Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Yurtimizda 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan referendumda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi tomonidan yoqlab ovoz berish orqali qabul qilinganligi unda xalqimizning Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha orzu-umidlari va intilishlari oʻz aksini topganligidan dalolat bermoqda.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi Oʻzbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi.
Referendum koʻp millatli buyuk xalqimizning birdamligi va hamjihatligi, suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurishga qatʼiy qaror qilganligining ishonchli ifodasi boʻldi.
Xususan, Konstitutsiyada davlat qurilishining yangi strategik maqsadi — ijtimoiy davlat qurish ekanligi belgilab berildi, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etildi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi.
Hokimiyatlar boʻlinishi prinsipi hamda oʻzaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimining zamonaviy konsepsiyasini hisobga olgan holda, Oliy Majlis, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati oʻrtasida vakolatlar qayta taqsimlandi. Joylarda hokimlar va xalq deputatlari Kengashlari vakolatlari taqsimlanishiga asoslangan davlat hokimiyatini tashkil etishning yangi modeli nazarda tutildi.
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini soʻzsiz va toʻliq amalga oshirish, unda mustahkamlangan ustuvor prinsiplarni Yangi Oʻzbekiston ulugʻvor gʻoyasiga hamohang tarzda roʻyobga chiqarish, davlat organlarining faoliyatini yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda yoʻlga qoʻyish, fuqarolar oʻz hayotida xalq Konstitutsiyasi ruhini yaqqol his etib turishini taʼminlash maqsadida:
1. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani soʻzsiz va toʻliq amalga oshirish barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi navbatdagi ustuvor vazifasi etib belgilansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyani amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;
yangi tahrirdagi Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega ekanligidan kelib chiqib, davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida toʻgʻridan-toʻgʻri va soʻzsiz qoʻllaniladi;
yangi tahrirdagi Konstitutsiya normalarini ularni amalga oshirish uchun boshqa qonunchilik hujjatlarining mavjud emasligi yoki qonunchilikka Konstitutsiyaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmaganligi vaji bilan qoʻllashni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
3. Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilar:
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustuvor gʻoyalarini roʻyobga chiqarish va normalarini hayotga tatbiq etish boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) 2-ilovaga muvofiq tarkibda;
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat prinsiplarini izchil amalga oshirish boʻyicha ekspertlik kengashlari (keyingi oʻrinlarda — ekspertlik kengashlari) 3 — 7-ilovalarga muvofiq tarkiblarda tuzilsin.
5. Belgilansinki, Davlat komissiyasi:
yangi tahrirdagi Konstitutsiya va dasturni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini taʼminlaydi;
davlat organlari va tashkilotlari, ekspertlik kengashlarining yangi tahrirdagi Konstitutsiya va dasturni amalga oshirish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
yangi tahrirdagi Konstitutsiya va dasturni amalga oshirishda keng jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy doiralar va xorijiy ekspertlar ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratadi;
yangi tahrirdagi Konstitutsiyani amalga oshirish doirasida qilingan ishlarni kengaytirilgan tarzda yiliga kamida ikki marotaba tanqidiy muhokama qilib boradi hamda davlat organlari va tashkilotlari, ekspertlik kengashlari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi.
6. Ekspertlik kengashlari (T. Narbayeva, N. Ismoilov, N. Yoʻldoshev, J. Qoʻchqorov, A. Tashkulov):
2024-yil 1-yanvarga qadar oʻrta va uzoq istiqbolli suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlatni rivojlantirish konsepsiyalari ishlab chiqilishi va Davlat komissiyasiga kiritilishini taʼminlasin;
yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlatning ustuvor prinsiplari ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida aks ettirilishi ustidan monitoring olib borsin;
yangi tahrirdagi Konstitutsiya va dasturning amalga oshirilishi yuzasidan har chorakda Davlat komissiyasiga hisobot kiritib borsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti yangi tahrirdagi Konstitutsiyani amalga oshirish jarayonini axborot-tahliliy, ilmiy va ekspertlik jihatdan taʼminlash uchun masʼul etib belgilansin va uning zimmasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazish;
davlat organlari, ayniqsa, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida yangi tahrirdagi Konstitutsiya normalarining toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllanishi holatini monitoring qilib borish;
yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida yangi oʻquv dasturlari, darsliklar va boshqa qoʻllanmalarni tayyorlash boʻyicha ilmiy-metodik chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish.
8. Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari korpusini shakllantirishning majoritar-proporsional shakliga asoslangan saylov tizimini joriy etish haqidagi takliflari maʼqullansin.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga bir oy muddatda majoritar-proporsional shaklga asoslangan saylov tizimiga oʻtishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish tavsiya etilsin.
9. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 32-moddasida belgilangan mamlakat boʻylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqi toʻliq roʻyobga chiqarilishini taʼminlash maqsadida:
Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov) ikki oy muddatda “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish boʻyicha qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin;
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) bir oy muddatda fuqarolarni yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishda xabardor qilish tartibini joriy etishga qaratilgan mutlaqo yangi mexanizmlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini taqdim qilsin.
10. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 78-moddasida belgilangan bolalar va yoshlarda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanish, Vatanga boʻlgan mehr-muhabbat tuygʻularini shakllantirishga oid qoidalarni amalga oshirish maqsadida 2023-yil 1-sentabrdan boshlab respublika fuqarosi hisoblangan va 18 yoshgacha boʻlgan bolalarning madaniy meros obyektlariga, jumladan koʻrgazmalar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar, shuningdek, davlat muzeylariga toʻlovsiz kirish tartibi joriy etilsin.
Oliy Majlis palatalariga bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish, bolaning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan toʻliq rivojlanishi uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini qisqa muddatda qabul qilish tavsiya etilsin.
11. Fuqarolarning yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 50-moddasida belgilangan taʼlim olish huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida 2023-yil 1-avgustdan boshlab soliq toʻlovchilar tomonidan yoshidan qatʼi nazar farzandlarining Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishlari uchun yoʻnaltiriladigan toʻlovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritilsin.
12. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 41, 65 — 67-moddalari talablaridan kelib chiqib, shuningdek, mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini taʼminlash, ushbu huquqlarni cheklayotgan omillarni bartaraf etish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik maqsadida 2023-yil 1-iyundan boshlab quyidagilar bekor qilinsin:
toʻlov xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar oʻrtasida pul oʻtkazmalari amalga oshirilganda, ularga koʻrsatilgan xizmatlar uchun elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi;
chakana savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarining faoliyat koʻrsatish vaqtiga nisbatan cheklovlar.
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) Markaziy bank (M. Nurmuratov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Tabiat resurslari vazirligi (A. Abduxakimov) bilan birgalikda ikki oy muddatda “yashil moliyalashtirish” mexanizmlarini tatbiq etish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin va unda shu jumladan “yashil sertifikat”, “yashil kreditlar” va xalqaro tajribada keng foydalaniladigan boshqa institutlarni nazarda tutsin.
14. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 55-moddasida belgilangan har bir shaxsning oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish huquqi kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida 2024-yil 1-yanvardan boshlab, maʼmuriy sudlarga shikoyat qilishda fuqaro va tadbirkorlik subyektlaridan davlat bojini undirmaslik, bunda davlat bojini ishni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha aybdor tarafdan undirish tartibi joriy etilsin.
Oliy sud (B. Islamov) Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) bilan birgalikda 2023-yil 1-oktabrga qadar ushbu bandda nazarda tutilgan masala boʻyicha qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.
15. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 21-moddasida belgilangan huquqiy taʼsir choralarini qoʻllashda mutanosiblik prinsipini hayotga tatbiq etish maqsadida Adliya vazirligi (A. Tashkulov) Oliy sud (B. Islamov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) bilan birgalikda:
ikki oy muddatda maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikda shartnomaviy va boshqa fuqaroviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan javobgarlik choralarini bekor qilish;
2024-yil 1-yanvarga qadar qonunchilik bazasini toʻliq xatlovdan oʻtkazib, unda belgilangan huquqiy taʼsir choralarini mutanosiblik prinsipiga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
16. Adliya vazirligi (A. Tashkulov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), Oliy sud (B. Islamov) va Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) bilan birgalikda ikki oy muddatda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 29-moddasida belgilangan davlatning huquqbuzarliklardan jabrlanganlarga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi uchun shart-sharoitlarni yaratish majburiyati toʻliq roʻyobga chiqarilishini taʼminlashga qaratilgan mexanizmlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.
17. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 26-moddasida belgilangan insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizligi kafolatlarini yanada mustahkamlash maqsadida Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Oliy sud (B. Islamov) va Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov) bilan birgalikda 2023-yil 1-avgustga qadar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashda shaxsni hibsxonaga joylashtirishdan oldin majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini joriy etish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni kiritsin.
18. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya 142-moddasi talablaridan kelib chiqib:
a) jinoyat protsessida himoyachining maqomini kuchaytirish maqsadida, unga quyidagi qoʻshimcha huquq va vakolatlar berilsin:
surishtiruv va dastlabki tergovda himoyachi tomonidan istalgan vaqtda jinoyat ishini qoʻzgʻatish va tugatish haqidagi qarorlardan nusxa olish;
koʻrsatmalarni oldindan mustahkamlab qoʻyish (deponirovaniye) uchun sudga toʻgʻridan-toʻgʻri iltimosnoma kiritish;
tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilayotgan shaxslarga malakali yuridik yordamdan foydalanish huquqini kafolatlash maqsadida tergovga qadar tekshiruv jarayonida himoyachi maqomida ishtirok etish;
ish boʻyicha shartnoma asosida sud ekspertizalari oʻtkazilishini va zarur bilimga ega mutaxassislar jalb qilinishini tashkillashtirish;
jinoyat ishi boʻyicha maʼlumotlarga ega shaxslarni soʻrovdan oʻtkazishda ularning roziligi bilan maxsus texnika vositalaridan foydalanish;
b) advokatura sohasiga yosh kadrlarni faol jalb qilish maqsadida 2023-yil 1-sentabrdan boshlab oliy taʼlim tashkilotlari yurisprudensiya yoʻnalishida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalariga advokatlik tuzilmalarida mehnat qonunchiligiga muvofiq oʻqishdan boʻsh vaqtda advokat yordamchisi sifatida ish faoliyatini olib borishga ruxsat etilsin.
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) Oliy sud (B. Islamov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov) va Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) bilan birgalikda ikki oy muddatda himoyachining huquq va vakolatlarini kengaytirishni, advokat yordamchisi sifatida ish faoliyatini olib borish tartibini takomillashtirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini belgilangan tartibda kiritsin.
19. Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Milliy gvardiya (R. Djurayev) va Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov) bilan birgalikda bir oy muddatda ushlangan va tergov ostida boʻlgan shaxsning konstitutsiyaviy protsessual huquqlarini batafsil tushuntirib beruvchi koʻrgazmali materiallarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shu jumladan, tergov idoralari binolarida fuqarolarga koʻrinadigan tarzda joylashtirilishini taʼminlasin.
20. Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmanov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2023/2024 oʻquv yili boshlanguniga qadar:
barcha taʼlim turlari va bosqichlaridagi Konstitutsiyani oʻrganish boʻyicha oʻquv rejalari va taʼlim dasturlarini qayta koʻrib chiqish va ularni yangi tahrirdagi Konstitutsiya norma va qoidalariga moslashtirish;
oʻquvchilarga, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, yangi tahrirdagi Konstitutsiyani oʻrgatish boʻyicha zamonaviy metodika asosida darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va maxsus adabiyotlarni yaratish choralarini koʻrsin.
Mazkur banddagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplansin.
21. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Gʻ. Mirzayev) Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov) va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2023-2024-yillarda yangi tahrirdagi Konstitutsiya boʻyicha davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlarini oʻqitish rejasini tasdiqlasin:
alohida grafik asosida barcha boʻgʻindagi davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini oʻqitishni tashkil etish;
davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlarining konstitutsiyaviy madaniyati, huquqiy savodxonligini oshirish va baholash tizimini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga moslashtirish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish.
22. Oliy Majlis palatalari, Konstitutsiyaviy sud, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti hamda Inson huquqlari boʻyicha Milliy markazning yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning moddama-modda ilmiy-amaliy sharhini tayyorlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning moddama-modda ilmiy-amaliy sharhini tayyorlash boʻyicha tahrir kengashi 8-ilovaga muvofiq tarkibda shakllantirilsin va uning ishchi organi etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti belgilansin.
Tahrir kengashi (M. Raxmankulov):
sharhni tayyorlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning koʻp millatli xalqimizni birlashtirishdagi salohiyatini, unda oʻz aksini topgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat prinsiplarini, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning yangi mexanizmlarini ochib berishga, shuningdek, uning matni aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar uchun tushunarli va sodda tilda boʻlishiga eʼtibor qaratsin;
yetakchi milliy va xorijiy ekspertlar, huquqshunoslar va davlat arboblarini jalb etgan holda, 2023-yil 1-dekabrga qadar sharh matni tayyorlanishini hamda oʻzbek va xorijiy tillarda chop etilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
23. Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti (M. Raxmankulov) va Adliya vazirligi (A. Tashkulov) 2023-yil 1-iyunga qadar oʻzbek va xorijiy tillarda “Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi” yagona milliy portali (keyingi oʻrinlarda — portal) va uning mobil ilovasi ishga tushirilishini taʼminlasin.
Bunda, portal va uning mobil ilovasida fuqaro va tadbirkorlar uchun qonunchilikni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish hamda uni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni taqdim etish imkoniyati nazarda tutilsin.
24. Adliya vazirligi (A. Tashkulov) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti (M. Raxmankulov) bilan birgalikda uch oy muddatda qonunosti hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish hamda portalga kelib tushgan takliflarni umumlashtirish natijalariga koʻra yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilishi lozim boʻlgan normalarni qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
25. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ommaviy axborot vositalarida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning hayotga tatbiq etib borilishi, shu jumladan aholining turmushidagi ijobiy oʻzgarishlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
26. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib dasturda ijrochi sifatida nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va ekspertlik kengashlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakovga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 8-may,
PF-67-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PF-67-son Farmoniga
1-ILOVA
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Ustuvor vazifalar

