Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va targʻib qilishni rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mamlakatimizda nomoddiy madaniy merosni, xususan, maqom va baxshichilik sanʼatini muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va targʻib qilish hamda milliy qadriyatlarimizni keng namoyon etish bilan bogʻliq faoliyatni yanada takomillashtirish, shuningdek, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish maqsadida:
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 47-son Nomoddiy madaniy meros muhofazasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori.
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasida nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash, ilmiy oʻrganish va targʻib qilishni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
nomoddiy madaniy merosni har tomonlama muhofaza qilish, keng jamoatchilikni jalb etgan holda uning namunalarini aniqlash, roʻyxatlarga kiritish, raqamlashtirish, targʻib qilish va saqlash;
maqom va baxshichilik sanʼatini muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish, targʻib qilishni yanada rivojlantirish;
nomoddiy madaniy merosning noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan namunalarining, shuningdek, merosni muhofaza qilish boʻyicha ilgʻor tajribalarning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiya doirasida xalqaro roʻyxatlarga kiritilishiga erishish;
nomoddiy madaniy merosni doimiy ravishda oʻrganishni yoʻlga qoʻyish maqsadida respublika va xalqaro miqyosda etnofolklor ekspeditsiyalari tashkil qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, fundamental va maqsadli grantlar ajratilishini taʼminlash;
nomoddiy madaniy meros taʼlimning barcha bosqichlarida oʻrganilishini tashkil etish hamda soha uchun malakali kadrlar tayyorlash.
2. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov):
taniqli baxshilar ishtirokida folklor teatrlashtirilgan tomoshalarni sahnalashtirsin va ularning respublika teatrlarida namoyish etilishini tashkil qilsin;
xalq dostonlari va ertaklar asosida bolalar uchun multfilmlar yaratish choralarini koʻrsin.
3. Nomoddiy madaniy merosni saqlash va keyingi avlodlarga yetkazishni taʼminlash boʻyicha shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2024-yil 1-apreldan boshlab:
a) noyob va (yoki) yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan nomoddiy madaniy meros namunalari boʻyicha:
Madaniyat vazirligi tomonidan birinchi bosqichda ushbu toifadagi nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi 20 nafar shaxs aniqlanib, ularga nomoddiy madaniy meros namunalarini asrab-avaylash, ommalashtirish va keyingi avlodga yetkazish borasidagi faoliyatida koʻmaklashiladi hamda ularning bu boradagi faoliyatini baholash koʻrsatkichlari belgilab beriladi;
ushbu koʻrsatkichlarni bajargan nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi shaxslar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobidan har oyda 5 million soʻm miqdorida ragʻbatlantirib boriladi;
b) alohida ahamiyatga ega boʻlgan nomoddiy madaniy meros namunalari boʻyicha:
nomoddiy madaniy meros namunalarini yozib olish va keng targʻib qilish, jumladan Internet va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilish uchun har yili 50 ta audiovizual asar yaratishga davlat buyurtmasi beriladi;
audiovizual asar yaratish boʻyicha davlat buyurtmasi Madaniyat vazirligi tomonidan tuziladigan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida amalga oshiriladi.
4. Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, “Hunarmand” uyushmasi va Madaniy meros agentligining nomoddiy madaniy meros namunalarini “tayyorlash — oʻrgatish — tiklash — saqlash — ommalashtirish” yaxlit uzluksiz tizim asosida rivojlantirish boʻyicha taklifi maʼqullansin.
Bunda, tajriba tariqasida Fargʻona viloyati hokimligi Madaniyat vazirligi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda Rishton xalqaro kulolchilik markazi va Margʻilon shahridagi Hunarmandchilik markazida tegishlicha quyidagilarni taʼminlaydi:
atlas va adras mahsulotlari hamda kulolchilik buyumlari tayyorlanadi, ularni tayyorlash “ustoz-shogird” tamoyili asosida yoshlarga oʻrgatiladi, ilmiy tadqiqotlar, koʻrgazma va namoyishlar tashkil qilinadi, ularning savdosi yoʻlga qoʻyiladi;
doimiy ekspozitsiyalar yaratiladi, shuningdek, atlas va adras mahsulotlari hamda kulolchilik buyumlarining eng yaxshi namunalari “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi doirasida davlat muzeylariga xarid qilib olinadi.
Madaniyat vazirligi 2026-yil 1-yanvarga qadar tajriba natijasini tahlil qilgan holda ushbu tizimni nomoddiy madaniy meros namunalarining boshqa turlari boʻyicha joriy etish hamda ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Nomoddiy madaniy merosning alohida namunalarini ilmiy-amaliy asosda kompleks rivojlantirish boʻyicha oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) ushbu qarorga 1-ilovada tasdiqlangan nomoddiy madaniy meros namunalarini kompleks rivojlantirish boʻyicha ilmiy-amaliy va ijodiy maktablar faoliyatini yoʻlga qoʻysin, shuningdek, 2025-yil 1-yanvarga qadar ularning natijadorligini oʻrgangan holda ushbu tizimni nomoddiy madaniy meros namunalarining boshqa turlari boʻyicha yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
6. Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilgani inobatga olinsin hamda uning asosiy vazifalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Institutda etnofolklor laboratoriyasi tashkil etilib, unda:
yoʻqolib ketgan noyob nomoddiy madaniy meros namunalari va ular bilan bogʻliq boʻlgan asbob-anjomlar, artefaktlar, madaniy makonlarni qayta tiklash;
nomoddiy madaniy meros namunalarining davrlar oʻtishi bilan oʻzgarib borishi va kelajakdagi holatini modellashtirish;
nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi materiallar, axborot tashuvchi vositalar, etnofolklor ekspeditsiyalarida toʻplangan materiallarni texnologiyalar oʻzgarishiga mutanosib ravishda zamonaviy formatga oʻtkazib borish hamda audiovizuallashtirish yoʻlga qoʻyilsin.
8. Belgilansinki:
Institut ixtisoslashtirilgan davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi hamda uning xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi;
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xojimatov) va uning tizimidagi muassasalar Institut tomonidan bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlar (tovarlar) boʻyicha asosiy buyurtmachi hisoblanadi;
