1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.07.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning boshqa masalalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qadimiy yozma manbalar davlat reyestri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 10-fevraldagi PQ-126-son qaroriga muvofiq ulugʻ alloma va mutafakkirlarimizning bebaho asarlarini kelajak avlodga yetkazish, noyob yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini yanada takomillashtirish hamda ushbu jarayonni yagona axborot tizimi va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish asosida tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.06.00 Antikvariat. Madaniy boyliklar. Restitutsiya]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 10-fevraldagi PQ-126-son qaroriga muvofiq:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
jamoatchilik uchun ochiq boʻlgan Qadimiy yozma manbalar davlat reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Davlat reyestri) shakllantirish va davlat muzeylari, kutubxonalari va arxiv fondlari faoliyatiga integratsiya qilish toʻgʻrisidagi taklif maʼqullanganligi;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Davlat reyestrini shakllantirish va yuritish, shuningdek, qadimiy yozma manbalarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish uchun masʼul davlat muassasasi etib belgilanganligi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
Davlat reyestrini shakllantirish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti, keyinchalik uni saqlash va faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.06.00 Antikvariat. Madaniy boyliklar. Restitutsiya]
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qadimiy yozma manbalar davlat reyestri toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining Davlat reyestrini yuritish sohasidagi vazifalari, davlat muzeylari, kutubxonalari va arxivlari, boshqa davlat tashkilotlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning ishtirok etish tartibi va majburiyatlari;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Davlat reyestrini yuritish tartibi, unga kiritiladigan qadimiy yozma manbalar turlari hamda ular haqidagi maʼlumotlar roʻyxati;
qadimiy yozma manbalarni Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish hamda undan chiqarish tartibi va asoslari;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.06.00 Antikvariat. Madaniy boyliklar. Restitutsiya]
Davlat reyestri yuritilishini samarali tashkil etish, uni ilmiy va texnik jihatdan taʼminlash, qadimiy yozma manbalarni oʻrganish va targʻib etish.
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda milliy va xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati]
Davlat reyestrining samarali yuritilishini, davlat muzeylari, kutubxonalari va arxivlari fondlari faoliyatiga integratsiya qilinishini;
ushbu jarayonni zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish asosida tashkil etish yuzasidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Sh.Sh. Minovarov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 6-sentabr,
498-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 498-son qaroriga ILOVA
Qadimiy yozma manbalar davlat reyestri toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.06.00 Antikvariat. Madaniy boyliklar. Restitutsiya]
1. Mazkur Nizom qadimiy yozma manbalar davlat reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Davlat reyestri) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
2. Davlat reyestri muzeylar, kutubxonalar va arxiv fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarda (keyingi oʻrinlarda — qadimiy yozma manbalarning egalari) saqlanayotgan qadimiy yozma manbalarni hisobga olish, tizimlashtirish va ularning saqlanishini nazoratga oluvchi hujjatdir.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.06.00 Antikvariat. Madaniy boyliklar. Restitutsiya]
3. Davlat reyestri va uning monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi) tomonidan yuritiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
4. Davlat reyestri elektron va bosma maʼlumotlar bazasi koʻrinishida shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
5. Davlat reyestrini yuritish boʻyicha yagona axborot tizimi yaratiladi va ushbu tizim davlat tasarrufidagi muzeylar, kutubxonalar va arxivlar fondlari faoliyatiga integratsiya qilinadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
6. Davlat reyestriga kiritilgan qadimiy yozma manbalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jamoatchilik uchun ochiq hisoblanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
7. Qadimiy yozma manbalarni Davlat reyestriga kiritish uchun taqdim etilgan hujjatlarda qayd etilgan maʼlumotlarning haqiqiyligi va talab darajasida tayyorlanishi uchun muzeylar, kutubxonalar va arxivlarning birinchi rahbarlari masʼul hisoblanadi.
