1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Umumiy masalalar]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
So‘nggi yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy himoya sohasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar miqdorini oshirish va qo‘shimcha resurslarni jalb qilish, ijtimoiy himoya dasturlari qamrovini kengaytirish va oilalarni og‘ir hayotiy holatlardan olib chiqishga qaratilgan qo‘shimcha mexanizmlarni joriy etish yo‘nalishlarida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan:
kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi joriy qilindi;
kam ta’minlangan nafaqa oluvchi oilalar soni oxirgi uch yilda to‘rt barobarga oshib, 1,9 millionga yetdi;
kam ta’minlangan oilalardagi bolalarni parvarishlash uchun to‘lanadigan nafaqa qamrovi kengayib, nafaqa tayinlashda inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshirildi, mazkur to‘lov muddati 6 oydan 12 oygacha hamda nafaqa miqdori o‘rtacha 1,5 barobarga oshirildi;
ishsizlik nafaqalarining eng kam miqdorlari 3,2 baravarga oshirildi, aholini bandligini ta’minlashga qaratilgan 20 dan ortiq yangi instrumentlar joriy etildi.
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadlardan kelib chiqib hamda ijtimoiy himoya sohasida tizimli islohotlarni izchil davom ettirish va yanada takomillashtirish, aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini ta’minlash, davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatishda samarali idoralararo muvofiqlashtiruvchi tizimni yaratish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar]
1. O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
ijtimoiy yordamga muhtoj va ijtimoiy nafaqa tayinlash mezonlariga javob beradigan barcha oilalar va shaxslarni ijtimoiy yordam dasturlari bilan qamrab olish;
majburiy ijtimoiy kafolatlardan, shu jumladan ijtimoiy himoya turlaridan foydalanish imkoniyatini sohani raqamlashtirish hisobiga kengaytirish, ushbu jarayonga ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini joriy qilish;
aholi uchun majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, ehtiyojmand qatlamlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;
nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tish hamda imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash;
aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash;
ijtimoiy xizmatlarni aholiga bevosita mahalla darajasida ko‘rsatish amaliyotini joriy etish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar]
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, ijtimoiy himoya choralari O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasida (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) belgilangan ustuvor maqsadlar doirasida ishlab chiqiladi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Bunda Strategiyada belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar baholab boriladi.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamg‘armalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
3. Moliya vazirligi tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etilsin.
Belgilansinki, Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-206-sonli Farmoniga asosan 4-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son)
5. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov) Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev), Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi (Z. Maxkamova) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
2023-yil 1-martga qadar davlat tomonidan kafolatlangan va bepul taqdim etiladigan minimal ijtimoiy xizmatlar ro‘yxatini shakllantirsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2024-yil 1-iyulga qadar davlat tomonidan kafolatlangan va bepul taqdim etiladigan minimal ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish standartlarini tasdiqlasin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani boshqarish]
6. Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etilishi munosabati bilan:
2022-yil 1-sentabrdan Moliya vazirligi huzuridagi Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi tugatilishi hisobiga 3 ta shtat birligidan iborat Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining faoliyatini tashkil etish bo‘limi;
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro apparati shtat birliklari hisobidan 2 ta shtat birligidan iborat Ijtimoiy to‘lovlarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali amalga oshirish shu’basi;
2022-yil 1-sentabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari huzurida, ularning umumiy shtat birliklari doirasida 2 ta shtat birligidan iborat Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘larini boshqarish va Ijtimoiy sug‘urta nafaqalari to‘lovlarini monitoring qilish bo‘limlari tashkil etilsin.
7. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu Farmonning maqsad va vazifalari bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholi o‘rtasida muntazam, tizimli va keng ko‘lamda yoritib borilishini ta’minlasin.
8. Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 25-iyul,
PF-175-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PF-175-son Farmoniga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish
STRATEGIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan davrda ustuvor yo‘nalishlarni va kompleks chora-tadbirlarni belgilab beradi hamda uning “Yo‘l xarita”si amalga oshirilishi natijasida ko‘zda tutilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish ta’minlanadi.
2. Strategiya Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon banki va Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamg‘armasi tomonidan 2020-yilda tayyorlangan “O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini baholash” natijalari va tavsiyalariga asoslanib ishlab chiqildi.
3. Strategiya Xalqaro mehnat tashkilotining ijtimoiy himoyaning minimal darajalari bo‘yicha 202-son tavsiyalariga muvofiq, barcha fuqarolar uchun minimal ijtimoiy himoya darajasini kafolatlaydigan tizimni yaratishni nazarda tutadi.
