

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6221502" id="onLBC-6221502">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7312"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-6221502" id="onLS-6221502">[<b>TSZ:</b><div id="LS3702"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-6224214" id="-6224214">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6224215" id="-6224215">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-6224216" id="-6224216">Oliy taʼlim tashkilotlarida masofaviy taʼlim shaklini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6224218" id="-6224218"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224219" id="-6224219">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid <a href="/acts/-5841063#-5844720">davlat dasturida</a> belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan sohada samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224220" id="-6224220">1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oliy taʼlim tashkilotlarida masofaviy taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/acts/-6221502#-6224257">ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224221" id="-6224221">axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida talabaning turar joyidan qatʼi nazar, unga taʼlim dasturlarini oʻzlashtirish uchun imkoniyat taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224222" id="-6224222">masofaviy taʼlim shakli joriy etish mumkin boʻlmagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224223" id="-6224223">masofaviy taʼlim boʻyicha qabul parametrlarini davlat oliy taʼlim muassasalarida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik (idora), moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalarida tegishli oliy taʼlim muassasasining Kuzatuv kengashi, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida nodavlat oliy taʼlim tashkiloti muassisi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlash hamda taʼlim jarayonini toʻlov-kontrakt asosida amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224224" id="-6224224">masofaviy taʼlimni maxsus platforma yordamida yoki mavjud platformalardan foydalangan holda tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224226" id="-6224226">masofaviy taʼlimda bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlarini 1:50 nisbatda belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224229" id="-6224229">masofaviy taʼlim boʻyicha oʻquv jarayonini davlat taʼlim standarti, kasbiy standartlar va malaka talablari asosida ishlab chiqilgan oʻquv rejalari hamda oʻquv dasturlari asosida amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224231" id="-6224231">masofaviy taʼlimga talabalarni qabul qilish va oʻquv jarayonini tashkil qilish tartibini belgilash, shuningdek, masofaviy taʼlim sifati monitoringini tashkil etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224233" id="-6224233">2. Belgilab qoʻyilsinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224235" id="-6224235">a) masofaviy taʼlim shakli asosida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash uchun 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi F-60-son farmoyishiga <a href="/acts/-6069606#-6072245">1v-ilovada</a> koʻrsatilgan davlat oliy taʼlim muassasalariga, 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab qolgan davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga ruxsat beriladi, faoliyati mazkur qaror qabul qilingunga qadar qonunchilik hujjatlari asosida tashkil etilgan oliy taʼlim tashkilotlari bundan mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224238" id="-6224238">b) masofaviy taʼlim shakli boʻyicha kadrlar tayyorlash kunduzgi taʼlim shaklida tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligi mavjud boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlarida yoʻlga qoʻyiladi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishlari bundan mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224240" id="-6224240">v) masofaviy taʼlim shakli asosida kadrlar tayyorlashda bir bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga qabul parametrlari 300 nafar talabadan, bir magistratura mutaxassisligiga 30 nafar talabadan ortiq boʻlmasligi lozim. Bunda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224241" id="-6224241">mazkur talab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224242" id="-6224242">talabalar sonini aniqlashda xorijiy davlat fuqarosi boʻlgan talabalar hisobga olinmaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224243" id="-6224243">g) masofaviy taʼlim shakli joriy etilgan davlat oliy taʼlim muassasalariga Masofaviy taʼlimni tashkil etish va rivojlantirish markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish huquqi beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224244" id="-6224244">Bunda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224246" id="-6224246">Markazning shtat birligi moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalarida Kuzatuv kengashlari tomonidan, boshqa oliy taʼlim muassasalarida boʻysinuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan belgilanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224247" id="-6224247">Markaz oliy taʼlim muassasalarining yuridik shaxs boʻlmagan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va ular faoliyatini moliyalashtirish oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224248" id="-6224248">3. Masofaviy taʼlim shaklini joriy etgan oliy taʼlim tashkilotlari, zarur hollarda, talabalarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida ular istiqomat qiluvchi hududlarda faoliyat yurituvchi oliy taʼlim tashkilotlari, axborot-resurs markazlari, oʻquv markazlari bilan oʻzaro kelishgan holda ularning axborot-kommunikatsiya infratuzilmasidan talabalar foydalanishi uchun sharoit yaratish choralarini koʻrsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224249" id="-6224249">4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda masofaviy taʼlim shakli joriy etilgan oliy taʼlim muassasalarini taʼlim jarayonini tashkil etish imkoniyatini beradigan yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻi bilan belgilangan tartibda taʼminlash choralarini koʻrsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224250" id="-6224250">5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224252" id="-6224252">6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.X. Shermatov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Tashkenbayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6224253" id="-6224253">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6224254" id="-6224254">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6224255" id="-6224255">2022-yil 3-oktabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-6224256" id="-6224256">559-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6224257" id="-6224257"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-6224260" id="-6224260">Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 559-son <a href="/acts/-6221502">qaroriga</a> <br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-6224325" id="-6224325">Oliy taʼlim tashkilotlarida masofaviy taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6224328" id="-6224328">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6224331" id="-6224331"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6224334" id="-6224334">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224338" id="-6224338">1. Mazkur Nizom masofaviy taʼlim shakli orqali oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlarni tayyorlash faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224340" id="-6224340">2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224343" id="-6224343">avtoproktoring — imtihon jarayonida talabaning shaxsini avtomatik ravishda autentifikatsiyalash, uning xatti-harakatlari va nigohi yoʻnalishini nazorat qilish, xonadagi tovushlarni tahlil qilish, videodagi buzilishlarni tuzatish va hisobotlar tayyorlashga yoʻnaltirilgan dasturiy tizim;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224347" id="-6224347">asinxron rejim — oʻquv jarayoni ishtirokchilarining Internet jahon axborot tarmogʻida bir xil boʻlmagan vaqtlardagi oʻzaro aloqa rejimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224350" id="-6224350">masofaviy taʼlim — talaba va taʼlim beruvchining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishiga, interaktiv audio va videokonferensiyalar orqali maʼlum vaqt orasida oʻzaro muloqotda boʻlishiga, elektron pochta orqali toʻgʻri va teskari aloqa oʻrnatishiga, jumladan xabarlarni yuborishi va qabul qilishiga moʻljallangan, bilim va koʻnikmalarni, oʻquv dasturlarini masofadan turib oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan taʼlim shakli;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224354" id="-6224354">masofaviy taʼlimni boshqarish tizimi — taʼlim jarayonini rejalashtirish, boshqarish, amalga oshirish va baholashda qoʻllaniladigan dasturiy mahsulot (elektron taʼlim platformasi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224358" id="-6224358">masofaviy taʼlim jarayonining ishtirokchilari — taʼlim tashkilotining masofaviy taʼlim shakliga qabul qilingan talabalar, professor-oʻqituvchilar hamda masofaviy taʼlimning tashkiliy-texnik va metodik taʼminotini amalga oshirishga masʼul