Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 17.03.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash va ularni roʻyxatga olganlik uchun yigʻimlarni undirish tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olish tartibi haqidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga ushbu Nizomni qoʻllash tartibi haqida tushuntirish berishga ruxsat etilsin.
2. Jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olganlik uchun yigʻimlar quyidagicha miqdorlarda belgilansin:
xalqaro jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga ‎olganlik uchun‎ —‎ beshta eng kam ish haqi miqdorida, shuningdek, 50 AQSh ‎d‎ollariga teng boʻlgan miqdorda erkin almashtiriladigan valyuta yigʻimlari;‎
respublika va viloyatlararo jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olganlik uchun‎ —‎‎ beshta eng kam ish haqi miqdorida;‎
‎boshqa jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olganlik uchun —‎‎ uchta eng kam ish haqi miqdorida;‎.
3. Mazkur qarorning 2-bandida qayd qilingan nogironlar, faxriylar, xotin-qizlar va bolalar jamoat birlashmalarining ramzlarini roʻyxatga olganlik uchun yigʻimlar belgilanganidan 25 foiz miqdorida undiriladi.
4. Jamoat birlashmalarining ramziga kiritiladigan oʻzgarishlar va qoʻshimchalarni kelishib olganlik uchun roʻyxatga olish yigʻimining 50 foizi miqdorida haq undiriladi.
5. Ramzlarni roʻyxatga olish rad etilgan xollarda, ilova qilinayotgan Nizomning 19-bandiga muvofiq roʻyxatga olish yigʻimi qaytarib berilmaydi.
6. Ramzni roʻyxatga olganlik toʻgʻrisida guvohnoma yoʻqotib qoʻyilgan hollarda dublikat berilganligi uchun roʻyxatga olish yigʻimining 50 foizi miqdorida haq undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Mazkur Nizomga muvofiq undirilgan yigʻimlar belgilangan tartibda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-apreldagi 197-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 66-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 12-mart,
133-son
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 12-martdagi 133-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olish tartibi haqida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ustavlari belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan jamoat birlashmalari shu birlashmalarning ramzlari va farqlovchi belgilari hisoblangan shaxsiy ramzlarga — bayroqlar, vimpellar va emblemalarga, shuningdek, oʻzlarining maqomlarda nazarda tutilgan boshqa ramzlarga ega boʻlishlari va ulardan foydalanishlari mumkin.
2. Jamoat birlashmalari ramzlarining namunalari shu birlashmalarning rahbar organlari tomonidan tasdiqlanadi.
3. Bayroqlar va vimpellarni koʻtarish, emblemalarni oʻrnatish, shuningdek, ramzdan foydalanish qoidalarini tegishli jamoat birlashmalari oʻzlarining ramzlar toʻgʻrisidagi nizomlarida belgilaydilar.
Jamoat birlashmalarining tarkibiy boʻlinmalari oʻz faoliyatlarida ushbu jamoat birlashmalarining ramzlaridan foydalanadilar.
4. Jamoat birlashmalarining ramzi mazkur Nizom talablariga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
5. Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtmagan ramzdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
6. Xalqaro, respublika va viloyatlararo jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, boshqa jamoat birlashmalarining ramzlarini roʻyxatga olish esa viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklarining adliya Boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
II. Jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
7. Jamoat birlashmalarining ramzlarini roʻyxatga olish uchun ramz qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda ariza beriladi. Arizaga jamoat birlashmasi rahbar organining kamida uch nafar aʼzosi imzo qoʻyadi. Arizadagi imzolar qonunda belgilangan tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak (1-ilova).
8. Arizaga ramz haqidagi nizom va farqlovchi belgilarning tavsifini rahbar organning nizomni va ramzlar tavsifini tasdiqlaganligi toʻgʻrisidagi qarori; ramzlarning namunalari; roʻyxatga olish yigʻimi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat ilova qilinadi.