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Suveren davlat maqomini mustahkamlash, xususan, yangi sinovlar va tahdidlar sharoitida milliy manfaatlar ustuvorligini taʼminlash, oʻzaro ishonch va hamkorlikka asoslangan tashqi siyosatni davom ettirish

1.

Oʻzbekistonning tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshirishini qonuniy mustahkamlash.

Oʻzbekiston va jahon hamjamiyati, qoʻshni davlatlar bilan doʻstona munosabatlarni “davlatlarning hududiy yaxlitligi” va “tinchliksevar tashqi siyosat” prinsiplari asosida rivojlantirishga doir konstitutsiyaviy normalarni Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasiga kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2023-yil sentabr

Oliy Majlis palatalari,

(kelishuv asosida),

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov

2.

Suveren davlat prinsipini amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

Bunda:

suveren davlat maqomini mustahkamlash boʻyicha huquqiy asoslarni kuchaytirish;

yangi sinovlar va tahdidlar sharoitida milliy manfaatlar ustuvorligini taʼminlash boʻyicha amaliy choralar koʻrish;

oʻzaro ishonch va hamkorlikka asoslangan tashqi siyosatni davom ettirish masalalarini qamrab olish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil avgust

Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi suveren davlat prinsipini izchil amalga oshirish boʻyicha ekspertlik kengashi

T. Narbayeva,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov

3.

Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatini tartibga solishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish.

1. Diplomatik xizmat faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirish.

2. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish tizimini takomillashtirish.

3. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va koʻp tomonlama hamkorligining shartnomaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni muvofiqlashtirish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil sentabr

Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi suveren davlat prinsipini izchil amalga oshirish boʻyicha ekspertlik kengashi

T. Narbayeva,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov

4.

Davlatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini, uning imkoniyatlari va salohiyatini kuchaytirish.

1. Mamlakat harbiy xavfsizligini taʼminlash va mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish.

2. Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining jangovar shayligi va tayyorgarligi hamda oʻquv moddiy-texnika bazasini yanada kuchaytirish.

3. Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida rahbar lavozimlarga tayinlash uchun davlat xizmatining zamonaviy standartlari asosida kadrlar zaxirasini yaratish tizimini rivojlantirish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyun

Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi suveren davlat prinsipini izchil amalga oshirish boʻyicha ekspertlik kengashi

T. Narbayeva,

Mudofaa vazirligi

B. Kurbanov

5.

Xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish hamda rivojlantirish (23-modda).

Xorijda yashayotgan vatandoshlarning mamlakat manfaatlarini ilgari surish, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro foydali aloqalarni kuchaytirish borasidagi salohiyatini ishga solish boʻyicha choralarni ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar rejasi

2023-yil 1-noyabr

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov

II. Demokratik davlat prinsipiga koʻra demokratik taraqqiyot yoʻlini davom ettirish, parlamentarizmni kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash

6.

Qonunchilik palatasining Konstitutsiyada belgilangan mutlaq vakolatlarini amalga oshirish uchun huquqiy asoslarni takomillashtirish (94-modda).

Qonunchilik palatasiga oid qonun hujjatlariga uning quyidagi mutlaq vakolatlarini kiritish:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqish va maʼqullash;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan, shuningdek Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish;

Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari boʻyicha har yilgi maʼruzasini eshitish;

davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament soʻrovini yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-avgust

Qonunchilik palatasi

N. Ismoilov

(kelishuv asosida)

7.

