Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Respublikada chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini isloh qilish doirasida hududlarni sanitar tozalash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, maishiy chiqindilarni toʻplash va hududlardan olib chiqish sohasiga tadbirkorlik subyektlarini faol jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, sohada jiddiy kamchilik va muammolar saqlanib qolmoqda. Jumladan:
birinchidan, mavjud poligonlarning holati ekologiya va sanitariya talablariga javob bermaydi, ular faoliyatida qayta ishlash, utilizatsiya qilish va kuydirib yuborish tizimlari yaratilmagan, shuningdek, boshqaruv tizimi toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligi sababli ayrim poligonlar tartibsiz shakllangan;
ikkinchidan, chiqindi xizmatlari uchun toʻlov soʻnggi 4 yil davomida qayta koʻrib chiqilmaganligi tadbirkorlik subyektlari hisoblangan sanitar tozalash korxonalarining iqtisodiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatgan, oqibatda chiqindilarni toʻplash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash ishlari toʻlaqonli va samarali ravishda amalga oshirilmagan;
uchinchidan, sanitar tozalash xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirishda inson omilining yuqoriligi, markazlashgan elektron toʻlov tizimining toʻliq joriy qilinmaganligi hamda idoralararo tizimlar bilan integratsiya qilinmaganligi natijasida koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar boʻyicha debitor qarzdorlik koʻpaygan;
toʻrtinchidan, yuridik shaxslarga chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish yuzasidan shartnomalar tuzilmagan hamda bu masalada yuridik shaxslarning masʼuliyati belgilanmagan.
Aholining maishiy chiqindilar bilan bogʻliq xizmatlar sifatidan toʻliq qoniqishini taʼminlash, ushbu xizmatlar darajasini xalqaro standartlarga yetkazish va tadbirkorlar uchun jozibadorligini taʼminlash, hosil boʻlayotgan chiqindilarni qayta ishlash darajasini keskin oshirish, chiqindilarning poligonlarda toʻplanishining oldini olish, atrof-muhitga yetkazilayotgan salbiy taʼsirni minimallashtirish, “nol chiqindi” tamoyiliga erishish va aylanma (sirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
 LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-son “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni.
1. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik), Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha:
belgilangan tartibda avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatgan tadbirkorlik subyektlariga ekologik huquqbuzarliklarni qayd etish va Davlat ekologik nazorat inspeksiyasiga xabar berish huquqini berish. Bunda, tadbirkorlik subyektlari javobgarlikka tortish choralari koʻrilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablagʻlarning 20 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi;
aholiga oʻz tashabbusi bilan chiqindixonalarga aylangan yoki tizimli ravishda chiqindilar noqonuniy ravishda tashlab ketilishi kuzatiladigan hududlarda oʻz mablagʻlari hisobidan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish yuzasidan Vazirlikka buyurtma berish imkoniyatini yaratish. Bunda, javobgarlikka tortish choralari koʻrilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablagʻlarning 20 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan buyurtma bergan shaxslar ragʻbatlantiriladi;
ekologik patrulga jalb qilingan Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan ekologik huquqbuzarliklar boʻyicha javobgarlikka tortish choralari koʻrilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablagʻlarning 10 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan ushbu xodimlarni ragʻbatlantirish;
“Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimi doirasida kameralar orqali ekologik huquqbuzarliklarni aniqlash tizimini joriy qilish;
b) sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash ishlari bilan shugʻullanuvchi ishchilari hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shugʻullanuvchi ishchilari xizmatlarini ragʻbatlantirish boʻyicha:
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur ishchilarga, ekofaollarga va jamoatchilik ekologiya nazoratchilariga Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har yili dekabr oyida 100 tadan velosiped va boshqa mukofotlarni berish;
(1-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
har yili eng uzoq (kamida 10 yil) va sadoqatli xizmat koʻrsatgan xodimlar uchun “Tabiat uygʻunligi himoyachisi” tanlovini oʻtkazish hamda ulardan 100 nafarining davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan farzandlari yoki nevaralariga kontraktining toʻliq summasini Ekologiya jamgʻarmasi hisobidan toʻlab berish. Bunda, talabalarga kelgusida davlat organlari va tashkilotlarida kamida uch yil ishlab berish majburiyati yuklatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda 2026-yil dekabr oyida “Eng toza mahalla” tanlovini oʻtkazish va tanlov natijalari boʻyicha gʻolib boʻlgan 14 ta mahallaga Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
(1-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2025-y., 06/25/90/0486-son)
mahallaning tegishli jamgʻarmasiga chiqindi yigʻish maydonchalarini qurish, mahalladagi ijtimoiy obyektlarga chiqindi konteynerlarini oʻrnatish va daraxtlarni ekish uchun jami 500 million soʻmdan oʻtkazib berish;
xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil xarid qilish va topshirish choralarini koʻrish.
2. Vazirlik Bosh prokuratura bilan birgalikda 2024-yil 1-aprelga qadar:
chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun jarima miqdorini oshirish hamda ushbu maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli boʻlgan ashyo yoki maʼmuriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilish jazosini kengaytirish, chiqindilar tashlab ketilgan joyni tozalash va chiqindilarni olib chiqib ketish majburiyatini belgilashni;
chiqindilar toʻplash maydonchalari va ularning qoʻriqlanmaydigan (modulli) inshootlaridan chiqindilarni noqonuniy ravishda toʻplash va olib chiqib ketish uchun maʼmuriy javobgarlik kiritishni;
kimyoviy, biologik va bakteriologik vositalardan foydalangan holda, shuningdek, binolar, inshootlar yoki boshqa obyektlarni qurish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish va oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurish hamda kapital taʼmirlash vaqtida atrof-muhitga zarar yetkazish, shu jumladan, ekinlarga, oʻrmonlarga, daraxtlarga yoki boshqa oʻsimliklarga qasddan shikast yetkazish, payhon va nobud qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik kiritishni;
hududlarni tozalashga masʼul boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar oʻz vazifalarini bajarmaganligi natijasida atrof-muhitning ifloslanishi uchun javobgarlik kiritish hamda ushbu hududlarni tozalash va chiqindilarni olib chiqib ketish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish mexanizmini joriy etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish choralarini koʻrsin.
3. Vazirlikning sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindilarni yigʻish, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlashga oid quyidagi takliflari maʼqullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
a) hududlarda maishiy chiqindi xizmatlari (chiqindilarni olib chiqib ketish, qayta yuklash stansiyalari, poligonlarni tasarruf etish hamda chiqindilarni ekosanoat zonalariga yetkazib berish xizmatlari) uchun toʻlov tariflarini ushbu Farmonga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qayta koʻrib chiqish va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarining qarorlari bilan tasdiqlash amaliyotini joriy qilish;
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) 2024-yil 1-apreldan boshlab koʻchmas mulk hamda avtotransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlashda qarzdorlik mavjudligi Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — Yagona elektron tizim) orqali onlayn rejimda tekshirilib, qarzdorlik bartaraf etilganidan keyin notarial harakatni amalga oshirish;
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son)
v) isteʼmolchilar huquqlarini toʻliq taʼminlash, toʻlovlarni elektron tizimlar orqali shaxsiy hisobvaraqlarda toʻliq aks ettirishga qaratilgan:
2024-yil 1-apreldan boshlab barcha sanitar tozalash korxonalari tomonidan Yagona elektron tizimga ulangan holda fuqarolarga xizmat koʻrsatish hamda ushbu talabni bajarmagan korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarni bekor qilish va ular xizmat koʻrsatadigan hududlarni davlat-xususiy sheriklik asosida boshqa korxonalarga biriktirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona elektron tizimning uzluksiz faoliyatini taʼminlashga Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligini (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) masʼul etib belgilash;
(3-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindi xizmatlari uchun toʻlovlarni qabul qilish hamda abonentlar hisobini yuritishni faqatgina Agentlikning billing tizimi, elektron toʻlov tizimlari yoki tijorat banklarining toʻlov qabul qilish kassalari orqali amalga oshirish;
(3-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslarga qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlarini ommaviy shartnoma asosida koʻrsatish va bunda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuman (shahar) hududlari biriktirilganidan keyin besh ish kuni ichida xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan ommaviy shartnoma havolasini qisqa xabar (SMS) orqali isteʼmolchilarga yuborish.
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son)
4. Vazirlik, Energetika vazirligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, sanitar tozalash korxonalarining aholiga qattiq maishiy chiqindilar boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish, shakllanayotgan qarzdorlik toʻgʻrisida oʻz vaqtida va qulay tarzda xabardor qilishni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan quyidagi takliflari maʼqullansin:
a) chiqindi xizmatlari uchun oylik toʻlovlardan qarzdorligi boʻlgan abonentlarni SMS orqali xabardor qilib borish;
b) qarzdorlik vujudga kelganligi toʻgʻrisida oldindan elektron toʻlov tizimlari orqali ogohlantirilgandan keyin toʻlovlar amalga oshirilmagan taqdirda abonentlar chiqindi xizmatlari boʻyicha qarzdorlikni bartaraf etmaganiga qadar ularning elektr energiyasi uchun toʻlovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyotini quyidagi bosqichlarga muvofiq joriy etish (elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanmagan hududlar bundan mustasno):
1-bosqichda — Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida 2024-yil 1-iyundan boshlab chiqindi xizmatlari boʻyicha 6 oy davomida shakllangan qarzdorlik uchun;
2-bosqichda — respublikaning barcha hududlarida 2024-yil 1-noyabrdan boshlab chiqindi xizmatlari boʻyicha 3 oy davomida shakllangan qarzdorlik uchun;
3-bosqichda — respublikaning barcha hududlarida 2025-yil 1-yanvardan boshlab chiqindi xizmatlari boʻyicha 1 oylik qarzdorlik uchun.
Oldingi tahrirga qarang.
v) 2025-yil 1-iyulga qadar Agentlikning yagona elektron billing tizimi hamda “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi oʻrtasida oʻzaro axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish;
g) qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlaridan qarzdorligi mavjud boʻlgan abonentlarning qarzdorligi soʻndirilmaguniga qadar elektr energiyasi uchun toʻlovlarni cheklash tizimi faqatgina aholiga koʻrsatilgan xizmatlar uchun maxsus texnikalarga oʻrnatilgan GPS uskunalari hisobga olishning yagona elektron billing tizimiga ulangan holda toʻlovlarni hisoblash yoʻlga qoʻyilgan hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-sonli Farmoniga asosan “v” va “g” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son)
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur Farmon 4-bandining “b” kichik bandida belgilangan amaliyot tatbiq etilgan hududlarda billing tizimlari faoliyatini texnik taʼminlash, toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish uchun kerakli sharoitlar yaratish maqsadida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun aholidan undirilgan toʻlovlarning 1 foizi avtomatik ravishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga oʻtkaziladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son)
sanitar tozalash korxonalari chiqindi xizmatlari uchun toʻlovlarni hisoblashning haqqoniyligi va toʻgʻriligi uchun masʼul boʻladi hamda ushbu talab buzilgan hollarda jabrlanuvchining xarajatlari va maʼnaviy zararini qoplab beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Farmon 4-bandining “b” kichik bandida belgilangan tizim 2025-yil 30-iyunga qadar boʻlgan chiqindi xizmatlari uchun shakllangan qarzdorlikka tatbiq etilmaydi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son)
6. Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash faoliyatini yanada ragʻbatlantirish maqsadida belgilab qoʻyilsinki:
2024-yil 1-iyundan boshlab maishiy chiqindilar tarkibidagi ikkilamchi xomashyoni realizatsiya qilish faqat birja orqali amalga oshiriladi. Bundan tadbirkorlik subyektlarining aholi tomonidan mustaqil saralangan chiqindilarni sotib olish hollari mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
2025-yil 1-avgustga qadar Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan qayta ishlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumot koʻrsatilishi majburiy boʻlgan tovarlarning roʻyxati va ularning belgilari tasdiqlanadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son)
Vazirlik 2024-yil 1-avgustga qadar ushbu Farmonga 2a-ilovada keltirilgan chiqindilarni qayta ishlashni yoki ekologik xavfsiz tarzda utilizatsiya qilishni yoʻlga qoʻygan tadbirkorlarga “yashil subsidiyalar” ajratish tizimini joriy etsin.
