1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.01.00 Nogironlar uchun imtiyozlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Nogironligi boʻlgan shaxslarning yer uchastkasini sotib olish xarajatlarini qoplash tartib-taomillarini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli ““Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Soʻnggi yillarda aholiga, shu jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslarga “Davlat xizmatlarini koʻrsatishda fuqaro eʼtibor markazida” tamoyili asosida davlat xizmatlarini qulay va oson shakllarda koʻrsatish koʻlamini kengaytirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Xususan, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlar boʻyicha 50 foiz miqdorda chegirma qoʻllash amaliyotga joriy etildi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizom.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashni jadallashtirish, ularga davlat xizmatlarini qulay va oson shakllarda koʻrsatish koʻlamini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat koʻrsatish]
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 28-sentabrdagi PQ-319-son qarori bilan 2023-yil 15-oktabrdan boshlab, dastlab 28 ta tuman (shahar)da eksperiment tariqasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatishning yangi tizimi yoʻlga qoʻyilgani;
Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya olish huquqlarini taʼminlash hamda davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini koʻrsatishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 14-oktabrdagi 539-son qarori bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning nomidan soʻrovnoma (ariza) kiritish yoʻli bilan koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar roʻyxati tasdiqlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
2. Belgilansinki, nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning yoki ularning vakillarining elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish boʻyicha murojaatlari:
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 122-son qarori bilan tasdiqlangan Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
2024-yil 1-yanvardan boshlab tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlari orqali;
2024-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali ham qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi 2024-yil 1-iyungacha:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq bir martalik toʻlovni YIDXP orqali ajratish joriy etilishini taʼminlasin;
YIDXPda bir martalik toʻlovni ajratishning har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
b) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning “E-auksion” platformasi orqali sotib olingan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinishini yoʻlga qoʻysin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.02.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga rioya etilishi yuzasidan YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
5. Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 23-martdagi 122-son qarorigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 27-oktabr,
566-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-oktabrdagi 566-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 23-martdagi 122-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning yoki ularning vakillarining elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash boʻyicha arizalari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinishi;
yer uchastkasi elektron onlayn-auksion orqali sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarning vakolatli organlardan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinishi;
bir martalik toʻlovni ajratish toʻgʻrisidagi ariza natijalari ariza beruvchilarga elektron shaklda yuborilishi;
elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olgan nogironligi boʻlgan shaxsga va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaga (keyingi oʻrinlarda — imtiyozli toifadagi shaxslar) bir martalik moddiy yordam koʻrsatish;
imtiyozli toifadagi shaxslarning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi va moliyalashtirish manbalari;
imtiyozli toifadagi shaxslarning murojaatlarini tumanlarda (shaharlarda) tashkil etiladigan Komissiya tomonidan koʻrib chiqish;
elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olgan imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxatini shakllantirish va yuritish”;
2. Ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ariza beruvchi — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan ekspertiza natijalari boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan fuqarolar va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilalar yoki ularning vakillari (imtiyozli toifadagi shaxslar);
yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega boʻlgan qismi;
elektron onlayn-auksion (keyingi oʻrinlarda — auksion) — yer uchastkasini sotib olish boʻyicha auksion tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash, qayta ishlash, shuningdek, istagi boʻlgan imtiyozli toifadagi shaxsning bunday auksionga kirish (qatnashish) imkonini taʼminlaydigan axborot tizimi;
yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish (keyingi oʻrinlarda — bir martalik toʻlov) — imtiyozli toifadagi shaxslarning auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun tegishlicha “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hisobidan ushbu jamgʻarmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar tomonidan bir martalik toʻlovlarni amalga oshirish;
Komissiya — tumanda (shaharda) nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqish va hal etish boʻyicha ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantiriladigan hamda tegishli tuman (shahar) hokimi qarori bilan tasdiqlanadigan komissiya.
3. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik toʻlov:
“Ayollar daftari”ga kiritilgan imtiyozli toifadagi shaxslar uchun — “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan imtiyozli toifadagi shaxslar uchun — “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan;
“Temir daftar”ga kiritilgan shaxslar uchun — “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan tegishlicha mazkur jamgʻarmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladi.
4. Ariza beruvchi bir martalik toʻlovni olish uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlariga oʻzi kelgan holda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.
5. Bir martalik toʻlov yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oilasi tarkibida nogironligi boʻlgan shaxslar sonidan qatʼi nazar, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda ajratiladi.
Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlari miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlganda toʻliq, xarajatlar miqdori ushbu chegaradan yuqori boʻlgan hollarda esa — xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlgan qismi qoplab beriladi.
6. Bir martalik toʻlov har bir imtiyozli toifadagi shaxsga moliyaviy yordam sifatida bir marta toʻlab beriladi.
7. Imtiyozli toifadagi shaxslarning auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlari ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq qoplab beriladi.
2-bob. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik toʻlovni amalga oshirish tartibi
8. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlari ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq soʻrovnomani elektron ravishda mustaqil toʻldiradi.
Ariza beruvchining auksion orqali sotib olgan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.
Ariza beruvchi auksion orqali yer uchastkasi sotib olgandan boshlab uch oy ichida sotib olish bilan bogʻliq xarajatni qoplab berish yuzasidan murojaat qilishi lozim.
Ushbu bandda koʻrsatilgan muddatdan (uch oy) kechikib berilgan soʻrovnomalar koʻrib chiqilmaydi.
Soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Soʻrovnomani koʻrib chiqqanlik uchun toʻlov undirilmaydi.
9. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik toʻlovni amalga oshirish komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlari Komissiya ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya ishchi organi) hisoblanadi.
10. Bir martalik toʻlovni amalga oshirish uchun imtiyozli toifadagi shaxslar quyidagi mezonlarga muvofiq kelishi kerak:
oxirgi 12 oy davomida oʻzi yoki oila aʼzolari nomida yashash uchun moʻljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud boʻlmasligi;
yer uchastkasi oxirgi uch oy ichida auksion orqali xarid qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan ekspertiza natijalari boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan, shuningdek, tegishliligi boʻyicha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ning birida turgan boʻlishi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
11. Ariza beruvchi uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilishining har qanday bosqichida bir martalik toʻlov olishni rad etish huquqiga ega. Ariza beruvchi bir martalik toʻlov olishni rad etganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
12. Komissiya ishchi organi hisobot oyining 20-sanasiga qadar:
bir martalik toʻlov yuzasidan soʻrovnoma yuborgan imtiyozli toifadagi shaxslarning roʻyxatini shakllantiradi;
vakil tomonidan murojaat etilganda vakillikni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligini tekshiradi;
bir martalik toʻlov yuzasidan murojaat qilgan imtiyozli toifadagi shaxslarning soʻrovnomalarini komissiyaga taqdim etadi.
13. Komissiya hisobot oyining 25-sanasiga qadar:
a) imtiyozli toifadagi shaxslarning ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiqligini oʻrganadi.
Bunda:
imtiyozli toifadagi shaxslarning oʻn ikki oy davomida oʻzi yoki oila aʼzolari nomida yashash uchun moʻljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud emasligi mezoniga muvofiqligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tuman (shahar) boʻlimi tomonidan;
shaxsning nogironlik holati tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan;
oila tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs borligi tuman (shahar) Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan aniqlanadi;
b) imtiyozli toifadagi shaxslar uchun bir martalik toʻlovni moliyalashtirish manbai quyidagi tartibda aniqlashtiriladi:
“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan imtiyozli toifadagi shaxslar uchun tegishlicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hisobidan;
“Temir daftar”ga kiritilgan shaxslar uchun “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan;
v) ”Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilmagan imtiyozli toifadagi shaxslarni muvofiqligi boʻyicha ulardan biriga kiritish choralarini koʻradi hamda mazkur bandning “b” kichik bandiga muvofiq moliyalashtirish manbaini aniqlaydi.