Institutda tegishli ixtisoslashgan ilmiy kengashlar faoliyat olib boradi;
Respublika baxshichilik sanʼati markazi Institut tizimiga oʻtkaziladi;
Respublika baxshichilik sanʼati markazi 2024-yildan boshlab respublika budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilib, Madaniyat vazirligiga tegishli Toshkent shahridagi binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
Madaniyat vazirligi ikki oy muddatda Institut faoliyatini, shu jumladan unda zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan etnofolklor laboratoriyasini tashkil etishga oid Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Institutga 2024-yildan boshlab har yili tayanch doktorantura uchun kamida 3 tadan, stajyor-tadqiqotchilik uchun kamida 2 tadan kvota ajratilishini;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF-54-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)
nomoddiy madaniy meros namunalarini tadqiq etish, xususan, maqom va baxshichilik sanʼati boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasining tanlovlar asosida shakllantirilishini taʼminlasin.
10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2024-yildan boshlab har yili madaniyatshunoslik, nomoddiy madaniy meros sohalari, xususan, maqom va baxshichilik sanʼati boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan ilmiy xodimlar xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalarga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun yuboriladi.
Belgilansinki:
xorijiy oliy taʼlim muassasalariga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun yuboriladigan nomzodlar pedagogik-ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan, magistrlik darajasiga ega boʻlgan iqtidorli va samarali faoliyat koʻrsatayotgan xodimlar oʻrtasida ochiq tanlov asosida saralab olinadi;
xorijiy oliy taʼlim muassasalariga oʻqituvchi va xodimlarni falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun yuborish bilan bogʻliq xarajatlar “El-yurt umidi” jamgʻarmasiga xorijda doktoranturada taʼlim olish dasturlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
11. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va targʻib qilishda madaniyat va taʼlim tashkilotlarining uzviy hamkorligi quyidagi tartibda yoʻlga qoʻyilsin:
taʼlim oluvchilar etnofolklor ekspeditsiyalariga va davlat buyurtmalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga jalb etiladi;
katta amaliy tajribaga ega boʻlgan nomoddiy madaniy meros saqlovchi shaxslar va etnofolklor ekspeditsiyalari ishtirokchilariga, ularning mutaxassisligidan qatʼi nazar, istisno tariqasida, Institut ilmiy kengashining tavsiyasiga asosan amaliyot darslarini oʻtishi uchun ruxsat beriladi.
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ushbu bandda belgilangan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlasin.
12. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xojimatov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov) bilan birgalikda:
Madaniyat vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan oʻzbek xalq dostonlarining jonli ijrodan yozib olingan namunalarini hamda “Oʻzbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildlik toʻplamini nashr etish ishlarining yakunlanishini taʼminlasin;
2024-yildan boshlab, har yili mart oyida “Milliy qadriyatlar oyligi” tadbirlari va xalq sayillarini oʻtkazib borsin.
13. Quyidagilar:
YUNESKOning xalqaro roʻyxatlariga taqdim etish uchun nomzodnoma hujjatlari tayyorlanadigan nomoddiy madaniy meros namunalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
2024 — 2026-yillarda nomoddiy madaniy merosni ilmiy oʻrganish boʻyicha mahalliy va xorijiy etnofolklor ekspeditsiyalarini tashkil etish rejasi 4-ilovaga muvofiq;
2024 — 2026-yillarda nomoddiy madaniy merosni ilmiy oʻrganish va targʻib qilish boʻyicha fundamental va maqsadli grantlar boʻyicha davlat buyurtmalari rejasi 5-ilovaga muvofiq;
2024 — 2026-yillarda nomoddiy madaniy meros namunalarini elektron hujjat shaklida rasmiylashtirish rejasi 6-ilovaga muvofiq;
2024 — 2026-yillarda Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) 7-ilovaga muvofiq;
2024-yilda nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va targʻib qilishni yanada kengroq qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, kelgusi yillar uchun ushbu bandda nazarda tutilgan rejalar, maqsadli koʻrsatkichlar va “yoʻl xaritasi” Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
14. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xojimatov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) bilan birgalikda 2024-yil 1-oktabrga qadar “Qadriyat” elektron platformasi va uning mobil ilovasini yaratsin hamda tegishli elektron xizmatlar va manbalar bilan integratsiya qilsin.
Belgilansinki:
a) “Qadriyat” elektron platformasida:
nomoddiy madaniy merosni, shu jumladan maqom va baxshichilik sanʼati namunalarini oʻzida saqlovchi va yetkazuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda ularning roʻyxati;
nomoddiy madaniy merosni, jumladan maqom va baxshichilik sanʼati namunalarini elektron hujjatlashtirish, hisobini yuritish va ular haqidagi materiallar, matn, foto va boshqa audiovizual asarlar;
sohaga oid xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar, mahalliy va xorijiy etnofolklor ekspeditsiyalari materiallari, xalqaro roʻyxatlarga kiritilgan nomoddiy madaniy meros namunalari haqidagi batafsil maʼlumotlar joylashtiriladi hamda muntazam ravishda yangilab boriladi;
b) “Qadriyat” elektron platformasini yaratish bilan bogʻliq xarajatlar Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasiga ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi hamda elektron platformani doimiy ravishda modernizatsiya qilish, texnik qoʻllab-quvvatlash va faoliyat yuritishi Institut tomonidan taʼminlanadi.
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Madaniyat vazirligi bilan birgalikda hududlarda madaniyat va istirohat bogʻlarini, mahalla guzarlarini, turizm maskanlarini va aholi gavjum savdo va koʻngilochar joylarni nomoddiy madaniy meros namunalari bilan badiiy bezash amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
16. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 25-dekabr,
PQ-405-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qaroriga
1-ILOVA
Nomoddiy madaniy merosning alohida namunalarini ilmiy-amaliy asosda kompleks rivojlantirish boʻyicha oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish
REJASI