shaxslar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224360" id="-6224360">masofaviy taʼlim texnologiyasi — talabalarga oʻquv materiallarining asosiy hajmini yetkazishni, talaba va professor-oʻqituvchining oʻzaro interfaol harakatini taʼminlab beruvchi, oʻquv materialini oʻzlashtirish boʻyicha mustaqil ishlashi uchun talabaga imkoniyat taqdim etuvchi axborot-kommunikatsiya va oʻqitish texnologiyalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224362" id="-6224362">sinxron rejim — oʻquv jarayoni ishtirokchilarining Internet jahon axborot tarmogʻida real vaqtdagi oʻzaro aloqa rejimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224365" id="-6224365">oʻquv kontenti — oʻquv jarayonida talabalarning foydalanishi uchun moʻljallangan, masofaviy taʼlimni boshqarish axborot tizimiga joylashtirilgan oʻquv metodik materiallar (oʻquv rejalari, oʻquv dasturlari, maʼruza matnlari, videodarslar, taqdimotlar, topshiriqlar, imtihon materiallari, oʻquv adabiyotlari).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224367" id="-6224367">3. Kunduzgi shaklda taʼlim jarayoni olib boriladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligi mavjud boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlariga tegishli yoʻnalishlar boʻyicha masofaviy shaklda taʼlim faoliyatini olib borishga yoʻl qoʻyiladi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishlari bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224370" id="-6224370">4. Taʼlim tashkilotlari taʼlim berishning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, oʻzining masofaviy taʼlim platformasini joriy etishi yoki mavjud platformalardan foydalanishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6224373" id="-6224373">2-bob. Masofaviy taʼlimning maqsadi, tamoyillari va vazifalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224376" id="-6224376">5. Masofaviy taʼlimning maqsadi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida talabaning turar joyidan qatʼi nazar, unga taʼlim dasturlarini oʻzlashtirish uchun imkoniyat taqdim etish, talabalarning qiziqishlari, iqtidori va ehtiyojlariga muvofiq kasbiy salohiyatini rivojlantirishdan iborat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224379" id="-6224379">6. Masofaviy taʼlim quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224381" id="-6224381">ishtirokchilarning interfaolligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224382" id="-6224382">talabalarning identifikatsiya qilinishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224385" id="-6224385">yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashning pedagogik maqsadga muvofiqligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224387" id="-6224387">taʼlim berishning ochiqligi va moslashuvchanligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224390" id="-6224390">7. Quyidagilar masofaviy taʼlimni tashkil etishning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224391" id="-6224391">talabalarning masofadan turib taʼlim olish va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga boʻlgan ehtiyojini qondirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224393" id="-6224393">oʻquv jarayonini tashkil etishning umumiy, guruh va individual shakllarining uygʻunligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224396" id="-6224396">kadrlarning kasbiy darajasini oshirish va ularning mustaqil bilim olishiga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224398" id="-6224398">talabalarga mamlakatning har qaysi hududida va uning tashqarisida taʼlim olishning teng imkoniyatlarini taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224401" id="-6224401">taʼlim xizmatlari eksportini kengaytirish orqali taʼlim tizimining jozibadorligini oshirish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6224403" id="-6224403">3-bob. Masofaviy taʼlimni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224405" id="-6224405">8. Masofaviy taʼlimni tashkil etish uchun taʼlim tashkilotida quyidagilar boʻlishi talab etiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224409" id="-6224409">masofaviy taʼlimni boshqarish boʻyicha dasturiy taʼminot “Learning Management System” (keyingi oʻrinlarda — LMS) platformasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224412" id="-6224412">Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanish va undan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydigan axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224414" id="-6224414">oʻquv yili uchun moʻljallangan oʻquv kontenti;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224415" id="-6224415">oʻquv reja va dasturlardagi barcha fanlardan masofaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladigan, oʻquv