1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.15.00 Taʼtillar. Bolalarning yozgi dam olishi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Yoshlarga doir siyosat toʻgʻrisida qonun hujjatlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-427-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-427-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni sogʻlomlashtirish, ularning boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazishni tashkil etish hamda salomatligini tiklashga koʻmaklashish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 1-bandiga muvofiq bolalarni sogʻlomlashtirish, ularning boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazishni tashkil etish hamda salomatligini tiklashga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.15.00 Taʼtillar. Bolalarning yozgi dam olishi]
2. Quyidagilar:
Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq;
Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq;
Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari bazasida tashkil etiladigan dam olish maskanlari toʻgʻrisida namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq;
Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha respublika va hududiy komissiyalar toʻgʻrisida nizom 4-ilovaga muvofiq;
Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish konsepsiyasini 2023-yilda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda kasaba uyushmalari aʼzolarining farzandlari dam olishi va ularni sogʻlomlashtirish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir yoʻllanma uchun bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga kompensatsiya toʻlash tartibini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish tavsiya etilsin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bir oy muddatda:
Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etib, komissiya aʼzolarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrsin;
bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavsumda bolalarni qabul qilishga tayyorligi yuzasidan zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
5. Tizimida bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari boʻlgan vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bir oy muddatda:
bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida malakali tibbiy xizmat koʻrsatish, sifatli oziq-ovqat bilan taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, shuningdek bolalarning mazmunli dam olishlarini taʼminlash boʻyicha amaliy choralar koʻrsin;
bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni belgilasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 6-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 27-fevral,
84-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi 84-son qaroriga 1-ILOVA
Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish
KONSEPSIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mamlakatimizda yangi Oʻzbekistonni barpo etishdek ulugʻ maqsadga erishish yoʻlida asosiy tayanchimiz boʻlgan yosh avlodga eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, ularga barcha sohalarda oʻz iqtidori va salohiyatini toʻliq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
2. Mustaqil hayotga qadam qoʻyayotgan yigit-qizlarni munosib ish va daromad manbai bilan taʼminlash, ularga zamonaviy kasb-hunarlar, xorijiy tillar, IT-texnologiyalarni oʻrgatish, tadbirkorlikka keng jalb etish, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Izchil saʼy-harakatlar oʻzining ijobiy samarasini berib, navqiron avlod vakillari maʼnaviy, jismoniy, axloqiy va intellektual jihatdan kamol topmoqda. Qolaversa, yoshlarimizning jahon maydonlaridagi turli jabhalarda erishayotgan yutuqlari sharafiga davlatimiz bayrogʻi baland koʻtarilib, uning nufuzi tobora yuksalmoqda.
3. Yoshlarning bilimi va iqtidori, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish bilan bir qatorda yosh avlodning mazmunli dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish sohasidagi faoliyatni zamonaviy talablarga mos ravishda tubdan qayta koʻrib chiqish lozim.
Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga jalb etiladigan bolalar salmogʻini koʻpaytirish va ularga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish ushbu yoʻnalishdagi ishlarni kompleks ravishda takomillashtirish va rivojlantirishni, shuningdek, uning doimiy faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni taqozo etmoqda.
4. Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish konsepsiyasida (keyingi oʻrinlarda — konsepsiya) bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirishning yangi va samarali tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amaliyotga tatbiq etishni nazarda tutadi.
2-bob. Konsepsiyaning maqsadi va asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.15.00 Taʼtillar. Bolalarning yozgi dam olishi]
5. Konsepsiyaning maqsadi bolalarning maktab taʼtili davrida vaqtini sermazmun oʻtkazish, ularning ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan hordiq chiqarishlarini taʼminlash, ular ongida milliy gʻoya, vatanparvarlik tuygʻularini hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish orqali barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iborat.
6. Konsepsiyada belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar amalga oshiriladi:
bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirishning samarali tizimini yaratish, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari tarmogʻini takomillashtirish va rivojlantirish;
bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
bolalarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularga umuminsoniy va milliy qadriyatlarni singdirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish;
bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish sohasida vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamkorligini taʼminlash va faoliyatni muvofiqlashtirib borish.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
3-bob. Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari faoliyatining asosiy tamoyillari
7. Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari faoliyatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
bolalar hayoti, sogʻligʻi va xavfsizligini taʼminlagan holda, ularning sifatli dam olishi va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish;
bolalar manfaatlarining ustuvorligi, ularning ijodiy rivojlanishi hamda oʻz imkoniyatlarini toʻliq namoyon etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
pedagog va yetakchilarning bolalar shaxsini rivojlantirish va ularning koʻngilli dam olishlarini taʼminlash borasidagi tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash;
bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish mobaynida ularga umuminsoniy va milliy qadriyatlarni singdirish, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirish.
4-bob. Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining faoliyat yoʻnalishlari
8. Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari bolalarning yoshini eʼtiborga olgan holda, quyidagi ixtisoslashgan yoʻnalishlarda tashkil etiladi:
Intellektual rivojlantirish oromgohlari. Bunday oromgohlar fan olimpiadalari, taʼlim sohasining turli darajadagi musobaqalari gʻoliblari boʻlgan 10 — 14 yoshgacha bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishi uchun yoʻnaltirilib, unda bir yoki bir nechta fanlar yoxud tillar chuqurlashtirilgan tarzda oʻrgatiladi;
Sport-sogʻlomlashtirish oromgohlari. Bunday oromgohlar 8 — 16 yoshgacha bolalarning oʻquv-mashq jarayonini davom ettirish, sport mahoratini takomillashtirish, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish, sogʻligʻini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan boʻlib, unda bolalarning yoshi va sport turining oʻziga xos xususiyatlari asosida har xil guruhlar tuziladi;
Sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlari. Bunday oromgohlar yurak qon-tomir tizimining kasallanishi, nafas olish, ovqat hazm qilish, tayanch-harakat apparatining oʻziga xos boʻlmagan xususiyatlari bilan betob boʻlib turadigan 7 — 14 yoshgacha bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirish uchun tashkil etiladi;
Mehnat va dam olish oromgohlari. Bunday oromgohlar 15 — 18 yoshgacha bolalarning ijtimoiy foydali mehnatini dam olish va sogʻlomlashtirish bilan birga qoʻshib olib borishiga yoʻnaltirilib, bolalar ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlanadi va ularning mehnat koʻnikmalari shakllantiriladi;s
Harbiy-sport oromgohlari. Bunday oromgohlar 12 — 17 yoshgacha bolalarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etiladi;
Ekologik-biologik va oʻlkashunoslik oromgohlari. Bunday oromgohlarda 7 — 14 yoshgacha bolalar uchun sayyohlik-oʻlkashunoslik va ekskursiya ishlari tashkil etiladi, ularga mamlakatimizning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy jihatdan oʻziga xos jihatlari chuqur oʻrgatiladi;
Ixtisoslashgan bolalar oromgohlari. Bunday oromgohlar 7 — 14 yoshgacha bolalarning yetakchilik va faolligini shakllantirish, ularning ijtimoiy moslashuv koʻnikmalarini oshirishga yoʻnaltiriladi.
IT oromgohlari. Bunday oromgohlar axborot texnologiyalariga qiziqishi yuqori boʻlgan 10 — 14 yoshgacha bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishi uchun yoʻnaltirilib, unda matematika va informatika fanlari chuqurlashtirilgan tarzda oʻrgatiladi.
“Madaniy muloqot va bagʻrikenglik” yoshlar oromgohlari. Bunday oromgohlar yosh avlodda boshqa madaniyat va anʼanalarga nisbatan hurmat va ochiq munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi, turli millat vakillariga mansub faol va bilimdon yoshlarning yozgi bolalar lagerlarida birgalikda dam olishi, jamoaviy faoliyatlarda ishtirok etishi hamda oʻzaro tajriba almashishi uchun shart-sharoit yaratiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 412-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2026-y., 09/26/412/0798-son)
Manfaatdor tashkilotlarning taklif va tashabbuslari asosida boshqa yoʻnalishlardagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari faoliyati yoʻlga qoʻyilishi mumkin.
