|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.05.2011
|
ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BO‘YIChA DAVLAT INSPEKSIYASI “O‘ZDAVENERGONAZORAT” BOShLIG‘INING
BUYrug‘i
XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNING QUVVATI 10 KILOVATTGAChA BO‘LGAN ELEKTR USKUNALARINI ULASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 10-martda 1454-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur buyruq Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 7-apreldagi 3-sonli “Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining quvvati 50 kvtgacha bo‘lgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashning soddalashtirilgan tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2220, 27.04.2011-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomga asosan, buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning quvvati 10 kilovattgacha bo‘lgan elektr uskunalarini ulash tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab, 10 kun o‘tganidan so‘ng kuchga kiritilsin.
3.Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
“O‘zdavenergonazorat” Inspeksiyasi boshlig‘i B. G‘ULOMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 16-fevral,
57-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 10-11-son, 76-modda)