1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.01.00.00 Sudga oid umumiy masalalar va sud tuzilishi. Sud islohoti]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Umumiy masalalar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunining:
12-moddasiga muvofiq ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chogida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish komissiyasi tomonidan yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinishi mumkinligi;
13-moddasiga muvofiq ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 83, 84-moddalari.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid shikoyatlarini ko‘rib chiqish;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi;
shikoyatlarni ko‘rib chiqishda murojaat etuvchilarning teng huquqliligi, xolislik, qonuniylik, kollegiallik va huquqni qo‘llash amaliyotining bir xilligi prinsiplariga qat’iy rioya qilish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi 2024-yil 1-fevralga qadar Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish reyestri axborot tizimini ishga tushirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 29-avgust,
426-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-avgustdagi 426-son qaroriga ILOVA
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
1. Mazkur Nizom jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal etish to‘g‘risidagi ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan ko‘chmas mulklar — yer uchastkalari, binolar, inshootlar, shu jumladan, qurilishi tugallanmagan obyektlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar, mulkiy majmua sifatidagi korxonalar;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish — jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligini davlat tomonidan tan olish;
manfaatdor shaxs — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organda faoliyat yuritayotgan yoki faoliyat yuritgan ro‘yxatdan o‘tkazuvchining harakatlari (harakatsizligi) qaratilgan yoxud bunday harakat (harakatsizlik) huquq va qonuniy manfaatlariga daxl etgan boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs;
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi;
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari rahbarlari tomonidan tayinlanadigan mas’ul shaxslar;
hududiy boshqarma — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari;
komissiya — ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiquvchi organ;
apellyatsiya komissiyasi — komissiyaning qaroridan norozi bo‘lgan manfaatdor shaxs yoki ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan berilgan murojaatlarni ko‘rib chiquvchi kollegial organ.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
3. Manfaatdor shaxs ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilmagan, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazuvchining harakatlari (harakatsizligi) uning fuqarolik huquqlarini buzgan deb hisoblasa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchining harakatlari (harakatsizligi) ustidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan tashkil etiladigan komissiyaga shikoyat qilishi mumkin.
Manfaatdor shaxs komissiyaning qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tashkil etiladigan apellyatsiya komissiyasiga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
4. Komissiyaga murojaat qilish va murojaatlarni ko‘rib chiqish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Komissiya va apellyatsiya komissiyasining qarorlaridan norozi bo‘lgan holatlarda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq nizolar sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
Bunda sudlarda ko‘rib chiqilgan yoki ko‘rib chiqilayotgan nizolar komissiya tomonidan takroran ko‘rib chiqilmaydi.
2-bob. Komissiyani shakllantirish va uning vazifalari
5. Komissiya ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ rahbarining buyrug‘iga asosan ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaviy tarkibda tuziladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
6. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi shaxs yoxud davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etgan shaxs komissiya a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
7. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning yoki uning hududiy boshqarmasining rahbari (yoki rahbar vazifasi yuklangan shaxs) komissiya raisi hisoblanadi.
Komissiya raisi:
komissiyaning faoliyatini va uning reglamentga rioya etishini tashkil etadi;
manfaatdor shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish joyini, sanasini va vaqtini belgilaydi;
komissiya majlislarini o‘tkazadi va ularda raislik qiladi.
Komissiya raisi komissiya tomonidan ishning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va vijdonan bajarilishini tashkil etish uchun javobgar bo‘ladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
8. Komissiya kotibi manfaatdor shaxslar murojaatlarining va komissiya ishi bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarning saqlanishi uchun javobgar bo‘ladi.
9. Komissiya o‘z faoliyatini mazkur Nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
3-bob. Komissiya va Apellyatsiya komissiyasining vazifalari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
10. Quyidagilar komissiyaning vazifalari hisoblanadi:
jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini ushbu Nizom va qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq ko‘rib chiqish;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal qilish choralarini ko‘rish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
11. Quyidagilar Apellyatsiya komissiyasining vazifalari hisoblanadi:
komissiyaning qaroridan norozi bo‘lgan manfaatdor shaxs yoki ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan berilgan shikoyatlarni ushbu Nizom va qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq ko‘rib chiqish;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal qilish choralarini ko‘rish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
12. Komissiya va Apellyatsiya komissiyasi ariza hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqishda:
teng huquqlilik, xolislik, qonuniylik, kollegiallik va huquqni qo‘llash amaliyotining bir xilligini ta’minlash;
murojaat etuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish prinsiplariga asoslanadi.