T/r

Nomoddiy madaniy meros namunalari

Yetakchi ijodiy markazlar

Qoʻllab-quvvatlashga tashabbus bildirgan masʼul tashkilot

Ijodiy va amaliy rivojlantirishga masʼullar

Ilmiy tadqiq etishga masʼullar

1.

Maqom sanʼati

Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi

“Oʻzavtosanoat” AJ

Munojat Yoʻlchiyeva — Oʻzbekiston Qahramoni,

Oʻzbekiston xalq artisti

Soib Begmatov — sanʼatshunoslik fanlari nomzodi, professor,

Otanazar Matyoqubov — sanʼatshunoslik fanlari nomzodi, professor

2.

Katta ashula

Abdunabi Ibragimov — Oʻzbekiston xalq hofizi

Rustam Abdullayev — sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor

3.

Baxshichilik sanʼati

Respublika baxshichilik sanʼati markazi

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

Qaxxor Rahimov — Oʻzbekiston xalq baxshisi

Jabbor Eshonqulov — filologiya fanlari doktori, professor,

Shomirza Turdimov — filologiya fanlari doktori, professor

4.

Jirov-qoʻbiz ijrochiligi

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali

Salomat Ayapov — Qoraqalpoq xalq jirovi

Sarigul Baxodirova — filologiya fanlari doktori, professor,

Oʻrozali Toshmatov — folklorshunos, professor

5.

