Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mahallalarda yoshlar oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etishni yangi bosqichga olib chiqish hamda 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi 67-maqsadida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash uchun:
1. Quyidagilar ommaviy sportni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
mahallalarda yoshlarning ommaviy sport bilan shugʻullanishlari uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash va sport inshootlarini zamonaviy sport jihozlari bilan taʼminlash, shuningdek, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun tegishli sport infratuzilmasini yaratish;
aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ular oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish orqali yoshlarning ommaviy sportdagi ulushini oshirish;
ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanuvchi oilalarga mahallalar va istirohat bogʻlarida sharoit yaratish va oilaviy sportni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish;
ommaviy sport tadbirlari davomida oʻquvchilari gʻolib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari va sport-taʼlim muassasalarining trenerlari mehnatini munosib ragʻbatlantirish va ularning faoliyat olib borishi uchun sharoit yaratish.
2. Mahallalarda yoshlar oʻrtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashi (A.N. Aripov):
yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb qilish, shu jumladan mazkur Dasturda belgilangan vazifalarning toʻliq va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan masʼul vazirlik, idora va mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirsin;
mahallalarda ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar faoliyatini samarali tashkil etsin, ularga uslubiy koʻmaklashsin va musobaqalar samaradorligini baholash reyting tizimini joriy qilsin;
ommaviy sport musobaqalari tashkil qilinadigan olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari roʻyxatini tasdiqlasin;
yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish boʻyicha belgilangan vazifalarning ijrosini va har yili ikki mavsumda ommaviy sport musobaqalari oʻtkazilishini taʼminlasin hamda barcha bosqich natijalarini tahlil qilsin va tizimli monitoringini olib borsin;
ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tegishli qarorlarni qabul qilsin, yoʻl xaritalari, dasturlarni tasdiqlasin hamda bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2022-yildan boshlab har yili anʼanaviy tarzda 30-iyun — Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni hamda dekabr oyida oʻtkaziladigan “Yoshlar forumi” doirasida sportning futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari boʻyicha besh bosqichli ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazish tizimi joriy etiladi:
birinchi bosqichda — koʻchalararo mahalla musobaqalari;
ikkinchi bosqichda — mahallalararo sektor musobaqalari;
uchinchi bosqichda — sektor musobaqalarida gʻolib boʻlgan mahalla jamoalari oʻrtasida tuman (shahar) musobaqalari;
toʻrtinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari gʻolib mahalla jamoalari oʻrtasida viloyat musobaqalari;
beshinchi bosqichda — viloyat musobaqalarida gʻolib boʻlgan mahalla jamoalari oʻrtasida respublika (final) musobaqalari.
Bunda, mazkur kichik bandda koʻrsatilgan ommaviy sport musobaqalari mahallalarda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik, madaniyat va sanʼat, intellektual oʻyinlar, axborot texnologiyalari hamda sport turlari boʻyicha tashkil etilayotgan besh bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) 2023-yil 1-martdan boshlab olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarini oʻtkazish tizimi joriy qilinadi:
birinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari (mavjud sport turlari boʻyicha);
ikkinchi bosqichda — viloyat musobaqalari (mavjud sport turlari boʻyicha);
uchinchi bosqichda — respublika (final) musobaqalari.
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish dasturining ishlab chiqilishi, sport musobaqalari oʻtkaziladigan sport obyektlari infratuzilmasining yaxshilanishi va zarur sport inventarlari bilan jihozlanishi, sport musobaqalarining yuqori darajada tashkil etilishi hamda gʻolib va sovrindorlarning munosib ragʻbatlantirilishini taʼminlasin.
(4-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
5. Belgilansinki:
a) “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish:
Oldingi tahrirga qarang.
mahalla bosqichida — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sport vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
sektor bosqichida — sektor rahbarlari;
tuman (shahar) bosqichida — tuman (shahar) hokimlari;
viloyat bosqichida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari;
Oldingi tahrirga qarang.
respublika (final) bosqichida — Sport vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
(5-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Bunda, musobaqalarning har bir bosqichida gʻolib boʻlgan yoshlar ushbu kichik bandga masʼul davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ragʻbatlantiriladi;
b) olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish:
Oldingi tahrirga qarang.
tuman bosqichida — tuman (shahar) hokimlari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari;
(5-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
viloyat bosqichida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sport vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi hududiy boʻlinmalarining rahbarlari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari;
(5-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
respublika (final) bosqichida — Sport hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Bunda, musobaqalarning har bir bosqichida gʻolib boʻlgan yoshlar ushbu kichik bandga masʼul davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ragʻbatlantiriladi.
6. Quyidagilar “Besh tashabbus olimpiadasi” hamda olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalarini tizimli tashkil etish va oʻtkazish uchun Sport vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan 2022-yildan boshlab har yili 50 milliard soʻm miqdordagi mablagʻlar;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari;
jamgʻarmalar, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, klublari, xorijiy investorlar, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari mablagʻlari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov):
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda uch oy muddatda hududlarda yoshlarni ommaviy sportga keng jalb qilish maqsadida sport maktablarining yoʻriqchi-uslubchi shtat birliklari hisobiga sport maktabi direktorining ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya boʻyicha oʻrinbosari lavozimini joriy etsin;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Kasimov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda sport turlari boʻyicha tuman (shahar)larning terma va sektor jamoalarini shakllantirsin va sport-taʼlim muassasalariga iqtidorli yoshlarni saralab olish boʻyicha masʼul etib belgilansin.