4. Strategiya quyidagi davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya dasturlarini qamrab olgan:
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga moddiy yordam tayinlash;
(4-band 1-kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasini tayinlash;
(4-band 1-kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga moddiy yordam berish;
yoshga doir nafaqalarni tayinlash;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalarni tayinlash;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga parvarishlash nafaqasini tayinlash;
bolalikdan nogironlik nafaqasini (I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga) tayinlash;
nogironligi bo‘lgan bolalar nafaqasini (18 yoshgacha) tayinlash;
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga hamda hayot uchun xavfli va surunkali rivojlanadigan kam uchraydigan (orfan) kasallikka chalingan bolalarga nafaqa tayinlash;
boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini tayinlash;
bir martalik dafn etish nafaqasi berish;
bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa (suyunchi puli) berish;
uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovini tayinlash;
Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarga imtiyozlar berish;
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari uchun qo‘shimcha to‘lovni tayinlash;
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak xaridi uchun kompensatsiya tayinlash;
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan pul mukofotini berish;
fuqarolarning ayrim toifalariga shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish bo‘yicha imtiyozlar berish;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlarini to‘lovdan ozod etish;
(4-band 1-kichik bandining yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsliklar uchun ijara to‘lovlaridan ozod etish;
(4-band 1-kichik bandining yigirman birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun kiyim-bosh berish;
(4-band 1-kichik bandining yigirman ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
ayrim fanlarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar o‘quvchilarini ovqatlanish xarajatlaridan ozod etish;
(4-band 1-kichik bandining uchinchi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar hamda “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga yordam va ko‘mak ko‘rsatish;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalari bilan ta’minlash;
oilaga tarbiyaga olingan (patronat) har bir yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun nafaqa to‘lash;
noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollar va ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash;
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bir martalik moddiy yordam berish;
2) Ijtimoiy ta’minot dasturlari doirasida:
yoshga doir pensiyasini tayinlash;
nogironlik pensiyasini tayinlash;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash;
Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan shaxslarga pensiya tayinlash;
homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash;
vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash;
ishsizlik nafaqasi tayinlash;
ishdan bo‘shatish nafaqasi tayinlash;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa, nogironlik pensiyasi hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlash;
3) Ijtimoiy xizmatlar dasturlari doirasida:
“Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi bolalar uylarida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida hamda nogironligi bo‘lgan bolalar, ayollar va erkaklar uchun “G‘amxo‘rlik” markazlarida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish
(4-band 3-kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)
keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar, urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan ekspertiza xizmatlarini ko‘rsatish;
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun hududiy reabilitatsiya markazlari tomonidan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reabilitatsiya markazi tomonidan xizmat ko‘rsatish;
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi va hududiy markazlar tomonidan xizmat ko‘rsatish;
Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari tomonidan xizmat ko‘rsatish;
voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish xizmatlari;
muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash xizmatlari;
uyda tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga oziq-ovqat mahsulotlari uchun qo‘shimcha to‘lov to‘lash;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni bepul yoki imtiyozli dori-darmonlar bilan ta’minlash;
keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, yakka tartibdagi ijtimoiy xizmatlar dasturini shakllantirish va amalga oshirish;
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar va “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga tibbiy, psixologik va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish;
4) Mehnat bozoridagi faol chora-tadbirlar dasturlari doirasida (keyingi o‘rinlarda — MBFCH):
haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish;
davlat maqsadli jamg‘armalari (subsidiyalar, grantlar va kredit liniyalari) hisobidan bandlikni rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish;
mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan hamda ishsiz shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish;
ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish;
ish qidirayotgan hamda ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zo‘ravonlikka, majburiy mehnatga va tahqirlanishga duchor bo‘lgan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarisiz, mablag‘larsiz qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish hamda ularga moddiy yordam ko‘rsatish;
mehnat migratsiyasida bo‘lgan vaqtda jarohat olishi, baxtsiz hodisaga uchrashi, og‘ir kasallikka chalinishi tufayli tibbiy yordam talab etilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga mehnat migranti mablag‘lari yoki tibbiy sug‘urta hisobidan ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar qiymatini to‘lash imkoni bo‘lmaganda tibbiy xizmat ko‘rsatish;
mehnat migratsiyasida bo‘lgan vaqtida vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini, shuningdek, xorijda mehnat faoliyati vaqtida mayib bo‘lgan yoki og‘ir jarohat olgan fuqarolarni olib kelish xizmatlarini ko‘rsatish;
ilgari uyushgan holda tanlash doirasida xorijga ishga yuborilgan va borgan mamlakatning qonun hujjatlarini buzishi natijasida chiqarib yuborilgan (deportatsiya qilingan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish, keyinchalik to‘langan mablag‘larni mazkur shaxslar hisobidan qoplash, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar tomonidan ishga joylashtirish bo‘yicha kelishilgan sharoitlar bilan ta’minlanmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish;
mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ketish oldidan moslashtirish, kasbga tayyorlash, ularni chet tillarga o‘qitish;
mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga ayrim xarajatlari uchun kompensatsiya to‘lash;
rivojlangan davlatlarga uyushgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish xarajatlarini qoplab berish;
fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirishga ko‘maklashish.
2-bob. O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi doirasida erishish ko‘zda tutilayotgan maqsadlar
2.1. Aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar tizimini rivojlantirish yo‘nalishidagi maqsadlar.
1-maqsad: Mahalla darajasida ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish. Ushbu yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda mahalla darajasida ishlarni olib borish mexanizmini yo‘lga qo‘yish, ya’ni oilaning umumiy holatidan kelib chiqib, uni hayotiy qiyin vaziyatdan chiqarish bo‘yicha kompleks yondashuv asosida ijtimoiy yordam va xizmatlarni ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.
Bunda, oilani kambag‘allik holatidan chiqarish uchun zarur bo‘lgan barcha ijtimoiy yordam va xizmatlar dasturlarini o‘z ichiga olgan individual ijtimoiy himoya rejasini ishlab chiqish orqali oilalar ijtimoiy himoya qilinadi;
b) oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada kuchaytirish, bolalarning asossiz ravishda oilalaridan ajralishini bartaraf etish, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik.
2-maqsad: Ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi xodimlar salohiyatini kuchaytirish. Bunda:
a) ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
b) tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlarining faoliyatini rivojlantirish va ularning kadrlar salohiyatini kuchaytirish.
3-maqsad: Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ro‘yxati va standartlarini aniqlash.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) davlat tomonidan kafolatlangan va bepul asosda taqdim etiladigan ijtimoiy xizmatlar ro‘yxatini ishlab chiqish va tasdiqlash (ijtimoiy-tibbiy, ijtimoiy-pedagogik, ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-huquqiy, ijtimoiy-maishiy va ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlar).