kontentini qamrab oladigan elektron oʻquv-metodik majmualar, shuningdek, ilmiy va oʻquv adabiyotlarining elektron bazasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224417" id="-6224417">sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq kompyuter texnikasi bilan jihozlangan alohida bino yoki auditoriyalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224419" id="-6224419">masofaviy taʼlimning texnik va dasturiy komponentlari ishlashini va rivojlanishini taʼminlaydigan tegishli maʼlumot va malakaga ega muhandis-texnik xodimlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224421" id="-6224421">yuklamasi rejadagi talabalar soniga moʻljallangan, taʼlim tashkilotiga mulkiy yoki kamida 5 yil muddatga tuzilgan ijara shartnomasi asosida tegishli boʻlgan, mamlakat hududida joylashgan server qurilmasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224423" id="-6224423">taʼlim tashkiloti toʻgʻrisidagi barcha axborot, jumladan, tashkilot nizomi yoki ustavi, oʻquv reja va dasturlar, pedagog kadrlar haqida maʼlumot, akademik kalendar joylashtirilgan rasmiy veb-sahifa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224425" id="-6224425">9. Oʻquv-metodik resurslar Oʻzbekiston Respublikasi davlat standarti OʻzDSt 36.2030 — “Elektron taʼlim” milliy tizimiga kiritiladigan elektron metodik komplekslar va boshqa taʼlim resurslariga yagona talablar”ga muvofiq boʻlishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6224427" id="-6224427">4-bob. Masofaviy taʼlimni boshqarish boʻyicha dasturiy taʼminotga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224428" id="-6224428">10. Masofaviy taʼlimni boshqarish boʻyicha dasturiy taʼminot — LMS platformasi SCORM standartlariga mos hamda unda avtoproktoring tizimi mavjud boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224430" id="-6224430">11. Masofaviy taʼlimni boshqarish boʻyicha dasturiy taʼminot — LMS platformasi quyidagi komponentlardan tashkil topadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224431" id="-6224431">axborot-resurslari komponenti — oʻquv adabiyotlari, darsliklar, monografiyalar, ilmiy maqolalar hamda tadqiqot natijalari aks etgan ilmiy asarlardan foydalanishni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224432" id="-6224432">boshqarish komponenti — tizimning xizmat maʼlumotnomasi va foydalanuvchilar reyestrini yuritish, foydalanish huquqlari hamda foydalanuvchilarning tizimga kirishda shaxsiy parametrlarini belgilash hamda foydalanuvchilar harakatlarini qayd etib borish, autentifikatsiya (shaxsni aniqlash) va foydalanuvchilarni boshqarishni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224434" id="-6224434">davomat va oʻzlashtirishni hisobga olish komponenti — resurslardan foydalanishni hisobga olishga hamda ushbu resurslarni oʻzlashtirishga imkon beradi, talabalarning individual oʻquv rejalarini shakllantiradi va oʻzlashtirish natijalarini tahlil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224436" id="-6224436">kommunikatsiya komponenti — foydalanuvchilarga oʻzaro interfaol axborot almashish (forum, chat, xabar, elektron pochta, videokonferensiya tashkil etish), xabarlar olish hamda tizim, kurslar va pedagog kadrlar boʻyicha teskari aloqa orqali maʼlumotlar almashish imkoniyatini yaratadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224438" id="-6224438">kontingentni hisobga olish komponenti — kontingentning yagona reyestrini yuritishga imkon berib, talabalar va pedagog kadrlarga oid maʼlumotlarni kiritish va saqlash, shuningdek ularning shaxsiy kabinetlariga kirish va qidirishni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224441" id="-6224441">kurslarni boshqarish komponenti — oʻquv kontenlarini boshqarish, tahrirlash, sinxron va asinxron rejimda oʻtkazilgan mashgʻulotlarning videodarslarini yuklash (import/eksport), test sinovlarini tashkil etish, tashqi taʼlim resurslariga giperhavolalarni kiritish, topshiriq va vazifalarni qoʻyish imkoniyatlariga ega boʻladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224443" id="-6224443">oʻqitishni boshqarish komponenti — talabalarni kursdan kursga oʻtkazish, ularga kreditlar berish va qaytadan oʻqitish jarayonini nazorat qiladi, tashkiliy-metodik vositalarni (mashgʻulotlar jadvali, konsultatsiyalar, konferensiyalar, vazifani topshirish muddati, vebinar, imtihonlar va boshqalar) boshqaradi, talabalarning oʻzlashtirishiga doir maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan holda shakllantiradi, oʻrganiladigan fanlar roʻyxatini shakllantiradi va yangilab boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224445" id="-6224445">statistika komponenti — talabalar kontingenti, oʻzlashtirish koʻrsatkichlari va kurslarning oʻquv