Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish hamda shaffoflikni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
Qurilish sohasida pudrat tashkilotlarini belgilash boʻyicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Qurilish sohasida loyiha-qidiruv tashkilotlarini belgilash boʻyicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
maqsadli dasturlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarining, shuningdek, budjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarni (keyingi oʻrinlarda — obyektlar) loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash uchun loyiha-qidiruv va pudrat tashkilotlarini faqat davlat xaridlari elektron tizimining elektron tender savdolari platformasi (keyingi oʻrinlarda — platforma) orqali reyting koʻrsatkichlari asosida aniqlanadi;
belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalashtirish topshirigʻi va ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha ijobiy ekspertiza xulosalari olingandan soʻng 3 ish kunida dastlabki manzilli roʻyxatni kelishish uchun elektron shaklda taqdim etishi va manzilli roʻyxat tasdiqlangandan soʻng 3 ish kuni ichida platformada pudratchini aniqlash boʻyicha eʼlonni joylashtirish buyurtmachi tomonidan taʼminlanishi shart;
tender savdolari predmeti qiymatining kamida 20 foizi miqdoridagi aylanma mablagʻlar boʻlishi yoki koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarni berishga bank kafolatnomasi talabi bekor qilinadi;
obyektning boshlangʻich narxidan 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifni taʼminlash kafolat summasini loyiha-qidiruv va pudrat tashkiloti tomonidan platforma operatorining hisobraqamiga oʻtkazish va tender yakunidan soʻng loyiha-qidiruv va pudrat tashkilotining hisobraqamiga avtomatik ravishda qaytarish tizimi joriy etiladi;
xarid komissiyasi faoliyati bekor qilinib, uning funksiyasini platforma tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi;
qurilish sohasidagi davlat xaridlarini (keyingi oʻrinlarda — xaridlar) amalga oshirishda umumiy va texnik qismlar boʻyicha maʼlumotni taqdim etish talab etilmaydi;
loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari xususiyatidan kelib chiqqan holda, ixtisoslashtirilgan professional loyiha-qidiruv va pudrat tashkilotini jalb etish tizimi yaratiladi;
davlat buyurtmachisi, loyiha-qidiruv va pudrat tashkilotining affillanganlik xususiyati avtomatik ravishda tekshiriladi;
xaridlar jarayonlarida joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlar hajmi loyiha-qidiruv va pudrat tashkilotining soʻnggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmining 2 baravaridan oshgan oferentlar ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
yildan yilga oʻtuvchi obyektlar boʻyicha moliyaviy majburiyatlar hajmini hisoblashda oferent yutib olgan obyektning tasdiqlangan loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari boʻyicha manzilli roʻyxatda nazarda tutilgan moliyaviy mablagʻ bilan taʼminlangan hisobot yilida bajariladigan ishlar qiymatini inobatga olish tizimi joriy etiladi;
maqsadli dasturlarga kiritilgan obyektlarni raqamlashtirish (identifikatsiya xos raqamini berish) tizimi joriy etiladi;
tender natijalari boʻyicha gʻolib deb topilgan loyiha va pudrat tashkilotlari ishlar (xizmatlar) narxining kamida oltmish foizini oʻz kuchi bilan bajarishi shart;
obyekt boʻyicha tender gʻolibi platformada akseptni tasdiqlagandan soʻng 1 ish kunidan keyin loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi/pudrat shartnomasi avtomatik tarzda elektron imzolangan hisoblanadi hamda tegishli avans mablagʻini toʻlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi;
tender savdolarida belgilangan narx qatʼiy narx hisoblanadi, birinchi moliyaviy yil mobaynida narxlarga hamda tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish yuzasidan shartnomani bajarish muddatiga tuzatishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2022-yil 1-martga qadar:
Qurilish vazirligi — davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimini platformada mutasaddi idoralarning maʼlumotlar bazalari bilan avtomatik tarzda integratsiya qilish imkonini beruvchi dasturiy taʼminotni ishlab chiqadi va joriy etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat statistika qoʻmitasi — loyiha-qidiruv va pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash hamda elektron tenderlarni oʻtkazish uchun zarur boʻladigan statistik maʼlumotlar bazasini belgilangan tartibda platformaga integratsiya qiladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq qoʻmitasi — obyektlar identifikatsiya raqamining kadastr raqamiga mosligini hamda oferentlarning soliq va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud emasligini tekshirish, shuningdek, pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash imkonini beruvchi zarur maʼlumotlar bazasini platformaga integratsiya qiladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — loyiha-qidiruv va pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash hamda elektron tenderlarni oʻtkazish uchun loyiha-qidiruv va pudrat tashkilotlari xodimlari soni, maʼlumoti, mutaxassisligi, mehnat muhofazasi tashkil etilganligi va boshqa zarur maʼlumotlar bazasini platformaga integratsiya qiladi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi — loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarining soz avtotransport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini platformaga integratsiya qiladi;
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi — loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarining maxsus avtotransport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini platformaga integratsiya qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Moliya vazirligi — platformaga eʼlonni joylashtirish uchun obyekt boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yetarli mablagʻ mavjudligi tasdiqlanishini va tender gʻolibi bilan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va pudrat shartnomasi gʻaznachilik tizimida avtomatik ravishda roʻyxatdan oʻtganligini hamda tender gʻolibi bilan avtomatik ravishda imzolanadigan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va pudrat shartnomasiga muvofiq avans ajratilishini taʼminlash imkonini beruvchi integratsiyalashgan dasturni ishga tushiradi;
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi — loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarining koʻchmas mulki haqidagi maʼlumotlar bazasini platformaga integratsiya qiladi;
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi — tender ishtirokchilariga tegishli yuk koʻtarish kranlari mavjudligi haqidagi maʼlumotlar bazasini platformaga integratsiya qiladi;
Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi — tender ishtirokchilariga berilgan xalqaro menejment tizimlari boʻyicha sertifikatlarning roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini platformaga integratsiya qiladi;
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi — platformada oʻz taklifini biriktirgan oferentlar va buyurtmachi oʻrtasida affillanganlik xususiyati mavjudligini tekshiradi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda — obyektlar boʻyicha manzilli roʻyxatlarni shakllantirish, kelishish va tasdiqlashning avtomatlashtirilgan elektron tizimini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiya qiladi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK — kompleks ekspertiza natijasi boʻyicha berilgan ekspertiza xulosalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini platformaga integratsiya qiladi;
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi — tender ishtirokchilarining sud qarori va boshqa organlar qaroriga muvofiq mulkiga qoʻyilgan taqiqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini platformaga integratsiya qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — tender ishtirokchilariga nisbatan joriy etilgan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarining mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini platformaga integratsiya qiladi;
(3-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Qurilish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda — “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda maxsus axborot portali oʻrtasida elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyadi;
Markaziy bankka ishtirokchining xizmat koʻrsatuvchi bankidan 2-son kartoteka qarzdorligi va “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosidan muddati oʻtgan kredit qarzdorligi mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni avtomatik ravishda tekshirish imkonini beruvchi integratsiyalashgan tizim joriy etilishini taʼminlash tavsiya etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Platforma loyiha-qidiruv va pudrat tashkiloti toʻgʻrisidagi yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlarni hamda Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi elektron maʼlumotlarini loyiha-qidiruv va pudrat tashkilotining elektron ishonchnomasi (roziligi) asosida oladi;
(3-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandga muvofiq platformaga elektron shaklda taqdim etiladigan maʼlumotlarning haqqoniyligi boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari javobgar hisoblanadilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan yigirmanchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
4. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda 2-bandda sanab oʻtilgan mutasaddi idoralar tomonidan platforma bilan integratsiyalashtirilgan dasturiy taʼminotlar ishlab chiqilishi va ishga tushirilishini taʼminlasin.
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar platformaga integratsiya qilinishini taʼminlasin;
uch oy muddatda obyektlar joylashgan manzilni aniq belgilash, platformada obyektni avtomatik ravishda aniqlash hamda maqsadli dasturlardagi obyektlar boʻyicha yagona aniqlash tizimini joriy etish uchun obyektlar boʻyicha kadastr va piket raqamlari asosida identifikatsiyalash tizimini joriy etsin.
6. Qurilish vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda shaharsozlik va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda qoʻllaniladigan resurslarning narxlarini shakllantirish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrgangan holda, Vazirlar Mahkamasiga tegishli hujjat loyihasini kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Buyurtmachilar tomonidan obyektning oʻziga xosligiga muvofiq moslashtiriladigan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda pudrat shartnomalarining namunalari Qurilish vazirligining buyrugʻi bilan tasdiqlanishi va platformaga joylashtirilishi belgilab qoʻyilsin.
Obyektlarni foydalanishga topshirish boʻyicha dalolatnomalar tasdiqlangan kundan boshlab 12 oy kafolat muddati tugagandan soʻng, foydalanuvchi tashkilotning asoslantirilgan eʼtirozi boʻlmagan taqdirda, obyektlarning 5 foizlik kafolat summasini qurilish-pudrat tashkilotining hisobraqamiga inson omilisiz avtomatik ravishda oʻtkaziladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
7. Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-fevraldagi 55-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 31-yanvar,
46-son
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-yanvardagi 46-son qaroriga
1-ILOVA
(1-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish sohasida pudrat tashkilotlarini belgilash boʻyicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom maqsadli dasturlarga muvofiq davlat budjeti mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarining, shuningdek, budjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash borasidagi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan tender savdolari uchun tatbiq etiladi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
aksept — platforma tomonidan oferent elektron tender gʻolibi deb belgilangandan soʻng ushbu oferentga tasdiqlash uchun avtomatik ravishda yuboriladigan elektron xabarnoma;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
davlat buyurtmachisi — davlat xaridlarini amalga oshiruvchi davlat organlari va muassasalari, budjet tashkilotlari, xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlarini oluvchilar, davlat maqsadli jamgʻarmalari, budjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar;
joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlar hajmi — oferent tomonidan joriy yilda bajarish majburiyatini olgan ishlarning shartnomada koʻrsatilgan qiymati. Bunda yildan yilga oʻtuvchi obyektlar boʻyicha moliyaviy majburiyatlar hajmini hisoblashda, oferent yutib olgan obyektning tasdiqlangan qurilish-montaj ishlari boʻyicha manzilli roʻyxatda nazarda tutilgan hisobot yilida bajariladigan ishlar qiymati inobatga olinadi;
zaxiradagi gʻolib — elektron tender yakuniga koʻra platforma tomonidan gʻolib deb eʼtirof etilgan oferentning tender taklifidan keyingi tender taklifi eng maqbul deb eʼtirof etilgan oferent;
operator — davlat xaridlari subyektlariga davlat xaridlarining elektron tizimlarida xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatuvchi, davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli yuridik shaxs;
oferent — elektron reytingda mavjud boʻlgan, qurilish sohasidagi elektron tenderda qatnashish va gʻolib boʻlish maqsadida oʻz taklifini platformaga elektron shaklda joylashtirgan qurilish-pudrat tashkiloti;
talabgor — ofertasi platforma tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar eʼlonda koʻrsatilgan shartlarga muvofiq elektron tenderda qatnashish istagi boʻlgan hamda elektron reytingda mavjud boʻlgan qurilish-pudrat tashkiloti;
Oldingi tahrirga qarang.
tenderni oʻtkazish boʻyicha maxsus axborot platformasi — qurilish sohasida davlat xaridlari amalga oshirilishi, xaridlar toʻgʻrisidagi eʼlonlar, xarid qilish tartib-taomillari, oferentlarning takliflari, xaridlar yakunlari haqidagi va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborotlar elektron shaklda joylashtirilishini va koʻrilishini, shuningdek, pudrat tashkilotlarini belgilash boʻyicha tenderlarni elektron oʻtkazilishini taʼminlovchi veb-sayt va maxsus elektron platforma (keyingi oʻrinlarda — platforma);
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
tender predmeti — loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha vakolatli organ tomonidan berilgan ijobiy kompleks ekspertiza xulosasi mavjud boʻlgan quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal taʼmirlanadigan obyekt;
tender taklifi — elektron tender hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq tender predmetiga nisbatan oferentning platforma orqali elektron shaklda taqdim etilgan taklifi;
tender taklifini taʼminlash kafolati — tender predmetining boshlangʻich narxidan (QQS bilan) 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini taʼminlash kafolati boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida yaxlitlangan miqdorda belgilanadi;
tender tashkilotchisi — qurilish sohasida tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish boʻyicha elektron tender hujjatlarining toʻliqligini hamda muvofiqligini oʻrganib chiquvchi, eʼlonni platformaga joylashtiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot;
elektron tender — qurilish sohasida davlat xaridini amalga oshirishning raqobatli tartib-taomili vositasida tender predmetining ijrochisini aniqlashni nazarda tutuvchi elektron mexanizm boʻlib, uning natijasiga koʻra tender predmeti boʻyicha eng yaxshi shartlarni taklif etgan oferent gʻolib deb eʼtirof etiladi;
