Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.12.2024
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining
BUYRUgʻI
MAHSULOTLARNI SERTIFIKATLASH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 18-martda 1458-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-sentabrdagi 25-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3555, 25.09.2024-y.) asosan 2024-yil 28-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarorining 6-bandiga asosan buyuraman:
1. Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq kuchga kirgan sanadan eʼtiboran OʻzDSt 5.7:2003 “OʻzSMT. Mahsulotlarni sertifikatlash tartibi” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligi bosh direktori R. BOʻRIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-fevral,
59-son
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligi bosh direktoriing 2005-yil 25-fevraldagi 59-son buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
Mahsulotlarni sertifikatlash
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish Milliy tizimida (bundan buyon matnda Oʻz SMT deb yuritiladi) respublikada ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan mahsulotni sertifikatlashtirishga tayyorlash va oʻtkazishning umumiy talablarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mahsulotlarni, shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni sertifikatlash mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Mahsulotlarni sertifikatlashni tashkil qilish va oʻtkazish ishlari belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari (keyinchalik matn boʻylab SO) tomonidan amalga oshiriladi.
Bojxona rasmiylashtiruvida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organi muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini, shuningdek, muvofiqlik sertifikatida koʻrsatilgan tovarning nomini haqiqatda olib kelingan tovarning nomi bilan tekshiradi.
3. Sertifikatlashning alohida chizmalari mahsulotlarni sertifikatlash boʻyicha tegishli qoidalarida va mahsulotlarga talablarni oʻz ichiga olgan boshqa normativ hujjatlarda belgilanadi. Bunda tekshirishlar hajmiga qarab sertifikatlashtirish chizmasining murakkabligi, mahsulotning xavfsizlik darajasiga bogʻliq holda aniqlanadi. Oʻz SMTda qoʻllaniladigan, sertifikatlashning tavsiya etiladigan chizmalari ushbu Qoidalarning 1-ilovasida* keltirilgan.
Har bir muayyan holatda SO arizachining taklifini, yetkazib beriladigan mahsulot hajmi va muddatini, sinash usullarini, ishlab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlarini va uning barqarorligining buzilish xavfi mavjudligini, shuningdek mazkur mahsulotning isteʼmolchilar uchun potensial xavfini hisobga olgan holda sertifikatlash chizmasini tanlaydi.
Xalqaro tizimlar yoki bitimlar doirasida sertifikatlashtirish ushbu hujjatlarda nazarda tutilgan chizmalar boʻyicha bajariladi.
4. Sertifikatlashtirishda, mahsulot muvofiqligini tasdiqlanishi lozim boʻlgan xususiyatlar (koʻrsatkichlar) roʻyxati, tekshirish va sinash usullari keltirilgan, sertifikatlashtiriladigan mahsulotga meʼyoriy hujjatlar (keyinchalik matn boʻylab MH)da belgilangan talablarga mos ekanligi tasdiqlanadi.
MHda sertifikatlashtirish sinovlari toʻgʻrisida boʻlim keltirilmagan yoki davlatlararo standartlarni qoʻllanishi koʻrsatilmagan boʻlsa, u holda SO meʼyoriy hujjatda yoki xalqaro standartlarda koʻrsatilgan tavsiflar majmuidan birinchi navbatda xavfsizlik boʻyicha talablarni belgilovchi koʻrsatkichlarni tanlaydi.
5. Sertifikatlashtirishda, muayyan mahsulot uchun MHdan tashqari, mahsulotning majburiy talablarini belgilovchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga va boshqa rasmiy nashr etilgan MH larga ham amal qilish lozim.
6. Mahsulot sinovlarini oʻtkazishda, takrorlashga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, akkreditatlangan sinov laboratoriyalari (keyinchalik matn boʻylab — ASL) boshqa ASL da oʻtkazilgan sinov natijalarini oʻzaro tan olishlari lozim.
7. Sertifikatlashtirish ishlariga haq toʻlash, arizachi tomonidan muvofiqlikni baholash ishlari natijalaridan qatʼi nazar, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, sertifikatlashtirish ishlari toʻlov oldindan amalga oshirilgandan soʻng bajariladi.
II Sertifikatlashtirishni oʻtkazish tartibi
8. Oʻz SMTda mahsulotlarni sertifikatlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) SO ga sertifikatlash yuzasidan ariza berish va uni koʻrib chiqish;
b) taqdim etilgan mahsulot MH va arizaga ilova qilgan boshqa hujjatlarni tahlil qilish;
b1) intellektual mulk obyektlariga (tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, geografik koʻrsatkichlar va sanoat namunalari) (bundan buyon matnda IMO deb yuritiladi) boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini oʻrganish va tekshirish;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) asosan “b1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
v) ariza boʻyicha qaror qabul qilish;
g) sinov dasturini tayyorlash va tasdiqlash (6 va 9-chizmalardan tashqari);
d) namunalarni identifikatsiya qilish, tanlab olish va laboratoriyaga yetkazish (6 va 9-chizmalardan tashqari);
e) namunalarni ASL da sinovdan oʻtkazish (6 va 9-chizmalardan tashqari);
