviy imkoniyatlarini asoslab, hozirgi davrga moslab rivojlantirgan, zamonaviylashtirib, omma orasida uning tarqalishiga hissa qo‘shgan oliy o‘quv yurti, malaka oshirish instituti va ularga tenglashtirilgan o‘quv yurtlarida tanlov bo‘yicha saylangan yoki shartnoma asosida dotsent lavozimida ishlovchi, oliy o‘quv yurtida kamida besh yillik pedagoglik ish stajiga ega tegishli oliy ma’lumotli mutaxassislarga berilishi mumkin.
8. Katta ilmiy xodim unvoni:
tanlov bo‘yicha yoxud attestatsiya tartibi asosida ilmiy-tadqiqot bo‘limi (bo‘linmasi, sektori, laboratoriyasi) mudiri, bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, katta ilmiy xodim lavozimiga tayinlangan yoxud ilmiy kotib lavozimiga tayinlangan, kamida uch yillik ilmiy ish stajiga, ixtirolarga yoki bosma ilmiy asarlarga, shu jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin e’lon qilingan ilmiy asarlarga ega va ana shu lavozimlarda kamida bir yil davomida muvaffaqiyatli ishlagan fan doktorlariga va nomzodlariga beriladi;
9. Ilmiy unvonlar ushbu Nizomning 5—8-bandlarida sanab o‘tilgan tegishli lavozimlarga o‘rindoshlik asosida tayinlangan yoki soatbaylik asosida ishlayotgan, ixtirolar hamda bosma ilmiy asarlarga ega bo‘lgan xalq xo‘jaligining (oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlaridan tashqari) yuqori malakali mutaxassislariga mazkur bandlarda belgilangan talablarga rioya qilingan holda beriladi.
10. Fan nomzodi ilmiy darajasi bo‘lmasada, dotsent ilmiy unvoni berilgan shaxslarga ushbu ilmiy darajasiz professor ilmiy unvoni berilishi mumkin emas, ammo san’at, madaniyat, sport xodimlari bundan mustasno.
11. Kengashning ilmiy unvon olishga taqdim etish haqidagi qarori yashirin ovoz bilan qabul qilinadi.
Kengash majlisi, agar uning ishida a’zolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Kengashning ilmiy unvon berish masalasi yuzasidan qarori, agar majlisda qatnashgan kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bersa, ijobiy hisoblanadi.
Ilmiy unvon talabgorining attestatsiyaga oid hujjatlari kengash majlisi o‘tgan kundan boshlab bir oy muddat ichida OAKga yuborilishi kerak.
12. Ilmiy unvonlar berishga oid attestatsiya hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini OAK belgilaydi.
13. Ilmiy unvon talabgorining hujjatlarini OAKda ko‘rib chiqish muddatlari profyossor ilmiy unvonini berish bo‘yicha olti oydan, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlarini berish bo‘yicha — to‘rt oydan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 262-1, 12.08.2003-y.) asosan chiqarib tashlangan — O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 262-1, 12.08.2003-y.) asosan chiqarib tashlangan — O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 262-1, 12.08.2003-y.) asosan chiqarib tashlangan — O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
17. Professor, dotsent yoki katta ilmiy xodim attestatini yo‘qotgan shaxsga yangi tartib raqami qo‘yilgan dublikat ilgari berilgan attestatga batamom muvofiq tarzda beriladi.
Familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgargan bo‘lsa, attestatlar yangisiga almashtirilmaydi.
18. Attestatlarni, shuningdek ularning dublikatlarini rasmiylashtirish va berish tartibini OAK belgilaydi.
19. Ilmiy unvon xato berilgan shaxslarni OAK ana shu unvondan mahrum etishi mumkin. Bunga ilmiy unvon berilishini so‘ragan kengashning iltimosnomasi asos bo‘ladi. Agar mazkur kengashning faoliyati to‘xtatilgan bo‘lsa, ilmiy unvondan mahrum etish haqidagi masalani OAK topshirig‘iga binoan boshqa kengash ko‘rib chiqadi.
Kengash majlisi uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Kengashning ilmiy unvondan mahrum etish haqidagi iltimosnomasi, agar yashirin ovoz berish natijasida majlisda qatnashgan kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bersa, qabul qilingan deb topiladi.
Ilmiy unvon berish haqidagi qaror o‘n yildan ko‘proq vaqt oldin qabul qilingan bo‘lsa, uning qanchalik asoslanganligi xususidagi masalani attestatsiya organlari ko‘rib chiqmaydi.
20. Kengashda ilmiy unvondan mahrum etish haqidagi masalani ko‘rib chiqish tartibini, shuningdek kengash OAKga topshiradigan hujjatlar ro‘yxatini OAK belgilaydi.
21. Ilmiy unvon berish (undan mahrum etish) masalasiga oid qaror yuzasidan shikoyat arizasi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran ikki oylik muddat mobaynida berilishi mumkin va shuncha muddatdan kechiktirmay OAKda ko‘rib chiqilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