III. Ramzni roʻyxatga olish haqidagi arizalarni koʻrib chiqish tartibi
9. Jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olish haqida ariza berilgan kunidan boshlab ikki oy muddatda koʻrib chiqiladi.
10. Bir xil ramzga ega boʻlgan jamoat birlashmalari ramzni roʻyxatga olish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilgan hollarda ramzni roʻyxatga olish toʻgʻrisida birinchi boʻlib ariza bergan jamoat birlashmasi ustunlikka ega boʻladi, mazkur Nizomning 19-bandida sanab oʻtilganlar bundan mustasno.
11. Arizalarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
ramzni roʻyxatga olish toʻgʻrisida;
ramzni roʻyxatga olishni rad etish toʻgʻrisida;
hujjatlarni koʻrib chiqmay qoldirish toʻgʻrisida,
12. Jamoat birlashmasining ramzi mazkur Nizomning 19-bandiga zid boʻlgan hollarda roʻyxatga olish organi ramzni roʻyxatga olishni rad etishning sabablarini koʻrsatib, yozma qaror qabul qiladi. Bu qarorning bir nusxasi oʻn kun muddatda ariza beruvchilarga yuboriladi. Roʻyxatga oluvchi organning qarori qatʼiy hisoblanadi. Ramzni roʻyxatga olish rad etilgan hollarda roʻyxatga olish yigʻimi qaytarib berilmaydi.
13. Jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olish haqidagi ariza, agar u mazkur Nizomning 8-bandida qayd etilgan hujjatlar tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan holda berilgan boʻlsa, koʻrib chiqilmaydi. Bu holda roʻyxatga olish organi ariza beruvchilarni ularning qayta murojaat qilishga haqlari borligi toʻgʻrisida yozma holda xabardor qiladi.
14. Arizani koʻrib chiqmay qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan hollarda ramzlarni roʻyxatga olish haqidagi ariza mazkur Nizom bilan belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Ariza koʻrib chiqilmay qoldirilgandan soʻng ikki oy oʻtgandan keyin ramzni roʻyxatga olish toʻgʻrisida qayta ariza bilan murojaat qilingan hollarda roʻyxatga olinganlik uchun yigʻim umumiy asoslarda undiriladi.
15. Jamoat birlashmalari ramzlari roʻyxatga olingan taqdirda ariza beruvchilarga belgilangan namunadagi roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisida guvohnoma beriladi (2 va 3-ilovalar).
Roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoʻqotib qoʻyilgan hollarda uning dublikatini berganlik uchun dastlabki roʻyxatga olish yigʻimi miqdorida toʻlov undiriladi.
16. Jamoat birlashmasining roʻyxatga olingan ramziga tegishli roʻyxatga olish raqami beriladi, u ana shu raqam bilan jamoat birlashmalari ramzlari Roʻyxatiga kiritiladi, uni roʻyxatga oluvchi organ amalga oshiradi. Roʻyxatga birlashmaning nomi, u roʻyxatga olingan sana va tegishli nomeri, ramzning turi, u qabul qilingan sana; qisqacha tavsifi; roʻyxatga kiritilgan sanasi, roʻyxatga yozib quyuvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, imzosi kiritiladi (4-ilova).
17. Jamoat birlashmalarining ramzlaridagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Jamoat birlashmalari roʻyxatga oluvchi organni bir oy muddatda ramzdagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar haqida xabardor qilishga majburdirlar.
18. Jamoat birlashmalarining ramzlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish mazkur Nizomning 8-bandida sanab oʻtilgan hujjatlar taqdim etilgandan keyin roʻyxatga oluvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
IV. Jamoat birlashmalari ramzlaridan foydalanishni taqiqlash hollari
19. Oʻzbekiston Respublikasi yoki xorijiy davlatning amaldagi ramzi bilan oʻxshash boʻlgan ramzdan jamoat birlashmalarining foydalanishi taqiqlanadi (agar jamoat birlashmalari maqomida yoki xalqaro shartnomalarda boshqacha hollar koʻzda tutilmagan boʻlsa).
Siyosiy partiyalarning ramzlari davlat yoki diniy ramzlarni takrorlamasligi kerak.
20. Jamoat birlashmalari tomonidan ramzlardan foydalanishning belgilangan tartibi buzilishi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Jamoat birlashmalari ramzlarini
roʻyxatga olish tartibi
haqidagi Nizomga
1-ILOVA