j) mahsulotni ishlab chiqarish sharoitlarini baholash (sertifikatlashning 3, 4 va 5-chizmalari uchun);
z) sifat tizimini baholash (5 va 6-chizmalari uchun);
i) mahsulotning muvofiqligini deklaratsiyalash (9-chizma);
k) olingan natijalarni tahlil qilish, muvofiqlik sertifikatini berish yoki uni berishni rad etish;
l) muvofiqlik sertifikatini OʻzR SMT Davlat reyestrida roʻyxatga olish.
9. Taqdim etilgan mahsulot uchun MHda sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya yoki ekologik talablar mavjud boʻlganda, SO sanitariya-epidemiologiya va veterinariya ekspertizalarini, fitosanitariya nazorati yoki ekologik ekspertizadan oʻtkazish zarurligini aniqlaydi.
Mazkur amallar sertifikatlashtirish sinovlari bilan bir vaqtning oʻzida oʻtkazilishi mumkin va arizachiga muvofiqlik sertifikatini berishdan avval, bu amallar tegishli hujjatlarni taqdim etilishi bilan tugallanishi lozim.
SO, tadbirkorlik subyektlarining yozma arizasiga muvofiq, sertifikatlashtirishni oʻtkazishda davlat sanitariya nazorati idoralaridan, davlat veterinariya nazorati idoralaridan va oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat idoralaridan, shuningdek tabiatni muhofaza qilish davlat idoralaridan barcha zarur xulosalarni olishga oid agentlik xizmatlarini koʻrsatishga haqlidir. Bunda namunalarni toʻgʻri tanlab olinganligi va ularni tegishli davlat idoralariga taqdim etilishida javobgarlik SO ga yuklatiladi.
10. SO arizachining talabiga muvofiq, quyidagi axborotlarni tayyorlashi va taqdim etishi lozim:
majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxati yoki bu roʻyxatdan koʻchirma;
SO ning akkreditatsiya doirasi boʻyicha mahsulotni sertifikatlashtirish qoidalari;
sertifikatlashtirish xizmatlari boʻyicha xizmatlariga haq toʻlash preyskuranti (tariflari);
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (bundan buyon matnda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi deb yuritiladi) tomonidan berilgan akkreditatsiya guvohnomasi.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
11. Mahsulotni Oʻz SMTda sertifikatlashtirishni oʻtkazish uchun arizachi mazkur Qoidalarning 2-ilovasida* keltirilgan shaklda arizani tegishli SO ga yuboradi.
Arizachi mahsulotni sertifikatlashtirish organi va sertifikatlash qoidalari toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlmagan taqdirda, bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni sertifikatlashtirish boʻyicha Milliy idora (keyinchalik matn boʻylab — SMI) dan yoki uning hududiy idorasidan olishi mumkin.
12. Chetdan keltiriladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
ishlab chiqariladigan mahsulotga meʼyoriy hujjat nusxasi (amalda bor boʻlgan taqdirda);
mahsulot yorligʻidan namuna yoki mahsulot toʻgʻrisida maʼlumot;
mahsulotda qoʻllanilgan IMOga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi tegishli obyekt roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi muhofaza hujjati (guvohnoma, patent yoki ularga ilova) nusxasi yoki undan foydalanish toʻgʻrisidagi litsenziya shartnomasi nusxasi (amalda bor boʻlgan taqdirda);
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
mahsulotning Oʻzbekiston Respublikasi bojxonasi hududiga kelganligi toʻgʻrisidagi belgi qoʻyilgan tovarga qoʻshib joʻnatiladigan hujjat nusxasi (tovar-transport yuk xati, invoys, hisob-faktura);
amalda bor boʻlgan taqdirda, davlat sanitariya nazorati idorasining laboratoriyasida oʻtkazilgan sinovlarning natijalarini oʻz ichiga olgan sanitariya-epidemiologiya xulosasi va sinov bayonnomalari, MHda belgilangan boshqa talablar (veterinariya va fitosanitariya xulosalari, ekologik ekspertiza);
olib kirilayotgan mahsulotning aniq hajmi (soni) koʻrsatilgan tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) va mahsulotni yetkazib beruvchi hamda qabul qiluvchi oʻrtasida tuzilgan kelishuv(lar) nusxasi (mahsulotlarni 7A chizmasi asosida sertifikatlashtirilganda).
Agar arizachi ayni vaqtda sanitariya-epidemiologiya xulosasini va muvofiqlik sertifikatini olishga ariza bergan boʻlsa, bunday holda sanitariya-epidemiologiya xulosasining nusxasi uni belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan keyin beriladi.
13. Majburiy tartibda sertifikatlashtiriladigan, chetdan keltirilgan mahsulotga respublikada MH mavjud boʻlmagan taqdirda, sifat koʻrsatkichlari va xavfsizlik boʻyicha sertifikatlash sinovlari oʻxshash turdagi mahsulotga boʻlgan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Arizachi tomonidan chetdan keltirilgan mahsulotga zarur boʻlgan MH yoki xavfsizlik boʻyicha texnik tavsiflar taqdim etilmasa, mazkur mahsulotni sertifikatlash oʻxshash turdagi mahsulot hujjatlari boʻyicha yoki identifikatsiya qilish orqali sanitariya-epidemiologiya xulosasi asosida amalga oshiriladi.
MHga ega boʻlmagan, sanitariya-epidemiologiya xulosasi talab etilmaydigan, shuningdek, sinovlarni amalga oshirish uchun ASL mavjud boʻlmagan taqdirda mahsulotlarni sertifikatlash identifikatsiya yoʻli bilan oʻtkaziladi.
14. Ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etishi lozim:
ishlab chiqariladigan mahsulotga MH nusxasi;
mahsulot yorligʻining namunasi (mahsulot toʻgʻrisida axborot);