Bunda, bepul ijtimoiy xizmatlar oluvchi shaxslar kontingenti aniqlanadi;
b) ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar hajmi, sifati va muddatlari, ularni ko‘rsatish uchun zarur mehnat va moliyaviy resurslarni belgilovchi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
4-maqsad: Nogironlikni belgilashni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.
Ushbu yo‘nalishda nogironlikni belgilashning an’anaviy “tibbiy” modelidan zamonaviy “ijtimoiy” modeliga bosqichma-bosqich o‘tiladi.
Nogironlikni belgilashning ijtimoiy modelida asosan shaxsning jamiyat hayotida ishtirok etish masalasi inobatga olinadi.
5-maqsad: Internat shaklidagi muassasalarni noinstitutsionallashtirish.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) og‘ir kasalligi yoki nogironligi bo‘lgan bolalarni va shaxslarni doimiy parvarish qiluvchilarning dam olishi uchun shart-sharoit yaratish va ularning dam olish vaqtida parvarishga muhtoj bo‘lganlarga vaqtinchalik tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish;
b) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyaga olish, xususan oilalarga tarbiyaga olish, ularni vaqtinchalik parvarish qilish xizmatlarini keng joriy etish;
v) ijtimoiy xizmatlarni ustuvor tarzda institutsional taqdim etishdan bosqichma-bosqich voz kechish maqsadida oilaga tarbiyaga olishni (patronat) professionallashtirish va litsenziyalash, patronat ostidagi bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini monitoring qilish.
51-maqsad: Parvarishlash iqtisodiyotining alternativ modellarini joriy etish.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) Parvarishlash iqtisodiyotining alternativ modellari konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
b) parvarishlash bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar ro‘yxatini shakllantirish, standartlarini ishlab chiqish va xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilash;
v) parvarishlash ishlari bilan norasmiy band bo‘lgan shaxslarni malaka oshirish, qayta tayyorlash va sertifikat berish orqali rasmiy bandlikka o‘tkazish choralarini ko‘rish.
(2-bob O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan 51-maqsad bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
2.2. Mehnatga layoqatli aholini ijtimoiy ta’minot bilan qamrab olish yo‘nalishidagi maqsadlar.
6-maqsad: Ijtimoiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, hamda uni xalqaro standartlarga asosan rivojlantirish.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish;
b) sug‘urta to‘lovlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash;
v) homiladorlik va tug‘ish, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, ish beruvchi yuridik shaxs tugatilganda va tugatilayotgan korxonaning to‘lovlar uchun mablag‘lari mavjud bo‘lmagan hollarda ishdan bo‘shatish nafaqalari, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar oqibatidagi sug‘urta to‘lovlarini ijtimoiy sug‘urta tizimi orqali amalga oshirish choralarini ko‘rish;
g) Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
d) rasmiy sektorda mehnat faoliyatini yurituvchi shaxslarni ijtimoiy sug‘urta vositalari bilan qo‘shimcha ijtimoiy himoya qilish darajasini ta’minlash orqali norasmiy sektorda mehnat faoliyatini yurituvchi shaxslarning rasmiy sektorga o‘tishini rag‘batlantirish;
e) milliy qonunchilikni Xalqaro mehnat tashkilotining 1952-yildagi “Ijtimoiy ta’minotning minimal me’yorlari to‘g‘risida”gi 102-sonli Konvensiyasiga muvofiqlashtirish.
7-maqsad: Onalikning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘lovlarini ijtimoiy sug‘urta tizimi orqali amalga oshirish;
b) milliy qonunchilikni Xalqaro mehnat tashkilotining “Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 183-sonli Konvensiyasiga muvofiqlashtirish.
2.3. Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam dasturlarini mustahkamlash yo‘nalishidagi maqsadlar.
8-maqsad: Davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamning aholining ehtiyojmand qatlamlariga manzilli yetkazib berilishini ta’minlash, kambag‘al oilalarning qashshoqlikka tushishiga yo‘l qo‘ymaslik, oilalarni kambag‘allikdan olib chiqish.
Ijtimoiy yordamdan oilani kambag‘allik holatidan chiqarishga qaratilgan vosita sifatida foydalanish maqsadida davlat tomonidan berilayotgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalarini ijtimoiy shartnoma tuzish orqali taqdim etish tizimini yo‘lga qo‘yish. Ijtimoiy shartnoma tuzishda mablag‘larni inson kapitalini rivojlantirishga yo‘naltirish maqsadida bolalarni maktab, maktabgacha ta’lim va boshqa ta’lim muassasalariga qatnashi kabi shartlarni ishlab chiqish.
(2.3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Shuningdek, ijtimoiy yordam dasturlarini ijtimoiy shartnoma orqali bandlikka ko‘maklashish dasturlari bilan bog‘lash va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz a’zolarini ish bilan ta’minlash hamda kelgusida ijtimoiy shartnoma shartlarini kengaytirish.
(2.3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
9-maqsad: Ijtimoiy yordam tayinlash tartibini soddalashtirish va mezonlarini doimiy ravishda takomillashtirib borish.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamning manzilliligini oshirish, ijtimoiy nafaqalarni tayinlashda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni baholash mezonlari hamda oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromadni hisoblash usulini doimiy ravishda takomillashtirib borish va soddalashtirish, oilani Ijtimoiy reyestrning “davlat ta’minotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifasiga kiritish uchun kambag‘allik chegarasini qo‘llash;
(2.3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
b) minimal iste’mol xarajatlari qiymatini inflyatsiya darajasidan kelib chiqib indeksatsiya qilib borish, aholi daromadlari va xarajatlarining o‘zgarishini inobatga olgan holda kamida har besh yilda uning qiymatini qayta ko‘rib chiqish va ushbu miqdordan kelib chiqib, ijtimoiy nafaqalarni va eng kam pensiya miqdorlarini belgilash tizimini qo‘llash;
v) doimiy parvarishga muhtoj nogironligi bo‘lgan bolalar parvarishi bilan band bo‘lgan oila a’zolarini minimal daromad manbai bilan ta’minlab borish.
