1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatilishini qo‘shimcha rag‘batlantirish, hamda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilg‘i sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va ko‘mir sanoati);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrota’minot;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari]
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-maydan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/204/0277-son)
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qaroriga muvofiq elektr energiyasining yirik iste’molchilari — yuridik shaxslar tomonidan tungi davrda (soat 2200 dan 2400 gacha va soat 0000 dan 0600 gacha) foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlar belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda kamayuvchi koeffitsiyentni ko‘llash orqali hisob-kitob qilinishi o‘rnatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrota’minot;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gazta’minoti;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash]
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi 2023-yil 1-oktabrdan boshlab:
tabiiy gaz va elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, sotish tariflarini hamda issiqlik energiyasini ishlab chiqarish tariflarini;
elektr va issiqlik energiyasi, shuningdek, tabiiy gaz iste’molchilaridan va ulgurji qayta sotuvchilardan tushadigan mablag‘larni taqsimlash tartibini;
temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish xizmatlari va boshqa tariflarni qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi 897-sonli “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarori.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va oqova suv xizmatlariga, shahar yo‘lovchilar tashish transportida (bundan yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilar mustasno) yo‘lovchilar tashish xizmatlariga yangi tariflarni belgilash tavsiya etilsin.
Bunda, issiqlik ta’minoti xizmatlarining aholi uchun belgilanadigan narxlari joriy kuz-qish mavsumida oshirilmasligi belgilansin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zkommunxizmat” agentligining 2011-yil 19-yanvardagi 1, 2, 01-88-sonli qarori bilan tasdiqlangn Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish bo‘yicha nizom (ro‘yxat raqami 2198, 2011-yil 19-fevral).
Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur bandda belgilangan tariflarni qayta ko‘rib chiqishda narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olish choralarini ko‘rsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash]
4. Quyidagilar:
Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Energetika infratuzilmasining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh) tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrota’minot;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gazta’minoti;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash]
5. Komissiya:
a) quyidagilarni:
ikki hafta muddatda neft-gaz va energetika sohasini rivojlantirish, yoqilg‘i-energetika resurslarini yetkazib berish sifatini yaxshilash va ularning narxlarini takomillashtirishga oid mavzularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish bo‘yicha media-rejani;
2023-yil 15-oktabrga qadar energiya resurslari iste’molini maqbullashtirish, yo‘qotishlarini kamaytirish va ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish dasturini;
2023-yil 20-oktabrga qadar texnologik jarayonlarni hamda material va xom ashyo resurslarini sarflash normalarini, foydalanish va ishlab chiqarishga oid bo‘lmagan xarajatlarni qisqartirish dasturini;
2023-yil 1-noyabrga qadar energetika korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish va boshqa xarajatlarni kamaytirish hisobiga ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini o‘rtacha 8 — 10 foizga qisqartirishni nazarda tutuvchi maqsadli ko‘rsatkichlarni;
2023-yil 15-noyabrga qadar uy xo‘jaliklarida elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash, ulardan samarali foydalanish loyihalari uchun 2024-yilda imtiyozli resurslarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni;
2023-yil 1-dekabrga qadar elektr energiyasi va tabiiy gazni iste’molchilarga uzatishdagi yo‘qotishlarni hisoblash uslubiyatini;
2023-yil 15-dekabrga qadar energetika korxonalari tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini maqbullashtirish, ularning samaradorligini oshirish va xaridlar jarayonlari shaffofligini tashkil qilish orqali investitsiya xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqlasin;
b) tizimli ravishda:
hududlarda tarif oshishi bilan bog‘liq muammolarni oldindan aniqlab, ularni joyida hal qilib borsin;
hududlarda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida chakana narxlar keskin oshib ketishining oldi olinishini ta’minlasin;
yirik sanoat va infratuzilma obyektlari, shu jumladan elektr stansiyalari yoqilg‘i bilan uzluksiz ta’minlanishini tashkil etsin;
aholi va tadbirkorlik subyektlarini energiya resurslari bilan ta’minlashda vujudga kelayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rsin;
tariflar oshishining iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga ta’siri, shu jumladan iste’mol tovarlari narxlari keskin oshishining oldini olish, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida ishlab chiqarish tannarxini va ishlab chiqariladigan mahsulotlarga sarf qilinadigan energiya resurslari miqdorini kamaytirish bo‘yicha choralarni belgilab borsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrota’minot;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gazta’minoti]
6. Ishchi guruh (Ramatov):
a) tizimli ravishda:
respublika hududlarida elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlari hamda qurilmalarining holatini o‘rganib, ularning barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin;
elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlari hamda qurilmalarini kapital ta’mirlash, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlasin hamda mazkur ishlarning yakunlari bo‘yicha obyektlarni qabul qilib borsin;
mazkur vazifalarni amalga oshirishda vujudga kelayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal qilib borsin;
b) har o‘n kunda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrota’minot;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gazta’minoti;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari]
7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi hamda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida:
