O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Qoraqalpog‘iston Respublikasining mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan ishlab chiqarish va investitsiya salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, infratuzilmaviy shart-sharoitlarni yaratib berish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion jarayonlarning jadallashuviga erishish, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va hududni jadal sur’atlarda rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
hududning investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, yoshlar bandligini ta’minlash;
yer va suv resurslaridan samarali foydalanish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish hamda qulay agrobiznes muhitini yaratish;
ta’lim sohasida qo‘shimcha imkoniyatlar va inson kapitali rivojini yangi bosqichga ko‘tarishga shart-sharoit yaratish;
ijtimoiy himoya dasturlari qamrovini kengaytirish.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasida hududning investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, yoshlar bandligini ta’minlash yo‘nalishi doirasida:
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida joylashgan va shu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari uchun 2023-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda:
foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq stavkalari 50 foizga kamaytirilgan holda;
ijtimoiy soliq kamaytirilib, 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasida;
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanayotgan ijtimoiy soliq shaharlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 12 baravarga, tumanlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 6 baravarga kamaytirilib, yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilansin.
Bunda, yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasalar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslarga mazkur bandda belgilanayotgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-228-sonli Farmoniga asosan 2-band “b” kichik bandining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)
v) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi yosh tadbirkorlarga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun zarur asbob-uskunalarni xarid qilish maqsadida Hukumat komissiyasining qaroriga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali 7 yil muddatga qarz mablag‘lari taqdim etilsin.
Bunda, ajratilgan mazkur kredit mablag‘lari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining takliflari asosida Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) tomonidan taqsimlanadi;
g) Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi koordinatorlari (M. Ubaydullayev, A. Kamalov, D. Sultanov) Qoraqalpog‘iston Respublikasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 2022-yil yakuniga qadar dastur uchun ajratilgan resurslar hisobidan qo‘shimcha ravishda 200 milliard so‘m kredit ajratilishini ta’minlasin.
Belgilansinki, qonunchilikda mazkur banddagidan ortiq soliq imtiyozlari nazarda tutilgan bo‘lsa, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay soliq imtiyozlari tatbiq etiladi.
Mo‘ynoq tumanidagi tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilikda soliq imtiyozlarining kengaytirilgan ro‘yxati mavjudligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun tijorat banklariga va “Amudaryo deltasida kichik suv havzalarini barpo qilish. Faza II” loyihasi doirasida moliyalashtirish ishlarini tashkil qilish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan 100 million AQSh dollari ekvivalentida quyidagi shartlar va yo‘nalishlardagi kredit liniyasini ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
a) 95 million AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasi tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 10 foiz stavkada milliy valyutada ajratiladi. Bunda:
tijorat banklari tomonidan kreditlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish (bundan uy-joy qurilishi, savdo, vositachilik sohasidagi loyihalar, shuningdek, aksizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish holatlari mustasno) uchun yillik 14 foiz stavkada, 7 yilgacha muddatga, shu jumladan 2 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 10 milliard so‘mgacha miqdorda ajratiladi;
ajratilgan mazkur kredit liniyasidan moliyalashtiriladigan loyihalar ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tavsiyasiga asosan Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) tomonidan shakllantiriladi;
b) “Amudaryo deltasida kichik suv havzalarini barpo qilish. Faza II” loyihasi doirasida moliyalashtirish ishlarini tashkil qilish uchun 5 million AQSh dollari ekvivalentida kredit liniyasi mablag‘lari ajratiladi.
Bunda, Jamg‘arma Suv xo‘jaligi vazirligiga 2023-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan muddatga yillik foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasida 5 million AQSh dollari miqdorida qisqa muddatli kredit ajratsin va ushbu kredit keyinchalik loyiha buyurtmachisi — Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ijroiya qo‘mitasining Nukus filialiga o‘tkazilsin.
Suv xo‘jaligi vazirligi Jamg‘armaning jalb qilinadigan kreditini oluvchi, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ijroiya qo‘mitasining Nukus filiali ushbu kreditlarning maqsadli va samarali foydalanishiga javobgar ijroiya organ hisoblanadi.
Moliya vazirligi 2023-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan muddatda Jamg‘armadan jalb qilingan kreditni qaytarish va unga hisoblangan foizlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan to‘lov kunidagi valyuta kurslari bo‘yicha farqni hisobga olgan holda AQSh dollari ekvivalentida Jamg‘armaga Davlat budjetidan qaytaradi.
4. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (J.Xodjayev) mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan va ushbu hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga bepul asosda ko‘maklashuvchi “Investorlarga ko‘mak markazi”ni;
“Investorlarga ko‘mak markazi” qoshida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarida maydoni kamida 10 gektar bo‘lgan ishlab chiqarish texnoparkini tashkil etsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 2022-yil 15-sentabrdan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar, istisno tariqasida, yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berish maqsadida yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishda:
a) eng yaxshi takliflar 5 million AQSh dollari ekvivalentidan boshlab ko‘rib chiqiladi;
b) ishchi organ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hisoblanadi;
v) quyidagilar:
yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish;
eng yaxshi taklif deb tanlab olingan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi investorlarga yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur banddan kelib chiqadigan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan barcha soliq to‘lovchilardan undiriladigan soliqlar 2022-yil uchun Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning tasdiqlangan miqdorlaridan kam bo‘lmagan miqdorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga o‘tkaziladi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablari xodimlarining, jumladan tarbiyachi va o‘qituvchilarning ish haqi hamda unga nisbatan hisoblangan ijtimoiy soliq to‘lovlarini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan amalga oshirish tartibi saqlab qolinadi.