5-bob. Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar
9. Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida quyidagi tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
a) jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash, aloqa va transport bilan qamrab olish. Bunda:
bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha doimiy navbatchilik tashkil etiladi;
bolalarning daryo, anhor yoki suv havzasi boʻyida boʻlishlari, sayrga chiqishlari oromgoh yetakchisi yoki tarbiyachisi kuzatuvisiz boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
har bir oromgohda yongʻin chiqish va tabiiy ofat ehtimoliga qarshi bolalarni koʻchirish rejasi ishlab chiqiladi;
bolalar yongʻin xavfsizligi va jarohatlanishning oldini olish talablariga javob beruvchi turar joy bilan taʼminlanadi;
bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari hududida begona kishilarning boʻlishi yoki yashashiga yoʻl qoʻyilmaydi;
bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlaridagi bolalar hamda ularga xizmat koʻrsatayotgan xodimlarning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar boʻyicha hushyorligini oshirish yuzasidan profilaktik tadbirlar oʻtkaziladi;
har bir bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi shaharlararo telefon bilan taʼminlanadi, agar bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi joylashgan hududga telefon tarmogʻi oʻtkazilmagan boʻlsa, u holda uyali aloqa vositasi bilan taʼminlanadi;
bolalar belgilangan joydan texnik jihatdan soz boʻlgan transport vositalarida yoʻl-patrul xizmati kuzatuvida bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga olib boriladi va olib kelinadi;
bolalarni sayohat, ekskursiya va safarlarga yoki bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari tomonidan oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarga olib borish va olib kelish uchun transport vositalari ajratiladi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik]
b) bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarini tibbiy yordam vositalari bilan taʼminlash, davlat sanitariya nazoratini oʻrnatish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash hamda ularning sifatini nazorat qilib borish. Bunda:
har bir bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida tibbiy punkt tashkil etilib, u tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan barcha dori-darmonlar va tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlanadi;
bolalarga doimiy tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun shay boʻlgan tibbiyot muassasalari oldindan belgilab qoʻyiladi;
bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga yuborilishidan oldin bolalar tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi, tibbiy hujjatlar tekshiriladi, agar bolalarda biror kasallik alomati aniqlansa, ularning bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga joʻnatilishiga ruxsat berilmaydi;
bolalarning yoshi va mavjud kasalliklarini eʼtiborga olgan holda kun tartibi ishlab chiqiladi, ratsional ovqatlantirish tashkil etiladi va muntazam ravishda nazorat qilib boriladi;
bolalarning sogʻligi muntazam ravishda kuzatib boriladi, ular shifokor tomonidan reja asosida tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilib boriladi;
bolalar uzluksiz ravishda oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanadi, ularning sifati va belgilangan meʼyorlarga mosligi doimiy ravishda nazorat qilib boriladi;
mavsumiy kasalliklar (oʻtkir ichak kasalliklari) koʻpayishi mumkin boʻlgan oylarda tibbiyot xodimlari tomonidan kasallikning oldini olish va zarur boʻlganda davolash ishlari tashkil etiladi;
yuqumli kasalliklar aniqlangan taqdirda, bu haqda sogʻliqni saqlash muassasalariga va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga belgilangan tartibda maʼlum qilinadi va bemor bola bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi rahbari nazoratida shifoxonaga yotqiziladi;
bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari oshxonasi ishi ustidan nazorat olib boriladi, taomnoma tuzishda shifokor ishtirok etadi, tayyor ovqatlar kaloriyasi tekshirib boriladi, tashqaridan keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari shifokor ruxsatisiz bolalarga berilmaydi;
oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, saqlanishi, idish-tovoq va texnologik jihozlarni yuvishda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi nazoratga olinadi;
bolalar bilan sogʻlom turmush tarzi boʻyicha mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari, uchrashuvlar, savol-javoblar, davolash-profilaktika, sanitar-gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlar oʻtkaziladi, bolalarning yoshini eʼtiborga olgan holda, ular oʻrtasida turli yuqumli kasalliklarning oldini olish boʻyicha sanitariya-oqartuv ishlari olib boriladi;
bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari joylashgan hudud sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga javob beradigan holda tartibga keltiriladi va tozalanadi;
bolalar salomatligi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi uchun tibbiyot xodimlari, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi hududining tozaligi uchun oromgoh rahbari javobgar ekanligi belgilab qoʻyiladi;
bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlarning doimiy monitoringi olib boriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
v) taʼlim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish. Bunda:
har bir bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida kutubxona yoki axborot-resurs markazi ishi tashkil etiladi, bolalar kitoblar, jurnal va gazetalar bilan taʼminlanadi;
bolalarning qiziqishlari va iqtidorlari boʻyicha toʻgaraklar, bolalar studiyalari, kompyuter sinflari, mahorat darslari tashkil etiladi;
olimpiadalar, viktorinalar, bilimlar tanlovlari, texnik va badiiy ijodiyot koʻrgazmalari oʻtkaziladi, fan va sanʼat arboblari bilan uchrashuvlar tashkillashtiriladi;
bolalarning yoshi va salomatligiga mos keluvchi ijtimoiy foydali va pedagogik maqsadga muvofiq mehnat turlari tashkil etiladi;
xizmat koʻrsatuvchi xodimlar, ayniqsa, pedagog va yetakchilarni bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi faoliyatiga jalb etishda ularning oʻz kasbini puxta egallaganligi, bola shaxsini hurmat qilishi, ijodkorligi, tashabbuskorligi, fidoyiligiga eʼtibor qaratiladi;
oromgohlarga malakali psixologlar jalb etiladi va bolalar bilan jamoaviy va yakka tartibdagi psixologik suhbatlar, treninglar olib boriladi;
g) maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va madaniy hordiq. Bunda:
bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi hududi, binolari, maʼnaviyat va maʼrifat xonalari noanʼanaviy va qiziqarli ravishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan holda jihozlanadi va bezatiladi;
bolalarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularni vatanparvarlik va milliy gʻoya ruhida tarbiyalashga qaratilgan davra suhbatlari, uchrashuvlar oʻtkaziladi;
bolalarning yoshiga qarab, ular stol usti oʻyinlari hamda oʻyinchoqlar bilan taʼminlanadi;
madaniyat va sanʼat toʻgʻrisida suhbatlar, oʻqilgan kitoblar, namoyish etilgan kinofilmlarning muhokamasi oʻtkaziladi, badiiy va ilmiy-ommabop videofilmlar, multfilmlar, slaydlar namoyish etiladi;
teatr va boshqa ijodiy jamoalarning bolalar uchun spektakllari, konsert dasturlari namoyish etiladi, bolalarning muzeylar va koʻrgazmalarga tashriflari uyushtiriladi;
bolalarning yoshi, qiziqishi va qobiliyatlarini eʼtiborga olib, milliy musiqa madaniyati, tasviriy sanʼat, xalq hunarmandchiligi, jahon madaniyati va sanʼati durdonalari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladi;
turli millatga mansub bolalar uchun yangi doʻstlar orttirish, til oʻrganish va doʻstlik klublari tashkil etiladi;
jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarda jismoniy va aqliy mehnatga birday hurmat uygʻotish, ularda mehnatsevarlik va yaratuvchanlik xislatlarini shakllantirishga qaratilgan mahorat darslari oʻtkaziladi;
isteʼdodli bolalar bilan ishlashda ularning oʻz iqtidorlarini namoyon etishlariga sharoit yaratib beriladi;
har bir tadbir oʻtkazilishiga yuqori talab va masʼuliyat bilan yondashgan holda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohidagi barcha narsalar bolalar yoshiga mos, ularning qiziqishlari, dunyoqarashlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib tayyorlanadi;
bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi tartib-qoidalariga rioya qilish, odob-axloq meʼyorlarini bajarish va yuksak intizomli boʻlish har bir tarbiyalanuvchiga tushuntiriladi;
bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi hududi bolalar dunyosiga mos ravishda turli banner va shiorlar bilan bezatiladi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.01.00 Umumiy masalalar]
d) jismoniy tarbiya va sport. Bunda:
bolalar uchun ertalabki gigiyenik hamda davolash gimnastikasi oʻtkaziladi;
sport oʻyinlari hamda mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun sport maydonchalari tayyorlanadi, ular sport inventarlari bilan taʼminlanadi;
suzish, yugurish, yurish, futbol, voleybol, tennis, shaxmat, stol tennisi va sportning boshqa turlari boʻyicha sport musobaqalari hamda mashgʻulotlar tashkil etiladi;
sportning ommaviy turlari bilan bir qatorda bolalarning yoshini, bilim darajasi, salomatligi va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, maxsus mashgʻulotlar oʻtkaziladi;
bolalarning oʻzlariga maʼqul boʻlgan sport seksiyalariga qatnashishi, turli musobaqalarda ishtirok etishi taʼminlanadi, mazkur tadbirlar belgilangan tartibdagi tibbiy koʻrik ostida amalga oshirilib, bu jarayon tibbiyot xodimlarining nazoratida boʻladi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.04.00 Ekskursiyalar]
e) sayyohlik va ekskursiya. Bunda:
bolalarni sayyohlik safarlari va ekskursiyalarga olib chiqishdan oldin ularda ekstremal holatda oʻzini tutish koʻnikmalari shakllantiriladi, xavfsizlik qoidalari tushuntiriladi;
ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yoʻnalishlar boʻyicha turli ekskursiyalar (shahar boʻylab, shahardan tashqarida, dam olish kuni yoʻnalishlari va boshqalar) tashkil etiladi;
oʻlkashunoslik, tabiatshunoslik va ekologik yoʻnalishlarda amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi, bunda bolalar tabiat hodisalarini kuzatishi, ularni taqqoslashi, ekologik muammolarni oʻrganishi va muhokama etishi mumkin.
10. Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha respublika va hududiy komissiyalar tomonidan nazorat qilinadi. Bunda:
bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish boʻyicha vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligi taʼminlanadi hamda faoliyat muvofiqlashtirib boriladi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish yuzasidan joylarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilib boriladi, oʻrganiladi va takliflar ishlab chiqiladi;
bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish yuzasidan zarur choralar koʻriladi.
11. Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirishni amalga oshirish jarayoniga davlat va nodavlat tashkilotlari jalb etiladi.
12. Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi.
6-bob. Erishiladigan natijalar
13. Konsepsiya bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish tizimini yanada rivojlantirish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlarni mazmunan yangi bosqichga koʻtarishda muhim rol oʻynaydi. Jumladan:
bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirishning yangi va yagona tizimi yaratiladi;
bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari tarmogʻi shakllanadi;
bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish qamrovi ortadi;
yoshlarda mustahkam mafkuraviy immunitet shakllantiriladi, intellektual va salohiyatli yoshlarni tarbiyalashga hissa qoʻshiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi 84-son qaroriga 2-ILOVA
Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining (keyingi oʻrinlarda — oromgoh) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Oromgoh sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, xavfsizlik talablariga toʻliq javob beradigan va qulay sharoitda bolalarning kundalik hayot tarziga rioya etishi, sifatli ovqatlanishi, ijodiy va ilmiy salohiyatining rivojlanishi, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarining shakllanishi, dam olishi, salomatliklarining tiklanishi va mustahkamlanishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlarini taʼminlovchi sogʻlomlashtirish tashkiloti hisoblanadi.
3. Oromgoh oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, oʻz ustaviga amal qiladi.
4. Mazkur Nizom talablari tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, barcha oromgohlar faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi.
2-bob. Oromgohlarning vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar oromgohning vazifalari hisoblanadi:
bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish;
bolalarning jismoniy, intellektual, maʼnaviy va axloqiy kamol topishiga koʻmaklashish;
bolalarni tarixiy va milliy anʼanalar hamda maʼnaviy qadriyatlar bilan tanishtirish, ularda mafkuraviy immunitetni hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarni shakllantirishga koʻmaklashish;
bolalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda intellektual rivojlangan va salohiyatli yoshlarni tarbiyalashga hissa qoʻshish.
6. Oromgoh oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
bolalarning har tomonlama kamol topishi, xususan, ularning qiziqishlari, iqtidorining rivojlanishi, mustaqil bilim olishi va ijodiy mehnat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
bolalarning ehtiyojlariga muvofiq ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan toʻgaraklar tashkil etadi, qoʻshimcha taʼlim xizmatlarini koʻrsatadi;
bolalar bilan sanʼat va hunarmandchilik yoʻnalishlari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazadi;
qobiliyatli va iqtidorli bolalarni aniqlaydi, ularning mahoratini rivojlantirishga qaratilgan musobaqalar, texnik, badiiy ijodiyot, oʻlkashunoslik, ekologiya va boshqa yoʻnalishlardagi tadbirlarni tashkil etadi;
taʼlim tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik qiladi, ularning mutaxassislari ishtirokida seminarlar, treninglar, davra suhbatlari, master klasslar oʻtkazadi;
dam olish va sogʻlomlashtirishga qabul qilingan bolalarning hisobini yuritadi;
oromgohlar faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.
3-bob. Oromgohlar faoliyatini tashkil etish
7. Oromgohlar statsionar oromgohlar va kunduzgi oromgohlarga ajratiladi.
Statsionar oromgohlar — statsionar baza asosida qurilgan yoki vaqtinchalik ijaraga olingan obyektlarda tashkil etilib, unda smena davomida bolalarning dam olishi tashkil etiladi va sogʻlomlashtiriladi.
Kunduzgi oromgohlar — umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, sport, ijtimoiy xizmat koʻrsatish, sanatoriy-kurort muassasalarida vaqtinchalik tashkil etilib, unda faqatgina kunduz kuni bolalarning dam olishi tashkil etiladi va sogʻlomlashtiriladi.
8. Oromgoh jismoniy va yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — muassis) tomonidan tashkil etiladi.
Oromgoh bir nechta muassislar va kasaba uyushmalarining birgalikdagi qarori asosida tashkil etilishi mumkin.
9. Statsionar oromgoh yuridik shaxs hisoblanib, mustaqil balansga, bank hisobvaragʻiga, oʻz nomi yozilgan muhrga, shtamp va blankalarga ega boʻladi.
10. Oromgoh faoliyatiga rahbarlikni muassis, muassis bir nechta boʻlganda kelishuv asosida ulardan biri tomonidan tayinlanadigan oromgoh rahbari amalga oshiradi.
11. Oromgohda bolalarni sogʻlomlashtirish muddatlari muassis(lar) tomonidan belgilanadi. Bunda sogʻlomlashtirish muddatlari yozgi mavsumda 10 kundan, kuzgi, qishki va bahorgi mavsumda 7 kundan kam boʻlmasligi lozim.
12. Oromgohda bolalarning yoshini hisobga olgan holda guruhlar tuziladi. Guruhlardagi bolalar soni 7 — 9 yoshdagi bolalar uchun 30 nafardan, 10 — 14 yoshdagi bolalar uchun 40 nafardan oshmasligi kerak.
13. Oromgohlarda Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish konsepsiyasida nazarda tutilgan tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
4-bob. Oromgohlar faoliyatini ixtisoslashtirish
14. Oromgohlar bolalarning yoshini eʼtiborga olgan holda turli ixtisoslashgan yoʻnalishlarda tashkil etilishi mumkin.
15. Statsionar oromgoh quyidagi ixtisoslashgan yoʻnalishlarda tashkil etiladi:
intellektual rivojlantirish oromgohlari;
sport-sogʻlomlashtirish oromgohlari;
sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlari;
harbiy-sport oromgohlari;
ekologik-biologik va oʻlkashunoslik oromgohlari;
ixtisoslashgan bolalar oromgohlari.
16. Kunduzgi oromgoh quyidagi ixtisoslashgan yoʻnalishlarda tashkil etiladi:
mehnat va dam olish oromgohlari;
sport-sogʻlomlashtirish oromgohlari;
ekologik-biologik va oʻlkashunoslik oromgohlari.
17. Manfaatdor tashkilotlarning taklif va tashabbuslari asosida boshqa yoʻnalishlardagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari faoliyati yoʻlga qoʻyilishi mumkin.
18. Intellektual rivojlantirish oromgohlari fan olimpiadalari, taʼlim sohasining turli darajadagi musobaqalari gʻoliblari boʻlgan 10 — 14 yoshgacha bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishi uchun yoʻnaltirilib, unda bir yoki bir nechta fanlar yoxud tillar chuqurlashtirilgan tarzda oʻrgatiladi.
19. Intellektual rivojlantirish oromgohlari intellektual oʻquv mashgʻulotlari va madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturlari asosida faoliyat koʻrsatadi.
20. Intellektual oʻquv mashgʻulotlari dasturi fan yoʻnalishlari boʻyicha dars va toʻgarak mashgʻulotlari, mahorat darslari, fan kechalari, intellektual musobaqa, viktorina va boshqa tanlovlar shaklida amalga oshiriladi.
Madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturi sport musobaqalari, ijodiy uchrashuvlar, badiiy kechalar va konsert dasturlari, insho va rasmlar tanlovlari, shuningdek, oromgohlar uchun tavsiya etilgan filmlar namoyishi shaklida tashkil etiladi.
21. Intellektual oʻquv mashgʻulotlari va madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturlarini amalga oshirishga olimlar va oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari, adabiyot va sanʼat arboblari jalb etiladi.
22. Sport-sogʻlomlashtirish oromgohlari 8 — 16 yoshgacha bolalarning oʻquv-mashq jarayonini davom ettirish, sport mahoratini takomillashtirish, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish, sogʻligʻini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan boʻlib, unda bolalarning yoshi va sport turining oʻziga xos xususiyatlari asosida har xil guruhlar tuziladi.
23. Sport-sogʻlomlashtirish oromgohlaridagi oʻquv-mashq jarayoni bolalar sport maktablari uchun moʻljallangan dasturlar asosida murabbiylar tomonidan olib boriladi.
24. Sport-sogʻlomlashtirish oromgohiga tarbiyachi va yetakchilar sifatida bolalar uchun sport yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarining murabbiylari jalb etiladi.
25. Sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlari yurak qon-tomir tizimi kasallanishi, nafas olish, ovqat hazm qilish, tayanch-harakat apparatining oʻziga xos boʻlmagan xususiyatlari bilan betob boʻlib turadigan 7 — 14 yoshgacha bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishi uchun tashkil etiladi.
26. Sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlarida bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish davolash-sogʻlomlashtirish rejimiga qatʼiy rioya qilgan holda davolash badantarbiyasi, toʻyimli ovqatlanish hamda kasallik turi va xususiyatiga mos keluvchi profilaktik muolajaga asoslanadi.
27. Sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlarida bolalarning jismoniy tarbiyasi tibbiy nazorat ostida olib boriladi. Sogʻlomlashtirilayotgan bolalar uchun jismoniy zoʻriqish darajasi va rejimi shifokor tomonidan belgilanadi.
28. Sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlarida olis masofaga va uzoq vaqt davom etuvchi sayohatlar tashkil etilmaydi, harbiy oʻyinlar va sport musobaqalari oʻtkazilmaydi. Uzoqqa yoki tez yugurish, chidamlilikni nazarda tutuvchi mashgʻulotlar oʻtkazilishi mumkin.
29. Harbiy-sport oromgohlari 12 — 17 yoshgacha bolalarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etiladi.
30. Harbiy-sport oromgohlarida sport mashgʻulotlari, psixologlar ishtirokida seminar-treninglar va turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.
31. Ekologik-biologik va oʻlkashunoslik oromgohlarida 7 — 14 yoshgacha bolalar uchun sayyohlik-oʻlkashunoslik va ekskursiya ishlari tashkil etiladi, ularga mamlakatimizning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy jihatdan oʻziga xos jihatlari chuqur oʻrgatiladi.
32. Ekologik-biologik va oʻlkashunoslik oromgohlarida bolalar uchun sayyohlik, oʻlkashunoslik, tabiatshunoslik va ekologiya yoʻnalishlarida toʻgaraklar tashkil etiladi.
Toʻgaraklarda bolalarga tabiat hodisalarini kuzatish va taqqoslash, ekologik muammolarni oʻrganish va muhokama qilish, shuningdek, tajribalar oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
33. Ekologik-biologik va oʻlkashunoslik oromgohlari tomonidan ularda oʻtkaziladigan mashgʻulotlarning xususiyatini inobatga olgan holda turli yoʻnalishlar boʻyicha sayohatlar tashkil etiladi.
34. Ixtisoslashgan bolalar oromgohlari 7 — 14 yoshgacha bolalarning yetakchilik va faolligini shakllantirish, ularning ijtimoiy moslashuv koʻnikmalarini oshirishga yoʻnaltiriladi.
35. Mehnat va dam olish oromgohlari 15 — 18 yoshgacha bolalarning ijtimoiy foydali mehnati dam olish va sogʻlomlashtirish bilan birga qoʻshib olib borilishiga yoʻnaltirilib, bolalar ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlanadi va ularning mehnat koʻnikmalari shakllantiriladi.
36. Mehnat va dam olish oromgohlarida har bir mavsum 12 kundan koʻp boʻlmagan muddatga belgilanadi.
37. Bolalarni ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlash va ularning mehnat koʻnikmalarini shakllantirishda bajarayotgan ishining turi va muddatlaridan qatʼi nazar, mehnatni muhofaza qilish qoidalari talablariga rioya qilinishi shart.
38. Mehnat va dam olish oromgohlariga qabul qilingan bolalar qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlangan ishlarga jalb qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
39. Mehnat va dam olish oromgohlarining kun tartibini ishlab chiqishda bolalarning mehnat faoliyatini jismoniy sogʻlomlashtirish va madaniy-ommaviy tadbirlar bilan uygʻunlashtirilgan holda olib borish nazarda tutiladi.
5-bob. Bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish
40. Oromgohlarda bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishi Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi qarori asosida maktab taʼtillari (yozgi, kuzgi, qishki va bahorgi) davrida tashkil etiladi, qolgan vaqtlarda oromgohlar dam olish maskani sifatida faoliyat yuritadi.
41. Bolalar statsionar oromgohlarga yoʻllanma asosida yuboriladi. Yoʻllanmalar bolalarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda — ota-onalar) ishlayotgan tashkilotlar, homiylar, kasaba uyushmalarining mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan xarid qilinadi.
42. Statsionar oromgohlarda besh kishidan iborat tarkibda bolalarni qabul qilish va kuzatish komissiyasi tuziladi.
43. Bolalarni qabul qilish va kuzatish komissiyasi statsionar oromgoh rahbari (komissiya raisi) va aʼzolardan (tarbiyachi, yetakchi, bosh shifokor va hamshira) tashkil topadi.
44. Bolalar yoʻllanma va bolaning sogʻligʻi haqidagi tibbiy maʼlumotnoma (079/x-shakl) asosida statsionar oromgohga qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
45. Statsionar oromgohga bolalar mazkur oromgoh tibbiyot xodimlari koʻrigidan oʻtkazilgan holda qabul qilinadi.
46. Tibbiy koʻrik jarayonida bolada biror kasallik alomati aniqlansa, bola statsionar oromgohga qabul qilinmaydi va uning davolanishi uchun 3 kun muddat beriladi. Bola 3 kun ichida davolanib kelgan taqdirda qabul qilinadi.
Davolanish muddati 3 kundan ortiq davom etgan taqdirda, ota-onasining 10 kun ichida bergan murojaatiga asosan bolaga berilgan yoʻllanma qaytarib olinadi, yoʻllanma uchun toʻlangan mablagʻning 85 foizi yoʻllanma toʻlovini amalga oshirgan shaxsga qaytariladi.
47. Bir smenada dam olgan va sogʻlomlashtirilgan bolalar statsionar oromgohga mazkur Nizomda belgilangan tartibda keyingi smenalarda ham qabul qilinishi mumkin.
48. Statsionar oromgoh xodimlarining shtatlar jadvali muassis(lar) tomonidan tasdiqlanadi.
49. Tibbiyot xodimlari statsionar oromgohga tegishli hududiy sogʻliqni saqlash organlari bilan kelishgan holda ishga qabul qilinadi. Tibbiyot xodimlari va oromgoh rahbariyati bolalarning hayoti, sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishi, ular bilan mavsum davomida davolash-profilaktika ishlari olib borilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi uchun masʼul hisoblanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam]
50. Bolalar hamda oromgoh xodimlariga birinchi tibbiy yordam bepul koʻrsatiladi.
51. Statsionar oromgoh xodimlari uchun bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishi mavsumi davomida yashash va ovqatlanish bepul amalga oshiriladi, buning uchun sarflanadigan xarajatlar oromgoh mablagʻlari va muassis(lar) hisobidan qoplanadi.
52. Kunduzgi oromgoh yoki sogʻlomlashtirish maydonchasining kundalik faoliyati muassis(lar) qaroriga koʻra quyidagicha tashkil etiladi:
soat 08.30 dan 14.00 gacha;
soat 08.30 dan 17.00 gacha.
53. Kunduzgi oromgoh yoki sogʻlomlashtirish maydonchasida besh kishidan iborat tarkibda bolalarni qabul qilish va kuzatish komissiyasi tuziladi.
Bolalarni qabul qilish va kuzatish komissiyasi oromgoh rahbari (komissiya raisi), uch nafar pedagog va tibbiyot xodimidan tashkil topadi.
54. Bolalar ota-onalarning arizasi va bolaning sogʻligʻi haqida berilgan tibbiy maʼlumotnoma (079/x-shakl) asosida kunduzgi oromgoh yoki sogʻlomlashtirish maydonchasiga qabul qilinadi.
55. Kunduzgi oromgoh yoki sogʻlomlashtirish maydonchasining rahbari tomonidan bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishi mavsumi boshlanguniga qadar oromgohda smena boʻyicha bolalarning roʻyxati tasdiqlanadi.
56. Bir smenada dam olgan va sogʻlomlashtirilgan bolalar kunduzgi oromgoh yoki sogʻlomlashtirish maydonchasiga mazkur Nizomda belgilangan tartibda keyingi smenalarda ham qabul qilinishi mumkin.
57. Oromgohlarning har bir toʻgaragida kamida 10 nafar bolalardan iborat guruhlar tashkil etiladi.
58. Oromgohlarda barcha yoʻnalishdagi toʻgarak mashgʻulotlari uchun haftada 4 akademik soat, sayyohlik-oʻlkashunoslik, ijodkorlik va robototexnika yoʻnalishidagi toʻgaraklar uchun haftada 6 akademik soat ajratiladi.
59. Toʻgaraklarning faoliyati oromgohlar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv reja hamda bolalarning yoshi, psixofiziologik xususiyatlari hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari inobatga olingan holda tuzilgan mashgʻulotlar jadvali asosida amalga oshiriladi.
6-bob. Bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishi jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
60. Bolalar, ota-onalar va pedagog xodimlar bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishi jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.
61. Bolalar quyidagi huquqlarga ega:
oromgohning ichki tartib-qoidalari bilan tanishish;
oromgohda qiziqishiga koʻra toʻgarak turini tanlash va unda bepul taʼlim olish;
oromgohning tibbiy va qoʻshimcha taʼlim xizmatlaridan foydalanish;
oromgohning moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish;
oromgohdagi sharoit, ovqatlanish, tibbiy xizmat va oʻquv jarayoni masalalarida yuzaga kelgan muammolar boʻyicha oromgoh rahbariyatiga murojaat qilish;
oromgoh faoliyatini takomillashtirishga oid takliflar berish.
Bolalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
62. Bolalar quyidagilarga majbur:
oromgoh ichki tartib-qoidalariga rioya qilish;
oromgoh hududini rahbariyat ruxsatisiz va pedagoglar kuzatuvisiz tark etmaslik;
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilish;
oʻzi va atrofidagilarning sogʻligʻiga zarar yetkazadigan harakatlar qilmaslik;
atrof-muhit va oʻsimliklarga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish.
Bolalarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
63. Ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:
oromgoh tomonidan bolalarga sifatli xizmat koʻrsatilishini talab qilish;
oromgohning ichki tartib-qoidalari, kun tartibi va taomnoma bilan tanishish;
oʻz xohishiga koʻra bolalarni oromgohdan muddatidan oldin olib ketish;
oromgoh faoliyatini takomillashtirish yuzasidan oromgoh rahbariyatiga taklif berish.
Ota-onalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
64. Ota-onalar quyidagilarga majbur:
bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishi davrida farzandini zarur kiyim-bosh va shaxsiy gigiyena vositalari bilan taʼminlash;
farzandini oromgohga yoki kuzatish-kutib olish joyiga oʻz vaqtida olib kelish va olib ketish.
Ota-onalarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
65. Oromgohning pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
oromgohning ichki tartib-qoidalari bilan tanishish;
oʻz kasbiy shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish;
oromgohni boshqarishda ishtirok etish;
oromgoh rahbariyatiga oromgoh faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish.
Oromgohning pedagog xodimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
66. Oromgohning pedagog xodimlari quyidagilarga majbur:
oromgohning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish;
mashgʻulotlarni tasdiqlangan oʻquv reja asosida tashkil etish;
bolalarga hurmat bilan munosabatda boʻlish;
bolalarning hayoti va sogʻligini muhofaza qilish.
Oromgohning pedagog xodimlariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
67. Oromgoh rahbari quyidagi huquqlarga ega:
oromgoh xodimlari va dam oluvchilardan oromgohning ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini talab qilish;
oʻquv va madaniy-maʼrifiy dasturlar, sport tadbirlari hamda toʻgarak mashgʻulotlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
oromgohning ichki tartib-qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan bolalarni oromgohdan chetlashtirish va keyingi smenalarga qabul qilmaslik.
Oromgoh rahbari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
68. Oromgoh rahbari quyidagilarga majbur:
bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
toʻgaraklarni bolalarning yoshi, psixofiziologik holati va qiziqishlarini inobatga olgan holda tashkil etish;
moddiy-texnika bazadan samarali foydalanilishi va asrab-avaylanishini taʼminlash;
bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishi jarayoni ishtirokchilariga bepul tibbiy xizmat koʻrsatish va ularni dori-darmon bilan taʼminlash;
bolaning salomatligi jiddiy yomonlashgan hollarda uning ota-onasini hamda oromgohga biriktirilgan tibbiyot muassasasini xabardor qilish.
Oromgoh rahbariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
7-bob. Oromgohlarni moliyalashtirish
69. Oromgohlarda bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishi uchun zarur boʻladigan mablagʻlar miqdori dam olishi va sogʻlomlashtirilishi rejalashtirilgan bolalar sonidan kelib chiqib aniqlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
70. Oromgohning buxgalteriya hisobi va hisoboti buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
71. Statsionar oromgohlarda xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan qoplanadi:
yoʻllanmalarni sotishdan tushgan mablagʻlar;
kasaba uyushmalari mablagʻlari;
muassis(lar)ning mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
72. Statsionar oromgohni doimiy saqlash boʻyicha xarajatlar oromgoh va muassis(lar) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
73. Muassis statsionar oromgohning bolalarni qabul qilish quvvati doirasida oʻz hisobidan bolalar uchun qoʻshimcha oʻrinlar tashkil qilishi mumkin.
74. Statsionar oromgohning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati doimiy, biroq mavsum davomida kamida bir marta muassis(lar) tomonidan tekshiriladi.
75. Mavsum yakunlangandan soʻng statsionar oromgohning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati muassis(lar) tomonidan taftish qilinadi hamda oromgohning mol-mulki toʻliq xatlovdan oʻtkaziladi.
76. Kunduzgi oromgohlarda xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan qoplanadi:
ota-onalar toʻlovi;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
muassisning mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
77. Kunduzgi oromgohlarda bolalarni ovqatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-maydagi 132-son qaroriga muvofiq shartnoma asosida amalga oshiriladi.
78. Ota-onalar tomonidan bir nafar bola uchun amalga oshiriladigan toʻlov miqdori oromgohdagi bolalarni ovqatlantirish uchun sarflanadigan mablagʻlarning boshqa manbalari hisobidan qoplanmaydigan qismini rejadagi bolalar soniga boʻlish orqali muassis tomonidan belgilanadi.
79. Bolalarni ovqatlantirish uchun sarflanadigan mablagʻlar miqdori sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida belgilangan bir kunlik ovqatlanish normativi hamda oromgohda boʻlish muddatidan kelib chiqib, kunduzgi oromgohlar tashkil etiladigan muassasa oshxonasida ijara shartnomasi asosida faoliyat koʻrsatadigan tadbirkorlik subyektining xarajatlari inobatga olingan holda belgilanadi.
80. Ota-onalarning toʻlovi kunduzgi oromgohlarda bolalarni ovqatlantirish xarajatlarini qoplash hamda pedagoglar va boshqa xodimlarning oylik maoshini toʻlashga yoʻnaltiriladi.
81. Kunduzgi oromgohlarda bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishi jarayoniga oromgoh tashkil etilgan muassasada faoliyat koʻrsatayotgan pedagog va boshqa xodimlar bilan birga ixtiyoriylik asosida boshqa taʼlim muassasalarining pedagog va boshqa xodimlari ham jalb etiladi. Shartnomaga asosan, pedagog va boshqa xodimlarga oromgohdagi faoliyati uchun haq toʻlanadi.
82. Ota-onalar toʻlovini toʻlash va xarajatlarni amalga oshirish uchun kunduzgi oromgohlar tashkil etiladigan muassasaga xizmat koʻrsatuvchi tegishli gʻaznachilik boʻlinmasida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochiladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
83. Oromgohlarni qayta tashkil etish yoki tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
84. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi 84-son qaroriga 3-ILOVA
Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari bazasida tashkil etiladigan dam olish maskanlari toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari (keyingi oʻrinlarda — oromgoh) bazasida tashkil etiladigan dam olish maskanlarining (keyingi oʻrinlarda — dam olish maskani) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Dam olish maskani doimiy ravishda faoliyat koʻrsatadi. Dam olish maskani bolalarning dam olishi va ularni sogʻlomlashtirish mavsumida oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turadi.
3. Dam olish maskani oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
4. Tizimida dam olish maskani mavjud tashkilot dam olish maskanining faoliyati hamda dam oluvchilarga xizmat koʻrsatishning sifati ustidan nazorat qiladi.
2-bob. Dam olish maskanining asosiy vazifalari
5. Quyidagilar dam olish maskanining asosiy vazifalari hisoblanadi:
dam oluvchilarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish;
dam oluvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;
dam olish maskanining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
3-bob. Dam olish maskanining huquq va majburiyatlari
6. Dam olish maskani quyidagi huquqlarga ega:
dam olish maskanining ichki tartib-qoidalarini buzgan dam oluvchini dam olish maskanidan chetlashtirish;
dam oluvchilar tomonidan dam olish maskanining mol-mulkiga yetkazilgan zararni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olish.
Dam olish maskani qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
7. Dam olish maskani quyidagilarga majbur:
dam oluvchilarga sifatli xizmat koʻrsatish;
dam olish maskanining hududi, bino va inshootlarining tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda xavfsizlik talablariga muvofiqligini taʼminlash;
dam olish maskanini xoʻjalik, madaniy va sport anjomlari bilan jihozlash;
dam oluvchilarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash.
Dam olish maskani oʻz zimmasiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
4-bob. Dam olish maskanining faoliyatini tashkil etish
8. Dam olish maskanlari oromgohlar bazasida tashkil etiladi. Dam olish maskanlari alohida yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat koʻrsatishi mumkin.
9. Dam olish maskani rahbari muassis yoki oromgoh rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
10. Dam olish maskani rahbari:
dam olish maskani faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
dam oluvchilarni qabul qilish, joylashtirish va ularni dam olish maskanining ichki tartib-qoidalari bilan tanishtirish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
dam olish maskani faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha buyruqlar qabul qiladi hamda dam olish maskaniga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
dam olish maskani hujjatlarining toʻgʻri rasmiylashtirilishi, hisobotlarining olib borilishi va belgilangan tartibda saqlanishini nazorat qiladi;
dam olish maskanining faoliyat yuritishi uchun uni zarur boʻlgan jihozlar va vositalar bilan taʼminlaydi;
dam oluvchilarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
dam olish maskani mol-mulkining but saqlanishini taʼminlaydi;
dam olish maskani xodimlari bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomasini tuzadi, oʻzgartiradi va bekor qiladi.