8. Shunday amaliyot joriy qilinsinki, unga muvofiq “Besh tashabbus olimpiadasi” hamda olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalari davomida gʻolib va sovrindorlarni (1 — 3 oʻrin) tayyorlagan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari va sport-taʼlim muassasalarining trenerlari malaka attestatsiyasiga jalb etilmaydi va ularga quyidagi malaka toifalari toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi:
tuman (shahar) bosqichi musobaqalarida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun — ikkinchi malaka toifasi;
viloyat bosqichi musobaqalarida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun — birinchi malaka toifasi;
respublika (final) bosqichida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun — oliy malaka toifasi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov):
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
a) sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
mahallalarda ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha har bir masʼulning ish faoliyatini toʻliq baholashga qaratilgan reyting tizimini joriy etsin;
yoshlar oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini ommalashtirish va ularning qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida tajribali va taniqli sportchilar ishtirokida motivatsion uchrashuvlar tashkil etish tizimini yoʻlga qoʻysin;
b) Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar 6 million nafar yoshlarning ommaviy sport tadbirlari bilan qamrab olinishini taʼminlasin.
10. Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev):
uch oy muddatda yoshlar orasida “Besh tashabbus olimpiadasi”, ommaviy sportni targʻib qiluvchi materiallarni (buklet, banner va boshqalar) kreativ vositalardan foydalangan holda tayyorlasin va mahallalarga tarqatish choralarini koʻrsin;
ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ular oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini ommalashtirishga qaratilgan motivatsion roliklar tayyorlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy sport musobaqalarini namunali tashkil etgan yoshlar yetakchilari va boshqa masʼul shaxslar uchun oʻquv seminarlari tashkil etsin va maxsus sertifikat berish tizimini yoʻlga qoʻysin;
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
mahallalarda musobaqalarni namunaviy tashkil etgan yoshlar yetakchilarini ragʻbatlantirish choralarini koʻrsin.
11. Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov):
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilarning qiziqishlari, talab va istaklaridan kelib chiqqan holda, jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari hamda taniqli va faxriy sportchilar tomonidan kamida 1 ta sport turi boʻyicha toʻgaraklar faoliyatini tashkil etsin;
toʻgaraklar faoliyatini keng yoritish va ularga oʻquvchilarni qamrab olish maqsadida barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida toʻgarak jadvali boʻlishini taʼminlasin;
har bir umumiy oʻrta taʼlim maktabida futbol, basketbol, voleybol, gandbol va boshqa jamoaviy oʻyin turlari boʻyicha jamoalar tuzsin hamda muntazam ravishda maktab jamoalari oʻrtasida musobaqalar oʻtkazsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan birgalikda sport maktablarining yoʻriqchi-uslubchilari tomonidan har chorakda bir marta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga metodik yordam koʻrsatilishini tashkil etsin.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
12. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov):
2022-yil 1-mayga qadar talabalar sportini yanada rivojlantirish uchun oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilgan sport klublari oʻrtasida musobaqalarni oʻtkazsin;
ikki oy muddatda oliy taʼlim muassasalarini sport turlariga ixtisoslashtirish roʻyxatini talabalarning xohish va istaklarini inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqsin;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashiga axborot kiritib borsin.
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili 1-fevralga qadar ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
sport musobaqalarining respublika (final) bosqichlari boʻlib oʻtadigan hududlar va u yerda joylashgan sport infratuzilmasi obyektlarini homiylik xayriyalari hamda budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etgan holda talab darajasida tayyorlash;
ommaviy sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish uchun sport inshootlarini sport jihozlari bilan taʼminlash;
ommaviy sport musobaqalarining mahalla bosqichidan viloyat bosqichiga qadar oʻtkazilgan musobaqalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilarni 1, 2 va 3-darajali diplom, medal, kubok, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlash;
hududlarda tashkil etiladigan boshqa sport musobaqalari tuman (shahar) va viloyat bosqichi gʻoliblari uchun hokim sovrinini taʼsis etish;
sport musobaqalari davomida har bir ishtirokchining qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini qaror toptirish, ularning buyuk ajdodlarimizning mardlik va jasurlik anʼanalarini munosib davom ettirishga qodir insonlar boʻlib yetishishiga xizmat qiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturini amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov) hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) ikki hafta muddatda mazkur qaror asosida amalga oshirilayotgan ishlarni ommalashtirishga qaratilgan maqolalar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etish hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi ommaviy sport musobaqalarini keng targʻib qilish boʻyicha media-reja ishlab chiqsin va amalga oshirsin:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
ommaviy sport musobaqalarining oʻtkazilishi toʻgʻrisida maxsus roliklar tayyorlash va efirga joylashtirish;
ommaviy sport musobaqalarini yanada ommalashtirish boʻyicha faxriy ustozlar va nufuzli musobaqalar gʻoliblari ishtirokida turkum koʻrsatuvlarni tashkil etish;
ommaviy sport musobaqalarida yoshlar tomonidan erishilgan yutuqlar, shuningdek, ommaviy sport musobaqalarining oʻtkazilish jarayonlarini keng yoritish va targʻib qilish ishlarini muntazam amalga oshirish.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bir oy muddatda hududiy telekanallar, ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning maqsad va vazifalari, ommaviy sport musobaqalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni keng yoritib borish boʻyicha media-reja ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
15. Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov) ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari A.Z. Saʼdullayev, maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Yu. Abduraxmonov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 11-aprel,
PQ-201-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi PQ-201-son qaroriga
ILOVA
Mahallalarda yoshlar oʻrtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. Mahallalarda yoshlarning ommaviy sport bilan shugʻullanishlari uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash va sport inshootlarini zamonaviy sport jihozlari bilan taʼminlash

