O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida
Aholiga tez va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada yaxshilash va yaqinlashtirish, shuningdek, 2022-yil 18-mart kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Respublika tez tibbiy yordam markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) va uning 14 ta hududiy filiali tez tibbiy yordam xizmati hamda tibbiy avtoxo‘jaliklar negizida tashkil qilinsin va tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilsin.
2. Belgilansinki:
Markaz Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi tez tibbiy yordam faoliyatini respublika bo‘yicha muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
tez tibbiy yordam xizmati xodimlari hamda maxsus avtotransport vositalari (ehtiyot qismlar, yoqilg‘i-moylash materiallari va boshqalar), dori vositalari va sarflash materiallari, tibbiy jihozlar ta’minoti Markazning hududiy filiallariga o‘tkaziladi;
Markaz va uning hududiy filiallarida situatsion muvofiqlashtiruvchi bo‘limlar tashkil etilib, tuman (shahar) va hududlardagi tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini tahlillar asosida boshqaradi va takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi avtoxo‘jaliklar tarkibidagi tez tibbiy yordam avtotransport vositalari Markazning hududiy filiallari tarkibiga o‘tkaziladi hamda avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish autsorsing shartnomalari asosida amalga oshiriladi;
tez tibbiy yordam avtotransport vositalarida yoqilg‘i-moylash materiallarining sarfi elektron dastur orqali nazorat qilinadi.
3. Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) bir oy muddatda Markaz va uning hududiy filiallari ustavlari va tuzilmalarini tasdiqlasin. Bunda, Markaz direktoriga, zarur hollarda, tasdiqlangan tuzilmalarga xodimlarning cheklangan umumiy soni va ish haqi fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni hamda davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida Markaz va uning hududiy filiallari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallari, markaziy tuman (shahar) shifoxonalari hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi avtoxo‘jaliklarning yangilangan shtat normativlarini ishlab chiqsin va 2022-yil 1-sentabrga qadar tasdiqlasin.
5. Quyidagilar:
Tez tibbiy yordam sifatini yaxshilash va aholiga yanada yaqinlashtirishga oid chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
Tez tibbiy yordam xizmatini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh) tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Tez tibbiy yordam tizimida mavjud avtotransport vositalari parkini bosqichma-bosqich yangilash rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Ishchi guruh (O. Fazilkarimov):
Dasturda belgilangan chora-tadbirlar ijrosining tahlil qilinishini;
Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida maqbullashtiriladigan bo‘lim va tashkilotlarning belgilanishini hamda mulkiy, moliyaviy va mehnat munosabatlari belgilangan tartibda hal etilishini;
tez tibbiy yordam xizmati bo‘yicha aholiga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatilishi bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlasin.
7. Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligining tez tibbiy yordam bo‘yicha elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini Toshkent shahri tajribasi asosida respublikaning boshqa hududlarida 2023-yil 1-sentabrga qadar to‘liq joriy qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Bunda, 2022-yil 1-dekabrga qadar Andijon, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari, 2023-yil 1-sentabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari tuman (shahar)laridagi dispetcherlik xizmatlari tugatilib, Toshkent shahri tajribasi asosida Markazning hududiy filiallarida yagona “Call-markaz”lar faoliyati yo‘lga qo‘yilsin.
Belgilansinki, tez tibbiy yordam bo‘yicha elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy etish Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
8. Quyidagilar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlari — “Call-markaz”larni tashkil etish, jihozlash va ularning infratuzilmasini yaratish (elektr, suv, yuqori tezlikdagi Internet, telefon, ratsiya aloqasi va boshqalar) hamda atrofni obodonlashtirishga;
sog‘liqni saqlash vaziri B.A. Musayev — “Call-markaz”larni jihozlash talablarini belgilash, ularning xizmat ko‘rsatish hajmi va yuqori sifatini ta’minlashga shaxsan mas’ul etib belgilansin.
9. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq “Call-markaz”larda:
chaqiruvlarni qabul qiluvchi xodimlar bilan birga shifokor xodimlardan iborat maxsus tibbiy maslahat xizmati faoliyati tashkil etiladi;
rahbar lavozimlariga IT-parklardagi iqtidorli yoshlar orasidan munosib nomzodlar tayinlanadi;
saralash orqali bemor ahvoli, kasallik turi va og‘irlik darajasiga qarab chaqiruvlarga tegishli tibbiy brigadalarni yo‘naltirish tizimi joriy etiladi;
tez tibbiy yordamning tuman (shahar) yoki hudud chegarasidan qat’i nazar bemorgacha masofaning yaqinligiga qarab tibbiy brigadani yo‘naltirish yo‘lga qo‘yiladi.
10. Ishchi guruh (O.Fazilkarimov) joylarda tez va shoshilinch tibbiy yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi amalga oshirilishini ta’minlasin:
a) Markaz va uning hududiy filiallarini 4-ilovaga muvofiq joylashtirish, ularni zamonaviy bino va inshootlar bilan ta’minlash;
b) Markazning hududiy filiallari va “Call-markaz”larni jihozlash, infratuzilmasini yaratish (suv, elektr, aloqa, Internet, lokal tarmoq va boshqalar);
v) tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini hamda avtotransport vositalari, ehtiyot qismlar, yoqilg‘i-moylash va boshqa materiallar, dori vositalari, sarflash materiallari va tibbiy jihozlar ta’minotini hududiy filiallarga o‘tkazish;
g) markaziy tuman (shahar) shifoxonalari qabulxonalarini shoshilinch xizmat ko‘rsatishga va yuqori texnologik tibbiy jihozlarni o‘rnatishga moslashtirish;
d) tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga radioaloqa vositalari va GPS-trekerlar o‘rnatish;
e) tez tibbiy yordam brigadalarini planshetlar bilan ta’minlash;
j) Markazning hududiy filiallarida elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini Toshkent shahri tajribasi asosida joriy etish;
z) tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ularni yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlashni autsorsingga o‘tkazish hamda elektron tizim orqali nazorat qilishni tashkillashtirish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022-yil 1-dekabrga qadar hamda 2023-yil 1-sentabrga qadar mutasaddi rahbarlar hisobotini eshitish tavsiya etilsin.
11. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam o‘quv-mashg‘ulot markazi Respublika tez tibbiy yordam markazi xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash maktabi (keyingi o‘rinlarda — Maktab) etib qayta tashkil etilsin va Markaz tasarrufiga o‘tkazilsin.
Belgilansinki, Maktab tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Kadastr agentligi (F. Pulatov) bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar 10 mingta ko‘chaga nom berish ishlarini yakunlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) tez tibbiy yordam xizmatini tashkil etish va raqamlashtirish uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kamida 25,5 milliard so‘m miqdordagi mablag‘larni Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirsin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
14. Sog‘liqni saqlash vazirligining Jahon banki shoshilinch xizmatlarni rivojlantirish loyihasi doirasida 5 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni tez va shoshilinch tibbiy yordamni raqamlashtirish tadbirlariga yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
15. Sog‘liqni saqlash muassasalarining eskirgan va foydalanilmayotgan avtotransport vositalarini kimoshdi savdolarida sotishdan tushgan mablag‘lar tez tibbiy yordam xizmati avtoparkini yangilash maqsadlari uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi hisob raqamiga yo‘naltirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Sog‘liqni saqlash vazirligiga tez tibbiy yordam bo‘yicha elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv hamda yagona qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish tizimlarini respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish uchun Toshkent shahrida mazkur tizimlarni joriy qilishga jalb qilingan tizim integratori bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishga ruxsat berilsin. Bunda, ko‘rsatilgan xizmat tariflari Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
17. Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) 2022-yil yakuniga qadar mavjud o‘rinlar va shtat birliklari doirasida:
markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlaridagi o‘rinlari pediatriya, terapiya va xirurgiya bo‘limlari tarkibiga o‘tkazilib, bemorlarni kasallikning og‘irlik darajasi bo‘yicha saralaydigan (triaj) tunu-kun ishlaydigan shoshilinch qabul bo‘limlarini;
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududiy filiallari hamda barcha tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida shoshilinch qabul bo‘limlarini;
Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 1-son, Yashnobod tumanidagi 4-son, Yunusobod tumanidagi 7-son shahar klinik shifoxonalari hamda Uchtepa tumanidagi Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi tarkibida alohida yuridik maqomga ega bo‘lmagan tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarini tashkil etsin.
18. Markaz va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, ularning hududiy filiallari hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmat turlaridan tashqari xizmatlarni pullik asosda tashkil etishga ruxsat berilsin.
19. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) yangi tashkil etilayotgan tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarini jihozlash uchun Jahon bankining “O‘zbekistonda COVID-19 koronavirusi infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha shoshilinch choralarni ko‘rish” loyihasi doirasida iqtisod qilingan mablag‘larni yo‘naltirsin.
20. Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev):
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar shoshilinch qabul bo‘limlarining yangilangan shtat normativlarini tasdiqlasin;
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining o‘rinlar fondini aholi soni va kasalliklar yo‘nalishlaridan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritilsin.
22. Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
23. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib sog‘liqni saqlash vaziri B.A. Musayev belgilansin.
24. Qarorning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari L.N. To‘ychiyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 16-iyun,
PQ-283-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-283-son qaroriga
1-ILOVA
Tez tibbiy yordam sifatini yaxshilash va aholiga yanada yaqinlashtirishga oid chora-tadbirlar
DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mablag‘

