

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-6685587" id="-6685587">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6685605" id="-6685605">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-6685620" id="-6685620">Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni iqtisodiy sudlar tomonidan koʻrishda qonunchilik hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6685630" id="-6685630"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685637" id="-6685637">Har kimning, shu jumladan, xalqaro iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining sud orqali himoyalanish huquqi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (<a href="/acts/-6445145#-6445415">24</a>, <a href="/acts/-6445145#-6445640">55</a>, <a href="/acts/-6445145#-6446150">139-moddalari</a>), qonunchilik hujjatlari, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari va tamoyillari hamda xalqaro shartnomalar bilan tan olinadi va kafolatlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685646" id="-6685646">Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi)ning chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni yuritishni tartibga soluvchi normalarini toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/acts/-5534923#-5536944">22-moddasiga</a> asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6685786" id="-6685786">I bob. Umumiy masalalar va ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy maqomini aniqlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685749" id="-6685749">1. Iqtisodiy sudlar tomonidan chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (bundan buyon matnda chet ellik shaxslar deb yuritiladi) ishtirokidagi ishlarni koʻrishda, shu jumladan, chet el davlat sudi yoki arbitraj qarorini tan olish va ijroga qaratish, shuningdek, chet el davlat sudining topshirigʻini bajarish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-6445145">Konstitutsiyasi</a>, Nyu-York shahrida 1958-yil 10-iyunda imzolangan “Chet el mamlakatlari hakamlik qarorlarini eʼtirof etish va ijro etish toʻgʻrisidagi”gi <a href="/acts/-2025135">Konvensiya</a> (bundan buyon matnda Nyu-York Konvensiyasi deb yuritiladi), Kiyev shahrida 1992-yil 20-martda imzolangan “Xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq nizolarni hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-2654273">Bitim </a>(bundan buyon matnda Kiyev Bitimi deb yuritiladi), Minsk shahrida 1993-yil 22-yanvarda imzolangan “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy munosabatlar va huquqiy yordam toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-2741647">Konvensiya</a> (bundan buyon — Minsk Konvensiyasi deb yuritiladi), Kishinev shahrida 2002-yil 7-oktabrda imzolangan “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-4907818">Konvensiya</a> (bundan buyon — Kishinev Konvensiyasi deb yuritiladi), Gaaga shahrida 1954-yil 1-martda imzolangan “Fuqarolik protsessi masalalariga doir” <a href="/acts/-2702077">Konvensiya</a>, huquqiy yordam berish haqidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillariga amal qilishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685752" id="-6685752">2. Iqtisodiy sud nizo boʻyicha ishtirok etuvchi shaxslarning huquqiy maqomini aniqlash yuzasidan choralar koʻradi. Ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy maqomi chet ellik shaxs sifatida tasdiqlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi) <a href="/acts/-180552#-199201">1158-moddasi </a>asosida chet el huquqini qoʻllanilishiga sabab boʻlishi mumkinligini eʼtiborga olish lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685754" id="-6685754">3. Chet ellik yuridik shaxsning huquqiy maqomi mazkur yuridik shaxs taʼsis etilgan davlatning huquqi bilan belgilanadi (roʻyxatdan oʻtgan yoki oʻzining asosiy joylashgan joyi boʻlsa).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685758" id="-6685758">4. Chet el huquqi boʻyicha yuridik shaxs boʻlmagan xorijiy tashkilotlarning fuqarolik huquqiy maqomi tashkilot taʼsis etilgan davlat huquqi bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685760" id="-6685760">Chet ellik jismoniy shaxsning huquqiy maqomi u fuqarosi boʻlgan yoki doimiy yashaydigan (fuqaroligi boʻlmagan shaxs) davlatning huquqi bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685763" id="-6685763">Chet ellik shaxs — tadbirkorning huquqiy maqomi u tadbirkor sifatida roʻyxatidan oʻtgan davlat qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685766" id="-6685766">5. Chet ellik yuridik shaxsning huquqiy maqomi, qoida tariqasida, kelib chiqqan davlatning savdo reyestridan (registridan) tegishli tartibda tasdiqlangan koʻchirma yoki muassasa oʻsha davlat qonunchiligida tan olingan huquqiy maqomning boshqa ekvivalent dalillari bilan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685768" id="-6685768">6. Sudlar taqdim etilgan hujjatlarni baholashda, savdo reyestridan (registridan) koʻchirmada rahbar sifatida yoki imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning daʼvoni, arizani, shikoyatni imzolagan yoki ishonchnoma bergan shaxsning rekvizitlariga muvofiqligiga eʼtibor qaratishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685770" id="-6685770">7. Sudlar inobatga olishlari lozimki, daʼvo ariza yuridik shaxsning oʻziga emas, balki alohida boʻlinmasiga (filial, vakolatxona)ga nisbatan taqdim etilgan boʻlsa, IPK 154-moddasi birinchi qismining <a href="/acts/-3523891#-6449450">1-bandiga </a>asosan daʼvo arizasini qabul qilish rad etiladi. Agar bu holat daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, ish yuritish IPK 110-moddasi birinchi qismining <a href="/acts/-3523891#-6449328">1-bandiga </a>muvofiq tugatilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685771" id="-6685771">8. Chet ellik shaxsning doimiy muassasasi orqali Oʻzbekiston Respublikasida olib borayotgan faoliyati bilan bogʻliq nizolar boʻyicha daʼvo qanoatlantirilgan taqdirda, undiriladigan summa chet ellik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-573-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/acts/-4562834#-4563449">13-moddasi </a>asosida ochilgan hisobraqamlaridan undirilishiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685773" id="-6685773">8.1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonunchilik hujjatlariga muvofiq oldindan davlat boji toʻlashdan ozod qilingan chet ellik shaxs sudga daʼvo arizasi, ariza va shikoyat bilan murojaat qilganda, ularning daʼvo arizasi, ariza va shikoyatini qanoatlantirish rad etilganda, ulardan undirilishi lozim boʻlgan davlat boji va boshqa sud xarajatlari chet ellik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan doimiy muassasasining hisobraqamlaridan undiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685774" id="-6685774">8.2. “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 17-moddasining <a href="/acts/-3815461#-3817055">ikkinchi qismiga </a>muvofiq Palataga