1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Xalqaro sugʻurta tamoyillari (Sugʻurta asosiy prinsiplari) asosida sugʻurta xizmatlari isteʼmolchilari manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek, ushbu sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani yaratish | |||||
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi va “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunlariga sugʻurta faoliyatini tartibga solishga doir oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
“Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi va “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish: a) qayta sugʻurta brokerlari, syurveyerlar, adjasterlar, assistanslar va aktuar tashkilotlar faoliyatining boshlanishi yoki tugatilishi toʻgʻrisida vakolatli organni xabardor qilish tartibini joriy etish; b) sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) va sugʻurta brokerining rahbarlari va bosh buxgalterlari bilan ularning sugʻurta faoliyati va buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini bilishini aniqlash maqsadida suhbat oʻtkazish; v) vakolatli davlat organiga sugʻurta va bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni toʻplash, saqlash va qayta ishlash huquqini berish; g) prudensial meʼyorlar buzilganda, shuningdek, toʻlovga layoqatsizlik (toʻlovga qobiliyatsizlik) yoki bunday taqsimlash natijasida toʻlovga layoqatsizlik (toʻlovga qobiliyatsizlik) belgilari paydo boʻlganda, sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) foydasini taqsimlashni cheklash chora-tadbirlari; d) sugʻurta qildiruvchilarni (jabrlanuvchilarni) majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan daʼvolar boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod etish. |
Qonun loyihasi |
2024-yil sentabr |
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) |
|
2. |
Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini, shu jumladan, belgilangan iqtisodiy normativlarni buzganlik uchun sugʻurtalovchilarga (qayta sugʻurtalovchilarga) jarimalar qoʻllashning yangilangan tartibini tasdiqlash. |
Jarima sanksiyalarini qoʻllash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish, qoʻshimcha ravishda quyidagi javobgarliklarni nazarda tutish: a) majburiy sugʻurta turlari boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda: arizalarni koʻrib chiqmaganlik (sugʻurta daʼvolarini koʻrib chiqish); sugʻurta tovonini toʻlamaganlik uchun; b) sugʻurtalovchilar, sugʻurta brokerlari va ularning alohida boʻlinmalarining rahbarlari va bosh buxgalterlarini vakolatli organ bilan kelishmagan holda tayinlaganlik uchun; v) vakolatli davlat organining majburiy taqdimnomalari va/yoki koʻrsatmalarini bajarmaganlik, shu jumladan oʻz vaqtida bajarmaganlik uchun; g) sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi)ning hisob (valyuta) va boshqa bank raqamlarida oʻtgan oʻn ikki oy mobaynida hisoblangan sugʻurta tovonlari summasining 3 foizidan kam boʻlmagan miqdorda pul mablagʻlari mavjud boʻlishiga oid talabga rioya qilmaganlik uchun. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2024-yil aprel |
ILMA |
|
3. |
Sugʻurta xizmatlarini elektron shaklda koʻrsatish tartibini takomillashtirish. |
Elektron shaklda sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishning yangilangan tartibini ishlab chiqish, jumladan quyidagilarni nazarda tutish: a) yagona axborot tizimi orqali sugʻurta shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish va sugʻurtaning barcha turlari boʻyicha sugʻurta polislarini shakllantirish; b) sugʻurta mukofotlarini hisoblashni avtomatlashtirish, sugʻurtalovchini tanlash huquqi bilan shartnomani elektron shaklda majburiy tartibda tuzish imkoniyatini taʼminlash, shuningdek, boshqa chora-tadbirlar orqali majburiy sugʻurta shartnomalarini tuzish jarayonlarini soddalashtirish; v) sugʻurta daʼvolarini tartibga solish; g) sugʻurtalovchilar tomonidan yagona axborot tizimidan foydalanish talablari va shartlari, shuningdek, Agentlikning koʻrsatmasiga asosan qonunbuzilishlarni bartaraf etish davrida yagona axborot tizimidan toʻliq yoki qisman foydalanishni toʻxtatish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2024-yil may |
ILMA, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
|
4. |
Tashish faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish ustidan nazoratni kuchaytirish. |
Tashish faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish polisiga ega boʻlish talabini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar yoʻl harakati qoidalariga kiritilishini taʼminlash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2024-yil may |
Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi |
|
5. |
Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish talablarini kuchaytirish. |
Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish talablarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini belgilash. |
Qonun loyihasi |
2024-yil may |
Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi |
|
II. Xorijiy davlatlarning ilgʻor sugʻurta tajribasini joriy etish orqali milliy sugʻurta bozori infratuzilmasini kengaytirish | |||||
|
6. |
Sugʻurta xizmatlari koʻrsatilishi sifati boʻyicha sugʻurtalovchilar reytingini aniqlash va yuritish tartibini joriy etish. |
Koʻrsatilayotgan sugʻurta xizmatlari sifati boʻyicha, shu jumladan quyidagi mezonlarni hisobga olgan holda Sugʻurtalovchilar reytingini aniqlash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish: a) sugʻurta tashkilotining toʻlovga qobiliyatlilik marjasining yetarlilik meʼyori; b) umumiy sugʻurta daʼvolari soniga nisbatan oʻz vaqtida koʻrib chiqilgan sugʻurta daʼvolarining soni; v) umumiy sugʻurta daʼvolari soniga nisbatan oʻz vaqtida toʻlangan sugʻurta tovonlari soni; g) umumiy sugʻurta qildiruvchilar soniga nisbatan Agentlikka kelib tushgan sugʻurta xizmatlari isteʼmolchilarining murojaatlari (shikoyatlar) soni; d) umumiy sugʻurta daʼvolari soniga nisbatan qanoatlantirilgan sugʻurta daʼvolarining nisbati; e) sugʻurta turlari boʻyicha yigʻilgan sugʻurta mukofotlari va sugʻurta toʻlovlarining nisbati. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2024-yil iyul |
ILMA, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi |
|
7. |
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni faqatgina hayotni sugʻurta qilish sohasida litsenziyaga ega sugʻurta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan amaliyotini joriy etish. |
1. Xalqaro tajribani oʻrganish va tahlil qilish. 2. Xalqaro tajribani implementatsiya qilish maqsadida milliy qonunchilikni tahlil qilish. 3. Tahlillar natijalariga koʻra takliflar tayyorlash va Prezident Administratsiyasiga kiritish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2024-yil noyabr |
ILMA |
|
8. |
Turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish amaliyotini joriy etish. |
1. Xalqaro tajribani oʻrganish va tahlil qilish. 2. Xalqaro tajribani implementatsiya qilish maqsadida milliy qonunchilikni tahlil qilish. 3. Tahlillar natijalariga koʻra takliflar tayyorlash va Prezident Administratsiyasiga kiritish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2024-yil dekabr |
ILMA |
|
III. Sugʻurta bozorini jadal raqamlashtirish va sugʻurta bozori professional ishtirokchilari faoliyatini tartibga solishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini takomillashtirish, sugʻurta xizmatlari sifatini va ommabopligini oshirish | |||||
|
9. |
Vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va yagona axborot tizimi bilan majburiy sugʻurta turlari boʻyicha tegishli maʼlumotlar almashinuvini taʼminlash. |
1. Quyidagi maʼlumotlar almashinuvini nazarda tutuvchi idoralararo axborot tizimlarini integratsiya qilish boʻyicha texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish: yoʻlovchilarni tashish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; davlat budjeti mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish boʻyicha tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; faoliyati boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazish xavfi bilan bogʻliq boʻlgan xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; ish beruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; majburiy sugʻurta shartnomalari va sugʻurta polislari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
Texnologik yoʻriqnoma |
2024-yil aprel |
ILMA Transport vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qoʻmitasi |
|
2. Majburiy sugʻurta shartnomalari tuzilishini taʼminlash uchun taqdim etilgan maʼlumotlarni keyinchalik uzatgan holda yigʻish va qayta ishlash. 3. Axborot almashinuvi boʻyicha sinovlar oʻtkazish. 4. Onlayn axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish. |
Axborot almashish tizimi |
2024-yil iyul | |||
|
10. |
Soliq qoʻmitasining “my.soliq.uz” elektron tizimida ish beruvchi va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha shartnomalar tuzish mexanizmini joriy etish. |
Quyidagi xizmatlarni ishlab chiqish va joriy etish: 1. Muntazam ravishda soliq hisobotlarini taqdim etishda amaldagi majburiy sugʻurta polisiga ega boʻlmagan ish beruvchilar va tashuvchilarni avtomatik ravishda aniqlash. 2. Sugʻurta shartnomasini majburiy tartibda tuzish uchun sugʻurtalovchini tanlash huquqi bilan ommaviy ofertani qabul qilish imkoniyati. 3. Qonunchilikka muvofiq avtomatik ravishda sugʻurta mukofoti miqdorini hisoblash. 4. Sugʻurta polisini soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yuborish. 5. Sugʻurta hodisasi boʻyicha arizalarni sugʻurta tashkilotiga yuborish. |