Bunda, soliq imtiyozlari joriy etilishi sababli yuzaga keladigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti daromadlaridagi yo‘qotishlar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo tartibga soluvchi transfertlar hisobiga to‘liq qoplanadi.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash va respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish hamda og‘ir sharoitli hududlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish maqsadida 2022-yil III chorakdan boshlab 2024-yil yakuniga qadar har chorak yakuni bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi, istisno tariqasida, to‘liq Qoraqalpog‘iston Respublikasida qoldirilsin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish yo‘nalishi doirasida:
a) 2022-2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida auksion savdolarida realizatsiya qilinadigan foydali qazilma konlari va istiqbolli uchastkalar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari:
mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion savdolariga boshlang‘ich qiymati 50 foizga kamaytirilgan holda chiqarilsin;
mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilinishidan tushadigan mablag‘lardan Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga yo‘naltiriladigan qismining 50 foizi mazkur yer uchastkalari joylashgan tuman (shahar)lar budjetiga ularning qo‘shimcha manbalari sifatida o‘tkazilsin;
v) xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan davlat aktivlarini (bundan hududi 10 000 kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari mustasno) sotishdan tushgan mablag‘lar, ularni baholash va sotish xarajatlari chegirilgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamg‘armasiga maqsadli yo‘naltirilsin;
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-264-son qarorining 1-bandida nazarda tutilgan davlat aktivlarini hamda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolarida sotib olishda qo‘llaniladigan qoidalar Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlarida joriy etilsin;
d) Bosh vazir o‘rinbosarlari Sh. G‘aniyev va J. Xodjayev Qishloq xo‘jaligi vazirligi (A. Voitov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamroyev), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) va Kadastr agentligi (F. Pulatov) bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvarga qadar xorijiy ekspertlarni jalb qilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv hisobini yuritish, yo‘qotishlarni kamaytirish va suv ta’minotini barqarorlashtirish dasturini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin.
Bunda, suv ta’minotini yaxshilash jamg‘armasini tashkil etish va unga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni, irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini rekonstruksiya qilish uchun ko‘zda tutilgan budjet mablag‘larini yo‘naltirish ko‘zda tutilsin.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish hamda qulay agrobiznes muhitini yaratish yo‘nalishi doirasida:
a) fermer xo‘jaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va g‘alladan qisqartiriladigan, aholi punktiga yaqin va suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan hududlardan zaxiraga qaytarilgan yer maydonlari 2-ilovaga muvofiq dehqon xo‘jaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga, istisno tariqasida, 2 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda ochiq elektron tanlov orqali 30 yilga ijaraga berilsin;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-52-son qarori talablariga asosan meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, makkajo‘xori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha, ammo gektariga 7 million so‘mdan oshmagan miqdorda yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada, 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga kreditlar ajratilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Bunda, Markaziy bank (B. Zaxidov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda 2023-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi fermer xo‘jaliklariga 200 milliard so‘m va mazkur Farmonning 9-bandi “a” kichik bandiga asosan ochiq elektron tanlov orqali ekin maydonlarni ijaraga olgan dehqon xo‘jaliklari uchun 50 milliard so‘m miqdoridagi kreditlar ajratilishini ta’minlasin;
v) Vazirlar Mahkamasi (Sh. G‘aniyev, J. Qo‘chqorov) bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining notekisligini va suv resurslarining me’yordan ortiq sarflanishini bartaraf etish maqsadida 2022 — 2024-yillarda qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar yordamida tekislash uchun har bir gektariga subsidiya ajratish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin;
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4576-son qarorining 3-bandida belgilangan subsidiya ajratish tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun 2 yil muddatga uzaytirilsin;
d) Moliya vazirligi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Qoraqalpog‘istondagi dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining yer maydonlarini sug‘orish uchun chuqurligi 5 metrdan ortiq bo‘lgan har bir vertikal sug‘orish qudug‘ini burg‘ilash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplashga quduqning har bir metr chuqurligi uchun 100 ming so‘mdan, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan miqdorda Fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratilishini ta’minlasin;
e) Vazirlar Mahkamasi (Sh. G‘aniyev, J. Qo‘chqorov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi “Chirchiq shahrida qishloq xo‘jaligi mashinasozlik klasterini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-7-son qarori talablariga muvofiq, 2023-yil yakuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi fermer xo‘jaliklari tomonidan kamida 200 ta yangi yuqori unumli kombinatsion texnikalarni xarid qilish uchun subsidiyalar ajratilishini ta’minlasin.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim sohasida qo‘shimcha imkoniyatlar va inson kapitali rivojini yangi bosqichga ko‘tarishga shart-sharoit yaratish yo‘nalishi doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
a) O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (A. Aripov) Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining zarur ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha shakllantirilgan buyurtmasiga muvofiq, o‘n kun muddatda 2022/2023 o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalarini tamomlagan 500 nafar, keyingi o‘quv yillari uchun esa har yili 1-sentabrga qadar 6 500 nafar yoshlarning viloyatlardagi davlat oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida o‘qishga qabul qilinishini ta’minlasin.
(10-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Bunda, mazkur qabul ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan talabalarga ajratilgan ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarini Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan qoplab berish imkoniyati yaratilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
a1) Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun 2023/2024 o‘quv yilida davlat granti asosida qo‘shimcha 3 000 ta o‘rin ajratilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi soha va tarmoqlarning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlab, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga 2023-yil 20-iyulga qadar taqdim etsin;