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun mas’ullar

I. TEZ TIBBIY YORDAM XIZMATINI BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

1.1. Tez tibbiy yordam xizmati respublika, viloyat va tuman (shahar) darajalarida yagona boshqaruv tizimini shakllantirish

1.

Respublika tez tibbiy yordam markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) va uning 14 ta hududiy filialini tashkil qilish hamda tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish.

1. Markaz va uning hududiy filiallari ustavi va tuzilmasini tasdiqlash.

2022-yil 15-iyul

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2. Tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini hamda maxsus avtotransport vositalari (ehtiyot qismlar, yoqilg‘i-moylash materiallari va boshqalar), dori vositalari va sarflash materiallari, tibbiy jihozlar ta’minotini Markazning hududiy filiallariga o‘tkazish.

2022-yil 1-avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

3. Maqbullashtiriladigan bo‘lim va tashkilotlarni belgilash hamda mulkiy, moliyaviy va mehnat munosabatlarini belgilangan tartibda hal etish choralarini ko‘rish.

2022-yil 1-avgust

4. Markaz va uning hududiy filiallari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallari, markaziy tuman (shahar) shifoxonalari hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi avtoxo‘jaliklarning yangilangan shtat normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil 1-sentabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

2.

Tez tibbiy yordam xizmatini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlar tarkibini shakllantirish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari bilan hududiy ishchi guruhlar tarkibini tasdiqlash va Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etish.

2022-yil 1-iyul

-

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Ishchi guruhlar tomonidan tegishli hududda tez tibbiy yordam xizmatini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2022-yil 1-avgust

3.

Markaz va uning hududiy filiallari bino va inshootlariga, ularni jihozlashga hamda tezkor Internet, telefon, radioaloqa tizimlariga bo‘lgan me’yoriy talablarni ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-avgust

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qurilish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

4.

Markazning hududiy filiallarini mos binolarga joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

1.2. Tez tibbiy yordam faoliyatini raqamlashtirish

5.

Toshkent shahri tajribasi asosida har bir hududda tez tibbiy yordam bo‘yicha elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini (keyingi o‘rinlarda — Axborot tizimi) joriy etish.

Bunda, quyidagilarni nazarda tutish:

har bir hudud bo‘yicha yagona chaqiruv markazi — “Call-markaz”larni tashkil etish va hudud bo‘yicha barcha chaqiriqlarni faqat ushbu “Call-markaz”lar orqali qabul qilish;

“Call-markaz”lar tomonidan chaqiruvlarni bemor ahvoli, kasallik turi va uning og‘irlik darajasiga qarab saralash hamda tegishli tibbiy brigadalarni yo‘naltirish;

tez tibbiy yordamni tuman (shahar) yoki hudud chegarasiga qarab emas, bemorgacha masofaning yaqinligiga qarab ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;

dori vositalari sarfini tizim orqali nazorat qilish.

