1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Metrologiya. Asillik darajasi ishlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Texnik jihatdan tartibga solish, shu jumladan standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohalarida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish, raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali ushbu sohani shaffof, samarali va korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish, shuningdek, sohani Jahon savdo tashkiloti andozalariga uygʻunlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, respublikaning ichki bozorini himoya qilish hamda eksport geografiyasini kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.15.00 Mahsulot sifati xavfsizligi, belgilangan normalarga va savdo qoidalariga rioya etish ustidan nazorat;
5.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
2. Quyidagilar Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan milliy muvofiqlikni baholash, sinov hamda oʻlchash natijalarini eksport bozorlarida tan olish borasida hamkorlikni kengaytirish;
mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini taʼminlash va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha manzilli choralar koʻrish;
sifatni boshqarishning zamonaviy tizimlarini, birinchi navbatda, eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va mahsulotlarni texnik reglamentlar va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini taʼminlash;
milliy qonunchilikni, texnik tartibga solish, muvofiqlikni baholash instrumentlari va standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni Jahon savdo tashkiloti talablariga uygʻunlashtirish;
mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifati va xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda isteʼmolchilarning huquqlarini notoʻgʻri oʻlchash natijalarining salbiy oqibatlaridan himoya qilish choralarini koʻrish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablari, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi va toʻgʻriligi taʼminlanishi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga amal qilinishi yuzasidan davlat nazoratini tashkil etish va uning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
texnik jihatdan tartibga solish, shu jumladan standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi qonunchilik hujjatlari buzilishining oldini olish va profilaktikasini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasini raqamlashtirish orqali samaradorlik va natijadorlikka erishish, tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan davlat xizmatlari turlarini kengaytirish, shaffof va korrupsiyadan xoli samarali tizimni joriy etish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
4. Agentlik tuzilmasida:
“Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat korxonasi amaldagi moliyalashtirish tartibi va manbalari saqlab qolingan holda, “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi etib qayta tashkil qilinsin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) etib qayta tashkil qilinsin.
5. 2024-yil 1-sentabrdan boshlab Inspeksiyaning davlat inspektorlariga tezkor nazorat tadbirlarini Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan oldindan kelishmasdan, oʻtkazilgan tekshiruv haqida Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali tekshiruv boshlangan paytdan boshlab 24 soat ichida Vakilni majburiy ravishda xabardor qilgan holda amalga oshirish vakolati taqdim etilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.03 Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorat]
6. Belgilansinki:
a) Agentlik texnik jihatdan tartibga solish, shu jumladan standartlashtirish va metrologiya sohalarida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
b) texnik jihatdan tartibga solish, shu jumladan standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya masalalari boʻyicha respublika hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, ularning huzurida tashkil etiladigan standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar faoliyati Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi;
v) Agentlik oʻz vakolatlari doirasida umummajburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli;
[OKOZ:
1.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish boʻyicha individual aktlar / 20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan boʻshatish boʻyicha qarorlar]
g) Agentlik direktori:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar ishini toʻgʻri va samarali tashkil etish, bu orqali ularning faoliyatini natijadorlikka yoʻnaltirish, shuningdek, ushbu yoʻnalishda belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga soʻzsiz va toʻlaqonli erishilishi uchun masʼul hamda shaxsan javobgar hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunining 37-moddasi.
7. Texnik jihatdan tartibga solish sohasini jadal rivojlantirish, tizim faoliyatini raqamlashtirish va samarali yoʻlga qoʻyish hamda sohani xalqaro andozalarga uygʻunlashtirish borasida belgilangan vazifalar ijrosini soʻzsiz taʼminlash uchun Texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirish boʻyicha idoralararo respublika kengashi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
8. Agentlik va Adliya vazirligi (A. Tashkulov):
oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori loyihasini kiritsin;
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Agentlik direktori belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-fevral,
PF-41-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi PF-41-son Farmoniga
1-ILOVA
Texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirish boʻyicha Idoralararo respublika kengashi
TARKIBI
1.
A. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, respublika kengashi raisi
2.
A. Jumanazarov
—
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori
3.
A. Tashkulov
—
adliya vaziri
4.
I. Norqulov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
5.
L. Kudratov
—
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri
6.
A. Abduhakimov
—
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri
7.
Sh. Xidoyatov
—
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri v.b.
8.
B. Islamov
—
togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri
9.
I. Maxkamov
—
transport vaziri
10.
A. Xudayarov
—
sogʻliqni saqlash vaziri v.b.
11.
D. Vaxobov
—
Savdo-sanoat palatasi raisi
12.
A. Qayumov
—
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
13.
T. Muxamedjanov
—
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi v.b.
14.
Z. Narzullayev
—
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi
15.
I. Haydarov
—
“Oʻztoʻqimachiliksanoati” uyushmasi raisi
16.
M. Yunusov
—
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi
17.
R. Pirmatov
—
“Oʻzmetkombinat” AJ boshqaruvi raisi
18.
U. Rozukulov
—
“Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi
19.
B. Bobokulov
—
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi oʻrinbosari
20.
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, respublika kengashi kotibi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi PF-41-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Texnik tartibga solish agentligi
Agentstvo texnicheskogo regulirovaniya
”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-111-son Farmonida:
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4059-son qarorining 14-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rivojlantirish maxsus jamgʻarmasiga moliyaviy sanksiya va jarimalardan kelib tushayotgan mablagʻlardan 50 foizigacha qismini har oy yakuni bilan keyingi oyning oʻn ish kuni ichida Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasiga Inspeksiya xodimlariga qoʻshimcha haq, mukofot, boshqa ragʻbatlantirish, va kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash uchun hamda Inspeksiyaning boshqa xarajatlari uchun oʻtkazish”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5133-son qarorida:
b) 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-436-son qaroriga 3-ilovaning 61-pozitsiyasi 3 va 4-kichik bandlari “Ijro muddati” ustunidagi “2023-yil dekabr” va “2024-yil yanvar” soʻzlari “2024-yil aprel” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son qarorning 13-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi mazkur binoning 2 632 kvadrat metr qismida (kadastr raqami 10:04:03:01:01:0072) bepul foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.02.2024-y., 06/24/41/0166-son; 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)