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (A. Aripov) ajratilgan davlat granti asosidagi qo‘shimcha 3 000 ta o‘ringa yoshlarni qabul qilishning aniq mexanizmlarini tasdiqlasin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan “a1” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi davlat oliy ta’lim muassasalarini salohiyatli professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash maqsadida 2023-yildan boshlab mamlakatimizning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida ekologiya, qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va qurilish yo‘nalishlari bo‘yicha tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlash yo‘lga qo‘yilsin;
v) 2022-yil 1-oktabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha bitimlarni imzolash, istisno tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshirilsin;
g) 2022-yil 1-oktabrdan boshlab 5 yil muddatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘quv jarayoni uchun jalb etilgan xorijiy mutaxassislar (o‘qituvchilar) O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni rasmiylashtirish va berish (uzaytirish) uchun undiriladigan to‘lov, O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasi olish uchun konsullik yig‘imlari va yashash joyida ro‘yxatga olish uchun undiriladigan davlat boji to‘lashdan ozod etilsin.
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijtimoiy himoya dasturlari qamrovini kengaytirish yo‘nalishi doirasida 2022-yil 15-sentabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida istiqomat qilayotgan yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun temir yo‘l va aviayo‘lovchilar chiptalarini sotish 50 foizlik imtiyozli tariflar bo‘yicha amalga oshirilsin hamda yo‘lovchi tashuvchi kompaniyalarning ushbu imtiyoz taqdim qilish bilan bog‘liq xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilsin.
Transport vazirligi Moliya vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va rezident aviakompaniyalar bilan birgalikda bir oy muddatda yo‘lovchilarning tegishli toifalari uchun maxsus tariflarni tasdiqlasin.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. Moliya vazirligi 2022-yil 1-oktabrga qadar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlangan kam ta’minlangan oilalarga qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun (ko‘mir, suyultirilgan gaz, oziq-ovqat, boshqa zaruriy ehtiyojlari uchun) har bir kam ta’minlangan oilaga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam pullarini ajratish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetiga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan qo‘shimcha 100 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi 2022-yil 25-oktabrga qadar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan har bir oilaga qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun ajratilayotgan bir martalik moddiy yordam pullari to‘liq to‘lab berilishini ta’minlasin hamda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot bersin.
14. A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan o‘tgan qismi bo‘ylab yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan savdo va servis obyektlarini joylashtirish maqsadida:
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 4-ilovaga muvofiq jami 809 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari va o‘rmon fondi yerlarini, shundan 85,6 gektar sug‘oriladigan yer uchastkalarini (keyingi o‘rinlarda — tanlangan yer uchastkalari) aholi punktlarining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlari toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi xulosasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani, “Aktuba” OFY 3718q konturdagi 2 gektar va Xo‘jayli tumani, “Kulab” OFY 59q, 60q, 60aq konturdagi 3,7 gektar yer maydonida tashkil etilgan yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari yerlarining yaylov yer toifasini sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘zgartirish to‘g‘risidagi xulosasi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligining tanlangan yer uchastkalarini master-reja asosida yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan savdo va servis obyektlarini joylashtirish uchun elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Kadastr agentligi mazkur bandga asosan yer resurslarining holati to‘g‘risidagi milliy hisobotga o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.
Belgilansinki, tanlangan yer uchastkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hamda o‘rmon fondi yerlari toifasidan chiqarilishi munosabati bilan hisoblanadigan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lovlar, istisno tariqasida, undirilmaydi.
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi ikki oy muddatda:
tanlangan yer uchastkalarining belgilangan tartibda zaxiraga qaytarilishi, davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi hamda elektron onlayn-auksionga chiqarilishini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yetakchi loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda tanlangan yer uchastkalarining master-rejalari ishlab chiqilishini ta’minlasin.
16. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafoyev) yil yakuniga qadar A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining To‘rtko‘l, Beruniy va Ellikqal’a tumanlaridan o‘tgan qismini rekonstruksiya qilishga xalqaro moliya institutlaridan dastlabki hisob-kitoblarga asosan 160 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar jalb etilishini ta’minlasin.
17. Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov) Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasining tumanlarida aholi uchun yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalarini taqdim etish va 2023 — 2026-yillarda ko‘p qavatli va yakka tartibdagi uy-joylarni qurish parametrlarini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin.
18. Belgilansinki, mazkur Farmonning 8-bandi “b” kichik bandining uchinchi xatboshisida va 10-bandining “g” kichik bandida nazarda tutilgan qoidalar O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida tatbiq etiladi.
19. Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmonning 2-bandi va 10-bandining “g” kichik bandidan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
20. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda muntazam ravishda:
mazkur Farmonning maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet tarmog‘ida va ijtimoiy tarmoqlarda keng sharhlanishini hamda uning mazmun-mohiyati jamoatchilikka tushuntirilishini;
mazkur Farmonga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning atroflicha yoritib borilishini;
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning borishi va natijalari to‘g‘risidagi xolis va to‘liq ma’lumotning aholiga yetkazilishini ta’minlasin.
21. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
22. Ushbu Farmonning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 31-avgust,
PF-213-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-213-son Farmoniga
1-ILOVA
2022-2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida auksion savdolarida realizatsiya qilinadigan foydali qazilma konlari va istiqbolli uchastkalar
RO‘YXATI