2.4. Aholining zaif qatlamlari mehnat bozoridagi faol chora-tadbirlardan foydalanishini kengaytirish yo‘nalishidagi maqsadlar.
10-maqsad: Ishsiz shaxslarni qo‘llab-quvvatlashni inson kapitaliga investitsiyalar orqali amalga oshirish.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish va bandlikka ko‘maklashish dasturlariga ajratilgan resurslarni inson kapitalini rivojlantirishga, ya’ni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish va tadbirkorlikka jalb qilish kabi dasturlarga yo‘naltirish, shu bilan birga jamoat ishlariga jalb qilingan band bo‘lmagan aholi ulushini kamaytirish;
b) kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirishda eng kam xarajat talabi bilan, band bo‘lmagan shaxsning doimiy bandligini ta’minlashda eng yaxshi natijalarni ko‘rsatuvchi mutaxassislik dasturlarini tanlab olish;
v) kasb-hunarga o‘qitish va texnik ta’lim berish sohasiga xususiy sektorni jalb qilish.
11-maqsad: MBFCH dasturlarining samaradorligini oshirish.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) resurslarni, shu jumladan, budjet mablag‘lari maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash maqsadida MBFCH natijalarini muntazam monitoring qilish.
Bunda, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda mehnat organlari tomonidan ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, bandligiga ko‘maklashish kabi xizmatlarini ijtimoiy shartnoma tuzish orqali ko‘rsatish amaliyoti respublikaning barcha hududlarida joriy etiladi. Ushbu tizim davlat mablag‘lari maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlaydi hamda dasturlarning band bo‘lmagan aholini doimiy daromad manbai bilan ta’minlashini nazorat qiladi;
b) aholi bandligiga ko‘maklashish dasturlarini “mahallabay” tamoyili asosida hokim yordamchilari instituti orqali amalga oshirish.
Bunda, mavjud MBFCHni o‘rganish va baholash, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari, jumladan ayollar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning MBFCHdan foydalanishida mavjud to‘sqinliklar bartaraf etiladi.
v) jamoat ishlarini va boshqa bandlikka ko‘maklashish dasturlarini Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, doimiy parvarish bilan band bo‘lgan ayollar va boshqa ehtiyojmand, aholining zaif qatlamlarining ehtiyojlarini qondirishga moslashtirish orqali mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarning bandlik darajasini oshirish;
(2.4-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
g) aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun tadbirkorlik faoliyatini yuritishga qulay sharoitlar yaratish maqsadida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga imkoniyati cheklangan tadbirkorlar, shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoshlar va ayollarning startap dasturlarini qo‘llab-quvvatlash platformasini rivojlantirish.
(2.4-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
12-maqsad: MBFCH dasturlarini monitoring qilish tizimini yo‘lga qo‘yish.
Ushbu dastur doirasida bandlikka ko‘maklashish xizmatlarini ko‘rsatishda band bo‘lmagan aholi bilan mahalliy mehnat organlari o‘rtasida ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi va bu borada taraflarning ijtimoiy mas’uliyatini belgilovchi ijtimoiy shartnoma tuzish tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.
3-bob. Davlat ijtimoiy himoyasining institutsional boshqaruv va moliyalashtirish tizimi
3.1. Institutsional boshqaruv tizimi.
13-maqsad: Aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlariga mas’ul bo‘lgan organlari faoliyatining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi vazifa va funksiyalari bosqichma-bosqich kengaytirib boriladi hamda davlat ijtimoiy yordam va xizmatlari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi organ sifatida faoliyati takomillashtiriladi.
(3.1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
14-maqsad: Aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlari bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratish.
Bunda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi aholining barcha ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlari bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasiga aylantiriladi.
(3.1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
15-maqsad: Ijtimoiy himoya sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va yuritishga mas’ul bo‘lgan vakolatli organni belgilash.
Kelgusida, davlatning aholini ijtimoiy himoya qilishga oid vazifa va funksiyalarini yagona tizim doirasida muvofiqlashtiruvchi davlat organini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Bunda, ushbu organning quyidagi vazifalari nazarda tutiladi:
a) “Temir daftar” ro‘yxatini yuritish hamda unga kiritiladigan ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar bilan ishlash;
b) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga, shu jumladan ayollar va yoshlarga moddiy ko‘maklashish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, huquqiy, uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish;
(3.1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
v) keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy xizmatlar ko‘rsatish.
3.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasini moliyalashtirish.
16-maqsad: Ijtimoiy himoya sohasini moliyalashtirishni takomillashtirish.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) o‘rta muddatli istiqbolga maqsadli mo‘ljallarni asosiy moliyaviy hujjatlar va jarayonlarga kiritish, shuningdek, natijaga yo‘naltirilgan budjet tizimi tamoyilini ijtimoiy himoya sohasi budjetini shakllantirishda qo‘llash;
b) ijtimoiy sug‘urta tizimi moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining daromadlari manbalarini aniqlash;
v) ijtimoiy himoya sohasiga qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish, shu jumladan yangi loyihalarni xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda grantlar asosida tashkil etish;
g) davlat tomonidan taqdim etiladigan ijtimoiy yordam va xizmatlar bo‘yicha davlat ijtimoiy himoyasiga yo‘naltirilgan jami mablag‘larni Davlat budjetida alohida xarajatlar bo‘limi sifatida aks ettirish;
d) natijaga yo‘naltirilgan budjet tizimini ijtimoiy himoya sohasi budjetini shakllantirishda qo‘llash.