elektron tender hujjatlari — tender predmetining moliyaviy, tijorat, tashkiliy va boshqa tavsiflari hamda tenderni tashkil etish shartlari va oʻtkazish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi dastlabki axborotni oʻz ichiga oluvchi, davlat buyurtmachisi tomonidan tayyorlanadigan elektron hujjatlar toʻplami;
Oldingi tahrirga qarang.
eʼlon — davlat xaridlarini amalga oshirish usuli, talablari va shartlari, takliflarni taqdim etish muddatlari hamda tartibi koʻrsatilgan, maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga davlat buyurtmachisining topshirigʻiga muvofiq tender tashkilotchisi tomonidan joylashtiriladigan boʻlajak davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot;
(2-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
qurilish-pudrat tashkilotlarining sohaviy elektron reytingi — “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining sohalar boʻyicha qurilish-pudrat tashkilotlarining kadrlar bilan taʼminlanganligi, moliyaviy koʻrsatkichlari, raqobatbardoshligi, ish tajribasi, moddiy-texnik bazasi va mehnat muhofazasi boʻyicha mezonlarga muvofiq malaka talablarini belgilovchi hamda boshqa reyting koʻrsatkichlarini oʻzida aks ettiradigan elektron platforma;
Oldingi tahrirga qarang.
qurilish sohasidagi davlat xaridlarining subyektlari (tender ishtirokchilari)davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi, operator va elektron reytingda mavjud boʻlgan talabgor/oferentlar;
(2-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
gʻolib — elektron tender yakuniga koʻra platforma tomonidan gʻolib deb eʼtirof etilgan oferent.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Nizom davlat buyurtmachilarining bir pudrat shartnomasi boʻyicha qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 6000 baravaridan ortiq boʻlgan qurilish sohasidagi elektron tenderlarga nisbatan tatbiq etiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bazaviy hisoblash miqdorining 6000 baravaridan kam boʻlgan qurilish sohasidagi elektron tenderlarga, shu jumladan korporativ buyurtmachilarning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan qurilish sohasidagi davlat xaridlariga ushbu Nizom talablari tavsiyaviy ahamiyatga ega.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agarda obyektning boshlangʻich qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 6000 baravaridan kam boʻlsa, qurilish-pudrat tashkilotlarini tanlash mazkur nizom bilan oʻrnatilgan tartib asosida qonunchilikda belgilangan muddatda amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
4. Davlat buyurtmachisi elektron tenderlarni operatorlar orqali onlayn rejimda oʻtkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda operator oʻrtasida elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
5. Mazkur Nizom qoidalari:
Oʻzbekiston Respublikasining Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa maqsadli dasturlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlarida nazarda tutilgan davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlari boʻyicha sohaviy reytingda mavjud boʻlgan qurilish-pudrat tashkilotlarini aniqlashda;
Oʻzbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarining, shuningdek, budjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish sohasidagi xaridlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Agar qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlari boʻyicha Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa maqsadli dasturlarda nazarda tutilgan davlat budjeti mablagʻlari bilan birga budjetdan tashqari mablagʻlar jalb qilingan boʻlsa, qurilish-pudrat tashkiloti mazkur Nizom talablari asosida aniqlanadi.
6. Mazkur Nizomning amal qilishi:
davlat tomonidan qoʻriqlanishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va ichki tartibni saqlash uchun davlat xaridlari, davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan davlat xaridlariga, shuningdek, “fast-track” usulidagi qurilishga;
Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman va shaharlar budjetlari zaxira fondlaridan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladigan davlat xaridlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan davlat xaridlariga;
favqulodda holatlarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlarini taʼminlash uchun zarur boʻladigan davlat xaridlariga;
xalqaro moliya institutlari mablagʻlari (toʻliq yoki qisman) hisobidan amalga oshiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
7. Kapital qurilishda tender hujjatlari va texnik vazifalar faqat ishlar (xizmatlar) hajmlarini va ularning narx parametrlarini baholash qismi boʻyicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (keyingi oʻrinlarda — ekspertiza markazi)ning ijobiy xulosasi boʻlmasa, tender oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonni platformaga joylashtirish taqiqlanadi.
8. Bir shartnoma boʻyicha qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 6 000 baravaridan kam boʻlgan tender predmeti uchun ekspertiza markazining xulosasi talab etilmaydi. Uning oʻrniga “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK yoki uning hududiy filiallarining ijobiy xulosasi asos hisoblanadi.
9. Tender predmetining boshlangʻich narxi (QQS bilan) bazaviy hisoblash miqdorining 200 000 baravarigacha boʻlgan elektron tenderlarda faqat oʻsha hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan talabgorlar qatnashadi (Toshkent shahri va Toshkent viloyati yagona hudud deb qabul qilinadi).
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda agar talabgor yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan hududda ushbu Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan shartnoma shartlariga koʻra ishlarni yakunlamagan holda boshqa hududga yuridik manzilini koʻchirgan taqdirda, avvalgi yuridik manzil hududidagi shartnoma shartlariga koʻra ishlar yakunlanmagunicha ushbu talabgor yangi yuridik manzil hududidagi elektron tenderlarga platforma tomonidan qoʻyilmaydi;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Tender predmetining boshlangʻich narxi (QQS bilan) bazaviy hisoblash miqdorining 200 000 baravari va undan yuqori boʻlgan obyektlar hamda III va IV xavf-xatar toifasidagi obyektlar boʻyicha oʻtkaziladigan elektron tenderlarida hududiy cheklov tatbiq etilmaydi.
2-bob. Elektron tenderni oʻtkazish tartibi
10. Elektron tender ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
a) davlat buyurtmachisi:
Moliya vazirligining axborot tizimida belgilangan tartibda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochadi;
platformada roʻyxatdan oʻtib, obyektning identifikatsiya raqamini kiritadi;
platformada tender tashkilotchisini tanlaydi hamda shartnoma imzolaydi;
elektron tender hujjatlarini tender tashkilotchisiga taqdim etadi;
b) tender tashkilotchisi:
elektron tender hujjatlarining toʻliqligi va toʻgʻriligini oʻrganib chiqadi;
platformaga tender predmeti toʻgʻrisidagi eʼlonni joylashtiradi;
v) talabgor:
eʼlonga muvofiq qurilish-montaj ishlari bajariladigan hududga (joyning oʻziga) chiqqan holda obyektni oʻrganib chiqadi;
24 soat davomida xabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va elektron manzilini platformaga kiritadi hamda shaxsiy kabinetini ochadi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) talabgor shaxsiy kabineti orqali tender predmeti boʻyicha tenderda qatnashish uchun platformaga oʻzining STIR xos raqamini kiritadi;
(10-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) platforma talabgor kiritgan STIR boʻyicha vazirlik, tashkilot va tizimlarning maʼlumotlar bazasidan quyidagilarni avtomatik tarzda:
(10-band “d” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidan sohaviy elektron reytingda mavjudligini hamda tender predmetining qiymati va xavf-xatar toifasiga mosligini;
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq qoʻmitasining elektron maʼlumotlar bazasidan soliqlardan muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud emasligini, soliqlarni (yigʻimlarni) toʻlamaslik yoxud toʻliq toʻlamaslik holatlari takroran sodir etilmaganligini;
(10-band “d” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning elektron maʼlumotlar bazasidan oferentning xizmat koʻrsatuvchi bankdagi asosiy va ikkilamchi hisobraqamida 2-son kartoteka qarzdorligi hamda bank kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud emasligini;
(10-band “d” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektron maʼlumotlar bazasidan oferentning oʻz balansidagi asosiy fondlariga va mulkiga taqiq qoʻyilmaganligini;
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy statistika qoʻmitasi va Soliq qoʻmitasining elektron maʼlumotlar bazasidan joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi oferent tomonidan soʻnggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmi 2 baravardan oshmaganligini;
(10-band “d” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining elektron maʼlumotlar bazasidan Transport nazorati inspeksiyasida roʻyxatga olingan obyektlar boʻyicha qurilishni yakunlash muddatidan oʻtib ketmaganligini;
(10-band “d” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Moliya vazirligining Gʻaznachilik tizimidan roʻyxatdan oʻtgan tender natijasida yoki toʻgʻridan-toʻgʻri imzolagan pudrat shartnomalari ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
(10-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining elektron maʼlumotlar bazasidan qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyalarida roʻyxatga olingan obyektlar boʻyicha qurilishni yakunlash muddatidan oʻtib ketmaganligini;
(10-band “d” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agenligining elektron maʼlumotlar bazasidan platformada oʻz taklifini biriktirgan oferentlar oʻrtasida hamda ushbu oferentlar bilan davlat buyurtmachisi oʻrtasida affillanganlik xususiyati mavjud emasligini;
(10-band “d” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
platformaning oʻz tizimidan QQS bilan taklif narxining QQS bilan boshlangʻich narxidan baland hamda 95 foizidan past emasligini, shuningdek, taklif etilgan qurilish muddati obyekt boʻyicha belgilangan qurilish muddatidan yoki kam emasligini tekshiradi;
(10-band “d” kichik bandining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band “d” kichik bandining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) talabgor ushbu bandning “d” kichik bandida nazarda tutilgan talablardan ijobiy natijalar bilan oʻtganda oferent hisoblanadi hamda:
tender predmetining QQS bilan boshlangʻich narxidan 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini taʼminlash kafolati operator tomonidan ochilgan hisobraqamga pul oʻtkazadi;
ushbu Nizomga 2, 3, Za va 4-ilovalarga muvofiq shakllarni toʻldirgan holda platformaga yuklaydi.
Bunda oferent gʻolib boʻlgan taqdirda, tanlov shartlariga muvofiq elektron platformaga tender tashkilotchisi tomonidan yuklangan loyiha-smeta hujjatlaridagi ish hajmlarini toʻliq bajarish majburiyatini oladi.
(10-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
j) platforma:
oferentlar takliflarini ushbu Nizomning 35-bandida keltirilgan formula yordamida avtomatik ravishda baholaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda obyektlar boʻyicha tenderda gʻolib boʻlgan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma imzolagan hamda ushbu shartnoma boʻyicha ishlarni yakunlamagan yoki joriy yil majburiyatlarini bajarmagan pudrat tashkiloti kalendar yil davomida platforma orqali yana boshqa obyekt boʻyicha tenderda ishtirok etgan taqdirda, har bir yakunlanmagan shartnoma boʻyicha uning reytingidagi jami balliga nisbatan (ularning reyting koʻrsatkichi tushirilmagan holda) 5 foiz chegirma qoʻllaniladi. Ushbu talab gʻaznachilik tizimining amaldagi barcha tegishli shartnomalariga qoʻllaniladi (pudrat shartnomasi shartlari bajarilgan taqdirda chegirma avtomatik ravishda qaytib tiklanadi);
(10-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
gʻolib va zaxiradagi gʻolib tashkilotlarni aniqlaydi;
baholash natijalari boʻyicha elektron hisobotni shakllantiradi va ochiq koʻrinishda joylashtiradi;
elektron tenderda gʻolib boʻlgan oferentga aksept yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
z) gʻolib qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan aksept tasdiqlanishi natijasida tender predmeti boʻyicha platformaga yuklangan pudrat shartnomasi 1 ish kunidan keyin avtomatik ravishda elektron imzolangan hisoblanadi hamda avans mablagʻini toʻlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
(10-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
i) davlat buyurtmachisi elektron imzolangan pudrat shartnomasi shartlarining bajarilishini taʼminlaydi.
(10-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
k) obyektning boshlangʻich QQS bilan narxidan 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini taʼminlash kafolat summasi belgilangan tartibda gʻolib/zaxira gʻolibi hamda oferentlarning bank hisobraqamlariga avtomatik ravishda platforma tomonidan:
bank xarajatlari;
akseptni tasdiqlagan gʻolib/zaxira gʻolibining kafolat summasidan tanlov tashkilotchisi xarajatlarini avtomatik toʻlash uchun tegishli summa ushlangan holda qaytariladi.
(10-bandning “k” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
3-bob. Elektron tender ishtirokchilarining vazifalari
11. Davlat buyurtmachisi:
Moliya vazirligining elektron axborot tizimida roʻyxatdan oʻtgandan soʻng ushbu tizim bilan integratsiya qilingan platformada tegishli elektron raqamli imzosidan (keyingi oʻrinlarda — ERI) foydalangan holda maqsadli dasturlarda nazarda tutilgan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlari boʻyicha pudrat tashkiloti belgilanmagan boʻlsa, platformaga tegishli maʼlumotlarni kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
tender predmeti boʻyicha platformaga tender predmetining nomi va shaxsiy hisobvaragʻini kiritadi va shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yetarli mablagʻ tasdiqlangandan soʻng platformada tender tashkilotchisini tanlaydi hamda gʻolib/zaxira gʻolibi obyektning boshlangʻich QQS bilan narxidan 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini taʼminlash kafolat summasi hisobidan tanlov tashkilotchisi xarajatlarini avtomatik toʻlash sharti asosida ushbu tender tashkilotchisi bilan xizmat koʻrsatish shartnomasini imzolaydi;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
agar shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan tashqari hisobraqamlaridan moliyalashtirish belgilangan boʻlsa, moliyalashtirish manbai toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani platformaga yuklagan holda tasdiqlaydi;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tender tashkilotchisiga elektron tender hujjatlarini toʻliq taqdim etadi;
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tender savdolarini tashkil etish bilan bogʻliq barcha (tanlov tashkilotchisi xarajatlaridan tashqari) xarajatlarni qoplaydi hamda belgilangan tartibda tender gʻolibi bilan aksept tasdiqlanishi natijasida avtomatik ravishda elektron imzolangan pudrat shartnomasi shartlarining bajarilishini taʼminlaydi;
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
operatorni mustaqil belgilangan tartibda tanlaydi;
bir vaqtning oʻzida tender tashkilotchisi vazifasini bajarishi mumkin;
bir vaqtning oʻzida oferent boʻla olmaydi.
12. Tender tashkilotchisi:
davlat buyurtmachisi tomonidan taqdim etilgan elektron tender hujjatlari toʻliqligini va toʻgʻriligini koʻpi bilan 3 ish kuni davomida oʻrganib chiqadi;