7. Qattiq maishiy chiqindilarni saralash tizimini bosqichma-bosqich tashkil etish uchun 2024 — 2026-yillarda Toshkent, Angren, Andijon, Buxoro va Termiz shaharlari hamda Toshkent tumanidagi koʻp qavatli uylar joylashgan hududlarda quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha amalga oshiriladi:
a) chiqindilarni chiqindi yigʻish maydonchalarida “qayta ishlanadigan”, “qayta ishlanmaydigan” va “oziq-ovqat” toifalariga ajratgan holda yigʻish tashkil etiladi;
b) 2024-yil 1-iyulga qadar mazkur hududlarga xizmat koʻrsatuvchi sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindilarni toifalarga ajratgan holda toʻplashi uchun quyidagi turdagi maxsus chiqindi paketlari (QR-kod — matritsali shtrix kodli) bilan fuqarolar bepul taʼminlanadi:
qayta ishlanadigan qattiq maishiy chiqindilar uchun — shaffof, rangsiz;
qayta ishlanmaydigan qattiq maishiy chiqindilar uchun — qora rang;
oziq-ovqat chiqindilari uchun — jigarrang;
v) qayta ishlanadigan qattiq maishiy chiqindilar chiqindi yigʻish maydonchalarida sanitar tozalash korxonalari tomonidan sotib olinadi.
Toshkent, Angren, Andijon, Buxoro va Termiz shaharlari hamda Toshkent tumanidagi koʻp qavatli uylar joylashgan hududlarda chiqindi yigʻish maydonlarida sotib olish yoʻli bilan qabul qilinadigan “qayta ishlanadigan” toifaga mansub chiqindi turlari roʻyxati 2b-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan loyihaning amalga oshirilishi Agentlikning hududiy boʻlinmalari va hokimliklar tomonidan nazorat qilinadi hamda chiqindi yigʻish maydonlarini paketlar bilan taʼminlash uchun Ekologiya jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratiladi.
(7-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son)
8. Yuridik shaxslarning maishiy chiqindilarini toʻplash va olib chiqishda qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, ularning faoliyati natijasida shakllanadigan chiqindilarning aholi yashayotgan hududlarga va atrof-muhitga taʼsirini kamaytirish boʻyicha 2024-yil 1-iyuldan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga koʻrsatiladigan xizmatlar ommaviy oferta asosida amalga oshiriladi. Bunda oferta shartnomasi faqatgina faoliyati davomida alohida koʻchmas mulkdan foydalanadigan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mazkur koʻchmas mulk joylashgan hududga biriktirilgan sanitar tozalash korxonasi oʻrtasida tuziladi;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ularning faoliyat turlari va xususiyatlaridan kelib chiqib, chiqindi toʻplash meʼyorlarini tasdiqlaydi hamda ommaviy ofertadagi toʻlov summalari ushbu meʼyorlarga asoslangan holda belgilanadi;
v) shartnomalar tuzilishi quyidagi holatlarda majburiy hisoblanmaydi:
yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat olib boradigan hududda sanitar tozalash korxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyilmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son)
yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorda qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun moʻljallangan maxsus avtotransport vositasi mavjud boʻlganda hamda u bilan chiqindi poligoni oʻrtasida qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish va utilizatsiya qilish boʻyicha shartnomalar tuzilganda;
g) shartnomalarni ommaviy oferta uchun maxsus platformaga joylashtirib borish sanitar tozalash korxonalari zimmasiga yuklatiladi.
9. Qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishning shunday tizimi oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
a) qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish boʻyicha ishlarni tashkil etish uchun:
Vazirlik — chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida yagona davlat siyosatini belgilovchi, davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va unga rioya etilishini nazorat qiluvchi;
Agentlik — chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida yagona meʼyorlar va standartlarni ishlab chiquvchi, sinovdan oʻtkazuvchi va amaliyotga tatbiq etuvchi, davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishini tashkillashtiruvchi organ;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — sanitar tozalash korxonalari bilan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari yuzasidan shartnomalar boʻyicha buyurtmachi (davlat sherigi), xizmat koʻrsatuvchi sanitar tozalash korxonalari — qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq xizmatlarni amalga oshirish boʻyicha ijrochi — operator hisoblanadi;
xizmat koʻrsatuvchi sanitar tozalash korxonasi — buyurtmachining ijrochisi (operator — xususiy sherik) hisoblanadi;
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
b) tuman (shahar)lar hududlarini xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga biriktirib qoʻyish qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan xususiy sherik oʻrtasida tuziladigan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) mavjud davlat-xususiy sheriklik bitimlarida Vazirlikning hududiy boshqarmalarining tomon sifatidagi huquq va majburiyatlari Agentlikning hududiy boʻlinmalariga oʻtkaziladi.
Bunda Agentlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, xususiy sheriklar bilan birgalikda 2025-yil 1-iyulga qadar mavjud davlat-xususiy sheriklik bitimlari qayta rasmiylashtirilishini tashkil etadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoniga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
10. Belgilab qoʻyilsinki:
a) 2024-yil 1-iyundan boshlab belgilangan tartibda maxsus texnikaga ega boʻlgan sanitar tozalash korxonalari tomonidan quyidagi chiqindilarni olib chiqib ketish kelishilgan narxlarda alohida toʻlov evaziga amalga oshiriladi:
sanoat chiqindilari;
suyuq maishiy chiqindilar;
yirik hajmli maishiy chiqindilar;
qurilish chiqindilari va tuproq;
tibbiyot chiqindilari;
zaharli-kimyoviy chiqindilar;
b) 2025-yil 1-yanvardan boshlab qattiq maishiy, qurilish, suyuq maishiy, tibbiyot, sanoat, xavfli va zaharli chiqindilarni tashish litsenziyalanadigan faoliyat hisoblanadi. Bunda:
yuridik va jismoniy shaxslarning maxsus texnikalari GPS va maxsus kameralarga ega boʻlishi hamda maxsus texnikalarning GPS harakatini maxsus kameralar orqali onlayn kuzatib turish uchun aholiga imkoniyat yaratilishi litsenziya talablaridan biri etib belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziya Agentlik tomonidan beriladi;
(10-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
v) 2024-yil 1-noyabrdan boshlab qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish tizimi joriy etiladi.
11. Quyidagilar:
2024 — 2026-yillarda respublika hududida qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish manzilli dasturi 4-ilovaga muvofiq;
2024-2025-yillarda qattiq maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish va tuproq qatlami bilan yopish manzilli dasturi 4a-ilovaga muvofiq;
2024-yilda maishiy chiqindi poligonlarini tegishli muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash manzilli dasturi 4b-ilovaga muvofiq;
2024-2025-yillarda qattiq maishiy chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarini tashkil etish boʻyicha manzilli dastur 4v-ilovaga muvofiq;
2024 — 2028-yillarda hududlarda chiqindilarni qayta ishlash, muqobil energiya hamda organik oʻgʻit ishlab chiqarish istiqbolli loyihalari 5-ilovaga muvofiq;
2024 — 2028-yillarda hududlarda zamonaviy yarim yer osti chiqindi konteynerlarini oʻrnatish boʻyicha istiqbolli loyihalar 6-ilovaga muvofiq;
2024 — 2026-yillarda qattiq maishiy chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarini tashkil etish boʻyicha istiqbolli loyihalar 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Belgilansinki:
ushbu Farmon bilan tasdiqlangan manzilli dastur va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish natijasida 2030-yildan eʼtiboran qayta ishlashga, termik usulda muqobil energiya ishlab chiqarishga yaroqli chiqindilarni maishiy chiqindi poligonlariga joylashtirish taqiqlanadi;
4, 4a, 4b, 4v-ilovalarda 2024 — 2026-yillarda amalga oshirilishi belgilangan tadbirlar uchun Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 479,8 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi. Bunda, belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun Vazirlik buyurtmachi hisoblanadi;
Chiqindilarni boshqarish tizimini muvofiqlashtirish va aylanma (sirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasiga mazkur Farmonga 4, 4a, 4b, 4v-ilovalarda nazarda tutilgan manzilli dasturlarga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 5 — 7-ilovalarda belgilangan istiqbolli loyihalar yuzasidan loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, mahalliy va xorijiy investorlarni va sanitar tozalash korxonalarini jalb qilish hamda loyihalarni amalga oshirish uchun masʼul boʻladi;
Oldingi tahrirga qarang.
hududlar davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida berilishida faqatgina Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan aniq konsepsiyaga koʻra tender natijalari asosida xususiy sheriklarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan biriktirib beriladi. Bunda hududlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri, auksion va boshqa shakllarda xususiy sheriklarga biriktirish taqiqlanadi. Shuningdek, bitim muddati tugaganda yoki bekor boʻlganda ushbu hudud tender oʻtkazilguniga qadar Agentlikning taklifiga asosan vaqtinchalik xizmat koʻrsatish shartnomasi orqali xususiy yoki toʻgʻridan-toʻgʻri nomuayyan muddatga davlat sanitar tozalash korxonalariga biriktirib berilishi mumkin.
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son)
13. Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida:
a) 8-ilovaga muvofiq tozalashga masʼul boʻlgan shaxslarning aniq hududlari va majburiyatini belgilash. Bunda, ushbu ilovada keltirilgan shaxslar belgilangan hududlarda tozalash ishlarini amalga oshirmagan taqdirda qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga davlat sherigi sifatida obodonlashtirish boshqarmasining funksiyalarini davlat-xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlik subyektlariga oʻtkazish huquqi beriladi.
Bunda, 2024-2025-yillarda har bir viloyatda tajriba tariqasida kamida bittadan tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalarining funksiyalari davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlik subyektlariga oʻtkaziladi.
14. Aholiga qulay sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaratish, turistik jozibadorlikni oshirish va atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirish maqsadida 2024-yil 1-maydan boshlab tadbirkorlik subyektlariga jamoat joylari, ijtimoiy obyektlar va aholi punktlarining belgilangan joylarida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish huquqi berilsin. Bunda:
tuman (shahar) hokimligi tomonidan jamoat sanitariya-gigiyena shoxobchalari qurilishi mumkin boʻlgan joylarning dislokatsiyasini hamda mazkur hududdagi infratuzilma obyektlari va aholi harakati gavjumligi darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “E-auksion” tizimidagi alohida veb-sahifada eʼlon qilib boradi;
sanitariya-gigiyena shoxobchalari oʻrnatiladigan joylarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi;
elektron auksion savdolariga qoʻyish uchun sanitariya-gigiyena shoxobchalari oʻrnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlangʻich narxi) Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, tuman (shahar) hokimligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan belgilanadigan tartib asosida aniqlanadi;
elektron auksion savdolarida gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga sanitariya-gigiyena shoxobchalari oʻrnatiladigan joylar mulk yoki ijara huquqi asosida ajratiladi;
elektron auksion savdolarida gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlari sanitariya-gigiyena shoxobchalarini Vazirlik, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan aniq mezonlar, texnik topshiriqlar, oʻrnatishga qoʻyiladigan talablar va boshqa zarur shartlarga muvofiq biriktirilgan joylarda tashkil etadi.
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kadastr agentligi bilan birgalikda:
2024-yil 1-iyunga qadar ijtimoiy obyektlaridagi mavjud barcha sanitar-gigiyena shoxobchalarini xatlovdan oʻtkazsin;
2024-yil 1-sentabrga qadar barcha hududlardagi sanitar-gigiyena shoxobchalarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish boʻyicha uch yillik dasturlarni ishlab chiqsin va tasdiqlanishini taʼminlasin.
16. Sanitar tozalash sohasida favqulodda xatarlarning oldini olish, moliyaviy barqarorlikni taʼminlash maqsadida Vazirlik huzurida yuridik shaxs maqomiga ega nodavlat Ekosanitariya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
17. Ekosanitariya jamgʻarmasini moliyalashtirish manbalari va Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish maqsadlari 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki:
Jamgʻarma mablagʻlarining daromadlar va xarajatlar smetasi 7 nafar, shu jumladan, 3 nafar Vazirlik, 2 nafar soha tadbirkorlari, xalqaro auditorlik (Big Four) kompaniyasi vakili hamda tanlov asosida tayinlanadigan mustaqil boshqaruvchidan iborat boʻlgan Jamgʻarma Boshqaruvchilar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda, Boshqaruvchilar Kengashi raisi va aʼzolariga Jamgʻarma faoliyatidagi ishtiroki uchun haq toʻlanadi;
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Jamgʻarma Boshqaruvchilar Kengashiga raislik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son)
19. Chiqindilar bilan ishlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 11-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
21. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov belgilansin.
Mazkur Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 4-yanvar,
PF-5-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son Farmoniga
1-ILOVA
Maishiy chiqindi xizmatlari (chiqindilarni olib chiqib ketish, qayta yuklash stansiyalari, poligonlarni tasarruf etish hamda chiqindilarni ekosanoat zonalariga yetkazib berish xizmatlari) uchun toʻlov tariflarini majburiy koʻrib chiqish sxemasi