Senatning Konstitutsiyada belgilangan mutlaq vakolatlarini amalga oshirish uchun huquqiy asoslarni takomillashtirish (95-modda).

Senat faoliyatiga oid qonun hujjatlariga uning quyidagi mutlaq vakolatlarini kiritish:

respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbarini va respublika monopoliyaga qarshi organining rahbarini saylash;

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga nomzodlarni koʻrib chiqish hamda maʼqullash;

Oʻzbekistonning xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarini tayinlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taklif etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga nomzod yuzasidan maslahatlashuvlar oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzish hamda tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;

Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish;

davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament soʻrovini yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish;

mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga oʻz faoliyatini amalga oshirishda koʻmaklashish;

mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining qarorlarini, ular qonunchilik normalariga muvofiq boʻlmagan taqdirda, bekor qilish;

Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunlarni qabul qilishga doir vakolatlarini bajarish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-avgust

Senat

T. Narbayeva

(kelishuv asosida)

8.

Oliy Majlis palatalari va mahalliy Kengashlar deputatlari korpusini shakllantirishning yangi tartibini ishlab chiqish.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari korpusini shakllantirishning majoritar-proporsional shaklini milliy saylov tizimiga joriy qilish.

Oliy Majlis Senatini shakllantirishning yangi tartibini joriy qilish.

Qonunlar loyihalari

2023-yil iyun

Qonunchilik palatasi

N. Ismoilov

(kelishuv asosida),

Senat

T. Narbayeva

(kelishuv asosida),

Markaziy saylov komissiyasi

Z. Nizamxodjayev

(kelishuv asosida)

9.

Qonunlarni qabul qilishning yangi tartibini amaldagi qonunchilikda belgilash. (99-modda).

Bunda:

Qonun Senat tomonidan 60 kun ichida koʻrib chiqilishi;

Senat qonunni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida 60 kun ichida qaror qabul qilmasa, Qonunchilik palatasi tomonidan qonun imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni 60 kun ichida imzolashiga oid normalarni kiritish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-iyul

Qonunchilik palatasi

N. Ismoilov

(kelishuv asosida),

Senat

T. Narbayeva

(kelishuv asosida)

10.

Parlament tekshiruvi institutini amalga oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish (103-modda).

Parlament tekshiruvini oʻtkazishning aniq tartibini ishlab chiqish. Bunda parlament tekshiruvi mamlakatning xavfsizligi, barqaror rivojlanishi asoslariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar va voqealarni oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma qarori bilan oʻtkazilishini aniq belgilash.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-oktabr

Qonunchilik palatasi

N. Ismoilov

(kelishuv asosida),

Senat

T. Narbayeva

(kelishuv asosida)

11.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq, Hukumatni shakllantirishning yangi tartibini joriy qilish (118-modda).

Hukumat faoliyatiga oid qonun hujjatlarida:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylangandan va organlari shakllangandan soʻng bir oy ichida yoki Bosh vazir lavozimidan ozod etilganidan keyin yoxud Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibi isteʼfoga chiqqanidan keyin bir oy ichida Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi va maʼqullashi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng taqdim etilishi;

Bosh vazir lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida uning nomzodi koʻrib chiqilayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturini taqdim etishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni, Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibini yoki aʼzosini isteʼfoga chiqarishga haqli ekanligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosining oʻz faoliyatiga oid masalalar yuzasidan hisobotini eshitishga haqli ekanligi.

Vazirlar Mahkamasi aʼzolari parlament soʻrovlariga va Qonunchilik palatasi deput?tining, Senat aʼzosining soʻrovlariga qonunda belgilangan tartibda javob berishi shartligini belgilash.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-avgust

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

12.

Hukumatning faoliyatiga doir qonunchilikni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish (114 va 115-moddalar).

Bunda:

Vazirlar Mahkamasining yangilangan konstitutsiyaviy vakolatlarini;

Hukumat oʻz faoliyatini ijro etuvchi hokimiyat faoliyatining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan asosiy yoʻnalishlari doirasida amalga oshirishiga oid normalarni amaldagi qonunchilikka kiritish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-avgust

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

13.

Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Qonunchilik palatasining Spikeri, Senati Raisi, Markaziy saylov komissiyasi raisi boʻlishi mumkin emasligini qonunchilikda mustahkamlash (100, 101 va 128-moddalar).

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-avgust

Qonunchilik palatasi

N. Ismoilov

(kelishuv asosida),

Senat

T. Narbayeva

(kelishuv asosida)

14.

Hokim va mahalliy Kengash raisi faoliyatining bir-biridan xoli amalga oshirilishi yuzasidan qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish (120-modda).

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya talablaridan, shu jumladan, hokim va Kengash raisi lavozimlari ajratilayotganligidan kelib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish va Qonunchilik palatasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-oktabr

Senat

T. Narbayeva

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

15.

Qonunchilik takliflarini ilgari surish tartibini joriy qilish (98-modda).

Qonunchilik takliflarini Qonunchilik palatasiga kiritish va ularni koʻrib chiqish tartibini ishlab chiqish.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarori

2023-yil 1-sentabr

Qonunchilik palatasi

N. Ismoilov

(kelishuv asosida)

16.

Yangi Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari rivojlanishini taʼminlash (69-modda).

1. Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish va uning hajmini oshirish.

Qaror loyihasi

2023-yil 1-iyun

Oliy Majlis huzuridagi NNT va FJBIQJFMBB parlament komissiyasi

(kelishuvga asosan),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

A. Xodjayev

2. Ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini kengaytirish.

Davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalari

3. Davlat va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish.

Kompleks chora-tadbirlar

17.

Ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, foydalanish va uni tarqatishga boʻlgan huquqlari amalga oshirilishini doimiy taʼminlash choralarini koʻrish (81-modda).

1. Fuqarolarning soʻz va axborot erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarining roʻyobga chiqarilishini taʼminlash.

2. Ommaviy axborot vositalarining professional faoliyat chegarasidagi mustaqilligi va erkinligini har jihatdan qoʻllab-quvvatlash.

3. Ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish.

4. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligini taʼminlashda davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq muloqot va oʻzaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyun

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

A. Xodjayev

18.

Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki aralashganlik uchun javobgarlikni belgilash (82-modda).

Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-iyul

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

A. Xodjayev

19.

Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz oʻn yillik muddatga saylanishi tartibini joriy qilish (132-modda).

Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz oʻn yillik muddatga saylanishi, Konstitutsiyaviy sud oʻz tarkibidan sud raisi va uning oʻrinbosarini besh yil muddatga saylashi tartibi haqidagi oʻzgartirishlarni “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisidagi” konstitutsiyaviy Qonunga kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-avgust

Konstitutsiyaviy sud

M. Abdusalomov

(kelishuv asosida)

20.

Fuqarolar va yuridik shaxslarning oʻziga nisbatan qoʻllanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisidagi shikoyat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilish huquqini belgilash (133-modda).

Fuqarolar va yuridik shaxslarning oʻziga nisbatan qoʻllanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisidagi shikoyat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilishi va ushbu turdagi murojaatlarni koʻrib chiqish tartibini takomillashtirish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-oktabr

Konstitutsiyaviy sud

M. Abdusalomov

(kelishuv asosida)

21.

Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oliy sud raisi, uning oʻrinbosari, Sudyalar oliy kengashining raisi, uning oʻrinbosari va Bosh prokuror boʻlishi mumkin emasligini amaldagi qonunchilikda belgilash (134, 135 va 144-moddalar).

Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oliy sud raisi, uning oʻrinbosari, Sudyalar oliy kengashining raisi, uning oʻrinbosari va Bosh prokuror boʻlishi mumkin emasligi haqidagi normalarni “Sudlar toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi hamda “Prokuratura toʻgʻrisida”gi qonunlarga kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2023-yil avgust

Oliy sud

B. Islamov,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev

22.

Advokatura institutini yanada takomillashtirish va advokatlar faoliyati mustaqilligini taʼminlash (141 va 142-moddalar).

1. Jinoyat protsessida himoyachining maqomini kuchaytirish. Jumladan, unga quyidagi qoʻshimcha huquq va vakolatlarni berish:

surishtiruv va dastlabki tergov davomida himoyachi tomonidan istalgan vaqtda jinoyat ishini qoʻzgʻatish va tugatish haqidagi qarorlardan nusxa olish;

koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish (deponirovaniye) uchun sudga toʻgʻridan-toʻgʻri iltimosnoma kiritish;

tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilayotgan shaxslarga malakali yuridik yordamdan foydalanish huquqini kafolatlash maqsadida tergovga qadar tekshiruv jarayonida himoyachi maqomida ishtirok etish;

ish boʻyicha shartnoma asosida sud ekspertizalari oʻtkazilishini va zarur bilimga ega mutaxassislar jalb qilinishini tashkillashtirish;

jinoyat ishi boʻyicha maʼlumotlarga ega shaxslarni soʻrovdan oʻtkazishda ularning roziligi bilan maxsus texnika vositalaridan foydalanish.