T/r

Obyekt nomi

Tuman

Xomashyo turi

Maydoni,

gektar

Noruda xom ashyosini qazib olish

1.

“Jumurtov-II” koni

Amudaryo

Porfirit

8,5

2.

“Xo‘jako‘l (1960)” koni 1-uchastkasi

Qorao‘zak

Biriktiruvchi material xom ashyosi uchun ganch

65

3.

“Xo‘jako‘l (1960)” koni 2-uchastkasi

56

4.

“Xo‘jako‘l (1960)” koni 3-uchastkasi

46

5.

“Xo‘jako‘l (1960)” koni 4-uchastkasi

42

6.

“Xo‘jako‘l (1960)” koni 5-uchastkasi

54

7.

“Xo‘jako‘l (1960)” koni 6-uchastkasi

50

8.

“Qorao‘zak-1” koni

Porfirit

6

9.

“Kekliktau (1990)” koni 2-uchastkasi

Tuf

(qurilish uchun tosh)

4

10.

“Kekliktau (1990)” koni 4-uchastkasi

Tuf

(qurilish uchun tosh)

4,1

11.

“Qoratov (1974)” koni 1-uchastkasi

G‘isht xomashyosi uchun lyossimon jinslar

3,5

12.

“Qoratov (1974)” koni 3-uchastkasi

Porfirit (qurilish uchun tosh)

2,8

13.

“Beshtyube” koni 1-uchastkasi

Nukus

Keramzit xomashyosi uchun bentonitli gillar

15

14.

“Beshtyube II (1990)” koni 2-uchastkasi

G‘isht xomashyosi uchun lyossimon jinslar

8,4

15.

“Kiziltau” koni 2-uchastkasi

Qo‘ng‘irot

Qurilish ishlari uchun qumlar

7,7

16.

“Kiziltau” koni 3-uchastkasi

Qurilish ishlari uchun qumlar

6

17.

“Shimoliy Jamansay (1990)” koni 1-uchastkasi

Beruniy

Sement xom ashyosi uchun gil

9,48

18.

“Shimoliy Jamansay (1990)” koni 2-uchastkasi

Sement xom ashyosi uchun gil

10

19.

“Beruniy (1983)” koni 1-uchastkasi

Marmarlashgan ohaktosh (tabiiy pardozbop tosh)

3

20.

“Oltinko‘l (1986)” koni 1-uchastkasi

Qonliko‘l

G‘isht xomashyosi uchun lyossimon jinslar

15

Noruda xom ashyosi geologiya-qidiruv ishlari

21.

Qizil qal’a-1

Beruniy

Qum-shag‘al

8,2

22.

Qizil qal’a-2

9,0

23.

Xo‘jako‘l 1

Qorao‘zak

Qurilish qumlari

9,77

24.

Xo‘jako‘l 2

Qurilish qumlari

9,53

25.

Qudaybergen Tas

Porfirit

4,5

26.