5. Strategiya amalga oshirilgan chora-tadbirlar ijrosi va maqsadli ko‘rsatkichlardan kelib chiqib har yili baholanadi hamda 2030-yilgacha bo‘lgan maqsadlarga erishish uchun unga tegishli o‘zgartirishlar kiritish haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
6. Strategiya amalga oshirilishi, uning natijadorligi, samaradorligi hamda milliy maqsad va vazifalarga erishishdagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar qonunchilikka muvofiq baholab boriladi. Bunda boshqa yo‘nalishdagi davlat siyosatidan va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib ijtimoiy himoya sohasini umumiy siyosat bilan muvofiqlashtirish maqsadida Strategiyaga tegishlicha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
17-maqsad: Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini muvaffaqiyat bilan amalga oshirish.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi samaradorligini baholab borish;
b) ijtimoiy himoya sohasiga oid ma’lumotlarni, shu jumladan har bir dastur kesimida ijtimoiy himoya oluvchilar soni, gender jihatdan taqsimlangan ma’lumotlar, sarflangan mablag‘ kabi ma’lumotlarni yig‘ish, to‘plash va tahlil qilish, ijtimoiy himoya sohasidagi ko‘rsatkichlar o‘zgarishlarini kuzatib borish va maqsadli ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash ishlarini olib borish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PF-175-son Farmoniga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari
T/r
Indikator nomi
Bazaviy ko‘rsatkichlar
Maqsadli ko‘rsatkichlar
Boshlang‘ich ma’lumotlar
Mas’ul vazirlik va idoralar
2020-yil
2021-yil
2025-yil
2030-yil
Ma’lumot nomi
2020-yil
2021-yil
1.
Davlat budjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy himoya bo‘yicha xarajatlar (foizda)
6,0
5,7
6,5
7,0
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining jami xarajatlari (mlrd. so‘mda)
144 143
188 634
Moliya vazirligi
2.
Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy yordam dasturi bilan qamrab olish darajasi (foizda)
58,8
65,8
85,2
98,1
Ijtimoiy nafaqa oluvchi kam ta’minlangan oilalar (ming nafarda)
918
1 260
Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi
3.
Kambag‘allik chegarasidan (2022-yildan boshlab minimal iste’mol xarajatlari miqdori bilan belgilanadigan) past darajada yashovchi aholi (foizda)
-
17,0
8,5
5,0
Uy xo‘jaliklarini tanlanma kuzatuvi darajasi (foizda)
-
17,0
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi
4.
Oilada hamda muqobil parvarish qilishning boshqa shakllarida tarbiyalanayotgan yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sonining tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar soniga nisbati (foizda)
97,3
99,3
100
100
“Mehribonlik” uylarida bolalar soni (ming nafarda)
2,0
0,6
Xalq ta’limi vazirligi
Oilada hamda muqobil parvarish qilishning boshqa shakllarida tarbiyalanayotgan yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar (ming nafarda)
75
78
Xalq ta’limi vazirligi
5.
Aholining mehnat bozorida ko‘rsatiladigan xizmatlar bilan qamrab olinganligi (foizda)
64,2
65,3
65,0
70,0
Bandlikka ko‘maklashish dasturlari va jamoat ishlariga jalb etilgan ishsiz shaxslar (ming nafarda)
1 000
880
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
6.
Ishsizlik nafaqasini oluvchi ishsizlar ulushi (foizda)
5,7
6,8
7,2
8,5
Ishsizlik nafaqasini oluvchi ishsizlar soni (ming nafarda)
89
98
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
7.
Yoshga doir pensiya ta’minoti va nafaqa bilan qamrab olingan pensiya yoshidagi aholining ulushi (foizda)
77,6
77,9
79,0
80,0
Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi shaxslar soni (ming nafarda)
2 892
3 042
Moliya vazirligi, Pensiya jamg‘armasi
Pensiya yoshidan oshgan (60 yosh — erkaklar, 55 yosh — ayollar) aholi soni (ming nafarda)
3 725
3 906
Davlat statistika qo‘mitasi
8.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilgan reabilitatsiya xizmatlari ulushi (foizda)
16,9
16,9
17,9
20,9
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar soni (ming nafarda)
127
131
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi
Nogironligi bo‘lgan shaxslar soni (ming nafarda)
752
798
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi
9.
Aholini muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari bilan ta’minlash darajasi (foizda)
-
-
35,0
100,0
Nogironligi bo‘lgan shaxslar soni (ming nafarda)
-
-
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi
10.
Aholini muhtoj qismini reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash darajasi (foizda)
-
6,0
45,0
100,0
Nogironligi bo‘lgan shaxslar soni (ming nafarda)
-
4 100
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi
11.
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazida reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatilgan shaxslarning odam savdosidan jabrlangan deb e’tirof etilgan shaxslarga nisbatan ulushi (foizda)
61,3
62,4
63,3
65,4
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazida reabilitatsiya qilingan odam savdosidan jabrlangan shaxslar (nafarda)
92
112
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi
Odam savdosidan jabrlangan deb e’tirof etilgan shaxslar (nafarda)
150
185
Ichki ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PF-175-son Farmoniga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish bo‘yicha
I. Aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar tizimini rivojlantirish
1.
Davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatishda mahalla darajasida (“mahallabay” tamoyili asosida) ijtimoiy ishlarni olib borish mexanizmini yo‘lga qo‘yish.
Vazirlar Mahkamasining davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini mahalla darajasida ko‘rsatishga oid nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.