2. Oliy taʼlim tashkilotlari yurisprudensiya yoʻnalishida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalariga advokatlik tuzilmalarida mehnat qonunchiligiga muvofiq oʻqishdan boʻsh vaqtda advokat yordamchisi sifatida ish faoliyatini olib borishga ruxsat etish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2023-yil iyul

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Oliy sud

B. Islamov,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Davlat xavfsizlik xizmati

A. Azizov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Advokatlar palatasi

A. Ernazarov

23.

Sudyalarning toʻliq mustaqilligini taʼminlash (136-modda).

Sudyalar muayyan ishlar boʻyicha hisobdor boʻlmasligi, sudyani ishdan chetlashtirish, vakolatlarini bekor qilish yoki boshqa lavozimga oʻtkazishga qonun asosida yoʻl qoʻyilishi, sud qayta tashkil etilganda sudya lavozimidan ozod etilmasligini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlarni “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-oktabr

Oliy sud

B. Islamov,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

24.

Sud amaliyotida Konstitutsiya normalarini toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllash boʻyicha zarur asoslarni yaratish.

Konstitutsiya normalari toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi hujjat sifatida qoʻllash yuzasidan yagona sud amaliyoti toʻgʻrisidagi Oliy sud Plenumi qarorini qa?ul qilish.

Oliy sud Plenumi qarori loyihasi

2023-yil iyul

Oliy sud

B. Islamov

25.

Har kimga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqini kafolatlash (55-modda).

Davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan maʼmuriy sudlarga shikoyat qilish tartibini soddalashtirish.

Jumladan, maʼmuriy sudlarga shikoyat qilishda fuqaro va tadbirkorlik subyektlaridan davlat bojini oldindan undirmasdan, davlat bojini ishni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha aybdor tarafdan undirish tartibini nazarda tutish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-oktabr

Oliy sud

B. Islamov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

26.

Har kimning davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni davlat tomonidan qoplanishi huquqini taʼminlash (55-modda).

Davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibini ishlab chiqish. Bunda, zararni budjet mablagʻlari hisobidan qoplash va noqonuniy qaror chiqarilishida aybdor boʻlgan shaxsdan regress tartibda undirib olishga alohida eʼtibor qaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-noyabr

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev

III. Huquqiy davlat prinsipi asosida inson qadrini ulugʻlash siyosatini sifat jihatdan yangi bosqichga chiqarish, uning huquq va erkinliklari ustuvorligini taʼminlash

27.

Inson bilan davlat organlarining oʻzaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishini doimiy taʼminlab borish (20-modda).

“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-avgust

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

28.

Huquqiy taʼsir choralarini qoʻllashda mutanosiblik konstitutsiyaviy prinsipiga amal qilinishini taʼminlash (20-modda).

1. Jinoiy va maʼmuriy jazo miqdorlarini qilmishning xususiyati, jazolashdan koʻzlangan maqsadga erishish uchun yetarliligiga qarab qayta koʻrib chiqish.

Bunda, huquqbuzarliklar boʻyicha oxirgi 5 yillik statistik koʻrsatkichlardan kelib chiqib ayrim qilmishlarni dekriminalizatsiya qilish yoki jazo turini (miqdorini) oʻzgartirish boʻyicha tahlil qilish va natijasi boʻyicha tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish.

2. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikda shartnomaviy va boshqa fuqaroviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan javobgarlik choralarini bekor qilish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-dekabr

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Oliy sud

B. Islamov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

3. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralarining huquqbuzarlik harakatiga mutanosibligini tadbirkorlik subyektlari hamda keng jamoatchilik ishtirokida muhokamalar oʻtkazish orqali qayta koʻrib chiqish. Bunda, huquqiy taʼsir chorasini qoʻllashning koʻzlangan maqsadga erishish uchun mos boʻlishini, huquqiy taʼsir chorasini qoʻllashda huquqbuzarlikni sodir etganning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini eng kam darajada cheklanishini taʼminlashga erishish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-oktabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Biznes-ombudsman

D. Qosimov,

Savdo-sanoat palatasi

D. Vaxobov

4. Vijdonan harakat qilgan manfaatdor shaxslarning maʼmuriy hujjatga boʻlgan ishonchini himoya qilish mexanizmlarini ishlab chiqish. Bunda, maʼmuriy hujjat manfaatdor shaxsning zarariga bekor qilinayotganda uning ishonchi himoya qilinishi lozim boʻlsa, maʼmuriy hujjatni bekor qilmaslikni belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-dekabr

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Oliy sud

B. Islamov

29.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega ekanligi, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etishiga oid normalarni amaldagi qonunchilikka kiritish (15-modda).

Konstitutsiya oliy yuridik kuchga egaligi, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishi haqidagi oʻzgartirishlarni “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritish.

Qonun loyihasi

2023-yil avgust

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

30.

Xususiy mulk daxlsizligi va himoyasini kuchaytirish (65-modda).

Mulkdor oʻz mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari va sud qarorisiz mahrum etilishiga yoʻl qoʻyilmasligiga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2023-yil avgust

Biznes-ombudsman

D. Kasimov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

31.

Insonning huquq va erkinliklarini davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmuni sifatida amaldagi qonunlarda belgilash (20-modda).

1. Davlat organlari faoliyatida inson huquq va erkinliklarini taʼminlanishiga rioya etilayotganini baholaydigan asosiy mezonlarni (KPI) har bir davlat idorasi kesimida ular masʼul boʻlgan soha va vazifalaridan kelib chiqib ishlab chiqish, baholashni oʻtkazish hamda har yil yakuni boʻyicha eʼlon qilib borish. Bunda, ijobiy tajriba sifatida “Huquq ustuvorligi” indeksidan foydalanish.

2. Mansabdor shaxslarning faoliyatiga ularning inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishiga qarab baho beradigan koʻrsatkichlarni ishlab chiqish. Lavozimga tayinlash (saylash), xizmat boʻyicha lavozimini koʻtarish yoki tushirishda, maxsus unvonlar berishda ushbu koʻrsatkichlarni inobatga olish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-iyuldan boshlab

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

O. Xasanov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

32.

Amaldagi qonunchilikni inventarizatsiyadan oʻtkazib, Oʻzbekiston fuqarosi boshqa davlatga berib yuborilishi yoki Oʻzbekistondan tashqariga chiqarib yuborilishi mumkin emasligi toʻgʻrisidagi normani kiritish choralarini koʻrish (23-modda).

1. Oʻzbekiston fuqarosi boshqa davlatga berib yuborilishi yoki Oʻzbekistondan tashqariga chiqarib yuborilishi mumkin emasligi toʻgʻrisidagi normani Jinoyat protsessual kodeksida aks ettirilishini taʼminlash.

2. “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-sentabr

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov

33.

Huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinishini, davlat jabrlanganlarga himoyalanishni va odil sudlovdan foydalanishni taʼminlashini, ularga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratishini belgilash (29-modda).

Jinoyatdan jabrlanganlarga koʻmaklashishning aniq mexanizmlarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyul

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Oliy sud

B. Islamov,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov

Inson huquqlari boʻyicha vakil

(Ombudsman)

F. Eshmatova

(kelishuv asosida)

34.

Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilmasligini doimiy taʼminlash va ushbu konstitutsiyaviy normani barcha qonun hujjatlarida aks ettirish (27-modda).

Maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish muddatlarini, xususan shaxsni 10 sutkagacha ushlab turish mumkinligi toʻgʻrisidagi normani qayta koʻrib chiqish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-avgust

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov

35.

Shaxsni ushlash chogʻida unga uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushunarli tilda tushuntirilishini doimiy ravishda taʼminlash va buni barcha qonunchilik hujjatlarida aks ettirish (27-modda).

Shaxsni ushlashda unga huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushunarli tilda tushuntirilishini doimiy ravishda taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil iyun

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Davlat xavfsizlik xizmati

A. Azizov,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev

36.

Har kim yozishmalari, telefon orqali soʻzlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga egaligini, ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyilishini mustahkamlash (31-modda).

1. Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksiga yozishmalar, telefon orqali soʻzlashuvlar, pochta, elektron va boshqa xabarlar sir saqlanishiga qatʼiy rioya etish boʻyicha tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish.

Qonun loyihasi

2024-yil 1-yanvarga qadar

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Davlat xavfsizlik xizmati

A. Azizov,

Oliy sud

B. Islamov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

2. Qonun loyihasi belgilangan tartibda qabul qilinguniga qadar ushbu normani amalga oshirish boʻyicha vaqtinchalik idoralararo tartibni joriy etish.

Qoʻshma qaror loyihasi

2023-yil 1-iyun

37.

Har kim Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib boʻlingan boʻlsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat qilish tartibini ishlab chiqish (55-modda).