4-bob. Komissiya va Apellyatsiya komissiyasining huquqlari hamda majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
13. Komissiya va Apellyatsiya komissiyasi murojaatlarni ko‘rib chiqishda quyidagi huquqlarga ega:
davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlaridan komissiya va apellyatsiya komissiyasi vakolatlariga taalluqli masalalar bo‘yicha ma’lumotnomalar, axborot-tahliliy materiallarni belgilangan tartibda so‘rash va bepul olish;
zarurat bo‘lganda, murojaatlarni ko‘rib chiqishda qatnashish uchun davlat organlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlaridan mutaxassislar va ekspertlarni taklif qilish;
komissiya va apellyatsiya komissiyasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
14. Komissiya va apellyatsiya komissiyasi murojaatlarni ko‘rib chiqishda quyidagilarga majbur:
jismoniy va yuridik shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitishga, ularning shaxsiy hayotiga aralashuvga yo‘l qo‘ymasligi;
murojaatlarni ko‘rib chiqish yuzasidan qabul qilingan qarorlar haqqoniyligini va asoslanganligini ta’minlashi;
murojaatlarni ko‘rib chiqish davomida olingan axborotning, agar bunday axborotni tarqatish qonun bilan cheklangan bo‘lsa, sir saqlanishiga rioya qilishi.
Komissiya va apellyatsiya komissiyasiga murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
5-bob. Komissiyaga murojaat qilish va murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
15. Manfaatdor shaxs komissiyaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga kelgan nizolarni sudgacha hal etish bo‘yicha yozma yoki ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
16. Jismoniy shaxsning murojaatida uning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi, elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va ko‘chmas mulkning joylashgan joyi (pochta manzili) haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va joylashgan joyi (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Manfaatdor shaxs arizaga ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ma’lumotlar va hujjatlarni ham ilova qilish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
17. Manfaatdor shaxsdan mazkur Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan boshqa ma’lumotlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
18. Komissiya manfaatdor shaxsning murojaatini kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n ish kuni ichida ko‘rib chiqishi shart.
Murojaatlarning soni bir yoki bir nechta bo‘lishidan qat’i nazar, murojaatlar komissiya tomonidan mazkur bandda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
19. Komissiya kotibi kelib tushgan murojaatlarni shu kunning o‘zida ro‘yxatga oladi.
Komissiya kotibi kelib tushgan murojaatlarning to‘liqligini hamda undagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
20. Jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi hamda joylashgan joyi (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilgan murojaat, shuningdek, shaxsni identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan elektron murojaat yoki imzolanmagan va anonim yozma murojaat komissiya tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
Murojaat rad etilgan taqdirda, tegishli xulosa tuziladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanib, murojaat etgan shaxs bu haqda bir ish kuni ichida xabardor qilinadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
21. Komissiya kotibi komissiya a’zolarini hamda manfaatdor shaxsni komissiya majlisi o‘tkaziladigan kundan kamida uch kun oldin xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
22. Komissiya yig‘ilishi komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Yig‘ilishni o‘tkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, komissiyaning yangi majlisi o‘tkaziladigan sana va vaqti e’lon qilinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
23. Manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili komissiya tomonidan murojaatlar ko‘rib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
24. Komissiya a’zolari komissiya majlisida murojaatni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, ko‘rib chiqilayotgan murojaatdagi masalaga doir barcha holatlarni e’tiborga olgan holda quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni bekor qilish;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishni bekor qilish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni o‘z kuchida qoldirish;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishni o‘z kuchida qoldirish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
25. Komissiya qarori komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
26. Komissiya qarori uning kotibi tomonidan bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
27. Bayonnomada tegishliligi bo‘yicha manfaatdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, ko‘chmas mulk haqidagi tegishli ma’lumotlar hamda komissiya tomonidan mazkur murojaat yuzasidan qabul qilingan qaror ko‘rsatilishi kerak.
Bayonnoma komissiyaning har bir a’zosi tomonidan imzolanadi hamda tasdiqlash uchun komissiya raisiga taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
28. Komissiya kotibi komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnoma nusxasi shu kunning o‘zida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi va manfaatdor shaxsga elektron pochta orqali yoki ularning yashash yoki joylashgan joyiga (pochta orqali) yetkazilishini ta’minlaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
29. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda nizolarni sudgacha hal qilish reyestri (keyingi o‘rinlarda — reyestr) shakllantiriladi hamda unga kelib tushgan shikoyatlar hamda komissiya qarori bilan rasmiylashtiriladigan bayonnomalar kiritib boriladi.
