

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-627980" id="onLBC-627980">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7207"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi;</span></div><div id="LBC8802"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-627980" id="onLS-627980">[<b>TSZ:</b><div id="LS3712"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish;</span></div><div id="LS4123"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-628021" id="-628021">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-628022" id="-628022">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-628023" id="-628023">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT SUV KADASTRINI ISHLAB CHIQISH VA YURITISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-628025" id="-628025"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-628029" id="-628029">“Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-12328">Qonuniga</a> muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimining tashkil etilishini va amal qilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-628030" id="-628030">1. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-627980#-628040">ilova </a>qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-628032" id="-628032">2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-628033" id="-628033">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-628034" id="-628034">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-628038" id="-628038">1998-yil 7-yanvar,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-628039" id="-628039">11-son</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6251532" id="edi-6251532"><a href="/acts/-627980?ONDATE=07.01.1998 00#-628040">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6251532" id="-6251532"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-6251538" id="-6251538">Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-yanvardagi 11-son <a href="/acts/-627980">qaroriga </a><br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-6251542" id="-6251542">Oʻzbekiston Respublikasining Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6251544" id="-6251544">NIZOM </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6251545" id="-6251545"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6251546" id="-6251546">1-bob. Umumiy qoidalar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251547" id="-6251547">1. Davlat suv kadastri (keyingi oʻrinlarda — Davlat suv kadastri) “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-12328">Qonuniga </a>muvofiq suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish, suv xoʻjaligi munosabatlarini tartibga solish, xoʻjalik faoliyatini, ekologik vaziyatni baholash maqsadida ishlab chiqiladi va yuritiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251549" id="-6251549">2. Davlat suv kadastri yagona davlat suv fondini tashkil etuvchi suv obyektlari, suv resurslari, suv rejimi, sifati va undan foydalanish haqidagi, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar, suv isteʼmolchilari va suv xoʻjaligi obyektlari, suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonasi, ichimlik va oqova suvlar toʻgʻrisidagi tartibga solingan, doimiy toʻldirib boriladigan va zarurat boʻlganda aniqlashtiriladigan maʼlumotlar toʻplamini ifodalaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251551" id="-6251551">3. Yer usti va yer osti suv obyektlari va ularning resurslari Davlat suv kadastrining obyektlari hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251552" id="-6251552">4. Tabiiy suv resurslarini, ulardan miqdor va sifat koʻrsatkichlari boʻyicha foydalanishni har tomonlama oʻrganish va baholash, suvdan foydalanish huquqini va suvdan xoʻjalik maqsadlarida foydalanishni roʻyxatdan oʻtkazish Davlat suv kadastrining predmeti hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251556" id="-6251556">Suv resurslarini baholash deganda ham yil mobaynida, ham koʻp yillar mobaynida standart gidrometrik asboblar bilan oʻlchash orqali ularni miqdor va sifat koʻrsatkichlari boʻyicha muntazam hisobga olish, olingan maʼlumotlarning ishonchliligi tahlili, ularni standart usullar bilan qayta ishlash va turli hududiy va vaqt birliklari boʻyicha umumlashtirish tushuniladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251559" id="-6251559">5. Davlat suv kadastri davlat hokimiyati organlarini, yuridik va jismoniy shaxslarni suv va suv xoʻjaligi obyektlari, suv resurslari, suv rejimi, sifati va undan foydalanish, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlar bilan taʼminlash uchun moʻljallangan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251561" id="-6251561">6. Eng kam chiqimlar bilan zamonaviy darajada axborotlarni toʻplash, umumlashtirish, saqlash va taqdim etish