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Sanitar tozalash korxonalari

1. Har bir hudud boʻyicha maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun toʻlov summalarining asoslantirilgan miqdorini ishlab chiqadi.

2. Agentlikka har bir hudud kesimidagi toʻlov summalarini taqdim qiladi.

Har yili 1-sentabrga qadar

2-bosqich

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi

(Agentlik)

1. Sanitar tozalash korxonalari tomonidan taqdim qilingan toʻlov summalari asoslantirilganligini oʻrganib chiqadi.

2. Har bir hudud uchun chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, poligonlarni tasarruf etish hamda chiqindilarni ekosanoat zonalariga yetkazib berish xizmatlari uchun toʻlov summalarining asoslantirilgan miqdorini ishlab chiqadi.

3. Maishiy chiqindi xizmatlari (chiqindilarni olib chiqib ketish, qayta yuklash stansiyalari, poligonlarni tasarruf etish hamda chiqindilarni ekosanoat zonalariga yetkazib berish xizmatlari) uchun toʻlov summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirgan holda tegishli xulosa asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy organlariga kiritadi.

4. Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boʻlinmalarining xulosasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

Har yili 1-noyabrga qadar

3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

1. Agentlik tomonidan taqdim qilingan toʻlov summalari miqdori toʻgʻrisidagi murojaatni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi.

2. Agentlik murojaatida belgilangan tariflarni qabul qilish yoki rad qilish masalasi asosliligini koʻrib chiqadi, Agentlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boʻlinmalari xulosasi asosida Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

Har yili 1-noyabrdan 20-noyabrga qadar

4-bosqich

Xalq deputatlari mahalliy kengashlari

Maishiy chiqindi xizmatlari tariflarini qayta koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.

Har yili 1-dekabrga qadar

5-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

1. Xalq deputatlari mahalliy kengashlari tomonidan maishiy chiqindi xizmatlari tariflari koʻrib chiqilganligi va natijasi yuzasidan Agentlikka axborot taqdim qiladi.

Har yili 1-dekabrga qadar

2. Agentlik tomonidan taqdim qilingan takliflar qabul qilinmagan taqdirda, taklif etilgan va tasdiqlangan tariflar oʻrtasidagi farqni har oyda qoplash uchun subsidiyalar ajratish toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlaydi.

Har yili 1-yanvarga qadar

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son Farmoniga

2a-ILOVA

Qayta ishlanishi ragʻbatlantiriladigan qattiq maishiy chiqindilar
ROʻYXATI

T/r

Qayta ishlash iqtisodiy samarasiz boʻlgan chiqindi turlari

1.

Organik chiqindilardan organik oʻgʻit ishlab chiqarish (oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi, obodonlashtirish chiqindilari, shox-shabba, xazon va b.)

2.

Piroliz usulda:

gaz (elektr energiya ishlab chiqish uchun);

rezina xomashyolari;

suyuq yoqilgʻi

3.

Tetrapak qadoqlarini qayta ishlash

4.

Tok manbalari (batareyka, akkumulyator va boshqalar)ni qayta ishlash

5.

Gigiyenik vositalarni (tagliklar, maska va boshqa) qayta ishlash

6.

Lyumenissent lampalarni qayta ishlash

7.

Shisha chiqindilarini qayta ishlash

8.

Elektronika va elektrotexnika qurilmalari chiqindilarini qayta ishlash

9.

Kimyoviy vositalarni (boʻyoq, aerozol, tormoz, gidravlika va boshqa agregatlar suyuqliklari, suyultirgichlar (erituvchi suyuqlik, suyultirgich va boshqalar) qayta ishlash

10.

Plastik chiqindilarning ayrim turlarini qayta ishlash (PET — polietilentereftalat bundan mustasno):

REND (HDPE) — past bosimdagi polietilen;

PVC — polivinilxlorid;

LDPE (PELD) — yuqori bosimdagi polietilen;

PP — polipropilen;

PS — polistirol.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son Farmoniga

2b-ILOVA

Koʻp qavatli uylar joylashgan hududlarda chiqindi yigʻish maydonlarida sotib olish yoʻli bilan qabul qilinadigan “qayta ishlanadigan” toifaga mansub chiqindi turlari
ROʻYXATI

T/r

“Qayta ishlanadigan” toifaga mansub chiqindi turlari

1.

Plastik chiqindilarning barcha turlari.

Jumladan:

PET — polietilentereftalat;

REND (HDPE) — past bosimdagi polietilen;

PVC — polivinilxlorid;

LDPE (PELD) — yuqori bosimdagi polietilen;

PP — polipropilen;

PS — polistirol;

boshqa turdagi plastik chiqindilar.

2.

Qogʻoz chiqindilar, makulatura.

Jumladan:

gazeta, jurnallar;

qogʻoz oʻramlar, karton;

ofis qogʻozlari;

va boshqa qogʻoz chiqindilar.

3.

Qora va rangli metall chiqindilari va lommlari

4.

Ishlatilgan shisha mahsulotlari va chiqindilari

5.

Toʻqimachilik materiallari chiqindilari

6.

Rezina va rezinatexnika mahsulotlari chiqindilari.

Jumladan:

avtoshina, avtokamera;

transporter lentalari;

va boshqalar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son Farmoniga

3-ILOVA

Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi huzurida chiqindi tashuvchi texnikalaridan iborat Zaxira guruhini shakllantirish va ushbu guruh ishini tashkil etish
TARTIBI
1. Hududlarda chiqindilarni olib chiqib ketishda keng qamrovli uzilishlar sodir boʻlgan holatda ushbu hududlarga safarbar etish uchun Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi huzurida kamida 50 ta chiqindi tashish texnikalaridan iborat Zaxira guruhi tuziladi.
2. Zaxira guruhi uchun maxsus texnikalar parki ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining buyrugʻi asosida hududiy “Toza hudud” DUKlari balansidagi hamda xalqaro moliya institutlarining kredit va grant mablagʻlari, maxsus texnikalarni davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida xususiy sheriklarga sotishdan kelib tushadigan mablagʻlar, Ekologiya jamgʻarmasi va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar evaziga xarid qilingan maxsus texnikalar hisobidan shakllantiriladi.
3. Zaxira guruhi uchun maxsus texnikalar parkini oʻrnatilgan tartibda saqlash Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi tomonidan amalga oshiriladi.
4. Quyidagi holatlarda chiqindi tashuvchi texnikalaridan iborat Zaxira guruhi hududlarga safarbar etiladi:
sanitar tozalash korxonasi tomonidan oʻziga biriktirilgan hududda surunkali 2 hafta davomida sanitar tozalash ishlarini amalga oshirishni toʻxtatganida;
davlat sherigi (hududiy hokimliklar, hududiy ekologiya boshqarmalari) tomonidan sanitar tozalash korxonasi bilan tuzilgan sanitar tozalash xizmati koʻrsatish uchun hududlarni biriktirib berish yuzasidan tuzilgan bitim yoki shartnomalarni bekor qilish tashabbusi bilan chiqilishi natijasida sanitar tozalash korxonasi hududda faoliyatini toʻxtatganida;
xususiy sherik sanitar tozalash xizmati koʻrsatish uchun hududlarni biriktirib berish yuzasidan tuzilgan bitim yoki shartnomalar bekor qilish tashabbusi bilan chiqilishi natijasida sanitar tozalash korxonasi hududda faoliyatini toʻxtatganida;
boshqa koʻzda tutilmagan holatlar natijasida sanitar tozalash korxonasi tomonidan hududga xizmat koʻrsatish toʻxtatilganida.
5. Ushbu tartibning 4-bandining uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan asos bilan sanitar tozalash korxonasi hududida faoliyati toʻxtatilganida, unga davlat-xususiy sheriklik va boshqa shartnomalar asosida davlat tomonidan berilgan texnikalar xatlov qilinadi hamda sudning tegishli qarori chiqqunga qadar Zaxira guruhi tomonidan aholiga xizmat koʻrsatishda foydalaniladi.
6. Zaxira guruhini hududga safarbar qilish ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri hamda tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qoʻshma qarorlari asosida amalga oshiriladi.
7. Qoʻshma qaror qabul qilinganidan soʻng 2 kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hududiy “Toza hudud” DUKlarida Zaxira guruhi texnikalarini boshqarish uchun talab etiladigan ekipaj aʼzolarini (haydovchi va yuklovchilarni) shakllantiradi.
8. Zaxira guruhining safarbarligi hudud oʻrnatilgan tartibda sanitar tozalash korxonasiga biriktirib berilgunga qadar hamda hududda sanitar tozalash ishlari tiklangunga qadar davom etadi.
9. Zaxira guruhi quyidagi tarkibda shakllanadi:

T/r

Lavozimi

Ishchi guruhda ishtiroki

1.

Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi rahbari

Ishchi guruh rahbari

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

Hududiy ekologiya organi rahbari

Ishchi guruh aʼzosi

4.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi yuristkonsulti

Ishchi guruh aʼzosi

5.