aʼzolik tadbirkorlik faoliyati subyekti yoki tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmasi yoxud tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan boshqa tashkilot, chet el kompaniyalarining vakolatxonalari va Palata oʻrtasida shartnoma tuzish yoʻli bilan rasmiylashtirilishini eʼtiborga olgan holda, sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, Palata unga aʼzo hisoblangan chet ellik shaxslar manfaatida ham sudlarga daʼvo arizalari bilan bir qatorda shikoyatlar, arizalar berishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6685831" id="-6685831">II bob. Iqtisodiy sudlarning chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar boʻyicha vakolatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685885" id="-6685885">9. Iqtisodiy sudlarning chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar boʻyicha vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va IPK <a href="/acts/-3523891#-3533007">31-bobiga </a>asosan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685887" id="-6685887">10. IPK 239-moddasining <a href="/acts/-3523891#-3533016">birinchi qismida </a>Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari chet ellik shaxslar ishtirokida iqtisodiyot sohasida yuzaga keladigan nizolar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqishi mumkin boʻlgan asoslar (holatlar) roʻyxati, IPK 240-moddasining <a href="/acts/-3523891#-3533063">birinchi qismida </a>esa Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarining mutlaq vakolatlariga kiritilgan chet ellik shaxslar ishtirokidagi nizolar boʻyicha ishlar roʻyxati keltirilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685889" id="-6685889">11. Agar taraflardan hech boʻlmaganda biri chet ellik shaxs boʻlib, ular oʻzlarining iqtisodiyot sohasida amalga oshirgan faoliyati bilan bogʻliq yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizoni koʻrish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi vakolatiga ega deb belgilangan bitimni tuzsalar, basharti, bunday bitim chet davlat sudining mutlaq vakolatlarini oʻzgartirmasa, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi ushbu nizoni koʻrish boʻyicha mutlaq vakolatga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685891" id="-6685891">12. Iqtisodiy sudlarning vakolatlarini belgilash toʻgʻrisidagi bitim yozma shaklda tuzilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685895" id="-6685895">Mazkur bitim shartnomaning tarkibiy qismi boʻlgan shartnoma shartida yoki alohida bitim tarzida rasmiylashtirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685897" id="-6685897">Agar bitim taraflarning xohish-irodasi ular tomonidan imzolangan hujjatda ifodalangan boʻlsa yoki bunday bitimni qayd etishni taʼminlovchi elektron yoxud boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda xatlar yoki xabarlar almashish yoʻli bilan tuzilgan boʻlsa, bunday bitim yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685901" id="-6685901">13. Taraflar oʻrtasida tuzilgan bitimda ular oʻrtasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan iqtisodiy nizolarni Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarida koʻrish belgilangan boʻlib, biroq nizo aynan qaysi iqtisodiy sudda koʻrilishi belgilanmagan boʻlsa, nizoni koʻrish lozim boʻlgan iqtisodiy sudni va nizoni sudlovga tegishliligini aniqlashda IPK normalari qoʻllaniladi (5 bob, <a href="/acts/-3523891#-3527699">2 paragraf</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685904" id="-6685904">14. Taraflar oʻrtasida nizolarni xalqaro arbitraj yoki hakamlik sudiga topshirish haqidagi kelishuvning mavjudligi bitim tarafining iqtisodiy sudga daʼvo taqdim qilishiga va iqtisodiy sud tomonidan ish qoʻzgʻatilishiga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685908" id="-6685908">15. Sudlar inobatga olishlari lozimki, agar taraflarning nizoni xalqaro arbitraj yoki hakamlik sudiga koʻrish uchun topshirish toʻgʻrisidagi kelishuvi mavjud boʻlib, hakamlik sudiga murojaat qilish imkoniyati boy berilmagan va ishning iqtisodiy sudda koʻrilishiga qarshi boʻlgan javobgar oʻzining nizoning mazmuni boʻyicha birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni hakamlik sudining yoki arbitrajning hal qiluviga oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma bersa, iqtisodiy sud IPK 107-moddasining <a href="/acts/-3523891#-6035181">2-bandiga</a> <a href="/acts/-3523891#-3529466"> </a>asosan daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685910" id="-6685910">Agar javobgar sudga shu mazmundagi ariza yoki iltimosnomani koʻrsatilgan muddatda taqdim qilmagan yoki javobgar nizoni iqtisodiy sudda koʻrilishiga roziligidan guvohlik beruvchi protsessual harakatlarni sodir etgan taqdirda (masalan, nizo yuzasidan fikrnoma taqdim qilish, biror protsessual xususiyatdagi iltimosnoma yoki ariza taqdim etish va boshqalar), u ishni xalqaro arbitraj yoki hakamlik sudiga topshirishni talab qilish huquqidan mahrum boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685915" id="-6685915">16. Agar nizoni chet davlat sudi sudloviga topshirish toʻgʻrisidagi bitim Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudining mutlaq vakolatini oʻzgartirmasa, sud daʼvo arizasini (arizani) IPK 154-moddasi birinchi qismining <a href="/acts/-3523891#-3530528">1-bandiga </a>mos ravishda qabul qilishni rad etadi, agar daʼvo arizasi (ariza) ish yurituviga qabul qilingan boʻlsa, IPK 110-moddasining <a href="/acts/-3523891#-6449328">1-bandiga</a> mos ravishda ish yuritish tugatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685918" id="-6685918">17. Agar taraflarning nizoni xalqaro arbitraj yoki hakamlik sudiga koʻrish uchun topshirish toʻgʻrisidagi kelishuvi mavjud boʻlsa, ushbu bitimni oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan yoki oʻz kuchini yoʻqotgan yoxud ijro etib boʻlmaydigan bitim deb hisoblagan taqdirda, sud nizoni mazmunan koʻrib chiqadi (Nyu-York <a href="/acts/-2025135">Konvensiyasi</a> 2-moddasining uchinchi bandi). Bunda, iqtisodiy sud kelishuvning haqiqiyligini, xususan, bitimning yozma shakliga rioya etilganligi, taraflarning muomala va huquq layoqatiga hamda shartnoma tuzish erkinligiga rioya etilganligi, kelishuvning oʻz kuchini yoʻqotgan yoki yoʻqotmaganligi (iqtisodiy sudda ayni bir nizo predmeti boʻyicha nizo yuzasidan ish koʻrilmaganligi), shuningdek, nizoni xalqaro arbitraj yoki hakamlik sudi hal qiladigan nizolar jumlasiga kirish yoki kirmasligiga baho berishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685922" id="-6685922">17.1. Nizoni xalqaro arbitrajga koʻrish uchun topshirish toʻgʻrisidagi kelishuv mavjud boʻlsa, sudlar kelishuvda koʻrsatilgan sud haqiqatda mavjudligini tekshirishlari lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6685926" id="-6685926">III bob. Chet elga mansub hujjatlarga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685929" id="-6685929">18. IPK 246-moddasining <a href="/acts/-3523891#-5442464">birinchi