agar elektron tender hujjatlarida nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, ularni davlat buyurtmachisiga qaytaradi;
eʼlonni platformaga joylashtiradi;
platformaga joylashtirilgan eʼlonga davlat buyurtmachisining asosli soʻrovi bilan belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritadi;
qurilish sohasida elektron davlat xaridlari boʻyicha Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi uchun belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
bir vaqtning oʻzida buyurtmachi va/yoki oferent boʻla olmaydi.
13. Operator:
a) Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish axborot tizimida roʻyxatdan oʻtgan davlat buyurtmachisi uchun:
24 soat davomida xabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va elektron manzil platformaga kiritilishini hamda avtomatik ravishda shaxsiy kabinet ochilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi PQ-4464-son qarorining 7-bandiga muvofiq 0,05 foiz miqdoridagi mablagʻlar boʻyicha “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) xizmatlari boʻyicha davlat buyurtmachisining qarzdorligi boʻlmagan taqdirda, yuridik shaxs ERIsidan foydalangan holda obyektning identifikatsiya raqami kiritilishini hamda lot raqami berilishini taʼminlaydi;
b) tender tashkilotchisi uchun:
tender tashkilotchilari roʻyxatini platformaga yuklaydi;
24 soat davomida xabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va elektron manzil platformaga yuklanishini va avtomatik ravishda shaxsiy kabinet ochilishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
tender predmeti boʻyicha eʼlonlarni platformaga joylashtirilishini taʼminlaydi;
(13-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
v) sohaviy elektron reytingda mavjud boʻlgan talabgor va oferent uchun:
24 soat davomida xabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va elektron manzil platformaga kiritilishini, avtomatik ravishda shaxsiy kabinet ochilishini hamda eʼlon shartlari bilan toʻliq tanishishini taʼminlaydi;
qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan soʻnggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmining 2 baravari boʻyicha joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlar hajmi tegishli tizim bilan integratsiya qilingan platforma tomonidan toʻgʻri hisoblanishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
tender taklifini taʼminlash kafolat summasini oʻtkazish uchun platformadagi shaxsiy kabinetida maxsus hisobraqamidan foydalanishlarini hamda undagi oʻtkazilgan mablagʻlarni belgilangan tartibda qaytarilishini yoki buyurtmachining hisobvaragʻiga joʻnatilishini taʼminlaydi;
(13-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
tender takliflari platforma tomonidan avtomatik ravishda baholanishini taʼminlaydi;
g) shu bilan birga, operator:
eʼlon shartlariga elektron tender hujjatlari tarkibiga belgilangan tartibda oʻzgartirish kiritilgan taqdirda, davlat buyurtmachisini, tender tashkilotchisini va oferentlarni elektron xabardor qiladi;
elektron tender natijalari boʻyicha tegishliligiga koʻra davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va oferentlarga platforma orqali avtomatik ravishda xabar yuboradi;
tender ishtirokchilari elektron tender jarayonida belgilangan tartib asosida ishtirok etishlarini taʼminlaydi;
idoralararo maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilingan platforma har kuni 24 soat davomida uzluksiz ishlashini qatʼiy nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
aksept tasdiqlagandan soʻng tanlov tashkilotchisi xarajatlarining toʻlab berilishini taʼminlaydi;
uzluksiz faoliyat koʻrsatadigan “call center” tashkil etadi;
platformadagi qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi hamda elektron tenderlar bilan bogʻliq jarayonlar boʻyicha davlat organlari va xoʻjalik subyektlarining barcha murojaatlariga yozma va “call center” orqali javob beradi, platformadagi tekshirishlar bilan bogʻliq tegishli oʻrganishlarda qatnashadi, natijasi boʻyicha maʼlumotlar tayyorlaydi.
(13-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
14. Davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va oferent tomonidan platformada yuridik shaxs ERIsidan notoʻgʻri foydalanilgan taqdirda, operator javobgar hisoblanmaydi hamda ushbu holat “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida tartibga solinadi.
4-bob. Elektron tender taklifini taʼminlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
15. Elektron tender taklifini taʼminlash kafolati boʻyicha platformada shaxsiy kabinetdan roʻyxatdan oʻtgan oferent operator tomonidan ochilgan hisobraqamiga pul oʻtkazish yoʻli orqali toʻlovni amalga oshiradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Operator quyidagi hollardan biri roʻy berganda, tender taklifini taʼminlash summasini bank xarajatlarini hamda pudrat shartnomasining aksept tasdiqlanishi natijasida avtomatik ravishda imzolagan gʻolib/zaxira gʻolibining kafolat summasidan tanlov tashkilotchisi xarajatlarini ushlagan holda uch ish kuni ichida:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
pudrat shartnomasini aksept tasdiqlanishi natijasida avtomatik ravishda imzolagan gʻolib/zaxira gʻolibining kafolat summasidan tanlov tashkilotchisi xarajatlarini avtomatik toʻlash uchun tegishli summa ushlangandan soʻng;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
zaxiradagi gʻolib va gʻolib boʻlmagan oferentlarga elektron tender oʻtkazilgandan soʻng;
elektron tender bekor qilingandan soʻng (amalga oshmagan holatlarda) barcha oferentlarga;
belgilangan tartibda takliflarni qaytarib olgan oferentlarga tender takliflarini yuborishning oxirgi muddati tugagan kundan soʻng qaytaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Elektron tender gʻolibi akseptni tasdiqlashdan bosh tortganda (zaxiradagi gʻolib bundan mustasno), tender taklifini taʼminlash kafolat summasi tender gʻolibiga qaytarilmaydi, shuningdek, tender gʻolibi akseptni tasdiqlashdan bosh tortgan kundan boshlab 24 oyga ushbu Nizomga muvofiq elektron tender savdolarida ishtirok etishiga avtomatik tarzda taqiq kiritiladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda tender taklifini taʼminlash kafolatining qaytarilmagan summasi platforma tomonidan avtomatik ravishda davlat buyurtmachisining tegishli hisobvaragʻiga bank va tender tashkilotchisi xarajatlari ushlangan holda uch ish kuni ichida oʻtkazib beriladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
5-bob. Davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va qurilish-pudrat tashkilotlarining shaxsiy kabineti
18. Davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va talabgor platformada oʻz ERIsidan foydalangan holda maʼlumotlarni kiritib, roʻyxatdan oʻtganidan soʻng avtomatik tarzda shaxsiy kabinet shakllanadi.
19. Davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va oferentning shaxsiy kabinetida mobil telefon raqami, elektron manzili, reyting balli va ushbu ballni hisoblab chiqish yoyilmasi, tender gʻolibi va zaxiradagi gʻolibning, shuningdek, qolgan oferentlarning platforma tomonidan avtomatik baholangan ballari va ushbu ballarni hisoblanish yoyilmasi hamda yakuniy elektron bayonnoma aks ettiriladi.
Davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va oferentning talablari asosida qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa maʼlumotlar shaxsiy kabinetga kiritilishi mumkin.
20. Talabgor elektron tenderda qatnashish uchun shaxsiy kabinetidagi ushbu Nizomning 23-bandi “b” kichik bandida koʻrsatilgan shartlar boʻyicha operatorga idoralararo maʼlumotlar bazalaridan oʻzi haqidagi maʼlumotlar platforma tomonidan avtomatik ravishda tekshirilishiga roziligini yuridik shaxs ERIsi bilan tasdiqlashi lozim boʻladi.
21. Davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va oferent haqida hamda yakunlangan elektron tenderlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli elektron arxivga yuboriladi va belgilangan tartibda saqlanadi.
6-bob. Elektron tenderni oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonni joylashtirish
22. Elektron tenderni oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon davlat buyurtmachisi taqdim etgan elektron tender hujjatlarining toʻliqligi va toʻgʻriligi tender tashkilotchisi tomonidan oʻrganib chiqilgandan soʻng platformaga joylashtiriladi.
23. Eʼlonda quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
a) tender predmeti boʻyicha:
Oldingi tahrirga qarang.
manzilli roʻyxatda joriy yil uchun nazarda tutilgan mablagʻlar manbasi va miqdori;
(23-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
nomi, manzili va identifikatsiya raqami;
ishlarni amalga oshirish turi (qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash);
sohaviy mansubligi va xavf-xatar toifasi;
boshlangʻich narx (QQS bilan) va ishlarni yakunlash muddati;
Oldingi tahrirga qarang.
tender taklifini taʼminlash kafolati;
(23-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
talabgor tomonidan taklifni kiritish muddati;
loyiha chizmalari, lokal resurs (ish haqi, mashina va mexanizmlar hajmi hamda narxi koʻrsatilmagan holda) vedomostlari;
agar tender predmeti ishlarni bajarish (xizmatlarni koʻrsatish) bilan bogʻliq faoliyat qonunchilik hujjatlariga muvofiq litsenziyalanadigan boʻlsa, litsenziya mavjudligi haqidagi talab;
b) platformaga taklifni elektron joylashtirish sanasida talabgorga nisbatan qoʻyiladigan shartlar:
tender predmetining qiymati va xavf-xatar toifasiga qarab sohaviy elektron reytingda ijobiy koʻrsatkichga ega boʻlganligi;
soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning mavjud emasligi;
“Insofsiz ijrochilar” yagona reyestrida qayd etilmaganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
asosiy va ikkilamchi hisobraqamidagi 2-son kartoteka qarzdorligining mavjud emasligi;
(23-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida shubhali korxonalar roʻyxatiga kiritilmaganligi;
(23-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlsa, uning guvohnomasi faolligi;
bank kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklarning mavjud emasligi;
oʻz balansidagi asosiy fondlarga, mulklariga taqiq qoʻyilmaganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi talabgor tomonidan soʻnggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmi 2 baravardan oshmaganligi. Bunda platforma tomonidan talabgorning moliyaviy majburiyatlari qoldiq hajmi tender predmetining boshlangʻich narxi (QQS bilan) bilan solishtiriladi. Talabgorning moliyaviy majburiyatlari qoldiq hajmi yetarli boʻlgan taqdirda ushbu Nizom talablariga muvofiq, bir nechta tenderlarda ishtirok etishi taqiqlanmaydi;
(23-band “b” kichik bandining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
gʻaznachilik tizimidagi roʻyxatdan oʻtgan pudrat shartnomalari shartlarini bajarilganligi;
(23-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyalarida roʻyxatga olingan talabgorning bosh pudrat obyektlari boʻyicha qurilishni yakunlash muddatidan oʻtib ketmayotganligi;
(23-band “b” kichik bandining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
taklif etilgan narxning (QQS bilan) boshlangʻich narxdan (QQS bilan) baland emasligi hamda 95 foizdan past emasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
taklif etilgan qurilish muddati tender predmeti boʻyicha belgilangan qurilish muddatidan koʻp yoki kam emasligi;
(23-band “b” kichik bandining oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tender taklifini taʼminlash kafolat summasi operator hisobraqamiga oʻtkazilganligi.
(23-band “b” kichik bandining oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tender ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatga ega aloqalari boʻlgan va/yoki tugatish yoki toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonida boʻlgan oferentlar tenderga qoʻyilmaydi.
(23-band “b” kichik bandining oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Ushbu bandning “b” kichik bandidagi shartlarga toʻgʻri kelmagan talabgorning takliflari platforma tomonidan qabul qilinmaydi.
24. Davlat buyurtmachisining farmoyishi (buyrugʻi) asosida talabgordan takliflarni qabul qilish muddati platformada tender predmeti eʼlon qilingan kundan boshlab 12 ish kunidan kam va 30 ish kunidan koʻp boʻlmasligi lozim.
Davlat buyurtmachisi eʼlonda turgan tender predmeti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy shtablar bilan kelishgan holda tender predmeti boʻyicha takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida bir ish kunidan oldin elektron tender hujjatlariga asosli oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida farmoyish (buyruq) qabul qilishga haqli.
Bunda elektron tender hujjatlariga oʻzgartishlar kiritilgan kundan boshlab taklif berish muddati kamida 10 ish kuniga uzaytiriladi, lekin ushbu eʼlon boʻyicha takliflarni qabul qilish umumiy muddati 30 ish kunidan oshmasligi lozim.
7-bob. Talabgorlarning elektron tenderga kirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
25. Elektron tenderda ishtirok etish uchun talabgor ushbu Nizomning 23-band “b” kichik bandi shartlari talablaridan ijobiy oʻtgan taqdirda, oʻzining shaxsiy kabinetidagi maxsus hisobraqami orqali operatorga vositachilik yigʻimi uchun toʻlovni amalga oshiradi. Ushbu toʻlangan mablagʻ elektron tender natijalaridan qatʼi nazar talabgorga/oferentga qaytarilmaydi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tanlov tashkilotchisi xarajatlari tanlov natijasiga muvofiq akseptni tasdiqlagan gʻolib/zaxira gʻolibi tomonidan avtomatik ravishda qoplanadi.
Bunda:
tanlov tashkilotchisi xizmatining qiymati tanlov predmetining boshlangʻich narxidan 0,1 foiz hamda bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan oshmagan holda belgilanadi;
tanlov tashkilotchisi xarajatlarini toʻlash akseptni tasdiqlagan gʻolib/zaxira gʻolibining tender taklifini taʼminlash kafolati summasi hisobidan avtomatik ravishda platforma tomonidan tanlov tashkilotchisi hisobraqamiga oʻtkazib beriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
26. Tender predmetining qiymati va xavf-xatar toifasiga qarab, sohaviy elektron reytingda mavjud boʻlgan talabgorga qoʻyiladigan minimal reyting talablari quyidagilardan iborat:
I xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun:
qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 20 ming baravarigacha — “D” va undan yuqori;
qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 20 ming baravari va undan yuqori — “S” va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega;
II xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun:
qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 20 ming baravarigacha — “D” va undan yuqori;
qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 20 ming baravaridan 40 ming barobarigacha — “S” va undan yuqori;
qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 40 ming baravaridan 80 ming barobarigacha — “SS” va undan yuqori;
qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 80 ming baravari va undan yuqori — “SSS” va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega;
III xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun:
qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 40 ming baravarigacha — “S” va undan yuqori;
qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 40 ming baravaridan 80 ming barobarigacha — “SS” va undan yuqori;
qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 80 ming baravaridan 240 ming barobarigacha — “SSS” va undan yuqori;
qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 240 ming baravari va undan yuqori — “V” va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega;