Grushed Stoune-1

Porfirit

3,8

27.

Titan

Qum

6

28.

Temur-2

Qonliko‘l

Lyossimon jinslar

8,5

29.

Temur-3

Lyossimon jinslar

8,5

30.

Kaspiy I

Qo‘ng‘irot

Mineral tuz

20

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-213-son Farmoniga
2-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasida “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ajratiladigan yer maydonlari

T/r

Tumanlar nomi

PQ-20-son qaror bo‘yicha ajratiladigan maydon,

gektar

Ochiq elektron tanlov g‘oliblari

Qolgan maydon (+, -)

2022-yilda qo‘shimcha ajratiladigan maydon,

gektar

2022-yilda jami ajratiladigan maydon,

gektar

2023-yilda jami ajratiladigan maydon,

gektar

lot soni

maydoni,

gektar

Shimoliy tumanlar

1.

Bo‘zatov

10

67

23

13

12

22

66

2.

Kegeyli

367

573

333

-34

75

442

319

3.

Mo‘ynoq

141

50

41

-100

141

114

4.

Nukus

315

397

153

-162

56

371

509

5.

Taxtako‘pir

287

199

127

-160

40

327

397

6.

Taxiatosh

54

561

57

3

20

74

102

7.

Xo‘jayli

14

428

108

94

152

166

346

8.

Chimboy

319

339

175

-144

57

376

379

9.

Shumanay

695

711

354

-341

695

351

10.

Qonliko‘l

269

365

125

-144

56

325

382

11.

Qorao‘zak

303

426

206

-97

52

355

357

12.

Qo‘ng‘irot

603

1 123

585

-18

70

673

392

Janubiy tumanlar

13.

Amudaryo

741

2 764

702

-39

105

846

669

14.

Beruniy

719

1 589

674

-45

105

824

640

15.

To‘rtko‘l

405

1 015

319

-86

105

510

553

16.

Ellikqal’a

368

1 684

354

-14

105

473

444

Jami

5 610

12 291

4 336

-1 274

1 010

6 620

6 020

Izoh: shimoliy tumanlarda dehqon xo‘jaligini tashkil etish uchun yer maydonlari 2 gektargacha ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-213-son Farmoniga
3-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan va ushbu hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga bepul asosda ko‘maklashuvchi yuridik shaxs hisoblanmagan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi “Investorlarga ko‘mak markazi”ni tashkil etish.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan “Investorlarga ko‘mak markazi”ni (keyingi o‘rinlarda — Markaz) Nukus shahrida joylashtirish uchun tekin foydalanish huquqi asosida bino ajratish.

bir hafta muddatda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(J. Xodjayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(Q. Sariyev),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahabov),

mas’ul vazirlik va idoralar

2. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar yuqori malakali xodimlaridan iborat, tarkibi har oyda yangilanib boriladigan Ishchi guruh tashkil etish.

bir hafta muddatda

3. Ishchi guruhning Markazda faoliyat yuritishini tashkil etish.

Quyidagilarni Markazning asosiy vazifalari etib belgilash:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan va ushbu hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga zarur bo‘lgan ruxsatnoma, litsenziya va sertifikatlar, shu jumladan, qonunchilikda nazarda tutilgan xarajatlar uchun kompensatsiya va subsidiyalarni olish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishga ko‘maklashish;

ushbu tadbirkorlik subyektlarining tegishli hujjatlari hamda ular tomonidan ishlab chiqilayotgan mahsulotlar namunalarini tegishli hujjat olish uchun vakolatli organlarga belgilangan tartibda yuborishga ko‘maklashish;

mazkur tadbirkorlik subyektlarining faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolarni “bir darcha” tamoyili asosida joyida hal etishga ko‘maklashish;

byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida biznes muhitini yaxshilash, shuningdek, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

ikki hafta muddatda

4. Markaz faoliyatini tashkil etish uchun zarur mebel va texnik jihozlar bilan ta’minlash.

5. Ishchi guruh tarkibini shakllantirish hamda belgilangan tartibda Nukus shahriga xizmat safariga yuborilishini tashkil etish.

bir hafta muddatda

6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining buyurtmasiga ko‘ra, Markazni belgilangan tartibda zarur bo‘lgan aloqa turlari va vositalari bilan ta’minlash, shuningdek, keng qamrovli Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini yaratib berish.

7. Markazni quriladigan texnopark hududida joylashtirish.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

2.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarida maydoni kamida 10 gektar bo‘lgan ishlab chiqarish texnoparkini (keyingi o‘rinlarda — texnopark) qurish.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalaridan maydoni kamida 10 gektar bo‘lgan bo‘sh yer uchastkasini elektron onlayn-auksion orqali xarid qilish;

ushbu yer uchastkasida texnoparkni qurish.

