|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2026
|
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOSHQARUVINING
Qarori
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 5-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2693-10]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-oktabrdagi 21/6-sonli “Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3697, 28.10.2025-y.) asosan 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/3-son qarori (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 360-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 28-mart,
8/11-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 28-martdagi 8/11-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom tijorat banklari (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.”.
2. 14-bandning “g” kichik bandida:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yuridik shaxslardan jalb qilingan boʻlishi;”;
ikkinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. 18 va 181-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar summasi har bir aktivning jami qiymatini unga tegishli boʻlgan tavakkalchilik darajasiga koʻpaytirish va tavakkalchilik boʻyicha aniqlangan aktivlar yigʻindisi orqali topiladi.
Bunda, aktivning jami qiymati deganda — aktivning bank balansida aks ettirilgan asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlari, penya, komission va boshqa foizsiz toʻlovlari qoldigʻining ular boʻyicha yaratilgan zaxira ayrilgan miqdori tushuniladi.
181. Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar hisob-kitobi mazkur Nizomning 1 — 3-ilovalarida belgilangan tavakkalchilik darajalari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga ajratiladigan kreditlarning yillik foiz stavkasidan kelib chiqib Markaziy bank tomonidan oʻrnatiladigan tavakkalchilik darajalari asosida amalga oshiriladi.”.
4. 19-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
5. 1-ilovada:
8-pozitsiyaning tavakkalchilik darajasi ustunidagi “20” raqami “0” raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 101-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
| “ | ||
| 101. |
| 20% |
| ”; |
16 va 17-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
||
|
16. |
Sifati “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar (mazkur ilovaning boshqa pozitsiyalaridagi shartlarni bajarishidan qatʼiy nazar) |
200% |
|
17. |
Boshqa barcha aktivlar, bundan Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) 2 va 3-ilovalarida koʻrsatilgan hamda yillik foiz stavkasidan kelib chiqib tavakkalchilikka tortilgan aktivlar mustasno |
100% |
|
”. |
7. 4 — 6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
ILOVA
“Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Aholiga ajratilgan ipoteka kreditlarining tavakkalchilik darajalari*
|
Tavsifi |
Kredit summasini garov summasiga nisbati (KGN)** | |||
|
KGN<50% |
50%<KGN<75% |
75%<KGN<100% |
100%<KGN | |
|
Tavakkalchilik darajasi |
35% |
50% |
100% |
150% |
*Agar Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan mezonlardan biriga muvofiq boʻlsa, mazkur talablar qoʻllanilmaydi.
**Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 3269, 2020-yil 30-iyun) 6-bobiga muvofiq hisob-kitob qilinadi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 10/23/2693-10/0196-son)