IV xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun:
qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 240 ming baravarigacha — “SSS” va undan yuqori;
qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 240 ming baravaridan 400 ming baravarigacha — “B” va undan yuqori;
qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 400 ming baravari va undan yuqori — “VV” va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega.
27. Elektron tenderda yagona oferent ishtirok etganda yoki birorta ham oferent ishtirok etmaganda, davlat buyurtmachisi elektron tenderga kirish uchun oferentlarga nisbatan qoʻyilgan elektron reyting bahoni bir darajaga pasaytirish huquqiga ega.
Elektron tenderda tender predmeti boʻyicha belgilangan minimal reyting talabi sababli (boshqa sabablar bundan mustasno) belgilangan muddatda yagona oferent oʻz taklifini joylashtirgan boʻlsa yoki birorta ham oferent taklif joylashtirmagan boʻlsa, ushbu tender predmeti boʻyicha belgilangan minimal reyting talabi platforma tomonidan tender predmetining qiymati oʻzgartirilmagan holda avtomatik tarzda bir koʻrsatkichga kamaytiriladi.
28. Agar tender predmeti boʻyicha ishlarni bajarish (xizmatlarni koʻrsatish) bilan bogʻliq faoliyat qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli litsenziya turini talab etsa, elektron tenderda faqat tegishli litsenziyaga ega boʻlgan oferentlar ishtirok etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-bobi (Tender).
8-bob. Elektron tender taklifini berish tartibi
29. Talabgor ushbu Nizomning 23-bandi “b” kichik bandi shartlariga mos kelgan taqdirda, talabgor shaxsiy kabinetdan foydalangan holda elektron tender hujjatlarini toʻldirish va yuklash yoʻli bilan platformaga taklifini ERI bilan tasdiqlab, belgilangan muddatdan kechiktirmay joylashtiradi.
30. Takliflarni qabul qilish muddati tugagunga qadar oferent oʻz takliflariga oʻzgartirishlar kiritish yoki qaytarib olish huquqiga ega.
31. Platforma tomonidan tender takliflarining qabul qilinishi platformada joylashtirilgan eʼlonda belgilangan kun tugashi bilan (soat 23:59:59 da) toʻxtatiladi.
9-bob. Platforma tomonidan elektron tender takliflarini baholash
32. Elektron tender quyidagi hollarda amalga oshmagan deb hisoblanadi:
yagona oferent ishtirok etgan yoki birorta ham oferent ishtirok etmagan taqdirda;
baholash jarayonida ushbu Nizomning 23-bandi “b” kichik bandi shartlariga muvofiq platforma tomonidan oferentlar qayta oʻrganilganda, yagona oferent qoldirilganda yoki birorta ham oferent qoldirilmagan taqdirda;
agar bitta lotda ikkita oferent ishtirok etayotgan boʻlsa va ushbu oferentlardan biri bir va undan ortiq lotlarda oʻz takliflarini joylashtirgan boʻlsa hamda ushbu oferent ixtiyoriy bitta lotda gʻolib deb belgilanib, moliyaviy majburiyatlari hajmi 2 baravardan oshgan taqdirda;
gʻolib va zaxiradagi gʻolib pudrat shartnomasini tuzishni rad etgan taqdirda.
Oldingi tahrirga qarang.
tenderlarda gʻolib deb topilgan oferentning elektron tender savdolari, shuningdek, elektron reyting shakllanish jarayonlarida oʻz faoliyati toʻgʻrisida haqqoniy boʻlmagan maʼlumotlarni taqdim etganlik holati mutasaddi idoralar tomonidan aniqlangan taqdirda, Respublika shtabining asoslantirilgan rasmiy xati asosida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan ushbu oferent boʻyicha tuzilgan elektron bayonnoma bekor qilinadi.
(32-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
33. Tender amalga oshmagan deb hisoblangan taqdirda, davlat buyurtmachisi tomonidan tender tashkilotchisiga tender boʻyicha eʼlonni platformaga qayta joylashtirish boʻyicha koʻrsatma beriladi.
Shu bilan birga, pudrat shartnomasi imzolangunga qadar belgilangan tartibda tender predmetini amalga oshirish toʻxtatilgan taqdirda yoki tender predmeti boʻyicha qurilish-pudrat tashkiloti ushbu Nizom talablarida belgilangan tartibdan tashqari holda aniqlangan taqdirda, tender amalga oshmagan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Oferentlar tomonidan taqdim etilgan tender takliflari elektron platforma tomonidan tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugagan sanada baholanadi.
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Platforma tomonidan tender takliflari baholanishidan oldin Nizomning 23-bandi “b” kichik bandi shartlari boʻyicha oferentlarning koʻrsatkichlari qayta tekshiriladi. Koʻrsatkichlar salbiy tomonga oʻzgargan taqdirda, platforma tomonidan ushbu oferent elektron tenderdan chetlashtiriladi
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
35. Oferentning umumiy ballari yigʻindisini yakuniy hisoblash uchun har bir oferent boʻyicha platforma tomonidan avtomatik rejimda hisoblanadigan quyidagi formula qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
YAB = (RB x 0,8 + (BBN — ON) x 20 / (BBN — BBN x 0,95)) — O x (RB x 0,05).
Bunda:
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
YAB — oferentning yakuniy balli;
RB — elektron sohabay reyting doirasida hisoblangan ball;
Oldingi tahrirga qarang.
0,8 — elektron sohabay reyting doirasida olingan ballning umumiy yakuniy balldagi ulushini aniqlovchi koeffitsiyent;
(35-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
BBN — davlat buyurtmachisining boshlangʻich narxi (QQS bilan). Bunda agar qonunchilikda belgilangan tartibda boshlangʻich narx QQSsiz boʻlsa, ushbu formulada belgilangan tartibdagi QQSsiz qiymatlar hisobga olinadi;
0,95 — taklif narxining (QQS bilan) boshlangʻich narxdan (QQS bilan) 5 foizdan koʻp kamaytirilishi mumkin emasligi koeffitsiyenti;
ON — oferent tomonidan taklif etilgan narx (QQS bilan). Bunda agar qonunchilikda belgilangan tartibda taklif narxi QQSsiz boʻlsa, ushbu formulada belgilangan tartibdagi QQSsiz qiymatlar hisobga olinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
20 — oferent tomonidan taklif etilgan narx uchun interpolyatsiya yoʻli bilan beriladigan ball;
(35-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O — oferentning joriy kalendar yil davomida elektron tender platformasida yutib olgan obyektlari soni;
0,05 — obyektlar boʻyicha tenderda gʻolib boʻlgan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma imzolagan hamda ushbu shartnoma boʻyicha ishlarni yakunlamagan yoki joriy yil majburiyatlarini bajarmagan pudrat tashkiloti kalendar yil davomida platforma orqali yana boshqa obyekt boʻyicha tenderda ishtirok etgan taqdirda, har bir yakunlanmagan shartnoma boʻyicha uning reytingidagi jami balliga nisbatan (ularning reyting koʻrsatkichi tushirilmagan holda) 5 foiz chegirma qoʻllaniladi;
(35-bandning oʻn birinchi — oʻn uchinchi xatboshilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oferent tender taklifini eng kam narx bilan bergan taqdirda, unga 20 ball beriladi hamda formulaning ikkinchi qismi, yaʼni — (BBN — ON) x 20 / (BBN — BBN x 0,95) ifodasi hisoblanmaydi.
(35-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 06/24/100/0502-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Talabgor oʻz taklifini platformaga joylashtirishi mobaynida uning chegirmasi boshlangʻich narxga nisbatan 5 foizdan koʻp hamda boshlangʻich qurilish muddatidan koʻp yoki kam boʻlgan taqdirda, platforma tomonidan ushbu taklif qabul qilinmaydi.
(35-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
36. Platforma tomonidan elektron tender natijalariga muvofiq gʻolib va zaxiradagi gʻolib avtomatik ravishda aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Platforma tomonidan elektron tender natijalarini hisoblash jarayonida oferentlarning umumiy ballari bir xil boʻlgan taqdirda, eng birinchi boʻlib taklifini taqdim etgan (sana, vaqt) oferent gʻolib etib belgilanadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Elektron tender takliflarini koʻrib chiqish va baholash yakuni boʻyicha elektron bayonnoma shakllantirilib, eʼlon qilinadi va unda quyidagi axborotlar aks ettiriladi:
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
elektron tender takliflarini koʻrib chiqish, baholash sanasi va vaqti;
elektron tender takliflarini baholash natijasi;
elektron tender gʻolibi va zaxiradagi gʻolib haqidagi maʼlumot.
38. Agar oferent uning moliyaviy majburiyatlarining qoldiq hajmi yetarli boʻlib, bir nechta tenderda ishtirok etgan taqdirda, elektron tenderda platforma tomonidan faqat moliyaviy majburiyatlarining qoldiq hajmi yetarli boʻlgan tender predmeti boʻyicha gʻolib deb belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Elektron tender takliflarini koʻrib chiqish va baholash yakuni boʻyicha elektron bayonnoma shakllantirilganidan soʻng tenderda qatnashgan oferentlar oʻz shaxsiy kabinetlari orqali oʻzlarining yakuniy ballari, shu jumladan, elektron reytingidagi shaxsiy ballari hamda ularning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrishlari mumkin.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
10-bob. Elektron tender natijalari boʻyicha pudrat shartnomasini tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
40. Elektron tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugagan sanada platforma tomonidan tender gʻolibi aniqlanadi va gʻolib tashkilotga aksept yuboriladi. Aksept gʻolib tashkilot tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab tender tugallangan deb hisoblanadi.
(40-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar aksept yuborilgan kundan boshlab 1 ish kuni ichida gʻolib tashkilot tomonidan tasdiqlanmasa, ushbu gʻolib tashkilot pudrat shartnomasini imzolashdan bosh tortgan hisoblanadi va aksept zaxiradagi gʻolibga yuboriladi.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Zaxiradagi gʻolib tomonidan 1 ish kuni ichida aksept tasdiqlanmagan taqdirda, tender amalga oshmagan deb hisoblanadi va qaytadan oʻtkaziladi.
(40-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tender gʻolibi akseptni tasdiqlashdan bosh tortgan kundan boshlab 24 oyga ushbu Nizomga muvofiq elektron tender savdolarida ishtirok etishiga avtomatik tarzda taqiq kiritiladi.
Agar akseptni tasdiqlagan gʻolib tashkilot qurilish jarayonida ishlarni davom ettirishdan bosh tortgan taqdirda, ushbu obyektda bajarilgan qurilish-montaj ishlari va moliyalashtirilgan mablagʻlar belgilangan tartibda hisob-kitob qilingandan soʻng obyektdagi qoldiq ishlar boʻyicha qayta elektron tender savdolariga eʼlon beriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Elektron tender natijalari boʻyicha gʻolib akseptni tasdiqlashi bilan 1 ish kunidan keyin pudrat shartnomasi elektron imzolangan hisoblanadi.
Elektron tender gʻolibi akseptni tasdiqlashdan bosh tortgan hollarda, akseptni tasdiqlash huquqi zaxiradagi gʻolibga oʻtadi. Bunda, elektron tender gʻolibiga tender taklifini taʼminlash kafolati summasi qaytarib berilmaydi.
Zaxiradagi gʻolib faqat tender gʻolibi tomonidan taklif etilgan narx boʻyicha (agar zaxiradagi gʻolib tomonidan taklif etilgan narx tender gʻolibi tomonidan taklif etilgan narxdan baland boʻlsa) akseptni tasdiqlashi yoki tasdiqlashdan bosh tortishi mumkin.
Zaxiradagi gʻolib akseptni tasdiqlashdan bosh tortgan taqdirda, tender taklifini taʼminlash kafolat summasi bank xizmatlari ushlangan holda qaytarib beriladi hamda tender amalga oshmagan deb hisoblanadi va qaytadan oʻtkaziladi. Bunda, tender tashkilotchisi tomonidan shartnomaga muvofiq ishlar bajarilmagan hisoblanadi va ushbu amalga oshirilmagan tender boʻyicha uning xarajatlari toʻlab berilmaydi.
Tender gʻolibi/zaxira gʻolibi tomonidan aksept tasdiqlanishi natijasida pudrat shartnomasi elektron imzolangan deb hisoblangandan soʻng buyurtmachi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi PQ-4464-son qarorining 7-bandiga muvofiq elektron imzolangan pudrat shartnomasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida ushbu shartnomaning QQSsiz summasidan 0,05 foizi miqdoridagi mablagʻ axborot tizimining tegishli hisobraqamiga oʻtkaziladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
11-bob. Elektron tender ishtirokchilarining javobgarligi
42. Davlat buyurtmachisi quyidagilar uchun javob beradi:
ekspertiza markazining ijobiy ekspertiza xulosasiga mos keladigan elektron shaklda taqdim etiladigan qiymat resurs xarajatlari (ish haqi, mashina va mexanizmlar hajmi, narxi koʻrsatilmagan holda) toʻgʻriligi boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
tender gʻolibi/zaxira gʻolibi tomonidan aksept tasdiqlanishi natijasida elektron imzolangan pudrat shartnomasi shartlarining bajarilishiga.
(42-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
43. Tender tashkilotchisi quyidagilar uchun javob beradi:
davlat buyurtmachisidan olingan hujjatlarni koʻpi bilan 3 ish kuni davomida oʻrganib chiqishi va ularning belgilangan tartibda eʼlonga joylashtirishi;
eʼlonga joylashtirilgan elektron maʼlumotlarning toʻliqligiga, toʻgʻriligiga va bir-biriga muvofiqligiga.
Oldingi tahrirga qarang.
44. Operator quyidagilar uchun javob beradi:
oferentlar tomonidan takliflarni platformaga muammosiz yuklanishiga;
elektron tender takliflari boʻyicha pudrat shartnomasi majburiyatlari bajarilishi tugallangandan soʻng belgilangan muddatda saqlanishiga;
oferentlar tomonidan kiritilgan maʼlumotlarning eʼlon amal qilishi muddati davomida oshkor etilmasligini taʼminlashga;
oferentlarning tijorat sirini muhofaza qilishga boʻlgan huquqlari kafolatlanishiga;
tender tartib-taomillarining boshqa belgilangan talablarining buzilmasligiga.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
45. Oferent oʻzi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar ishonchliligi uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
46. “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi tomonidan tashkil etiladigan elektron tender savdolarining haqqoniy va shaffof oʻtkazilishi yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi javobgar hisoblanadi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
47. Elektron tender natijalarini rasmiylashtirish, tuzilgan pudrat shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblarni tashkil etish, pudrat shartnomasi majburiyatlari bajarilishi monitoringini olib borish hamda shikoyatlar, nizo va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom talablariga muvofiq oʻtkaziladigan elektron tender boʻyicha shikoyatlar, nizo va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish uchun ishchi organ etib — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi belgilanadi.
(47-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
48. Mazkur Nizom talablariga muvofiq tuzilgan shartnomalar boʻyicha qurilish muddatini uzaytirish, buyurtmachi tomonidan Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (obyektlar boʻyicha manzilli roʻyxatlar mazkur vazirliklar bilan kelishilishini inobatga olgan holda) va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda elektron imzolangan pudrat shartnomasi shartlariga oʻzgartirish kiritish yuzasidan qoʻshimcha shartnoma boʻyicha maʼlumotlar platformaga yuklanmaydi. Elektron imzolangan pudrat shartnomasi ijrosi boʻyicha maʼlumotlar, shu jumladan, unga qoʻshimcha shartnomalar gʻaznachilik tizimi tomonidan integratsiya orqali platformaga yuboriladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
49. Operator tenderga taalluqli barcha hujjatlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanishini taʼminlaydi.
50. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish sohasida pudrat tashkilotlarini belgilash boʻyicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish
TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat buyurtmachisi