qismiga</a> muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan chet davlatlar muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi muassasalari, tashkilotlari va fuqarolariga yoki chet ellik shaxslarga nisbatan chet el huquqi normalari boʻyicha belgilangan shakl boʻyicha berilgan, tuzilgan yoki tasdiqlangan hujjatlar, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi hamda bu hujjatlar kelib chiqqan muassasalar va tashkilotlarning davlati ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari tomonidan faqat konsullik legallashtiruvi mavjud boʻlganda yoxud ularga apostil qoʻyilgan boʻlsa, qabul qilinadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7533246" id="edi-7533246"><a href="/acts/-6685535?ONDATE=20.11.2023 00#-6685930">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7533246" id="-7533246"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7533314" id="-7533314">19. Chet davlat hududida tuzilgan va iqtisodiy sudga taqdim qilingan rasmiy hujjatlarni legallashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 610-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida hamda xorijda hujjatlar va dalolatnomalarni konsullik legallashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-6669858#-6671791">Nizomda </a>belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7534282" id="-7534282">(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli <a href="/acts/-7521398?ONDATE=29.04.2025 00#-7521905">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685948" id="-6685948">20. Nizoni iqtisodiy sudda koʻrib chiqishda chet davlat hududida rasmiylashtirilgan hujjatlarni legallashtirilishi dalillar manbaini tasdiqlash uchun lozim, biroq hujjatdagi maʼlumotlarning mazmunan toʻgʻriligini aniqlash maqsadida sud tomonidan tekshiruv oʻtkazilishini istisno qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685950" id="-6685950">21. Sudlarga tushuntirilsinki, Gaaga shahrida 1961-yil 5-oktabrda imzolangan “Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi” <a href="/acts/-2683556">Konvensiya</a> (bundan buyon matnda Gaaga Konvensiyasi deb yuritiladi) ishtirokchisi boʻlgan chet davlatning rasmiy hujjatlari <a href="/acts/-2683556">Konvensiyada </a>nazarda tutilgan hollarda konsullik legallashtiruvisiz qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685953" id="-6685953">Gaaga <a href="/acts/-2702077">Konvensiyasi</a> 1-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, chet davlatning rasmiy hujjatlari deb oʻz mohiyatiga koʻra quyidagilar tushuniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685957" id="-6685957">chet davlat vakolatli organlari va mansabdor shaxslarining hujjatlari, shu jumladan, prokuratura, sud kotibiyati yoki sud ijrochilarining hujjatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685959" id="-6685959">maʼmuriy hujjatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685961" id="-6685961">notarial idoralar hujjatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685968" id="-6685968">rasmiy qaydlar, roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi qaydlar, muayyan sanani tasdiqlovchi vizalar, notariusda tasdiqlanmagan hujjatdagi imzoni tasdiqlash kabi qaydlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685971" id="-6685971">Shu bilan birga, sudlarning eʼtibori Gaaga<a href="/acts/-2683556"> Konvensiyasi </a>talablari diplomatik yoki konsullik agentlari tomonidan bajarilgan hujjatlar hamda tadbirkorlik yoki bojxona operatsiyalari bilan bevosita bogʻliq boʻlgan maʼmuriy hujjatlarga tatbiq etilmasligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685974" id="-6685974">22. Gaaga <a href="/acts/-2683556">Konvensiyasiga</a> muvofiq bir davlatning vakolatli organlari tomonidan tayyorlangan va boshqa davlat hududida foydalanishga moʻljallangan hujjatlarga maxsus shtamp — “apostil” qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685976" id="-6685976">Apostil bilan tasdiqlangan rasmiy hujjatni keyinchalik legallashtirish talab etilmaydi va rasmiy hujjatdan Gaaga <a href="/acts/-2683556">Konvensiyasiga</a> aʼzo barcha ishtirokchi davlatlarda foydalanish mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685978" id="-6685978">23. Agar xalqaro shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, chet davlat rezidentlari tomonidan uning vakiliga berilgan ishonchnomalar apostil bilan tasdiqlanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685982" id="-6685982">24. Sudlarning eʼtibori FKning <a href="/acts/-180552#-199365">1182-moddasiga </a>muvofiq, ishonchnomaning shakli va amal qilish muddati ishonchnoma berilgan mamlakatning huquqi boʻyicha belgilanishiga, agar Oʻzbekiston Respublikasi huquqi talablariga rioya etilgan boʻlsa, ishonchnoma shakliga rioya etilmaganligi tufayli haqiqiy emas deb topilishi mumkin emasligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685984" id="-6685984">25. Sudlar Gaaga <a href="/acts/-2683556">Konvensiyasida</a> daʼvo arizalar, arizalar, shikoyatlar, shartnomalar (kontraktlar), bojxona va toʻlov hujjatlariga apostil qoʻyilishi nazarda tutilmaganligini inobatga olishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685985" id="-6685985">26. Sudlar inobatga olishlari lozimki, sudga daʼvo arizasi, ariza, shikoyat bilan murojaat etishda, apostil qoʻyilishi talab etiladigan hujjatlarga apostil daʼvo arizasi sudga topshirilgan sanaga qadar qoʻyilgan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685987" id="-6685987">27. Sudlar Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tuzilgan huquqiy yordam toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalarda belgilangan tartibga koʻra, shartnoma tarafi boʻlgan chet davlatlarning rasmiy hujjatlarini legallashtirilmagan va apostil qoʻyilmagan holda ish yuritishga qabul qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685989" id="-6685989">Bunda chet davlat tomonidan rasmiy hujjat sifatida tan olingan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida xuddi shunday huquqiy ahamiyatga ega boʻlgan rasmiy hujjat sifatida tan olinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685992" id="-6685992">28. IPK 246-moddasining <a href="/acts/-3523891#-3533424">ikkinchi qismiga </a>koʻra, chet tilida tuzilgan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudiga taqdim etishda, ushbu hujjatlarga ularning davlat tilidagi yoki iqtisodiy sud ishlari yuritilayotgan tildagi tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimasi qoʻshib topshirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685994" id="-6685994">Mazkur tartibga rioya qilinmagan holda taqdim qilingan hujjatlar iqtisodiy sud tomonidan ish yurituviga qabul qilinmaydi va daʼvo arizasi IPK 155-moddasi birinchi qismining <a href="/acts/-3523891#-3530557">1-bandiga</a> mos holda qaytariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6685996" id="-6685996">Agar daʼvogar (arizachi) tomonidan daʼvo ariza (arizani) sudga taqdim etishda IPK 246-moddasining <a href="/acts/-3523891#-3533424">ikkinchi qismida </a>nazarda tutilgan talablarga rioya etilmaganligi sud tomonidan daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, ish mazmunan koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6685998" id="-6685998">IV bob. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi iqtisodiy ishlarni koʻrib chiqish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686000" id="-6686000">29. Agar xalqaro shartnomalarda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, iqtisodiy sudlar chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda koʻrib, hal etishga eʼtibor qaratish lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686003" id="-6686003">Ishni koʻrish muddatini belgilashda sudlarning eʼtibori ishning murakkabligi, chet ellik shaxsning huquqiy maqomi, qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquqni aniqlash va sharhlash yuzasidan soʻrovnomalar yuborish, taraflarni sud majlisi vaqti va joyi haqida tegishli tartibda xabardor qilish, sud topshiriqlarini yuborish va boshqa holatlar inobatga olinishiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686005" id="-6686005">30. Iqtisodiy sudlar IPKning <a href="/acts/-3523891#-3533012">239-240-moddalarida</a> nazarda tutilgan chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni koʻrishda ularning sud majlisi vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilinishi hamda protsessual va boshqa hujjatlarni tarjima qilinishini inobatga olgan holda IPKning <a href="/acts/-3523891#-3533111">244-moddasida </a>belgilangan maxsus protsessual muddatlarga rioya qilishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686007" id="-6686007">31. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar, agar bu shaxslar yoki ularning filiallari, vakolatxonalari, doimiy muassasalari, yoxud ularning ish yuritishga vakolatli boʻlgan vakillari Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan yoki yashayotgan boʻlsa, IPKning <a href="/acts/-3523891#-3530710">164-moddasida</a> belgilangan muddatda koʻriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686009" id="-6686009">Agar chet ellik shaxslarning ish yuritishga vakolatli boʻlgan vakillari Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketganligi aniqlansa yoki ularning filiallari, vakolatxonalarining Oʻzbekiston Respublikasida faoliyati tugatilgan boʻlsa, ish IPKning <a href="/acts/-3523891#-3533111">244-moddasida</a> belgilangan maxsus protsessual muddatlarda koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686012" id="-6686012">32. Ishda ishtirok etuvchi chet ellik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida belgilangan tartibda xabardor qilingan hollarda, ishni koʻrish muddati sud topshiriqlarini yuborish uchun Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida belgilangan muddatda, shartnomada bunday muddat belgilanmagan yoki shartnoma mavjud boʻlmagan taqdirda, olti oydan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686014" id="-6686014">33. Agar iqtisodiy sudlar tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni tegishli ravishda xabardor qilish uchun belgilangan tartibda xorijiy davlatlarning vakolatli organlariga sud topshiriqlari yuborilgan boʻlsa, sudlar IPK 102-moddasining <a href="/acts/-3523891#-3529299">4-bandiga</a> muvofiq iqtisodiy ish boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turishlari mumkinligini inobatga olish lozim.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7336426" id="edi-7336426"><a href="/acts/-6685535?ONDATE=20.11.2023 00#-6686016">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7336426" id="-7336426"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7336427" id="-7336427">34. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish instansiyasida IPKda belgilangan muddatlarda tegishli tartibda koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7336428" id="-7336428">(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7309524">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686073" id="-6686073">35. Sud ishlari yuritiladigan til prinsipiga muvofiq iqtisodiy sudlarning sud topshiriqlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi organlariga xalqaro shartnomalarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, yuborilayotgan davlatning davlat tili yoki ish yuritilayotgan tildagi tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimasi qoʻshib taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686074" id="-6686074">36. Nizolashayotgan tomonlar chet elga topshiriladigan hujjatlarning tegishli tartibda tasdiqlangan tarjimalarini iqtisodiy sudga topshirishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686075" id="-6686075">37. Sud topshirigʻi va hujjatlar chet davlat tiliga tarjima qilish uchun iqtisodiy sud tomonidan IPKda belgilangan tartibda sud ishlarini yuritish bilan shugʻullanuvchi tarjimonga yoki ixtisoslashgan tashkilotga yuborilishi mumkin (tarjima byurosi, Savdo-sanoat palatasi va boshqalar).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686076" id="-6686076">Sudlarga tushuntirilsinki, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar va ularni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi 570-sonli “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi <a href="/acts/-6647112">qarori</a> bilan belgilangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686077" id="-6686077">38. Sudlar hujjatlarni chet tiliga tarjima qilish uchun taraflar roziligi bilan tarjimonni ishga jalb qilish mumkinligini inobatga olishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686079" id="-6686079">Xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollarda, chet tiliga tarjima qilingan sud hujjatlari va unga ilova qilinayotgan hujjatlarning tarjima qilgan tarjimonning imzosi notarial tasdiqlanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686081" id="-6686081">39. Chet elga topshiriladigan hujjatlarning chet tiliga tarjima qilish xarajatlarini taqsimlash IPKda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686083" id="-6686083">40. Tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summa tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan, shuningdek, sud topshirigʻiga ilova qilinadigan hujjatlarni daʼvogar (arizachi) tomonidan sudning depozit hisobvaragʻiga oldindan oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686084" id="-6686084">Agar tarjima qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar ikkala tarafga tegishli boʻlsa, talab qilinadigan summani ular teng boʻlib sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkazadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686086" id="-6686086">Agar hujjatlar sudning tashabbusi bilan tarjima uchun berilgan boʻlsa, toʻlanishi lozim boʻlgan summa sudning depozit hisobvaragʻidan toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686088" id="-6686088">Keyinchalik, mazkur summa ishda ishtirok etuvchi shaxslardan IPKning <a href="/acts/-3523891#-3529639">118-moddasiga </a>muvofiq undirilib, sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686091" id="-6686091">41. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, baʼzi xalqaro shartnomalarga muvofiq, sud topshiriqlari va unga ilova qilinadigan hujjatlar xalqaro shartnomada koʻrsatilgan tilda rasmiylashtirilishi mumkin. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida fuqarolik va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam toʻgʻrisidagi shartnoma (Pekin, 1997-yil 11-dekabr) 4-moddasining <a href="/acts/-2198491#-2201212">ikkinchi bandida</a> huquqiy yordam koʻrsatish haqidagi iltimosnoma va taqdim etiladigan hujjatlar soʻralayotgan ahdlashuvchi tomonning rasmiy tilida tuziladi va unga soʻralayotgan ahdlashuvchi tomonning rasmiy tiliga yoki ingliz yoxud rus tiliga tarjimasi ilova qilinishi nazarda tutilgan.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6686094" id="-6686094">V bob. Chet ellik shaxslar ishtirokida iqtisodiy nizolarni koʻrib chiqishda sud tomonidan qoʻllaniladigan huquqni aniqlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686097" id="-6686097">42. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining <a href="/acts/-6445145#-6445243">15-moddasiga </a>asosan, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsip va normalari bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686099" id="-6686099">43. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686100" id="-6686100">44. Iqtisodiy sudlar tomonidan xalqaro shartnomalarni qoʻllash va ularni talqin qilish 1969-yil 23-mayda Vena shahrida imzolangan “Xalqaro shartnomalar huquqi toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-2646376">Konvensiyasi</a> (bundan buyon matnda Vena Konvensiyasi deb yuritiladi) hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi 2019-yil 6-fevraldagi OʻRQ-518-sonli <a href="/acts/-4193761">Qonuni</a> hisobga olingan holda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686103" id="-6686103">45. Kiyev <a href="/acts/-2654273">Bitimi </a>ishtirokchisi boʻlgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlaridagi chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni koʻrib chiqishda iqtisodiy sudlar ushbu Bitim normalarining maxsus xususiyatlarini inobatga olishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686105" id="-6686105">46. Agar huquqiy munosabatlar Kiyev <a href="/acts/-2654273">Bitimi </a>bilan tartibga solinmagan boʻlsa, ishlarni koʻrishda Kishinev <a href="/acts/-4907818">Konvensiyasi</a> normalari qoʻllaniladi. Kishinev konvensiyasi ishtirokchilari boʻlmagan MDH davlatlari bilan munosabatlarda Minsk <a href="/acts/-2741647">Konvensiyasi</a> qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686107" id="-6686107">47. Oʻzbekiston Respublikasi bilan huquqiy yordam toʻgʻrisida ikki tomonlama xalqaro shartnomalar tuzgan davlatlarning chet ellik shaxslari ishtirokidagi ishlarni koʻrishda ushbu shartnomalarning qoidalari qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686109" id="-6686109">48. Boshqa davlatlarning chet el shaxslari ishtirokidagi ishlarni koʻrib chiqishda universal koʻp tomonlama shartnomalar qoʻllaniladi, xususan, “Fuqarolik protsessi masalalariga doir” Gaaga shahrida 1954-yil 1-martda imzolangan Konvensiya, Gaaga <a href="/acts/-2702077">Konvensiyasi</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686110" id="-6686110">49. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini qoʻllashda, sudlar xalqaro shartnoma majburiy boʻlishiga roziligini bildirgan va ular uchun kuchga kirgan davlatlarning tarkibiga eʼtibor qaratishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686112" id="-6686112">Shu bilan birga, shuni inobatga olish kerakki, agar shartnomaning kuchga kirish tartibida yakuniy imzolashdan boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlsa, xalqaro shartnoma uni tuzishda ishtirok etgan va imzolagan davlat shartnomani majburiy boʻlishiga rozilik bildirmagan boʻlsa, xalqaro shartnoma oʻsha davlat uchun qoʻllanilmaydi. Xususan, Kiyev <a href="/acts/-2654273">Bitimi </a>uni imzolagan, biroq ratifikatsiya qilmagan Moldova Respublikasi bilan munosabatlarda qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686115" id="-6686115">50. Shuningdek, chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarda Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan maxsus koʻp tomonlama xalqaro shartnomalar normalari qoʻllaniladi. Xususan, Vena shahrida 1980-yil 11-aprelda imzolangan “Xalqaro tovarlar oldi-sotdi shartnomalari toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-2634626">Konvensiya</a>, unga qoʻshilgan davlatlarning tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida mahsulot yetkazib berish shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarga nisbatan, Ottava shahrida 1988-yil 28-mayda imzolangan “Xalqaro moliyaviy lizing toʻgʻrisida”gi UNIDRUA <a href="/acts/-2126348">Konvensiyasi</a>, unga qoʻshilgan davlatlarning tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida moliyaviy lizing shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarga nisbatan, Jeneva shahrida 1956-yil 19-mayda imzolangan “Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish shartnomasi toʻgʻrisida”gi (YUYTK) <a href="/acts/-2661891">Konvensiya</a>, unga qoʻshilgan davlatlarning tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarga nisbatan qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686116" id="-6686116">51. Iqtisodiy sud nizoni hal qilishda, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid boʻlmagan va taraflar shartnomada toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatgan hollarda xalqaro ish odatlarini, shuningdek, Xalqaro savdo terminlarini sharhlash Qoidalari (Inkoterms) va Xalqaro tijorat shartnomalari prinsiplari (UNIDRUA)ni qoʻllashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686117" id="-6686117">52. Chet davlat huquqi normalarini qoʻllashda iqtisodiy sud ushbu normalarning mazmunini ularning tegishli chet davlatda sharhlanishiga va amalda qoʻllanilishiga muvofiq holda aniqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686118" id="-6686118">53. Sudlarning eʼtibori nizoni har qanday instansiyada koʻrish davomida chet davlat huquqi normalari mazmunini aniqlash maqsadida koʻmaklashishni va tushuntirib berishni soʻrab Oʻzbekiston Respublikasi hamda chet davlatlarning vakolatli organlariga yoki tashkilotlariga sud topshirigʻi bilan murojaat qilishi yoxud ekspertlarni jalb etishi mumkinligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686121" id="-6686121">54. Chet davlat huquqi normalari mazmunini aniqlash maqsadida koʻmaklashishni va tushuntirib berishni soʻrab, chet davlatlarning vakolatli organlariga yoki tashkilotlariga alohida protsessual harakatlarni amalga oshirish haqida sud topshirigʻi berilgan taqdirda, iqtisodiy sudlar IPK 102-moddasining <a href="/acts/-3523891#-3529299">4-bandiga</a> muvofiq iqtisodiy ish boʻyicha ish yuritishni toʻxtatishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686124" id="-6686124">55. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar talablariga yoki eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan chet davlat huquqi normalari mazmunini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi va ushbu normalarning mazmunini aniqlashda iqtisodiy sudga boshqacha tarzda koʻmaklashishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686125" id="-6686125">56. Agar koʻrilgan choralarga qaramay, chet davlat huquqi normalarining mazmuni aniqlanmasa, iqtisodiy sudlar Oʻzbekiston Respublikasining tegishli huquq normalarini qoʻllaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6686129" id="-6686129">VI bob. Chet davlatlar sudlarining va arbitrajlarining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirigʻini ijro etish toʻgʻrisidagi ishlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686130" id="-6686130">57. Sudlarga tushuntirilsinki, chet davlat sudi deganda, sud hokimiyatini amalga oshiruvchi davlat organi, arbitraj deganda esa, alohida har bir ish boʻyicha tayinlangan arbitraj va doimiy faoliyat koʻrsatuvchi arbitraj organi tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686131" id="-6686131">58. Iqtisodiyot sohasida vujudga keladigan nizolar va boshqa ishlar yuzasidan qabul qilingan chet davlat sudi yoki arbitrajning hal qiluv qarorlari Oʻzbekiston Respublikasida, basharti, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma va qonunlarida bunday qarorlarni tan olish va ijroga qaratish nazarda tutilgan boʻlsa, tan olinishi va ijroga qaratilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686134" id="-6686134">Ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatigina tan olinishi va ijroga qaratilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686135" id="-6686135">Chet davlat sudining iltimosi boʻyicha boshqa protsessual harakatlar (ashyoviy dalillarni tekshirish, taraflarni eshitish va boshqalar) sud topshirigʻini ijro etish jarayonida amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686214" id="-6686214"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686215" id="-6686215">59. Kiyev <a href="/acts/-2654273">Bitimining</a> 4-moddasida nazarda tutilgan vakolatli sud deganda, qarori boshqa ahdlashuvchi taraf hududida ijroga qaratilishi lozim boʻlgan, qayd etilgan Bitimning 4-moddasi qoidalariga muvofiq nizolarni koʻrib chiqish huquqiga ega boʻlgan ahdlashuvchi tarafning sudi tushuniladi. Oʻzbekiston Respublikasida esa bunday sudlar boʻlib iqtisodiy sudlar hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686216" id="-6686216">60. Sudlar eʼtiborga olishlari lozimki, chet davlat sudi yoki arbitraj hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish hamda chet davlat sudining topshirigʻini ijro etish bilan bogʻliq ishlar, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, IPK qoidalari boʻyicha koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686217" id="-6686217">61. Chet davlat sudi yoki arbitraj hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida IPKning <a href="/acts/-3523891#-3529822">127-moddasida </a>belgilangan tartibda xabardor qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686218" id="-6686218">Chet davlat sudi yoki arbitraj qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yozma shaklda berilishi va undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686219" id="-6686219">Iltimosnomada quyidagilar koʻrsatilishi shart:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686220" id="-6686220">1) ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686221" id="-6686221">2) chet davlat sudining yoki arbitrajining nomi va joylashgan yeri hamda uning tarkibi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686222" id="-6686222">3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686223" id="-6686223">4) arizachi tan olish va ijroga qaratishni soʻrayotgan chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686224" id="-6686224">5) arizachining chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686225" id="-6686225">6) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686226" id="-6686226">Chet davlat sudi yoki arbitraj hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi iltimosnomada arizachi yoki uning vakilining telefon, faks raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686227" id="-6686227">Iltimosnoma va unga ilova qilingan hujjatlar xalqaro shartnomalarda koʻrsatilgan tilda bayon etilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686228" id="-6686228">62. Sudlar eʼtiborga olishlari lozimki, iqtisodiy sud chet davlat sudi yoki arbitraj hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrishga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686229" id="-6686229">Agar chet davlat sudi yoki arbitrajning hal qiluv qarori qisman ijro etilgan boʻlsa, sud bunday holda chet davlat sudi yoki arbitraj sudining hal qiluv qarorining ijro etilmagan qismiga ijro varaqasi beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686230" id="-6686230">Chet davlat sudi yoki arbitraj hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlar qarzdor joylashgan yerdagi yoki yashaydigan joydagi yoxud, agar qarzdor joylashgan yer yoki yashaydigan joy nomaʼlum boʻlganda, uning mol-mulki joylashgan joydagi iqtisodiy sud tomonidan koʻriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686231" id="-6686231">63. Sudlar chet davlat sudi yoki arbitraj hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi iltimosnoma IPK 107-moddasining <a href="/acts/-3523891#-3529474">6-bandida</a> belgilangan asoslar boʻyicha koʻrmasdan qoldirilishi mumkin emasligini inobatga olishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686232" id="-6686232">64. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasining <a href="/acts/-26477#-26569">ikkinchi qismiga</a> koʻra, chet el sudi yoki arbitrajining qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi sudi tomonidan berilgan ijro varaqasi, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, hal qiluv qaror qonuniy kuchga kirgan vaqtdan eʼtiboran uch yil ichida majburiy ijro etish uchun topshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686233" id="-6686233">Bundan kelib chiqib, sudlar chet davlat sudi yoki arbitraj hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ajrimga asosan berilgan ijro varaqasida chet davlat sudi yoki arbitraj sudi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan sanani koʻrsatishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686234" id="-6686234">Sudlarga tushuntirilsinki, IPK 255-moddasi 1-qismining <a href="/acts/-3523891#-3533556">6-bandiga </a>koʻra, chet davlat sudining hal qiluv qarorini majburiy ijroga qaratish muddati oʻtgan va ushbu muddat sud tomonidan tiklanmagan boʻlsa, chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish rad etiladi, shuningdek, IPK 256-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-3523891#-3533693">3-bandiga </a>koʻra chet el arbitrajining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish muddati oʻtgan boʻlsa, chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish rad qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686235" id="-6686235">65. Chet davlat sudi yoki arbitraj hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishni koʻrish natijasi boʻyicha qabul qilingan ajrim ustidan IPKda belgilangan tartib va muddatlarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686236" id="-6686236">Chet davlat sudining sud topshirigʻini ijro etish bilan bogʻliq ishni koʻrish natijasi boʻyicha qabul qilingan ajrim ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686237" id="-6686237">66. Arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan Nyu-York<a href="/acts/-2025135"> Konvensiyasi</a> asosida koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686238" id="-6686238">Nyu-York <a href="/acts/-2025135">Konvensiyasining</a> 4-moddasiga koʻra, arbitraj hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratishni soʻrayotgan taraf iltimosnomani berishda tegishli tartibda tasdiqlangan arbitraj hal qiluv qarori va arbitraj kelishuvining asli yoki tegishli tartibda tasdiqlangan nusxalarini taqdim etadi. Agar hakamlik qarori va kelishuvi rasmiy (oʻzbek) tilida bayon etilmagan boʻlsa, ushbu hal qiluv qarorni tan olish va ijroga qaratishni soʻrayotgan taraf bu hujjatlarning rasmiy tildagi tarjimasini taqdim qiladi. Tarjima rasmiy yoki qasamyod qilgan tarjimon, diplomatik yoxud konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686239" id="-6686239">Sudlar eʼtiborga olishlari lozimki, arbitraj hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish Nyu-York Konvensiyasining <a href="/acts/-2025135">5-moddasida</a> koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlgandagina rad etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686240" id="-6686240">Bunda shuni nazarda tutish kerakki, Nyu-York <a href="/acts/-2025135">Konvensiyasi</a> 5-moddasining 1-bandi asosida arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratishni rad etishga ushbu bandda koʻrsatilgan holatlarni isbotlovchi dalillar mavjud boʻlgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi. Nyu-York <a href="/acts/-2025135">Konvensiyasi</a> 5-moddasining 2-bandi asosida arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratishni rad etishga sudga qanday dalillar taqdim etilganligidan qatʼiy nazar, yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686241" id="-6686241">67. Iqtisodiy sudlarda chet davlat sudining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlar Kiyev <a href="/acts/-2654273">Bitimi</a>, <a href="/acts/-4907818">Kishinev</a>, <a href="/acts/-2741647">Minsk Konvensiyalari </a>hamda Oʻzbekiston Respublikasi va chet davlatlar oʻrtasida tuzilgan huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida koʻrib chiqiladi. Bunda Kiyev Bitimi, Minsk, Kishinyov Konvensiyalari<a href="/acts/-4907818"> </a>va Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalari ularning ishtirokchisi boʻlgan davlatlarning sud hujjatlariga nisbatan qoʻllanilishi inobatga olinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686242" id="-6686242">Agar Kiyev <a href="/acts/-2654273">Bitimi</a> yoki <a href="/acts/-2741647">Minsk</a>, <a href="/acts/-4907818">Kishinev Konvensiyalari</a> <a href="/acts/-2741647"> </a>ishtirokchisi boʻlmagan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi bilan huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzmagan chet davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisida iltimosnoma berilgan boʻlsa, bunday iltimosnomani qabul qilish IPK 154-moddasining <a href="/acts/-3523891#-6449450">1-bandi </a>asosida rad etiladi. Agar koʻrsatilgan holat iltimosnoma ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, ish boʻyicha IPK 110-moddasining <a href="/acts/-3523891#-6449328">1-bandiga </a>mos holda ish yuritish tugatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686243" id="-6686243">Agar Oʻzbekiston Respublikasi va ikki tomonlama oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma imzolagan davlat, oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi koʻp tomonlama shartnomaning ham ishtirokchilari boʻlsalar, sud chet davlat sudi qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi ishni koʻrib chiqishda ikki tomonlama shartnomaning qoidalarini, u bilan tartibga solinmagan huquqiy munosabatlar qismi boʻyicha esa, oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi koʻp tomonlama shartnoma qoidalarini qoʻllaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686244" id="-6686244">Sudlar chet davlat sudi hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinishi shartligiga eʼtibor qaratishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686245" id="-6686245">Xususan, IPKning <a href="/acts/-3523891#-3533490">251-moddasiga</a> koʻra, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686246" id="-6686246">1) arizachi tan olish va ijroga qaratishni soʻrayotgan chet davlat sudining hal qiluv qarori yoki uning chet davlatning yoki Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686247" id="-6686247">2) agar hal qiluv qarori matnining oʻzida koʻrsatilmagan boʻlsa, hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686248" id="-6686248">3) hal qiluv qarori qisman ijro etilganligi toʻgʻrisidagi hujjat, agar u tegishli chet davlat hududida ilgari ijro etilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686249" id="-6686249">4) oʻziga qarshi hal qiluv qarori qabul qilingan va sud protsessida ishtirok etmagan taraf ishni koʻrish vaqti hamda joyi toʻgʻrisida oʻz vaqtida va tegishli tartibda xabardor qilinganligini anglatuvchi hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686250" id="-6686250">5) vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686251" id="-6686251">6) chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizaning koʻchirma nusxasi qarzdorga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686252" id="-6686252">7) agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji hamda pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686253" id="-6686253">8) agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu moddaning <a href="/acts/-3523891#-3533496">1 — 5-bandlarida</a> koʻrsatilgan hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686254" id="-6686254">Agar chet davlat sudi hal qiluv qarorining tan olinishi va ijroga qaratilishi Kiyev <a href="/acts/-2654273">Bitimi </a>yoki <a href="/acts/-2741647">Minsk</a>, <a href="/acts/-2741647">Kishinev Konvensiyalari </a>asosida soʻralayotgan boʻlsa, iltimosnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar davlat