O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 27-sentabrdagi PF-3491-son Farmoniga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 5-apreldagi 96-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 6-iyul,
156-son
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 6-iyuldagi 156-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-avgustdagi 401-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 8-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirini tayyorlash va uni ko‘plab ishlab chiqarish tartibining 3-bandiga “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1993-yil 18-martdagi 144-son qarorining 13 va 14-bandlarida “Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasining” so‘zlari “Madaniyat va sport ishlari vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi., 226-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2008-y., 42-son, 422-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “Respublika muzeylari faoliyatini yaxshilash to‘g‘risida” 1994-yil 23-dekabrdagi 618-son qarorida:
a) 3-bandda “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin, “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin.
ilovaning nomlanishiga, birinchi va o‘n sakkizinchi xatboshiga “va sport” so‘zlari qo‘shilsin;
ikkinchi xatboshida “Madaniyat ishlari vazirligining muzeylari” so‘zlari “Madaniyat va sport ishlari vazirligining madaniy-ma’rifiy muassasalari, kutubxonalari va muzeylari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n birinchi xatboshida “davlat uyushmasi” so‘zlari “davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarorida:
a) 5-bandda “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin, “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin.
b) 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligiga Madaniyat va sport ishlari vazirligining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasiga gastrolga keluvchi jamoalar va alohida ijrochilarning transportda yurishi, yashashi, ovqatlanishi uchun milliy valyuta (so‘m)da haq olishga ruxsat berilsin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-apreldagi 210-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 09/22/210/0345-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya shon-shuhrati muzeyini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 14-avgustdagi 284-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 8-son, 23-modda):
a) 4-bandda “Davlat sport qo‘mitasi” so‘zlari “Madaniyat va sport ishlari vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Olimpiya shon-shuhrati muzeyi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi birinchi va ikkinchi xatboshiga, 6-bandining uchinchi xatboshiga, 8-bandiga, 9-bandning birinchi va uchinchi xatboshiga, 12-bandining to‘rtinchi xatboshiga va 15-bandiga “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ichki suv transporti ustavining 21-bandi beshinchi xatboshida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi” so‘zlari “Madaniyat va sport ishlari vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Sharq taronalari” xalqaro musiqiy festivalini o‘tkazish to‘g‘risida” 1997-yil 11-martdagi 132-son qarorining 1-bandi birinchi va to‘rtinchi xatboshiga “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha eksport va import qilinadigan maxsus tovarlar (ishlar va xizmatlar) ro‘yxatining 2 va 5-bandlariga “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 23-martdagi 131-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 15-modda):
a) 2 va 4-bandlarda “Madaniyat ishlari vazirligidan”, “Madaniyat ishlari vazirligining” so‘zlari tegishli ravishda “Madaniyat va sport ishlari vazirligidan”, “Madaniyat va sport ishlari vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizomda (1-ilova):
1, 9-bandlarda, 10-bandning birinchi xatboshida, 11-bandning birinchi va ikkinchi xatboshida, 14-bandda, 15-bandning birinchi va uchinchi xatboshida, 16-bandda, 17-bandning birinchi xatboshida, 18-bandning birinchi xatboshida, 19, 21, 22-bandlarda, 23-bandning birinchi xatboshida, mazkur Nizomga 1, 1a-ilovalarda, 7-ilovaning 19-bandida “guvohnoma”, “guvohnomalar”, “guvohnomani” so‘zlari tegishli ravishda “sertifikat”, “sertifikatlar”, “sertifikatni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5, 7, 8, 9-bandlarga, 10-bandning birinchi xatboshiga, 11-bandning birinchi xatboshiga, 14-band, 15-bandning uchinchi xatboshiga, 25-bandning birinchi xatboshiga, 26, 27-bandlarga, 29-bandning birinchi xatboshiga, mazkur Nizomga 1, 1a va 2-ilovalarga “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin;
v) 4-bandning birinchi xatboshida, 5-bandning birinchi va ikkinchi xatboshida, 11, 13-bandlarda va O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklarni realizatsiya qilishda qatnashuvchi yuridik shaxslarga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2-ilova) “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 4-noyabrdagi 245-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 383-modda)
15. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 10-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv ishi to‘g‘risidagi nizomga ilovaning o‘n uchinchi xatboshiga “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi 3-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 1-son, 5-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-iyundagi 385-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 539-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-yanvardagi 25-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 09/24/25/0036-son)
20. Vazirlar Mahkamasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 45-modda):
a) O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning (3-ilova) 6, 20, 28, 29-bandlariga, 30-bandining ikkinchi xatboshiga, 36, 41, 43-bandlariga “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin;
b) O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovada:
1-sxemaga “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin.
1-sxemaga izohlarning 2, 5, 6 va 7-bandlariga “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin;
1-sxemaga izohlarning 8-bandida “O‘zgeodezkadastr” bosh boshqarmasiga” so‘zlari “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-sxemaga “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin;
2-sxemaga izohlarning 2, 5, 6 va 7-bandlarida “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin;
2-sxemaga izohlarning 8-bandida “O‘zgeodezkadastr” bosh boshqarmasiga” so‘zlari “O‘zgeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) Madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi to‘g‘risidagi nizomning (4-ilova) 4-bandi birinchi va uchinchi xatboshiga, 5-bandiga, 8-bandining ikkinchi xatboshiga, 11-bandiga, 19-bandining ikkinchi xatboshiga “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston davlat kanservatoriyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-sentabrdagi 315-son qarorining 7-bandi uchinchi xatboshiga “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
25. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarorida:
a) 1-ilovada “Azizxo‘jayev A.A. — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari” so‘zlari “Qosimov R.S. — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin, “Qosimov R.S. — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri” so‘zlari chiqarib tashlansin, “Zokirov F.K. — Madaniyat ishlari vaziri vazifasini bajaruvchi” so‘zlari “Azizxo‘jayev A.A. — Madaniyat va sport ishlari vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 27-ilovada “Davlat sport qo‘mitasi raisi” so‘zlari “Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 507-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 09/18/507/1465-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 27-son, 191-modda; 2008-y., 42-son, 422-modda; 2010-y., 44-45-son, 383-modda; 2012-y., 12-son, 130-modda; 2016-y., 1-son, 5-modda; 2017-y., 25-son, 539-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 09/18/507/1465-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son; 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 09/22/210/0345-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 22.08.2022-y., 09/22/465/0760-son; 16.01.2024-y., 09/24/25/0036-son)