1. Iqtisodiyot va moliya vazirligining Gʻaznachiligi tizimida roʻyxatdan oʻtadi.

Belgilangan muddatda

2-bosqich

Davlat buyurtmachisi

1. Tender predmetining nomi va Gʻaznachilik tizimidagi shaxsiy hisobvaragʻini kiritadi.

2. Obyektning identifikatsiya raqamini kiritadi.

30 daqiqa

3-bosqich

Davlat buyurtmachisi

1. Platformada tender tashkilotchisini tanlaydi hamda shartnoma imzolaydi.

2. Elektron tender hujjatlarini tender tashkilotchisiga taqdim etadi.

2 ish kuni

4-bosqich

Tender tashkilotchisi

1. Elektron platformada roʻyxatdan oʻtadi.

2. Elektron tender hujjatlarining toʻliqligi va toʻgʻriligini oʻrganib chiqadi.

3. Platformaga tender predmeti toʻgʻrisidagi eʼlonni joylashtiradi.

3 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Talabgor

1. Elektron platformada roʻyxatdan oʻtadi.

2. Eʼlonga muvofiq qurilish-montaj ishlari bajariladigan hududga (joyning oʻziga) chiqqan holda obyektni oʻrganib chiqadi.

3. 24 soat davomida xabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va elektron manzilini platformaga kiritadi hamda shaxsiy kabinetini ochadi.

10 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Talabgor

Shaxsiy kabineti orqali xarid predmeti boʻyicha tenderda qatnashish uchun platformaga STIR xos raqamini kiritadi.

5 daqiqa ichida

7-bosqich

Platforma

Kiritilgan oferentning STIRi boʻyicha platforma vazirlik, tashkilot va tizimlarning maʼlumotlar bazasidan avtomatik tarzda quyidagilarni:

a) “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidan sohaviy elektron reytingda mavjudligi hamda xarid predmetining qiymati va xavf-xatar toifasiga mosligini;

b) Soliq qoʻmitasining elektron maʼlumotlar bazasidan soliqlardan muddati oʻtgan qarzdorligining mavjud emasligini hamda joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi oferent tomonidan soʻnggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmi 2 baravardan oshmaganligini;

v) Markaziy bankning elektron maʼlumotlar bazasidan oferentning xizmat koʻrsatuvchi bankdagi asosiy va ikkilamchi hisobraqamida 2-son kartoteka qarzdorligi hamda bank kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud emasligini;

g) Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektron maʼlumotlar bazasidan oferentning oʻz balansidagi asosiy fondlariga va mulkiga taqiq qoʻyilmaganligini;

d) Milliy statistika qoʻmitasi va Soliq qoʻmitasining elektron maʼlumotlar bazasidan joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi oferent tomonidan soʻnggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmi 2 baravardan oshmaganligini;

e) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining elektron maʼlumotlar bazasidan qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyalarida roʻyxatga olingan obyektlar boʻyicha qurilishni yakunlash muddatidan oʻtib ketmaganligini;

j) Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining elektron maʼlumotlar bazasidan platformada oʻz taklifini biriktirgan oferentlar va davlat buyurtmachisi oʻrtasida affillanganlik xususiyati mavjud emasligini;

z) ushbu bosqichdan ijobiy natijalar bilan oʻtgan oferentlar Nizomga 2, 3, 4 va 5-ilovalarni toʻldirgan holda platformaga yuklaydi. Platforma tizimda yuklangan QQS bilan taklif narxining QQS bilan boshlangʻich narxidan baland va 95 foizidan past emasligini, shuningdek, taklif etilgan qurilish muddati obyekt boʻyicha belgilangan qurilish muddatidan ortiq yoki kam emasligini.

Ushbu bosqichning yuqoridagi koʻrsatkichlaridan oʻtgan talabgor oferent hisoblanadi hamda shundan soʻng platforma tender predmetining boshlangʻich QQS bilan narxidan 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini taʼminlash kafolati operator tomonidan ochilgan hisobraqamga pul oʻtkazish yoʻli orqali amalga oshirilganligini tekshiradi.

10 daqiqa ichida

8-bosqich

Platforma

1. Oferentlar takliflarini tegishli formula yordamida avtomatik ravishda baholaydi.

2. Gʻolib va zaxiradagi gʻolib tashkilotlarni aniqlaydi.

Avtomatik ravishda

9-bosqich

Platforma

Baholash natijalari boʻyicha elektron hisobotni shakllantiradi va ochiq koʻrinishda joylashtiradi

5 daqiqa

10-bosqich

Platforma

Elektron tenderda gʻolib boʻlgan qurilish-pudrat tashkilotiga aksept yuboradi.

10 daqiqa

11-bosqich

Gʻolib qurilish-pudrat tashkiloti

Akseptni tasdiqlagandan soʻng 1 kundan keyin tender predmeti boʻyicha pudrat shartnomasi elektron shaklda imzolangan hisoblanadi. Agar aksept yuborilgan kundan boshlab 1 kuni ichida gʻolib tashkilot tomonidan tasdiqlanmasa, aksept zaxiradagi gʻolibga yuboriladi va zaxiradagi gʻolibga qoʻshimcha 1 kuni ichida akseptni tasdiqlashga muddat beriladi.

1 kun ichida

12-bosqich

Davlat buyurtmachisi

Tender predmeti boʻyicha elektron imzolangan pudrat shartnomasi shartlari bajarilishini nazoratga oladi.

shartnoma shartlariga muvofiq

13-bosqich

Platforma

Obyektning boshlangʻich QQS bilan narxidan 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini taʼminlash kafolati summasini gʻolib va zaxiradagi gʻolib tashkilotlar va oferentlarning bank hisobraqamiga bank xarajatlari hamda gʻolib/zaxira gʻolibining (aksept tasdiqlangan taqdirda) kafolat summasidan tanlov tashkilotchisi xarajatlarini avtomatik toʻlash uchun tegishli summa ushlangan holda avtomatik ravishda qaytariladi.

3 ish kuni mobaynida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish sohasida pudrat tashkilotlarini belgilash boʻyicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

________________________________________________________________________________________

(oferent nomi)

TENDER PREDMETI BOʻYICHA ISHLARNI BAJARISHGA NARX TAKLIFI

________________________________________________________________________________________

(tender predmetining nomi)

1. Biz, oferent sifatida quyida imzo chekuvchilar:

tender predmeti boʻyicha eʼlonda biriktirilgan loyiha asosida tender predmeti joylashgan manzilga chiqib oʻrganganimizni;

pudrat shartnomasini imzolashdan yoki imzolangandan soʻng obyektni qurishdan bosh tortganimizda, platforma tomonidan 24 oy davomida elektron tenderga avtomatik ravishda qoʻyilmasligimiz toʻgʻrisida xabardorligimizni;

elektron tender shartlariga va loyiha hujjatlariga muvofiq akseptni tasdiqlashimiz natijasida avtomatik ravishda imzolangan pudrat shartnomamizga asosan barcha ishlarni soʻm (QQS ni hisobga olgan holda) sifatli bajarishimizni va taklif muddatimizda tugatishimizni tasdiqlaymiz.

2. Bizning taklifimiz tender takliflarini baholash kunidan boshlab 60 kalendar kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi.

3. Biz, gʻolib/zaxira gʻolibi — oferent platforma tomonidan yuborilgan akseptni tasdiqlashimiz, biz (oferent) siz (buyurtmachi) bilan avtomatik ravishda pudrat shartnomasini elektron imzolaganligimiz hamda ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatni olishimizni va uning ijrosini taʼminlashimizni tasdiqlaymiz.

4. Qurilish jarayoniga jalb qilingan yollanma ishchilarning ijtimoiy himoyasi va xavfsizligini taʼminlaymiz.

5. Buyurtmachi bilan oʻzaro hisob-kitoblarni birinchi moliya yili mobaynida oʻzgartirilmaydigan shartnomaviy narxda amalga oshirish majburiyatini olamiz.

Tashkilot rahbarining imzosi:

Tuzilgan sanasi: 20___ yil “___” ______________

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)

Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

3-ILOVA

TENDER PREDMETI BOʻYICHA ISHLARNI BAJARISHNING UMUMIY JADVALI

(2-shakl)

________________________________________________________________________________________

(tender predmetining nomi)

T/r

Obyektning lokal vedomostlari boʻyicha

Ishlarni boshlash sanasi

Ishlarni tugatish sanasi

1.

“Yer ishlari” lokal vedomosti boʻyicha

2.

“A bloki — arxitektura va qurilish yechimlari, temir-beton konstruksiyalar” (A-AS bloklari, KJ) lokal vedomosti boʻyicha

3.

“B bloki — arxitektura va qurilish yechimlari, temir-beton konstruksiyalar” (B-AS bloklari, KJ) lokal vedomosti boʻyicha

4.

“A bloki — toza va oqova suv taʼminoti” (A-VK bloklari) lokal vedomosti boʻyicha

5.

“B bloki — toza va oqova suv taʼminoti” (B-VK bloklari) lokal vedomosti boʻyicha

...

“Obodonlashtirish” lokal vedomosti boʻyicha

Izoh.

1. Jadvalda tender predmetining qismlari boʻyicha barcha lokal vedomostlarga muvofiq ishlarni boshlash va yakunlash sanalari koʻrsatiladi.

2. Ushbu jadvaldagi sanalar gʻolib qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan obyektning “Ishlarni ishlab chiqarish loyihasi” (PPR)ga, yaʼni obyekt qurilishining oqilona texnologiyasi va qurilishni tashkil etish boʻyicha batafsil ishlab chiqilgan hujjatiga muvofiq aniqlashtirilishi mumkin.

3. Ushbu jadvaldagi ish turlari va ularning hajmlari tender predmetining ish turlari va ularning hajmlari bilan mosligiga oferent javobgar hisoblanadi.

Tashkilot rahbarining imzosi:

Tuzilgan sanasi: 20___ yil “____” _____________

Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish sohasida pudrat tashkilotlarini belgilash boʻyicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3a-ILOVA

Jamlanma jadval, ishlarning fizik hajmlari va obyektga resurslar qaydnomasi, asosiy narxni shakllantiruvchi komponentlarga narxlar jadvali

_________________________________________________________

(obyekt nomi)

_________________________________________________________

(oferent nomi)

1.1. Jamlanma jadval

T/r

Xarajatlar nomi

Joriy narxlardagi umumiy summa

1.

Mehnatga haq toʻlash fondi

2.

Kichik mexanizatsiya vositalari

3.

Mashina va mexanizmlar

4.

Qurilish materiallari va konstruksiyalari

5.

Uskuna va jihozlar

Jami

6.

Pudrat tashkilotining boshqa xarajatlari

Jami qurilish-montaj ishlari qiymati (QQS bilan)

Izoh. Mazkur jamlanma jadval elektron xarid gʻolibi tomonidan aksept tasdiqlanishi natijasida elektron shaklda imzolanadigan shartnomaga ilova hisoblanadi.

Ishlarning fizik hajmlari va obyektga resurslar qaydnomasi

T/r

Meʼyorlar shifri va raqami

Ishlar turi

Oʻlchov birligi

Loyiha koʻrsatkichlari boʻyicha ishlar hajmi

Hajmi

birlikka

summa

1.

2.

...

Jami:

Izoh. Mazkur jadvalda oferent har bir ish turi uchun bir birlik ish hajmlari boʻyicha tanlov taklifida resurslarni aks ettirmasdan taqdim etadi hamda ushbu jadval elektron xarid gʻolibi tomonidan aksept tasdiqlanishi natijasida elektron shaklda imzolanadigan shartnomaga 2-ilova hisoblanadi.