11. Dam olish maskanida mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shakldagi Dam olish maskanlarida dam oluvchilarni roʻyxatga olish kitobi yuritiladi.
Dam oluvchilar roʻyxati maxsus elektron dasturlar orqali yuritilishi mumkin.
12. Dam olish maskanlarida dam oluvchilarni roʻyxatga olish kitobi raqamlangan, tikilgan hamda dam olish maskani rahbari tomonidan imzolangan va muhrlangan boʻlishi zarur.
13. Dam olish maskaniga kelgan dam oluvchilar dam olish maskani xodimiga oʻzlarining shaxsini tasdiqlovchi hujjati va yoʻllanmasini taqdim etadi.
14. Dam olish maskani rahbari dam oluvchilarning hordiq chiqarishlari va salomatliklarini mustahkamlashlari uchun ularning yoshi va sogʻligʻini inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratadi, sogʻlomlashtirish, madaniy va sport tadbirlarini tashkil etadi hamda sayohatlar uyushtiradi.
5-bob. Dam olish maskanining yoʻllanmalarini tayyorlash va sotish
15. Dam olish maskanining yoʻllanmalari qatʼiy hisobda turuvchi hujjatlar boʻlib, hisobga olish seriyasi va raqamiga ega boʻladi.
16. Dam oluvchi tomonidan yoʻllanmadan foydalanish imkoni boʻlmasa, yoʻllanma dam olish muddati boshlanishidan kamida 5 kun oldin dam olish maskaniga qaytarilishi lozim.
6-bob. Dam olish maskanining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati
17. Dam olish maskanlarini saqlab turish xarajatlari quyidagi manbalar hisobidan qoplanadi:
yoʻllanmalarni sotishdan tushgan mablagʻlar;
dam oluvchilarga koʻrsatilgan xizmatlardan tushgan mablagʻlar;
tizimida dam olish maskani mavjud tashkilot yoki oromgohlar tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
18. Dam olish maskanining buxgalteriya hisobi va hisoboti buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Dam olish maskanini tashkil etish, qayta tashkil etish yoki tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
20. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari bazasida tashkil etiladigan dam olish maskanlari toʻgʻrisida nizomga ILOVA
Dam olish maskanlarida dam oluvchilarni roʻyxatga olish
KITOBI
T/r
Dam oluvchining F.I.O.
Tugʻilgan sanasi
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari
(seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgan)
Yoʻllanmaning seriyasi va raqami
Yoʻllanmada koʻrsatilgan muddat
Dam olgan kuni
Eslatma
dan
gacha
dan
gacha
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
__________________________________
(F.I.O. va lavozimi)
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi 84-son qaroriga 4-ILOVA
Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha respublika va hududiy komissiyalar toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha respublika va hududiy komissiyalarning (keyingi oʻrinlarda — komissiyalar) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Komissiyalar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — respublika komissiyasi) tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadi.
4. Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiyalar) ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq namunaviy tarkibda tuziladi.
5. Respublika komissiyasining ishchi organi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi huzuridagi Bolalarning dam olishini va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish departamenti (keyingi oʻrinlarda — departament) hisoblanadi.
2-bob. Respublika komissiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar respublika komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari (keyingi oʻrinlarda — oromgohlar) faoliyatini tizimli va samarali tashkil etish, ulardagi maishiy, kommunal, transport va tibbiy taʼminot tizimlarining ishonchli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishi boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
oromgohlarda bolalarni vatanparvarlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda erkin fikrlash qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan taʼlim-tarbiya ishlarini hamda madaniy-maʼrifiy tadbirlarni taʼlim, fan, madaniyat, adabiyot va sanʼat sohalarining vakillari ishtirokida tashkil etish;
oromgohlarda bolalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini mustahkamlashga, shu jumladan taniqli sportchilar ishtirokida ommaviy sport musobaqalari oʻtkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
oromgohlarda sifatli shoshilinch tibbiy yordam xizmatini joriy etish, ularni zarur dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash, shuningdek, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, yongʻin xavfsizligi faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlash;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
oromgohlarga jalb etiladigan bolalar salmogʻini yildan-yilga oshirib borishni nazarda tutgan holda, oromgohlarda mavjud imkoniyatlar hamda dam oluvchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar doirasini kengaytirib borish;
oromgohlarda xavfsizlikni taʼminlash hamda tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
oromgohlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
7. Respublika komissiyasi asosiy vazifalaridan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishini sifatli tashkil etish maqsadida tegishli yoʻnalishlar boʻyicha chora-tadbirlar belgilaydi;
bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishi mavsumi boshlanishi oldidan oromgohlarning bolalarni qabul qilishga tayyorligini tekshirish choralarini koʻradi;
vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining oromgohlar faoliyatini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan respublika komissiyasiga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlash uchun zarur axborotlarni soʻrab oladi;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari uchun homiylikni jalb etish, mablagʻlarni maqsadli yoʻnaltirish hamda sarflanishini nazorat qiladi;
bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish boʻyicha uslubiy materiallar tayyorlash jarayoniga mutaxassislar va ekspertlarni jalb etadi.
3-bob. Respublika komissiyasi faoliyatini tashkil etish
8. Respublika komissiyasi hududiy komissiyalar va ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, majlislar oʻtkazadi, kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
9. Respublika komissiyasi qarorlar qabul qilishda aʼzolarning teng huquqliligi va kollegiallik tamoyillariga amal qiladi.
10. Respublika komissiyasi majlislari yiliga kamida ikki marta oʻtkaziladi, respublika komissiyasi raisi tomonidan yoki aʼzolarning taklifiga koʻra navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.
Majlis chaqirilishi haqida respublika komissiyasi aʼzolari majlis oʻtkazilishidan kamida bir hafta oldin xabardor qilinadi.
11. Respublika komissiyasi majlislari aʼzolarining koʻpchiligi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
12. Respublika komissiyasi qarorlari majlisda ishtirok etayotganlarning yarmidan koʻpi qoʻllab-quvvatlaganda qabul qilingan hisoblanadi, ovozlar teng boʻlganda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
13. Respublika komissiyasi majlisiga vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari taklif etilishi mumkin.
14. Respublika komissiyasi majlisi kun tartibiga masalalar komissiya aʼzolari, ishchi guruhlar, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar, shuningdek, oromgohlarning bolalarni qabul qilishga tayyorligi holatini tekshirish materiallari asosida kiritiladi.
15. Respublika komissiyasi majlisi kun tartibiga materiallarni Departament tayyorlaydi, shuningdek, qarorlarning ijrosini monitoring qiladi va uning natijalarini respublika komissiyasining majlisiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
4-bob. Respublika komissiyasining ishchi guruhlari
16. Respublika komissiyasi oʻz faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyish, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish maqsadida ishchi guruhlar tuzadi.
17. Oromgohlarda taʼlim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, ularni malakali pedagog va yetakchilar bilan taʼminlash boʻyicha 1-ishchi guruh:
oromgohlarni malakali pedagog xodimlar bilan taʼminlaydi, ular uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etadi;
oromgohlarning axborot-resurs markazlarini kitoblar, badiiy adabiyotlar, gazeta va jurnallar bilan taʼminlaydi;
bolalarni vatanparvarlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda erkin fikrlash qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan uslubiy qoʻllanmalar tayyorlaydi va har bir oromgohga yetkazadi;
taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha turli tanlovlar, bolalar ongini rivojlantirishga qaratilgan intellektual oʻyinlar oʻtkazish, toʻgaraklar tashkil etish ishlarini yoʻlga qoʻyadi.
18. Bolalarga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish, oromgohlarda oziq-ovqat mahsulotlari sifatini, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha 2-ishchi guruh:
oromgohlarni yetarli miqdordagi barcha zarur dori-darmon vositalari, shu jumladan, ilon va qoraqurt zahriga qarshi zardoblar bilan taʼminlaydi;
oromgohlarni malakali tibbiyot xodimlari bilan taʼminlaydi, ular uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etadi;
oromgohlarda oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvining sifatini hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini oʻrganib boradi hamda aniqlangan kamchiliklarning zudlik bilan bartaraf etilishini tashkil qiladi;
bolalar bilan sogʻlom turmush tarzi boʻyicha davra suhbatlari, savol-javoblar, davolash-profilaktik, sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazadi, bolalarning yoshini eʼtiborga olgan holda, ular oʻrtasida turli yuqumli kasalliklarning oldini olish boʻyicha sanitariya-gigiyenaga doir tushuntirish ishlarini olib boradi.
19. Bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va sport musobaqalarini oʻtkazish, ularga madaniy xizmat koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha 3-ishchi guruh:
madaniy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish maqsadida har bir oromgoh boʻyicha alohida dastur ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
oromgohlarga madaniyat va fan xodimlari, yozuvchi va shoirlar, mashhur sportchilarning tashrifini tashkil etib, bolalar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, badiiy kechalar, mahorat darslari oʻtkazadi;
oromgohlarda mumtoz va estrada sanʼatkorlarining chiqishlarini, milliy konsert namoyishlarini tashkil etadi;
oromgohlarda oʻzbek milliy kinofilmlari namoyishlarini oʻtkazadi;
bolalar oʻrtasida turli sport musobaqalarini tashkil etadi.
20. Oromgohlarda jamoat tartibini saqlash, aloqa, transport xizmati va harakat xavfsizligini taʼminlash, favqulodda vaziyatlar boʻyicha profilaktik tadbirlar oʻtkazish boʻyicha 4-ishchi guruh:
bolalarni dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish davomida oromgohlarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash borasidagi ishlarni tashkil etadi;
oromgohlardagi bolalar hamda ularga xizmat koʻrsatayotgan xodimlarning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar boʻyicha hushyorligini oshirish yuzasidan profilaktik tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlaydi;
har bir oromgohga ichki ishlar organlari xodimlarini biriktirib, ularning doimiy ravishda navbatchiligini tashkil etadi;
bolalarning belgilangan joylardan oromgohlarga borib-kelishlarini taʼminlaydi, bunda yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari kuzatuvini tashkil etadi;
oromgohlarga bolalarni olib borayotgan va olib kelayotgan har bir transport vositasining texnik jihatdan soz boʻlishini muntazam ravishda nazorat qilib boradi;
oromgohlarga olib boradigan yoʻllarning xavfsizlik nuqtai nazaridan soz boʻlishini taʼminlaydi;
yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarning oldini olish barcha zarur choralarni koʻradi;
tektonik hududda joylashgan yoki sel kelishi xavfi boʻlgan oromgohlar faoliyatini vaqtincha yopish choralari koʻrilishini taʼminlaydi;
bolalar uchun yoʻl harakati qoidalariga rioya etish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari olib borilishini taʼminlaydi.
21. Oromgohlarda elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminoti uzluksizligini taʼminlash, ularga sifatli kommunal xizmat koʻrsatish boʻyicha 5-ishchi guruh:
oromgohlarda elektr energiyasi va tabiiy gaz uzluksizligini taʼminlaydi, favqulodda holatlarda elektr energiyasi oʻchib qolganda qoʻshimcha choralardan foydalanish imkoniyatini yaratadi, bu borada har bir hududda shtablar tashkil etib, ularning faoliyatini nazorat qilib boradi;
oromgohlarda toza ichimlik suvi taʼminotini tashkil etadi, chekka hududlarda joylashgan oromgohlarga ichimlik suvining maxsus transport vositalari orqali uzluksiz ravishda yetkazib berilishini taʼminlaydi;
oromgohlarda obodonlashtirish ishlari olib borilishini tashkil etadi, obodonlashtirish uchun zarur boʻlgan maxsus transport vositalari xizmatlarini tashkil etadi.
5-bob. Hududiy komissiyalar faoliyatini tashkil etish
22. Hududiy komissiyalar bolalarning dam olishini va sogʻlomlashtirishni tashkil etish boʻyicha joylardagi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish uchun tashkil etiladi.
23. Hududiy komissiyalar:
bolalarni dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish rejasini amalga oshirish uchun talab etiladigan moliyalashtirish manbalarini aniqlashtiradi;
oromgohlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
oromgohlarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashni nazorat qiladi;
oromgohlarni zarur texnika va vositalar bilan taʼminlash choralarini koʻradi;
bolalarni dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari ijrosini toʻliq va sifatli bajarish yuzasidan homiylik jalb etadi va ularning maqsadli sarflanishini nazorat qiladi;
oromgohlar faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi va koʻrib chiqish uchun respublika komissiyasiga taqdim etadi.
24. Hududiy komissiyalar majlislari yiliga kamida ikki marta oʻtkaziladi, komissiya raisi tomonidan yoki aʼzolarning taklifiga koʻra navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.
Majlis chaqirilishi haqida hududiy komissiyalar aʼzolari majlis oʻtkazilishidan kamida bir hafta oldin xabardor qilinadi.
25. Hududiy komissiyalar majlislari aʼzolarining koʻpchiligi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
26. Hududiy komissiyalar qarorlari majlisda ishtirok etayotganlarning yarmidan koʻpi qoʻllab-quvvatlaganda qabul qilingan hisoblanadi, ovozlar teng boʻlganda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
27. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha respublika va hududiy komissiyalar toʻgʻrisida nizomga ILOVA
Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha hududiy komissiyalarning
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, hududiy komissiyalar raislari
2.
Lavozimga koʻra
—
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi hududiy boʻlinmalari rahbarlari, hududiy komissiyalar raislari oʻrinbosarlari
3.
Lavozimga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya boshqarmalari boshliqlari
4.
Lavozimga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlari
5.
Lavozimga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari boshliqlari
6.
Lavozimga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari boshliqlari
7.
Lavozimga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari
8.
Lavozimga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari
9.
Lavozimga koʻra
—
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari rahbarlari
10.
Lavozimga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari boshliqlari
11.
Lavozimga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari
12.
Lavozimga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari
13.
Lavozimga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari
14.
Lavozimga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar raqamli texnologiyalar boshqarmalari boshliqlari
15.
Lavozimga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi transport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari boshliqlari
16.
Lavozimga koʻra
—
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha hududiy boʻlinmalari rahbarlari (kelishuv asosida)
17.
Lavozimga koʻra
—
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha hududiy boʻlinmalari rahbarlari (kelishuv asosida)
18.
Lavozimga koʻra
—
“Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha hududiy boʻlinmalari rahbarlari (kelishuv asosida)
19.
Lavozimga koʻra
—
“Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha hududiy boʻlinmalari rahbarlari (kelishuv asosida)
Izoh. Hududiy komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi 84-son qaroriga
5-ILOVA
Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish konsepsiyasini 2023-yilda amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Chora-tadbirlar
Amalga oshirish mexanizmi
Muddati
Masʼul ijrochilar
I. Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirishning samarali tizimini yaratish, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari tarmogʻini takomillashtirish
Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga malakali pedagog kadrlarni jalb etish.
1. Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarning pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash, faoliyat olib boradigan tarbiyachi, yetakchi va toʻgarak rahbarlarining eng munosiblarini tanlash.
2023-yil may
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Kasaba uyushmalari federatsiyasi
(kelishuv asosida),
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Oromgohlarda toʻgaraklarni tashkil etish, ularga malakali oʻqituvchi-mutaxassislarni jalb etish.
2023-yil iyun
3. Oromgohlarda taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish yuzasidan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish hamda seminarlar tashkil etgan holda ishtirokchilarga yetkazilishini taʼminlash.
2023-yil iyun
Mavsum davomida oromgohlarda sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish.
1. Oromgohlarning hududlar va smenalar kesimida tibbiy xodimlarga boʻlgan talabini aniqlash, biriktiriladigan malakali shifokor va hamshiralar roʻyxatini shakllantirish hamda ularni mavsum davomida biriktirilgan bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
2023-yil may
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Kasaba uyushmalari federatsiyasi
(kelishuv asosida),
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalarida bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga biriktirilgan malakali shifokor va hamshiralar uchun oʻquv dasturlari hamda oʻquv-seminarlarni tashkil etish.
2023-yil may
3. Tibbiyot xodimlariga metodik yordam tariqasida tibbiy qoʻllanmalarni tayyorlash va oromgohlarga yetkazish.
2023-yil may
4. Ilon va qoraqurt zardoblarini ehtiyojga qarab har bir oromgohga yetarli miqdorda ajratish, dezinfeksiya qilish ishlarini nazorat qilish va tibbiy xonalar tashkil qilib, ularga malakali mutaxassislar ajratish.
2023-yil iyun — avgust
Oromgohlarga boruvchi bolalarning xavfsizligini taʼminlash.
1. Oromgohlarga olib boruvchi yoʻllar holatini oʻrganish, tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar kiritish va aniqlangan muammolarning mutasaddilar tomonidan oʻz vaqtida bartaraf etilishini taʼminlash.
2023-yil mart-may
Ichki ishlar vazirligi,
Milliy gvardiya,
Kasaba uyushmalari federatsiyasi
(kelishuv asosida),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Oromgohlar joylashgan hududda huquqbuzarlik va jamoat tartibi buzilishining oldini olish boʻyicha alohida profilaktik tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
2023-yil may
3. Hududlar va smenalar kesimida ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash va oromgohlarga biriktirish.
2023-yil iyun — avgust
Oromgohlarda elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminoti uzluksizligini taʼminlash.
1. Oromgohlarda ichimlik suvi, elektr, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotining uzluksizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar belgilash va amalga oshirish.
2. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda mavsumda oromgohlarda elektr energiyasi taʼminoti uzluksizligini taʼminlash boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish.