Elektron shakldagi sugʻurta xizmatlari |
2024-yil iyul |
ILMA, Soliq qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Transport vazirligi |
|
11. |
Davlat budjeti mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobidan obyektlarni qurish jarayonida qurilish tavakkalchiligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha shartnomalar tuzish mexanizmini elektron tizimda joriy etish. |
Quyidagi xizmatlarni ishlab chiqish va joriy etish: 1. Amaldagi majburiy sugʻurta polisiga ega boʻlmagan yuridik shaxslarni avtomatik tarzda aniqlash. 2. Sugʻurtalovchini tanlash huquqi bilan sugʻurta shartnomasini tuzish imkoniyati. 3. Sugʻurta polisini sugʻurta qildiruvchiga yuborish. 4. Sugʻurta hodisasi boʻyicha arizalarni sugʻurta tashkilotiga yuborish. |
Elektron shakldagi sugʻurta xizmatlari |
2024-yil iyul |
ILMA, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
|
12. |
Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz berganda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha shartnomalarni elektron tizimda tuzish mexanizmini joriy etish. |
1. Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish polisi mavjudligi toʻgʻrisidagi talabni xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash talab va shartlariga kiritish. |
Normativ huquqiy hujjat loyihasi |
2024-yil may |
ILMA, Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi |
|
2. Quyidagi xizmatlarni ishlab chiqish va joriy etish: a) amaldagi majburiy sugʻurta polisiga ega boʻlmagan yuridik shaxslarni avtomatik tarzda aniqlash. b) sugʻurtalovchini tanlash huquqi bilan sugʻurta shartnomasini tuzish imkoniyati. v) sugʻurta polisini sugʻurta qildiruvchiga yuborish. g) sugʻurta hodisasi boʻyicha arizalarni sugʻurta tashkilotiga yuborish. |
Elektron shakldagi sugʻurta xizmatlari |
2024-yil iyul | |||
|
13. |
Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar)ning sugʻurta zaxiralarini shakllantirish va toʻlov qobiliyatini aniqlash metodikasini Solvency II meʼyorlariga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
1. Xalqaro tajribani oʻrganish va tahlil qilish. 2. Xalqaro tajribani implementatsiya qilish maqsadida milliy qonunchilikni tahlil qilish. 3. Tahlillar natijalariga koʻra takliflar tayyorlash va Prezident Administratsiyasiga kiritish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2025-yil iyul |
ILMA Oʻzbekiston sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi, Oʻzbekiston aktuariylar uyushmasi |
|
14. |
Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalashda xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish polisi mavjud boʻlishi toʻgʻrisidagi talabni belgilash. |
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash pasportiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2024-yil may |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi |
|
15. |
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflari koeffitsiyentlari va ish beruvchining faoliyati turlari xavfliligi darajalari tasnifini koeffitsiyentlar va IFUT kodini kasbiy tavakkalchilik klasslari boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlari (kichik tarmoqlari) kesimida belgilash yuzasidan qayta koʻrib chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjatni qayta koʻrib chiqish orqali oʻzgartirishlar kiritish, xususan: har bir klass boʻyicha sugʻurta tariflari koeffitsiyentlari; kasbiy tavakkalchilik klasslari boʻyicha iqtisodiyotning har bir tarmogʻi (kichik tarmogʻi) uchun IFUT kodini belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2024-yil oktabr |
ILMA, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Statistika agentligi, Soliq qoʻmitasi |
|
16. |
Sugʻurta tashkilotlarining sugʻurta va investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tanqidiy qayta koʻrib chiqish hamda zamonaviy talablarga muvofiqligini taʼminlash. |
Quyidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning yangilangan tahririni tayyorlash: 1. Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizomni, jumladan, unda quyidagilarni nazarda tutish: sugʻurta agentiga toʻlanadigan toʻlovlarning ishlab topilmagan qismini hisobga olish uchun akvizitsion xarajatlar zaxirasini joriy etish, bunda, akvizitsion xarajatlar zaxirasini shakllantirish sugʻurta shartnomasi kuchga kirgandan soʻng toʻliq hisoblangan holda amalga oshirilishini va sugʻurta davrining qolgan qismiga mutanosib ravishda hisoblanishini belgilash. 2. Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizom. 3. Sugʻurtalovchi va qayta sugʻurtalovchining investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi nizom. 4. Aktuar xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom. 5. Sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari. 6. Sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati toʻgʻrisidagi nizom. 7. Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizom. 8. Qayta sugʻurta qilish xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlari toʻgʻrisidagi nizom va uni zamonaviy talablarga moslashtirish, bunda tabiiy va texnogen ofatlarni qayta sugʻurtalashni nazarda tutish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2024-2025-yillar davomida |
