1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 22-avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, moliyaviy, soliq va statistika hisobot turlarini qisqartirish, hujjatlarni saqlash va davlat idoralariga topshirish amaliyotini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish maqsadida:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
yuridik shaxslar tomonidan 2022-yil 1-yanvardan keyin hisoblangan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari hamda ular bo‘yicha hisoblangan soliq summalari to‘g‘risidagi arxiv hujjatlarini saqlash hamda davlat yoki nodavlat arxivlariga topshirish majburiyati bekor qilinadi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
yuridik shaxslar 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat soliq xizmati va statistika organlariga elektron tarzda topshirilgan moliyaviy, soliq va statistika hisobotlarini, shuningdek, soliq organining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlarni saqlash hamda davlat yoki nodavlat arxivlariga topshirish majburiyatidan ozod etiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
2023-yil 1-yanvardan boshlab buxgalteriya hisobi subyektlari tomonidan moliyaviy hisobotlarni soliq va statistika organlariga har chorakda taqdim etish talabi bekor qilinadi;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
2023-yildan 2026-yil 1-yanvarga qadar aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan ozod etiladi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
2. 2023-yil 1-yanvardan boshlab 1-ilovaga muvofiq statistik hisobot turlari bekor qilinsin.
Davlat statistika qo‘mitasi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
mazkur bandga asosan bekor qilinayotgan statistik hisobot turlarida nazarda tutilgan statistik ma’lumotlarning statistika dasturlariga muvofiq tegishli vazirlik va idoralarning ma’muriy ma’lumotlari asosida shakllantirilishini ta’minlasin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
ikki oy muddatda barcha turdagi statistika hisobotlarining maqsadga muvofiqligi, ularni soddalashtirish va topshirish muddatlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
3. Moliya vazirligi ikki oy muddatda tadbirkorlik subyektlariga tegishli tovar-moddiy zaxiralar va pul mablag‘lari hamda ish beruvchining xodimlar bilan bog‘liq bo‘lgan ichki xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha texnik vositalar hamda axborot tizimlari yordamida qatnashchilarni identifikatsiyalashni ta’minlagan holda tuzilgan hisob hujjatlari elektron shaklda yuritilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratsin.
4. 2023-yil 1-maydan boshlab quyidagilarga:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.16.00 Bank hisobvarag‘i]
tijorat banklariga ariza beruvchini masofadan turib identifikatsiya qilish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda, ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga bank hisobvarag‘ini masofadan turib ochishga;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
yuridik shaxslarga elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv, ichimlik suv ta’minoti, oqova suv va telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarni, ularning iste’moli to‘g‘risidagi hisobotlarni va kelgusi davr uchun shartnomaviy miqdorlar to‘g‘risidagi bir martalik va davriy hujjatlarni elektron shaklda rasmiylashtirishga ruxsat etilsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
5. 2023-yil 1-yanvardan boshlab nodavlat arxivlarni davlat va nodavlat arxivlari reyestriga kiritish hamda hujjatlarni elektron arxivlash (saqlash) xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat arxivlarning ma’lumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya olish talabi xabardor qilish tartibini joriy etish orqali bekor qilinsin.
6. Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. “O‘zarxiv” agentligi:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi huzuridagi “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-yanvarga qadar “Arxiv” axborot tizimini tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan belgilangan tartibda integratsiya qilgan holda tadbirkorlik subyektlarining dasturiy ta’minot vositasida jamlangan hujjatlarini elektron ko‘rinishda qabul qilish, saqlash hamda so‘rovga ko‘ra taqdim etish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
mazkur qarorning 1-bandiga asosan davlat arxiviga topshirish bekor qilinayotgan arxiv hujjatlarining davlat soliq xizmati va statistika organlari ma’lumotlari asosida shakllantirilishini ta’minlasin.
8. Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, “O‘zarxiv” agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev hamda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil D.S. Kasimov belgilansin.
Qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-noyabr,
PQ-419-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-noyabrdagi PQ-419-son qaroriga 1-ILOVA
2023-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilinadigan statistik hisobot turlari
RO‘YXATI
T/r
Statistika hisoboti nomi
Davriyligi
Ma’lumotni shakllantirish manbai
1.
1-birja shakli — “Birja faoliyati to‘g‘risida hisobot”
Yillik
“Respublika ko‘p tarmoqli agrosanoat birjasi” AJ, “O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi” AJ, “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ, “Toshkent” Respublika fond birjasi” AJ
2.
1-msh shakli — “Mehnat sharoitlari ahvoli to‘g‘risida hisobot”
Yillik
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
3.
1-nh shakli — “Hisoblangan ish haqi miqdori bo‘yicha xodimlar sonining taqsimlanishi to‘g‘risida hisobot”
Yillik
Davlat soliq qo‘mitasi
4.
1-temir yo‘l (umumfoydalanadigan) — “Umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti xizmatlari to‘g‘risida hisobot”
Yillik
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
5.