Bunda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”dan biriga kiritilishi lozim boʻlgan imtiyozli toifadagi shaxslarning arizalarini koʻrib chiqish keyingi hisobot oyiga qadar kechiktirilishi mumkin;
g) oʻrganish jarayonida imtiyozli toifadagi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga aniqlik kiritish maqsadida tegishli tashkilotlardan zarur maʼlumotlar soʻrab olinishi mumkin;
d) imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik toʻlovni amalga oshirish masalasini Komissiya aʼzolarining umumiy yigʻilishida koʻrib chiqadi hamda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari hisobidan mablagʻlar ajratish maqsadida moliyalashtirish manbaini koʻrsatgan holda, imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxatini tegishliligi boʻyicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining Vasiylik kengashlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga kiritadi.
14. Oʻrganish natijalariga koʻra imtiyozli toifadagi shaxslarning maʼlumotlari boʻyicha ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan mezonlarga nomuvofiqlik (shu jumladan, tegishli tashkilotlardan aniqlik kiritish maqsadida olingan maʼlumotlar asosida) aniqlangan taqdirda, Komissiya tomonidan bir martalik toʻlovni ajratish rad etiladi hamda bu haqda bir ish kunida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xabarnoma rad etishning aniq asoslarini qonunchilik hujjatlari bilan asoslagan holda rasmiylashtiriladi va tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlariga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki YIDXP orqali ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Bir martalik toʻlovni boshqa asoslar boʻyicha ajratishni rad etish taqiqlanadi.
15. Komissiya tomonidan kiritilgan roʻyxat asosida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining Vasiylik kengashlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi hisobot oyining 30-sanasiga qadar tegishliligi boʻyicha “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari hisobidan imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik toʻlov uchun mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi.
Bunda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining Vasiylik kengashlari yoki xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik toʻlov uchun mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi qarori QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan shaklda rasmiylashtiriladi hamda shu kunning oʻzida Komissiya ishchi organiga yuboriladi.
Komissiya ishchi organi bir ish kunida imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik toʻlov uchun mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi qarorni YIDXP orqali ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yoki oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, qogʻoz shaklida taqdim etadi.
16. Tuman (shahar) hokimligi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining Vasiylik kengashi yoki xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qaroriga muvofiq besh ish kunida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining Vasiylik kengashlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining tegishli qarorlari asosida imtiyozli toifadagi shaxslarning arizasida koʻrsatilgan bank plastik hisobvaragʻiga mablagʻ oʻtkazilishini taʼminlaydi.
17. Komissiya bir ish kunida bir martalik toʻlov oʻtkazib berilganligi haqida har bir imtiyozli toifadagi shaxsga YIDXP orqali ularning shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboradi yoki axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
3-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
18. Komissiya doimiy faoliyat yuritadi hamda uning aʼzolari jamoatchilik asosida ishlaydi.
19. Komissiya oʻz vakolatlariga tegishli masalalarni Komissiya raisi boshchiligida zarur hollarda oʻtkaziladigan yigʻilishlarda koʻrib chiqadi.
20. Komissiya raisi:
Komissiyaning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ish rejasi bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
Komissiyaning yigʻilishlarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
Komissiya vakolatiga tegishli boʻlgan masalalarni uning yigʻilishlarida koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Komissiya qarorlarini tasdiqlaydi.
21. Komissiya kotibi:
Komissiya raisining topshiriqlariga asosan uning aʼzolarini komissiya yigʻilishining oʻtkaziladigan joyi, vaqti va sanasi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Komissiya ish rejalarini tayyorlaydi;
Komissiya bayonnomalarini yuritadi va tasdiqlangan bayonnomalarni komissiya aʼzolariga yuboradi;
Komissiya dalolatnomalari va xulosalarini manzillarga yetkazadi;
Komissiya ish yurituvini taʼminlaydi.