texnologiyasini doimiy ravishda takomillashtirib borish yoʻli bilan suv resurslari va suv obyektlari haqida ishonchli axborotni olish va saqlash Davlat suv kadastrining asosiy vazifasi hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251563" id="-6251563">7. Suv obyektlari, suvdan foydalanuvchilar, suv isteʼmolchilari va suv xoʻjaligi obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish, suv miqdori va sifatini hisobga olish, suv resurslarini va ulardan foydalanishni baholash Davlat suv kadastrining tarkibiy qismlari hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251565" id="-6251565">8. Quyidagilar Davlat suv kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251566" id="-6251566">respublikaning barcha suv obyektlarini qamrab olish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251567" id="-6251567">suv resurslarini va ulardan foydalanishni hisobga olishning yagona tizimini qoʻllash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251568" id="-6251568">boshlangʻich kadastr axborotini qayta ishlash usulining yagonaligi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251569" id="-6251569">Davlat kadastrlari yagona tizimi talablarini hisobga olish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251570" id="-6251570">Davlat suv kadastrini yuritish boʻyicha ishlarga markazlashtirilgan tartibda rahbarlik qilish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251571" id="-6251571">suv-kadastr axborotining ishonchliligi, koʻrgazmaliligi va hujjatlarga asoslanganligi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251572" id="-6251572">Davlat suv kadastrini yuritish boʻyicha ishlarning uzluksizligi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251573" id="-6251573">kadastrni yuritishning avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi faoliyat koʻrsatishi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251574" id="-6251574">suv kadastrini yuritish boʻyicha ishlarning tejamliligi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251575" id="-6251575">foydalanuvchilar doirasi cheklangan maʼlumotlarning maxfiyligi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251576" id="-6251576">9. Davlat suv kadastri respublika suv obyektlari toʻgʻrisidagi axborotni qayta tiklashning toʻliq turkumini tashkil etuvchi asosiy va joriy turlarni oʻz ichiga oladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251577" id="-6251577">10. Davlat suv kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251578" id="-6251578">11. Belgilangan tartibda qabul qilingan suv-kadastr axboroti suv va suv xoʻjaligi munosabatlarini tartibga solishda, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli bilan bogʻliq ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik vazifalarni hal etishda majburiy yuridik kuchga egadir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251579" id="-6251579">12. Quyidagilar Davlat suv kadastrini yuritadilar: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251580" id="-6251580">Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzgidromet) — yer usti suvlari boʻlimi boʻyicha; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251581" id="-6251581">Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat geologiya qoʻmitasi) — yer osti suvlari boʻlimi boʻyicha; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251582" id="-6251582">Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Suv xoʻjaligi vazirligi) — suvdan foydalanish boʻlimi boʻyicha; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251583" id="-6251583">Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi — ichimlik va oqova suvlar boʻyicha. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6251591" id="-6251591">2-bob. Davlat suv kadastrining mazmuni </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251592" id="-6251592">13. Respublika hududida suv obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish, suv resurslari, ularning rejimi, foydalanish, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar, suv isteʼmolchilari va suv xoʻjaligi obyektlari toʻgʻrisidagi miqdor va sifat baho koʻrsatkichlari haqida ishonchli, zamonaviy va tejamli axborotlarni olish, tartibga solish, saqlash va ularni foydalanuvchilarga berishning texnologik jarayoni Davlat suv kadastrining mazmuni hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251593" id="-6251593">14. Davlat suv kadastri maʼlumotlari quyidagilarda foydalanish uchun moʻljallanadi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251594" id="-6251594">suvdan foydalanishni joriy va istiqbolli rejalashtirish hamda suvni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251595" id="-6251595">mamlakat hududida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251596" id="-6251596">suvdan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilish sxemalarini hamda suv xoʻjaligi balanslarini tuzish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251597" id="-6251597">suvdan foydalanish va suv isteʼmoli bilan bogʻliq boʻlgan suv xoʻjaligi, transport, sanoat korxonalari hamda boshqa korxonalar va inshootlarni loyihalashtirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251598" id="-6251598">davlat suv kadastrini yuritishning avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimida maʼlumotlar bazasini yaratish va yuritish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251599" id="-6251599">suv xoʻjaligi obyektlarining raqamli xaritalar katalogini yaratish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251600" id="-6251600">gidrologik va gidrogeologik sharoitlar, daryolarda suv hajmi va suv sifati oʻzgarishlarini prognozlashtirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251601" id="-6251601">suv xoʻjaligi tizimlari ishi samaradorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251602" id="-6251602">suvni isteʼmol qilish va chiqarib yuborishni, shuningdek, suv sifati koʻrsatkichlarini normalashtirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251603" id="-6251603">suvning zararli taʼsirining oldini olish va uni bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251604" id="-6251604">suvdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish tadbirlari oʻtkazilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251605" id="-6251605">suvdan foydalanuvchilar oʻrtasidagi, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar bilan boshqa manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga solish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251606" id="-6251606">suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251607" id="-6251607">15. Davlat suv kadastri suv va suv xoʻjaligi obyektlarining quyidagi turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251608" id="-6251608">a) suv obyektlari: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251609" id="-6251609">daryolar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251610" id="-6251610">turli suv tizimlarini birlashtiruvchi, oqar suvni hududiy qayta taqsimlashga yoki sugʻorishga xizmat qiluvchi kanallar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251611" id="-6251611">koʻllar va suv omborlari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251612" id="-6251612">muzliklar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251613" id="-6251613">yer osti suvlari (havzalar, suvli gorizontlar, konlar); </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251614" id="-6251614">b) suv xoʻjaligi obyektlari (inshootlari): </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251615" id="-6251615">gidrouzellar va suv omborlari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251616" id="-6251616">suv obyektlaridan suv olishga moʻljallangan inshootlar (kanallar, nasos qurilmalari, foydalanish quduqlari va boshqalar); </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251617" id="-6251617">oqar suvni hududiy qayta taqsimlashga xizmat qiluvchi kanallar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251618" id="-6251618">foydalanilgan va shaxta suvlarini suv obyektlariga tashlash inshootlari (kollektorlar, drenaj va suv toʻplanadigan kanallar, quvursimon suv chiqargichlar va boshqalar); </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251619" id="-6251619">foydalanilgan suvlarni tozalash inshootlari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251622" id="-6251622">v) ichimlik va oqova suvlar obyektlari: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251623" id="-6251623">ichimlik suvni yetkazib berish hamda oqova suvlarni yigʻish va oqova suvlarni tozalash inshootlariga yetkazib berishga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi mavjud va qurilayotgan ichimlik va oqova suv quvurlari va ularga xizmat koʻrsatish obyektlari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251624" id="-6251624">belgilangan zulfin yoki yongʻin oʻchirish moslamasi, havo chiqaruvchi qurilma bilan birgalikda ichimlik suv quvurlari va oqova suv quvurlarining liniyali qismi, elektrokimyoviy himoya vositalari, nasos stansiyalari, suv taqsimlash inshootlari, bosimli suv minoralari, suv taʼminoti tashkilotlari balansida boʻlgan, katta diametrlardagi quvurlar va yuqori xavfsizlikni taʼminlash zarurati bilan qoʻriqlash zonasiga ega boʻlgan boshqa inshootlar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251627" id="-6251627">Ichimlik va oqova suv inshootlari, nasos stansiyalari va suv taqsimlash inshootlari hududi ichidagi texnologik inshoot va jihozlar ichimlik va oqova suvlar obyektlari hisoblanmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251717" id="-6251717">16. Davlat suv kadastri maʼlumotlari