mahsulotda qoʻllanilgan IMOga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi tegishli obyekt roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi muhofaza hujjati (guvohnoma, patent yoki ularga ilova) nusxasi yoki undan foydalanish toʻgʻrisidagi litsenziya shartnomasi nusxasi (amalda bor boʻlgan taqdirda);
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
amalda bor boʻlgan taqdirda, davlat sanitariya nazorati idorasining laboratoriyasida oʻtkaziladigan sinovlarning natijalarini oʻz ichiga olgan sanitariya-epidemiologiya xulosasi va MH da belgilangan boshqa talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (veterinariya va fitosanitariya xulosalari, ekologik ekspertiza).
Agar arizachi ayni vaqtda sanitariya-epidemiologiya xulosasi va muvofiqlik sertifikatni olishga ariza taqdim etgan boʻlsa, bunday holda sinov bayonnomalari bilan sanitariya-epidemiologiya xulosasi nusxasi uni belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan soʻng beriladi.
15. Arizada koʻrsatilgan mahsulotni sertifikatlash uchun ariza berilgan paytda akkreditlangan SO mavjud boʻlmagan taqdirda, ariza SMIga yoki uning hududiy organiga sertifikatlash ishlarini tashkil etish va sertifikatlash sinovlari oʻtkaziladigan ASLni aniqlashi uchun yuboriladi.
16. Arizada keltirilgan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun bir nechta SO mavjud boʻlsa, arizachi oʻzining xohishiga koʻra ularning bittasiga murojaat qilishi mumkin.
17. Ariza berilgandan soʻng SO uni koʻrib chiqib, taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va arizani olgandan keyin ikki kundan kechiktirmay, arizachiga mahsulotlarni sertifikatlashning belgilangan tartibiga asoslanadigan sertifikatlashtirishning barcha asosiy shartlari, shu jumladan sertifikatlashtirish chizmasi va sertifikatlashtirishni amalga oshirish uchun MH, sinovlarni oʻtkazadigan ASL koʻrsatilgan qarorni maʼlum qiladi. Qarorning tavsiya etilgan shakli mazkur Qoidalarning 3- ilovasida* keltirilgan.
Sertifikatlashtiriladigan mahsulotning MHda gigiyenik, veterinariya, fitosanitariya yoki ekologik normalar va talablar mavjud boʻlsa, qarorda sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya, xulosalarni yoki ekologik ekspertizani olish zarurligi ham koʻrsatiladi.
171. SO tomonidan respublikada ishlab chiqariladigan hamda chetdan keltiriladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonida IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini oʻrganish va tekshirish mazkur Qoidalarning 8-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar mahsulotni sertifikatlash uchun ariza berilganda mahsulotda qoʻllanilgan IMOga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi tegishli obyekt roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi muhofaza hujjati (guvohnoma, patent yoki ularga ilova) nusxasi yoki undan foydalanish toʻgʻrisidagi litsenziya shartnomasi nusxasi taqdim etilsa, bunday mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonida IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini oʻrganish va tekshirish amalga oshirilmaydi.
172. SO tomonidan mahsulotda IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini oʻrganish va tekshirish davrida quyidagilar amalga oshiriladi:
a) mahsulotni sertifikatlashtirish uchun arizani koʻrib chiqish, shu jumladan namunalarni identifikatsiya qilish, tanlab olish va laboratoriyaga yetkazish jarayonida tegishli mahsulotda IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini oʻrganish va tekshirish SO tomonidan ikki ish kunida amalga oshiriladi. Bunda, sertifikatlashtirish sinovlarini oʻtkazish uchun tanlab olingan mahsulot namunalarida (yorliq va qadoqlarda) qoʻllanilgan belgi, nom va boshqa rekvizitlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi portali”dagi mavjud maʼlumotlar bilan solishtiriladi.
b) oʻrganish va tekshirish davrida sertifikatlashtirish sinovlarini oʻtkazish uchun tanlab olingan mahsulot namunalarida (yorliq va qadoqlarda) qoʻllanilgan belgi, nom va boshqa rekvizitlarda qonunchilik hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan IMOlar bilan adashtirib yuboradigan darajada bir xil yoki aynan oʻxshash boʻlgan belgilar aniqlansa, SO tomonidan arizachiga asoslantirilgan rad javobi beriladi.
(171 va 172-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
18. Mahsulotga (transport vositalaridan tashqari) muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati barcha zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etilgan paytdan boshlab (sinov bayonnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya, xulosalarni yoki ekologik ekspertizani) uch ish kunidan oshmasligi kerak.
Tez buziladigan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish barcha zarur hujjatlar (sinov bayonnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari) taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 4-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1458-5, 05.02.2020-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 10/20/1458-5/0129-son)