8. Qadimiy yozma manbalar davlat reyestrini shakllantirish va yuritish ilovaga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
2-bob. Qadimiy yozma manbalarni Davlat reyestriga kiritish va yuritish tartibi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati]
9. Davlat reyestri qadimiy yozma manbalarga egalik qilayotgan va ulardan foydalanayotgan muzeylar, kutubxonalar, arxivlar va boshqa tashkilotlarning asosiy hisob hujjatlaridan olingan hamda qadimiy yozma manbalarning egalari taqdim etgan maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.
10. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
qadimiy yozma manbalar — oʻtmishda odamzod qoʻli bilan bunyod etilgan, tarixiy jarayon izlarini oʻzida aks ettiruvchi va kishilik jamiyati tarixini oʻrganishga oid hozirgi kungacha saqlanib kelayotgan tarixiy, ilmiy, adabiy-badiiy va madaniy-maʼnaviy qimmatga ega boʻlgan yozma manbalar;
qadimiy yozma manbalar turkumi — qoʻlyozma va toshbosma kitoblar, arxiv, qoʻlyozma va chizma hujjatlar, nodir va noyob nashrlar, ashyoviy, lingvistik, etnografiya materiallari, tarixiy hujjatlar va boshqa yozma yodgorliklar;
Milliy muzey fondi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy saqlanayotgan muzey ashyolari va kolleksiyalari majmui.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.06.00 Antikvariat. Madaniy boyliklar. Restitutsiya]
11. Davlat reyestriga 1950-yilga qadar yaratilgan qadimiy yozma manbalar turkumiga kiruvchi yozma yodgorliklar, tarixiy hujjatlar va chop etilgan toshbosma nashrlar kiritiladi.
12. Davlat reyestriga qadimiy yozma manbalar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar (elektron va bosma shaklda) kiritiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi muzeylar, kutubxonalar va arxiv fondlarida saqlanayotgan qadimiy yozma manbalar roʻyxati va ular toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar;
qadimiy yozma manbaning tartib raqami, nomi, muallifi, tili, sanasi, holati, oʻlchami, hajmi, shakli, inventar raqami, saqlanish joyi, shuningdek, manbaga oid boshqa qoʻshimcha maʼlumotlar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.06.00 Antikvariat. Madaniy boyliklar. Restitutsiya]
13. Qadimiy yozma manbalarning egalari qadimiy yozma manbalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat reyestriga kiritilish uchun yozma va elektron shaklda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga taqdim etadilar.
Bunda muzeylar, kutubxonalar va barcha davlat tashkilotlari oʻzlarida saqlanayotgan qadimiy yozma manbalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga majburiy tartibda, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar esa — ixtiyoriy tartibda taqdim etadilar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
14. Davlat reyestriga kiritiladigan qadimiy yozma manbalarning turlari va toifalarini belgilash, ularni ilmiy-texnik tavsiflash ishlari soha olimlari va mutaxassislaridan iborat tarkibda tuzilgan Ekspert guruhi tomonidan amalga oshiriladi.
Ekspert guruhi tarkibi va uning vazifalari Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati]
15. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi davlat tasarrufidagi muzeylar, kutubxonalar va arxivlar tomonidan qadimiy yozma manbalarning saqlanish holatini soha mutaxassislaridan iborat tarkibda ishchi guruhini tuzgan holda oʻrganish va monitoring qilish vakolatiga ega.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
16. Davlat reyestriga kiritish uchun qadimiy yozma manbalarning egalari tomonidan qadimiy yozma manbalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar roʻyxati (ularning har biri haqidagi zarur maʼlumotlar aks ettirilgan holda) elektron va bosma shakllarda uch nusxada tayyorlanadi:
birinchi nusxa — Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida;
ikkinchi nusxa — qadimiy yozma manbalarning egalarida;
uchinchi nusxa — qadimiy yozma manbalarning egalarining yuqori turuvchi organida (mavjud boʻlsa) saqlanadi.
