O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining
buyrug‘i
O‘zbekiston Respublikasi pochta to‘lovining davlat belgilari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 1-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2529-4]
O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-114-son “Ma’muriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013-yil 21-oktabrdagi 58-mh-son qarori (ro‘yxat raqami 2529, 2013-yil 22-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 47-son, 624-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi pochta to‘lovining davlat belgilari to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazirning birinchi o‘rinbosari O. PEKOS
Toshkent sh.,
2024-yil 4-yanvar,
263-mh-son
Kelishildi:
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari A. QAYuMOV
2024-yil 23-dekabr
Madaniyat vaziri O. NAZARBEKOV
2024-yil 7-dekabr

O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 4-yanvardagi 263-mh-son buyrug‘iga

ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi pochta to‘lovining davlat belgilari to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. Muqaddimadan “Umumjahon pochta konvensiyasi, Yozma xat-xabarlar reglamenti, O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi 339-son “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida”gi va 2018-yil 1-maydagi 318-son “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ichki yozma xat-xabarlar — qabul qilish va yetkazib berish (topshirish) uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladigan yozma xat-xabarlar;”;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“pochta to‘lovining davlat belgilari (PTDB) — pochta aloqasining milliy operatori orqali jo‘natiladigan oddiy va ro‘yxatga olinadigan xatlar va banderollar, pochta varaqchalariga pochta aloqasi xizmatlari haqi to‘langanligini tasdiqlash uchun tushiriladigan pochta markalari va frankirlash mashinalarining tamg‘a izlari;
O‘zbekiston Respublikasi pochta markalari va maxsus xotira shtempellari izlarining katalogi — qo‘shimcha ma’lumotlar bilan chiqarilgan pochta markalarining hamda muhim sanalar yoki buyuk voqealar munosabati bilan chiqarilgan maxsus xotira shtempellari izlarining xronologik ro‘yxatini o‘zida ifodalaydigan ma’lumotnoma nashri;”;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi — o‘ttiz uchinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — o‘ttiz ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xalqaro yozma xat-xabarlar — O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga yetkazib berish (topshirish) uchun O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinadigan va uning hududiga xorijiy davlatdan kelib tushadigan yoki tranzit orqali keladigan yozma xat-xabarlar;”;
to‘qqizinchi xatboshi “bosilganidan” degan so‘zdan keyin “va muomalaga kiritilganidan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“pochta aloqasining milliy operatori — O‘zbekiston Respublikasi doirasida pochta aloqasi xizmatlari bozoridagi talabni qanoatlantirish, majburiy ravishda universal pochta xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha vazifalarni va Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘z zimmasiga yuklatilgan pochta aloqasi operatori;
pochta markasining nominal qiymati — yozma xat-xabarlarga kiruvchi oddiy va ro‘yxatga olinadigan xatlar va banderollar, pochta varaqchalarni jo‘natish bo‘yicha xizmatlarning pochta markasida arab raqamlari yoki lotin harflari bilan ko‘rsatiladigan qiymati;”;
o‘n uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“pochta aloqasi operatori — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida pochta aloqasi tarmog‘iga egalik qiluvchi va faoliyatning asosiy turi sifatida pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;”;
o‘n oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yozma xat-xabarlar — oddiy va ro‘yxatga olinadigan xatlar, pochta varaqchalari, banderollar, mayda paketlar, ko‘zi ojizlar uchun jo‘natmalar va “M” qoplari;”;
o‘n sakkizinchi xatboshidan “, kuryerlik” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
yigirma uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“pochta aloqasi provayderi — pochta aloqasi operatorlarining tarmog‘i orqali pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;”;
yigirma sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“frankirlash mashinasi — yozma xat-xabarlarga kiruvchi oddiy va ro‘yxatga olinadigan xatlar va banderollarni, pochta varaqchalarga pochta aloqasi milliy operatorining xizmatlari uchun haq to‘langanligini, ushbu xat-xabarlar qabul qilingan sanani va boshqa axborotni tasdiqlovchi tamg‘a izlarini tushirishga mo‘ljallangan mashina;”.
3. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. PTDB Umumjahon pochta konvensiyasi, Konvensiya reglamenti, O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuni, Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga (ro‘yxat raqami 2219, 2011-yil 28-aprel) muvofiq oddiy va buyurtma ichki va xalqaro yozma xat-xabarlarni jo‘natish bo‘yicha pochta aloqasining milliy operatori tomonidan taqdim etiladigan pochta aloqasi xizmatlariga haq to‘lash uchun mo‘ljallangan.”.
4. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, PTDB namunalarini tasdiqlash, pochta markalarining muomalaga kiritilish va muomaladan chiqarish, PTDB davlat kolleksiyasini shakllantirish, maxsus xotira shtempellarini tayyorlash va ulardan foydalanish tartibi hamda frankirlash mashinalaridan foydalanish tartibini belgilash Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.”.
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Pochta aloqasi xizmatlari uchun haq to‘langanligini tasdiqlovchi frankirlash mashinasining tamg‘a izi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:”;
beshinchi xatboshidagi “tamg‘asining” degan so‘z “tamg‘a” degan so‘z bilan almashtirilsin.
6. 10-banddagi “pochta aloqasi operatorlari, provayderlari” degan so‘zlar “milliy operator” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “pochta aloqasi operatorlari, provayderlari” degan so‘zlar “uning tarkibiy bo‘linmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Milliy operator filatelistlar va foydalanuvchilar uchun O‘zbekiston Respublikasining Pochta markalari va MXSh izlarining katalogi hamda boshqa reklama mahsulotini chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasining Pochta markalari va MXSh izlarining katalogiga quyidagi qo‘shimcha ma’lumotlar kiritiladi:
pochta markalari to‘g‘risida — chiqarilgan sana, identifikatsiya raqami, chiqarilgan markalar bag‘ishlangan seriya yoki voqea-hodisaning nomi, rassom yoki dizaynerning F.I.O., tasvirning qisqacha izohi, rangi, bosish usuli, qog‘oz turi, pochta markasi (pochta bloki)ning o‘lchami, varaqdagi pochta markalarining miqdori, perforatsiya to‘g‘risida axborot, nominal qiymati, adadi va boshqalar;
maxsus xotira shtempellari izlari to‘g‘risida — shtempel chiqarilishi bilan bog‘liq muhim sana va voqea-hodisa, maxsus hisobdan chiqarishni o‘tkazish sanasi va joyi ko‘rsatiladi, shtempel rasmi va izining tavsifi, shtempelning identifikatsiya raqami va o‘lchami, muallif to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
O‘zbekiston Respublikasi Pochta markalari va MXSh izlarining katalogini chiqarish davriyligi milliy operator tomonidan belgilanadi.”.
9. 15-bandning beshinchi xatboshisidagi “Madaniyat va turizm vazirligi” degan so‘zlar “Madaniyat vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10. 22-bandning ikkinchi xatboshisidagi “pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining” degan so‘zlar “milliy operatorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11. 26-bandning birinchi xatboshisidan “pochta aloqasi operatorlari, provayderlari,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
12. 32-bandning birinchi xatboshisidagi “Yozma xat-xabarlar” degan so‘zlar “Konvensiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Milliy operator keyingi yil uchun tasdiqlangan pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlarini nashr qilish mavzu rejalarini joriy yilning 1-iyuligacha o‘z tarkibiy bo‘linmalariga yetkazadi.”;
ikkinchi xatboshidagi “Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari” degan so‘zlar “Milliy operatorning tarkibiy bo‘linmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
14. 55-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/2529-4/0089-son)