19. Sertifikatlashtirishda MHning barcha talablarini tekshirish zarurligini SO har bir muayyan holda, oʻzidagi qoʻshimcha hujjatlarni (sifat tizimiga yoki ishlab chiqarishga sertifikat, vakolatli tashkilotlarda oʻtkazilgan sinov bayonnomalari, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari, ekologik ekspertiza, yetkazib beruvchining texnik hujjatlari va boshqalar)ni hisobga olib aniqlaydi.
Bunda, sanitariya-epidemiologiya xulosalarini SO ga taqdim etishda, unga davlat sanitariya nazorati idorasida bajarilgan sinov bayonnomalari bilan birga berilishi lozim.
Agar qoʻshimcha hujjatlarda ASL da muayyan koʻrsatkichlar boʻyicha oʻtkazilgan sinovlarning natijalari mavjud boʻlsa, u holda SO bu natijalardan qoʻshimcha sinovlarsiz muvofiqlikni baholashda foydalanishi mumkin. Bunda sinovlarning oʻtkazilgan vaqti hisobga olinib, ushbu muddat mahsulot MH boʻyicha yaroqlilik muddatidan oshmasligi kerak.
20. Ixtiyoriy sertifikatlashtirishda SO arizachining takliflarini inobatga olgan xolda sertifikatlashtiriladigan mahsulot tavsiflari roʻyxatini va ularni aniqlash usullarini belgilaydi. Agar SO tomonidan sinovlar uchun tanlangan tavsiflar roʻyxati mahsulotga tegishli boʻlgan MH talablaridan farq qilsa, u holda ariza boʻyicha qarorda ushbu koʻrsatilishi.
21. Sertifikatlashtirish maqsadida sinovlar ASLda oʻtkaziladi. Sertifikatlashtirish paytida tegishli ASL mavjud boʻlmagan taqdirda, SMI sertifikatlashtirish organining murojaatiga asosan, sinov natijalarining obyektivligining taʼminlovchi sinovlarni oʻtkazish joyini va sharoitlarini aniqlaydi.
Mahsulotning muayyan turini sertifikatlash maqsadida sinov bayonnnomalarini rasmiylashtirish va berish muddati, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi meʼyoriy hujjatlar boʻyicha oʻtkaziladigan sinov usullariga muvofiq, ushbu mahsulotning barcha sinovlarining davomiyligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
22. Sertifikatlashtirishni oʻtkazish uchun mahsulot namunalarini tanlab olish va identifikatsiya qilish ariza berilgandan ikki kundan kechiktirilmagan muddatda SO tomonidan joyiga chiqqan holda amalga oshiriladi.
23. Namunalarning miqdori, tanlab olish, identifikatsiya qilish va saqlash tartibi majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotning MHda, shu jumladan sinash metodlarida belgilanadi.
24. Respublikaga chetdan keltiriladigan mahsulot toʻpidan sertifikatlash uchun tanlab olinadigan namunalar sonini sinash usullari belgilangan MHga muvofiq sinovlarni oʻtkazishni hisobga olgan holda SO aniqlaydi. Bunda akkreditlangan organlar va laboratoriyalar SMI tomonidan chetdan keltirilgan mahsulotlardan namuna olishning cheklangan normalariga rioya qilishi zarur.
25. Sertifikatlashtirishga taqdim etilgan mahsulot namunalarini tanlab olishda identifikatsiya qilish amali, mahsulotni sertifikatlash qoidalariga muvofiq, ushbu Qoidalarning 5-ilovasiga* muvofiq namunalarni identifikatsiya qilish va tanlab olish dalolatnomasini rasmiylashtirgan holda amalga oshiriladi.
Agar identifikatsiya natijalariga koʻra arizachi tomonidan taqdim etilgan namunalar MH talablariga nomuvofiq yoki sertifikatlashtiriladigan mahsulot turi belgilangan namunada emasligi maʼlum boʻlsa, namunalar tanlab olinmaydi va arizachiga asoslangan rad javobi beriladi.
26. Ishlab chiqariladigan mahsulot namunalarini tanlab olish va identifikatsiya qilish dalolatnomasi ikki nusxada rasmiylashtiriladi va ularning bittasi arizachiga beriladi.
Bojxonada saqlanayotgan import tovarlarni sertifikatlashtirish uchun namunalarni tanlab olish SO tomonidan, bojxona organining mansabdor shaxsi va tovar egasi yoki uning vakili ishtirokida oʻtkaziladi. Bunda SO vakili tomonidan namunalarni identifikatsiya qilish va tanlab olish toʻgʻrisidagi dalolatnoma uch nusxada tuziladi va ikkinchi nusxasini bojxona idorasiga taqdim etiladi.
27. Arizachi oʻzining xohishiga koʻra sertifikatlanadigan mahsulotning texnik tavsiflarini taqdim etishi mumkin.
Arizachi, shuningdek SO ga mahsulotni yaratish va ishlab chiqarishni tashkil etishda oʻtkazilgan sinov bayonnomalarini yoki Oʻzbekiston Respublikasining akkreditlash tizimidan akkreditlangan yoki tan olingan mahalliy yoki xorijdagi sinov laboratoriyalari tomonidan amalga oshirilgan sinovlar toʻgʻrisidagi hujjatlarini taqdim etishi mumkin.
28. Arizachi yoki uning vakili iltimosiga koʻra, ASL da sinovlarni oʻtkazish sharoitlari bilan tanishish imkoniyati berilishi lozim. Arizachi mahsulotini sinashda ishtirok etish huquqiga ega. Bunda ASLda maxfiylikni taʼminlash chora-tadbirlari koʻrilgan boʻlishi zarur.
29. Namunalarning sinovi sifati va natijalarning haqqoniyligiga, shuningdek, sinov bayonnomalarining saqlanishiga sinovlarni amalga oshirgan ASL masʼul hisoblanadi. Sinov bayonnomalari sinovlarni bajarish boʻyicha vakolatli mutaxassislar tomonidan imzolanadi va ASL rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
30. Sinov bayonnomalari arizachiga va SO ga taqdim etiladi. Agar mahsulotning sinovlari alohida parametrlar boʻyicha turli ASL da oʻtkazilgan boʻlsa, u holda mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligi boʻyicha sinov natijalarining ijobiyligi, barcha ijobiy bayonnomalarning mavjudligi hisoblanadi.