‎‎ARIZA‎

‎‎_________________________________________________________________________________________________________
‎(Jamoat birlashmasi rahbar organining aʼzosi boʻlgan ‎fuqarolarning‎

‎‎___________________________________________________________________________‎
familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan ‎

___________________________________________________________________________‎
yili, ‎doimiy yashash joyi, telefon nomeri)‎

___________________________________________________________________________________________________ ning‎
‎(jamoat birlashmasining nomi, uning Ustavi roʻyxatga olingan sana)‎

__________________________________________________________tomonidan‎

‎(ramzni qabul qilgan organning nomi)‎‎‎

‎‎‎________________________________________________________________________ ‎da
‎‎(ramz qabul qilingan sana)‎

‎‎‎qabul qilingan ramzi roʻyxatga olish uchun taqdim etiladi.
‎‎

‎‎

Ramzning farqlovchi belgilari tavsifi _____________________________________________________‎

‎_________________________________________________________________________________________________________‎

‎__________________________________________________________________________________________________________‎ ‎‎‎

‎___________________________________________________________________________________________________________‎‎‎

‎‎‎Jamoat birlashmasi rahbar organining nomi va joylashgan

‎oʻrni (manzili)
___________‎____________________________________________________

‎__________________________________________________________________________________________________________‎‎

‎‎ ‎Ariza beruvchilarning ‎familiyalari‎

‎‎‎‎ ‎
‎imzolar
‎sana‎

‎‎ZAYaVLENIYE‎

‎‎__________________________________________________________________________________________________________
‎(familiya, imya, otchestvo grajdan — chlenov rukovodyaщego organa

‎‎__________________________________________________________________________________________________________‎
obщestvennogo obyedineniya s ukazaniyem goda rojdeniya, adresa ‎postoyannogo

__________________________________________________________________________________________________________‎
projivaniya, nomera telefona)

‎‎_________________________________________________________________________________________________________

Predstavlyayut na registratsiyu simvoliku _________________________________________

‎‎‎(nazvaniye obщestvennogo ‎

‎‎_________________________________________________________________________________________________________‎
obyedineniya, data registratsii ego ustava)

prinyatuyu ‎‎___________________________________________________________________
‎‎(data prinyatiya simvoliki — chislo, mesyats, god)

_________________________________________________________________________________________________________‎
‎‎(naimenovaniye organa, prinyavshego simvoliku)

‎‎

Opisaniye otlichitelnix znakov simvoliki _______________________________________________________‎

__________________________________________________________________________________________________________‎

__________________________________________________________________________________________________________‎ ‎‎‎

__________________________________________________________________________________________________________‎‎‎

__________________________________________________________________________________________________________

__________________________________________________________________________________________________________‎

‎ ‎Nazvaniye i mestonaxojdeniye (adres) rukovodyaщego organa ‎obщestvennogo
‎obyedineniya‎‎‎ _________________________________________________________________

‎‎Familiya zayaviteley

‎‎ ‎data
‎‎podpisi

Jamoat birlashmalari ramzlarini
roʻyxatga olish tartibi
haqidagi Nizomga
2-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI‎

‎‎
MINISTERSTVO YuSTITSII RESPUBLIKI UZBEKISTAN‎

‎‎
Gerb Respubliki Uzbekistan‎

‎‎‎
Jamoat birlashmasi ramzi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida‎
G U V O H N O M A‎

‎‎
S V I D E T E L S T V O‎
o registratsii simvoliki obщestvennogo obyedineniya‎
Jamoat birlashmasi ramzi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida‎
G U V O H N O M A ‎

‎199___y. “____” ______________‎

‎Birlashmaning nomi
___________________________________________________________‎

‎____________________________________________________________________________‎

‎____________________________________________________________________________‎

‎Birlashmaning turi
___________________________________________________________
(respublika, xalqaro, viloyatlararo)‎

‎Birlashmaning rahbar organi
____________________________________________________
‎(toʻliq nomi, manzili)‎

Ramzning farqlovchi belgilari tavsifi __________________________________________‎

‎___________________________________________________________________________‎

‎___________________________________________________________________________‎‎

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri‎

SVIDETELSTVO‎
o registratsii simvoliki obщestvennogo obyedineniya

“____” ______________‎ 199___ g.