OAK qarori yuzasidan tushgan shikoyat arizasini OAK Rayosati OAK ilmiy kengashining bir guruh a’zolari yoki seksiyaning xulosasini hisobga olgan holda ko‘rib chiqadi. Shikoyat arizasi yuzasidan OAK Rayosatining qarori loyihasi OAK Rahbariyati tomonidan tayyorlanadi va OAK Rayosatiga tavsiya etiladi. Shikoyat arizasi yuzasidan OAK Rayosatining qarori uzil-kesil hisoblanadi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 262-1, 12.08.2003-y.) tahririda — O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ilmiy unvon berish haqidagi yangi iltimosnoma ilmiy unvon bermaslik to‘g‘risidagi qaror chiqarilgandan keyin oradan kamida bir yil o‘tgach, topshirilishi mumkin. Takroran iltimosnoma berish uchun bosilib chiqqan yangi o‘quv-metodik yoki ilmiy ishlar bo‘lishi shart.
22. Kengashda va OAKda shikoyat arizalarini ko‘rib chiqish tartibini OAK belgilaydi.
23. Ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishda oshkoralikni kuchaytirish maqsadida attestatsiya organlari faoliyatiga oid masalalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining Axborotida yoritib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Ushbu Nizom bo‘yicha barcha tushuntirishlar OAK Rayosati tomonidan belgilangan tartibda beriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 262-1, 12.08.2003-y.) tahririda — O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
5.1 = shakl
Ilmiy unvon berish bo‘yicha O‘zR OAKga yuboriladigan attestatsiya ishi hujjatlarining
RO‘YXATI
1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan yo‘llanma xat (1 nusxa).
2. Ilmiy-tadqiqot instituti va unga tenglashtirilgan ilmiy muassasadan tavsiya qilingan da’vogarlar uchun 5.2a yoxud 5.2b-shakl bo‘yicha ma’lumotnoma (2 nusxa).
Oliy o‘quv yurti, malaka oshirish instituti va ularga tenglashtirilgan o‘quv yurtlaridan tavsiya qilingan professor va dotsent ilmiy unvonlarini olishga da’vogarlar uchun 1.10.1-shakl bo‘yicha ma’lumotnoma (2 nusxa).
Oliy o‘quv yurti, malaka oshirish instituti va ularga tenglashtirilgan o‘quv yurtlarida madaniyat, san’at va sport sohasida mutaxassislar tayyorlashda pedagoglik qiluvchi ilmiy-pedagog xodimlar uchun 1.10.3-shakl bo‘yicha ma’lumotnoma (2 nusxa).
3. Fotosurat yopishtirilgan va ish joyidan tasdiqlangan xodimlar hisobi bo‘yicha shaxsiy varaqa (1 nusxa).
Familiyasi, ismi-sharifining o‘zbekcha (pasport bo‘yicha) va inglizcha yozilgan shakllari, uni ilmiy unvon da’vogari imzolagan, ilmiy kotib tasdiqlagan bo‘lishi kerak (1 nusxa).
4. Ilmiy va pedagoglik lavozimlarida ishlaganligi haqida mehnat daftarchasining ish joyidan tasdiqlangan ko‘chirmasi (1 nusxa).
5. Da’vogarning asosiy ish joyidan uning ilmiy-pedagoglik, ishlab chiqarishdagi faoliyati haqida tashkilot rahbari imzolagan, berilgan sanasi ko‘rsatib, gerbli muhrlangan tavsifnoma.
Basharti da’vogar ilmiy unvonga asosiy ish joyidan taqdim etilmayotgan bo‘lsa, asosiy ish joyidan olingan tavsifnomadan tashqari, uni ilmiy unvonga taqdim etayotgan tashkilot tomonidan berilgan da’vogarning ilmiy-pedagoglik faoliyati to‘g‘risidagi qisqacha tavsifnomasi ilova qilinadi.
6. Tegishli ilmiy darajasi borligi haqidagi diplomning tasdiqlangan nusxasi.
7. Ilmiy ishlarning da’vogar tomonidan imzolanib, ish joyidan tasdiqlangan ro‘yxati (1 nusxa).
Ro‘yxat uch bo‘limdan iborat bo‘lishi kerak:
himoyagacha chop etilgan ilmiy ishlar;
himoyadan keyin chop etilgan ilmiy ishlar;
o‘quv-usuliyat ishlari.
8. 4.9-shakl bo‘yicha qaydlov-hisob varaqasi (1 nusxa).
9. 4.11-shakl bo‘yicha ishdagi hujjatlar ro‘yxati (1 nusxa).
10. Da’vogarning dissertatsiya avtoreferati, himoyadan keyingi ilmiy va o‘quv-uslubiyat ishlarining nusxalari. Professor ilmiy unvoniga da’vogarning fan nomzodi ilmiy darajasini olgan shogirdlarining avtoreferatlari.
11. Professor ilmiy unvoniga da’vogarlarning shogirdlari haqida ma’lumot (5.3-shakl).
Ilmiy unvonlar berish bo‘yicha barcha hujjatlar O‘zR OAKga teztikkichda yuboriladi.
Teztikkichning ichki tomoniga xatjild yopishtirilib, unga markali to‘rtta aloqa varaqasi solib qo‘yiladi. Ikki varaqada da’vogarning, boshqa ikki varaqada esa kengashning manzilgohi ko‘rsatiladi. Varaqaning orqa tomonida kengash manzilgohi bilan birgalikda da’vogarning familiyasi, ismi-sharifi, shuningdek u talabgor bo‘layotgan ilmiy unvon nomi ko‘rsatiladi.
5.2 a = shakl
MA’LUMOTNOMA
‎‎_____________________________________________________________________________ ga