Doʻppidoʻzlik

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

Mukarram Ibrohimova — doʻppidoʻzlar sulolasining beshinchi avlodi vakili

Ilmira Gyul — sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor

6.

Qorabayir

Qorabayir otlari mahorat maktabi

(Termiz tumani)

Milliy gvardiya,

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

Behzod Qurbonov — ot sporti boʻyicha xalqaro toifadagi usta

Abdumurod Tillovov — filologiya fanlari nomzodi,

Salimjon Yoʻldoshev — tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori

7.

Egar-jabduq yasash anʼanalari

Akbar Qodirov — egarchi usta

8.

Atlas va adras

Hunarmandchilik markazi

(Margʻilon shahri)

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

Ibrohimjon Sultonov — mohir usta

Shaxlo Abdullayeva — sanʼatshunoslik fanlari nomzodi

9.

Kulolchilik anʼanalari

Rishton xalqaro kulolchilik markazi

Savdo-sanoat palatasi

Alisher Rahimov — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, kulol

Surayyo Aliyevasanʼatshunoslik fanlari doktori, professor

10.

Kashtachilik

Navoiy ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati

(Nurota tumani)

Madina Qosimboyeva — mashhur kashtadoʻz

Binafsha Nodir — sanʼatshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)

11.

Zardoʻzlik va zargarlik

Buxoro shahri

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ

Fasxiddin Dadamuhammedov — Oʻzbekiston xalq ustasi, zargar, zargarlar sulolasining toʻrtinchi avlodi vakili,

Mahfuza Salimova — zardoʻz, zardoʻzlar sulolasining toʻrtinchi avlodi vakili

Akbar HakimovOʻzFA akademigi, OʻzBA akademigi, sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor

12.

Dutor ijrochiligi

Toshkent shahri

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ

Malika Ziyayeva — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist

Ozodgul Toshmatova — sanʼatshunoslik fanlari doktori (DSc), professor

Izoh: ushbu rejada belgilangan ijodiy va amaliy rivojlantirishga hamda ilmiy tadqiq etishga masʼullar tarkibiga madaniyat vazirining buyrugʻi bilan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Ushbu rejada belgilangan nomoddiy madaniy meros namunalarini kompleks rivojlantirish boʻyicha ilmiy-amaliy va ijodiy maktablarning faoliyati tegishli yetakchi ijodiy markazlarda yuridik shaxs tashkil etilmagan holda yoʻlga qoʻyiladi.
Buxoro shahri va Toshkent shahrida yetakchi ijodiy markazlar tegishlicha Buxoro viloyati hokimligi va Toshkent shahri hokimligi tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qaroriga
2-ILOVA
Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutining
ASOSIY VAZIFALARI
Quyidagilar Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutining asosiy vazifalari hisoblanadi:
madaniyat sohasiga oid normativ-huquqiy baza, institutsional tizim va madaniyat muassasalari faoliyatini ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish hamda ularni yanada takomillashtirish boʻyicha ilmiy xulosa va takliflar tayyorlash;
xalqimizning maʼnaviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirish, yurtdoshlarimizni milliy madaniyatimiz va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalaridan keng bahramand etish, jamiyatning madaniy-estetik ehtiyojlarini taʼminlash boʻyicha ilmiy asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
madaniyat tashkilotlari, jumladan, madaniyat markazlari, teatrlar, sirk muassasalari, konsert tashkilotlari, madaniyat va istirohat bogʻlarining faoliyatini, shuningdek, madaniy-ommaviy, konsert-tomosha, gastrol tadbirlari, xalq ijodiyoti, badiiy hunarmandchilik, amaliy sanʼat turlari hamda xalq oʻyinlarini ilmiy oʻrganish va ularni ilmiy-uslubiy jihatdan taʼminlash;
madaniyat, sanʼat, badiiy ijod, madaniyatshunoslik hamda nomoddiy madaniy meros sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, etnofolklor ekspeditsiyalarini uyushtirish, sohada innovatsion texnologiyalarni keng qoʻllash, shuningdek, respublika va xalqaro miqyosda ilmiy va amaliy grant loyihalarini amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasida nomoddiy madaniy meros muhofazasini tashkil etishning nazariy va ilmiy metodologik asoslarini yaratish;
mamlakatimiz hududlaridagi nomoddiy madaniy meros elementlarining milliy roʻyxatini yuritish, hujjatlashtirish, muhofaza va nazorat qilish, bu yoʻnalishda davriy hisobotlarning tayyorlanishi va doimiy ravishda yangilab, toʻldirib borilishini taʼminlash, ularning namunalarini umumeʼtirof etilgan xalqaro roʻyxatlarga kiritish uchun tegishli hujjatlarni ishlab chiqish;
aholi oʻrtasida, ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlarda nomoddiy madaniy merosni keng targʻib qilish, ommalashtirish hamda bu sohada ilmiy asoslangan uslublarni ishlab chiqish;
taʼlimning barcha turlari uchun nomoddiy madaniy meros sohasi boʻyicha taʼlim standartlari va fan dasturlari, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, ilmiy-uslubiy tavsiyanomalar, shu jumladan, audio, video va elektron darsliklar, onlayn darslar hamda boshqa turdagi ilmiy-metodik materiallarni tayyorlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qaroriga
3-ILOVA
YUNESKOning xalqaro roʻyxatlariga taqdim etish uchun nomzodnoma hujjatlari tayyorlanadigan nomoddiy madaniy meros namunalari
ROʻYXATI

I. Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxati

1.

Markaziy Osiyo anʼanaviy kashtachiligi

2.

Oʻzbekiston zardoʻzlik maktablari sanʼati

3.

Oʻzbekiston zargarlik sanʼati

4.

Oʻzbekiston doʻppidoʻzlik maktablari sanʼati

5.

Oʻzbek anʼanaviy kandakorlik sanʼati

6.

Oʻzbekiston gilamdoʻzlik anʼanalari

7.

Beshik yasash va u bilan bogʻliq anʼanalar

8.

Oʻzbek nonlari

9.

Qorabayir otlarini parvarish qilishga oid anʼanalar

10.

“Alpomish” dostoni

11.

Koʻpkari (nomzodnomaga qoʻshilish)

12.

Oʻtov yasash anʼanalari (nomzodnomaga qoʻshilish)

13.

“Chavgon” oʻyini (nomzodnomaga qoʻshilish)

14.

Oʻzbekiston pichoqchilik sanʼati

15.

Choy ichish bilan bogʻliq urf-odatlar (nomzodnomaga qoʻshilish)

16.

Oʻzbek kurash sanʼati

17.

Tanovar — Oʻzbekiston milliy raqsi

II. Zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim boʻlgan nomoddiy madaniy meros roʻyxati

18.

Jirovchilik sanʼati va qoʻbiz ijrochiligi

19.

Egar-jabduq yasash bilan bogʻliq anʼanalar

III. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish borasidagi eng ilgʻor tajribalar reyestri

20.

Oʻzbekiston doira ijrochiligi anʼanalarini saqlash tajribasi

Izoh: ushbu roʻyxatga YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ushbu roʻyxatga muvofiq nomzodnoma hujjatlari tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi, mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qarori bilan tasdiqlangan Nomoddiy madaniy merosning alohida namunalarini ilmiy-amaliy asosda kompleks rivojlantirish boʻyicha oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish rejasida belgilangan qoʻllab-quvvatlashga masʼul tashkilot mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qaroriga
4-ILOVA
2024 — 2026-yillarda nomoddiy madaniy merosni ilmiy oʻrganish boʻyicha mahalliy va xorijiy etnofolklor ekspeditsiyalarini tashkil etish
REJASI

T/r

Ekspeditsiyalar tashkil etiladigan hudud va mamlakatlar nomi

Ekspeditsiyalarni tashkil etish muddati

Mahalliy ekspeditsiyalar

1.

Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari

2024-yil may-iyun

2.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

2024-yil may-iyun

3.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

2024-yil iyul-avgust

4.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

2024-yil oktabr-noyabr

5.

Samarqand va Jizzax viloyatlari

2025-yil fevral — aprel

6.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati

2025-yil may — iyul

Xorijiy ekspeditsiyalar

7.

Qirgʻiz Respublikasi

2024-yil iyul

8.

Qozogʻiston Respublikasi

2025-yil may

9.

Tojikiston Respublikasi

2025-yil sentabr

10.

Turkiya Respublikasi

2025-yil oktabr

11.

Turkmaniston

2026-yil aprel

12.

Ozarbayjon Respublikasi

2026-yil may

13.

Rossiya Federatsiyasi

2026-yil iyul

14.