2. Texnopark ichida qurilgan obyektlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan tadbirkorlik subyektlariga mulk huquqi asosida “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion savdolarida sotish.

2023-yil

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(J. Xodjayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(Q. Sariyev)

3.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv ?isobini yuritish, yo‘qotishlarni kamaytirish va suv ta’minotini barqarorlashtirish.

Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda hududda suv hisobini yuritish, yo‘qotishlarni kamaytirish va suv ta’minotini barqarorlashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 26-noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(Sh. G‘aniyev, J. Xodjayev),

Suv xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov)

4.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi yerlarni sug‘orishda foydalanilgan suv resurslarini avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali hisobga olish hamda soliq to‘lovchilarga suv resurslarini ushbu avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda elektron buyurtma asosida berish tizimini joriy etish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi yerlarni sug‘orishda foydalanilgan suv resurslarini avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali hisobga olish hamda soliq to‘lovchilarga suv resurslarini ushbu avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda elektron buyurtma asosida berish tizimini joriy etish yuzasidan normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2022-yil 1-noyabr

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev),

Suv xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Teshayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

mas’ul vazirlik va idoralar

5.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha har bir ekin uchun suv olish iste’molining (sug‘orish) amaldagi normativlarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha har bir ekin uchun suv olish iste’molining (sug‘orish) amaldagi normativlarini qayta ko‘rib chiqish.

Tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

bir oy muddatda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Teshayev),

Suv xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev)

6.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilishdan tushadigan mablag‘lardan foydalanish tartibini ishlab chiqish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish:

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilishdan tushadigan mablag‘lardan Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga yo‘naltiriladigan qismining 50 foizini mazkur yer uchastkalari joylashgan tuman (shahar)lar budjetiga yo‘naltirish;

2. Mablag‘larni tuman (shahar) hokimining qarori bilan hududlarda yangi yer uchastkalarini aniqlash va ularning jozibadorligini oshirgan holda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish, shuningdek, ko‘p qavatli uy-joylarning renovatsiya dasturlarini amalga oshirish hamda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash, infratuzilma obyektlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarni maqsadli moliyalashtirishga yo‘naltirish.

2022-yil 1-dekabr

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(A. Boboyev)

7.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida noruda foydali qazilma konlari va yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasida noruda foydali qazilma konlari va yer uchastkalarini Davlat geologiya qo‘mitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib berish.

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasida noruda foydali qazilma konlari va yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish.

bir oy muddatda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(Q. Sariyev),

Davlat geologiya qo‘mitasi

(Sh. Alimov)

8.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahallalarida hamshiralik mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishni tugatgan va hozirgi vaqtda ishsiz bo‘lgan xotin-qizlar malakasini oshirish orqali ularning bandligini ta’minlash.

1. Tashkil etilayotgan “Ishga marhamat” monomarkazlarida hamshiralar malakasini oshirish kurslari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur malaka oshirish kurslarini o‘quv-metodik materiallar va pedagog kadrlar bilan ta’minlash hamda tinglovchilarning tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘tashini tashkil etish.

3. “Ishga marhamat” monomarkazlarida hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi respublika o‘rta tibbiyot xodimlari va farmatsevtlar malakasini oshirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi markazida malaka oshirish kurslarida o‘qigan va o‘zini o‘zi band qilgan hamshiralarga patronaj sumkasi va uning ichidagi zaruriy tibbiyot jihozlarini xarid qilish uchun Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan 2025-yil 1-yanvarga qadar bir martalik subsidiya ajratish amaliyotini joriy etish.

2022 — 2024-yillarda

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

(M. Ubaydullayev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(Q. Sariyev)

9.

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitishni tashkillashtirish.

1. Kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qib, sertifikat olgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida yashovchi ishsiz fuqarolarga o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashi hamda o‘zini o‘zi band qilishi uchun Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 7 million so‘mgacha, xotin-qizlarga 10 million so‘mgacha asbob-uskuna va (yoki) mehnat qurollari sotib olish uchun subsidiya ajratishni yo‘lga qo‘yish.

2. 2025-yil 1-yanvarga qadar ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida uy sharoitida biogumus o‘g‘itini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan subsidiya ajratish mexanizmini joriy etish.

2022 — 2024-yillarda

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

(M. Ubaydullayev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(Q. Sariyev)

3. Hamshiralarga patronaj sumkasi va uning ichidagi zaruriy tibbiyot jihozlarini xarid qilish, shuningdek, uy sharoitida biogumus o‘g‘itini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun subsidiya ajratish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

bir oy muddatda

10.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi xalqaro va ichki avtomobil yo‘llarini yaxshilash.

Qoraqalpog‘istonda xalqaro va ichki avtomobil yo‘llarini rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 26-oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov),

Transport vazirligi

(I. Mahkamov)

11.