kontenti bilan toʻldirilganligi haqidagi maʼlumotlardan iborat axborot olish imkoniyatini beradi, taʼlim jarayoniga oid hisobotlarni shakllantiradi, talabalarning harakati (oʻqishga qabul qilish, koʻchirish, chetlashtirish, qayta tiklash) haqidagi maʼlumotlarni yuritadi, oʻqishni bitirgan, oʻqishini koʻchirgan yoki chetlashtirilganlar haqidagi maʼlumotlarni arxivlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224447" id="-6224447">talabalar bilimini nazorat qilish komponenti — oʻquv kontenti mazmuniga mos va testologiya talablari asosida shakllantirilgan nazorat materiallari bazasi va test tizimini, imtihon jarayonini tashkil etish uchun avtoproktoring tizimini oʻzida jamlaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6224451" id="-6224451">5-bob. Masofaviy taʼlimga talabalarni qabul qilish va oʻquv jarayonini tashkil qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224453" id="-6224453">12. Masofaviy shaklda oʻqitish uchun talabalarni taʼlim tashkilotiga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish boshqa taʼlim shakllari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-7218452" id="-7218452">Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-7726569">qarori</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224454" id="-6224454">13. Masofaviy taʼlim shakli toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224456" id="-6224456">14. Masofaviy taʼlim shakli joriy etish mumkin boʻlmagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi hamda har yili 1-aprelga qadar eʼlon qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224458" id="-6224458">15. Masofaviy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari va toʻlov-kontrakt qiymati:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224459" id="-6224459">davlat oliy taʼlim muassasalarida (moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari bundan mustasno) — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik (idora) tomonidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224461" id="-6224461">moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalarida — tegishli oliy taʼlim muassasasining Kuzatuv kengashi tomonidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224462" id="-6224462">nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida — nodavlat oliy taʼlim tashkiloti muassisi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224463" id="-6224463">16. Oʻquv jarayoni masofaviy shaklda tashkil etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari nodavlat taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda beriladigan litsenziyada qayd etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224464" id="-6224464">17. Masofaviy taʼlim boʻyicha oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligi boʻyicha kunduzgi taʼlim shakli uchun belgilangan oʻqish davomiyligi muddatidan kam boʻlishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224467" id="-6224467">18. Taʼlim kontenti talabaning tahsil olayotgan taʼlim tiliga hamda bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va (yoki) magistratura mutaxassisligiga mos boʻlishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224471" id="-6224471">19. Masofaviy taʼlim boʻyicha oʻquv jarayoni:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224485" id="-6224485">davlat namunasidagi diplom beradigan oliy taʼlim tashkilotlarida — davlat taʼlim standarti va malaka talablari asosida ishlab chiqilgan oʻquv reja va oʻquv dasturlar asosida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224486" id="-6224486">davlat namunasidagi diplom bermaydigan oliy taʼlim tashkilotlarida — kasbiy standartlar va malaka talablari asosida ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7677816" id="edi-7677816"><a href="/acts/-6221502?ONDATE=04.10.2022 00#-7677810">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7677816" id="-7677816">(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli <a href="/acts/-7671324?ONDATE=07.11.2025 00#-7674033">qaroriga </a>asosan 20-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 7-noyabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224493" id="-6224493">21. Masofaviy taʼlim shaklida oʻqishga qabul qilingan talaba quyidagi hollarda oliy taʼlim tashkilotiga shaxsan tashrif buyurishi shart:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224494" id="-6224494">oʻquv jarayoni boshlanishidan avval — masofaviy taʼlimni boshqarish boʻyicha dasturiy taʼminot — LMS platformasida roʻyxatdan oʻtish uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224495" id="-6224495">har semestr yakunida — yakuniy nazorat topshirish oʻtish uchun.