Taqdim etilgan roʻyxat bosma shaklining har bir sahifasida muzeyning bosh muhofizi, kutubxona va arxiv fondi mudiri, boshqa saqlovchilar uchun — qadimiy yozma manbalarning egalari imzosi, shuningdek roʻyxatning oxirida muzey direktori, bosh muhofizi, kutubxona va arxiv direktori, kutubxona va arxiv fondi mudiri imzosi, roʻyxat rasmiylashtirilgan sana va muzey yoki kutubxonaning muhri qoʻyiladi,
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
17. Roʻyxatlarning bosma shakli muzeylar, kutubxonalar, arxivlar va boshqa davlat tashkilotlarning yuqori boshqaruv organi rahbarlari tomonidan tasdiqlanib, shu organ tomonidan qadimiy yozma manbalarni Davlat reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi ariza bilan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga murojaat etiladi.
Boshqa yuridik va jismoniy shaxslar esa roʻyxatlarning bosma shakli oʻzlari tasdiqlaydilar va qadimiy yozma manbalarni Davlat reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi ariza bilan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga murojaat etadilar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.06.00 Antikvariat. Madaniy boyliklar. Restitutsiya]
18. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi taqdim etilgan hujjatlar asosida qadimiy yozma manbalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat reyestri roʻyxatiga kiritadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.06.00 Antikvariat. Madaniy boyliklar. Restitutsiya]
19. Qadimiy yozma manbalar Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran Davlat reyestri tarkibiga kiritilgan hisoblanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
20. Davlat reyestri tarkibiga kiritilgan qadimiy yozma manbalar egalariga Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan qadimiy yozma manbani roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida tegishli guvohnoma beriladi.
Guvohnoma shakli Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.06.00 Antikvariat. Madaniy boyliklar. Restitutsiya]
21. Davlat reyestriga kiritilgan qadimiy yozma manbalarning egalari taqdim etilgan maʼlumotlarga kiritilgan har qanday oʻzgartirish toʻgʻrisida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga bir oy muddatda xabar berishlari shart.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
22. Qadimiy yozma manbalar egalari qadimiy yozma manbalarning oʻgʻirlanish, yoʻqotilish holatlari aniqlanganda, bir ish kuni mobaynida huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlariga va Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga xabar beradi.
23. Muzey, kutubxona va arxiv fondi tarkibiga kiritilgan qadimiy yozma manbalarga boʻlgan fuqarolik huquq va majburiyatlarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qadimiy yozma manbalarning mulkdorlari oʻzgargan hollarda, ushbu oʻzgarishlar Davlat reyestriga kiritib boriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
24. Davlat reyestriga oid hujjatlarni saqlash va yuritish tartibi, ular bilan ishlovchi xodimlarning huquq hamda majburiyatlari Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan belgilanadi.
3-bob. Qadimiy yozma manbalarni davlat reyestridan chiqarish yoki ularni Davlat reyestriga kiritishni rad etish tartibi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.06.00 Antikvariat. Madaniy boyliklar. Restitutsiya]
25. Qadimiy yozma manbalarni Davlat reyestridan chiqarish haqida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining tegishli buyrugʻi qabul qilingan vaqtdan boshlab qadimiy yozma manbalar Davlat reyestridan chiqarilgan hisoblanadi.
Qadimiy yozma manbalarning chiqarilishiga asos boʻlgan tegishli asosnomalar Davlat reyestrida roʻyxatga olinadi.
Qadimiy yozma manbalar turli sabablarga (tabiiy ofat, yongʻin va boshqalar) koʻra nobud boʻlsa, jisman toʻliq yoʻqotilsa yoki moddiy madaniy meros obyekti sifatida oʻz qimmatini yoʻqotsa, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan Ekspert guruhining tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasi asosida Davlat reyestridan chiqarilishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
26. Qadimiy yozma manbalarni Davlat reyestri tarkibidan chiqarish uchun qadimiy yozma manbalarning egalari Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga yozma shaklda murojaat etadi.