1-tb shakli — “Tijorat banki faoliyati to‘g‘risida hisobot”
Yillik
Markaziy bank
6.
1-sug‘urta shakli — “Sug‘urta tashkiloti faoliyati to‘g‘risida hisobot”
Yillik
Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi
7.
1-kb (qm) (1-kb shakliga ilova) — “Kichik qurilish tashkilotlari va mikrofirmalarda mavjud qurilish mashina va mexanizmlari to‘g‘risidagi hisobot”
Yillik
Qurilish vazirligi
8.
4-quvur yo‘li — “Quvur yo‘li transporti faoliyati to‘g‘risida hisobot”
Choraklik
“O‘ztransgaz” AJ, “Asia Trans Gas” MCHJ
9.
4-meva-sabzavot — “Meva-sabzavot mahsulotlari xaridi to‘g‘risida hisobot”
Choraklik
“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi va “O‘zagroeksport” AJ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-noyabrdagi PQ-419-son qaroriga 2-ILOVA
Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Bajarish muddati
Ijro uchun mas’ullar
1.
Statistika hisobotlarini vazirlik va idoralar tomonidan yuritiladigan, shu jumladan moliyaviy va soliq hisoboti bo‘yicha ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish orqali maqbullashtirish.
1. Malakali mutaxassislardan iborat Idoralararo ishchi guruh tuzish.
2022-yil noyabr
Davlat statistika qo‘mitasi,
Moliya vazirligi,
Davlat soliq qo‘mitasi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Ishchi guruh tomonidan vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalaridagi hamda hisobotlaridagi ma’lumotlar ro‘yxati, ularni shakllantirish (to‘plash, umumlashtirish, qayta ishlash) uslubiyati, manbalarini xatlovdan o‘tkazish.
2023-yil yanvar
3. Mavjud ma’lumotlardan rasmiy statistika uslubiyatiga mos keluvchi ma’lumotlar ro‘yxatini shakllantirish va ularni taqdim etish shakllarini belgilash.
2023-yil may
4. Shakllantirilgan ro‘yxatdagi ma’lumotlarning kelgusi yil uchun Statistika dasturi doirasida tegishli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilishini tashkil etish maqsadida ularni integratsiya asosida uzatish bo‘yicha Texnik yo‘riqnomalar ishlab chiqish va tasdiqlash.
2023-yil iyun
5. Texnik yo‘riqnoma asosida tegishli integratsiyani yo‘lga qo‘yish.
2023-yil sentabr
2.
Elektron hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va ular aylanishini raqamlashtirish.
1. Tadbirkorlik subyektlari uchun arxiv hujjatlarining to‘liqligiga, ularni hisobga olish va saqlashga qo‘yiladigan talablarni soddalashtirish, shu jumladan, muddatlarni qayta ko‘rib chiqish va uzoq muddat saqlanishi lozim bo‘lgan arxiv hujjatlari turlarini qisqartirish.
2022-yil dekabr
“O‘zarxiv” agentligi
2. Nodavlat elektron arxivlar tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan tartib-taomillarni soddalashtirish yuzasidan hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2022-yil dekabr
3.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishonchnomalarni rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish.
Elektron ishonchnoma berishda talab qilinadigan majburiy rekvizitlarni kamaytirish.
2023-yil yanvar
Davlat soliq qo‘mitasi,
Moliya vazirligi
4.
Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yo‘l varaqalari, tovar-transport yukxatlarini rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish.
1. Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yo‘l varaqalari, tovar-transport yukxatlarini tayyorlash, hisobga olish, to‘ldirish va qayta ishlash bo‘yicha yo‘riqnomani elektron hujjat shaklida rasmiylashtirish imkoniyatini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish.
2023-yil yanvar
Transport vazirligi,
Davlat soliq qo‘mitasi,
Ichki ishlar vazirligi
2. Tovar-transport yukxatlari aylanishiga oid hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2023-yil aprel
5.
Bir nechta alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash tartibini soddalashtirish.
Yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini ushbu va boshqa tumanda (shaharda) ishlovchilarning haqiqiy sonidan kelib chiqib avtomatlashtirilgan tarzda taqsimlash mexanizmini yaratish.
2023-yil mart
Davlat soliq qo‘mitasi,
Moliya vazirligi
6.
Aliment va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish va nazorat qilish tizimini raqamlashtirish.
Aliment va boshqa majburiyatlarni yagona axborot tizimi orqali ijro etish va nazorat qilishni ta’minlash.
2023-yil yanvar
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi
7.
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi elektron axborot tizimini tashkilotlar xodimlarining shaxsiy tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish orqali optimallashtirish.
1. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksining dasturiy ta’minotini, xodimlarning shaxsiy tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish nuqtai nazaridan takomillashtirish.
2. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini tashkilotlarning tegishli axborot tizimlari va “Elektron arxiv” tizimi bilan bosqichma-bosqich integratsiya qilish.
2023-yil iyul
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
“O‘zarxiv” agentligi
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2022-y., 07/22/419/1011-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)