|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarini bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4348-son qaroriga muvofiq, sifat menejmentining zamonaviy usullarini va xalqaro standartlarni elektrotexnika sanoatiga keng joriy etish hamda Xalqaro elektrotexnika komissiyasi bilan oʻzaro hamkorlikning mustahkamlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarini bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 8-avgust,
PQ-269-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-avgustdagi PQ-269-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarini bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 11-pozitsiyaning “Toʻlovchilar nomi” ustunidagi “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 51-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
||
|
51. |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
Xalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosi |
|
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti | ||
|
Standartlash, metrologiya va sertifikatlash boʻyicha davlatlararo kengash | ||
|
Qonunchilik metrologiyasi xalqaro tashkiloti | ||
|
Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti | ||
|
Xalqaro elektrotexnika komissiyasi | ||
|
”. |
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 07/23/269/0567-son)