‎‎familiyasi, ismi, otasining ismi

‎‎______________________________________________________________ ixtisosligi bo‘yicha

‎‎ixtisoslik shifri va nomi

‎‎professor ilmiy unvonini berish haqida.
Ish №_____‎
‎‎_______________________________________________________________ kengash tomonidan

‎‎tashkilot, shahar nomi

‎‎___________________ belgilangan tartibda tanlov asosida saylandi yoki shartnoma bo‘yicha qabul qilindi (attestatsiya qilindi) va _____________________________ bo‘yicha buyruq bilan

tashkilot, shahar nomi‎

‎‎___________________ dan e’tiboran __________________________ lavozimiga ishga olindi.

sana‎

‎‎Professor ilmiy unvoni berilishiga ___________ taqdim
‎etilganda tarkibi ______ kishidan iborat kengashning _____ a’zosi quyidagicha

________soni

soni ________

‎‎ovoz berishdi: ___________ kishi tarafdor, ___________ kishi qarshi, yaroqsiz byulletenlar ___________________________________________________________ 19___ yilda tug‘ilgan,

familiyasi ismi, otasining ismi‎‎

‎‎__________________________ 19____________ yildan ______________ fanlari doktori, dissertatsiyani‎

millati‎

‎‎_________________ da yoqladi, ilmiy staji_____ yil; ____ ta ilmiy ishi chop etilgan, shulardan __ tasi
tashkilot, shahar nomi‎
‎‎dissertatsiya himoyasidan keyin. E’lon qilingan ilmiy ishlar borasida eng diqqatga sazovorlari: (eng muhim 3-4 ta ish ko‘rsatiladi).
‎‎(Shundan keyin da’vogarning ilmiy ishiga, shogirdlarining familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilib, yuqori malakali ilmiy, xodimlar murabbiysi sifatida uning faoliyatiga batafsil tavsifnoma beriladi va professor ilmiy unvoniga taqdim etilganligi asoslanadi).
‎‎Kengash raisi _______________________________________________________________________________