1.

Hududlardagi mavjud sport inshootlarini xatlovdan oʻtkazish.

1. Xatlov oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh shakllantirish.

2. Ishchi guruh faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatish.

3. Xatlov natijalari yuzasidan oʻtkaziladigan sport turlari boʻyicha inshootlarning moddiy-texnik bazasini taʼminlash uchun tegishli vazirlik va idoralarga taklif yuborish.

4. Sport inshootlarining zarur moddiy-texnik baza bilan taʼminlanganlik holatini monitoring qilib borish.

2022-yil noyabr

-

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Yu. Absoatov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(R. Karimjonov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Sport musobaqalarining respublika final bosqichlari boʻlib oʻtadigan hududlar va u yerda joylashgan infratuzilma obyektlarini talab darajasida tayyorlash.

1. Ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazish joylarini aniqlash.

2. Musobaqalarni sifatli oʻtkazish uchun maqbul sport inshootlari va yotoqxonalarni tanlab olish hamda belgilangan tartibda musobaqa jarayonlariga tayyorlash.

2022-yil iyun — dekabr

Homiylik xayriyalari hamda budjetdan tashqari mablagʻlar

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Yu. Absoatov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Mahallalarda ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha musobaqalar samaradorligini baholash reytingini joriy etish.

1. Mahallalarda ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarni shakllantirish.

2022-yil may

-

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Baholash mezonini ishlab chiqish. Bunda, har bir mahalladagi yoshlar ishtirokiga qarab, ularni “namunaviy”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” toifalarga ajratish.