quyidagilarga boʻlinadi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251718" id="-6251718">arxiv materiallari (daftarchalar, jadvallar, oʻzi yozadigan texnikaning lentalari va boshqalar); </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251719" id="-6251719">uzoq muddatli texnik manbalardagi maʼlumotlar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251720" id="-6251720">eʼlon qilinadigan materiallar (suv va suv xoʻjaligi obyektlari kataloglari, har yilgi va koʻp yillik maʼlumotlar va boshqalar). </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251723" id="-6251723">17. Davlat suv kadastriga doir axborot davlat hokimiyati organlariga bepul, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga esa belgilangan tartibda haq evaziga taqdim etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251724" id="-6251724">18. Suv obyektlari turlariga hamda suvni va undan foydalanishni oʻrganish boʻyicha vazifalar taqsimotiga muvofiq Davlat suv kadastri quyidagi boʻlimlarga boʻlinadi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251725" id="-6251725">yer usti suvlari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251726" id="-6251726">yer osti suvlari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251727" id="-6251727">suvdan foydalanish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251729" id="-6251729">ichimlik va oqova suvlar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251730" id="-6251730">19. Suv obyektlari sonini va holatini hisobga olish obyektlarning hajmi, holati, oʻrganilganlik darajasi va muhimligiga qarab, geoaxborot texnologiyalardan foydalangan holda kartografiya, gidrogeologiya va geodeziya usullari bilan amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251731" id="-6251731">20. Suv obyektlari rejimini oʻrganish tegishli idoralar tomonidan tasdiqlangan hamda Oʻzgidromet bilan kelishilgan standart usullar boʻyicha standart asboblar vositasida olib boriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251732" id="-6251732">21. Davlat suv kadastriga tegishli tematik qatlamlar davlat kadastrlarining har bir turi boʻyicha bazaviy kartografik asosdan foydalanib, obyekt turlari va axborot turlari (roʻyxatdan oʻtkazishga oid, hisobga olishga oid, baholashga oid) boʻyicha shakllantiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251733" id="-6251733">22. Davlat suv kadastriga tegishli tematik qatlamlar davlat kadastrlarining xususiyatidan va obyektlarning joylashuvini aniqlash usulidan kelib chiqib, 1:5 000, 1:10 000, 1:25 000 masshtablarda shakllantiriladi hamda obyektlarning fazoviy joylashuvidagi xatolik mazkur masshtab talablarida belgilangan meʼyorlardan oshmagan boʻlishi vakolatli organlar tomonidan taʼminlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251734" id="-6251734">23. Davlat suv kadastriga tegishli tematik qatlamlarning matematik asosi bazaviy kartografik asosning matematik asosiga muvofiq boʻlishi lozim hamda taqdim etilayotgan maʼlumotlar 1984-yilgi koordinatalar butunjahon geodeziya tizimida (WGS-84) boʻlishi zarur. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251735" id="-6251735">24. Davlat suv kadastriga tegishli tematik qatlamlarni shakllantirishda vektorli obyektlarning (nuqtali, chiziqli va maydonli) oʻzaro bogʻliqligi va yondoshligi ularning fazoviy joylashuvini inobatga olgan holda tasvirlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251736" id="-6251736">25. Davlat suv kadastriga tegishli tematik qatlamlarning atributiv maʼlumotlari hamda metamaʼlumotlari davlat tilida lotin alifbosida shakllantiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251737" id="-6251737">26. Davlat suv kadastriga bazaviy kartografik asosining tematik qatlamlari hamda davlat kadastrlarining tegishli geografik axborot tizimlarini yuritish uchun zarur kartografik asoslar davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan shakllantiriladi hamda vakolatli organlarga geoaxborot tizimi orqali integratsiya qilish yoʻli bilan real vaqt rejimida taqdim etiladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6251738" id="-6251738">3-bob. Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishni tashkil etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251739" id="-6251739">27. Davlat suv kadastri maʼlumotlari respublika, viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlari, daryo havzalari, havza irrigatsiya tizimlari boʻyicha, yer osti suvlari boʻlimi boʻyicha esa gidrogeologiya mintaqalari boʻyicha ham tizimlashtiriladi va davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimiga kiritiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251740" id="-6251740">28. Yer usti suv resurslari, ularning sifati va xoʻjalik faoliyati taʼsiridagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar suv obyektlari va ularning maydonlari, davlat va davlatlararo ahamiyatga ega boʻlgan daryo havzalari, havza irrigatsiya tizimlari, viloyatlar va umuman respublika boʻyicha davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimida umumlashtiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251741" id="-6251741">29. Yer osti suv resurslari, ularning sifati va xoʻjalik faoliyati taʼsiridagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar konlar, daryo havzalari va ularning maydonlari, suvli gorizontlar va yer osti suvlari havzalari, viloyatlar hamda umuman respublika boʻyicha davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimida umumlashtiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251743" id="-6251743">30. Yer osti suvlari resurslarini baholash ularning yer usti suvlari bilan oʻzaro bogʻliqligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251744" id="-6251744">31. Suvdan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat ahamiyatiga ega boʻlgan daryo havzalari, havza irrigatsiya tizimlari, alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari, viloyatlar va umuman respublika boʻyicha, shuningdek, suvdan foydalanish turlari va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha umumlashtiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251746" id="-6251746">32. Ichimlik va oqova suvlar obyektlar va ularning maydonlari tumanlar (shaharlar), viloyatlar va respublika boʻyicha, shuningdek, foydalanish turlari va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha umumlashtiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251747" id="-6251747">33. Suvdan foydalanuvchilarni suv resurslari va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlar bilan taʼminlashda tezkorlikni oshirish, shuningdek, isteʼmolchilarning talablarini hisobga olgan holda maʼlumotlarni qayta ishlash va umumlashtirish darajasini oshirish uchun Oʻzgidromet, Davlat geologiya qoʻmitasi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi tashkil etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251750" id="-6251750">34. Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi Oʻzgidromet, Davlat geologiya qoʻmitasi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yagona texnik topshiriq asosida Oʻzgidromet, Davlat geologiya qoʻmitasi hamda Suv xoʻjaligi vazirligining tarmoq axborot tizimlari negizida loyihalashtiriladi va tashkil etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251751" id="-6251751">Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi oʻzaro maʼlumotlar almashinuvini taʼminlaydi va Davlat kadastrlari yagona tizimiga maʼlumotlarni taqdim qilib boradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251753" id="-6251753">35. Davlat suv kadastrini yuritish uchun yer usti suvlari, yer osti suvlari va suvdan foydalanish boʻlimlari boʻyicha Davlat suv kadastrining idoralararo bosh markazi, Davlat suv kadastri idoralarga qarashli bosh markazlari tashkil etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251755" id="-6251755">36. Davlat suv kadastri idoralararo bosh markazi funksiyasini Oʻzgidrometning gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti bajaradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251757" id="-6251757">37. Davlat suv kadastrining idoralararo bosh markazlarining, Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlarining funksiyasi (“Yer usti suvlari”, “Yer osti suvlari”, “Suvdan foydalanish” va “Ichimlik va oqova suvlar” boʻlimlari boʻyicha) tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251758" id="-6251758">38. Oʻzgidromet: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251760" id="-6251760">a) Davlat geologiya qoʻmitasi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Davlat suv kadastrining umumiy prinsiplarini va ilmiy-metodik asoslarini, Davlat suv kadastrini yuritish, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimini loyihalash va tashkil etish tartibini ishlab chiqadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251762" id="-6251762">b) Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishga oid barcha ishlarni muvofiqlashtiradi, yoʻnaltiradi va birlashtiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251764" id="-6251764">v) Davlat geologiya qoʻmitasi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Davlat suv kadastrining idoralararo normativ-texnik hujjatlarini (shu jumladan, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi uchun idoralararo loyiha hujjatlarini) ishlab chiqadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251765" id="-6251765">g) Davlat geologiya qoʻmitasi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan Suv kadastrini yuritishga oid metodik koʻrsatmalarni, DSK avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi orqali maʼlumot va xizmatlarni taqdim etish va DSKga oid