1. Markazning hududiy filiallarini ularning IT-infratuzilmasi, elektr ta’minoti va xodimlarning malaka oshirganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish.

2022-yil 1-iyul

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Axborot tizimi integratori

2. Axborot tizimini joriy etish bo‘yicha shartnoma tuzish.

2022-yil 1-avgust

-

-

3. Texnik topshiriq ishlab chiqish va mutasaddi tashkilotlardan ekspert xulosasini olish.

2022-yil 1-avgust

-

-

4. Axborot tizimini barcha hududlarda to‘liq joriy etish.

2023-yil 1-sentabr

Hisob-kitoblar asosida

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, Jahon bankining kredit mablag‘lari

5. Markazning hududiy filiallari xodimlarini Axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish.

Reja-jadval asosida

Hisob-kitoblar asosida

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi

6.

Markazning hududiy filiallari va “Call-markaz”larni jihozlash va infratuzilmasini yaratish (elektr, suv, yuqori tezlikdagi Internet, lokal tarmoq, telefon va boshqalar) va atrofini obodonlashtirish.

1. Qattiq va yumshoq inventar, kompyuter, qo‘shimcha monitor, uzluksiz quvvat manbalari (UPS), axborot panellari (tegishli moslamalar bilan), individual eshitish moslamalari va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlash.

2. Uzluksiz elektr ta’minoti manbai bilan ta’minlash (zaxira elektr tarmog‘i, generator uskunasi, qo‘shimcha akkumulyator batareyalari), zaxira manbaiga avtomatik o‘tish tizimini (AVR) yo‘lga qo‘yish.

3. Server qurilmalari, sovitish moslamalari (konditsioner) bilan ta’minlash.

4. Yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulash.

5. Lokal tarmoqni yaratish.

6. Markazlashgan videokuzatuvni yo‘lga qo‘yish.

2022-2023-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablag‘lari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, Jahon bankining kredit mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

7.

Tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga GPS-trekerlar va radioaloqa vositalari o‘rnatish.

Bunda, har bir avtomashinaning yoqilg‘i sarfi, bosib o‘tgan masofasi va uning joylashuvi onlayn rejimda nazorat qilinishini nazarda tutish.

Tez tibbiy yordam avtotransport vositalarini GPS-trekerlar va radioaloqa vositalari bilan ta’minlash:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 156 ta;

Andijon viloyati — 245 ta;

Buxoro viloyati — 154 ta;

Jizzax viloyati — 124 ta;

Qashqadaryo viloyati — 253 ta;

Navoiy viloyati — 95 ta;

Namangan viloyati — 229 ta;

Samarqand viloyati — 282 ta;

Surxondaryo viloyati — 195 ta;

Sirdaryo viloyati — 95 ta;

Toshkent viloyati — 240 ta;

Farg‘ona viloyati — 294 ta;

Xorazm viloyati — 149 ta;

Toshkent shahri — 50 ta.

2022-yil yakuniga qadar

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Tez tibbiy yordam xizmatida radioaloqa tarmog‘ini yaratish.

1. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar vakillaridan iborat tarkibda ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 1-iyul

-

-

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ishchi guruh tomonidan xalqaro tajribani inobatga olgan holda Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufidagi radioaloqa tizimidan tez tibbiy yordam xizmatida foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.

2022-yil 1-avgust

3. Tez tibbiy yordam xizmatida radioaloqa tarmog‘ini yaratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga qaror loyihasini kiritish.

2022-yil 1-sentabr

9.

Tez tibbiy yordam brigadalarini planshetlar bilan ta’minlash.

Tez tibbiy yordam brigadalari uchun planshetlar xarid qilish:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 176 ta;

Andijon viloyati — 325 ta;

Buxoro viloyati — 154 ta;

Jizzax viloyati — 150 ta;

Qashqadaryo viloyati — 350 ta;

Navoiy viloyati — 95 ta;

Namangan viloyati — 300 ta;

Samarqand viloyati — 378 ta;

Surxondaryo viloyati — 250 ta;

Sirdaryo viloyati — 140 ta;

Toshkent viloyati — 240 ta;

Farg‘ona viloyati — 400 ta;

Xorazm viloyati — 169 ta;

Toshkent shahri — 50 ta.