‎‎familiyasi, ismi, otasining ismi

‎‎Kengash ilmiy kotibi _______________________________________________________________________

familiyasi, ismi, otasining ismi

Gerbli muhr‎
Sana‎
Izoh:
1. Shogirdlar jumlasiga da’vogar ilmiy maslahatchisi bo‘lgan fan doktorlari hamda da’vogarning ilmiy rahbarligida yoki maslahatchiligida muvaffaqiyat bilan dissertatsiya yoqlagan fan nomzodlari kiritilishi lozim.
2. Ishning tartib raqami O‘zR OAKida qo‘yiladi.
3. Ma’lumotnomada satrlar oralig‘i 2 interval qilib mashinkada bosilishi, ayni choqda chiziqlar va satr osti izohlari bosilmasligi lozim.
4. Ushbu shakl bo‘yicha ma’lumotnoma ilmiy muassasalardan tavsiya qilingan da’vogarlar uchun to‘ldiriladi.
5.2b = shakl
MA’LUMOTNOMA
‎‎_____________________________________________________________________________ ga

‎‎familiyasi, ismi, otasining ismi

‎‎_____________________________________________________________ ixtisosligi bo‘yicha

‎‎ixtisoslik shifri va nomi

‎‎professor ilmiy unvonini berish haqida.
Ish №_____‎
‎‎_______________________________________________________________ kengash tomonidan

‎‎tashkilot, shahar nomi

‎‎___________________ belgilangan tartibda tanlov asosida saylandi yoki shartnoma bo‘yicha qabul qilindi (attestatsiya qilindi) va ____________________________ bo‘yicha buyruq bilan

tashkilot, shahar nomi‎

‎‎___________________ dan e’tiboran ______________________ lavozimiga ishga olindi.

sana‎

lazozim nomi‎

Katta ilmiy xodim ilmiy unvoni berilishiga ______________________________________________ da

‎sana‎

taqdim et�lganda tarkibi ______________ kishidan iborat kengashning ______________________ nafar

soni

soni‎

a’zosi quyidagicha ovoz berishdi:___kishi tarafdor, ____kishi qarshi, yaroqsiz byulletenlar______________ ____________________________________ 19__ yilda tutilgan,

Familiyasi, ismi, otasining ismi

______________________ 19_______ yildan ____________________________ fanlari nomzodi (doktori)

millati

fan sohasi‎

_________________________________ da dissertatsiya yoqladi, ilmiy staji ____________ yil;

tashkilot, shahar nomi ___________________________________________________soni

_____________ ta ilmiy ishi chop etilgan, shulardan ___________ tasi dissertatsiya himoyasidan keyin. E’lon qilingan ilmiy ishlar borasida eng diqqatga sazovorlari: (eng muhim 3-4 ta ish ko‘rsatiladi).

‎‎(Shundan keyin da’vogarning ilmiy ishiga, shogirdlarining familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilib, yuqori malakali ilmiy xodimlar murabbiysi sifatida uning faoliyatiga batafsil tavsifnoma beriladi va professor ilmiy unvoniga taqdim etilganligi asoslanadi).

‎‎Kengash raisi ___________________________________________________________

familiyasi, ismi, otasining ismi

Kengash ilmiy kotibi _____________________________________________________‎‎

‎‎familiyasi, ismi, otasining ismi

Gerbli muhr‎
Sana‎
Izoh: 1. Ishning tartib raqami O‘zR OAKda qo‘yiladi.
5.3 = shakl
Professorlikka da’vogarlarning shogirdlari haqida
ma’lumot
a) Ilmiy daraja olgan shogirdlari haqida

№‎

Ismi,
‎ sharifi‎

Dissertatsiya
‎ mavzusi va shifri‎

Himoya qilgan vaqti, qaysi kengashda; tasdiqlangan vaqti‎

Shogirdlik‎
‎ maqomi‎

Ish joyi, lavozimi, manzilgohi, telefoni‎

b) Ilmiy darajaga talabgor shogirdlari haqida

№‎№

Ismi,
‎ sharifi‎

Dissertatsiya mavzusi va shifri va ilmiy kengashda tasdiqlanganligi haqidagi buyruq №, sanasi‎

Ilmiy ish qaysi bosqichda, nashr etilgan ilmiy ishlar soni

Shogirdlik
‎‎ maqomi‎

Ish joyi, lavozimi, manzilgohi, telefoni‎

1.10.1 = shakl
Oliy o‘quv yurti, nomi
ma’lumotnoma

‎‎________________________________________________________________________________________ ga

‎‎pasportga binoan familiyasi, ismi, otasining ismi

‎‎_________________________________________________________________ kafedra yoki ixtisoslik bo‘yicha