3. Zaruratga qarab, oromgohlarni qoʻshimcha ravishda dizel yoqilgʻisida ishlaydigan generatorlar bilan taʼminlash.
Mavsum davomida
Energetika vazirligi,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Kasaba uyushmalari federatsiyasi
(kelishuv asosida),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari
II. Bolalarning intellektual salohiyati va maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning iqtidorini namoyon qilish
Oromgohlarda bolalar oʻrtasida intellektual oʻyinini tashkil etish.
1. Ishchi guruhini tuzish va oromgohlarda intellektual oʻyinlar oʻtkazish tartibini belgilash.
2. Mavsum davomida intellektual oʻyinlarni oʻtkazib borish.
3. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.
2023-yil may-avgust
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Kasaba uyushmalari federatsiyasi,
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,
“Zakovat” intellektual klubi
(kelishuv asosida)
Oromgohlarda bolalar oʻrtasida milliy va zamonaviy raqs turlarini ommalashtirishga qaratilgan “Raqs jilosi” koʻrik-tanlovini tashkil etish.
1. Tanlov nizomini ishlab chiqish.
2. Mavsum davomida bolalar oʻrtasida tanlovni tashkil etish.
3. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.
2023-yil may-avgust
Madaniyat va turizm vazirligi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Kasaba uyushmalari federatsiyasi
(kelishuv asosida), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Bolalarni oromgohlarda mazmunli hordiq chiqarishini taʼminlash maqsadida “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovi jamoalari konsertlarini tashkil etish.
1. “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovi konsertlarini tashkil etishning namunaviy tartibini ishlab chiqish.
2023-yil may
Madaniyat va turizm vazirligi,
Kasaba uyushmalari federatsiyasi,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi
(kelishuv asosida),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2.Oromgohlarga tashrif buyuradigan jamoalar roʻyxatini shakllantirish.
2023-yil iyun
3. Jamoalarni konsert tashkil etish boʻyicha reja-jadvalini ishlab chiqish.
4. Reja-jadval asosida har mavsumda konsert dasturlarini tashkil etish va OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.
2023-yil iyun — avgust
Bolalarni yozgi dam olish mavsumini mazmunli tashkil etish maqsadida musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlari boʻyicha turli toʻgaraklarga jalb qilish.
1. Toʻgarak reja-jadvalini ishlab chiqish.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Madaniyat va turizm vazirligi
2. Reja-jadvalga asosan toʻgaraklarni tashkil etish.
3. Yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib toʻgaraklarga jalb etish.
2023-yil may-avgust
Oromgohlarda bolalar uchun “Yoshlar teatr studiyalari”ning ijodiy tomoshalarini tashkil etish.
1. “Yoshlar teatr studiyalari”ning teatr tomoshalari reja jadvalini ishlab chiqish.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Madaniyat va turizm vazirligi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Yozuvchilar uyushmasi,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
(kelishuv asosida)
2. Jadval asosida tasdiqlangan ssenariylar boʻyicha teatr namoyishlarini tashkil etish.
3. Tadbirlarni ijtimoiy tarmoqlar va OAVda yoritish.
2023-yil may-avgust
III. Bolalarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash
“Yangi Oʻzbekiston-yangicha dunyoqarash” ustuvor gʻoyasini yoshlar ongiga singdirish, keyingi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat rahbarining yoshlarga koʻrsatayotgan eʼtibori, mamlakat kelajagida yoshlarning oʻrniga bagʻishlangan suhbatlar tashkil etish.
1. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-maʼrifiy suhbatlar mavzularini tanlash.
2023-yil may
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Kasaba uyushmalari federatsiyasi,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
(kelishuv asosida)
2. Har bir mavzu boʻyicha maʼlumotlar tayyorlash.
2023-yil iyun
3. Mavzulardan kelib chiqib maʼruza matnlarini tayyorlash va oromgohlardagi bolalarga yetkazish choralarini koʻrish.
2023-yil iyun — avgust
Taniqli shoir va yozuvchilar ishtirokida davra suhbati va uchrashuvlar oʻtkazish.
1. Tadbir oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish.
2023-yil 25-may
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Yozuvchilar uyushmasi,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
(kelishuv asosida)
2. Reja-jadval boʻyicha tadbirlarni tashkil etish.
2023-yil iyun — avgust
Bolalarni yozgi dam olish mavsumini mazmunli oʻtkazish maqsadida spektakllar namoyishini tashkil etish.
1. Tadbir oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish.
2023-yil 25-may
Madaniyat va turizm vazirligi,
Kasaba uyushmalari federatsiyasi
(kelishuv asosida),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Reja-jadval boʻyicha tadbirlarni tashkil etish.
2023-yil iyun — avgust
Bolalar oromgohlarida kitob savdo-yarmarkalarini tashkil etish.
1. Nashriyotlar va kitob savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar roʻyxatini shakllantirish.
2. Joylarda oʻtkaziladigan kitob savdo-yarmarkalarini tashkil etish boʻyicha reja-jadval ishlab chiqish va tasdiqlash.
3. Tasdiqlangan reja-jadval asosida nashriyotlar va kitob savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarning faol ishtirokini taʼminlash.
Reja-jadval asosida
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Yozgi dam olish mavsumida bolalar dam olish maskanlari va oromgohlarda bolalarning mazmunli madaniy dam olishlarini tashkil etish maqsadida yoshlar uchun moʻljallangan badiiy, hujjatli va animatsion filmlar namoyishini tashkil etish.
1. Kinematogarfiya agentligi qoshidagi qoʻshma komissiya tomonidan tegishli kontentni tanlab olish.
2. Agentlik tomonidan badiy, hujjatli va animatsion filmlarni elektron tashuvchi moslamalarda Kasaba uyushmasi federatsiyasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga taqdim etish.
3. Kasaba uyushmasi federatsiyasi va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi yozgi bolalar dam olish maskanlari va oromgohlarda tanlab olingan badiiy, hujjatli va animatsion filmlar namoyishini tashkil etish.
2023-yil iyun — avgust
Madaniyat va turizm vazirligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Kasaba uyushmalari federatsiyasi
(kelishuv asosida)
IV. Bolalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sport turlarini ommalashtirish
Oʻgʻil bolalar oʻrtasida sportning futbol turi va Qiz bolalar oʻrtasida sportning voleybol turi boʻyicha musobaqalar tashkil etish.
1. Musobaqalarni oʻtkazishning namunaviy tartibini ishlab chiqish.
2. Tartibni bolalar oromgohlariga yetkazish.
2023-yil may
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Kasaba uyushmalari federatsiyasi
(kelishuv asosida),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
3. Sport musobaqasini oromgohlarda mavsum davomida oʻtkazish choralarini koʻrish.
4. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.
Reja-jadval asosida
Sportning basketbol, shashka, yengil atletika va stol tennisi turlari boʻyicha musobaqalar tashkil etish.
1. Musobaqalarni oʻtkazishning namunaviy tartiblarini ishlab chiqish.
2. Tartiblarni bolalar oromgohlariga yetkazish.
2023-yil may
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Kasaba uyushmalari federatsiyasi
(kelishuv asosida),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
3. Sport musobaqalarini oromgohlarda mavsum davomida oʻtkazish choralarini koʻrish.
4. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.
Reja-jadval asosida
3 tasogʻlomlashtirish oromgohida954 nafar Mehribonlik (6 ta) va Oilaviy bolalar uylari (121 ta) tarbiyalanuvchilarini hamda 48 ta oromgohda 18 967 nafar bolalar dam olishini taʼminlash.
1. Oromgohlarga jalb etiladigan pedagog xodimlar uchun oʻquvlar oʻtkazish.
2. Toʻgarak va tarbiyachilarning ish reja namunalarini ishlab chiqish va yetkazish.
3. Oromgohning har navbatida oʻquvchilarning dam olishini monitoring qilish.
2023-yil iyun — avgust
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Kasaba uyushmalari federatsiyasi
(kelishuv asosida),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
“Yoshlar” teleradiokanalida “Oromgohlarda bir kun” yangi teleloyihasini tashkil etish.
Yozgi taʼtilda sogʻlomlashtirish va umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi oromgohlarda bolalarning kun tartibi, qatnashadigan toʻgaraklari, shugʻullanadigan mashgʻulotlari, tashkil etiladigan maʼnaviy, intellektual va sport tadbirlaridagi ishtirokini keng yoritib borish.
1. Koʻrsatuv ssenariysini ishlab chiqish.
2023-yil may
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,
Kasaba uyushmalari federatsiyasi
(kelishuv asosida),
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
2. Tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda oromgohlarda tasvirga olish va efir setkasiga kiritish.
3. Koʻrsatuvni belgilangan muddatlarda efirga uzatish.
2023-yil iyun — avgust
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi 84-son qaroriga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 10-martdagi 67-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son Farmoni)” 2021-yil 19-noyabrdagi 694-son qaroriga 1-ilovaning 27-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 282-bandi.