Jinoyat ijroiya kodeksiga mahkumlarning inson huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etish huquqini taʼminlash boʻyicha tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-avgust

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Oliy sud

B. Islamov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

38.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻzining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishini taʼminlash (28-modda).

Sukut saqlash huquqidan foydalanish boʻyicha aniq normalarni qonunchilik hujjatlarida aks ettirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-iyul

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov

39.

Agar shaxsning oʻz aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil boʻlsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligini mustahkamlash (26-modda).

Jinoyat ishini qoʻzgʻatish sabablari va asoslarini qayta koʻrib chiqib, aybini boʻyniga olish haqidagi arzni qabul qilish tartibini takomillashtirish yuzasidan qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-avgust

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov

40.

Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar oʻziga nisbatan insoniy muomalada boʻlinishi hamda inson shaxsiga xos boʻlgan shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishini doimiy ravishda taʼminlash (26-modda).

1. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan insonparvarlik tamoyili asosida munosabatda boʻlish, uning shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishini taʼminlashga oid normalarni Jinoyat ijroiya kodeksiga kiritish yuzasidan qonun loyihasini ishlab chiqish.

2. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashda shaxsni hibsxonaga joylashtirishdan oldin majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini joriy etish.

Qonun loyihasi

2023-yil avgust

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Inson huquqlari boʻyicha vakil

(Ombudsman)

F. Eshmatova

(kelishuv asosida)

3. Jazoni ijro etuvchi muassasa xodimlari malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish.

Chora-tadbirlar dasturi

41.

Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos boʻlmasligini taʼminlash (28-modda).

Shaxsning sudlanganligi uning qarindoshlari huquqlarini cheklashi mumkin emasligi konstitutsiyaviy kafolatini belgilovchi qoʻshimchani “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunga, shuningdek, barcha davlat organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga kiritish boʻyicha qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-avgust

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

O. Xasanov,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

boshqa manfaatdor idoralar

42.

Qonuniy asoslarda Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan har kim mamlakat boʻylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqini qatʼiy taʼminlash (33-modda).

1. Fuqarolarni yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishda xabardor qilish tartibini joriy etishga qaratilgan mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2023-yil iyun

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov

2. “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonunni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2023-yil iyul

Vazirlar Mahkamasi

A. Aripov

43.

Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanishni taʼminlash uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilash choralarini koʻrish (33-modda).

1. Internet tarmogʻidan keng polosali foydalana olish imkoniyatini yaratish, shuningdek, telekommunikatsiya infratuzilmasini, multiservisli aloqa tarmoqlari texnologiyalarini, mobil aloqa bozorini va boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari qamrovini kengaytirish.

2. Respublika hududlarida, ayniqsa, olis hududlarda elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-2024-yillar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

44.

Qiynoqqa solish, zoʻravonlik, boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etish holatlarining oldini olish boʻyicha monitoring ishlarini kuchaytirish (26-modda).

1. Jinoyat kodeksida qiynoqqa solish uchun javobgarlik belgilovchi normalarni BMTning Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashga qarshi konvensiyasi (Nyu-York, 1984-yil 10-dekabr) talablariga muvofiqlashtirish maqsadida qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha jamoatchilik guruhlari faoliyatini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari

2023-yil 1-noyabr

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz

A. Saidov,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev

45.

Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini toʻldiradi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga koʻmaklashadi degan qoidani mustahkamlash (56-modda).

Mazkur konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili faoliyatini yanada takomillashtirish choralarini koʻrish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari

2023-yil 1-oktabr

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz

M. Tillaboyev,

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili

(Ombudsman)

F. Eshmatova

46.

Bozor munosabatlarini rivojlantirish, halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratish, isteʼmolchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlash (65-modda).

1. Iqtisodiyotda bozor munosabatlarini chuqurlashtirish va xususiy mulk daxlsizligini soʻzsiz taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyun

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

Sh. Sharaxmetov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

2. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va raqobatni rivojlantirish, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashish tizimi mustaqilligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2023-yil 1-sentabr

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-avgust

47.

Qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlash boʻyicha islohotlarni davom ettirish (67-modda).

1. Tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan, xorijiy investorlar uchun qulay va kafolatlangan investitsiya muhitini yaratish.

2. Tadbirkorlik tartib-taomillari va soliqqa tortish tartiblarini yanada soddalashtirish.

3. Tadbirkorlik faoliyati uchun moliyaviy resurslar taʼminotini kengaytirish va iqtisodiyotda kapital aylanmasini ragʻbatlantirish.

4. Respublika hududida tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishini taʼminlash.

5. Tadbirkorlik faoliyati uchun xizmat qiluvchi infratuzilma va transport-logistika tizimini rivojlantirish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi,

normativ-huquqiy hujjat loyihasi (zaruratga koʻra)

2023-yil iyul

Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Transport vazirligi

I. Maxkamov,

Markaziy bank

M. Nurmuratov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tijorat banklari

48.

Tadbirkorlarning qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va oʻz faoliyati yoʻnalishlarini mustaqil ravishda tanlashga oid huquqi amalga oshirilishini taʼminlash (67-modda).

1. Amaldagi qonunchilikni tadbirkorlik faoliyati yoʻnalishlarini mustaqil tanlashga oid huquqni cheklovchi qoidalarning mavjudligi nuqtai nazaridan toʻliq xatlovdan oʻtkazish.

2. Aniqlangan holatlarni bekor qilish va oʻzgartirish boʻyicha takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil 1-mart

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Biznes ombudsman

D. Qosimov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Savdo-sanoat palatasi

D. Vaxobov

49.

Oʻzbekiston hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishi kafolatlanishini amaldagi qonunchilikda belgilash va uning ijrosini tashkil etish choralarini koʻrish (67-modda).

1. Qonunchilikni butun mamlakat boʻylab iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishiga toʻsqinlik qiluvchi qoidalarning mavjudligi nuqtai nazaridan toʻliq xatlovdan oʻtkazish.

2. Aniqlangan holatlarni bekor qilish va oʻzgartirish boʻyicha takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-oktabr

Biznes-ombudsman

D. Qosimov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Savdo-sanoat palatasi

D. Vaxobov

50.

Bank amaliyotlarining, omonatlarning va hisobvaraqlarning sir tutilishi, shuningdek, meros huquqini kafolatlash (41-modda).

1. “Bank siri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyun

Markaziy bank

M. Nurmuratov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

2. Bank siri toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi holatlari uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-noyabr

51.

Soliq va yigʻimlarning adolatli boʻlishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilmasligini taʼminlash (63-modda).

1. Amaldagi soliqqa tortish hamda yigʻimlarni undirish tartibi va miqdorlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish.

Xatlov

2023-yil 1-iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

2. Xatlov natijalari boʻyicha fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlariga zid boʻlgan hamda adolatlilik prinsipidan chetga chiquvchi soliq va yigʻimlarni, shuningdek, alohida imtiyozlarni bekor qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2023-yil 1-sentabr

IV. Ijtimoiy davlat prinsipi asosida davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlarini amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoya va muhtojlarga gʻamxoʻrlik boʻyicha davlat siyosatini izchil davom ettirish

52.

Fuqarolarning bandligini taʼminlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek, kambagʻallikni qisqartirish choralarini koʻrish yuzasidan amaldagi dasturlarni qayta koʻrib chiqib, ularni takomillashtirish (43-modda).

1. Bandlikni taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish.

2. Fuqarolarning kasbiy tayyorgarligi va qayta tayyorlanishini tashkil etish.

3. Hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish asosida mahallalarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish mexanizmlarini kengaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyun

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

53.

Mehnatga layoqatsiz va yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlarini himoya qilish (57-modda).

1. Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayoti sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida toʻlaqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratish hamda ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil iyun

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar obyektlari va xizmatlaridan toʻlaqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ularning ishga joylashishiga, taʼlim olishiga koʻmaklashish, ularga zarur boʻlgan axborotni toʻsqinliksiz olish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyun

54.

Sogʻliqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sugʻurtaning har xil turlarini rivojlantirish.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun davlat hisobidan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini belgilash (48-modda).

1. Sogʻliqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini rivojlantirish.

2. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini belgilash.

3. Davolash-profilaktika muassasalari tomonidan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida Davlat hisobidan tibbiy yordam koʻrsatish.

4. Tibbiy sugʻurta joriy etilishini jadallashtirish.

5. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil iyun

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

55.

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha yangi dasturlarni ishlab chiqish, amaldagi qonunchilikda bu masalalar boʻyicha davlat majburiyatlarini belgilash (48-modda).

1. Aholi oʻrtasida sportni ommalashtirish va sogʻlom turmush tarziga keng jalb etish, sport taʼlimi tizimini takomillashtirish, sport turlari boʻyicha yuqori natijador sportchilar zaxirasini yaratish.