Xitoy Xalq Respublikasi

2026-yil sentabr

Izoh: ushbu rejada belgilangan ekspeditsiyalar Madaniyat vazirligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi va tegishli xorijiy davlat bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ushbu rejaga, zarur hollarda, Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qaroriga
5-ILOVA
2024 — 2026-yillarda nomoddiy madaniy merosni ilmiy oʻrganish va targʻib qilish boʻyicha fundamental va maqsadli grantlar boʻyicha davlat buyurtmalari rejasi

T/r

Fundamental va maqsadli grantlar nomi

Grantlarni taqdim etish muddati

I. Oʻzlikni namoyon qilishning ogʻzaki shakl va anʼanalari

(baxshichilik namunalari)

1.

“Alpomish” dostoni

2024-2025-yillar

2.

“Goʻroʻgʻli” dostoni

2024-2025-yillar

3.

“Goʻroʻgʻli” turkumidan “Oltin qaboq” dostoni

2025-2026-yillar

4.

“Oshiq Gʻarib va Shohsanam” dostoni

2025-2026-yillar

II. Ijrochilik sanʼati

(musiqa, raqs va xalq tomosha sanʼati)

5.

Koʻhna cholgʻular ijrochiligi hamda uning tarixiy ahamiyati

2024-2025-yillar

6.

Katta ashula va Fargʻona askiyasi ijrosi

2024-2025-yillar

7.

Oʻzbek va qoraqalpoq xalq raqs sanʼatining oʻziga xos xususiyatlari va tarixiy takomili

2024 — 2026-yillar

III. Jamiyatning urf-odat, marosim va bayramlari

8.

Mavsumiy marosimlar bilan bogʻliq folklor namunalarini yozib olish va ilmiy tadqiq etish

2024-2025-yillar

9.

Oilaviy marosimlarning mahalliy xususiyatlari

2024 — 2026-yillar

IV. Tabiat va koinot bilan bogʻliq bilim va urf-odatlar

(pazandachilik, xalq tabobati, bogʻdorchilik, dehqonchilik va boshqalar)

10.

Qoraqalpoq milliy taomlarini ilmiy oʻrganish

2024-2025-yillar

11.

Oʻzbek taqvimiy marosimlari namunalarini ilmiy oʻrganish

2024 — 2026-yillar

V. Anʼanaviy hunarmandchilik bilan bogʻliq bilim va koʻnikmalar

12.

Oʻzbek milliy cholgʻulari sozgarligining oʻziga xos ilmiy-tarixiy evolyutsiyasi

2024-2025-yillar

13.

Oʻzbek doʻppidoʻzlik sanʼati

2024 — 2026-yillar

14.

Kandakorlik maktablari sanʼati

2024-2025-yillar

15.

Temirchilik va pichoqchilik sanʼati

2024 — 2026-yillar

Izoh: ushbu rejaning bajarilishiga Madaniyat vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi masʼul hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qaroriga
6-ILOVA
2024 — 2026-yillarda nomoddiy madaniy meros namunalarini elektron hujjat shaklida rasmiylashtirish
REJASI

T/r

Raqamli hujjatlashtiriladigan nomoddiy madaniy meros hujjatlari

Amalga oshirish muddati

1.

Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik institutining arxivida saqlanayotgan nomoddiy madaniy meros namunalari (doston, maqom, folklor, xalq qoʻshiqlari, cholgʻu pyesa va boshqalar) materiallari

2024-2025-yillar

2.

Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutining folklor arxividagi 2 368 ta hujjat birligida saqlanayotgan arxiv materiallari

2024-2025-yillar

3.

Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida saqlanayotgan folklor materiallari

2024 — 2026-yillar

4.

Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti arxivida Xorazm maqomlari va Xorazm dutor maqomlarining perfokarta shaklida saqlanayotgan namunalari

2025-2026-yillar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qaroriga
7-ILOVA
2024 — 2026-yillarda Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari)

T/r

Ustuvor vazifalar

Maqsadli koʻrsatkichlar

Yillar kesimida

Masʼul ijrochilar

2024-yil

2025-yil

2026-yil

1.

Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash

Ilmiy salohiyat, foizda

35

40

50

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Himoya qilinadigan falsafa doktori dissertatsiyalari (PhD) soni

1

3

5

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Himoya qilinadigan doktorlik dissertatsiyalari (DSc) soni

1

2

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Falsafa doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (PhD) soni

10

15

20

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Fan doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (DSc) soni

4

6

8

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2.