A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 581 — 673 km qismini rekonstruksiya qilish obyekti bo‘yicha loyihaoldi ishlarni amalga oshirish.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 581 — 673 km qismini rekonstruksiya qilish uchun To‘rtko‘l, Ellikqal’a va Beruniy tumanlari hududidan zarur bo‘lgan yer maydonlari ajratib berilishini ta’minlash.

bir oy muddatda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(Q. Sariyev),

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasi

(Sh. G‘aniyev),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov)

2. A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining To‘rtko‘l, Beruniy va Ellikqal’a tumanlari hududidan o‘tgan 581 — 673 km qismini sement beton qoplama asosida rekonstruksiya qilish uchun xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etish yuzasidan kelishuvga erishish choralarini ko‘rish.

2022-yil yakuniga qadar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Sh. Vafoyev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

(A. Abduvaliyev)

3. A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 581 — 673 km qismini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida buzishga tushgan turar va noturar joylar egalariga hisoblangan kompensatsiya to‘lovlarini 2023-yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi budjetining markazlashtirilgan jamg‘armasi hisobidan to‘lab berishni ta’minlash.

2023-yil mobaynida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(Q. Sariyev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

12.

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki mablag‘lari hisobiga “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy foydalanishdagi mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘llarini to‘la ta’mirlash” loyihasini amalga oshirish.

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki mablag‘lari hisobiga “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy foydalanishdagi mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘llarini to‘la ta’mirlash” loyihasining 2023-yil davlat tashqi qarzi jalb qilinadigan investitsiya loyihalari ro‘yxatiga kiritilishini ta’minlash.

2022-yil IV chorak

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Sh. Vafoyev)

13.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini hamda A-380 xalqaro avtomagistral yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan savdo va servis obyektlarini joylashtirish.

1. A-380 xalqaro avtomagistralining xavfsizlik mintaqasidan tashqaridagi yo‘l bo‘yicha o‘rmon xo‘jaligi fondidagi yer maydonlarini tuman (shahar) zaxira yer fondiga qaytarib, yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan savdo va servis obyektlarini joylashtirish maqsadida mazkur yer maydonlarining elektron onlayn-auksionga chiqarilishini ta’minlash.

bir oy muddatda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(Q. Sariyev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Teshayev),

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

(N. Bakirov),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

(A. Abduvaliyev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(O. Rustamov)

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tuman hokimliklarini yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari uchun yer maydonlari ajratilishi va toifasi o‘zgartirilishi hamda yo‘l bo‘yida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini qurish bilan bog‘liq qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlaridan, istisno tariqasida, ozod qilish.

bir oy muddatda

14.

Nukus shahri va boshqa tumanlarda joylashgan “Qoraqalpog‘iston mintaqaviy paxta terminali” MChJga qarashli bugungi kunda auksion savdolarida turgan bino-inshoot va unga tegishli yer maydonini sotish chora-tadbirlarini jadallashtirish.

Nukus shahrida joylashgan “Qoraqalpog‘iston mintaqaviy paxta terminali” MChJga qarashli bugungi kunda auksion savdolarida turgan bino-inshoot va unga tegishli yer maydonini sotishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-264-son qarori 1-bandida nazarda tutilgan tartibning tatbiq etilishini ta’minlash.

tegishli obyektlar sotilgunga qadar

“O‘zpaxtasanoat” AJni tugatish komissiyasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(Q. Sariyev)

15.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida shamol stansiyasini qurish loyihalarini kengaytirish.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan (Karatau-1), Beruniy va Qorao‘zak tumanlarida quvvati 200 MVt bo‘lgan (Karatau-2), Qo‘ng‘irot tumanida quvvati 1500 MVt bo‘lgan shamol stansiyalarini qurish loyihalarini ishlab chiqish jarayonlarini jadallashtirish.

2. Ushbu loyihalar bo‘yicha investorlar va xalqaro moliya institutlarini jalb qilish.

2023-yil mart

Energetika vazirligi

(Sh. Xodjayev)

16.

Aholi xonadonlarining kadastrlarini to‘liq rasmiylashtirish tartibini ishlab chiqish.

Quyidagilarini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish:

birinchi bosqichda (2022-2023-yillarda) Qoraqalpog‘iston Respublikasida, ikkinchi bosqichda (2023-2024-yillarda) qolgan hududlarda aholi xonadonlarini mahallabay tahlil qilib, uy-joyga egalik huquqini tasdiqlovchi kadastr hujjatiga ega bo‘lmagan xonadonlarning elektron ro‘yxatini shakllantirish;

uy-joyga egalik huquqini e’tirof etishga asos bo‘luvchi hujjatlarni to‘plab, elektron bazaga kiritish;

ushbu tadbirlarni amalga oshirishda zarur hollarda aerokosmik s’yomka materiallaridan foydalanish.

2022-yil 1-oktabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov)

17.