Reyestr O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan elektron shaklda yuritiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
30. Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq yuzasidan aniqlangan yangi holatlar asosida komissiya tomonidan qabul qilingan qaror qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
6-bob. Komissiya qarori yuzasidan berilgan murojaatlarni Apellyatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqish
31. Apellyatsiya komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining buyrug‘iga muvofiq mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan namunaviy tarkibda tuziladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.01 Ko‘char va ko‘chmas mol-mulk]
32. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi shaxs yoxud davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etgan shaxs apellyatsiya komissiyasi a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
33. Komissiya xulosasidan norozi bo‘lgan manfaatdor shaxs ro‘yxatdan o‘tkazuvchi komissiya xulosasini olgan kundan boshlab ikki oy muddatda yozma yoki ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
34. Apellyatsiya komissiyasining yig‘ilishi, agar unda apellyatsiya komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Yig‘ilishni o‘tkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, apellyatsiya komissiyasining yangi yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana va vaqti e’lon qilinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
35. Manfaatdor shaxs yoki ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan berilgan shikoyat apellyatsiya komissiyasi tomonidan o‘n ish kunida ko‘rib chiqiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
36. Apellyatsiya komissiyasi kotibi apellyatsiya komissiyasi a’zolarini, ro‘yxatdan o‘tkazuvchini hamda manfaatdor shaxsni apellyatsiya komissiyasi yig‘ilishi o‘tkaziladigan kundan kamida uch kun oldin xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
37. Manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi apellyatsiya komissiya tomonidan murojaatlar ko‘rib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
38. Apellyatsiya komissiyasi manfaatdor shaxs yoki ro‘yxatdan o‘tkazuvchining apellyatsiyasini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha komissiya qarorini bekor qilish yoki o‘z kuchida qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda uni apellyatsiya komissiyasi kotibi bayonnoma shaklida rasmiylashtiradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish]
39. Apellyatsiya komissiyasining qarori komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, apellyatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.07.00 Elektron pochta]
40. Apellyatsiya komissiyasining kotibi bayonnoma manfaatdor shaxs va ro‘yxatdan o‘tkazuvchiga elektron pochta orqali yoki ularning yashash yoki joylashgan joyiga (pochta orqali) yetkazilishini ta’minlaydi hamda reyestrga kiritadi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
41. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiquvchi komissiyaga murojaat qilish va murojaatlarni ko‘rib chiqish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Manfaatdor shaxs
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda Davlat kadastrlari palatasi mas’ul xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilib, Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiquvchi komissiyaga (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) yozma ravishda yoki Davlat kadastrlari palatasining rasmiy veb-sayti orqali ariza beradi.
Zaruratga ko‘ra
2-bosqich
Komissiya
1. Manfaatdor shaxsning arizasini ko‘rib chiqadi.
2. Arizada keltirilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga kelgan nizolarni sudgacha hal qilish choralarini ko‘radi.
3. Manfaatdor shaxsning arizasini uning xohishiga ko‘ra manfaatdor shaxs va Komissiya a’zolari ishtirokida Komissiya majlisida muhokama qiladi.
4. Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi.
O‘n ish kuni muddatda
3-bosqich
Manfaatdor shaxs
Komissiya qaroridan norozi bo‘lganda, yozma ravishda yoki Davlat kadastrlari palatasining rasmiy veb-sayti orqali Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qiladi.
Komissiya qarorini olgan kundan boshlab ikki oy muddatda
4-bosqich
Apellyatsiya komissiyasi
1. Manfaatdor shaxsning murojaatini ko‘rib chiqadi.
2. Manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili hamda Davlat kadastrlari palatasining ro‘yxatdan o‘tkazuvchi mas’ul xodimiga Apellyatsiya komissiyada murojaat ko‘rib chiqilishida ishtirok etish huquqini beradi.
3. Manfaatdor shaxsning arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Komissiyaning qarorini bekor qilish yoki o‘z kuchida qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
O‘n ish kuni muddatda
5-bosqich
Manfaatdor shaxs
Komissiya va apellyatsiya komissiyasining qarorlaridan norozi bo‘lgan holatlarda sudga shikoyat qiladi.
Belgilangan muddatlarda
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish komissiyasining
NAMUNAVIY TARKIBI
Lavozimiga ko‘ra
—
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi boshligi, komissiya raisi
Lavozimiga ko‘ra
—
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi boshligi o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari
Lavozimiga ko‘ra
—
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hududiy boshqarmasining mas’ul xodimi
Lavozimiga ko‘ra
—
Adliya vazirligi hududiy boshqarmasining mas’ul xodimi
Lavozimiga ko‘ra
—
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi hududiy boshqarmasining mas’ul xodimi
Lavozimiga ko‘ra
—
Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining mas’ul xodimi
Lavozimiga ko‘ra
—
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasi hududiy boshqarmasining mas’ul xodimi, komissiya kotibi
Izoh. Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish komissiyasi qarorlari yuzasidan berilgan murojaatlarni ko‘rib chiqadigan apellyatsiya komissiyasining
NAMUNAVIY TARKIBI
Lavozimiga ko‘ra
—
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari, apellyatsiya komissiyasi raisi
Lavozimiga ko‘ra
—
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining yuridik xizmati boshligi
Lavozimiga ko‘ra
—
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining mas’ul xodimi
Lavozimiga ko‘ra
—
Adliya vazirligining mas’ul xodimi
Lavozimiga ko‘ra
—
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining mas’ul xodimi
Lavozimiga ko‘ra
—
Advokatlar palatasining mas’ul xodimi
Lavozimiga ko‘ra
—
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining mas’ul xodimi, apellyatsiya komissiyasi kotibi
Izoh. Apellyatsiya komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2023-y., 09/23/426/0663-son)