Nazvaniye obyedineniya
_________________________________________________________‎

‎___________________________________________________________________________‎

‎___________________________________________________________________________‎

‎Vid obyedineniya
______________________________________________________________
‎(respublikanskoye, mejdunarodnoye,

‎___________________________________________________________________________
‎mejoblastnoye)‎

‎Rukovodyaщiy organ obyedineniya
________________________________________________
‎‎(polnoye naimenovaniye,‎

‎___________________________________________________________________________‎
‎adres)

‎Opisaniye otlichitelnix znakov simvoliki
_____________________________________‎‎

‎___________________________________________________________________________‎‎

‎___________________________________________________________________________‎‎

‎___________________________________________________________________________‎‎

‎___________________________________________________________________________‎‎‎

‎___________________________________________________________________________‎‎‎

‎___________________________________________________________________________‎‎‎

‎____________________________________________________________________________‎‎‎

‎‎
Ministr yustitsii Respubliki Uzbekistan
Jamoat birlashmalari ramzlarini
roʻyxatga olish tartibi
haqidagi Nizomga
3-ILOVA
_____________________________________________ HOKIMLIGI‎
ADLIYA BOShQARMASI‎

‎‎
UPRAVLENIYE YuSTITSII‎
_____________________________________________ XOKIMIYATA

‎‎
Gerb Respubliki Uzbekistan‎

‎‎
Jamoat birlashmasi ramzi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida‎

‎GUVOHNOMA‎

‎‎
SVIDETELSTVO‎
o registratsii simvoliki obщestvennogo obyedineniya‎

Jamoat birlashmasi ramzi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida‎
G U V O H N O M A ‎

‎199___y. “____” ______________‎

‎ ‎Birlashmaning nomi __________________________________________________________‎

‎__________________________________________________________________________________________________________‎

‎__________________________________________________________________________________________________________‎

‎Birlashmaning turi
___________________________________________________________
‎(viloyat tuman, viloyatlararo)‎

‎Birlashmaning rahbar organi
____________________________________________________

‎(toʻliq nomi, manzili)‎

Ramzning farqlovchi belgilari tavsifi ___________________________________________‎

‎___________________________________________________________________________________________________________‎

‎___________________________________________________________________________________________________________‎‎

‎___________________________________________________________________________________________________________‎‎

‎_‎__________________________________________________________________________________________________________‎‎

‎___________________________________________________________________________________________________________‎‎

________________ hokimligi

‎‎adliya boshqarmasi boshligʻi‎

S V I D E T E L S T V O‎

o registratsii simvoliki obщestvennogo obyedineniya

“____” ______________‎ 199___ g.

Nazvaniye obyedineniya ________________________________________________________‎

‎__________________________________________________________________________________________________________‎

‎__________________________________________________________________________________________________________‎

‎Vid obyedineniya______________________________________________________________ ‎(oblastnoye, rayonnoye,‎

_________________________________________________________________________________________________________
‎mejoblastnoye)‎

Rukovodyaщiy organ obyedineniya ________________________________________________
‎‎(polnoye naimenovaniye,‎

_________________________________________________________________________________________________________‎
‎adres)

Opisaniye otlichitelnix znakov simvoliki _______________________________________‎

‎__________________________________________________________________________________________________________‎‎

‎__________________________________________________________________________________________________________‎‎

‎__________________________________________________________________________________________________________‎‎

‎__________________________________________________________________________________________________________‎‎‎

‎Nachalnik upravleniya yustitsii xokimiyata

‎______________________________________

Jamoat birlashmalari ramzlarini
roʻyxatga olish tartibi
haqidagi Nizomga
4-ILOVA

Roʻyxatga olish raqami va roʻyxatga olingan sana‎

Jamoat birlashmasining nomi

Ramz turi va qabul qilingan sana

Qisqacha tavsifi

Roʻyxatga kiritilgan sana, roʻyxatga yozib qoʻygan shaxsning ismi, familiyasi, otasining ismi, lavozimi va imzosi‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

‎‎

Registratsionniy nomer i data registratsii‎

Nazvaniye obщestvennogo obyedineniya

Vid simvoliki i data prinyatiya

Kratkoye opisaniye

Data vneseniya v reyestr, F.I.O., doljnost i rospis litsa, vnosyaщego zapis‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1993-y.,3-son, 10-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 66-modda)