Hududiy “Toza hudud” DUK direktori

Ishchi guruh aʼzosi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son Farmoniga

4-ILOVA

2024 — 2026-yillarda respublika hududida qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish
MANZILLI DASTURI

T/r

Hudud nomi

Jami mablagʻ, mln soʻm

Shundan:

rekultivatsiya qilinib, tuproq bilan yopiladigan poligonlar*

rekultivatsiya qilinadigan va infratuzilma obyektlari barpo etiladigan, foydalanilishi davom ettiriladigan poligonlar**

zamonaviy talablar asosida namunaviy poligon tashkil etish

qattiq maishiy chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarini tashkil etish***

soni

xarajat, mln soʻm

soni

xarajat, mln soʻm

soni

xarajat, mln soʻm

soni

xarajat, mln soʻm

Respublika boʻyicha

479 772,2

36

29 596,7

6

7 675,5

2

227 000,0

17

215 500,0

2024-yilda

2024-yilda jami

174 395,5

24

18 420,0

6

7 675,5

1

112 000,0

3

36 300,0

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1 355,0

1

1 355,0

2.

Andijon viloyati

2 243,2

6

2 243,2

3.

Buxoro viloyati

75,3

1

75,3

4.

Qashqadaryo viloyati

2 107,7

3

2 107,7

5.

Namangan viloyati

361,3

3

361,3

6.

Samarqand viloyati

361,3

1

361,3

7.

Surxondaryo viloyati

10 087,0

4

10 087,0

8.

Sirdaryo viloyati

7 675,5

6

7 675

9.

Toshkent viloyati

149 677,6

2

1 377,6

Ohangaron tumani poligoni (32 ga)

112 000,0

3

36 300,0

10.

Fargʻona viloyati

301,1

2

301,1

11.

Xorazm viloyati

150,6

1

150,6

2025-yilda

2025-yilda jami

190 376,6

12

11 176,6

14

179 200,0

1.

Fargʻona viloyati

67 176,6

5

3 176,6

5

64 000,0

2.

Toshkent viloyati

123 200,0

7

8 000,0

9

115 200,0

2026-yilda

2025-yilda jami

115 000,0

1

115 000,0

1.

Fargʻona viloyati

115 000,0

Fargʻona tumanida joylashgan Fargʻona shahri poligoni (74,7 ga)

115 000,0

* 2024-2025-yillarda qattiq maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish va tuproq qatlami bilan yopish manzilli dasturi 4a-ilovaga muvofiq keltirilgan.
** 2024-yilda maishiy chiqindi poligonlarini tegishli muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash manzilli dasturi 4b-ilovaga muvofiq keltirilgan.
*** 2024-2025-yillarda qattiq maishiy chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarini tashkil etish boʻyicha manzilli dastur 4v-ilovaga muvofiq keltirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son Farmoniga

4a-ILOVA

2024-2025-yillarda qattiq maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish va tuproq qatlami bilan yopish
MANZILLI DASTURI

T/r

Obyektning nomi

Joylashgan manzili

Yer uchastkasi maydoni

(ga)

Poligonni yopish qiymati,

mln soʻm

Jami

205,0

29 596,7

2024-yil

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

1.

Taxiatosh tumani

Taxiatosh tumani, “Naymankoʻl” OFY

11

1 355,0

11

1 355,0

Andijon viloyati

2.

1.

Andijon tumani

Andijon tumani, “Guliston” MFY

2

301,1

3.

2.

Izboskan tumani

Izboskan tumani, “Manguberdi” MFY

1,8

271,0

4.

3.

Paxtaobod tumani

Andijon tumani, Haqiqat massivi

2

301,1

5.

4.

Buloqboshi tumani

Buloqboshi tumani, “Joʻrapolvon” MFY

2

301,1

6.

5.

Asaka tumani

Asaka tumani, “Neʼmatobod” MFY

5,1

767,8

7.

6.

Oltinkoʻl tumani

S. Ashurov massivi

2

301,1

jami

14,9

2 243,2

Buxoro viloyati

8.

1.

Romitan tumani

Romitan tumani, “Qizilrabot” MFY

0,5

75,3

jami

0,5

75,3

Qashqadaryo viloyati

9.

1.

Gʻuzor tumani

Gʻuzor tumani, “Xumdon” MFY Sangishkon qishlogʻi

3

150,6

10.

2.

Mirishkor tumani

Mirishkor tumani, “Pomiq” MFY

2

150,6

11.

3.

Qarshi shahri

Koʻkdala tumani Qoʻngʻirtogʻ massivi

12

1 806,6

jami

17

2 107,7

Namangan viloyati

12.

1.

Mingbuloq tumani

Mingbuloq tumani, “Madyar ovul” MFY

2

150,6

13.

2.

Chortoq tumani

Chortoq tumani, “Hazratishoh” MFY

0,5

75,3

14.

3.

Yangiqoʻrgʻon tumani

Yangiqoʻrgʻon tumani, “Yuqori Qorayontoq” MFY

0,9

135,5

jami

3,4

361,3

Surxondaryo viloyati

15.

1.

Angor tumani

Angor tumani, Qoraqir massivi

3

451,7

16.

2.

Jarqoʻrgʻon tumani

Jarqoʻrgʻon tumani, Kakaydi massivi

2

301,1

17.

3.

Termiz shahri

Termiz tumani, Guliston mahallasi

60

9 033,1

18.

4.

Qiziriq tumani

Qiziriq tumani, Bandixon massivi

2

301,1

Jami:

67,0

10 087,0

Samarqand viloyati

19.

1.

Ishtixon tumani maishiy chiqindilarni joylashtirish poligoni

Ishtixon tumani, Koʻtarma qishlogʻi

2,4

361,3

Jami:

2,4

361,3

Toshkent viloyati

20.

1.

Toshkent viloyati, Bekobod shahri markaziy chiqindi poligoni

Bekobod tumani “Xos” MFY

6,6

993,6

21.

2.

Toshkent viloyati, Boʻka tumani markaziy chiqindi poligoni

Abdulla Qodiriy koʻchasi 4-uy

2,55

383,9

Jami:

9,15

1 377,6

Fargʻona viloyati

22.

1.

Quvasoy shahri

Quvasoy shahri “Arsif” MFY

1

75,3

23.

2.

Oltiariq tumani

Oltiariq tumani “Qapchugʻay” MFY

3

225,8

Jami:

4

301,1

Xorazm viloyati

24.

1.

Bogʻot tumani

Bogʻot tumani, “Obod” MFY Beshariq qishlogʻi

1

150,6

Jami:

1

150,6

2024-yil jami

130,4

18 420,0

2025-yil

Toshkent viloyati

25.

1.

Piskent tumani

“Mayilobod” MFY

1,5

225,0

26.

2.

Yuqori Chirchiq tumani

“Buloqboshi” MFY

3,0

445,0

27.

3.

Angren shahri

“Eski bogʻu Surx” MFY

23,8

3 560,0

28.

4.

Oqqoʻrgʻon tumani

“Sultonobod” MFY

8,1

1 205,0

29.

5.

Parkent tumani

“Samsarak” MFY

3,0

455,0

30.

6.

Chinoz tumani

“Hamza” MFY

8,1

1 205,0

31.

7.

Qibray tumani

“Zafarobod” MFY

6,1

905,0

Jami:

53,5

8 000,0

Fargʻona viloyati

32.

1.

Yozyovon tumani maishiy chiqindi poligoni

Yozyovon tumani, “Markaziy Fargʻona” MFY

4,6

692,5

33.

2.

Quva tumani

Quva tumani, “Boʻston” MFY

1,5

225,8

34.

3.

Fargʻona tumani maishiy chiqindi poligoni

Fargʻona tumani, “Chimyon” QFY

2,0

301,1

35.

4.

Fargʻona shahri maishiy chiqindi poligoni

Fargʻona tumani, “Satkak” MFY

8,0

1 204,4

36.

5.

Margʻilon shahri maishiy chiqindi poligoni

Fargʻona tumani, “Satkak” MFY

5,0

752,8

Jami:

21,1

3 176,6

2025-yil jami

74,6

11 176,6

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son Farmoniga

4b-ILOVA
2024-yilda maishiy chiqindi poligonlarini tegishli muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash
MANZILLI DASTURI

mln soʻm

T/r

Joylashgan manzili

Yer maydon,

ga

Jami mablagʻ

Shu jumladan

poligonni rekultivatsiya qilish

poligon atrofini oʻrash

poligonlarga borish va kirish yoʻllarini asfaltlash

maishiy xona qurish

sanitar xona qurish

energiya tarmogʻi tortish

texnik suv taʼminoti

avtotarozi xarid qilish va oʻrnatish

kuzatuv kameralari, quyosh batareyalari, kompyuter va boshqa hisoblash texnikalaridan iborat jamlanma

poligon atrofida 4 qatordan ihota daraxtzorlar barpo etish

maydoni, ga

summasi

devor uzunligi, p/m

summasi

yoʻl uzunligi, km

summasi

uzunligi, km

summasi

uzunligi, m

daraxtlar soni

sugʻorish tizimi narxi

koʻchatlar narxi

jami xarajat

1.

Boyovut tumani

3

1 534,0

1,2

180,0

600,0

540,0

150,0

60,0

0,1

10,0

50,0

250,0

100,0

2 771,3

1 385,6

138,6

55,4

194,0

2.

Guliston tumani

2,7

2 646,0

0,8

120,0

700,0

630,0

1,9

912,0

150,0

60,0

1,9

190,0

50,0

250,0

100,0

2 629,1

1 314,5

131,5

52,6

184,0

3.

Oqoltin tumani

2

1 797,1

0,8

120,0

623,0

560,7

0,6

288,0

150,0

60,0

0,6

60,0

50,0

250,0

100,0

2 262,7

1 131,4

113,1

45,3

158,4

4.

Sardoba tumani

8,3

787,7

2,1

315,0

0,0

50,0

100,0

4 609,6

2 304,8

230,5

92,2

322,7

5.

Sirdaryo tumani

5

1 010,4

2,4

360,0

50,0

250,0

100,0

3 577,7

1 788,9

178,9

71,6

250,4

6.

Shirin shahri

1,8

625,3

0,5

75,0

50,0

250,0

100,0

2 146,6

1 073,3

107,3

42,9

150,3

Sirdaryo viloyati jami

22,8

7 675,5

7,8

1 170,0

1 923,0

1 730,7

2,5

1 200,0

450,0

180,0

2,6

260,0

300,0

1 250,0

600,0

7 639,9

3 819,9

382,0

152,8

534,8

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son Farmoniga

4v-ILOVA

2024-2025-yillarda qattiq maishiy chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarini tashkil etish boʻyicha
MANZILLI DASTUR

(mln soʻm)

T/r

Hudud nomi

Jami talab etiladigan mablagʻ

Shu jumladan:

qayta yuklash stansiyalarini qurish

chiqindini zichlash va katta hajmdagi chiqindi konteynerlarini tashishga moʻljallangan maxsus texnika majmuasini xarid qilish

shundan, majmua qismlari:

konteyner tashishga moʻljallangan, ilgakli maxsus texnika

zichlangan chiqindilar uchun konteyner

(MS 20/001-003, 27 m3 hajmli)

chiqindilarni zichlash uskunasi

(Max aicher NR 250, 400 metr kub/soat)

soni

summasi

soni

summasi

soni

summasi

soni

summasi

soni

summasi

Jami

215 500,0

17

101 400,0

17

114 100,0

34

38 500,0

68

16 700,0

17

58 900,0

2024-yilda

2024-yilda jami

36 300,0

3

17 400,0

3

18 900,0

6

6 300,0

12

2 700,0

3

9 900,0

Toshkent viloyati

1.