ILMA, Oʻzbekiston aktuariylar uyushmasi |
|
17. |
Sugʻurta xizmatlarini ommalashtirish maqsadida targʻibot materiallarini tayyorlash va tarqatish. |
1. Sugʻurta xizmatlari va ularning afzalliklari haqida targʻibot materiallarini tayyorlash. 2. Aholi oʻrtasida sugʻurtani ommalashtirish va uni keng targʻib qilish maqsadida sugʻurta xizmatlari toʻgʻrisidagi targʻibot materiallarini ommaviy axborot vositalarida tarqatish. 3. Mazkur yoʻnalishda brifing, konferensiya va amaliy seminarlar oʻtkazish. 4. Ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokisiz “E-Sugurta servis” mobil ilovasi orqali yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani (yevroprotokol) tuzgan holda yoʻl-transport hodisasining soddalashtirilgan tartibini qayd etish toʻgʻrisida maʼrifiy teledasturlar va radioeshittirishlarni tayyorlash va efirga uzatish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi |
2024-2025-yillar davomida |
ILMA, AOKA, OʻzMTRK, Oʻzbekiston sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi |
|
IV. Sugʻurta bozorida mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, aholi va tadbirkorlarning sugʻurta madaniyatini oshirish | |||||
|
18. |
Sugʻurta nazoratchilari xalqaro uyushmasi (IAIS) bilan hamkorlikni kengaytirish. |
Sugʻurta nazoratchilari xalqaro uyushmasi tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2024-yildan boshlab har yili |
ILMA, Tashqi ishlar vazirligi |
|
19. |
Xorijiy davlatlarning oʻxshash tuzilmalari, xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlar bilan sugʻurta faoliyati sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. |
1. Xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlar ekspertlari bilan seminar va uchrashuvlar oʻtkazish. 2. Xorijiy davlatlarning oʻxshash tuzilmalari bilan tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2024 — 2027-yillar davomida |
ILMA |
|
20. |
Sugʻurta tashkilotlari yuqori boshqaruv organlari xodimlarining sugʻurta ishi boʻyicha malakasini muntazam ravishda oshirib borishni taʼminlash. |
Ikki yilda kamida bir marta sugʻurta tashkilotlari yuqori boshqaruv organlari xodimlarining malakasini oshirish. Bunda: a) xodimlarni tayyorlash: yuqori boshqaruv organlari xodimlari uchun — 80 akademik soat; oʻrta boshqaruv organlari xodimlari uchun — 100 akademik soat; boʻlinmalar rahbarlari va ularning xodimlari uchun — 120 akademik soat; b) xodimlarni oʻqitish va malakasini oshirish uchun ish haqi fondining kamida 3 foizi miqdorida mablagʻ ajratish tizimini joriy etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2024 — 2027-yillar davomida |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, ILMA, Oʻzbekiston sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi |
2-ILOVA
|
|
|
|
mln soʻmda | |
|
T/r |
Sugʻurta faoliyati turlari |
1-oktabrdan | ||
|
2025-yil |
2027-yil |
2029-yil | ||
|
1. |
Umumiy sugʻurta sohasida ixtiyoriy sugʻurta |
35 000 |
45 000 |
60 000 |
|
2. |
Umumiy sugʻurta sohasida majburiy sugʻurta |
50 000 |
75 000 |
100 000 |
|
3. |
Hayotni sugʻurta qilish sohasida ixtiyoriy sugʻurta |
25 000 |
30 000 |
35 000 |
|
4. |
Hayotni sugʻurta qilish sohasida majburiy sugʻurta |
40 000 |
45 000 |
50 000 |
|
5. |
Faqat qayta sugʻurta |
80 000 |
100 000 |
120 000 |
3-ILOVA
4-ILOVA
2-ILOVA
|
D.S. Maksudov |
— |
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining oʻrinbosari, Jamgʻarma kuzatuv kengashi raisi |
|
O.Ch. Saidov |
— |
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi |
|
O.O. Fayziyev |
— |
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi departamenti boshligʻi |
|
K.A. Abduraximov |
— |
Oʻzbekiston sugʻurta bozori professional ishtirokchilari uyushmasining bosh direktori |
|
L.X. Zakirov |
— |
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi direktori (maslahat ovozi huquqi bilan), Jamgʻarma kuzatuv kengashi kotibi |
|
“ |
||
|
9. |
Litsenziya talablari va shartlari: |
a) Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta faoliyati va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish, shuningdek, shaxsga doir maʼlumotlarni saqlash va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish; b) sugʻurta faoliyatini amalga oshirishda olingan axborotlarning qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq maxfiyligini taʼminlash; v) litsenziyalovchi organ talabiga koʻra sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga doir qonunchilik hujjatlarida belgilangan axborotlarni taqdim etish; g) quyidagi shaxslarni sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta brokerlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishiga yoʻl qoʻymaslik: terroristik faoliyatda yoki ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan; shaxsga qarshi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm, ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatish, ularni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar noqonuniy savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bogʻliq iqtisodiy jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki oʻtalmagan shaxslar; d) “g” kichik bandda belgilangan shaxslarning sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta brokerlarining ustav kapitalida ishtirok etishiga yoʻl qoʻymaslik; e) litsenziya talabgorining (litsenziatning) va ular alohida boʻlinmalarining rahbari va bosh buxgalterining sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligi, jumladan, kasbiy koʻnikmalar, bilim va tajribaning korporativ boshqaruv standartlariga muvofiqligi va ijobiy ishchanlik obroʻsiga ega boʻlishi; j) litsenziya talabgorining (litsenziatning) rahbarlik lavozimlarida ishlovchi shaxslarining boshqa sugʻurta tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida oʻrindoshlik asosida ishlashiga yoʻl qoʻymaslik; z) besh yil mobaynida sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga oid barcha maʼlumotlarni, jumladan ish yozishmalarini saqlash. Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) uchun qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlari: a) ustav fondining qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam miqdorining mavjud boʻlishi; b) Yagona axborot tizimidan foydalanish va ushbu tizim doirasida oʻzaro axborot almashish boʻyicha tegishli kelishuvning mavjudligi; v) qonunchilik talablari asosida elektron sugʻurta xizmatlari koʻrsatishni taʼminlash uchun axborot tizimining mavjudligi; g) sugʻurtaning barcha turlari boʻyicha sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalarini Yagona axborot tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish va ushbu tizim orqali sugʻurta polislarini rasmiylashtirish; d) aksiyadorlar boʻlgan yuridik shaxslarning haddan tashqari (potensial oluvchidan oxirgi benefitsiar mulkdorgacha uchta pogʻonadan koʻp) darajalarga tabaqalashtirilishi mavjud boʻlmasligi; e) Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sugʻurta shartnomalarini tuzish, jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi)ning sugʻurta toʻlovlari toʻgʻrisidagi talablarini koʻrib chiqish va sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish vakolati berilgan oʻz filiallariga ega boʻlishi — transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qiluvchi sugʻurtalovchilar uchun; j) sugʻurtalovchining Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi bilan unga aʼzolik toʻgʻrisidagi yozma bitimning mavjud boʻlishi — transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qiluvchi sugʻurtalovchilar uchun; z) Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari yoki annuitetlar shartnomasi tuzish, ish beruvchilar (yoki) jabrlanuvchilar yoxud naf oluvchilarning sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisidagi talablarini koʻrib chiqish va sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan oʻz filiallari mavjud boʻlishi — ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalovchilar uchun; i) Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzishga, tashuvchilar, jabrlanuvchilar va naf oluvchilarning sugʻurta tovoni haqidagi talablarini koʻrib chiqishga hamda sugʻurta tovonini amalga oshirishga vakolatli oʻz filiallariga ega boʻlishi — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qiluvchi sugʻurtalovchilar uchun; k) sugʻurtalovchida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishga haqli boʻlgan sugʻurtalovchilar oʻrtasida sugʻurta sherikchiligini tuzish haqida birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaning mavjud boʻlishi — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qiluvchi sugʻurtalovchilar uchun. Sugʻurta brokerlari uchun qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlari: a) sugʻurta brokerining sugʻurta faoliyatini amalga oshirishda shartnoma majburiyatlariga rioya etilishini taʼminlash; b) sugʻurta shartnomasining litsenziat mijozi uchun qulay shartlarda tuzilishi va bajarilishi; v) sugʻurtalashga doir vositachilik faoliyatini asosiy faoliyat turi sifatida amalga oshirish. Litsenziya talablari va shartlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishi jumlasiga kiradigan harakatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 54-moddasida belgilangan. |
|
”. |
5-ILOVA