2022-yil yakuniga qadar

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Aholiga chaqiruvlarni mobil ilova orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablag‘lari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi

11.

Shifoxonalarda mavjud bo‘sh o‘rinlarni onlayn tarzda elektron axborot tizimi orqali ko‘rish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablag‘lari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi

1.3. Shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirish

12.

Quyidagilarni tashkil etish:

Markaziy tuman (shahar) shifoxonalaridagi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limidagi o‘rinlar pediatriya, terapiya va xirurgiya bo‘limlari tarkibiga o‘tkazilib, bemorlarni kasallikning og‘irlik darajasi bo‘yicha taqsimlaydigan (triaj) tunu-kun ishlaydigan shoshilinch qabul bo‘limi;

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi 1-son, Yashnobod tumanidagi 4-son, Yunusobod tumanidagi 7-son shahar klinik shifoxonalari hamda Uchtepa tumanidagi Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi tarkibida, alohida yuridik maqomga ega bo‘lmagan tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari;

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududiy filiallari hamda barcha tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida shoshilinch qabul bo‘limlari.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yakuniga qadar

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Shoshilinch qabul bo‘limlarining yangilangan shtat normativlarini tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-sentabr

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

14.

Markaziy tuman (shahar) shifoxonalari qabulxonalarini hamda yangi tashkil etilayotgan tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarini shoshilinch xizmat ko‘rsatishga va yuqori texnologik tibbiy jihozlarni o‘rnatishga moslashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-oktabr

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Tez tibbiy yordam xizmatida sanitar aviatsiya shaklida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun havo transportidan (vertolyot va samolyot) foydalanish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil 1-sentabr

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

II. TEZ TIBBIY YORDAM XIZMATINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI TAKOMILLASHTIRISH

16.

Ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan hamda ma’nan eskirgan 2 183 dona “Damas” va boshqa rusumli maxsus avtotransport vositalarini zarur tibbiy jihozlar bilan jihozlangan zamonaviy avtomobillarga bosqichma-bosqich almashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 — 2025-yillar davomida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2022-yilda 890 dona maxsus avtotransport vositasini xarid qilish.

27 mln AQSH dollari

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, Davlat budjetidan ajratilgan hamda Tez tibbiy yordam tizimini rivojlan-tirish jamg‘armasi mablag‘lari

2023 — 2025-yillarda har yili 419 tadan jami 1 257 ta maxsus avtotransport vositasi hamda 31 tadan jami 93 ta yo‘ltanlamas avtotransport vositasini xarid qilish.

Tez tibbiy yordam xizmati faoliyatidan chiqarilayotgan “Damas” avtomobillarini:

10 yildan ko‘p foydalanilmagan soz holatdagi maxsus avtotransport vositalarini boshqa davolash-profilaktika muassasalariga tibbiy xizmat transporti sifatida topshirish;

nosoz holatdagi yoki 10 yildan ko‘proq foydalanilayotgan avtomobillarni o‘rnatilgan tartibda auksion orqali sotish.

Hisob-kitoblar asosida

17.

Markazning hududiy filiallariga tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini hamda maxsus avtotransport, dori vositalari, sarflash materiallari va tibbiy jihozlar ta’minotini o‘tkazish.

Avtotransport vositalarini saqlash, ta’mirlash, yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlashni autsorsing xizmatiga o‘tkazish hamda elektron tizim orqali nazorat qilishni tashkillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-yanvar

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Markaz va uning Toshkent shahar hududiy filialini zamonaviy loyiha asosida barpo etish hamda tezkor Internet, telefon xizmati, radioaloqa tizimlari bilan ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-mart

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Toshkent shahar hokimligi, Qurilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

III. TEZ TIBBIY YORDAM XIZMATI XODIMLARINING SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH, KO‘RSATILADIGAN TIBBIY YORDAM SIFATINI OSHIRISH

3.1. Tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish

19.