31. Sinovlarning salbiy natijalari, shuningdek hujjatlar toʻplami toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, SO arizachiga qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda muvofiqlik sertifikatini berishni rad etganligi toʻgʻrisida xulosa beradi.
Agar chetdan keltirilgan mahsulotning sifat va xavfsizlik talablari tasdiqlanmagan taqdirda SO rasmiy ravishda murojaatchiga va Davlat bojxona qoʻmitasiga ushbu tovarni nomuvofiq ekanligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etadi.
32. Sinash davrida butunlay yoki qisman buzilgan, shuningdek sinash davrida buzilmagan mahsulot boʻyicha hisobdan chiqarilganligi (qaytarib berilganligi) toʻgʻrisidagi dalolatnoma murojaatchi (yoki uning vakili) ishtirokida ushbu Qoidalarning 6-ilovasiga* muvofiq tuziladi.
33. Sertifikatlashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarish sharoitlarini baholash SO tomonidan ishlab chiqilgan va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlangan mahsulotlarni sertifikatlash qoidalarida belgilanadi.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
Oʻrganish natijalari boʻyicha muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirib berishda foydalaniladigan dalolatnoma tuziladi.
34. Ishlab chiqarish sharoitlarini oʻrganish muddati namunalar tanlab olingan paytdan boshlab 10 kundan oshmasligi kerak.
35. Ishlab chiqarish sharoitlarini oʻrganish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar muvofiqlik sertifikatida keltiriladi.
36. SO sinov bayonnoma(lari), ishlab chiqarish sharoitlarini baholash va arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqqandan keyin, muvofiqlik sertifikatini beradi yoki berishni rad etadi.
Sertifikatlashtirish jarayonini oʻtkazishning umumiy muddati, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi meʼyoriy hujjatlar boʻyicha oʻtkaziladigan sinov usullariga muvofiq, ushbu mahsulotning barcha sinovlarining davomiyligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
361. Muvofiqlik sertifikati blanki raqamlangan, himoya qilish darajasiga ega, javobgarligi belgilangan hujjat hisoblanadi. Muvofiqlik sertifikati blanki ushbu Qoidalarning 7-ilovasiga* muvofiq tayyorlanadi va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan beriladi.
(361-band Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
* 1 — 7-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
37. Sertifikat davlat yoki rus tillarida rasmiylashtiriladi. Rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati Oʻz SMT Davlat reyestrida roʻyxatga olinadi. Roʻyxat raqami mavjud boʻlgandagina sertifikat haqiqiy hisoblanadi.
39. Muvofiqlik sertifikati:
chetdan keltirilgan mahsulotga — mahsulotning yaroqlilik muddatiga;
bitta tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida chetdan keltirilgan mahsulotga — bir kalendar yilidan oshmagan muddatga;
seriyalab ishlab chiqariladigan mahsulotga esa — 3 yil muddatga beriladi.
Muvofiqlik sertifikati bir xil nomdagi yoki oʻxshash mahsulotlar guruhiga beriladi va uning amal qilishi haqiqatda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan mahsulotlarning miqdoriga taalluqli boʻladi, lekin muvofiqlik sertifikatida koʻrsatilgan miqdordan koʻp emas (bunda, bitta tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida — mahsulotning modeli, turi, artikuli va (yoki) boshqa identifikatsiya belgilarini koʻrsatgan xolda shartnoma boʻyicha chetdan keltirilgan mahsulotning hajmi (soni)ga).
40. Bahsli masalalarni hal etish, shuningdek Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan SO faoliyatini inspeksiya nazorati maqsadlari uchun namunalarni tanlab olish dalolatnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi, sinov bayonnomalarining nusxalari, muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati davomida, yoki kamida bir yil davomida saqlanishi lozim. Sinov bayonnomalarning nusxalarini saqlash tartibi va muddatlari mahsulotlarni sertifikatlashtirish qoidalarida va SO hamda sinov laboratoriyalarining hujjatlarida belgilanadi. Belgilangan saqlash muddatlari tugagan hujjatlar arxivga topshiriladi yoki yoʻq qilinadi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
41. Berilgan muvofiqlik sertifikati asosida, belgilangan sertifikatlashtirish chizmasini hisobga olgan holda, arizachiga muvofiqlik sertifikatini qoʻllash va muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini berish toʻgʻrisida bitim tuziladi. Mazkur bitimda sertifikatlashtirilgan mahsulotni muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalash usuli va inspeksiya nazoratining shartlari kelishib olingan boʻlishi kerak.
42. Sertifikatlangan, seriyali ishlab chiqariladigan mahsulot (qadoq, idish va yuk joʻnatuv hujjatlari) tayyorlovchi-tashkilotning masʼulligi ostida muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanadi.
43. Sertifikatlashtirilgan mahsulotning bir qismi, muvofiqlik sertifikatining nusxasi asosida, tayyorlovchi-tashkilot tomonidan realizatsiya qilinishi mumkin.
(43-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 4-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1458-5, 05.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 10/20/1458-5/0129-son)