Olmaliq shahri

12 100,0

1

5 800,0

1

6 300,0

2

2 100,0

4

900,0

1

3 300,0

2.

Toshkent tumani

12 100,0

1

5 800,0

1

6 300,0

2

2 100,0

4

900,0

1

3 300,0

3.

Angren shahri

12 100,0

1

5 800,0

1

6 300,0

2

2 100,0

4

900,0

1

3 300,0

Jami

36 300,0

3

17 400,0

3

18 900,0

6

6 300,0

12

2 700,0

3

9 900,0

2025-yilda

2025-yilda jami

179 200,0

14

84 000,0

14

95 200,0

28

32 200,0

56

14 000,0

14

49 000,0

Toshkent viloyati

4.

Oʻrta Chirchiq tumani

12 800,0

1

6 000,0

1

6 800,0

2

2 300,0

4

1 000,0

1

3 500,0

5.

Piskent tumani

12 800,0

1

6 000,0

1

6 800,0

2

2 300,0

4

1 000,0

1

3 500,0

6.

Boʻka tumani

12 800,0

1

6 000,0

1

6 800,0

2

2 300,0

4

1 000,0

1

3 500,0

7.

Quyi Chirchiq tumani

12 800,0

1

6 000,0

1

6 800,0

2

2 300,0

4

1 000,0

1

3 500,0

8.

Chinoz tumani

12 800,0

1

6 000,0

1

6 800,0

2

2 300,0

4

1 000,0

1

3 500,0

9.

Qibray tumani

12 800,0

1

6 000,0

1

6 800,0

2

2 300,0

4

1 000,0

1

3 500,0

10.

Boʻstonliq tumani

12 800,0

1

6 000,0

1

6 800,0

2

2 300,0

4

1 000,0

1

3 500,0

11.

Zangiota tumani

12 800,0

1

6 000,0

1

6 800,0

2

2 300,0

4

1 000,0

1

3 500,0

12.

Yuqori Chirchiq tumani

12 800,0

1

6 000,0

1

6 800,0

2

2 300,0

4

1 000,0

1

3 500,0

Jami

115 200,0

9

54 000,0

9

61 200,0

18

20 700,0

36

9 000,0

9

31 500,0

Fargʻona viloyati

13.

Yozyovon tumani

12 800,0

1

6 000,0

1

6 800,0

2

2 300,0

4

1 000,0

1

3 500,0

14.

Qoʻshtepa tumani

12 800,0

1

6 000,0

1

6 800,0

2

2 300,0

4

1 000,0

1

3 500,0

15.

Quvasoy shahri

12 800,0

1

6 000,0

1

6 800,0

2

2 300,0

4

1 000,0

1

3 500,0

16.

Toshloq tumani

12 800,0

1

6 000,0

1

6 800,0

2

2 300,0

4

1 000,0

1

3 500,0

17.

Oltiariq tumani

12 800,0

1

6 000,0

1

6 800,0

2

2 300,0

4

1 000,0

1

3 500,0

Jami

64 000,0

5

30 000,0

5

34 000,0

10

11 500,0

20

5 000,0

5

17 500,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son Farmoniga

5-ILOVA

2024 — 2028-yillarda hududlarda chiqindilarni qayta ishlash, muqobil energiya hamda organik oʻgʻit ishlab chiqarish
ISTIQBOLLI LOYIHALARI*

T/r

Hudud nomi

Amalga oshirish muddati

Loyihaning prognoz qiymati, mln AQSH doll.

Chiqindilardan muqobil energiya ishlab chiqarish loyihalari

Loyihaning prognoz qiymati, mln AQSH doll.

Chiqindidan kompost usulida organik oʻgʻit ishlab chiqarish loyihalari

Chiqindilarni qayta ishlash loyihalari

Loyihaga jalb etiladigan chiqindi hajmi, ming tn*yil

Ishlab chiqariladigan energiya

Loyihaga jalb etiladigan chiqindi hajmi, ming tn*yil

Ishlab chiqariladigan organik oʻgʻit, ming tn*yil

Loyiha nomi

Qayta ishlash quvvati, ming tn*yil

Issiqlik energiyasi, ming mVtsoat/yil

Elektr energiya, ming mVtsoat/yil

725

2775

1160,25

1141,5

131,25

1312,5

1115,625

0

134

1.

Toshkent shahri

2024-yil

100

500

Sement zavodlarida tabiiy gaz oʻrnini bosuvchi muqobil qattiq yonilgʻi (RDF) ishlab chiqariladi

25,0

250

213

Elektronika va elektrotexnika qurilmalari chiqindilarini qayta ishlash

17,5

Moylash mahsulotlarini qayta ishlash

25,0

2.

Toshkent viloyati

2025-yil

200

150

76,5

79,0

Maishiy, sanoat va tibbiyot chiqindilarini qayta ishlash

20,0

3.

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahri

2024-yil

50

250

127,5

125,0

12,5

125

106

Chiqindidan piroliz usulida gaz, suyuq yonilgʻi va qattiq yonilgʻi yoki rezina xom ashyo mahsulotlarini ishlab chiqarish

7,5

Qoʻqon shahri

2028-yil

20

100

51,0

50,0

5,0

50

43

4.

Namangan viloyati

Namangan shahri

2025-yil

40

200

102,0

100,0

10,0

100

85

Gigiyenik vositalarni (gigiyenik taglik, maska va boshqa vositalarni) qayta ishlash

10,0

5.

Andijon viloyati

Andijon shahri

2025-yil

50

250

127,5

125,0

12,5

125

106

Lyumenissent lampalarini qayta ishlash

1,3

6.

Buxoro viloyati

Buxoro shahri

2026-yil

40

200

102,0

100,0

10,0

100

85

Shisha chiqindilarini qayta ishlash

16,0

Kogon shahri

2028-yil

10

50

25,5

25,0

2,5

25

21

7.

Samarqand viloyati

Samarqand shahri

2026-yil

50

250

127,5

125,0

12,5

125

106

Avtoshina va boshqa rezina chiqindilarini qayta ishlash

12,5

Kattaqoʻrgʻon tumani

2028-yil

10

50

25,5

25,0

2,5

25

21

8.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri

2026-yil

30

150

76,5

75,0

7,5

75

64

Tekstil mahsulotlari chiqindilarini qayta ishlash

4,5

Shahrisabz shahri

2028-yil

10

50

25,5

25,0

2,5

25

21

9.

Surxondaryo viloyati

Termiz shahri

2027-yil

30

150

76,5

75,0

7,5

75

64

Tetrapak qadoqlarini qayta ishlash

6,0

Denov tumani

2028-yil

10

50

25,5

25,0

2,5

25

21

10.

Jizzax viloyati

Jizzax shahri

2027-yil

20

100

51,0

50,0

5,0

50

43

Teri mahsulotlari chiqindilarini qayta ishlash

2,0

11.

Sirdaryo viloyati

Guliston shahri

2027-yil

15

75

38,3

37,5

3,8

38

32

Kimyoviy vositalarni (boʻyoq, aerozoli, tormoz, gidravlika va boshqa agregatlar suyuqliklari, suyultirgichlar (erituvchi suyuqlik, suyultirgich va boshqalar) qayta ishlash

0,8

12.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus shahri

2028-yil

20

100

51,0

50,0

5,0

50

43

Suyak chiqindilarini qayta ishlash

1,0

13.

Xorazm viloyati

Urganch shahri

2028-yil

20

100

51,0

50,0

5,0

50

43

Plastik chiqindilarning ayrim turlarini qayta ishlash

10,0

*Istiqbolli loyihalarda keltirilgan koʻrsatkichlar, hududlar va loyihani amalga oshirish muddatlariga loyiha hujjatlaridan kelib chiqib oʻzgartirish kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son Farmoniga

6-ILOVA

2024 — 2028-yillarda hududlarda zamonaviy yarim yer osti chiqindi konteynerlarini oʻrnatish boʻyicha
ISTIQBOLLI LOYIHALAR*

(mln soʻm)

T/r

Hududlar nomi

Ilgakli chiqindi tashish texnikasi va yarim yer osti konteynerlaridan iborat majmua**

Summasi

Shundan:

ilgakli chiqindi tashish texnikasi

yarim yer osti konteyner

(GTC, 3 m3 hajmli)

soni

summasi

soni

summasi

Respublika boʻyicha jami

25

57 025

25

30 000

575

27 025

2024-yil

1

Buxoro shahri

2

3 700

2

2 400

46

2 162

862

2

Samarqand shahri

2

4 562

2

2 400

46

2 162

3

Toshkent shahri

2

4 562

2

2 400

46

2 162

Jami

6

13 686

6

7 200

138

6 486

2025-yil

4

Samarqand shahri

1

2 281

1

1 200

23

1 081

5

Andijon shahri

2

4 562

2

2 400

46

2 162

6

Jizzax shahri

2

4 562

2

2 400

46

2 162

7

Termiz shahri

1

2 281

1

1 200

23

1 081

8

Qarshi shahri

2

4 562

2

2 400

46

2 162

9

Navoiy shahri

1

2 281

1

1 200

23

1 081

10

Namangan shahri

2

4 562

2

2 400

46

2 162

Jami

11

25 091

11

13 200

253

11 891

2026-yil

11

Buxoro shahri

1

2 281

1

1 200

23

1 081

12

Nukus shahri

1

2 281

1

1 200

23

1 081

13

Guliston shahri

1

2 281

1

1 200

23

1 081

14

Nurafshon shahri

2

4 562

2

2 400

46

2 162

15

Fargʻona shahri

2

4 562

2

2 400

46

2 162

16

Urganch shahri

1

2 281

1

1 200

23

1 081

Jami

8

18 248

8

9 600

184

8 648

* Istiqbolli loyihalarda koʻrsatilgan koʻrsatkichlar, hududlar va loyihani amalga oshirish muddatlariga loyiha hujjatlaridan kelib chiqib oʻzgartirish kiritilishi mumkin

** 1 ta majmua ilovada keltirilgan texnika shartlari asosidagi 1 ta ilgakli chiqindi tashish texnikasi va 23 ta yarim yer osti konteyneridan iborat boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son Farmoniga

7-ILOVA

2024 — 2026-yillarda qattiq maishiy chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarini tashkil etish boʻyicha
ISTIQBOLLI LOYIHALARI

(mln soʻm)

T/r

Hudud nomi

Jami talab etiladigan mablagʻ

Shu jumladan:

qayta yuklash stansiyalarini qurish

chiqindini zichlash va katta hajmdagi chiqindi konteynerlarini tashishga moʻljallangan maxsus texnika majmuasini xarid qilish

shundan, majmua qismlari:

konteyner tashishga moʻljallangan, ilgakli maxsus texnika

zichlangan chiqindilar uchun konteyner

(MS 20/001-003, 27 m3 hajmli)

chiqindilarni zichlash uskunasi

(400 metr kub/soat)

soni

summasi

soni

summasi

soni

summasi

soni

summasi

soni

summasi

Respublika boʻyicha jami

Jami

443 710,0

38

212 533,0

37

231 177,1

74

74 954,7

148

30 857,6

37

125 364,7

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

35 136,0

3

17 172,0

3

17 964,0

6

5 820,0

12

2 400,0

3

9 744,0

2.