Tez tibbiy yordam bo‘yicha elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilgan hududlarda ushbu tizimdagi ma’lumotlardan foydalangan holda xodimlar faoliyatini KPI tizimi orqali baholash mexanizmini joriy etish.

Qo‘shma buyruq

2022-yil 1-oktabr

Hisob-kitoblar asosida

Tez tibbiy yordam muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

20.

Markaz va uning hududiy filiallarida davlat tadbirlaridan tashqari boshqa tadbirlarga tez yordam brigadalarini jalb qilishni pullik asosda tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-sentabr

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

3.2. Tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini o‘qitish tizimini takomillashtirish va malaka oshirishning yangi mexanizmlarini joriy etish

21.

Respublika tez tibbiy yordam markazi xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash maktabi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

Maktabning hududiy filiallarini tashkil etish va ularning grant hamda homiylar mablag‘lari hisobidan jihozlanishini ta’minlash;

Maktab va uning hududiy filiallariga pullik xizmatlarni tashkil qilishga hamda pullik xizmatlardan kelib tushgan mablag‘larni o‘zining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, KPI tizimi asosida xodimlarni munosib rag‘batlantirishga yo‘naltirishga ruxsat berish;

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yakuniga qadar

-

Xorijiy grant hamda homiylar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

tez tibbiy yordam brigadalarining 12 mingdan ziyod shifokorlari va 28 mingga yaqin feldsher va hamshiralarini o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish;

malaka oshirish jarayoniga Turkiya, Koreya Respublikasi va Fransiya kabi tez tibbiy yordam tizimi rivojlangan mamlakatlardan mutaxassislar jalb qilish.

Reja-jadval asosida

22.

Toshkent shahri tez tibbiy yordam stansiyasidagi simulyatsion markazda tez tibbiy yordam avtotransport vositalari haydovchilarini tajriba-sinov tariqasida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bir oylik kursda o‘qitishni tashkil etish, bunda:

2022-yil oxirigacha Toshkent shahridagi tez tibbiy yordam haydovchilarini;

2023-yildan boshlab bosqichma-bosqich hududlardagi tez tibbiy yordam haydovchilarini o‘qitish.

Reja-jadval asosida

2022-yil oktabr oyidan boshlab

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

23.

Tez tibbiy yordam brigadalari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish modullarini ishlab chiqish.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2022-yil 1-oktabr

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

24.

Toshkent va Samarqand shaharlari tez tibbiy yordam stansiyalaridagi simulyatsion markazlarda bir haftalik kursda tegishli tez tibbiy yordam xodimlarining malakasini oshirish, bunda:

2022-yil oxirigacha Toshkent va Samarqand shaharlaridagi tez tibbiy yordam xodimlarining;

2023-yildan boshlab bosqichma-bosqich hududlardagi tez tibbiy yordam xodimlarining malakasini oshirish.

Reja-jadval asosida

2023-yil yakuniga qadar

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

25.

Tez tibbiy yordam xodimlarini xorijga malaka oshirishga yuborish.

Reja-jadval asosida

2022-2023-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

26.

Tibbiyot yo‘nalishidagi professional ta’lim muassasalarida (tibbiyot texnikumlari va kollejlar) feldsherlikka o‘qiyotgan yoshlarni tez tibbiy yordam avtotransport vositalarini boshqarishga o‘rgatish.

Tibbiyot yo‘nalishidagi professional ta’lim muassasalarida feldsherlikka o‘qiyotgan yoshlarni asosiy ta’lim dasturlariga qo‘shimcha ravishda haydovchilikka o‘qitishni yo‘lga qo‘yish.

Bunda:

tibbiyot yo‘nalishidagi professional ta’lim muassasalarini haydovchilik guvohnomalarini berish huquqiga ega ta’lim muassasalariga biriktirish;

haydovchilik guvohnomasini olish istagida bo‘lgan o‘quvchilar ro‘yxatini shakllantirish va biriktirilgan ta’lim muassasalariga taqdim etish;

shakllangan guruhlarni ichki ishlar organlaridan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish va haydovchilikka o‘qitish kurslarini tashkil etish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

Hisob-kitoblar asosida

Budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.3. Tez tibbiy yordam tizimida ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatni yanada yaxshilash

27.