2. Sport sohasida faoliyat yuritadigan nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyun

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

A. Ikramov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3. Mahallalar kesimida aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sport musobaqalari oʻtkazilishini davriy ravishda tashkil etish.

Reja-jadval asosida

2023-yil 1-iyundan boshlab

56.

Barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish (49-modda).

1. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va inson faoliyatining tabiatga salbiy taʼsirining oldini olish.

2. Atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va obyektlarning muhofaza qilinishini taʼminlash.

3. Oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash, ular turlarining xilma-xilligini, tabiiy turkumlari yaxlitligini va ularning yashash muhitini saqlash.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyun

Tabiat resurslari vazirligi

A. Abduxakimov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. “Yashil moliyalashtirish” mexanizmlarini tatbiq etish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish va unda shu jumladan “yashil sertifikat”, “yashil kreditlar” va xalqaro tajribada keng foydalaniladigan boshqa institutlarni joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2023-yil iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Markaziy bank

M. Nurmuratov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Tabiat resurslari vazirligi

A. Abduxakimov

57.

Orolboʻyi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan dasturlarni ishlab chiqish (49-modda).

1. Orolboʻyi mintaqasida ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish.

2. Mintaqada aholi turmush tarzi va daromadlarini oshirishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlarni izchil davom ettirish.

3. Aholi punktlarining transport, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, aholining suv taʼminoti va sugʻorish tarmoqlarini takomillashtirish.

4. Mintaqada ekologik oqibatlarning taʼsirini yumshatish, shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish va yangi ish joylarini yaratish, hududning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil 1-sentabr

Tabiat resurslari vazirligi

A. Abduxakimov,

Suv xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xamrayev,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

F. Ermanov,

Xorazm viloyati hokimligi

J. Raximov

58.

Uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarini rivojlantirish (50-modda).

1. Taʼlim sohasidagi qonunchilik hujjatlarini quyidagilardan kelib chiqqan holda qayta koʻrib chiqish:

maktabgacha va maktab taʼlimini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, bepul umumiy oʻrta taʼlim va boshlangʻich professional taʼlim olishni taʼminlash;

taʼlim tashkilotlarida alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya berish;

taʼlim sifati ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash;

davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun sogʻlom raqobat muhitini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyun

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov

2. Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilinadigan bolalarning yoshiga boʻlgan talabni qayta koʻrib chiqish, bolalarning sifatli maktabgacha taʼlimdan teng foydalanishini taʼminlash, maktabgacha taʼlim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Axborot-tahliliy maʼlumotnoma

2023-yil 1-avgust

3. Soliq toʻlovchilar tomonidan yoshidan qatʼi nazar farzandlarining taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishlari uchun yoʻnaltiriladigan toʻlovlarni soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2023-yil iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov

59.

Oliy taʼlim tashkilotlarining akademik erkinligi, oʻzini oʻzi boshqarish, tadqiqotlar oʻtkazish va oʻqitish erkinligini taʼminlash boʻyicha huquqlari amalga oshirilishini taʼminlash (51-modda).

1. Oliy taʼlim tashkilotlarining akademik erkinligi, oʻzini oʻzi boshqarish, tadqiqotlar oʻtkazish va oʻqitish erkinligini taʼminlash boʻyicha belgilangan islohotlarni davom ettirish.

2. Oliy taʼlim tizimida ortiqcha qogʻozbozlikka barham berish, professor-oʻqituvchilarning vaqtini ichki hujjatlarni toʻldirishga sarflash bilan bogʻliq jarayonlarga barham berish choralarini koʻrish.

3. Ish beruvchilar tomonidan xodimlarga tadqiqotlar oʻtkazish uchun real imkoniyatlar yaratish boʻyicha tashkiliy-huquqiy va amaliy choralar koʻrish.

Kompleks chora-tadbirlar

2023-yil 1-avgust

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

60.

Maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim tizimini yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida rivojlantirish (50-modda).

1. Maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini oshirish va davlat nazorati mexanizmlarini qayta koʻrib chiqish.

2. Nodavlat maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarida faqat davlat taʼlim standartlariga rioya etilishini nazorat qilish bilan bogʻliq tekshirishlarni vakolatli organ tomonidan Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda oʻtkazish boʻyicha qonunchilikka oʻzgartirish kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-avgust

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova

61.

Taʼlim tashkilotlarida alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya berish tizimini takomillashtirish (50-modda).

1. Taʼlim tashkilotlarini alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan bolalar uchun darsliklar bilan taʼminlash.

2. Alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan bolalarni oʻqitish boʻyicha pedagoglarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash.

3. Inklyuziv taʼlim berish boʻyicha oʻquv dasturlarini modernizatsiya qilish choralarini koʻrish.

Kompleks chora-tadbirlar

2023-yil 1-oktabr

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4. Alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan bolalarning taʼlim tashkilotlariga kelib-ketishi uchun sharoitlar yaratish. Jumladan, mahalliy budjet hisobidan yoʻnalishsiz taksi xizmati xarajatlarini qoplash tizimini joriy qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 15-avgust

62.

Bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy va maʼnaviy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga boʻlgan mehr-muhabbat tuygʻularini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish (78-modda).

Respublika fuqarosi hisoblangan va 18 yoshgacha boʻlgan bolalarning madaniy meros obyektlariga, jumladan koʻrgazmalar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar, shuningdek, davlat muzeylariga toʻlovsiz kirish tartibini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-sentabrdan boshlab

Madaniy meros agentligi

B. Abdikarimov,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

63.

Oʻqituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy oʻsishini taʼminlash boʻyicha milliy dasturni qabul qilish (52-modda).

1. Oʻqituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar uchun jazo choralarini kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Axborot xati

2023-yil 1-dekabr

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov

2. Oʻqituvchilarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyun

3. Oʻqituvchilar uchun zamonaviy bilimlar va pedagogik usullarni yetkazib beruvchi malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

Reja-jadval asosida

64.

Oilalarning toʻlaqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratish boʻyicha aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish (76-modda).

1. Ijtimoiy yordamga muhtoj va ijtimoiy nafaqa tayinlash mezonlariga javob beradigan barcha oilalar va shaxslarni ijtimoiy yordam dasturlari bilan qamrab olish.

2. Ehtiyojmand oilalar uchun majburiy ijtimoiy kafolatlarni taʼminlash, muhtoj qatlamlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.

3. Oila, onalik, otalik va bolalikni davlat tomonidan himoya qilish amaliyotini yanada kengaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyun

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

O. Parpiboyeva,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

65.

Xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek, davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlash (58-modda).

1. Davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash orqali davlat boshqaruvida turli jinsdagi shaxslarning ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish.

2. Kadrlar zaxirasini shakllantirishda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqligi tamoyiliga qatʼiy rioya qilish, shuningdek, davlat xizmatidagi lavozimlarni, shu jumladan rahbarlik lavozimlarini egallash uchun tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning erkin ishtirok etishini taʼminlash, alohida xususiyatlarga ega boʻlgan kasb sohalari bundan mustasno.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyun

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

O. Xasanov,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

O. Parpiboyeva

66.

Yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum boʻlgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning taʼlim olishini, sogʻlom va har tomonlama kamol topishini taʼminlash (77-modda).

1. Yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

Bunda, ushbu bolalarni boqish, tarbiyalash, ularning taʼlim olishi, sogʻlom va har tomonlama kamol topishiga koʻmaklashuvchi xayriya faoliyatini ragʻbatlantirish choralarini ham inobatga olish.

2. Hukumat qarori loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2024-yil 1-mart

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov

67.

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olingan holda belgilanishidan kelib chiqib, zarur huquqiy asoslarni yaratish (42-modda).

1. Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini belgilash tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Bunda, ushbu miqdorni belgilashda insonning munosib turmush darajasi taʼminotini hisobga olish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” PF-5723-son Farmonining talablarini qayta koʻrib chiqish va natijalari boʻyicha mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini belgilash tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2023-yil 1-oktabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

68.

Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan boʻshatish va ularning ish haqini kamaytirish kabi holatlarning oldini olish (42-modda).

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan boʻshatish va ularning ish haqini kamaytirish kabi holatlar boʻyicha murojaatlarni qabul qiladigan Call-markazni tashkil etish va bunday toifadagi murojaatlarni tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqishni belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-iyun

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev

69.

Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanishiga oid qoidaga rioya etmaslik holatlarining oldini olish va yoʻl qoʻymaslik (44-modda).

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlari masalalarida oʻquv kurslari tashkil etish boʻyicha takliflarni tayyorlash. Bunda:

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab doimiy

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz

A. Saidov,

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi

Q. Rafikov,

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi

1. Inson huquqlarini himoya qilish, majburiy mehnatning barcha shakllaridan himoya qilishni takomillashtirish masalalarida oʻquv kurslari dasturini ishlab chiqish.