Tashkilot rahbari imzosi / muhri:

_______________

Tuzilgan sanasi:

20___ yil “___” _____________”

(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish sohasida pudrat tashkilotlarini belgilash boʻyicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

TENDER PREDMETI BOʻYICHA MOLIYALASHTIRISH JADVALI

____________________________________________________________________________________________

(tender predmetining nomi)

Moliyalashtirish shartlari

Tender predmeti boʻyicha kalendar yil ichida moliyalashtirishning oyma-oy taqsimoti

yanvar

fevral

mart

aprel

may

iyun

iyul

avgust

sentabr

oktabr

noyabr

dekabr

15 foiz miqdorida birinchi avans

15 foiz miqdorida ikkinchi avans

60 foiz miqdorida joriy moliyalashtirish

5 foiz miqdorida kafolat muddatidan soʻng toʻlanadigan mablagʻ

Izoh. Jadvaldagi avans mablagʻlaridan tashqari oyma-oy taqsimlanadigan moliyaviy mablagʻlar miqdori ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq taqsimlanadi. Bunda agar, tender predmeti boʻyicha ishlarni yakunlash muddati bir kalendar yildan oshgan taqdirda, ushbu moliyalashtirish jadvali faqat birinchi yilda bajariladigan ishlar qiymatidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Tashkilot rahbarining imzosi:

Tuzilgan sanasi: 20__ yil “___” ____________”