Murojaatga qadimiy yozma manbalarni muzey, kutubxona va arxiv fondidan chiqarish sabablari (ularni topish yoki tiklash boʻyicha amalga oshirilgan choralar) toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot va mazkur manbalarning fotosuratlari ilova qilinadi.
Markaz zarur holda boshqa qoʻshimcha maʼlumotlarni ham talab qilishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati]
27. Qadimiy yozma manbalar Davlat reyestridan chiqarilganda, ular bir vaqtning oʻzida muzey, kutubxona va arxiv fondi hujjatlari tarkibidan ham chiqarilgan hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.06.00 Antikvariat. Madaniy boyliklar. Restitutsiya]
28. Qadimiy yozma manbalarning qalbakiligi yoki oʻgʻirlanganligi aniqlangan holatlarda, ularni Davlat reyestriga kiritish rad etilishi mumkin.
4-bob. Davlat reyestriga doir maʼlumotlarning toʻgʻriligini nazorat qilish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
29. Qadimiy yozma manbalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat reyestriga kirituvchi xodim kiritilgan maʼlumotlarning aslligi, toʻgʻriligi va toʻliqligiga javobgardir.
30. Qadimiy yozma manbalarning asl yoki qalbaki ekanligini belgilovchi barcha alomatlar mutaxassislar tomonidan aniqlanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
31. Davlat reyestriga kiritilayotgan dastlabki maʼlumotlarni tasdiqlamasdan avval oshkor qilish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.06.00 Antikvariat. Madaniy boyliklar. Restitutsiya]
32. Davlat reyestriga kiritilgan qadimiy yozma manbalar oʻzgartirilishi, qalbakilashtirilishi, noqonuniy savdoga qoʻyilishi yoki unga zarar yetkazilishi qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka tortishga asos boʻladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
33. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
34. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Qadimiy yozma manbalar davlat reyestri toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Qadimiy yozma manbalar davlat reyestrini shakllantirish va yuritish
(muzeylar, kutubxonalar va arxiv fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslar)
Qadimiy yozma manbalar egalari Davlat reyestriga kiritish uchun qadimiy yozma manbalar roʻyxati va ular toʻgʻrisidagi elektron va bosma maʼlumotlarni tayyorlaydi va Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga taqdim etadi.
Bunda muzeylar, kutubxonalar va barcha davlat tashkilotlari oʻzlarida saqlanayotgan qadimiy yozma manbalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga majburiy tartibda, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar esa — ixtiyoriy tartibda taqdim etadilar.
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi soʻrovnomasida koʻrsatilgan muddatlarda
2-bosqich
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
Qadimiy yozma manbalar davlat reyestri elektron va bosma maʼlumotlar bazasi koʻrinishida shakllantiradi.
Maʼlumotlar kiritilgan vaqtdan boshlab
Elektron maʼlumotlar qadimiy yozma manbalar davlat reyestrini yuritish boʻyicha yagona axborot tizimiga joylashtiriladi.
Maʼlumotlar tayyor boʻlgandan keyin uch kun muddatda
3-bosqich
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
Davlat reyestriga kiritilgan qadimiy yozma manbalar egalariga Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
Maʼlumotlar axborot tizimiga kiritilgandan keyin bir oy muddatda
4-bosqich
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
Davlat reyestri yuritilishini samarali tashkil etish, uning ilmiy asoslarni oʻrganish hamda targʻib etish tadbirlarini amalga oshiradi.
Doimiy
5-bosqich
Qadimiy yozma manbalarning egalari
Davlat reyestriga kiritilgan qadimiy yozma manbalar boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlarga kiritilgan har qanday oʻzgartirish toʻgʻrisida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga xabar beradi.
Muzey, kutubxona va arxiv fondida qadimiy yozma manbalar oʻgʻirlanishi, yoʻqotilishi holatlari aniqlanganda bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hamda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga xabar beradi.
1 ish kunida
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2022-y., 09/22/498/0801-son)