Oʻquv kurslari dasturi

2. Oʻquv kurslarini onlayn va oflayn formatda tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

70.

Davlat xizmatiga kirishda Oʻzbekistonning barcha fuqarolari uchun teng sharoitlarni yaratish (37-modda).

Oʻzbekiston fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egaligini amaldagi qonunchilikda belgilash.

Davlat fuqarolik xizmatining mazkur tamoyilga asosan tashkil etilishini taʼminlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2023-yil 1-iyul

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

A. Xasanov

71.

Yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini ragʻbatlantirish boʻyicha amaldagi qonunchilikni qayta koʻrib chiqib, yangi aniq choralarni belgilash (79-modda).

1. Yoshlarning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini ragʻbatlantirish.

2. Yoshlarning maʼnaviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.

3. Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyun

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

A. Ikramov,

Yoshlar ishlari agentligi

A. Saʼdullayev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

72.

Yoshlarning maʼnaviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning taʼlim olishga, sogʻligʻini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga boʻlgan huquqlarini amalga oshirish sharoitlarini oʻrganib chiqib, ularni yanada yaxshilash choralarini amalga oshirish (79-modda).

1. 2023-2024-yillar davomida “Yoshlar daftari” tizimi orqali yoshlarga koʻrsatiladigan ijtimoiy-iqtisodiy xizmat turlarini 1,5 barobargacha oshirish.

2. Yoshlarga ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlarni koʻrsatishda ularning iqtidoridan unumli foydalanishga qaratilgan ijtimoiy shartnomalar amaliyotini joriy etish.

3. Davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini “Yoshlar balansi” asosida yoshlarning ijtimoiy holati, qiziqishi va muammolarining xususiyatidan kelib chiqib yoʻlga qoʻyish.

4. Davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq zarur boʻlgan maʼlumotlarni shakllantirish maqsadida “Elektron hukumat” tizimi Idoralararo integratsiyalashuv platformasining tegishli axborot resurslari bazalarini Yoshlar ishlari agentligining axborot tizimlariga integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyun

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

A. Ikramov,

Yoshlar ishlari agentligi

A. Saʼdullayev

73.

Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlishi mumkin emasligini doimiy taʼminlash (46-modda).

Pensiyalar, nafaqalar va davlat tomonidan beriladigan boshqa turdagi ijtimoiy yordamning eng kam miqdorlarini eng kam isteʼmol xarajatlariga yetkazish va uning ushbu koʻrsatkichdan oz boʻlmasligini doimiy taʼminlab borish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev

74.

Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan toʻlaqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratishga oid davlatning aniq majburiyatlarini qonunchilik hujjatlarida aks ettirish (78-modda).

1. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar foydalanadigan inventarlarga texnik talablarni ishlab chiqish va mazkur talablarni davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoniga bogʻlash.

Texnik hujjatlar

2023-yil 1-oktabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili

A. Yunusova

2. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (bolalar ombudsmani) toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-avgust

75.

Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning hamda koʻrgan zararlarining oʻrni oldindan hamda teng qiymatda qoplanishini taʼminlash (47-modda).

1. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning hamda koʻrgan zararlarining oʻrni oldindan hamda teng qiymatda qoplanishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Mazkur konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2023-yil 1-oktabr

76.

Uy-joy qurilishini ragʻbatlantirish va uy-joyga boʻlgan huquqning amalga oshirilishini taʼminlash (47-modda).

1. Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini izchil davom ettirish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyun

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

Bunda, 2023-yilda 90 mingta yangi uy-joylar qurilishi hamda oʻz vaqtida ipoteka kreditlari va subsidiyalar ajratilishini qatʼiy nazoratga olish.

2023-yil davomida

2. Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan taʼminlash tartibini nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

vazirlik va idoralar

V. Dunyoviy davlat prinsipi doirasida vijdon erkinligi kafolatlarini kuchaytirish, millatlar, konfessiyalar oʻrtasida totuvlikni taʼminlash siyosatini izchil davom ettirish

77.

Dunyoviy davlat prinsipini roʻyobga chiqarish mexanizmlarini takomillashtirish.

Dunyoviy davlatni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va unda ushbu prinsip doirasida vijdon erkinligi kafolatlarini kuchaytirish, millatlar, konfessiyalar oʻrtasida totuvlikni taʼminlash siyosatini amalga oshirishning yangi mexanizmlarini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil 1-yanvar

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

E. Aripov,

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi

R. Kurbanov

78.

Yurtimizda millatlararo totuvlik, diniy bagʻrikenglik va xalqaro doʻstlikni targʻib etuvchi madaniy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish.

1. 30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan “Doʻstlik” festivalini tashkil etish va oʻtkazish.

2. 16-noyabr — Xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlab respublikaning barcha hududlarida “Bagʻrikenglik haftaligini oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi

R. Kurbanov

79.

Dunyoviy davlat prinsipi targʻibotini amalga oshirish.

Axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zoʻravonlik va shafqatsizlik gʻoyalaridan himoya qilish boʻyicha targʻibot ishlarini kuchaytirish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyun

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

M. Hojimatov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

VI. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning targʻibotini amalga oshirish va boshqa tashkiliy-huquqiy masalalar

80.

Barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarida yangi tahrirdagi Konstitutsiyani soʻzsiz va toʻliq amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi choralarni koʻrish.

Davlat organlari va tashkilotlarida yangi tahrirdagi Konstitutsiyani amalga oshirish boʻyicha oʻz yoʻnalishidan kelib chiqib, chora-tadbirlar dasturlarini tasdiqlash va ularning qatʼiy ijrosini taʼminlash.

Chora-tadbirlar dasturlari

2023-yil may

Barcha vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

81.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini targʻib qilish ishlarini hududlar kesimidagi yoʻlga qoʻyish.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning hududlar kesimidagi targʻibotini amalga oshirish dasturini ishlab chiqib, tasdiqlash hamda targʻibot guruhlari tarkiblarini shakllantirish.

Targʻibot guruhlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ular tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish.

Targʻibot dasturi

2023-yil 20-may

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

A. Saidov,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

A. Xodjayev, manfaatdor vazirlik va idoralar

82.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning moddama-modda ilmiy-amaliy sharhini tayyorlash.

Yetakchi milliy va xorijiy ekspertlar, huquqshunoslar va davlat arboblarini jalb etgan holda, sharh matni tayyorlanishini hamda oʻzbek va xorijiy tillarda chop etilishini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-dekabrga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti

M. Raxmankulov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

83.

Davlat fuqarolik xizmati va sud-huquq tizimi xodimlarining yangi konstitutsiyaviy talablarga rioya etish borasidagi bilim va malakasini oshirish.

2023-2024-yillarda yangi tahrirdagi Konstitutsiya boʻyicha davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlarini oʻqitish rejasini tasdiqlash va uning samarali amalga oshirilishini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar dasturlari

2023-yil iyun

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

Gʻ. Mirzayev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Davlat xavfsizlik xizmati

A. Azizov,

Sudyalar oliy kengashi

X. Yodgorov,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov

84.

2023/2024 oʻquv yili boshlanguniga qadar yangi tahrirdagi Konstitutsiyani oʻrganish boʻyicha darsliklar va adabiyotlarni yaratish.

1. Barcha taʼlim turlari va bosqichlaridagi Konstitutsiyani oʻrganish boʻyicha oʻquv va taʼlim dasturlarini qayta koʻrib chiqish va ularni yangi tahrirdagi Konstitutsiya norma va qoidalariga moslashtirish.

2. Oʻquvchilarga, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, yangi tahrirdagi Konstitutsiyani oʻrgatish boʻyicha zamonaviy metodikaga asoslangan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va maxsus adabiyotlarni yaratish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil 1-iyun

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Oliy taʼlim, fan

va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

A. Xodjayev

85.

Aholining mehnat huquqlari buzilishining oldini olish boʻyicha amaliy choralar koʻrish.

Mehnat uchun kamsitilmaslik, mehnatga munosib adolatli haq olish, homiladorlarni ishdan boʻshatish va ish haqini kamaytirish taqiqlanishiga oid konstitutsiyaviy talablarga barcha davlat va nodavlat tashkilotlarda rioya etilishi ustidan nazorat oʻrnatish, mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida muntazam ravishda jamoatchilikni xabardor qilish.

Kompleks chora-tadbirlar rejasi

2023-yil iyun

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Qudbiyev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

86.

Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.