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-yanvardagi 46-son qaroriga
2-ILOVA
Qurilish sohasida loyiha-qidiruv tashkilotlarini belgilash boʻyicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom qurilish sohasida loyiha-qidiruv tashkilotlarini aniqlash boʻyicha davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom maqsadli dasturlarga muvofiq davlat budjeti mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarining, shuningdek, budjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish borasidagi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan tender savdolari uchun tatbiq etiladi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
aksept — platforma tomonidan oferent elektron tender gʻolibi deb belgilangandan soʻng ushbu oferentga tasdiqlash uchun avtomatik ravishda yuboriladigan elektron xabarnoma;
davlat buyurtmachisi — davlat xaridlarini amalga oshiruvchi davlat organlari va muassasalari, budjet tashkilotlari, xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladigan budjet tizimi budjetlari mablagʻlarini oluvchilar;
joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlar hajmi — oferentning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi boʻyicha joriy yilda bajarish majburiyati qiymati. Bunda yildan yilga oʻtuvchi tender predmeti boʻyicha moliyaviy majburiyatlar hajmini hisoblashda, oferent yutib olgan tender predmetining tasdiqlangan kelgusi yil loyiha-qidiruv ishlari boʻyicha manzilli roʻyxatda nazarda tutilgan hisobot yilida bajariladigan ishlar qiymati inobatga olinadi;
zaxiradagi gʻolib — elektron tender yakuniga koʻra platforma tomonidan gʻolib deb eʼtirof etilgan oferentning tender taklifidan keyingi tender taklifi eng maqbul deb eʼtirof etilgan oferent;
loyihalashtirish topshirigʻi — quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal taʼmirlanadigan obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishdan oldin texnik qoidalar va talablarni hisobga olgan holda buyurtmachining loyiha-smeta hujjatlariga boʻlgan umumiy talabi;
operator — davlat xaridlari subyektlariga davlat xaridlarining elektron tizimlarida xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatuvchi, davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organi tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli yuridik shaxs;
oferent — elektron reytingda mavjud boʻlgan, qurilish sohasidagi elektron tenderda qatnashish va gʻolib boʻlish maqsadida oʻz taklifini platformaga elektron shaklda joylashtirgan loyiha-qidiruv tashkiloti;
talabgor — ofertasi platforma tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar eʼlonda koʻrsatilgan shartlarga muvofiq elektron tenderda qatnashish istagi boʻlgan hamda elektron reytingida mavjud boʻlgan loyiha-qidiruv tashkiloti;
tenderni oʻtkazish boʻyicha maxsus axborot platformasi — qurilish sohasida davlat xaridlari amalga oshirilishi, xaridlar toʻgʻrisidagi eʼlonlar, xarid qilish tartib-taomillari, oferentlarning takliflari, xaridlar yakunlari haqidagi va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborotlar elektron shaklda joylashtirilishini va koʻrilishini, shuningdek, loyiha-qidiruv tashkilotlarini belgilash boʻyicha tenderlarni elektron oʻtkazilishini taʼminlovchi veb-sayt va maxsus elektron platforma (keyingi oʻrinlarda — platforma);
tender predmeti — loyihalashtirish topshirigʻiga muvofiq quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal taʼmirlanadigan obyekt boʻyicha ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlari;
tender taklifi — elektron tender hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq tender predmetiga nisbatan oferentning platforma orqali elektron shaklda taqdim etilgan taklifi;
tender taklifini taʼminlash kafolati — tender predmetining boshlangʻich narxidan (QQS bilan) 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini taʼminlash kafolati boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida yaxlitlangan miqdorda belgilanadi;
tender tashkilotchisi — qurilish sohasida tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish boʻyicha elektron tender hujjatlarining toʻliqligini hamda muvofiqligini oʻrganib chiquvchi, eʼlonni platformaga joylashtiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot;
elektron tender — qurilish sohasida davlat xaridini amalga oshirishning raqobatli tartib-taomili vositasida tender predmetining ijrochisini aniqlashni nazarda tutuvchi elektron mexanizm boʻlib, uning natijasiga koʻra tender predmeti boʻyicha eng yaxshi shartlarni taklif etgan oferent gʻolib deb eʼtirof etiladi;
elektron tender hujjatlari — tender predmetining moliyaviy, tijorat, tashkiliy va boshqa tavsiflari hamda tenderni tashkil etish shartlari va oʻtkazish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi dastlabki axborotni oʻz ichiga oluvchi, davlat buyurtmachisi tomonidan tayyorlanadigan elektron hujjatlar toʻplami;
eʼlon — davlat xaridlarini amalga oshirish usuli, talablari va shartlari, takliflarni taqdim etish muddatlari hamda tartibi koʻrsatilgan, maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga davlat buyurtmachisining topshirigʻiga muvofiq tender tashkilotchisi tomonidan joylashtiriladigan boʻlajak davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot;
loyiha-qidiruv tashkilotlarining elektron reytingi — “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida loyiha-qidiruv tashkilotlarining kadrlar bilan taʼminlanganligi, moliyaviy koʻrsatkichlari, raqobatbardoshligi, ish tajribasi va litsenziya koʻrsatkichlari boʻyicha mezonlarga muvofiq malaka talablarini belgilovchi hamda boshqa reyting koʻrsatkichlarini oʻzida aks ettiradigan elektron platforma;
loyihalashtirish sohasidagi davlat xaridlarining subyektlari (tender ishtirokchilari) — davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi, operator va loyiha-qidiruv tashkilotlarining elektron reytingida mavjud boʻlgan talabgor / oferentlar;
gʻolib — elektron tender yakuniga koʻra platforma tomonidan gʻolib deb eʼtirof etilgan oferent.
3. Mazkur Nizom davlat buyurtmachilarining barcha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha elektron tenderlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Agarda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish ishlarining boshlangʻich qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 6000 baravaridan kam boʻlsa, loyiha-qidiruv tashkilotlarini tanlash mazkur nizom bilan oʻrnatilgan tartib asosida qonunchilikda belgilangan muddatda amalga oshiriladi.
4. Davlat buyurtmachisi elektron tenderlarni operatorlar orqali onlayn rejimda oʻtkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda operator oʻrtasida elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
5. Mazkur Nizom qoidalari:
Oʻzbekiston Respublikasining Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa maqsadli dasturlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlarida nazarda tutilgan davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlari boʻyicha loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingida mavjud boʻlgan loyiha-qidiruv tashkilotlarini aniqlashda;
Oʻzbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarining, shuningdek, budjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish sohasidagi xaridlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Agar qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasining Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa maqsadli dasturlarda nazarda tutilgan davlat budjeti mablagʻlari bilan birga budjetdan tashqari mablagʻlar jalb qilingan boʻlsa, loyiha-qidiruv tashkilotlari mazkur Nizom talablari asosida aniqlanadi.
6. Mazkur Nizomning amal qilishi:
davlat tomonidan qoʻriqlanishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va ichki tartibni saqlash uchun davlat xaridlari, davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan davlat xaridlariga, shuningdek, “fast-track” usulidagi qurilish, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlashga;
Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman va shaharlar budjetlari zaxira fondlaridan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladigan davlat xaridlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan davlat xaridlariga;
favqulodda holatlarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlarini taʼminlash uchun zarur boʻladigan davlat xaridlariga;
xalqaro moliya institutlari mablagʻlari (toʻliq yoki qisman) hisobidan amalga oshiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga;
bosh reja, hududlarning arxitektura — rejalashtirish loyihalarini va batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
7. Obyektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan “Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun topshiriq” va unga buyurtmachi tomonidan ilova qilinadigan hujjatlarsiz elektron tender oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonni platformaga joylash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun topshiriq” va unga ilova qilinadigan (buyurtmachi tomonidan tayyorlanadigan) hujjatlar, jumladan ish turiga qarab nuqson dalolatnomalari tarkibi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining buyrugʻi bilan oʻzgartirish kiritish mumkin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
8. Loyihalashtirish topshirigʻiga muvofiq quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal taʼmirlanadigan I va II toifadagi obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha oʻtkaziladigan elektron tenderda faqat oʻsha hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da yuridik shaxs sifatida tegishli elektron reytingdagi yuridik manzilda roʻyxatga olingan talabgorlar qatnashadi (Toshkent shahri va Toshkent viloyati yagona hudud deb qabul qilinadi). Hududlarda filiallari mavjud boʻlgan bosh loyiha institutlariga ushbu cheklov tatbiq etilmaydi.
Bunda agar, talabgor yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan hududda ushbu Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan shartnoma shartlariga koʻra ishlarni yakunlamagan holda boshqa hududga yuridik manzilini koʻchirgan taqdirda, avvalgi yuridik manzil hududidagi shartnoma shartlariga koʻra ishlar yakunlanmagunicha ushbu talabgor yangi yuridik manzil hududidagi elektron tenderlarga platforma tomonidan qoʻyilmaydi.
Loyihalashtirish topshirigʻiga muvofiq quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal taʼmirlanadigan III va IV toifadagi obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha oʻtkaziladigan elektron tenderda hududiy cheklov tatbiq etilmaydi.
Avtorlik nazorati xarajatlari oferentlarning 3-ilovaga muvofiq narx taklifida koʻzda tutilishi shart.
2-bob. Elektron tenderni oʻtkazish tartibi
9. Elektron tender ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
a) davlat buyurtmachisi:
Moliya vazirligining axborot tizimida belgilangan tartibda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochadi;
platformada roʻyxatdan oʻtib, tender predmetining identifikatsiya raqamini kiritadi;
platformada tender tashkilotchisini tanlaydi hamda shartnoma imzolaydi;
elektron tender hujjatlarini tender tashkilotchisiga taqdim etadi;
b) tender tashkilotchisi:
elektron tender hujjatlarining toʻliqligi va toʻgʻriligini oʻrganib chiqadi;
platformaga tender predmeti toʻgʻrisidagi eʼlonni joylashtiradi;
v) talabgor:
eʼlonga muvofiq loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladigan qurilish, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal taʼmirlanadigan obyektning joylashadigan/joylashgan hududiga chiqqan holda tender predmeti bilan bogʻliq masalalarni oʻrganib chiqadi;
24 soat davomida xabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va elektron manzilini platformaga kiritadi hamda shaxsiy kabinetini ochadi;
g) talabgor shaxsiy kabineti orqali tender predmeti boʻyicha tenderda qatnashish uchun platformaga oʻzining CTPIP xos raqamini kiritadi;
d) platforma talabgor kiritgan STIR boʻyicha vazirlik, tashkilot va tizimlarning maʼlumotlar bazasidan quyidagilarni avtomatik tarzda:
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidan loyiha-qidiruv tashkilotlarining elektron reytingida mavjudligini hamda oferent litsenziyasining tender predmeti talablariga mosligini;
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq qoʻmitasining elektron maʼlumotlar bazasidan soliqlardan muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud emasligini;
(9-band “d” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Markaziy bankning elektron maʼlumotlar bazasidan oferentning xizmat koʻrsatuvchi bankdagi asosiy va ikkilamchi hisobraqamida 2-son kartoteka qarzdorligi hamda bank kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud emasligini;
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektron maʼlumotlar bazasidan oferentning oʻz balansidagi asosiy fondlariga va mulkiga taqiq qoʻyilmaganligini;
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy statistika qoʻmitasi va Soliq qoʻmitasining elektron maʼlumotlar bazasidan joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi oferent tomonidan soʻnggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmi 2 baravaridan oshmaganligini;
(9-band “d” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining elektron maʼlumotlar bazasidan platformada oʻz taklifini biriktirgan oferentlar oʻrtasida hamda ushbu oferentlar bilan davlat buyurtmachisi oʻrtasida affillanganlik xususiyati mavjud emasligini;
Moliya vazirligining Gʻaznachilik tizimidan roʻyxatdan oʻtgan tender natijasida yoki toʻgʻridan-toʻgʻri imzolagan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomalari ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
platformaning oʻz tizimidan obyektning QQS bilan boshlangʻich narxidan 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini taʼminlash kafolati operator tomonidan ochilgan hisobraqamga pul oʻtkazish yoʻli orqali amalga oshirilganligini tekshiradi;
platformaning oʻz tizimidan oferentning QQS bilan taklif narxining tender predmetining QQS bilan boshlangʻich narxidan baland emasligini hamda bazaviy hisoblash miqdorining (BHM):
300 baravarigacha boʻlgan tender predmetining QQS bilan boshlangʻich narxidan 5 foizdan past emasligini;
1500 baravarigacha boʻlgan tender predmetining QQS bilan boshlangʻich narxidan 10 foizdan past emasligini;
3000 baravarigacha boʻlgan tender predmetining QQS bilan boshlangʻich narxidan 15 foizdan past emasligini;
3000 baravaridan yuqori boʻlgan tender predmetining QQS bilan boshlangʻich narxidan 20 foizdan past emasligini;
shuningdek, taklif etilgan loyihalashtirish muddati tender predmeti boʻyicha belgilangan muddatdan ortiq emasligini;
e) talabgor ushbu bandning “d” kichik bandida nazarda tutilgan talablardan ijobiy natijalar bilan oʻtganda oferent hisoblanadi hamda:
tender predmetining QQS bilan boshlangʻich narxidan 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini taʼminlash kafolati operator tomonidan ochilgan hisobraqamga pul oʻtkazadi;
ushbu Nizomga 3 — 5 ilovalarni toʻldirgan holda platformaga yuklaydi.
Bunda oferent gʻolib boʻlgan taqdirda, tanlov shartlariga muvofiq elektron platformaga tender tashkilotchisi tomonidan yuklangan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish majburiyatini oladi;
j) platforma:
oferent takliflarini ushbu Nizomning 35-bandida keltirilgan formula yordamida avtomatik ravishda baholaydi.
Bunda ushbu nizom kuchga kirgan kundan boshlab tenderda gʻolib boʻlgan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasini imzolagan va ushbu shartnoma boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni yakunlamagan loyiha-qidiruv tashkiloti kalendar yili davomida platforma orqali yana boshqa tenderda ishtirok etgan taqdirda, har bir yakunlanmagan shartnoma boʻyicha uning reytingidagi jami balliga nisbatan (reyting koʻrsatkichi tushirilmagan holda) 2 foiz chegirma qoʻllaniladi.
Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha shaharsozlik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingandan soʻng, chegirma avtomatik ravishda tiklanadi;
gʻolib va zaxiradagi gʻolib tashkilotlarni aniqlaydi;
baholash natijalari boʻyicha elektron hisobotni shakllantiradi va ochiq koʻrinishda joylashtiradi;
elektron tenderda gʻolib boʻlgan oferentga aksept yuboradi;
z) gʻolib loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan aksept tasdiqlanishi natijasida tender predmeti boʻyicha platformaga yuklangan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi 1 ish kunidan keyin avtomatik ravishda elektron imzolangan hisoblanadi hamda avans mablagʻni toʻlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi;
i) obyektning QQS bilan boshlangʻich narxidan 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini taʼminlash kafolat summasi belgilangan tartibda gʻolib / zaxira gʻolibi hamda oferentlarning bank hisobraqamlariga avtomatik ravishda platforma tomonidan:
bank xarajatlari;
akseptni tasdiqlagan gʻolib/zaxira gʻolibining kafolat summasidan tanlov tashkilotchisi xarajatlarini avtomatik toʻlash uchun tegishli summa ushlangan holda qaytariladi.
3-bob. Elektron tender ishtirokchilarining vazifalari
10. Davlat buyurtmachisi:
Moliya vazirligining elektron axborot tizimida roʻyxatdan oʻtgandan soʻng ushbu tizim bilan integratsiya qilingan platformada tegishli elektron raqamli imzosidan (keyingi oʻrinlarda — ERI) foydalangan holda, maqsadli dasturlarda nazarda tutilgan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyiha-qidiruv tashkiloti belgilanmagan boʻlsa, platformaga tegishli maʼlumotlarni kiritadi;
tender predmeti boʻyicha platformaga tender predmetining nomi va shaxsiy hisobvaragʻini kiritadi va shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yetarli mablagʻ tasdiqlangandan soʻng platformada tender tashkilotchisini tanlaydi hamda gʻolib/zaxira gʻolibi obyektning boshlangʻich QQS bilan narxidan 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini taʼminlash kafolat summasi hisobidan tanlov tashkilotchisi xarajatlari avtomatik toʻlanishi sharti asosida ushbu tender tashkilotchisi bilan xizmat koʻrsatish shartnomasini imzolaydi;
agar shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan tashqari bank hisobraqamlaridan moliyalashtirish belgilangan boʻlsa, moliyalashtirish manbai toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani platformaga yuklagan holda tasdiqlaydi;
tender tashkilotchisiga elektron tender hujjatlarini toʻliq taqdim etadi;
tender savdolarini tashkil etish bilan bogʻliq barcha (tanlov tashkilotchisi xarajatlaridan tashqari) xarajatlarni qoplaydi hamda belgilangan tartibda tender gʻolibi bilan aksept tasdiqlanishi natijasida avtomatik ravishda elektron imzolangan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi shartlarining bajarilishini taʼminlaydi;
bir vaqtning oʻzida oferent boʻla olmaydi.
11. Tender tashkilotchisi:
davlat buyurtmachisi tomonidan taqdim etilgan elektron tender hujjatlari toʻliqligini va toʻgʻriligini koʻpi bilan 3 ish kuni davomida oʻrganib chiqadi;
agar elektron tender hujjatlarida nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, ularni davlat buyurtmachisiga qaytaradi;
eʼlonni platformaga joylashtiradi;
platformaga joylashtirilgan eʼlonga davlat buyurtmachisining asosli soʻrovi bilan belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritadi;
qurilish sohasida elektron davlat xaridlari boʻyicha Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi uchun belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
bir vaqtning oʻzida buyurtmachi va/yoki oferent boʻla olmaydi.
12. Operator:
a) Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish axborot tizimida roʻyxatdan oʻtgan davlat buyurtmachisi uchun:
24 soat davomida xabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqamlari va elektron manzillari platformaga kiritilishini hamda avtomatik ravishda shaxsiy kabinet ochilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi PQ-4464-son qarorining 7-bandiga muvofiq 0,05 foiz miqdoridagi mablagʻlar boʻyicha “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) xizmatlari boʻyicha davlat buyurtmachisining qarzdorligi boʻlmagan taqdirda, yuridik shaxs ERIsidan foydalangan holda obyektning identifikatsiya raqami kiritilishini hamda lot raqami berilishini taʼminlaydi;