‎‎nomi

‎‎__________________________________________________________________ ilmiy unvonini berish haqida

Ro‘yxatdagi tartib raqami _____________________________________________________________________

I. TAQDIMNOMA
1 — Ushbu shakl bo‘yicha ma’lumotnoma oliy o‘quv yurti, malaka oshirish instituti (MOI) va ularga tenglashtirilgan o‘quv yurtlaridan tavsiya qilingan professor va dotsent ilmiy unvonlarini olishga da’vogarlar uchun to‘ldiriladi.
2 — Qavs ichida oliy o‘quv yurti, MOI nomi ostida, zarur hollarda attestatsiya qilinuvchi ishlayotgan hududiy bo‘linma (filial, bo‘lim va h.k.) ko‘rsatiladi.
3 — Qavs ichida kafedra nomi ostida, zarur hollarda, attestatsiya qilinuvchi olib borayotgan asosiy kurs (kurslar) yoki uning ixtisosi (masalan, ixtisos sport o‘yinlari /gimnastika/ boks...) aniqlanadi. Ixtisosiga oid kafedra xulosasi asosida taqdim etilganda uning nomi ko‘rsatiladi va mana bunday sahifa izohi beriladi: ixtisosiga oid kafedraning (o‘quv yurtining, muassasaning nomi) xulosasi.
4 — O‘zR OAKda to‘ldirish uchun bo‘sh qoldiriladi.
5 — Shu yerning o‘zida attestatsiya qilinuvchi lavozimga saylangandan keyin uning ilmiy unvonga tavsiya qilishdan oldingi davrdagi lavozimlarining o‘zgarishi ko‘rsatiladi (masalan, navbatdagi muddatga kafedradagi lavozimga saylandi; shu kafedradagi pedagoglik ixtisosi o‘zgartirilmasdan boshqa lavozimga saylandi; bu ham unga tegishli ilmiy unvon olishi uchun attestatsiyalanishiga imkon beradi; strukturaviy o‘zgarishlar tufayli muddatidan oldin saylanmasdan tegishli lavozimda yangi kafedra shtatiga o‘tkazildi; olib borayotgan kursi saqlangan holda xizmat zarurati tufayli o‘tkazilgan boshqa kafedrada muddatidan oldin tegishli lavozimga saylandi va hokazo). Har bir holda oliy o‘quv yurti, MOI chiqargan buyruqlar dalil qilib keltiriladi.
Shtatdagi o‘rindoshlar taqdim qilinganda: o‘rindoshlik asosida lavozimga (stavka (qism)ga) saylandi va tayinlandi yoki shartnoma bo‘yicha qabul qilindi, deb ko‘rsatiladi.
II. TAQDIM ETILAYOTGAN ShAXS HAQIDA ASOSIY MA’LUMOTLAR
1. (Familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, millati).
2. (Oliy o‘quv yurtini bitirgan yili, uning to‘liq nomi, diplomi, bo‘yicha ixtisosi).
3. (Ilmiy daraja va ilmiy unvonlari ularning berilishi navbati bilan fan sohasi (attestatsiya o‘tkazilgan ixtisos bo‘yicha; dissertatsiya himoya qilingan joy va vaqti) attestatsiya o‘tkazilgan yili ko‘rsatiladi; masalan: ______________ yildan buyon _________________ fanlari nomzodi.

fan sohasi‎

‎‎____________________________________________________________ huzuridagi ixtisoslashgan kengashda
‎muassasa, tashkilot‎
“‎‎ _________________________________________________________________________________________

‎‎dissertatsiya mavzui

‎‎__________________________________________________________________________________________”
‎‎mavzuida ______________________________________________________ ixtisosligi bo‘yicha bajarilgan‎

‎‎shifr va nomi

‎‎dissertatsiyasini ___________________________________ himoya qilgan.