22. Komissiyaning barcha yigʻilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va qaror shaklida qabul qilinadi.
23. Komissiya ishining tashkiliy shakli yigʻilish hisoblanadi.
Komissiya yigʻilishlari uning aʼzolarining roʻyxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda oʻtkaziladi.
Komissiya yigʻilishlari videokonferensaloqa shaklida ham oʻtkazilishi mumkin.
24. Komissiya hujjatlari tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlarida belgilangan muddatgacha saqlanadi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
25. Vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar haqidagi maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi lozim.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi ushbu Nizom talablarining ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
27. Ariza beruvchi bir martalik toʻlovni ajratishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi ushbu Nizom doirasida ajratilgan mablagʻlar maqsadli sarflanishini nazorat qiladi.
29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqish va hal etish komissiyasining
tuman (shahar) hokimining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari
3.
Lavozimiga koʻra
—
tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari
4.
Lavozimiga koʻra
—
tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari
5.
Lavozimiga koʻra
—
tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi
6.
Lavozimiga koʻra
—
tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi
7.
Lavozimiga koʻra
—
tuman (shahar) adliya boʻlimi boshligʻi
8.
Lavozimiga koʻra
—
tuman (shahar) hokimligining turar joylar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi
9.
Lavozimiga koʻra
—
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi
10.
Lavozimiga koʻra
—
Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi
11.
Lavozimiga koʻra
—
tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlaridan masʼul xodim, komissiya masʼul kotibi
Izoh. Komissiya aʼzosi boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish
Nogironligi boʻlgan shaxs va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning aʼzosi yoki vakillari ularning (keyingi oʻrinlarda — imtiyozli toifadagi shaxslar)
Elektron onlayn-auksion vositasi orqali sotib olingan yer uchastkasi xarajatlarini qoplab berish yuzasidan tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlariga — Komissiya ishchi organiga yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra uch oy ichida
2-bosqich
Komissiya ishchi organi
Bir martalik toʻlov yuzasidan soʻrovnoma yuborgan imtiyozli toifadagi shaxslarning roʻyxatini shakllantiradi;
vakil tomonidan murojaat etilganda, vakillikni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligini tekshiradi;
bir martalik toʻlov yuzasidan murojaat qilgan imtiyozli toifadagi shaxslarning soʻrovnomalarini Komissiyaga taqdim etadi.
Har oyning 20-sanasiga qadar
3-bosqich
Komissiya
Roʻyxat boʻyicha imtiyozli toifadagi shaxslarning mezonlarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi hamda moliyalashtirish manbaini aniqlaydi.
Bir martalik toʻlovni ajratish maqsadida moliyalashtirish manbaini koʻrsatgan holda, imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxatini tegishliligi boʻyicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining Vasiylik kengashlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga kiritadi.
Har oyning 25-sanasiga qadar
4-bosqich
“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining Vasiylik kengashlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi
“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari hisobidan imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik toʻlov uchun mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida navbatdagi yigʻilishlarda belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi.
Ariza beruvchilar ushbu Nizomning 10-bandida belgilangan mezonlarga muvofiq boʻlganda, ularga bir martalik toʻlov ajratish toʻgʻrisida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan qarorni rasmiylashtiradi va shu kunning oʻzida Komissiya ishchi organiga yuboradi.
Har oyning 30-sanasiga qadar
5-bosqich
Komissiya ishchi organi
Imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik toʻlov uchun mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi qarorni YIDXP orqali ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yoki oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, qogʻoz shaklida yuboradi.
1 ish kunida
6-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi
“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalarining Vasiylik kengashlari hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi boʻyicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarorlariga muvofiq “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari hisobidan imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik toʻlov ularning bank plastik hisobvaragʻiga oʻtkazilishini taʼminlaydi.
5 ish kunida
7-bosqich
Komissiya
Bir martalik toʻlov oʻtkazib berilgani haqida har bir imtiyozli toifadagi shaxsga YIDXP orqali ularning shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboradi yoki axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
1 ish kunida
Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish uchun