Qoraqalpog‘iston Respublikasiga aviaqatnovlar sonini oshirish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Toshkent shahri va boshqa viloyatlarga yo‘lovchi tashuvchi aviaqatnovlar sonini oshirish.

bir oy muddatda

Transport vazirligi

(I. Mahkamov)

18.

Nukus shahri, Taxiatosh va Xo‘jayli tumanlari markazlarida oqova suv tarmoqlarini qurish.

1. Nukus shahri, Taxiatosh va Xo‘jayli tumanlari markazlarida oqova suv tarmoqlari qurilishiga 78 million AQSh dollari miqdorida mablag‘larni yo‘naltirishni jadallashtirish.

2. Loyihaning texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2022-yil 15-oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov),

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

3. Loyihani amalga oshirish.

2022 — 2025-yillar

19.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim va tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish.

2022 — 2026-yillar Davlat budjet parametrlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim va tibbiyot obyektlari qurilishiga qo‘shimcha 5 trln so‘m ajratishni nazarda tutish.

2022-yil 1-dekabr

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(A. Boboyev)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-213-son Farmoniga
4-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yo‘l bo‘yida joylashgan va unumdorligi past bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlari toifasidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar toifasiga o‘tkaziladigan yer uchastkalari
RO‘YXATI

T/r

Tumanlar

Mahalla (ovul) fuqarolar yig‘ini nomi

Kontur raqami

Yer maydoni,

gektar

Shundan:

sug‘oriladigan

bo‘z yerlar

yaylov va pichanzorlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

155

809

85,6

28,6

694,9

1.

Amudaryo

“Beshtom” MFY, “Nazarxon” OFY

249q, 137q, 645, 576, 575, 574, 528, 170, 177, 666

52,9

52,9

2.

Beruniy

“Beruniy” OFY, “Abay” OFY

2760q, 1158q, 1159q, 1161q, 1749q, 315q

7,6

7,6

3.

Bo‘zatov

“Yerkindarya” OFY

22780, 19941, 19764, 19766

318,1

318,1

4.

Qorao‘zak

“Berdak” OFY, “Madeniyat” OFY

2761, 2773, 2931, 2932, 2933, 2395, 49

36,4

36,4

5.

Kegeyli

“Kumshungul” OFY, “Aktuba” OFY, “Janabazar” OFY

7732q, 7130q, 7125q, 7279q, 7381q, 7393q, 8328q, 6782q, 6779q, 6860q, 6861q, 6863q, 7133, 7356, 2269q, 7675, 5677

83,6

1,8

81,8

6.

Qonliko‘l

“Beskopir” OFY, “Arzimbetkum” OFY, “Kanliko‘l” OFY, “Bostan” OFY, “Jana kala” OFY,

332, 342, 350, 351, 352, 353, 319, 494, 490, 488, 1121, 1225, 2523, 2527, 2528, 1487, 2839, 2840, 2451, 2751, 2693, 2619

103,5

0,8

28,6

74,1

7.

Qo‘ng‘irot

“Qo‘ng‘irot” OFY, “Adebiyat” OFY

1667q, 1673q, 1670q, 1723q, 1726q, 1734q, 1735q, 1679q, 1678q, 1626q, 1632q, 1629q, 1628q, 1625q, 2528q, 2526q

32,9

30,9

2,0

8.

Mo‘ynoq

“Bozatau” OFY

3580, 3581

12,4

12,4

9.

Taxiatosh

“Jayxun” MFY

138, 139, 141, 142, 143, 144, 145, 146, 147, 148, 149, 150, 151, 152, 153, 155, 156, 157, 126, 127, 132, 133, 134, 135, 136, 160

41,3

41,3

10.

Taxtako‘pir

“Karaoy” OFY, “O‘zbekiston” MFY

1715, 1218

0,47

0,47

11.

To‘rtko‘l

“Oqboshli” OFY, “O‘zbekiston” OFY, “Tozabog‘yop” OFY

320q, 1363, 984

98,5

98,5

12.

Xo‘jayli

“Jana jap” OFY, “Kulab” OFY, “Kun Nuri” OFY

1117q, 331q, 60q, 451q

3,8

3,8

13.

Chimboy

“Tazgara” OFY, “Kenes” OFY

3949, 1537, 3276, 4440, 4441, 3370, 3239, 3240, 3241, 3243, 3244, 3245, 3246, 3247, 2474, 2536, 2545, 2546, 2547, 2548, 2549, 2550, 2956

6,0

6,0

14.

Shumanay

“Toshkent” OFY

1385, 1386, 1330, 1331, 1341

11,3

10,7

0,6

15.

Ellikqal’a

“Amirobod” OFY, “Saribiy” OFY, “Koshkura” MFY, “Paxtachi” MFY, “Kilichinok” OFY

632q, 470q, 99q, 814q, 302q

0,41

0,41

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/213/0793-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)