Professor-oʻqituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati natijadorligi

Darsliklar soni

4

6

10

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Oʻquv qoʻllanmalari soni

10

14

20

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Monografiyalar soni

3

5

6

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Scopus, Web of Science xalqaro maʼlumotlar bazasiga kiritilgan maqolalar soni

4

8

12

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Respublika jurnallarida eʼlon qilingan ilmiy maqolalar soni

55

65

100

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Scopus, Web of Science xalqaro maʼlumotlar bazasiga kiritilgan har bir maqolaga toʻgʻri keluvchi iqtiboslar soni

0,7

1,5

2,5

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Ilmiy konferensiyalar soni

4

6

6

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

3.

Xalqaro hamkorlikni kengaytirish

Institut professor-oʻqituvchilarini jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlariga malaka oshirish, stajirovka oʻtash hamda xizmat safarlariga yuborish

6

10

16

Institut, Madaniyat vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

Institutga xorijiy olimlarning tashrifi (kamida 36 soatlik yuklamani bajarish)

10

16

20

Institut, Madaniyat vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

Xalqaro loyihalar soni

2

2

2

Institut, Madaniyat vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qaroriga
8-ILOVA
2024-yilda nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va targʻib qilishni yanada kengroq qoʻllab-quvvatlash boʻyicha
“YOʻL XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Hujjat shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

1.

Nomoddiy madaniy meros namunalarini YUNESKOning xalqaro roʻyxatlari, shu jumladan, reyestriga taqdim etish uchun nomzodnoma hujjatlarini tayyorlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yildan boshlab,

reja boʻyicha

Kelgusida har 2 yilda

Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiya,

“Hunarmand” uyushmasi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

2.

Madaniyat vazirligi tizimidagi badiiy jamoalarga “Xalq havaskorlik jamoasi” hamda bolalar jamoalariga “Bolalar namunali jamoasi” unvonini berish toʻgʻrisidagi nizomni takomillashtirish.

Madaniyat vazirining buyrugʻi

2024-yil fevral

-

Madaniyat vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3.

Oʻzbekiston nomoddiy madaniy merosini keng ommaga targʻib qilish maqsadida ijtimoiy roliklar yaratish va ommaviy axborot vositalari orqali namoyish etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yildan boshlab,

har yili reja boʻyicha

Ijrochilar mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

4.

Nomoddiy madaniy merosni ilmiy oʻrganish boʻyicha mahalliy ekspeditsiyalarni tashkil etish.

Xalq deputatlari mahalliy kengashlari qarori

2024-yildan boshlab,

har yili reja boʻyicha

Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi

5.

Nomoddiy madaniy merosni ilmiy oʻrganish boʻyicha xorijiy ekspeditsiyalarni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yildan boshlab,

reja boʻyicha

Madaniyat vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti manbalari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiya,

Tashqi ishlar vazirligi

6.

Nomoddiy madaniy meros namunalarini elektron hujjat shaklida rasmiylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yildan boshlab,

reja boʻyicha

-

Fanlar akademiyasi,

Madaniyat vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

7.

Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti va Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti Folklor arxivida saqlanayotgan nomoddiy madaniy meros namunalarining (doston, maqom, folklor, xalq qoʻshiqlari, cholgʻu pyesa va boshqalar) materiallari ishonchli muhofaza qilinishi va ilmiy oʻrganilishini taʼminlash maqsadida:

Amaliy chora-tadbirlar

Fanlar akademiyasi,

Madaniyat vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiya,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Toshkent shahri hokimligi

Sanʼatshunoslik instituti arxiv xonalarini taʼmirlash va zamonaviy talablarga muvofiq jihozlash;

2024-yil

Davlat budjeti mablagʻlari

YUNESKO, Xalqaro tovush va audiovizual arxivlar assotsiatsiyasi (IASA) hamda boshqa xalqaro va xorijiy tashkilotlar ekspertlarini jalb etgan holda arxivda materiallarni ishonchli raqamlashtirish masalasini ilmiy-amaliy jihatdan oʻrganish;

2024-yil dekabr

Davlat ilmiy dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar,

xalqaro va xorijiy grantlar

materiallarni raqamlashtirish uchun xalqaro va xorijiy grant loyihalarda ishtirok etish, shuningdek, zamonaviy texnika va jihozlar bilan taʼminlash;

2024-yil dekabr

ijobiy ilmiy-amaliy yechimlar asosida materiallarni raqamlashtirish.

2024-yil oktabr oyidan boshlab,

reja boʻyicha

8.

Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va targʻib qilishni yanada kengroq qoʻllab-quvvatlash maqsadida hududiy chora-tadbirlar dasturlarini tasdiqlash va amalga oshirish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari qarorlari

2024-yil fevral

Mahalliy budjet va uning qoʻshimcha manbalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi

9.