Tez tibbiy yordam ko‘rsatishning standart va protokollarini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2022-yil 1-sentabr

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

28.

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida tez tibbiy yordam orqali kelgan bemorlarga ixtisosligi bo‘yicha shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish. Ko‘rsatilgan tibbiy yordam uchun to‘lovlarni Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-avgust

Hisob-kitoblar asosida

Sog‘liqni saqlash vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi

29.

Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida nodavlat tibbiyot tashkilotlariga tez tibbiy yordam orqali kelgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish. Ko‘rsatilgan tibbiy yordam uchun to‘lovlarni Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-avgust

Hisob-kitoblar asosida

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi

30.

Aholining tez tibbiy yordam xizmatidan foydalanishdagi mas’uliyati va buning ahamiyatini keng targ‘ib etuvchi materiallarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida doimiy ko‘rsatib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar davomida

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-283-son qaroriga
2-ILOVA
Tez tibbiy yordam xizmatini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha
ISHCHI GURUH TARKIBI

1.

O.R. Fazilkarimov

sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Komissiya raisi

2.

M.Sh. Yuldashev

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqarma boshlig‘i, Komissiya raisining o‘rinbosari

3.

D.T. Sultanov

Vazirlar Mahkamasining bosh mutaxassisi

4.

A.R. Mansurov

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqarma boshlig‘i

5.

U.R. Riskiyev

Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i

6.

A.D. Xasanov

Moliya vazirligi departament direktori o‘rinbosari

7.

F.R. Dalimov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i

8.

I.M. Ergeshev

Kadastr agentligi boshqarma boshlig‘i

9.

F.F. Axunov

Qurilish vazirligi boshqarma boshlig‘i

10.

B.Y. Kazakbayeva

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari

11.

Lavozimi bo‘yicha

Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori

12.

A.X. Gafurov

“BePro dasturchilar markazi” MCHJ bosh direktori

13.

D.B. Tulyaganov

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori, Komissiya kotibi

Izoh: Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-283-son qaroriga
3-ILOVA
Tez tibbiy yordam tizimida mavjud avtotransport vositalari parkini bosqichma-bosqich yangilash
REJASI

T/r

Hududlar

Jami

2022-yilda

2023-yilda

2024-yilda

2025-yilda

Maxsus avtotransport vositasi

Maxsus avtotransport vositasi

Maxsus avtotransport vositasi

Yo‘ltanlamas avtotransport vositasi

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

145

73

21

21

21

9

2.

Andijon viloyati

177

63

37

37

37

3

3.

Buxoro viloyati

129

71

18

18

18

4

4.

Jizzax viloyati

103

51

16

16

16

4

5.

Qashqadaryo viloyati

228

78

47

47

47

9

6.

Navoiy viloyati

59

31

8

8

8

4

7.

Namangan viloyati

232

69

52

52

52

7

8.

Samarqand viloyati

261

98

52

52

52

7

9.

Sirdaryo viloyati

89

58

10

10

10

1

10.

Surxondaryo viloyati

171

67

32

32

32

8

11.

Toshkent viloyati

222

59

52

52

52

7

12.

Farg‘ona viloyati

270

108

52

52

52

6

13.

Xorazm viloyati

126

59

22

22

22

1

14.

Toshkent shahri

5

5

-

-

-

-

Jami

2217

890

419

419

419

70

Izoh: Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yo‘ltanlamas avtotransport vositasiga bo‘lgan ehtiyoj asosida mazkur ro‘yxatga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
(3-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 07/25/18/0062-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-283-son qaroriga
4-ILOVA
Respublika tez tibbiy yordam markazi hududiy filiallarini joylashtirish
reja-jadvali

T/r

Hududlar

Filial joylashtiriladigan manzil

Filialni joylashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Amalga oshirish muddati

1.

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

Nukus shahri, Allayar Dosnazarov ko‘chasi, 100-A-uy

(Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filiali binosi)

Binoda rekonstruksiya ishlarini olib borish

2023-yil may

2.