‎‎sana

‎‎____________________________ yildan buyon ____________________________________ fanlari doktori.

fan sohasi‎‎‎

Ilmiy daraja ______________________________________________________________________________‎‎

‎‎muassasa, tashkilot

‎‎huzuridagi ixtisoslashgan kengashda _________________________________________________________ da

sana‎

‎‎“_________________________________________________________________________________________

‎‎dissertatsiya mavzui

‎__________________________________________________________________________________________‎”
___________________________________________________________________________________________‎‎

‎‎shifr va nomi

‎‎ixtisosligi bo‘yicha bajarilgan dissertatsiyasini himoya qilish natijasi asosida berilgan.
‎‎________ yilda ____________________ ixtisosligi bo‘yicha katta ilmiy xodim ilmiy unvoni berildi.‎
‎‎__________ yilda _______________ kafedrasi yoki ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni berildi)2.
4. (Oliy o‘quv yurtidagi, MOIdagi, shu jumladan mazkur o‘quv yurtidagi pedagoglik ish staji. Umumiy pedagoglik ilmiy pedagoglik ish staji to‘liq yillar).
(Mehnat va pedagoglik faoliyatining asosiy bosqichlari: ish joyi va lavozimi, /shtatdagi o‘rindoshlar uchun asosiy ish joyi va lavozimi, mehnat faoliyatining jami staji/ oliy o‘quv yurti, MOIga pedagoglik ishiga o‘tgan kishilar uchun oldingi ishlagan joyi va lavozimi, mehnat faoliyatining umumiy staji.
5. (Olib borayotgan asosiy kurslari (aniqlanishi kerak): umumiy, maxsus kurslar va o‘quv rejasi bo‘yicha nomi, akademik soatlarda hajmi ko‘rsatilishi kerak/ professor ilmiy unvoniga da’vogarlar uchun: _______________________ asosiy ma’ruza kurslarini o‘qiydi. __________________ soat)3)
(O‘tkazilishi haqidagi shartnomalarga binoan ilmiy tadqiqotlar mavzulariga muvofiq kafedradagi ilmiy-tashkiliy ishdagi, o‘quv jarayonini usuliyat jihatidan ta’minlashdagi ishtiroki).
(Jamoada o‘tkazilgan anketa tuzish va sotsiologik so‘rovlar ma’lumotlariga binoan ish saviyasiga baho berish).
6. (Ilmiy xodimlar tayyorlashdagi ishtiroki himoya qiluvchilarga, aspirantlarga rahbarlik, doktorantlarga konsultatsiya berish; tayyorlagan shogirdlari fan nomzodlari va doktorlari soni va ularning ro‘yxati. Ixtisoslashgan va ekspert kengashlarida, davlat attestatsiya organlari topshirig‘iga binoan tashqi ekspertiza o‘tkazishdagi ishtiroki).
7. (Yirik xalq xo‘jalik ishlanmalarida, fan-texnika dasturlarida qatnashishi. Ilmiy, pedagoglik va ixtisosiy jamiyatlardagi, attestatsiyalardagi, ilmiy, ilmiy-usuliyat va ilmiy-texnikaviy kengashlardagi faoliyati).
(Faxriy unvonlar, hukumat mukofotlari va belgilari, mukofotlar: xalqaro, davlat, tarmoq, fan-texnika jamiyatlari va tashkilotlarining mukofotlari).
8. (Ilmiy unvonga taqdim etishda jamoat tashkilotlari bergan tavsiyalar. Ularning faoliyatida, shuningdek saylab qo‘yiladigan organlarda ishtirok etishi).
III. ASOSIY ILMIY VA USULIYAT IShLARI
‎‎______________________ ta ish e’lon qilgan, shulardan _____________________________ ta monografiya,
‎‎______________________ ta darslik, _________________ ta ilmiy va ________________ ta o‘quv-usuliyat
‎‎ishlaridir (_____ ta kashfiyot, ixtiro, ishlanmalar muallifi bo‘lib, ularga litsenziyalar rasmiylashtirilgan). Asosiy ishlari:
‎‎1. ________________ (Ma’lumotnomaga ilova qilingan ilmiy ishlari‎
‎‎2. __________________ ro‘yxatiga kirgan kamida 3 ta bosma ishi, to‘liq‎
