|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.04.1998
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI FAOLIYATINING BA’ZI MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 10-avgustdagi Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 12-avgustdagi 375-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga 1-ilovaga* muvofiq qo‘shimcha 150 nafar shtat ajratilsin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining qo‘shimcha shtatlarini ta’minlash uchun respublika budjetidan zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining boshliqlar tarkibi uchun maxsus unvonlar berish to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomlar tasdiqlansin (2 va 3-ilovalar*).
* 2, 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 8-yanvardagi 16-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash haqida Vaqtinchalik nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlariga joriy etilsin.
4. Sobiq Bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi tovar-moddiy boyliklarni chetga olib chiqib ketishni nazorat qilish Davlat inspeksiyasi Bosh boshqarmasining shaxsiy va maxsus unvonlari bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi organlari tizimiga kiritilgan mansabdor shaxslariga ularning O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va bojxona organlarida ishlagan vaqti ko‘p yillik xizmatiga foizlar qo‘shimcha haq to‘lash uchun xizmat stajiga yozilsin va ularga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlariga nisbatan qo‘llaniladigan pensiya belgilansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazoratining respublika chegarasida joylashgan barcha doimiy postlarining binolari, aloqa vositalar, texnikasi, qo‘shimcha inshootlari va boshqa mulklari bilan birga Davlat bojxona qo‘mitasi balansiga o‘tkazsin.
6. O‘rta Osiyo temir yo‘l Boshqarmasi temir yo‘l sostavlarini tuzish, amalga oshiriladigan va O‘zbekistondan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolar poyezdga chiqariladigan barcha temir yo‘l stansiyalari va temir yo‘l vokzallarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlarini xizmat binolari, mebel va boshqa inventarlar, shuningdek, telefon aloqasi bilan ta’minlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosari o‘rtoq I.K. Jo‘rabekov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 1-mart,
111-son