Andijon viloyati

35 575,8

3

16 990,3

3

18 585,5

6

6 025,8

12

2 476,3

3

10 083,4

3.

Buxoro viloyati

23 328,0

2

11 448,0

2

11 880,0

4

3 880,0

8

1 600,0

2

6 400,0

4.

Jizzax viloyati

22 136,6

2

9 635,1

2

12 501,5

4

4 085,8

8

1 676,3

2

6 739,4

5.

Qashqadaryo viloyati

46 378,1

4

22 330,1

4

24 048,0

8

7 760,0

16

3 200,0

4

13 088,0

6.

Navoiy viloyati

23 328,0

2

11 448,0

2

11 880,0

4

3 880,0

8

1 600,0

2

6 400,0

7.

Namangan viloyati

23 328,0

2

11 448,0

2

11 880,0

4

3 880,0

8

1 600,0

2

6 400,0

8.

Samarqand viloyati

45 874,2

4

21 204,7

4

24 669,5

8

7 965,8

16

3 276,3

4

13 427,4

9.

Surxondaryo viloyati

46 944,0

4

22 896,0

4

24 048,0

8

7 760,0

16

3 200,0

4

13 088,0

10.

Sirdaryo viloyati

23 328,0

2

11 448,0

2

11 880,0

4

3 880,0

8

1 600,0

2

6 400,0

11.

Toshkent viloyati

47 422,8

3

22 753,3

3

24 669,5

6

7 965,8

12

3 276,3

3

13 427,4

12.

Fargʻona viloyati

47 257,6

4

22 588,1

4

24 669,5

8

7 965,8

16

3 276,3

4

13 427,4

13.

Xorazm viloyati

23 672,9

2

11 171,4

2

12 501,5

4

4 085,8

8

1 676,3

2

6 739,4

2024-yil

Jami

69 299,9

6,0

29 930,9

6,0

39 369,1

12,0

12 874,7

24

5 257,6

6

21 236,7

1.

Andijon viloyati

12 103,8

1

5 542,3

1

6 561,5

2

2 145,8

4

876,3

1

3 539,4

2.

Jizzax viloyati

10 472,6

1

3 911,1

1

6 561,5

2

2 145,8

4

876,3

1

3 539,4

3.

Samarqand viloyati

10 594,2

1

4 032,7

1

6 561,5

2

2 145,8

4

876,3

1

3 539,4

4.

Toshkent viloyati

12 142,8

1

5 581,3

1

6 561,5

2

2 145,8

4

876,3

1

3 539,4

5.

Fargʻona viloyati

11 977,6

1

5 416,1

1

6 561,5

2

2 145,8

4

876,3

1

3 539,4

6.

Xorazm viloyati

12 008,9

1

5 447,4

1

6 561,5

2

2 145,8

4

876,3

1

3 539,4

2025-yil

Jami

232 714,1

20

113 914,1

20

118 800,0

40

38 800,0

80

16 000,0

20

64 000,0

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

23 328,0

2

11 448,0

2

11 880,0

4

3 880,0

8

1 600,0

2

6 400,0

2.

Andijon viloyati

11 664,0

1

5 724,0

1

5 940,0

2

1 940,0

4

800,0

1

3 200,0

3.

Buxoro viloyati

23 328,0

2

11 448,0

2

11 880,0

4

3 880,0

8

1 600,0

2

6 400,0

4.

Jizzax viloyati

11 664,0

1

5 724,0

1

5 940,0

2

1 940,0

4

800,0

1

3 200,0

5.

Qashqadaryo viloyati

22 762,1

2

10 882,1

2

11 880,0

4

3 880,0

8

1 600,0

2

6 400,0

6.

Navoiy viloyati

23 328,0

2

11 448,0

2

11 880,0

4

3 880,0

8

1 600,0

2

6 400,0

7.

Namangan viloyati

23 328,0

2

11 448,0

2

11 880,0

4

3 880,0

8

1 600,0

2

6 400,0

8.

Samarqand viloyati

11 664,0

1

5 724,0

1

5 940,0

2

1 940,0

4

800,0

1

3 200,0

9.

Surxondaryo viloyati

23 328,0

2

11 448,0

2

11 880,0

4

3 880,0

8

1 600,0

2

6 400,0

10.

Sirdaryo viloyati

23 328,0

2

11 448,0

2

11 880,0

4

3 880,0

8

1 600,0

2

6 400,0

11.

Toshkent viloyati

11 664,0

1

5 724,0

1

5 940,0

2

1 940,0

4

800,0

1

3 200,0

12.

Fargʻona viloyati

11 664,0

1

5 724,0

1

5 940,0

2

1 940,0

4

800,0

1

3 200,0

13.

Xorazm viloyati

11 664,0

1

5 724,0

1

5 940,0

2

1 940,0

4

800,0

1

3 200,0

2026-yil

Jami

141 696,0

12

68 688,0

12

73 008,0

24

23 280,0

48

9 600,0

12

40 128,0

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

11 808,0

1

5 724,0

1

6 084,0

2

1 940,0

4

800,0

1

3 344,0

2.

Andijon viloyati

11 808,0

1

5 724,0

1

6 084,0

2

1 940,0

4

800,0

1

3 344,0

3.

Buxoro viloyati

-

-

0

-

-

-

-

4.

Jizzax viloyati

-

-

0

-

-

-

-

5.

Qashqadaryo viloyati

23 616,0

2

11 448,0

2

12 168,0

4

3 880,0

8

1 600,0

2

6 688,0

6.

Navoiy viloyati

-

-

0

-

-

-

-

7.

Namangan viloyati

-

-

0

-

-

-

-

8.

Samarqand viloyati

23 616,0

2

11 448,0

2

12 168,0

4

3 880,0

8

1 600,0

2

6 688,0

9.

Surxondaryo viloyati

23 616,0

2

11 448,0

2

12 168,0

4

3 880,0

8

1 600,0

2

6 688,0

10.

Sirdaryo viloyati

-

-

0

-

-

-

-

11.

Toshkent viloyati

23 616,0

2

11 448,0

2

12 168,0

4

3 880,0

8

1 600,0

2

6 688,0

12.

Fargʻona viloyati

23 616,0

2

11 448,0

2

12 168,0

4

3 880,0

8

1 600,0

2

6 688,0

*Istiqbolli loyihalarda koʻrsatilgan koʻrsatkichlar, hududlar va loyihani amalga oshirish muddatlariga loyiha hujjatlaridan kelib chiqib oʻzgartirish kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PF-5-son Farmoniga

8-ILOVA

Tozalashga masʼul boʻlgan shaxslarning aniq hududlari
ROʻYXATI

T/r

Hududlar

Masʼullar

1.

Obodonlashtirish obyektlari — koʻchalar, aylanma koʻchalar, yoʻllar, markaziy maydonlar, yoʻlaklar, koʻpriklar, tunnellar, yoʻlovchilar oʻtadigan yer osti yoʻllari, favvoralar, ariqlar, kanallar, daryolar, koʻllar va boshqa suv havzalarining qirgʻoqlari, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlari va hordiq chiqarishini qondirish uchun foydalaniladigan obyektlar (madaniyat va istirohat bogʻlari, oʻrmon massivlari, bogʻlar, bulvarlar, xiyobonlar), tashqi yoritish, reklama pannolari, yoʻl koʻrsatkichlari, portallar, peshlavhalar, drenaj (drenajning vertikal, yopiq va ochiq gorizontal, yopiq kollektori), irrigatsiya novlari tarmoqlari, tashqi yoritish tarmoqlari

Hokimliklar huzuridagi tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari*

2.

Koʻp kvartirali uylarga tutash (chegaradosh) hududlarda

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan

3.

Yakka tartibdagi turarjoy uylari va tashkilotlarning yer uchastkalarida

Jismoniy va yuridik shaxslar (yer uchastkalari egalari, mulkdorlari yoki doimiy foydalanuvchilari, shuningdek, ijaraga oluvchilar)

4.

Davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga tegishli bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) boʻlgan yer uchastkalarida

Ushbu tashkilotlarning oʻzlari

5.

Avtomobil yoʻllari va sunʼiy yoʻl inshootlarida ajratilgan yer uchastkasi doirasida

Ushbu obyektlarga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar (balansda saqlovchilar)

6.

Temir yoʻllarda ajratilgan yer uchastkasi doirasida (chuqur qiyalik va koʻtarmalar, temir yoʻlni kesib oʻtish va aylanib oʻtish joylari va h.k.)

Ushbu obyektlarga xizmat koʻrsatuvchi temir yoʻl tashkilotlari tomonidan

7.

Bozorlar hududi va ularga tutash hududlarda

Bozorlar maʼmuriyati

8.

Jamoat yoʻlovchi transporti bekatlarida joylashgan vaqtinchalik savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida

Ushbu obyekt egalari tomonidan, agar ijara shartnomalarida boshqalar nazarda tutilmagan boʻlsa

9.

Savdo doʻkonlari yoki boshqa savdo nuqtalariga, shu jumladan, koʻchma shoxobchalarga tutash hududlarda 5 m radiusda

Kichik chakana savdo va umumiy ovqatlanish (oziq-ovqat mahsulotlarini sotish va umumiy ovqatlanish sohasida xizmatlar koʻrsatish palatkalari, doʻkonchalari), shuningdek, maishiy xizmat koʻrsatish (poyabzal taʼmirlash va shu kabilar) sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar

10.

Chiqindi yigʻish shoxobchalari va qayta yuklash stansiyalarining yer uchastkalari hamda ularning tutash (chegaradosh) hududlari

Sanitar tozalash korxonalari

11.

Boshqa joylarda

Tuman va shahar hokimliklari (tozalash ishlarini tashkillashtirish)

* Belgilangan hududlarda tozalash ishlari amalga oshirilmagan taqdirda hokimliklarning tegishli masʼullariga belgilangan tartibda choralar koʻrilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PF-5-son Farmoniga

9-ILOVA

Ekosanitariya jamgʻarmasini moliyalashtirish manbalari va Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish maqsadlari

1.

Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladigan manbalar

Sanitar tozalash korxonalarining ixtiyoriy ajratmalari miqdoriga mutanosib ravishda davlat budjetidan chiqindilarni boshqarish sohasini rivojlantirishga ajratiladigan mablagʻlar;

“Toza hudud” DUKlarning debitor, shu jumladan, aholining koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlari boʻyicha qarzdorligidan tushgan mablagʻlar;

“Toza hudud” DUKlar tomonidan sanitar tozalash korxonalariga boʻlib-boʻlib berish sharti bilan berilgan maxsus texnikalar boʻyicha toʻlovlar;

Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;

xalqaro moliya institutlari va xorijiy moliya tashkilotlari mablagʻlari;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

2.