3. _____________ bibliografik ma’lumot, hajmi (bosma tabaq hajmi va mualliflik ishtiroki aniq qilib ko‘rsatiladi). ‎‎‎
‎‎Dissertatsiya himoya qilingandan keyin ______ ta ilmiy va ____ ta o‘quv-usuliyat ishi e’lon qilgan, ‎
‎‎ulardan pedagoglik amaliyotida foydalanilmoqda, shu jumladan:
‎‎1. __________________ (xuddi yuqorida keltirilganidek ko‘rsatiladi).
‎‎2. __________________‎
‎‎3. __________________‎
‎‎Egallab turgan lavozimida ishlagan davrida ______________ ta bosma ish nashr ettirdi.
IV. KASBIY FAOLIYATNI BAHOLASh MA’LUMOTLARI
(Attestatsiya qilinuvchini ilmiy unvonga taqdim etish masalasi ko‘rib chiqilayotgan vaqtda uning kasbiy saviyasini aniqlash ishi qisqacha tavsiflanadi: u o‘tkazgan ochiq ma’ruzalar va o‘quv mashg‘ulotlarining boshqa turlari, stajirovkadan o‘tish, malaka oshirish, qachon, qayerda va qancha vaqt davom etganligi aniq ko‘rsatilib, taqdim etish masalasi ko‘rib chiqilayotgan davrda axborot va ma’ruzalar bilan qatnashgan ilmiy va usuliyat konferensiyalari; anjumanlarda chiqish, jamoadagi ilmiy-pedagoglik faoliyatining natijalari haqida hisobot, tajriba almashuv maqsadida boshqa o‘quv yurtlariga, muassasalar va hokazolarga borish).
Ilmiy kengash raisi _________________________ (to‘liq ismi-sharifi)
Ilmiy kengash kotibi ________________________
(Gerbli muhr)
(sana)
1.10.3 = shakl
ma’lumotnoma
1 — Ushbu shakl bo‘yicha ma’lumotnoma oliy o‘quv yurti, malaka oshirish instituti (MOI) va ularga tenglashtirilgan o‘quv yurtlarida madaniyat, san’at va sport sohasida mutaxassislar tayyorlashda pedagoglik qiluvchi ilmiy-pedagog xodimlar uchun to‘ldiriladi.
2 — 1.10.1 shaklga tegishli 2-izohga qarang.
3 — Qavs ichida kafedra nomi tagida, zarur bo‘lsa, asosiy kurs (kurslar), sinf, ijodiy ixtisos aniqlanadi (masalan, solfedjio, rejissorlik, sahna harakati va raqs kursi; fortepiano sinfi, musiqali teatr aktyorlarini tayyorlash sinfi, ixtisoslar: jonli, tasvir, bezak plastikasi, badiiy modellashtirish, dizayn).
Ixtisosiy kafedra xulosasi asosida taqdim etilganda uning nomi qat’iy izchillik asosida ko‘rsatiladi.
4 — O‘zR OAKda to‘ldirish uchun bo‘sh qoldiriladi.
5 — Tartib raqamlari saqlangan holda quyida keltirilgan pozitsiyalar qat’iy izchillikda ko‘rsatiladi.
6 — Attestatsiya qilinuvchining assistentura stajirovkani tugatishi (qachon, qayerda va qanday natija bilan) yoki doktoranturaga yuborilganligi (ijodiy ta’til berilganligi, dissertatsiyani bajarish uchun ilmiy xodim lavozimiga o‘tkazilganligi) ko‘rsatiladi.
7 — Ro‘yxatda quyidagilar aniqlanadi: shogird, mazkur o‘qituvchi qo‘lida to‘la yoki juz’iy maxsus umumiy tayyorgarlikdan o‘tganligi, o‘qishni bitirgandan keyin ishlagan joyi, ijodiy yutuqlari va nishonlari. Ro‘yxat kafedra rahbari (oliy o‘quv yurti, MOI dekani, rahbari), ilmiy kengash kotibi tomonidan tasdiqlanadi va gerbli muhr bosiladi.
8 — Ijodiy ishlar ro‘yxati kafedra rahbari (fakultet dekani, oliy o‘quv yurti, MOI rahbari), ilmiy kengash kotibi tomonidan tasdiqlanadi hamda mazkur o‘quv yurti, muassasaning gerbli muhri bosiladi.
Rasmli materiallarni attestatsiya qilinuvchining o‘zi tanlaydi.
Attestatsiya qilinuvchining metodik va ilmiy ishlari xuddi 1.10.1-shakldagidek ro‘yxat bo‘yicha ilova etilgan holda ko‘rsatiladi).
9 — Fikr-mulohaza va tavsiyanomalar ma’lumotnomaga ilova etiladi. Ularning o‘rnini bosuvchi xulosa sifatida respublika ijodiy birlashmasi (tashkiloti) tegishli usuliyat kengashining iltimosnomasi berilishi mumkin.