Bunda, xotin-qizlar faollari tomonidan quyidagi vazifalarning amalga oshirilishini ko‘zda tutish:
har bir xonadon ahvolini o‘rganish, oilalardagi haqiqiy holat va ijtimoiy xizmatlarga ehtiyojni aniqlash;
har bir oila uchun alohida ijtimoiy himoya rejasini ishlab chiqish;
murakkab operatsiyalarni amalga oshirish, protez-ortopediya buyumlari bilan ta’minlash, bolalarni bog‘chaga joylashtirish kabi ijtimoiy xizmatlar uchun o‘z tavsiyalari va buyurtmalarini berish;
ijtimoiy himoyaga mas’ul barcha idoralar ishiga baho berish;
ijtimoiy xizmatlar o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishini doimiy nazorat qilib borish;
oilada xotin-qizlar, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari yuzaga kelganda ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlashdan tashqari, zo‘ravonlik qilgan shaxslar bilan tushuntirish ishlarini olib borish.
2022-yil avgust
1-maqsad: Mahalla darajasida ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish
13-maqsad: Aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlariga mas’ul bo‘lgan organlar faoliyatining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash
Mablag‘ talab qilmaydi
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
(Maxkamova),
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi
(Turdiyev),
Moliya vazirligi
(Ishmetov)
2.
Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish.
Nogironlikni belgilashning an’anaviy “tibbiy” modelidan zamonaviy “ijtimoiy” modeliga bosqichma-bosqich o‘tishni nazarda tutuvchi konsepsiyani tasdiqlashga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish.
2022-yil sentabr
4-maqsad: Nogironlikni belgilashni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish
Mablag‘ talab qilmaydi
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi
(Inakov),
Moliya vazirligi
(Ishmetov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov)
3.
Yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish.
“Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari, shuningdek, patronat tarbiyasidagi bolalarning tarbiyalanish sharoitlarini joylarda tanlanma kuzatuv ishlari asosida tashkil etish.
2022-yil oktabr
5-maqsad: Internat shaklidagi muassasalarni noinstitutsionallashtirish
Mablag‘ talab qilmaydi
Xalq ta’limi vazirligi
(Saidov),
Milliy gvardiya
(Mamayusupov)
O‘rganish natijalaridan kelib chiqib yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va parvarishlashdagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.
2022-yil noyabr
4.
Doimiy parvarishga muhtoj shaxslar va qariyalarni hamda doimiy parvarish bilan band oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni mustahkamlash.
Vazirlar Mahkamasining tuman (shahar) darajasida bolalar va ehtiyojmand shaxslarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini tashkil etishga oid qarori loyihasini ishlab chiqish.
2023-yil dekabr
5-maqsad: Internat shaklidagi muassasalarni noinstitutsionallashtirish
Hisob-kitoblarga asosan qarorda belgilangan moliyalashtirish hajmi va manbalari doirasida
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi
(Inakov)
II. Mehnatga layoqatli aholini ijtimoiy ta’minot bilan qamrab olish
5.
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish.
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini tuzish. Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlovchi qarori loyihasini ishlab chiqish.
2022-yil avgust
6-maqsad: Ijtimoiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, hamda uni xalqaro standartlarga asosan rivojlantirish
Budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida
Moliya vazirligi
(Ishmetov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Musayev),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tayinlanadigan va to‘lanadigan nafaqalarni tayinlash va to‘lash nizomini tasdiqlashga oid qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda:
2024-yil 1-yanvardan budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda mehnat shartnomasi bo‘yicha haq evaziga to‘liq yoki to‘liqsiz ish vaqti shartlarida ishlayotgan xodimlarga umumiy ish staji va shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan majburiy oylik badallari hisoblanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib, homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘liq to‘lash amalga oshirilishini;
2026-yil 1-yanvardan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi hamda ish beruvchi yuridik shaxs sifatida tugatilganda va tugatilayotgan korxonaning mablag‘lari mavjud bo‘lmagan taqdirda, ishdan bo‘shatish nafaqasi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari oqibatidagi to‘lovlar amalga oshirilishini nazarda tutish.
2023-yil iyul
6.
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlarni dastur orqali amalga oshirishni tashkil etish.
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida alohida modul yaratish.
2022-yil avgust
6-maqsad: Ijtimoiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, hamda uni xalqaro standartlarga asosan rivojlantirish
Budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida
Moliya vazirligi
(Abruyev)
Homiladorlik va tug‘ishga oid vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish elektron tizimini yaratish.
2022-yil avgust
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Musayev)
7.
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining idoralararo elektron ma’lumot almashinuvini tashkil etish.
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi bilan barcha mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlovchi xodimlarni qamrab olishga oid chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
2022-yil dekabr
6-maqsad: Ijtimoiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, hamda uni xalqaro standartlarga asosan rivojlantirish
Budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov)
8.
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga mablag‘ ajratish.
2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga hisob-kitoblariga asosan 200 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratish.
2022-yil sentabr
6-maqsad: Ijtimoiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, hamda uni xalqaro standartlarga asosan rivojlantirish
Budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida
Moliya vazirligi
(Ishmetov)
9.
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish choralarini ko‘rish.
O‘zbekiston Respublikasining budjet-soliq siyosatidan kelib chiqib, Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirishda qo‘shimcha manbalarni aniqlash yuzasidan asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2023-yil iyul
6-maqsad: Ijtimoiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, hamda uni xalqaro standartlarga asosan rivojlantirish
Budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida
Moliya vazirligi
(Ishmetov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov),
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi
(Rafikov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
10.
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining daromadlari manbalarini shakllantirish.
2022-yildan boshlab o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiyani ishlab chiqishda Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi xarajatlarini inobatga olgan holda uning daromadlarini shakllantirish manbalarini nazarda tutish.
2022-yil noyabr
6-maqsad: Ijtimoiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, hamda uni xalqaro standartlarga asosan rivojlantirish
Budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida
Moliya vazirligi
(Ishmetov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
11.