Sertifikat aslining egasi tomonidan berilgan nusxalar mahsulotga qoʻshib joʻnatiladigan hujjatga muvofiq roʻyxatdan oʻtkaziladi. Har bir nusxada uning qayd etilgan raqami, realizatsiya qilinadigan mahsulotning miqdori koʻrsatiladi.
44. Muvofiqlik sertifikati amalda boʻlgan davrda ishlab chiqarilgan mahsulot sertifikatlashtirilgan deb hisoblanadi va qayta sertifikatlashtirilmaydi. Mahsulot sertifikatlashtirilganligini tasdiqlovchi asos sifatida muvofiqlik belgisi va mahsulotga qoʻshib yuboriladigan va ekspluatatsiya hujjatlardagi ishlab chiqarish sanasi xizmat qiladi.
45. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugashidan kamida bir oy oldin, arizachi ishlab chiqarilayotgan mahsulotini qayta sertifikatlashtirish maqsadida SO ga ariza berish huquqiga ega. Bunda SO inspeksiya nazoratining natijalarini hisobga olib, sertifikatlashtirish chizmasini oʻzgartirishi mumkin.
46. Mahsulot konstruksiyasiga (tarkibiga) yoki uni ishlab chiqarish texnologiyasiga mahsulotning tavsiflariga taʼsir etishi mumkin boʻlgan, sertifikatlashtirishda tasdiqlanadigan oʻzgartirishlar rejalashtirilganda tayyorlovchi-tashkilot bu toʻgʻrisida toʻgʻirlovchi amallarni oʻtkazish zaruriyati yuzasidan qaror qabul qilish uchun SO ni xabardor qilishi lozim.
47. Seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotga muvofiqlik sertifikatini bergan SO bir yilda kamida bir marotaba mahsulotning sertifikatlashtirishda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida, sertifikatlashtirilgan mahsulot ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazadi. Inspeksiya nazoratida sertifikatlashtirishning chizmasiga qarab, mahsulotning sinovi va/yoki ishlab chiqarish sharoitlarini baholash amalga oshiriladi.
48. Inspeksiya nazorati natijalari boʻyicha muvofiqlik sertifikatining amal qilishi va muvofiqlik belgisini qoʻllash tasdiqlanishi, toʻxtatilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
49. Sertifikatlashtirilgan mahsulot ustidan oʻtkaziladigan inspeksiya nazoratining hajmi, inspeksiya nazoratini oʻtkazish qoidalarida belgilanadi.
50. SO sertifikatning amal qilishini toʻxtatilganligi yoki bekor qilinganligi va muvofiqlik belgisining arizachi tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida tayyorlovchini va SMIni xabardor qilishi shart.
SMI tegishli davlat boshqaruv idoralariga va ommaviy axborot vositalariga bekor qilingan sertifikatlar toʻgʻrisida maʼlumot berish zarurligini aniqlaydi.
II1. Majburiy sertifikatlashtiriladigan tovarlarni muvofiqlik sertifikatisiz muomalaga chiqarish
501. Oʻzbekiston Respublikasining hududiga olib kirilgan bojxona rasmiylashtiruviga muvofiqlik sertifikatisiz ruxsat etilgan tovarlar:
tabiiy ofatlar, harbiy mojarolar, texnogen falokatlar va h.k. larda yordam koʻrsatish uchun moʻljallangan tovarlar;
respublikada qurilish va boshqa pudrat ishlarini amalga oshirish uchun xorijiy xodimlarning shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan respublikaga chetdan keltirilgan ozuqaviy va boshqa tovarlar;
mamlakat hududida bojxona va boshqa imtiyozlarga ega boʻlgan xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning diplomatik va konsullik vakolatxonalari va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi xorijiy davlatlar vakolatxonalarining rasmiy (xizmat yuzasidan) foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlar;
Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlar va korxonalarining normal ish olib borishi uchun zarur boʻlgan material-texnik taʼminot jihozlari, asbob-uskunalar, yoqilgʻi va mazkur korxonalar tomonidan ijaraga olingan, xalqaro miqyosda yuk tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari;
bojxona organiga deklarant tomonidan shartnoma (kontrakt) nusxasi va sertifikatlashtirish organining sertifikatlashtirish sinovlarini oʻtkazish zaruriyati mavjudligi haqidagi xati taqdim etilgan holda sertifikatlashtirish sinovlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan tanlanma va namunalar (miqdorini hisobga olgan holda, vazni, hajmi va boshqalar);
ekspluatatsiya qilish joyida sinov natijalariga koʻra SO tomonidan beriladigan sertifikat, shuningdek, tovarni olib kelgan shaxs tomonidan texnologik uskunalar toʻliq yigʻilib, sozlanganidan va sinovdan oʻtkazilganidan soʻng sertifikatlashtirishdan oʻtkazish boʻyicha majburiyat olgan shaxs, hamda SO tomonidan shu turdagi texnologik uskunalarni sertifikatlashtirishdan oʻtkazish boʻyicha taqdim etgan xatiga asosan texnologik uskunalarning tarkibiy qismlari;
jismoniy shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga chetdan olib kelingan notijorat maqsadlar uchun moʻljallangan tovarlar (transport vositalaridan tashqari).
Tijorat maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan chetdan keltirilgan bir xildagi (bir turdagi) tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi, tovarlarning bojxona qiymatidan qatʼiy nazar muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlgan taqdirda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
III. Sertifikatlashtirish chizmalarini qoʻllanilishi
51. 1-chizma mahsulot turini sertifikatlashtirishda qoʻllaniladi va mahsulotni majburiy koʻrsatkichlari birinchi navbatda xavfsizlik boʻyicha ASL da sinashni nazarda tutadi. Mazkur chizma mahsulotga aniq MH mavjud boʻlmagan taqdirda ham qoʻllaniladi.