o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunalari tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimiga to‘liq ulanganligini va onlayn rejimda ma’lumotlar uzatilayotganligini qat’iy nazorat qilib borsin;
noqonuniy ulanish, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish va noqonuniy iste’mol qilishning boshqa holatlarini, shuningdek, ularni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlarini yanada kuchaytirsin;
tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi bir kub metr uchun 2024-yil 1-iyungacha 3 350 so‘mdan, 2024-yil 1-avgustgacha 3 750 so‘mdan oshib ketmasligi bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rsin;
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-maydagi 301-sonli qarori tahririda)
Bunda, onlayn rejimda ma’lumotlar uzatmayotgan, chakana sotishda cheklangan narxning asossiz oshirilishiga, noqonuniy ulanishga, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj va noqonuniy iste’mol qilinishiga yo‘l qo‘ygan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga tabiiy gaz yetkazib berishni to‘xtatish choralari ko‘rilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-fevraldagi PQ-54-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Sh.A. Aminov mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar ijrosini samarali tashkil qilishga shaxsan javobgar ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gazta’minoti]
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-maydagi PQ-157-son qaroriga muvofiq tabiiy gaz hajmining aniq hisobini yuritish maqsadida tabiiy gazni qabul qilish va uzatishning barcha nuqtalariga onlayn elektron hisoblagichlarni o‘rnatish, ularni soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali yagona avtomatlashtirilgan tabiiy gaz harakati tizimini joriy etish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Soliq qo‘mitasi hamda Energetika vazirligiga tabiiy gazni qazib olishdan yakuniy iste’molchilarga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonlarni to‘liq avtomatlashtirish orqali uning aniq hisobini yuritish bo‘yicha ishlar lozim darajada olib borilmaganligi ko‘rsatib o‘tilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov bu borada amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 G‘aznachilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrota’minot;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gazta’minoti;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash]
9. Belgilansinki, 2023-yil 1-oktabrdan boshlab “UzGasTrade” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalarining mahsulot sotishdan tushadigan barcha tushumlari Yagona g‘azna hisobvarag‘ida yuritiladi.
Bunda, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi qaroriga asosan belgilanadigan mablag‘lar taqsimoti asosida Yagona g‘azna hisobvarag‘iga tushgan mablag‘lar shu kunning o‘zida mazkur korxonalarning xizmat ko‘rsatuvchi banklardagi hisobvaraqlariga o‘tkazib beriladi.
Soliq qo‘mitasi elektr energiyasi va tabiiy gazni yakuniy iste’molchilarga sotishdan tushadigan tushumlar mazkur korxonalarning Yagona g‘azna hisobvarag‘ida yuritiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga tushishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Energetika vazirligi ushbu qarorga muvofiq elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi narxlari barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yetkazilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va kuchga kirishi]
13. Belgilansinki, ushbu qaror 2023-yil 1-oktabrdan e’tiboran kuchga kiradi.
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
15. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/204/0277-son)
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentabrdagi 475-son qaroriga 2-ILOVA
Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish komissiyasi
TARKIBI
1.
A.N. Aripov
—
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya raisi
2.
J.T. Mirzamahmudov
—
O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri, Komissiya raisining o‘rinbosari
3.
Kelishuvga ko‘ra
—
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o‘rinbosari
4.
Kelishuvga ko‘ra
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari
5.
B.B. Xodjayev
—
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari
6.
L.Sh. Kudratov
—
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri
7.
A.D. Tashkulov
—
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri
8.
Sh.Sh. Sharaxmetov
—
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi
9.
Lavozimi bo‘yicha
—
Yoqilg‘i-energetika sohasi korxonalari rahbarlari
Izoh. Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentabrdagi 475-son qaroriga 3-ILOVA
Energetika infratuzilmasining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha ishchi guruhi
TARKIBI
1.
A.J. Ramatov
—
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘rinbosari, Ishchi guruh raisi
2.
Kelishuvga kura
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari, Ishchi guruh raisi o‘rinbosari
3.
P.R. Bobojonov
—
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri
4.
Kelishuvga kura
—
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari
5.
J.T. Mirzamahmudov
—
O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri
6.
I.I. Norqulov
—
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari
7.
Kelishuvga kura
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti direktori
8.
I.A. Nimatullayev
—
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligi, Ishchi guruh ishchi organi
Izoh.
Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ishchi guruh ishchi organi ovoz berish huquqiga ega bo‘lmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentabrdagi 475-son qaroriga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2024-y., 09/24/319/0406-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida” 2019-yil 30-iyuldagi 633-son qarorida:
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentabrdagi 475-son qaroriga 5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari ta’minotida bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida” 2022-yil 30-iyundagi 348-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari ta’minotida bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida” 2022-yil 30-iyundagi 348-son qarorining amal qilishini vaqtincha to‘xtatib turish haqida” 2022-yil 14-iyuldagi 387-son qarori.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2023-y., 09/23/475/0708-son; 17.04.2024-y., 09/24/204/0277-son, 10.06.2024-y., 09/24/319/0406-son)