Ijtimoiy sug‘urta tizimining normativ-huquqiy bazasini shakllantirish.
“Ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va unda quyidagilarni nazarda tutish:
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan nafaqalarni belgilash;
ijtimoiy sug‘urta nafaqalarini tayinlash bo‘yicha minimal kvalifikatsiya shartlari, minimal va maksimal nafaqa miqdorlarini belgilash.
2024-yil dekabr
6-maqsad: Ijtimoiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, hamda uni xalqaro standartlarga asosan rivojlantirish
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari doirasida
Moliya vazirligi
(Ishmetov),
Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi
(Xaydarov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov),
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi
(Rafikov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
12.
Onalik muhofazasini ijtimoiy sug‘urta tizimi bilan qamrab olish.
1. Vazirlar Mahkamasining quyidagilarni nazarda tutuvchi vaqtinchalik nizomni tasdiqlashga oid qarori loyihasini ishlab chiqish:
budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda mehnat shartnomasi bo‘yicha oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga har oy uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda homiladorlik va tug‘ish nafaqasining bir qismi to‘lanadi;
fuqaroning ish stajida 1 oygacha bo‘lgan tanaffuslar mavjud bo‘lsa, ushbu tanaffuslardan bevosita oldingi va bevosita keyingi oylar ketma-ket ish stajini hisoblashda qo‘llaniladi;
ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasi belgilangan miqdorining qolgan qismi uning ish haqidan kelib chiqib, ish beruvchilar hisobidan to‘lanadi.
2022-yil avgust
7-maqsad: Onalikning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari doirasida
Moliya vazirligi
(Ishmetov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov),
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi
(Rafikov),
Ish beruvchilar konfederatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Vaqtinchalik nizomga budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda mehnat shartnomasi bo‘yicha haq evaziga to‘liq yoki to‘liqsiz ish vaqti shartlari asosida ishlayotgan xodimlarga umumiy ish staji va shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan majburiy oylik badallari hisoblanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib, homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish.
2024-yil yanvar
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov),
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
(Maxkamova),
Moliya vazirligi
(Ishmetov)
3. Vazirlar Mahkamasiga Xalqaro mehnat tashkilotining 183-son “Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Konvensiyasini ratifikatsiya qilish bo‘yicha takliflarni kiritish.
2024-yil mart
III. Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam dasturlarini takomillashtirish
13.
Davlat ijtimoiy yordamini ijtimoiy shartnoma tuzish orqali taqdim etish tizimini yo‘lga qo‘yish.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish:
kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalarini ijtimoiy shartnoma tuzish orqali taqdim etish;
ijtimoiy shartnomada kam ta’minlangan oilalar tomonidan farzandlarining maktabdagi davomatini va bog‘chaga borishini ta’minlash hamda biriktirilgan poliklinikadan majburiy vaksinalarni o‘z vaqtida olishi kabi shartlarni belgilash;
ijtimoiy shartnoma tuzish orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish va shartnoma shartlari bajarilishini ta’minlash.
2022-yil noyabr
8-maqsad: Davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamni aholining ehtiyojmand qatlamlariga manzilli yetkazib berilishini ta’minlash, kambag‘al oilalarning qashshoqlikka tushishiga yo‘l qo‘ymaslik, oilalarni kambag‘allikdan olib chiqish
Mablag‘ talab qilmaydi
Moliya vazirligi
(Ishmetov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Saidov),
Maktabgacha ta’lim vazirligi
(Shin),
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Musayev)
14.
Oilalarni kambag‘allik holatidan chiqarish va qayta kambag‘allikka tushib qolishining oldini olish choralarini ko‘rish.
Ijtimoiy shartnoma orqali oilalarni kambag‘allik holatidan chiqarishga va qayta kambag‘allikka tushib qolishining oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha dasturlar joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
2023-yil noyabr
Mablag‘ talab qilmaydi
Moliya vazirligi
(Ishmetov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Musayev)
15.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam va xizmatlarning yagona ma’lumotlar bazasiga aylantirish.
“Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib, “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi hamda “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish.
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga moddiy yordam yoki kompensatsiya to‘lashdan oldin oilaning kam ta’minlanganligini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali tasdiqlash.
2023-yil dekabr
9-maqsad: Ijtimoiy yordam tayinlash tartibini soddalashtirish va mezonlarini doimiy ravishda takomillashtirib borish
Budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(Norqulov),
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
(Parpibayeva),
Yoshlar ishlari agentligi
(Sa’dullayev),
Moliya vazirligi
(Ishmetov)
16.
Hokim yordamchilari va mahalladagi xotin-qizlar faoli institutining ijtimoiy himoya sohasidagi vakolatlarini kengaytirish.
“Onlayn mahalla” elektron platformasiga oilaning mavjud chorva mollari, tomorqa yer maydonlari, oila a’zolarining maqomi (chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatda bo‘lishi, o‘rta maxsus, professional yoki oliy ta’lim muassasasida o‘qishi, xorijda mehnat qilayotganligi va boshqalar) bo‘yicha ma’lumotlarini kiritishini ta’minlash.
2022-yil dekabr
9-maqsad: Ijtimoiy yordam tayinlash tartibini soddalashtirish va mezonlarini doimiy ravishda takomillashtirib borish
Budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
(Ubaydullayev),
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
(Maxkamova),
Moliya vazirligi
(Ishmetov)
“Onlayn mahalla” elektron platformasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan integratsiyasini yo‘lga qo‘yish.
2023-yil aprel
17.
Mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish sohasini takomillashtirish.
Mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish sohasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida alohida modul yaratish (“Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli).