boshqa normativ-texnik hujjatlarni, shuningdek, DSKning avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi uchun loyiha hujjatlarini kelishib oladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251766" id="-6251766">d) Davlat geologiya qoʻmitasi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi mutaxassislarini jalb qilgan holda yer usti suvlari va yer osti suvlari hamda ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻma tahlil qilishni, bogʻlashni va avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi orqali umumlashtirishni bajaradi hamda maʼlumot va xizmatlarni taqdim qiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251767" id="-6251767">e) Davlat geologiya qoʻmitasi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Davlat suv kadastri axborotnomasini nashr etishga tayyorlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251768" id="-6251768">j) “Yer usti suvlari” boʻlimi boʻyicha Davlat suv kadastrini ishlab chiqadi va yuritadi, shu jumladan: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251769" id="-6251769">boʻlim boʻyicha Davlat suv kadastrini (jumladan, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimini) yuritish tizimini ishlab chiqadi va takomillashtiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251771" id="-6251771">yer usti suvlarining klassifikatorlarini ishlab chiqadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251772" id="-6251772">yer usti suvlari toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash, nazorat qilish, qayta ishlash va umumlashtirishga oid usullarni, algoritmlarni va mashinalashtirilgan dasturlarni ishlab chiqishni taʼminlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251773" id="-6251773">axborotlarni kodlashtirish va saqlash usullarini ishlab chiqadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251774" id="-6251774">boʻlim boʻyicha Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi funksional va idoraviy kichik tizimlarni loyihalash, sinash, joriy etish va takomillashtirishni taʼminlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251776" id="-6251776">Suv kadastri hududiy markazlari va mahalliy organlari uchun Davlat suv kadastrini yuritishga oid metodik koʻrsatmalarni, boʻlim boʻyicha avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi orqali maʼlumot va xizmatlarni taqdim etadi va boshqa normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251777" id="-6251777">yer usti suvlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va ularni foydalanuvchilar soʻroviga koʻra berishni tashkil etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251778" id="-6251778">yer usti suvlari resurslarini joriy va istiqbol uchun hamda ularning xoʻjalik faoliyati taʼsiridagi oʻzgarishlarini baholaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251779" id="-6251779">Davlat suv kadastri avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi orqali maʼlumot va xizmatlarni taqdim etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251786" id="-6251786">oʻziga qarashli muassasalar hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251789" id="-6251789">39. “Yer osti suvlari” va “Suvdan foydalanish” boʻlimlari boʻyicha Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur boʻlgan yer usti suvlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Davlat geologiya qoʻmitasiga hamda Suv xoʻjaligi vazirligiga davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi orqali taqdim qilinishini taʼminlaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251790" id="-6251790">40. Davlat geologiya qoʻmitasi “Yer osti suvlari” boʻlimi boʻyicha Davlat kadastrini ishlab chiqadi va uni yuritadi, shu jumladan: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251791" id="-6251791">boʻlim boʻyicha Davlat suv kadastrini (jumladan, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimini) yuritish tizimini ishlab chiqadi va takomillashtiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251792" id="-6251792">yer osti suvlarining klassifikatorlarini ishlab chiqadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251793" id="-6251793">yer osti suvlari toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash, nazorat qilish, qayta ishlash va umumlashtirishga oid usullarni, algoritmlarni va avtomatlashtirilgan dasturlarni ishlab chiqadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251794" id="-6251794">axborotlarni kodlashtirish va saqlash usullarini ishlab chiqadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251795" id="-6251795">boʻlim boʻyicha Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi funksional kichik tizimlarini loyihalash, sinash, joriy etish va takomillashtirishni taʼminlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251796" id="-6251796">Suv kadastri hududiy markazlari va mahalliy