Oʻzbekiston Respublikasida Nomoddiy madaniy merosning roʻyxatini yuritish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Takliflar

2024-yil dekabr

-

Madaniyat vazirligi

10.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan turli millat vakillariga xos boʻlgan nomoddiy madaniy meros namunalarini oʻrganish, tegishli roʻyxatlarga kiritish va muhofazasini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil aprel oyidan boshlab, har yili reja boʻyicha

-

Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi

11.

Oʻzbek xalq dostonlarining jonli ijrodan yozib olingan namunalarini nashr etish.

Nashr ishlariga doir chora-tadbirlar

2024-yil aprel oyidan boshlab, reja boʻyicha

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi

12.

Nomoddiy madaniy meros muammolariga bagʻishlangan respublika, mintaqaviy va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazish.

Ijrochilar qoʻshma qarori

2024-yil aprel oyidan boshlab, har ikki yilda

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

13.

Oʻzbekiston nomoddiy madaniy merosi milliy roʻyxatini yuritish va doimiy yangilab borish.

Bunda ilgʻor tajribalar, mahalliy va yoʻqolish xavfi ostidagi elementlarini oʻz ichiga olgan roʻyxatlar inobatga olinsin.

Tasdiqlangan roʻyxatlar

2024-yil yanvar, kelgusida zaruratga koʻra

-

Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi

14.

Madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, shuningdek, adabiyot va tarix yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarni yozgi taʼtil davrida nomoddiy madaniy meros namunalarini yozib olishga yoʻnaltirilgan ilmiy ekspeditsiyalarga jalb etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil fevral oyidan boshlab,

har yili reja boʻyicha

Ijrochilar mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

15.

Nomoddiy madaniy meros boʻyicha respublika ilmiy tadqiqotlar tanlovini tashkil etish.

Gʻoliblarni taqdirlash va eng yaxshi ilmiy maqolalarni toʻplam shaklida chop etish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2024-yildan boshlab, har yili oktabr oyida

Ijrochilar mablagʻlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Madaniyat vazirligi

16.

Tajribali doʻppidoʻzlar bilan ushbu sohaga qiziquvchi yosh qizlar oʻrtasida “Ustoz-shogird” anʼanasini tashkil etish maqsadida “Uch avlod uchrashuvlari”ni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yildan boshlab,

har yili avgust va sentabr oylarida

Ijrochilar mablagʻlari

“Hunarmandlar” uyushmasi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

17.

Nomoddiy madaniy merosimizning unutilish arafasida turgan betakror soʻz va iboralarini toʻplash asosida maqol, matal, afsona, rivoyat va hikoyatlar toʻplamlarini nashr etish.

Nashr ishlariga doir chora-tadbirlar

2024-yil dekabr

Davlat budjeti va homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi

18.

Qorabayir otlarini dunyoga tanitish maqsadida “Qorabayir otlari” milliy brendini yaratish. Bunda:

“Qorabayir otlari” milliy brendini yaratish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;

Qorabayir zotli otlar bilan xalqaro ot koʻrgazmalarida ishtirok etish;

ot yetishtirib sotuvchi dunyoning yirik kompaniyalari va ot sporti musobaqalari tashkilotchilari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil fevral

Davlat budjeti va homiylik xayriyalari

Milliy gvardiya,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

Surxondaryo viloyati hokimligi,

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi,

Tashqi ishlar vazirligi

19.

Ot sporti, chavandozlik bilan bogʻliq milliy kompyuter oʻyinlari, mobil ilovalarni yaratish va musobaqalar tashkil etish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2024-yil mart

Ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

20.

Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan tegishli xalqaro madaniyat va sanʼat festivallari doirasida nomoddiy madaniy meros muhofazasi va targʻiboti bilan bogʻliq xalqaro konferensiyalar tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Xalqaro tadbirlar oʻtkaziladigan muddatlar

Xalqaro madaniyat va sanʼat festivallari tashkil etish boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarida koʻrsatilgan manbalar

Madaniyat vazirligi,

“Hunarmand” uyushmasi

21.

Taʼlim tashkilotlarida tanaffus vaqtida maqom ijrolari eshittirilishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Madaniyat vazirligi

22.

Yoshlar oʻrtasida nomoddiy madaniy meros targʻiboti bilan bogʻliq foto va video tanlovlar tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yildan boshlab

Ijrochilar mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 07/23/405/0979-son; 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)