2022-yil sentabr
9-maqsad: Ijtimoiy yordam tayinlash tartibini soddalashtirish va mezonlarini doimiy ravishda takomillashtirib borish
“Mahallada ijtimoiy xizmat” modulini ishlab chiqishga ajratilgan Birlashgan millatlar tashkiloti Bolalar fondining grant mablag‘lari doirasida, “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘lari
Moliya vazirligi
(Ishmetov),
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
(Maxkamova),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov)
Mahalladagi xotin-qizlar faollarini Jahon bankining “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan ulangan maxsus planshetlar bilan ta’minlash.
2022-yil oktabr
IV. Aholining zaif qatlamlari mehnat bozoridagi faol chora-tadbirlardan foydalanishini kengaytirish
18.
Inson kapitaliga investitsiyalar yo‘naltirish orqali ishsiz shaxslarni barqaror daromad manbai bilan ta’minlash.
1. Har yilgi Yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturini shakllantirishda Mehnat bozoridagi faol chora-tadbirlarga (keyingi o‘rinlarda — MBFCH) ajratilgan resurslarni inson kapitalini rivojlantirishga, ya’ni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish, tadbirkorlikka jalb qilish kabi dasturlarga yo‘naltirish hamda shu bilan birga jamoat ishlariga jalb qilingan band bo‘lmagan aholi ulushini kamaytirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2. Ishsiz fuqarolarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiya-lari bo‘yicha o‘qitish, kasbga yo‘naltirish.
Har yili
10-maqsad: Ishsiz shaxslarni qo‘llab-quvvatlashni inson kapitaliga investitsiyalar orqali amalga oshirish
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari doirasida
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov),
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
(Maxkamova),
Yoshlar ishlari agentligi
(Sa’dullayev),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(Norqulov),
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
(Ubaydullayev)
19.
Resurslar, shu jumladan, budjet mablag‘lari maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash maqsadida MBFCH natijalarini muntazam monitoring qilib borish.
Mavjud MBFCH dasturlarini doimiy ish bilan ta’minlash nuqtai nazaridan baholash.
O‘rganish natijalaridan kelib chiqib Vazirlar Mahkamasiga dasturlarni optimallashtirish va natijadorligi past dasturlarni qo‘llashni to‘xtatish bo‘yicha takliflarni kiritish.
2023-yil avgust
11-maqsad: MBFCH dasturlarining samaradorligini oshirish
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari doirasida
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov),
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
(Ubaydullayev),
Jahon banki (kelishuvga asosan)
20.
Bandlikka ko‘maklashish davlat xizmatlarini ijtimoiy shartnoma tuzish orqali ko‘rsatish tizimini respublikaning barcha hududlarida joriy etish masalasini o‘rganish.
Bandlikka ko‘maklashish davlat xizmatlarini ijtimoiy shartnoma tuzish orqali ko‘rsatish bo‘yicha hududlarda kompleks o‘rganish ishlarini tashkil etishning grafigini tasdiqlash.
O‘rganish ishlari natijasi bo‘yicha bandlikka ko‘maklashish davlat xizmatlarini ijtimoiy shartnoma tuzish orqali ko‘rsatish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2023-yil noyabr
11-maqsad: MBFCH dasturlarining samaradorligini oshirish
Mablag‘ talab qilmaydi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov),
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
(Ubaydullayev),
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
(Maxkamova)
V. Moliyalashtirish, monitoring va baholash
21.
Natijaga yo‘naltirilgan budjet tizimi tamoyilini ijtimoiy himoya sohasi budjetini shakllantirishda qo‘llash.
Davlat tomonidan taqdim etiladigan ijtimoiy yordam va xizmatlarga, davlat ijtimoiy himoyasiga yo‘naltirilgan jami mablag‘larni Davlat budjetida alohida xarajatlar bo‘limi sifatida aks ettirish choralarini ko‘rish.
2023-yil noyabr
16-maqsad: Ijtimoiy himoya sohasini moliyalashtirishni takomillashtirish
Mablag‘ talab qilmaydi
Moliya vazirligi
(Ishmetov)
Tegishlicha ijtimoiy himoyaning ayrim dasturlarida xarajatlarning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini belgilash hamda natijaga yo‘naltirilgan budjet tizimini yo‘lga qo‘yish.
2024-yildan boshlab
22.
O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasida belgilangan vazifalarni 2024 — 2026-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.
1. Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasida belgilangan vazifalarni 2024 — 2026-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.
2. Strategiyani 2024-yilgacha amalga oshirilgan ishlar va natijalar bo‘yicha baholashdan o‘tkazish..
3. Baholash natijalari va mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib, Strategiyaning maqsadlari va ko‘rsatkichlarini qayta ko‘rib chiqish.
2023-yil 31-dekabr
2024-yil 1-iyul
2024-yil 1-iyul
Ijtimoiy himoya milliy agentligi (Abruyev)
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Qo‘chqorov)
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
(Musayev)
23.
O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi bo‘yicha ma’lumot berib borish.
Mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan taqdim qilingan O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida jamlanma hisobotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boriladi.
Har yili iyul oyiga qadar
17-strategik maqsad: Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini muvaffaqiyat bilan amalga oshirish
Mablag‘ talab qilmaydi
Moliya vazirligi
(Ishmetov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(Norqulov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov)
24.
O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi bo‘yicha ko‘rsatkichlarning monitoringini yuritish.
O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlariga erishilishi ustidan monitoring olib borish.
2022-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi bo‘yicha ko‘rsatkichlarini tegishli vazirlik va idoralarning veb-saytlarida e’lon qilib borish.
2024-yilga qadar
17-strategik maqsad: Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini muvaffaqiyat bilan amalga oshirish
Mablag‘ talab qilmaydi
Moliya vazirligi
(Ishmetov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov),
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi
(Inakov)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)