organlari uchun Davlat suv kadastrini yuritishga oid metodik koʻrsatmalarni, boʻlim boʻyicha Suv kadastri avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi orqali maʼlumot va xizmatlarni taqdim etadi va boshqa normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251797" id="-6251797">yer osti suvlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va ularni foydalanuvchilar soʻroviga koʻra berishni amalga oshiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251855" id="-6251855">yer osti suvlari resurslarini joriy va istiqbol uchun hamda ularning xoʻjalik faoliyati taʼsiridagi oʻzgarishlarini baholaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251856" id="-6251856">“Yer osti suvlari” boʻlimi boʻyicha Davlat suv kadastri avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi orqali maʼlumot va xizmatlarni taqdim etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251857" id="-6251857">“Suvdan foydalanish” boʻlimi boʻyicha Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni Suv xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251860" id="-6251860">oʻziga qarashli muassasalar hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251861" id="-6251861">doimiy ravishda suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar va hisobotlar asosida kadastr maʼlumotlarini yillik umumlashtirish, shuningdek, ekspluatatsion quduqlar va buloqlarni kamida uch yilda bir marta gidrogeologik tadqiqotlar natijalari, monitoring tadqiqotlari natijalari bilan yangilab boradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251862" id="-6251862">41. Davlat suv kadastrini yuritish boʻyicha metodik koʻrsatmalar loyihalarini, Davlat suv kadastri nashrlari maketlarini va Davlat suv kadastrining boshqa normativ-texnik hujjatlarini, shuningdek, “Yer osti suvlari” boʻlimi boʻyicha Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimiga loyiha hujjatlarini kelishib olish uchun Oʻzgidrometga taqdim etadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251864" id="-6251864">42. “Yer usti suvlari” boʻlimi boʻyicha Davlat suv kadastrining idoralararo qoʻshma maʼlumotlarni taqdim qilish va Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur boʻlgan yer osti suvlariga oid materiallarning Oʻzgidrometga berilishini taʼminlaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251865" id="-6251865">43. “Suvdan foydalanish” boʻlimi boʻyicha Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarning Suv xoʻjaligi vazirligiga berilishini taʼminlaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251866" id="-6251866">44. Suv xoʻjaligi vazirligi “Suvdan foydalanish” boʻlimi boʻyicha Davlat suv kadastrini ishlab chiqadi va uni yuritadi, shu jumladan: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251867" id="-6251867">Davlat suv kadastrini (jumladan, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimini) yuritish tizimini ishlab chiqadi va takomillashtiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251868" id="-6251868">suvdan foydalanish toʻgʻrisidagi axborotlarni nazorat qilish, qayta ishlash va umumlashtirishga oid usullar, algoritmlarni hamda avtomatlashtirilgan dasturlarni ishlab chiqishni taʼminlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251869" id="-6251869">axborotlarni kodlashtirish va saqlash usullarini ishlab chiqadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251870" id="-6251870">Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimining funksional kichik tizimlarini loyihalashni, sinashni, joriy etishni va takomillashtirishni taʼminlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251872" id="-6251872">irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari va irrigatsiya tizimlari boshqarmalari uchun Davlat suv kadastrini yuritish boʻyicha metodik koʻrsatmalarni, Davlat suv kadastri avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi orqali maʼlumot va xizmatlarni taqdim etish va Davlat suv kadastrining boshqa normativ-texnik hujjatlarini ishlab chiqadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251873" id="-6251873">suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari, yer usti va yer osti suvlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va berishni tashkil etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251875" id="-6251875">suvdan foydalanishni joriy va istiqbol uchun baholaydi hamda suv xoʻjaligi hisobot balanslarini tuzadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251876" id="-6251876">“Suvdan foydalanish” boʻlimi boʻyicha Davlat suv kadastri nashrlarini chiqarishga va eʼlon qilishga tayyorlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251878" id="-6251878">oʻziga qarashli muassasa hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qiladi, rejalashtiradi va ularning bajarilishini nazorat qiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251879" id="-6251879">Suvdan foydalanish boʻyicha suv xoʻjaligi obyektlarini geoaxborot tizimi bazasida kadastr maʼlumotlarini yaratish va atribut maʼlumotlarini yangilash, umumlashtirish va tahlil qilishni amalga oshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251880" id="-6251880">45. Davlat suv kadastrini yuritish boʻyicha metodik koʻrsatmalar loyihalarini, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi orqali maʼlumot va xizmatlarni taqdim etish va Davlat suv kadastrining boshqa normativ-texnik hujjatlarini, shuningdek, “Suvdan foydalanish” boʻlimi boʻyicha Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimiga oid loyiha hujjatlarini kelishib olish uchun Oʻzgidrometga taqdim etadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251882" id="-6251882">46. “Yer usti suvlari” boʻlimi boʻyicha Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi orqali Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur boʻlgan suvdan foydalanishga oid materiallarning Oʻzgidrometga berilishini taʼminlaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251883" id="-6251883">47. “Yer osti suvlari” boʻlimi boʻyicha Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi orqali Davlat geologiya qoʻmitasiga berilishini taʼminlaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251884" id="-6251884">48. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi “Ichimlik va oqova suvlar” boʻlimi boʻyicha Davlat suv kadastrini ishlab chiqadi va uni yuritadi, shu jumladan: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251885" id="-6251885">Davlat suv kadastrini (jumladan, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimini) yuritish tizimini ishlab chiqadi va takomillashtiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251886" id="-6251886">ichimlik va oqova suvlar toʻgʻrisidagi axborotlarni nazorat qilish, qayta ishlash va umumlashtirishga oid usullar, algoritmlarni hamda avtomatlashtirilgan dasturlarni ishlab chiqishni taʼminlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251887" id="-6251887">axborotlarni kodlashtirish va saqlash usullarini ishlab chiqadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251889" id="-6251889">Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimining funksional kichik tizimlarini loyihalashni, sinashni, joriy etishni va takomillashtirishni taʼminlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251890" id="-6251890">tizim tashkilotlari uchun Davlat suv kadastrini yuritish boʻyicha metodik koʻrsatmalarni va Davlat suv kadastrining boshqa normativ-texnik hujjatlarini ishlab chiqadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251892" id="-6251892">Davlat suv kadastrini yuritishda “Ichimlik va oqova suvlar” boʻlimi maʼlumotlari yagona metodika asosida yaratilishi va yuritilishini taʼminlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251893" id="-6251893">“Ichimlik va oqova suvlari” boʻlimi maʼlumotlarini yigʻish, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va berishni tashkil etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251894" id="-6251894">oʻziga qarashli muassasa hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251896" id="-6251896">49. Davlat suv kadastrini yuritish boʻyicha metodik koʻrsatmalar loyihalarini, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi orqali maʼlumot va xizmatlarni taqdim etish va Davlat suv kadastrining boshqa normativ-texnik hujjatlarini, shuningdek, “Ichimlik va oqova suvlar” boʻlimi boʻyicha Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimiga oid loyiha hujjatlarini kelishib olish uchun Oʻzgidrometga taqdim etadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251897" id="-6251897">50. Davlat suv kadastri yaxlitligini taʼminlash boʻyicha Davlat suv kadastrini yurituvchi vakolatli organlar bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251898" id="-6251898">Davlat suv kadastrini umumlashtiruvchi vakolatli organga “Ichimlik va oqova suvlar” boʻlimi maʼlumotlarini taqdim qiladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6251900" id="-6251900">4-bob. Yakunlovchi qoidalar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251901" id="-6251901">51. Davlat suv kadastrining DKYATga taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun vakolatli organlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6251902" id="-6251902">52. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6251924" id="-6251924">(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli <a href="/acts/-6240955?ONDATE=19.10.2022 00#-6242531">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7205579" id="-7205579">Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining <a href="/acts/198519">75-moddasi</a>.</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