52. 2- chizma mahsulot turini sertifikatlashda qoʻllaniladi va mahsulotni majburiy koʻrsatkichlari boʻyicha ASL da sinashni nazarda tutadi. Mazkur chizma savdo nuqtalaridan (isteʼmolchidan) olingan namunalarni sinovlardan oʻtkazish yoʻli bilan mahsulotni inspeksiya nazoratidan oʻtkazishni nazarda tutadi.
53. 3-chizma ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda qoʻllaniladi va majburiy koʻrsatkichlarni tekshirish uchun mahsulotni ASL da sinashni va ishlab chiqarishni baholashni nazarda tutadi. Mazkur chizmada korxonada mahsulotlarni sinovlardan oʻtkazish yoʻli bilan mahsulotni inspeksiya nazoratidan oʻtkazishni nazarda tutadi.
54. 4-chizma ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda qoʻllaniladi va majburiy koʻrsatkichlarni tekshirish uchun mahsulotni ASL da sinashni va ishlab chiqarish sharoitlarini baholashni nazarda tutadi.
Mazkur chizmada, savdo nuqtasidan (isteʼmolchidan) yoki ishlab chiqarishdan olingan namunalarni sinovlardan oʻtkazish yoʻli bilan mahsulotni, inspeksiya nazoratini oʻtkazish nazarda tutilgan.
55. 5-chizma ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda qoʻllaniladi va majburiy koʻrsatkichlarni tekshirish uchun mahsulotni ASL da sinashni va ishlab chiqarish sharoitlarini baholashni yoki sifat tizimini baholashni nazarda tutadi. Mazkur chizmada mahsulotni sinovlardan oʻtkazish va ishlab chiqarishni tekshirish (yoki sifat tizimini baholash) yoʻli bilan inspeksiya nazoratini oʻtkazish nazarda tutilgan.
56. 6-chizma sifat tizimini sertifikatlishtirishda qoʻllaniladi va uni baholashni hamda keyinchalik inspeksiya nazoratini oʻtkazishni nazarda tutadi.
57. 7-chizma mahsulot toʻpining sertifikatlashtirishda qoʻllaniladi va mahsulotni sinashni nazarda tutadi.
571. 7A-chizma bitta tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida keltirilgan mahsulotni (transport vositalaridan tashqari) sertifikatlashtirishda qoʻllaniladi va mahsulotni ASLda majburiy koʻrsatgichlar boʻyicha sinashni nazarda tutadi.
58. 8-chizma har bir mahsulotni (buyum) sertifikatlashtirishda qoʻllaniladi.
59. 9-chizma mahsulotni sertifikatlashtirishda qoʻllaniladi va mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiya qilishni nazarda tutadi.
60. 3; 4; 5; 7; 7A, 8; 9 chizmalar boʻyicha sertifikatlashtirilgan mahsulotlar muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanishi mumkin.
IV. Axborot taʼminoti
61. SO rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, toʻxtatilgan sertifikatlarni, shuningdek sertifikat berish rad etilgan holatlarini hisobini olib boradi va ular toʻgʻrisidagi va sertifikatlishtirish faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni belgilangan tartibda SMIga taqdim etadi. Ular manfaatdor tashkilotlarni oʻz faoliyati va rasmiylashtirilgan sertifikatlari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
62. SMI mahsulotlarni sertifikatlashtirish natijalari boʻyicha quyidagi axborotni chop etadi:
sertifikat berilgan (tan olingan) mahsulotlar va ularning sertifikatlashtirilgan tafsilotlari roʻyxati;
SO, ASL va sifat boʻyicha ekspert-auditorlar roʻyxati;
bekor qilingan muvofiqlik sertifikatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimining qayd etilgan roʻyxati.
VI. Apellyatsiyalarni koʻrib chiqish
70. Manfaatdor tomonlar sertifikatlashtirish natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda Texnik jihatdan tartibga solish agentligining Apellyatsiya kengashiga yoki bevosita sudga murojaat qilishga haqli.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
71. Texnik jihatdan tartibga solish agentligining Apellyatsiya kengashi sertifikatlashtirish organining va sinov laboratoriyalari (markazlari) ning qarorlariga nisbatan noroziliklarni koʻrib chiqadi. Apellyatsiyalar Oʻz SMT protseduralarida belgilangan tartibga muvofiq ikki hafta ichida koʻrib chiqiladi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
72. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Apellyatsiya kengashining qarori boʻyicha qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat etilishi mumkin.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
VII. Yakuniy qoidalar
73. SO rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, toʻxtatilgan muvofiqlik sertifikatlarini, shuningdek sertifikat berish rad etilgan holatlarini hisobini olib boradi, shuningdek, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyda Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga taqdim etadi.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
74. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi zarur hollarda SO lardan sertifikatlashtirish materiallarini (hujjatlar) soʻrab olishi mumkin.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
75. Muvofiqlik sertifikatida koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqqoniyligiga, sertifikatlashtirish muddatlari va qoidalarining buzilishiga javobgarlik SO zimmasiga yuklatiladi.
76. Ushbu Qoidalar talablarini buzgan aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga
1-ILOVA
Muvofiqlik sertifikati orqali mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlash
Jadvali