Jamgʻarma mablagʻlari sarflanadigan maqsadlar

Xalqaro va mahalliy moliya-bank tashkilotlarining kreditlari boʻyicha kafolatlarni berish;

“Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi” davlat muassasasi huzurida tashkil etiladigan avtoparkda 50 ta maxsus chiqindi tashuvchi texnikalarni favqulodda safarbar etish uchun xarid qilish, saqlash hamda tegishli hududdagi sanitar tozalash korxonasi uchun vaqtinchalik begʻaraz berish;

tegishli hududlarda sanitar tozalash xizmatlari boʻyicha shartnoma (bitim)lar tomonlar kelishuvi asosida bekor qilinganligi yoki uning amal qilish muddati tugaganligi, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning tashabbusi, sud qarori, bankrotlik holati yoki oʻzgacha tarzda xizmat koʻrsatuvchi tashkilot faoliyati toʻxtatilgan hollarda biriktirilgan sanitar tozalash korxonalariga daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi salbiy farqni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining kafilligi asosida qoplab berish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son Farmoniga

10-ILOVA
Chiqindilar bilan ishlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni yanada takomillashtirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

1.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni belgilash:

avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatgan tadbirkorlik subyektlariga ekologik huquqbuzarliklarni qayd etish va Davlat ekologik nazorat inspeksiyasiga xabar berish huquqini berish. Bunda, tadbirkorlik subyektlari javobgarlikka tortish choralari koʻrilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablagʻlarning 20 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantirilishi mumkinligini nazarda tutish;

aholiga oʻz tashabbusi bilan chiqindixonalarga aylangan yoki tizimli ravishda chiqindilar noqonuniy ravishda tashlab ketilishi kuzatiladigan hududlarda oʻz mablagʻlari hisobidan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish yuzasidan Ekologiya vazirligiga buyurtma berish imkonini yaratish. Bunda, javobgarlikka tortish choralari koʻrilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablagʻlarning 20 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan buyurtma bergan shaxslar ragʻbatlantirilishi mumkinligini nazarda tutish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil iyul

-

Ekologiya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2.

“Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimi va Ichki ishlar vazirligining “Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimi doirasida kameralar orqali ekologik huquqbuzarliklarni aniqlash tizimini joriy qilish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil iyun

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Ekologiya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

3.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni belgilash:

Obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shugʻullanuvchi ishchilari, sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash ishlari bilan shugʻullanuvchi ishchilari, ekofaollar va jamoatchilik ekologiya nazoratchilariga Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har oy 100 tadan velosiped berish;

har yili eng uzoq (kamida 10 yil) va sadoqatli xizmat koʻrsatgan xodimlar uchun “Tabiat uygʻunligi himoyachisi” tanlovini oʻtkazish hamda ulardan 100 nafarining davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan bir nafardan farzandi yoki nevarasiga toʻlov-kontrakt summasini (bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha boʻlgan qismini) Ekologiya jamgʻarmasi hisobidan toʻlab berish. Bunda, talabalarga kelgusida davlat organlari va tashkilotlarida kamida uch yil ishlab berish majburiyati yuklatilishini nazarda tutish.

“Eng toza mahalla” tanlovini oʻtkazish va tanlov natijalari boʻyicha gʻolib boʻlganlarni ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil aprel

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya

vazirligi

4.

Chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga koʻrsatiladigan xizmatlarni ommaviy oferta asosida tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish.

Bunda, oferta shartnomasi faqatgina faoliyati davomida alohida koʻchmas mulkdan foydalanadigan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mazkur koʻchmas mulk joylashgan hududga biriktirilgan sanitar tozalash korxonasi oʻrtasida tuzilishini nazarda tutish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil iyul

-

Ekologiya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga koʻrsatiladigan xizmatlarni ommaviy oferta asosida amalga oshirishni taʼminlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasining platformasi bilan sanitar tozalash xizmatlari koʻrsatganlik uchun abonentlarning hisobini yuritish billing tizimlari oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlash.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil iyul

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Ekologiya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya

vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

6.

1) Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha yangi mexanizmni joriy qilish tartibini belgilash.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2) Ushbu tartibni joriy qilish yuzasidan:

manfaatdor vazirlik va idoralarning hamkorlik memorandumini imzolash;

tegishli ommaviy shartnomalarga oʻzgartirishlar kiritish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil mart

-

Ekologiya vazirligi,

Energetika vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

7.

Sanitar tozalash korxonalari tomonidan jismoniy shaxslarni qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish uchun majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazining yagona elektron tizimiga ulagan holda fuqarolarga xizmat koʻrsatilishini taʼminlash.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil martdan boshlab, doimiy

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Ekologiya vazirligi,

sanitar tozalash korxonalari

8.

Sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindi xizmatlari uchun toʻlovlarni hisoblashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun fuqarolarning xarajatlari va maʼnaviy zararini qoplab berish tartibini belgilash.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil noyabr

-

Ekologiya vazirligi,

Adliya vazirligi

9.

Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, yagona meʼyorlar va standartlarni ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va amaliyotga tatbiq etishni tartibga solish maqsadida Ekologiya vazirligi huzuridagi Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi negizida va amaldagi shtatlarini toʻliq saqlab qolgan holda Ekologiya vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va aylanma (sirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirish agentligini tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil aprel

-

Ekologiya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya

vazirligi

10.

Sanitar tozalash korxonalari bilan tuzilgan shartnoma shartlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish:

maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar natijadorligini baholashning asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash;

maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar qoniqarsiz deb baholangan taqdirda, maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatuvchilarga jarimalar belgilash hamda ularni undirish;

xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga jarima solinganidan soʻng keyingi yarim yillik yakuni bilan koʻrsatilgan xizmatlar takroran qoniqarsiz deb baholanishi yoki maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlarini koʻrsatishga oid shartnoma (bitim)ga muvofiq ushbu shartnoma (bitim)ni bir tomonlama bekor qilish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil fevral

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Ekologiya vazirligi,

sanitar tozalash korxonalari

11.

2025-yil 1-yanvardan boshlab atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifasiga mansub faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi manbalarning monitoringi doirasida ifloslantiruvchi manbalarda oʻrnatiladigan uskunalar maʼlumotlarini Yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga onlayn tarzda uzatishi majburiyligini belgilash. Bunda:

atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga avtomatik integratsiya qilmaganlik va (yoki) bazaga notoʻgʻri maʼlumotlar kiritganlik uchun javobgarlikni belgilash;

qoʻshimcha ravishda, ushbu talab bajarilmagan holatlarda (maʼlumotlarni qisman taqdim etish, umuman taqdim etmaslik hamda ularni notoʻgʻri yoki qalbakilashtirilgan holda taqdim etish) yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 300 baravarigacha boʻlgan miqdorda moliyaviy jarimalar qoʻllashni joriy etishni nazarda tutish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil iyul

-

Ekologiya vazirligi,

Adliya vazirligi

12.

Chiqindi toʻplash shoxobchalarida hamda sanitar tozalash korxonalarining maxsus texnikalariga tegishli sanitar tozalash korxonalari tomonidan kuzatuv kameralarini oʻrnatish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024 — 2026-yillarda,

doimiy ravishda

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Ekologiya vazirligi,

sanitar tozalash korxonalari

13.

“Toza hudud”, “Maxsustrans”, “Maroqand Obod” davlat unitar korxonalarining buyurtmasiga asosan, ularga tegishli 1 876 ta uychali maishiy chiqindi yigʻish shoxobchalarini (qurilgan hududdagi yer maydonlari va bino inshootlari) bepul davlat kadastri roʻyxatidan oʻtkazib, kadastr yigʻma jildlarini shakllantirish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil yanvar — may

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Kadastr agentligi

14.

Yagona elektron tizimni quyidagi imkoniyatlarni yaratish orqali takomillashtirish choralarini koʻrish:

sanitar tozalash korxonalarining maʼlumotlar bazasi;

abonentlarning maʼlumotlar bazasi;

sanitar tozalash korxonalari xizmat koʻrsatuvchi hududlarning geografik chegarasi va tariflari boʻyicha maʼlumotlar bazasi;

aholi va yuridik shaxslarga biriktirilgan chiqindilarni yigʻish maydonchalari (konteyner) joylashuvi;

abonentlarning hosil boʻlgan chiqindilarini toʻplash va olib chiqish reja-jadvallari;

koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va koʻlami boʻyicha shikoyatlar berish hamda sanitar tozalash korxonalari bilan qayta aloqa qilish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2025-yil dekabr

-

Ekologiya vazirligi,

Kadastr agentligi,

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

15.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Ekologiya vazirligi hamda “Oʻzagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlarni tugatish boʻyicha Respublika komissiyasi zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar koʻmilgan hamda saqlanayotgan maxsus obyektlar, obodonlashtirish boshqarmalari va boshqa davlat unitar korxonalari hamda xususiy korxonalar hisobidagi, shuningdek, maishiy chiqindilarni boshqarish sohasidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida xususiy sheriklarga vaqtinchalik begʻaraz foydalanishga berilgan qattiq maishiy chiqindi poligonlarini hamda qurilish chiqindi poligonlarini Ekologiya vazirligi huzuridagi “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasiga oʻtkazish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil fevral

-

Ekologiya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

16.

Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon dahasi, Chimkent yoʻli koʻchasi 18-uyda joylashgan Toshkent tumani, Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti, Darxon ilmiy-tajriba xoʻjaligiga tegishli oʻrmon fondi yerlarini Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University)ga berish hamda ushbu hududda yashil jamoat parkini tashkil qilish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil aprel

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

17.

Budjet muassasalarining sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tajriba tariqasida tegishli xizmat koʻrsatuvchi sanitar tozalash korxonalariga tozalash va saqlash vazifalarini yuklagan holda boshqaruvga berish, ushbu maqsadlarga alohida muassasalarning budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlarni yoʻnaltirish hamda chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmati boʻyicha tarifga qoʻshish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-2025-yillar davomida

Tashkilotlarning budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

18.

Budjet muassasalarida shakllanadigan chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha meʼyorlar va ular boʻyicha belgilanadigan tariflarni tasdiqlash.

Meʼyorlar boʻyicha ushbu xizmatga ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻlarni muassasalarning har yili shakllanadigan budjet parametrlarida nazarda tutish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil fevral

-

Ekologiya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya

vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

Sanitar tozalash korxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 13 ta servis markazlarini qurish, 13 ta texnik yordam mashinasi xarid qilish parametrlariga oʻzgartirishlar kiritish va iqtisod qilingan mablagʻlarni chiqindilarni boshqarish sohasida moddiy-texnik bazani mustahkamlash bilan bogʻliq xarajatlarga yoʻnaltirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil dekabr

-

Ekologiya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat

va savdo vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

“Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot banki kredit mablagʻlari hisobidan sotib olinayotgan va Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi orqali talabgorlarga yetkazib berilayotgan maxsus texnika va boshqa mol-mulklar boʻyicha lizing toʻlovlari tijorat banklari tomonidan talabgorlarning soʻmdagi mablagʻlari AQSH dollariga konvertatsiya qilingan holda Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazining maxsus hisob raqamiga oʻtkazish hamda ushbu mablagʻlarni sanitar tozalash korxonalarining asosiy fondlarini yangilash, qarz mablagʻlarini qaytarish va loyiha doirasidagi boshqa maqsadlarda ishlatish choralarini koʻrish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil noyabr

-

Ekologiya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya

vazirligi,

Markaziy bank

21.

Tibbiyot, veterinariya va farmatsevtika chiqindilarini utilizatsiya qilishni tartibga solish, moliyalashtirish hamda zamonaviy infratuzilmani yaratish.

Utilizatsiya qilish va utilizatsiya yigʻimlarini undirish tizimini toʻliq qayta koʻrib chiqish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihalari.

2024-yil may

-

Ekologiya vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

22.

Osiyo taraqqiyot banki koʻmagida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini tashkil etish loyihasini amalga oshirish.

