|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 18.03.2003
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XO‘JALIK SUDLARINI RIVOJLANTIRISh JAMG‘ARMASI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-martdagi 147-son “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik sudlarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil qilish to‘g‘risida” 1993-yil 17-fevraldagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik sudlarni rivojlantirish jamg‘armasini to‘g‘risida ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudlarini rivojlantirish jamg‘armasiga tushadigan mablag‘larni o‘tkazish uchun maxsus hisob ochsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasining Oliy xo‘jalik sudi (o‘rtoq R.A. Xachaturov) tuzilayotgan jamg‘arma mablag‘laridan belgilangan maqsadlarda foydalanishni ta’minlansin.
O‘zbekiston Respubliksi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 4-mart,
124-son
O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik sudlarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida
NIZOM
1. O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik sudlarini rivojlantirish jamg‘armasi (bundan keyin jamg‘arma deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik sudlarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil qilish to‘g‘risida” 1993-yil 17-fevraldagi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik sudlari tizimini qo‘shimcha mablag‘ bilan ta’minlash uchun tuziladi.
2. Jamg‘arma:
O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudlarining tegishli yil smetalaridan tejash;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘riladigan ishlar bo‘yicha davlat bojlarini va jazo jarimalarini to‘lashdan davlat budjetiga tushadigan mablag‘larning 15 foizi miqdoridagi ajratmalar.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-apreldagi 177-son qarori tahririda)
xo‘jalik sudlari organlarida qonunda belgilangan tartibda hosil qilinadigan boshqa daromadlar hisobiga tashkil topadi.
3. Jamg‘arma mablag‘larining tushumlari va xarajatlari so‘mlarda va chet el valyutasida alohida hisobga olinadi.
4. Jarima mablag‘laridan:
xo‘jalik sudlari muassasalari binolarini qurish, tuzatish va jihozlashda, ularni inventar, tashkiliy texnika vositalari bilan ta’minlashda va kompyuterlashtirishda;
xo‘jalik sudlariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning qo‘shimcha shtatini mablag‘ bilan ta’minlashda;
texnika vositalariga xizmat ko‘rsatish va ularni tuzatishda;
xo‘jalik sudlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishda;
xo‘jalik sudlarining faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda foydalaniladi.
5. Jarima mablag‘laridan foydalanish masalalari O‘zbekiston Respublikasi oliy xo‘jalik sudining raisi boshchilik qiladigan jamg‘arma Kengashi hal etadi.
Jamg‘arma Kengashi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining va viloyatlar xo‘jalik sudlarining raislari kiradilar.
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha qarorlar jamg‘arma Kengashi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
6. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi hisobot har yili jamg‘arma Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
7. Mablag‘larni to‘plash va sarflash a’mollariga texnikaviy xizmat ko‘rsatish borasidagi amaliy ishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining apparati tomonidan amalga oshiriladi. Bu maqsadlar uchun maxsus apparat tuzilmaydi.