Chizma raqami

Akkreditatlangan sinov laboratoriyalarining sinovi yoki muvofiqlikni baholashning boshqa dalili

Ishlab chiqarish sharoitlarini baholash yoki sifat tizimini baholash

Sertifikatlangan mahsulot ustidan inspeksiya nazorati (Sifat tizimini)

1.

Mahsulot turining sinovi

2.

Mahsulot turini sinovdan oʻtkazish

Savdodan (isteʼmolchidan) olingan namunalarning sinovi

3.

Mahsulot turini sinovdan oʻtkazish

Ishlab chiqarishni baholash

Ishlab chiqaruvchidan olingan namunalarni sinash

4.

Mahsulot turini sinovdan oʻtkazish

Ishlab chiqarishni baholash

Savdo (isteʼmolchidan) va ishlab chiqarishdan olingan namunalarni sinovdan oʻtkazish

5.

Mahsulot turini sinovdan oʻtkazish

Ishlab chiqarishni baholash yoki sifat tizimini baholash

Namuna sinovi va sifat tizimini baholash (ishlab chiqarishni oʻrganish)

6.

Sifat tizimini baholash

Boshqaruv tizimining holatini baholash

7.

Mahsulot toʻpini sinovdan oʻtkazish

7A.

Mahsulot toʻpini sinovdan oʻtkazish

8.

Har bir namunani sinash

9.

Muvofiqlik boʻyicha deklaratsiya va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish

Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga
8-ILOVA
Respublikada ishlab chiqarilayotgan hamda chetdan keltiriladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonida IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini oʻrganish va tekshirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Arizachi

SOga mahsulotni sertifikatlash maqsadida ariza beriladi

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

SO

Mahsulotni sertifikatlashtirish uchun arizani koʻrib chiqish, shu jumladan namunalarni identifikatsiya qilish, tanlab olish va laboratoriyaga yetkazish jarayonida tegishli mahsulotda IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligi oʻrganiladi va tekshiriladi.

Sertifikatlashtirish sinovlarini oʻtkazish uchun tanlab olingan mahsulot namunalarida (yorliq va qadoqlarda) qoʻllanilgan belgi, nom va boshqa rekvizitlar Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi portali”da mavjud maʼlumotlar bilan solishtiriladi.

Ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida

3-bosqich

SO

oʻrganish va tekshirish davrida sertifikatlashtirish sinovlarini oʻtkazish uchun tanlab olingan mahsulot namunalarida (yorliq va qadoqlarda) qoʻllanilgan belgi, nom va boshqa rekvizitlarda qonunchilik hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan IMOlar bilan adashtirib yuboradigan darajada bir xil yoki aynan oʻxshash boʻlgan belgilar aniqlansa, SO tomonidan arizachiga asoslantirilgan rad javobi beriladi.

Ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida

(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 10-11-son, 86-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 10/20/1458-5/0129-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)