|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.03.2026
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
“SANOATKONTEXNAZORAT” DAVLAT INSPEKSIYASINING
“SANOATKONTEXNAZORAT” DAVLAT INSPEKSIYASINING
Qarori
PORTLOVCHI MODDALARNI ISHLAB CHIQARISH, SOTIB OLISH, SAQLASH, TRANSPORTDA TASHISH, ULARDAN FOYDALANISH VA ULARNI HISOBGA OLISH TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-iyulda 1491-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 28-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3733, 23.12.2025-y.) asosan 2026-yil 25-martdan davlat reyestridan chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-maydagi 213-sonli “Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning kuchga kirish kunidan boshlab Portlovchi moddalarni saqlash, transportirovka qilish, ishlatish va hisobga olish to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma (1992-yildagi davlatlararo Portlatish ishlarida qo‘llaniladigan yagona xavfsizlik qoidalariga 1-ilova) O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilmasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi hamda “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasining tarmoq inspeksiyalari portlatish ishlarini olib boruvchi korxonalar bilan hamkorlikda Yo‘riqnoma talablaridan kelib chiqqan holda portlovchi materiallar saqlanadigan omborxonalarda kirib-chiqish va ichki rejimlarni kuchaytirish, ularda asossiz tekshiruvlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
4-bandga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining 2018-yil 19-fevraldagi 15, 11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1491-1, 17.03.2018-y.) asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Ichki ishlar vaziri Z. ALMATOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-may,
3-son
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshlig‘i R. SAIDOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-may,
78-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 27-son, 199-modda)