Andijon viloyati

Andijon shahri, Milliy tiklanish ko‘chasi, 5-uy

(Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali Tez tibbiy yordam stansiyasi)

Binoda rekonstruksiya ishlarini olib borish

2022-yil avgust

3.

Buxoro viloyati

Buxoro shahri, Bahouddin Naqshband ko‘chasi 159-uy

(Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali Tez tibbiy yordam stansiyasi)

Yangi bino qurish

2023-yil iyun

4.

Jizzax viloyati

Jizzax shahri, Shifokorlar ko‘chasi, 1-uy

(Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali Tez tibbiy yordam bo‘limi)

Qo‘shimcha bino qurish

2023-yil dekabr

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri, “Xo‘jaxiyol” MFY, Abay ko‘chasi, 2-uy

(Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali Tez tibbiy yordam stansiyasi)

Binoda rekonstruksiya ishlarini olib borish va qo‘shimcha bino qurish

2023-yil avgust

6.

Navoiy viloyati

Navoiy shahri, Ibn Sino ko‘chasi, 27-uy

Qo‘shimcha bino qurish

2023-yil dekabr

7.

Namangan viloyati

1. Namangan shahri, Shohruhobod ko‘chasi, 26-uy

(Ryespublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali Tez tibbiy yordam stansiyasi)

Binoni kapital ta’mirlash

2023-yil dekabr

2. Namangan shahri, “Chamanzor” MFY, Go‘zal ko‘chasi, 94-uy

Yangi bino qurish

2023-yil avgust

8.

Samarqand viloyati

Samarqand shahri, Xo‘ja Ahror Vali ko‘chasi 21-uy

(So‘zangaron tibbiyot kolleji)

Binoda rekonstruksiya ishlarini olib borish

2022-yil sentabr

9.

Surxondaryo viloyati

Termiz shahri, “O‘zbekiston” MFY, Alisher Navoiy ko‘chasi, 68-uy

(Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali Tez tibbiy yordam bo‘limi)

Binoni foydalanishga topshirish

2022-yil sentabr

10.

Sirdaryo viloyati

Guliston shahri, 4-mavze, Guliston ko‘chasi

(Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filiali Tez tibbiy yordam bo‘limi)

Binoda rekonstruksiya ishlarini olib borish

2023-yil sentabr

11.

Toshkent viloyati

Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, “Oybek” MFY, Ulug‘bek ko‘chasi, 1-uy

(Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filiali Tez tibbiy yordam stansiyasi)

Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, “Birlik” MFY hududidan filial uchun yer maydoni ajratish va yangi bino qurish

2023-yil iyul

12.

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona shahri, “Iftixor” MFY, Tabobat ko‘chasi, 24-uy

(Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali Tez tibbiy yordam stansiyasi)

Binoni kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarini olib borish, qo‘shimcha bino qurish

2023-yil avgust

13.

Xorazm viloyati

Urganch shahri, Komiljon Otaniyozov ko‘chasi, 1-uy

(Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali Tez tibbiy yordam bo‘limi)

Binoni kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarini olib borish, qo‘shimcha bino qurish

2023-yil may

14.

Toshkent shahri

Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Markaz-4, 17-a-uy

(Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent shahar Tez tibbiy yordam stansiyasi)

Toshkent shahri, Yunusobod tumani hududidan Respublika tez tibbiy yordam markazi hamda uning Toshkent shahar filiali uchun yer maydoni ajratish va yangi bino qurish

2023-yil mart

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-283-son qaroriga
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-son qarori 12-bandining ikkinchi xatboshisi “ro‘yxat bo‘yicha” so‘zlaridan keyin “tibbiyot yo‘nalishidagi o‘quv simulyatsion asbob-uskunalar, shuningdek,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi “Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bemor bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish va dori vositalarini bepul yetkazib berish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-217-son qarori 9-bandining uchinchi xatboshisidagi “1-iyunga” so‘zlari “1-iyulga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/283/0537-son; 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 23.01.2025-y., 07/25/18/0062-son; 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)