1. Tajribali sudyalar, tergovchilar, advokatlarni jalb qilgan holda quyidagi masalalar boʻyicha telekoʻrsatuvlar va ijtimoiy roliklar tayyorlash va keng tarqatish:

shaxs ayblov toʻgʻrisida xabardor boʻlishi, unga qarshi yoki uning foydasiga guvohlarning soʻroq qilinishini talab etish, qonunni buzib olingan dalillardan sudda foydalanilmasligi, yuqori turuvchi sudga shikoyat qilish, afv etish yoki jazoni yengillashtirishni iltimos qilish;

jazolash faqat sudning vakolatiga kirishi, “samosud” holatlariga huquqiy davlatda mutlaqo yoʻl qoʻyilmasligi, respublikada odil sudlov faqat sudlar tomonidan amalga oshirilishi, ularni munosib ravishda moliyalashtirilishi konstitutsiyaviy darajada belgilanganligi.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyul

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Oliy sud

B. Islamov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Davlat xavfsizlik xizmati

A. Azizov,

Advokatlar palatasi

A. Ernazarov

2. Ushlangan va tergov ostida boʻlgan shaxsning konstitutsiyaviy protsessual huquqlarini batafsil tushuntirib beruvchi koʻrgazmali materiallarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shu jumladan, tergov idoralari binolarida fuqarolarga koʻrinadigan tarzda joylashtirilishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyun

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Milliy gvardiya

R. Djurayev,

Davlat xavfsizlik xizmati

A. Azizov

87.

Konstitutsiyada belgilangan qoidalarning barcha aholi qatlamlari uchun tushunarli boʻlishini taʼminlash.

Nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar uchun foydalanishga qulay boʻlgan (Brayl alifbosi) yangilangan Konstitutsiyaning asosiy jihatlarini aks etgan qoʻllanmalarni tayyorlash va bepul tarqatish.

Kompleks chora-tadbirlar

2024-yil 1-yanvar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

88.

Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi” yagona milliy portali va uning mobil ilovasini ishga tushirish.

Aholiga konstitutsiyaviy normalar bilan qulay tarzda tanishish imkoniyatini beruvchi “Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi” yagona milliy portalini “Mening Konstitutsiyam” portali negizida yaratish va ishga tushirish.

Portalning oʻzbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida yuritilishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-iyun

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti

M. Raxmankulov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

89.

Qonunosti hujjatlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga oʻz vaqtida muvofiqlashtirish.

Qonunosti hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish natijalariga koʻra yangi tahrir?agi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilishi lozim boʻlgan normalarni qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2023-yil sentabr

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti

M. Raxmankulov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PF-67-son Farmoniga
2-ILOVA
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustuvor gʻoyalarini roʻyobga chiqarish va normalarini hayotga tatbiq etish boʻyicha Davlat komissiyasi
TARKIBI

Sh.M. Mirziyoyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Komissiya raisi

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri

S.U. Umurzakov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari

T.K. Narbayeva

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

N.M. Ismoilov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri

A.A. Azizov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi

B.D. Islamov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi

N.T. Yoʻldoshev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori

A.X. Saidov

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori

V.V. Maxmudov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi

R.K. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

R.A. Gulyamov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

O.Q. Abduraxmonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

Gʻ.Gʻ. Mirzayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

K.K. Kuranbayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

M.M. Kamilov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

B.M. Mavlonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari

D.B. Kadirov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari

A.J. Ramatov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari

J.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari

Z.B. Maxkamova

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

A.A. Xodjayev

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

A.D. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

R.R. Xakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari, Komissiya kotibi

Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PF-67-son Farmoniga
3-ILOVA
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi suveren davlat prinsipini izchil amalga oshirish boʻyicha ekspertlik kengashi
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

T.K. Narbayeva

Oliy Majlis Senati Raisi, Kengash raisi

E.T. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi oʻrinbosari

G.X. Yoziyev

Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari

B.B. Valiyev

Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari

Sh.Gʻ. Xalmuxamedov

mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari

I.A. Ibragimov

Milliy gvardiya qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari

S.E. Xusanov

Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari — Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni

B.M. Usmanov

tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari

F.O. Shermatov

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshligʻining birinchi oʻrinbosari

A.K. Rasulev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti ilmiy kotibi

A.I. Neʼmatov

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi oʻrinbosari, Kengash kotibi

Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-fevraldagi PF-20-sonli Farmoni tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PF-67-son Farmoniga
4-ILOVA
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi demokratik davlat prinsipini izchil amalga oshirish boʻyicha ekspertlik kengashi
TARKIBI

N.M. Ismoilov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri, Kengash raisi

Sh.G. Bafayev

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi

Sh.A. Chulliyev

Oliy Majlis Senati qoʻmita raisi oʻrinbosari

Sh.T. Palvanov

Oliy sud raisi oʻrinbosari

M.M. Ikramov

adliya vaziri oʻrinbosari

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

A.A. Xodjayev

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

D.K. Muratova

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori oʻrinbosari

A.M. Karimov

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi

O.N. Xusanov

Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi direktori

S.Sh. Rashidova

Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori

N.X. Raximova

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori

E.S. Tulyakov

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori

B.M. Bekmurodov

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi

B.G. Radjabov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni rahbari oʻrinbosari, Kengash kotibi

Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PF-67-son Farmoniga
5-ILOVA
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi huquqiy davlat prinsipini izchil amalga oshirish boʻyicha ekspertlik kengashi
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

N.T. Yoʻldoshev

Bosh prokuror, Kengash raisi

N.M. Umarov

Oliy Majlis Senati qoʻmita raisi

D.D. Shirinov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi

F.F.Eshmatova

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)

A.D. Tashkulov

adliya vaziri

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

D.S. Kasimov

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil

A.E. Burxanov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori

U.Sh. Xusainov

Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori v.b.

V.Yo. Ergashev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori oʻrinbosari

D.N. Kalandarov

Bosh vazir kotibiyati rahbari oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

Davlat xavfsizlik xizmati masʼul xodimi

A.A. Maxmudov

Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi, Kengash kotibi

Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PF-67-son Farmoniga
6-ILOVA
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi ijtimoiy davlat prinsipini izchil amalga oshirish boʻyicha ekspertlik kengashi
TARKIBI

J.A. Qoʻchqorov

Bosh vazir oʻrinbosari, Kengash raisi

U.U. Sharifxodjayev

maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari

U.A. Azamov

madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

A.Q. Karimov

yoshlar siyosati va sport vaziri maslahatchisi

O.N. Qudratov

tabiat resurslari vaziri oʻrinbosari

K.X. Karimov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari

U.Yu. Sabirov

sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari

A.N. Karimov

adliya vaziri oʻrinbosari

B.X. Maxamadaliyev

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi oʻrinbosari

O.A. Parpiboyeva

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

I.S. Muxammedov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti shuʼba mudiri

E.M. Muxitdinov

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari, Kengash kotibi

Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PF-67-son Farmoniga
7-ILOVA
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi dunyoviy davlat prinsipini izchil amalga oshirish boʻyicha ekspertlik kengashi
TARKIBI

A.D. Tashkulov

adliya vaziri, Kengash raisi

S.D. Toshboyev

Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi

K.X. Karimov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

U.U. Sharifxodjayev

maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari

A.Z. Saʼdullayev

yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari — Yoshlar ishlari agentligi direktori

U.A. Azamov

madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari

R.J. Kurbanov

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi

D.M. Saidjanov

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

N.N. Xikmatullayev

Milliy teleradiokompaniya raisining birinchi oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

Davlat xavfsizlik xizmati masʼul xodimi

M.D. Allakuliyev

Adliya vazirligi Qonunchilik departamenti boshligʻi, Kengash kotibi

Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PF-67-son Farmoniga
8-ILOVA
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning moddama-modda ilmiy-amaliy sharhini tayyorlash boʻyicha tahrir kengashi
TARKIBI

M.X. Raxmankulov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori, Kengash raisi

A.X. Saidov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari

M.E. Abdusalomov

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi

Sh.T. Palvanov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi oʻrinbosari

R.R. Xakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari

O.A. Xakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori

M.M. Mirakulov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

S.N. Gordeyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

E.F. Gadoyev

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmita raisi

Sh.X. Nazarov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi

D.D. Shirinov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi

Z.A. Reymova

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmita raisi

U.A. Tuxtasheva

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori oʻrinbosari

I.K. Jasimov

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʻrinbosari

A.K. Ernazarov

Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi

E.S. Tulyakov

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori

B.M. Bekmurodov

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi

I.R. Rustambekov

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.b.

V.E. Kolenko

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshligʻi v.v.b.

Sh.S. Sirojiddinov

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori v.b.

M.T. Turgʻunov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti direktori

A.A. Umarov

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti direktori oʻrinbosari

G.S. Ismailova

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori

I.A. Xamedov

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Davlat qurilishi va ommaviy huquq tadqiqot markazi direktori

I.R. Bekov

Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri

O. Okyulov

Toshkent davlat yuridik universiteti professori

E.D. Kutibayeva

Qoraqalpoq davlat universiteti professori

K.V. Djavakova

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kafedra boshligʻi

V.X. Davlyatov

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori oʻrinbosari, Kengash kotibi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 06/23/67/0269-son)