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224499" id="-6224499">Shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy va magistrlik ishi himoyasi bevosita oliy taʼlim tashkilotida anʼanaviy tarzda amalga oshiriladi, ularni sinxron yoki asinxron rejimida qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224501" id="-6224501">Mazkur bandda nazarda tutilgan talablar xorijiy davlat fuqarosi boʻlgan talabaga nisbatan tatbiq etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224507" id="-6224507">22. Ish faoliyatini masofaviy taʼlim bilan qoʻshib olib borayotgan talabalarga semestr oxirida yakuniy baholashdan oʻtish, bitiruvchilarga esa yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish, bitiruv malakaviy va magistrlik ishini himoya qilish uchun kamida 15 kalendar kun muddatga ish haqi saqlangan holda taʼtil beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224512" id="-6224512">23. Masofaviy taʼlim shaklida oʻqiydigan talabalarga amaliyotlar oʻquv rejada belgilangan muddatlarda mehnat faoliyatini olib borayotgan talabaning ish joyida, talabaning ish joyi bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga (magistratura mutaxassisligiga) mos boʻlmagan yoxud ish bilan taʼminlanmagan holda taʼlim tashkiloti bilan kelishuvga erishgan tashkilotlarda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224513" id="-6224513">24. Oʻquv jarayonida barcha dars mashgʻulotlari, amaliyotlar va mustaqil ishlar hamda ular boʻyicha talabalarni baholash masofaviy taʼlimni boshqarish boʻyicha dasturiy taʼminot — LMS platformasida nazarda tutilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224516" id="-6224516">Dars mashgʻulotlari, talabalarning bilimini baholash va oʻquv jarayonini nazorat qilish masofaviy taʼlimni boshqarish boʻyicha dasturiy taʼminot — LMS platformasi orqali amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224517" id="-6224517">25. Masofaviy taʼlim boʻyicha oʻquv jarayonini amalga oshirish uchun masofadan turib dars mashgʻulotlari olib boradigan xorijiy pedagog kadrlar jalb etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224520" id="-6224520">26. Masofaviy taʼlimda bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlari 1:50 nisbatda belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224523" id="-6224523">27. Masofaviy taʼlim berishga moʻljallangan oʻquv reja va dasturlarda koʻrsatilgan fanlar va amaliyotlarni toʻliq oʻzlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga tegishli akademik daraja va belgilangan namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat beriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6224528" id="-6224528">6-bob. Masofaviy taʼlim sifati monitoringi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224530" id="-6224530">28. Taʼlim tashkilotlaridagi masofaviy taʼlim boʻyicha oʻquv jarayoni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan monitoring qilib boriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224531" id="-6224531">29. Oʻquv jarayonini monitoring qilishni masofadan turib amalga oshirish maqsadida oliy taʼlim tashkilotining masofaviy taʼlimni boshqarish boʻyicha dasturiy taʼminot — LMS platformasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimiga hamda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Taʼlim muassasalari, pedagog xodimlar, taʼlim oluvchilar va boshqa axborotlar toʻgʻrisida yagona maʼlumotlar bazasi axborot tizimiga integratsiya qilinishi majburiy hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224534" id="-6224534">30. Oʻquv jarayonining monitoringi dars mashgʻulotlari va nazorat tadbirlarini kuzatish va tahlil qilish, soʻrovnoma oʻtkazish, fokus-guruhlar tashkil etish, intervyu olish, natijalarni baholash va boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224536" id="-6224536">31. Monitoring natijalariga koʻra aniqlangan kamchiliklar oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yoki Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining taqdimnomasi asosida bartaraf etilishi majburiy hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6224539" id="-6224539">7-bob. Yakuniy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224541" id="-6224541">32. Oliy taʼlim tashkilotida masofaviy taʼlim boʻyicha oʻquv-metodik jarayonlarning tashkil etilishi yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-7218453" id="-7218453">Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-3336169">Qonuni</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6224544" id="-6224544">33. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-6224217" id="-6224217">(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2022-y., 09/22/559/0884-son; 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