tili yoki rus tiliga qilingan tarjimasi bilan birga tasdiqlangan holda taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686255" id="-6686255">Agar chet davlat sudi hal qiluv qarorining tan olinishi va ijroga qaratilishi Oʻzbekiston Respublikasining ikki tomonlama huquqiy yordam koʻrsatish haqidagi shartnomasi asosida soʻralayotgan boʻlsa, iltimosnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar ushbu shartnomada belgilangan tilda bayon etilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686256" id="-6686256">Sudlarning eʼtibori, chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish Kiyev <a href="/acts/-2654273">Bitimining</a> 9-moddasida, Minsk <a href="/acts/-2741647">Konvensiyasining</a> 55-moddasida, Kishinev <a href="/acts/-4907818">Konvensiyasining</a> 59-moddasida hamda Oʻzbekiston Respublikasining ikki tomonlama shartnomalarida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlgandagina rad etilishi mumkinligiga qaratilsin. Bunda xalqaro shartnomalarda koʻrsatilgan chet davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish asoslarining roʻyxati tugal hisoblanishi inobatga olinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686257" id="-6686257">Agar chet davlat sudi hal qiluv qarorining tan olinishi va ijroga qaratilishi Oʻzbekiston Respublikasining ikki tomonlama huquqiy yordam koʻrsatish haqidagi xalqaro shartnomasi asosida soʻralayotgan boʻlsa, qarorni tan olish va ijroga qaratish mazkur shartnomada nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6689269" id="-6689269">Chet davlat sudining ajrimini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi iltimosnoma qarorni tan olish va ijroga qaratish uchun nazarda tutilgan tartibda koʻriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686258" id="-6686258">68. Iqtisodiy sudlar chet davlat sudlari topshirigʻini ijro etish haqidagi ishlarni Kiyev <a href="/acts/-2654273">Bitimi</a>, <a href="/acts/-2741647">Minsk</a>, <a href="/acts/-4907818">Kishinev</a> va <a href="/acts/-2683556">Gaaga Konvensiyalari</a> hamda Oʻzbekiston Respublikasi va chet davlatlar oʻrtasida tuzilgan oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686259" id="-6686259">Sudlarga tushuntirilsinki, Kiyev <a href="/acts/-2654273">Bitimining</a> 5-moddasiga asosan huquqiy yordam koʻrsatishda yordam soʻralayotgan vakolatli sudlar va boshqa organlar bunday ishlarni koʻrishda oʻz davlatining qonunchilik hujjatlarini qoʻllaydilar. Shundan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudiga huquqiy yordam koʻrsatish haqidagi iltimosnoma bilan murojaat qilinganda, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686260" id="-6686260">Iqtisodiy sud tomonidan ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqlarni ijro etish, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, IPKda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686261" id="-6686261">Iqtisodiy sud IPKning <a href="/acts/-3523891#-3533428">247-moddasiga</a> muvofiq ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisida chet davlat sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari yoki xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda oʻziga berilgan topshiriqlarni (chaqiruv qogʻozlarini va boshqa hujjatlarni topshirish, yozma dalillar olish, ekspertiza oʻtkazish, joyni koʻzdan kechirish va boshqalarni) ijro etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686262" id="-6686262">Sudlar nazarda tutishlari kerakki, topshiriq quyidagi hollarda ijro etilmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686263" id="-6686263">1) sud topshirigʻini ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetiga zid boʻlsa yoki Oʻzbekiston Respublikasi xavfsizligiga tahdid solsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686264" id="-6686264">2) sud topshirigʻini ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudining vakolatiga kirmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686265" id="-6686265">3) ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi sud topshirigʻini oʻz ichiga olgan hujjatning haqiqiyligi aniqlanmasa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686266" id="-6686266">Chet davlat sudi topshirigʻi bilan bogʻliq ishni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi, u xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan tartibda soʻrayotgan tarafga joʻnatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686267" id="-6686267">Chet davlat sudi topshirigʻi ijro etilganda, ajrimga ijroni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686268" id="-6686268">Chet davlat sudi topshirigʻi ijro etilmagan taqdirda, ajrimda uning ijro etilmaganligining sabablari koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686269" id="-6686269">Sudlar agar sud topshirigʻi Oʻzbekiston Respublikasi bilan oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish haqida shartnoma imzolamagan, biroq 1954-yil 1-martda Gaaga shahrida tuzilgan “Fuqarolik protsessi masalalariga doir” <a href="/acts/-2702077">Konvensiya</a> <a href="/acts/-2683556"> </a>ishtirokchisi boʻlgan davlatdan kelib tushgan boʻlsa, chet davlat sudining topshirigʻi koʻrib chiqish uchun qabul qilinishi shartligini inobatga olishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686270" id="-6686270">69. Sudlarning eʼtibori chet el arbitrajlari iqtisodiy sudlarga sud topshirigʻi (ekspertiza oʻtkazish, taraflar eshitish, guvohlar, ekspertlar va arbitraj muhokamasining boshqa ishtirokchilarini soʻroq qilish) berishga haqli emasliklariga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686271" id="-6686271">Agarda bunday topshiriq taqdim etilgan boʻlsa, uni qabul qilish IPK 154-moddasining <a href="/acts/-3523891#-6449450">1-bandiga </a>mos holda rad etiladi. Agar koʻrsatilgan holat topshiriq ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, ish boʻyicha ish yuritish IPK 110-moddasining <a href="/acts/-3523891#-6449328">1-bandiga </a>muvofiq tugatiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6686272" id="-6686272">VII bob. Yakunlovchi qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6686273" id="-6686273">70. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudi chet ellik shaxslar ishtirokidagi nizolarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda xalqaro normalarni qoʻllashga doir sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishi va mazkur toifadagi ishlarni koʻrishda sud xatolarining oldini olish yuzasidan choralar koʻrishi lozim.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6686274" id="-6686274">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6686275" id="-6686275">Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6691133" id="-6691133">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6691135" id="-6691135">2023-yil 20-noyabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-6691137" id="-6691137">27-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