2022-yil may

3. Baholash mezoniga asosan mahallalar reytinglarini belgilash.

2022-yil iyul — dekabr

4. Mahallalar reytingini yuritish uchun maxsus axborot dasturini ishga tushirish.

2022-yil sentabr

5. Reyting natijalariga koʻra mahallalar samaradorligini koʻrib chiqish.

2022-yil dekabr

6. “Qoniqarsiz” deb topilgan mahallalarda ommaviy sportni rivojlantirish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqish va amalga oshirish.

2022-yil dekabr

4.

Yoshlar oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini ommalashtirish va ularning qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida tajribali va taniqli sportchilar ishtirokida motivatsion uchrashuvlar tashkil etish tizimini joriy etish.

1. Tajribali va taniqli sportchilar roʻyxatlarini shakllantirish.

2. Motivatsion uchrashuvlar reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Hududlarda master-klass koʻrgazmali chiqishlarni tashkil etish.

Har yili may — iyul

-

Yoshlar ishlari agentligi
(A. Saʼdullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi gʻolib va sovrindor boʻlgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan mahalla terma jamoalari uchun stritbol, vorkaut va universal sport maydonchalarini qurish.

1. Stritbol, vorkaut va universal sport maydonchalarini qurish.

2. Sport maydonchalarida mini-futbol, basketbol, voleybol, gandbol va badminton kabi sport turlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish.

3. Sport maydonchalari atrofini ipli himoya toʻrlari bilan oʻrash, yer maydonini qayta ishlangan shina mahsulotlaridan olingan rezina bilan qoplash va foydalanishga topshirish.

2022-yil davomida reja-grafik asosida

Sportni rivojlantirish vazirligi mablagʻlari

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov)

II. Aholining keng qatlamlari, ayniqsa, oʻquvchi va talaba yoshlarni sogʻlomlashtirish hamda ular oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish

6.

Anʼanaviy tarzda ikki mavsumda oʻtkaziladigan (1-mavsum 30-iyun — Yoshlar kuniga hamda 2-mavsum — Yoshlar forumiga bagʻishlangan) ommaviy sport musobaqalarining besh bosqichli tizimini joriy etish.

1. Anʼanaviy tarzda ikki mavsumda oʻtkaziladigan ommaviy sport musobaqalarining nizomini ishlab chiqish.

Har yili 1-fevral

-

Yoshlar ishlari agentligi
(A. Saʼdullayev),
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(X. Umarova),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Musobaqani oʻtkazish boʻyicha hamkor tashkilotlar bilan qoʻshma qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Har yili 1-mart

3. Musobaqalarni oʻtkazish muddati, joyi va sanasini belgilash. Bunda, sport musobaqalari sport maktablari va umumiy oʻrta taʼlim maktablarining sport inshootlarida oʻtkazilishini nazarda tutish.

Har yili 1-aprel

4. Cport maktablarining trenerlari va umumiy oʻrta taʼlim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarini har bir mahalla koʻchalariga biriktirish.

Har yili 1-aprel

7.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha besh bosqichli umumrespublika musobaqalarini tashkil etish.

1. Sport musobaqalarini oʻtkazish dasturini ishlab chiqish.

2023-yildan boshlab

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida

Sport vazirligi (A. Ikramov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev),
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(I. Abduraxmonov),
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(X. Umarova),

sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

2. Sport musobaqalari oʻtkaziladigan sport obyektlari infratuzilmasini yaxshilash va zarur sport inventarlari bilan jihozlash.

2023-yil mart

3. Sport musobaqalarini yuqori darajada tashkil etish hamda gʻolib va sovrindorlarni munosib ragʻbatlantirishga asosiy eʼtibor qaratish.

2023-yil aprel

8.

Bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining yoʻriqchi-uslubchi shtat birliklari doirasida bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktorining ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya boʻyicha oʻrinbosari lavozimini joriy etish.

1. Bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida yoʻriqchi-uslubchi shtat birliklarida faoliyat yuritayotgan xodimlarni tahlil qilish.

2. Tegishli Hukumat qarori va loyihalariga bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktorining ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga ustama haqlarini belgilash boʻyicha oʻzgartirishlar kiritish.

3. Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktorining ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga namunaviy yoʻriqnomani ishlab chiqish.

2022-yil iyun

-

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

Moliya vazirligi

(J. Abruyev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(B. Umurzakov)

9.

Sport turlari boʻyicha tuman (shahar)larning terma va sektor jamoalarini shakllantirish va sport-taʼlim muassasalariga yashirin iqtidor egalarinisaralab olish boʻyicha tizim yaratish.

1. Sport musobaqalarida iqtidorli yoshlarni saralash (seleksiya) tizimini yaratish.

2. Seleksiya boʻyicha trener hamda sport maktabi direktorining ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya boʻyicha oʻrinbosari bilan hamkorlikda ish faoliyatini olib borish.

3. Ommaviy sport musobaqalaridan tanlab olingan yoshlarni sport maktablariga sport turlari boʻyicha seksiyalarga jalb etish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

-

Sport vazirligi (A. Ikramov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev),
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(X. Umarova),

sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

III. Ommaviy sport tadbirlarini tashkillashtirishda faollik koʻrsatgan tadbir ishtirokchilarini munosib ragʻbatlantirish

10.

Musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan oʻquvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari hamda trenerlarni ragʻbatlantirish tizimini joriy etish.

Musobaqalarning respublika bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan mahalla terma jamoasini tayyorlagan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari va trenerlarni ragʻbatlantirish sifatida;

ularning malaka toifalarini koʻtarish;

“Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoniga tavsiya etish;

bir martalik sport anjomlari toʻplamlarini ajratish;

ish joyi hisobidan dam olish va sogʻlomlashtirish maskanlariga bir martalik bepul yoʻllanmalar taqdim etish.

2022-yildan boshlab doimiy

Mahalliy va ijrochilar budjet mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(X. Umarova)
,

Sport vazirligi
(A. Ikramov),

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi

(Q. Rafikov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Sh. Kudbiyev)

11.

Musobaqalarning birinchi bosqichi (mahalla bosqichi)ni namunali tashkil etgan tashkilotchi va hakamlarni munosib ragʻbatlantirish.

1. Tashkilotchi va hakamlarni diplom va tashakkurnoma bilan taqdirlash.

2. Esdalik sovgʻalar (futbolka va kepka) bilan taqdirlash.

Mahalliy bosqich yakuni bilan

Ijrochilar budjet mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev)

12.

Musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan ishtirokchilarni va mahalla yoshlar yetakchilarini ragʻbatlantirish tizimini joriy etish.

Musobaqalarning respublika bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan mahalla terma jamoa ishtirokchilarini hamda mahalla yoshlar yetakchilarini esdalik va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlash.

Musobaqalar oʻtkazish grafigi asosida

Ijrochilar va mahalliy budjet mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Ommaviy sport musobaqalari davomida oʻrnak koʻrsatgan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari, trenerlar, yoshlar yetakchilari va sportchilar faoliyatini yoritish.

Musobaqalar davomida oʻzining tashabbuskorligi va tashkilotchiligi bilan alohida oʻrnak koʻrsatgan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari, trenerlar, yoshlar yetakchilari va sportchilar toʻgʻrisida telekoʻrsatuvlar tayyorlash.

Media-rejaga asosan 2022-yil davomida

Rejani tasdiqlash — 2022-yil aprel

Ijrochilar mablagʻlari

Milliy teleradiokompaniya

(A. Xadjayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Hududlarda ommaviy sport musobaqalarini tizimli ravishda oʻtkazish.

Ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash:

musobaqalarda gʻolib va sovrindorlarni diplom, medal, kubok, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlash;

sport musobaqalarining respublika (final) bosqichlari boʻlib oʻtadigan hududlar infratuzilmalarini talab darajasida tayyorlash;

sport inshootlarini sport jihozlari bilan taʼminlash;

tuman (shahar) va viloyat bosqichi gʻoliblari uchun hokim sovrinini taʼsis etish.

Har yili 1-fevral

Mahalliy va ijrochilar budjet mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sport vazirligi (A. Ikramov)

15.

Sport musobaqalarini namunali tashkil etgan yoshlar yetakchilari va boshqa masʼullar uchun oʻquv seminarlari tashkil etish va maxsus sertifikat berish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Ommaviy tadbirlarni tashkil etish maqsadida qisqa muddatlarda oʻquv seminari va leksiyalar metodikasini ishlab chiqish.