Bunda:

1. Loyiha konsepsiyasi va loyihani baholash hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Loyiha konsepsiyasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish va tender hujjatlarini tayyorlab, tender eʼlon qilish.

3. Tender jarayonini oʻtkazish va tender gʻolibini aniqlash hamda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil iyul

2024-yil sentabr

2025-yil may

-

Toshkent shahar hokimligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ekologiya vazirligi

23.

Davlat-xususiy sheriklik bitimlari asosida xususiy sherikka 10 yil muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan berilgan maxsus avtotransport vositalari va texnikalarni “Toza hudud” davlat unitar korxonalarining hamda xususiy sherikning qarzdorliklari boʻyicha xatlovga olish, uchinchi shaxslarning oldidagi qarzdorliklar uchun taqiqqa olish hamda sotib yuborilishining oldini olish.

Bunda, “Toza hudud” davlat unitar korxonalari tomonidan tijorat banklaridan olingan kreditlarning taʼminoti sifatida garovga qoʻyilgan maxsus avtotransport vositalari va texnikalar oʻrniga garovga qoʻyilgan mulklar qiymatidan kam boʻlmagan boshqa mulklarga almashtirish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil mart

-

Ekologiya vazirligi,

Markaziy bank,

Bosh prokuratura,

manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirib borish:

Toza hudud” davlat unitar korxonalariga tegishli boʻlgan bino-inshootlar egalik huquqini, shu jumladan, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishni bepul amalga oshirish orqali Ekologiya vazirligi balansiga oʻtkazish;

Ekologiya vazirligi tizimidagi barcha bino-inshootlarni xatlovdan oʻtkazish;

Ekologiya vazirligiga tegishli boʻlgan bino-inshootlarni sotishdan tushgan mablagʻlarning 100 foizini (baholash va savdoga chiqarish xarajatlaridan tashqari) keyinchalik Ekologiya vazirligi hududiy boshqarmalarining zamonaviy ekologik talablarga javob beradigan “yashil” binolarini qurish uchun Ekologiya jamgʻarmasiga yoʻnaltirish;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Ekologiya vazirligi hududiy boshqarmalariga binolarni qurish uchun bepul tegishli yer maydonlari belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlash.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-2025-yillar davomida

-

Ekologiya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar hokimliklari,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Kadastr agentligi

25.

Markazga sanitar tozalash korxonalari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan majburiy toʻlovlarni akseptsiz tarzda lizing toʻlovlari, davlat-xususiy sheriklik bitimlari asosida qabul qilib olingan texnika va debitor qarzdorliklarni soʻndirishga yoʻnaltirish huquqini berish hamda qolgan mablagʻlarni xususiy sanitar tozalash korxonalarining hisob raqamlariga yoʻnaltirish masalasini oʻrganish va taklif kiritish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil aprel

-

Ekologiya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Markaziy bank

27.

2024 — 2026-yillarda qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish sohasini raqamlashtirishni tashkil etish.

Bunda:

chiqindilar bilan ishlash va boshqarish sohasidagi faoliyatni butun zanjir boʻylab avtomatlashtirish, jumladan, rejalashtirish — toʻplash — tashish — qayta yuklash — saralash — utilizatsiya jarayonlarini qamrab olish;

qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish bilan shugʻullanadigan tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir jarayonlarini avtomatlashtirish;

aniq vaqt rejimida chiqindilarni olib chiqib ketishni nazorat va monitoring qilish;

yagona markazlashgan maʼlumotlar bazasi standartlarini ishlab chiqish va yagona izchil maʼlumotlar manbasini tashkil etish;

chiqindilar bilan ishlash jarayonlarini shaffof tizimga oʻtkazish;

qattiq maishiy chiqindilar operatorlari bilan maʼlumotlarni almashish, shuningdek, tariflarni hisob-kitobga asoslangan holda hisoblashni tashkil etish;

qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishning hududiy sxemalarini ishlab chiqish, shuningdek, ularning elektron modellari asosida sohani rivojlantirish;

shartnomalar boʻyicha hisob-kitoblarni markazlashgan holda nazorat qilish;

sohada ish tajribasiga ega boʻlgan xalqaro tashkilotni hamkor sifatida jalb etish nazarda tutiladi.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

20242026-yillar davomida

Ekologiya jamgʻarmasi,

davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Ekologiya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya

vazirligi

28.

Maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish va biogazni qayta ishlash orqali ishlab chiqariladigan elektr va issiqlik energiyasiga “yashil tarif” joriy etishning huquqiy asoslarini yaratish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil avgust

-

Ekologiya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Energetika vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

29.

Qattiq maishiy, qurilish, suyuq maishiy, tibbiyot, sanoat, xavfli va zaharli chiqindilarni tashish faoliyatini litsenziyalash tizimini joriy etish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2025-yil yanvar

-

Ekologiya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Texnik va sanoat moylash materiallarini ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun “Ifloslantiruvchi toʻlaydi” tamoyili asosida kengaytirilgan majburiyatlarni belgilovchi tartib ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil mart

-

Ekologiya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya

vazirligi

31.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilash. Bunda:

loyiha doirasida 114,5 mln AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish;

tibbiyot muassasalarida yiliga hosil boʻladigan 96 ming tonna tibbiyot chiqindilarini termik qayta ishlab, issiqlik energiyasi ishlab chiqarish;

tibbiyot muassasalari hududida hosil boʻladigan tibbiyot chiqindilarini loyiha kompaniyasiga toʻliq yetkazib berish va tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilganlik uchun tariflarni belgilash;

tibbiyot chiqindilarini termik qayta ishlash hisobiga ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasini tibbiyot muassasalari tomonidan “yashil” tariflar asosida sotib olish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil aprel

-

Ekologiya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya

vazirligi

32.

Respublikada ishlab chiqarilmaydigan, biologik chiriydigan polimer materiallarni ishlab chiqarishning texnologik jarayonida foydalanish uchun oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat asosida olib kiriladigan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni bojxona bojlari toʻlanishidan ozod qilish choralarini koʻrish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil noyabr

-

Ekologiya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya

vazirligi

33.

Hududlarni tozalashga masʼul boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarni belgilash mexanizmini tatbiq etishni inobatga olgan holda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish:

hududlarni tozalashga masʼul boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarga hududlarda tozalikni taʼminlash va obodlashtirish choralarini koʻrish masʼuliyatini yuklagan holda biriktirib berish;

oʻz vazifalarini bajarmaganlik natijasida biriktirilgan hududlarda tozalikni taʼminlamaganlik, chiqindilarni olib chiqib ketish choralarini koʻrmaganlik va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirmaganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarga javobgarlikni kiritish;

hududlarni tozalash va chiqindilarni olib chiqib ketish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish mexanizmini joriy etish;

har bir mahallada tozalik va yashillik posbonlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ularni ragʻbatlantirish tizimini joriy etish.

Amalga oshirish shakli: qonun loyihasi.

2024-yil iyul

-

Ekologiya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

34.

Daraxt va buta koʻchatlarini ekish va parvarish qilish tizimini quyidagicha yanada takomillashtirish:

1) qurilish va boshqa tashkilotlar tomonidan ular faoliyatidan kelib chiqib, har yili majburiy ravishda daraxt va buta koʻchatlarini ekish mexanizmini belgilash;

Amalga oshirish shakli: qonun loyihasi.

2) oʻzlariga tegishli hududlarda daraxt va buta koʻchatlarini ekib, parvarish qilgan jismoniy va yuridik shaxslarga yer soligʻining tegishli qismiga imtiyoz berish masalasini oʻrganish.

Amalga oshirish shakli: tahliliy maʼlumotnoma.

2024-yil may

-

Ekologiya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

35.

Toza hudud” davlat unitar korxonalari balansidagi texnika vositalari hamda tirkamalar (yarim tirkamalar) “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi tasarrufiga oʻtishi munosabati bilan ularni roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazishni bepul amalga oshirish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

-

Ekologiya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

Izoh: Huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasidan kelib chiqib chora-tadbirlarni amalga oshirish shakli oʻzgarishi mumkin. Ikki yoki undan ortiq bandlar birlashtirilganda, qoʻshilayotgan bandlar uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son Farmoniga

11-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-189-son Farmonida:
a) 2-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) 2026-yil 1-yanvarga qadar asosiy faoliyati chiqindilarni toʻplash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash hisoblangan tadbirkorlik subyektlari hamda “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi uchun ushbu faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi (tijorat banklarida joylashtirilgan mablagʻlardan olingan foizlardan tashqari) va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida qoʻllanilsin”;
uchinchi xatboshidagi “30” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi rahbarlarining bir nafardan oʻrinbosarlari ekologik huquqbuzarlikka qarshi kurashishga masʼul boʻladi;
Bosh prokuratura, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi ekologik huquqbuzarlikka qarshi kurashish chora-tadbirlarini Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan yaqindan hamkorlikda va oʻzaro muvofiqlashtirgan holda amalga oshiradi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi “2019 — 2028-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4291-son qaroriga 2-ilovaning 14 — 16-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4845-son qarorida:
a) 6-bandning ikkinchi xatboshisi, 15-bandning “g” kichik bandi uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) 2 va 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-5202-son qarorining 2-bandi “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi, 1-ilovaning 11 va 12-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi “Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-349-son qarorida:
a) 6, 7, 9-bandlar hamda 3 — 5, 7 — 9-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Chiqindilarni boshqarish tizimini muvofiqlashtirish va aylanma (sirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Chiqindilarni boshqarish tizimini muvofiqlashtirish va aylanma (sirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasiga mazkur sohani rivojlantirishga oid dasturlarga oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin”;
v) 10-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PQ-349-son qaroriga

10-ILOVA

Chiqindilarni boshqarish tizimini muvofiqlashtirish va aylanma (sirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi
TARKIBI

A.J. Ramatov

Bosh vazir oʻrinbosari, Komissiya raisi

A.A. Abduxakimov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Komissiya raisi oʻrinbosari

I.A. Qutbiddinov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi

Sh. T. Toʻxtaboyev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari

A.R. Sormonkulov

Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

N.Q. Xolmurodov

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

B.T. Abdullayev

ichki ishlar vaziri oʻrinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi

D.K. Adilov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

A.I. Axmedxadjayev

energetika vazirining birinchi oʻrinbosari

O.A. Pekos

raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

B.Q. Yusupaliyev

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari, Bosh davlat sanitariya vrachi

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari

S.S. Yuldashev

Bosh vazir kotibiyati masʼul xodimi, Komissiya kotibi

Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-171-son qarorida:
a) 25-bandning “b” kichik bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
b) quyidagi mazmundagi 251-band bilan toʻldirilsin:
“251. Belgilansinki, Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlar binolarini auksion savdolari orqali sotishdan tushgan mablagʻlarning 100 foizi (baholash va savdoga chiqarish xarajatlaridan tashqari) Ekologiya jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.”;
v) 4-ilovaning 104-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
36-pozitsiyada:
“Chora-tadbir nomi” ustunidagi “2024-yil 1-yanvardan” soʻzlari “2024-yil 1-maydan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Ijro muddati” ustunidagi “2023-yil dekabr” soʻzlari “2024-yil aprel” soʻzlari bilan almashtirilsin;
39-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2023-yil dekabr” soʻzlari “2024-yil may” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2024-y., 06/24/5/0008-son; 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son; 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son; 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son; 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son; 02.06.2025-y., 06/25/90/0486-son)