2. Onlayn tizim orqali oʻquv seminarlarini tashkil etish.

3. Oʻquv seminarlarini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga QR-kodli sertifikatlarni joriy etish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

-

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(R. Karimjonov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev)

IV. Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanadigan fuqarolar, oʻquvchi va talabalarning umumiy sonini oshirish

16.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi tomonidan kamida 1 ta sport turi boʻyicha bepul toʻgaraklar faoliyatini tashkil etish.

1. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida ommaviylashgan va oʻquvchilar tomonidan shugʻullanishga ishtiyoq bildirilgan sport turlarini aniqlash.

2. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida belgilangan sport turlari boʻyicha sport toʻgaraklarini tashkil etish.

3. Barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida sport toʻgaraklari jadvalini ishlab chiqish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(X. Umarova)
,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Har bir umumiy oʻrta taʼlim maktabida futbol, basketbol, voleybol, gandbol va boshqa jamoaviy oʻyin turlari boʻyicha jamoalar tuzish hamda muntazam ravishda maktab jamoalari oʻrtasida musobaqalar oʻtkazish.

1. Sport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish dasturini ishlab chiqish.

2. Musobaqalarni oʻtkazish boʻyicha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda nizom ishlab chiqish.

3. Maktablarning jamoalari oʻrtasida doimiy musobaqalar oʻtkazish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Ijrochilar mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(X. Umarova)
,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Talabalar sportini yanada rivojlantirish maqsadida oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilgan sport klublari oʻrtasida musobaqalar oʻtkazish.

1. Oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilgan sport klublarini xatlovdan oʻtkazish.

2. Sport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish dasturini ishlab chiqish.

3. Musobaqalarni oʻtkazish boʻyicha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda nizom ishlab chiqish.

4. Oliy taʼlim muassasalari talabalarining xohish va istaklariga qarab sport klublari oʻrtasida doimiy ravishda sport musobaqalarini tashkil qilish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Ijrochilar mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(I. Abduraxmonov)
,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Yoshlar orasida “Besh tashabbus olimpiadasi”, xususan, ommaviy sportni targʻib qiluvchi materiallarni (buklet, banner va boshqalar) kreativ vositalardan foydalangan holda tayyorlash va mahallalarga tarqatish choralarini koʻrish.

1. Mahallalarda istiqomat qiluvchi oilalarga, xususan yoshlarga tarqatiladigan ommaviy sportni targʻib qiluvchi bukletlar namunalarini ishlab chiqish.

2. Ommaviy sportni targʻib qiluvchi bukletlarni mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlarga tarqatish.

2022-yil iyun

Ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ular oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini ommalashtirishga qaratilgan motivatsion roliklar tayyorlash.

1. Olimpiya, Paralimpiya, Jahon va Osiyo musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan taniqli sportchilarni jalb qilgan holda yoshlar orasida “Besh tashabbus olimpiadasi”da ishtirok etishga chorlovchi roliklarni tasvirga olish.

2. Sport orqali yuqori darajaga erishgan sportchilarning hayot tarzini aks ettiruvchi telekoʻrsatuvlar sonini oshirish.

3. Ommaviy axborot vositalari orqali muntazam ravishda yoritib borish.

2022-yil iyun

Ijrochilar mablagʻlari

Milliy teleradiokompaniya

(A. Xadjayev),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

21.

Oliy taʼlim muassasalarini sport turlariga ixtisoslashtirish roʻyxatini talabalarning xohish va istaklarini inobatga olgan holda qatʼiy ravishda qayta koʻrib chiqish.

1. Oliy taʼlim muassasalarini sport turlariga ixtisoslashtirish boʻyicha ishchi guruh shakllantirish.

2. Oliy taʼlim muassasalarini sport turlariga ixtisoslashtirish boʻyicha roʻyxatni talabalarning xohish va istaklarini inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqish.

3. Oʻrganish natijalariga koʻra oliy taʼlim muassasalarini ixtisoslashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritgan holda oliy taʼlim muassasalarini qayta ixtisoslashtirish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

-

Sport vazirligi
(A. Ikramov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(I. Abduraxmonov)
,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2022-y., 07/22/201/0289-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)