b) tender tashkilotchisi uchun:
tender tashkilotchilari roʻyxatini platformaga yuklaydi;
24 soat davomida xabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va manzili elektron platformaga yuklanishini va avtomatik ravishda shaxsiy kabinet ochilishini taʼminlaydi;
tender predmeti boʻyicha eʼlonlar platformaga joylashtirilishini taʼminlaydi;
v) loyiha-qidiruv tashkilotlarining elektron reytingda mavjud boʻlgan talabgor va oferent uchun:
24 soat davomida xabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va manzili elektron platformaga kiritilishini, avtomatik ravishda shaxsiy kabinet ochilishini hamda eʼlon shartlari bilan toʻliq tanishishni taʼminlaydi;
loyiha-qidiruv tashkilotlari tomonidan soʻnggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmining 2 baravari boʻyicha joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlar hajmi tegishli tizim bilan integratsiya qilingan platforma tomonidan toʻgʻri hisoblanishini taʼminlaydi;
tender taklifini taʼminlash kafolat summasini oʻtkazish uchun platformadagi shaxsiy kabinetdan platformaning maxsus hisobraqamiga pul oʻtkazishda foydalanishni hamda undagi oʻtkazilgan mablagʻlarni ushbu Nizomda belgilangan tartibda qaytarilishini yoki buyurtmachining tegishli hisobvaragʻiga joʻnatilishini taʼminlaydi;
tender takliflari platforma tomonidan avtomatik ravishda baholanishini taʼminlaydi;
g) shu bilan birga, operator:
eʼlon shartlariga elektron tender hujjatlari tarkibiga belgilangan tartibda oʻzgartirish kiritilgan taqdirda, davlat buyurtmachisini, tender tashkilotchisini va oferentlarni elektron xabardor qiladi;
elektron tender natijalari boʻyicha tegishliligiga koʻra davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va oferentlarga platforma orqali avtomatik ravishda xabar yuboradi;
tender ishtirokchilarini elektron tender jarayonida belgilangan tartib asosida ishtirok etishlarini taʼminlaydi;
idoralararo maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilingan platforma har kuni 24 soat davomida uzluksiz ishlashini qatʼiy nazorat qiladi;
aksept tasdiqlagandan soʻng tanlov tashkilotchisi xarajatlari toʻlab berilishini taʼminlaydi;
uzluksiz faoliyat koʻrsatadigan “call center” tashkil etadi;
platformadagi loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingi hamda elektron tenderlar bilan bogʻliq jarayonlar boʻyicha davlat organlari va xoʻjalik subyektlarining barcha murojaatlariga yozma va “call center” orqali javob beradi, platformadagi tekshirishlar bilan bogʻliq tegishli oʻrganishlarda qatnashadi, natijasi boʻyicha maʼlumotlar tayyorlaydi.
13. Davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va oferent tomonidan platformada yuridik shaxs ERIsidan notoʻgʻri foydalanilgan taqdirda, operator javobgar hisoblanmaydi hamda ushbu holat “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida tartibga solinadi.
4-bob. Elektron tender taklifini taʼminlash tartibi
14. Elektron tender taklifini taʼminlash kafolati boʻyicha platformada shaxsiy kabinetdan roʻyxatdan oʻtgan oferent operator tomonidan ochilgan hisobraqamiga pul oʻtkazish yoʻli orqali toʻlovni amalga oshiradi.
15. Operator quyidagi hollardan biri roʻy berganda, tender taklifini taʼminlash summasini bank xarajatlari hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasining aksept tasdiqlanishi natijasida avtomatik ravishda imzolagan gʻolib/zaxira gʻolibining kafolat summasidan tanlov tashkilotchisi xarajatlarini ushlagan holda uch ish kuni ichida:
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasining aksept tasdiqlanishi natijasida avtomatik ravishda imzolagan gʻolib / zaxira gʻolibining kafolat summasidan tanlov tashkilotchisi xarajatlarini avtomatik toʻlash uchun tegishli summa ushlangandan soʻng;
zaxiradagi gʻolib va gʻolib boʻlmagan oferentlarga elektron tender oʻtkazilgandan soʻng;
elektron tender bekor qilingandan soʻng (amalga oshmagan holatlarda) barcha oferentlarga;
belgilangan tartibda takliflarni qaytarib olgan oferentlarga tender takliflarini yuborishning oxirgi muddati tugagan kundan soʻng qaytaradi.
16. Elektron tender gʻolibi akseptni tasdiqlashdan bosh tortganda (zaxiradagi gʻolib bundan mustasno), tender taklifini taʼminlash kafolat summasi tender gʻolibiga qaytarilmaydi, shuningdek, tender gʻolibi akseptni tasdiqlashdan bosh tortgan kundan boshlab 24 oyga ushbu Nizomga muvofiq elektron tender savdolarida ishtirok etishiga avtomatik tarzda taqiq kiritiladi.
Bunda tender taklifini taʼminlash kafolatining qaytarilmagan summasi platforma tomonidan avtomatik ravishda davlat buyurtmachisining tegishli hisobvaragʻiga bank va tender tashkilotchisi xarajatlari ushlangan holda uch ish kuni ichida oʻtkazib beriladi.
5-bob. Davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va loyiha-qidiruv tashkilotlarining shaxsiy kabineti
17. Davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va talabgor platformada oʻz ERIsidan foydalangan holda maʼlumotlarni kiritib, roʻyxatdan oʻtganidan soʻng avtomatik tarzda shaxsiy kabinet shakllanadi.
18. Davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va oferentning shaxsiy kabinetida mobil telefon raqami, elektron manzili, reyting balli va ushbu ballni hisoblab chiqish yoyilmasi, tender gʻolibi va zaxiradagi gʻolibning, shuningdek, qolgan oferentlarning platforma tomonidan avtomatik baholangan ballari va ushbu ballarni hisoblanish yoyilmasi hamda yakuniy elektron bayonnoma aks ettiriladi.
Davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va oferentning talablari asosida qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa maʼlumotlar shaxsiy kabinetga kiritilishi mumkin.
19. Talabgor elektron tenderda qatnashish uchun shaxsiy kabinetidagi ushbu Nizomning 22-bandi “b” kichik bandida koʻrsatilgan shartlar boʻyicha operatorga idoralararo maʼlumotlar bazalaridan oʻzi haqidagi maʼlumotlar platforma tomonidan avtomatik ravishda tekshirilishiga roziligini yuridik shaxs ERIsi bilan tasdiqlashi lozim boʻladi.
20. Davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va oferent haqida hamda yakunlangan elektron tenderlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli elektron arxivga yuboriladi va belgilangan tartibda saqlanadi.
6-bob. Elektron tenderni oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonni joylashtirish
21. Elektron tenderni oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon davlat buyurtmachisi taqdim etgan elektron tender hujjatlarining toʻliqligi va toʻgʻriligi tender tashkilotchisi tomonidan oʻrganib chiqilgandan soʻng platformaga joylashtiriladi.
22. Eʼlonda quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
a) tender predmeti boʻyicha:
kelgusi yil uchun loyiha-qidiruv ishlari manzilli roʻyxatida joriy yil uchun nazarda tutilgan mablagʻlar manbasi va miqdori;
nomi, manzili va identifikatsiya raqami;
ishlarni amalga oshirish turi (quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal taʼmirlanadigan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish);
quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal taʼmirlanadigan obyektlarning xavf-xatar toifasi;
boshlangʻich narx (QQS bilan) va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni yakunlash muddati;
tender taklifini taʼminlash kafolati;
talabgor tomonidan taklifni kiritish muddati;
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va moliyalashtirish kalendar ish jadvali hamda loyiha-qidiruv ishlari uchun smeta hisobi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish topshirigʻi va unga ilovalar;
b) platformaga taklifni elektron joylashtirish sanasida talabgorga nisbatan qoʻyiladigan shartlar:
tender predmetining qiymati va xavf-xatar toifasiga qarab loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingida ijobiy koʻrsatkichga ega boʻlganligi;
soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning mavjud emasligi;
“Insofsiz ijrochilar” yagona reyestrida qayd etilmaganligi;
asosiy va ikkilamchi hisobraqamlarida 2-son kartoteka qarzdorligining mavjud emasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida shubhali korxonalar roʻyxatiga kiritilmaganligi;
(22-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
soliq toʻlovchi sifatida uning guvohnomasi faolligi;
bank kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklarning mavjud emasligi;
oʻz balansidagi asosiy fondlarga, mulklariga taqiq qoʻyilmaganligi;
gʻaznachilik tizimidagi roʻyxatdan oʻtgan tender natijasida yoki toʻgʻridan-toʻgʻri imzolangan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi shartlari bajarilganligi;
joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi talabgor tomonidan soʻnggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmi 2 baravardan oshmaganligi. Bunda platforma tomonidan talabgorning moliyaviy majburiyatlari qoldiq hajmi tender predmetining boshlangʻich narxi (QQS bilan) bilan solishtiriladi. Talabgorning moliyaviy majburiyatlari qoldiq hajmi yetarli boʻlgan taqdirda, ushbu Nizom talablariga muvofiq bir nechta tenderlarda ishtirok etishi taqiqlanmaydi;
taklif etilgan narxning (QQS bilan) boshlangʻich narxdan (QQS bilan) baland emasligi hamda bazaviy hisoblash miqdorining (BHM):
300 baravarigacha boʻlgan tender predmetining QQS bilan boshlangʻich narxidan 5 foizdan past emasligi;
1500 baravarigacha boʻlgan tender predmetining QQS bilan boshlangʻich narxidan 10 foizdan past emasligi;
3000 baravarigacha boʻlgan tender predmetining KQS bilan boshlangʻich narxidan 15 foizdan past emasligi;
3000 baravaridan yuqori boʻlgan tender predmetining QQS bilan boshlangʻich narxidan 20 foizdan past emasligi;
shuningdek, taklif etilgan loyihalashtirish muddati tender predmeti boʻyicha belgilangan muddatdan ortiq yoki kam emasligi;
tender taklifini taʼminlash kafolat summasi operator hisobraqamiga oʻtkazilganligi.
Tender ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatga ega aloqalari boʻlgan va/yoki tugatish yoki bankrotlik bosqichida boʻlgan oferentlar tenderga qoʻyilmaydi.
Ushbu bandning “b” kichik bandidagi shartlarga toʻgʻri kelmagan talabgorning takliflari platforma tomonidan qabul qilinmaydi.
23. Davlat buyurtmachisining farmoyishi (buyrugʻi) asosida talabgordan takliflarni qabul qilish muddati platformada tender predmeti eʼlon qilingan kundan boshlab 12 ish kunidan kam va 30 ish kunidan koʻp boʻlmasligi lozim.
Davlat buyurtmachisi eʼlonda turgan tender predmeti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy shtablar bilan kelishgan holda tender predmeti boʻyicha takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida bir ish kunidan oldin elektron tender hujjatlariga asosli oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida farmoyish (buyruq) qabul qilishga haqli.
Bunda elektron tender hujjatlariga oʻzgartishlar kiritilgan kundan boshlab taklif berish muddati kamida 10 ish kuniga uzaytiriladi, lekin ushbu eʼlon boʻyicha takliflarni qabul qilish umumiy muddati 30 ish kunidan oshmasligi lozim.
7-bob. Talabgorning elektron tenderga kirish tartibi
24. Elektron tenderda ishtirok etish uchun talabgor ushbu Nizom 23-bandining “b” kichik bandi shartlari talablaridan ijobiy oʻtgan taqdirda, oʻzining shaxsiy kabinetidagi maxsus xisobraqami orqali operatorga vositachilik yigʻimi uchun toʻlovni amalga oshiradi. Ushbu toʻlangan mablagʻ elektron tender natijalaridan qatʼi nazar talabgorga/oferentga qaytarilmaydi.
25. Elektron tenderda yagona oferent ishtirok etganda yoki birorta ham oferent ishtirok etmaganda, davlat buyurtmachisi elektron tenderga kirish uchun oferentlarga nisbatan qoʻyilgan elektron reyting bahoni bir darajaga pasaytirish huquqiga ega.
Elektron tenderda tender predmeti boʻyicha belgilangan minimal reyting talabi sababli (boshqa sabablar bundan mustasno) belgilangan muddatda yagona oferent oʻz taklifini joylashtirgan boʻlsa yoki birorta ham oferent taklif joylashtirmagan boʻlsa, ushbu tender predmeti boʻyicha belgilangan minimal reyting talabi platforma tomonidan tender predmetining qiymati oʻzgartirilmagan holda avtomatik tarzda bir koʻrsatkichga kamaytiriladi.
26. Agar tender predmeti boʻyicha ishlarni bajarish (xizmatlarni koʻrsatish) bilan bogʻliq faoliyat qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli litsenziya turini talab etsa, elektron tenderda faqat tegishli litsenziyaga ega boʻlgan oferentlar ishtirok etadi.
8-bob. Elektron tender taklifini berish tartibi
27. Talabgor ushbu Nizomning 23-bandi “b” kichik bandi shartlariga mos kelgan taqdirda, talabgor shaxsiy kabinetdan foydalangan holda elektron tender hujjatlarini toʻldirish va yuklash yoʻli bilan platformaga taklifini ERI bilan tasdiqlab, belgilangan muddatdan kechiktirmay joylashtiradi.
28. Takliflarni qabul qilish muddati tugagunga qadar oferent oʻz takliflariga oʻzgartirishlar kiritish yoki qaytarib olish huquqiga ega.
29. Platforma tomonidan tender takliflarining qabul qilinishi platformada joylashtirilgan eʼlonda belgilangan kun tugashi bilan (soat 23:59:59 da) toʻxtatiladi.
9-bob. Platforma tomonidan elektron tender takliflarini baholash
30. Elektron tender quyidagi hollarda amalga oshmagan deb hisoblanadi:
yagona oferent ishtirok etgan yoki birorta ham oferent ishtirok etmagan taqdirda;
baholash jarayonida ushbu Nizom 23-bandining “b” kichik bandi shartlariga muvofiq platforma tomonidan oferentlar qayta oʻrganilganda, yagona oferent qoldirilganda yoki birorta ham oferent qoldirilmagan taqdirda;
agar bitta lotda ikkita oferent ishtirok etayotgan boʻlsa va ushbu oferentlardan biri bir va undan ortiq lotlarda oʻz takliflarini joylashtirgan boʻlsa hamda ushbu oferent ixtiyoriy bitta lotda gʻolib deb belgilanib, moliyaviy majburiyatlari hajmi 2 baravardan oshgan taqdirda;
gʻolib va zaxiradagi gʻolib loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasini tuzishni rad etgan taqdirda;
Oldingi tahrirga qarang.
tenderlarda gʻolib deb topilgan oferentning elektron tender savdolari, shuningdek, elektron reyting shakllanish jarayonlarida oʻz faoliyati toʻgʻrisida haqqoniy boʻlmagan maʼlumotlarni taqdim etganlik holati mutasaddi idoralar tomonidan aniqlangan taqdirda, Respublika shtabining asoslantirilgan rasmiy xati asosida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan ushbu oferent boʻyicha tuzilgan elektron bayonnoma bekor qilinadi.
(30-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
31. Tender amalga oshmagan deb hisoblangan taqdirda, davlat buyurtmachisi tomonidan tender tashkilotchisiga tender boʻyicha eʼlonni platformaga qayta joylashtirish boʻyicha koʻrsatma beriladi.
Shu bilan birga, aksept tasdiqlangunga qadar belgilangan tartibda tender predmetini amalga oshirish toʻxtatilgan taqdirda yoki tender predmeti boʻyicha qurilish-loyihalashtirish tashkiloti ushbu Nizom talablarida belgilangan tartibdan tashqari holda aniqlangan taqdirda, tender amalga oshmagan deb hisoblanadi.
32. Oferentlar tomonidan taqdim etilgan tender takliflari elektron platforma tomonidan tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugagan sanada baholanadi.
Platforma tomonidan tender takliflari baholanishidan oldin Nizomning 23-bandi “b” kichik bandi shartlari boʻyicha oferentlarning koʻrsatkichlari qayta tekshiriladi. Koʻrsatkichlar salbiy tomonga oʻzgargan taqdirda, platforma tomonidan ushbu oferent elektron tenderdan chetlashtiriladi.
Oferentning umumiy ballari yigʻindisini yakuniy hisoblash uchun har bir oferent boʻyicha platforma tomonidan avtomatik rejimda hisoblanadigan quyidagi formula qoʻllaniladi:
YAB = (RB x 0,8 + (BBN — ON) x 20 / (BBN — BBN x 0,95 / 0,90 / 0,85 / 0,80)) — O x (RB x 0,02).
Bunda:
YAB — oferentning yakuniy balli;
RB — elektron reyting doirasida hisoblangan ball;
0,8 — loyiha-qidiruv tashkilotlarining elektron reytingi doirasida olingan ballning umumiy yakuniy balldagi ulushini aniqlovchi koeffitsiyent;
BBN — davlat buyurtmachisining boshlangʻich narxi (QQS bilan). Bunda agar qonunchilikda belgilangan tartibda boshlangʻich narx QQSsiz boʻlsa, ushbu formulada belgilangan tartibdagi QQSsiz qiymatlar hisobga olinadi;
ON — oferent tomonidan taklif etilgan narx (QQS bilan). Bunda agar qonunchilikda belgilangan tartibda taklif narxi QQSsiz boʻlsa, ushbu formulada belgilangan tartibdagi QQSsiz qiymatlar hisobga olinadi;
20 — oferent tomonidan taklif etilgan narx uchun interpolyatsiya yoʻli bilan beriladigan ball;
0,95 / 0,90 / 0,85 / 0,80 — taklif narxining (QQS bilan) boshlangʻich narxdan (QQS bilan) ushbu Nizom 9-bandining “d” kichik bandiga muvofiq 5, 10, 15 va 20 foizdan koʻp kamaytirilishi mumkin emasligi koeffitsiyenti;
O — oferentning joriy kalendar yil davomida elektron tender platformasida yutib olgan obyektlar soni;
0,02 — obyektlar boʻyicha tenderda gʻolib boʻlgan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma imzolagan hamda ushbu shartnoma boʻyicha ishlarni yakunlamagan loyiha-qidiruv tashkiloti kalendar yil davomida platforma orqali yana boshqa obyekt boʻyicha tenderda ishtirok etgan taqdirda, har bir yakunlanmagan shartnoma boʻyicha uning reytingidagi jami balliga nisbatan (ularning reyting koʻrsatkichi tushirilmagan holda) qoʻllaniladigan 2 foiz chegirma;
oferent tender taklifini eng kam narx bilan bergan taqdirda, unga 20 ball beriladi hamda formulaning ikkinchi qismi, yaʼni — (BBN — ON) x 20 / (BBN — BBN x 0,95 / 0,90 / 0,75 / 0,80) ifodasi hisoblanmaydi.
Talabgor oʻz takliflarini platformaga joylashtirishi mobaynida uning chegirmasi boshlangʻich narxga nisbatan ushbu Nizom 9-bandining “d” kichik bandiga muvofiq 5, 10, 15 va 20 foizdan koʻp hamda boshlangʻich loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish muddatidan koʻp yoki kam boʻlgan taqdirda, platforma tomonidan ushbu taklif qabul qilinmaydi.
33. Platforma tomonidan elektron tender natijalariga muvofiq gʻolib va zaxiradagi gʻolib avtomatik ravishda aniqlanadi.
Platforma tomonidan elektron tender natijalarini hisoblash jarayonida oferentlarning umumiy ballari bir xil boʻlgan taqdirda, eng birinchi boʻlib taklifini taqdim etgan (sana, vaqt) oferent gʻolib etib belgilanadi.
34. Elektron tender takliflarini koʻrib chiqish va baholash yakuni boʻyicha elektron bayonnoma shakllantirilib eʼlon qilinadi va unda quyidagi axborotlar aks ettiriladi:
elektron tender takliflarini koʻrib chiqish, baholash sanasi va vaqti;
elektron tender takliflarini baholash natijasi;
elektron tender gʻolibi va zaxiradagi gʻolib haqidagi maʼlumot.
35. Agar oferent uning moliyaviy majburiyatlarining qoldiq hajmi yetarli boʻlib, bir nechta tenderda ishtirok etgan taqdirda, elektron tenderda platforma tomonidan faqat moliyaviy majburiyatlarining qoldiq hajmi yetarli boʻlgan tender predmeti boʻyicha gʻolib deb belgilanadi.
36. Elektron tender takliflarini koʻrib chiqish va baholash yakuni boʻyicha elektron bayonnoma shakllantirilganidan soʻng tenderda qatnashgan oferentlar oʻz shaxsiy kabinetlari orqali oʻzlarining yakuniy ballari, shu jumladan, elektron reytingidagi shaxsiy ballari hamda ularning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrishlari mumkin.
10-bob. Elektron tender natijalari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasini tuzish
37. Elektron tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugagan sanada platforma tomonidan avtomatik ravishda tender gʻolibi aniqlanadi va gʻolib tashkilotga aksept yuboriladi.
Aksept gʻolib tashkilot tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab tender tugallangan deb hisoblanadi.
Agar aksept yuborilgan kundan boshlab 1 ish kuni ichida gʻolib tashkilot tomonidan tasdiqlanmasa, ushbu gʻolib tashkilot loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasini imzolashdan bosh tortgan hisoblanadi va belgilangan tartibda aksept zaxiradagi gʻolibga yuboriladi.
Zaxiradagi gʻolib tomonidan 1 ish kuni ichida aksept tasdiqlanmagan taqdirda, tender amalga oshmagan deb hisoblanadi va qaytadan oʻtkaziladi.
Tender gʻolibi akseptni tasdiqlashdan bosh tortgan kundan boshlab 24 oyga ushbu Nizomga muvofiq elektron tender savdolarida ishtirok etishiga avtomatik tarzda taqiq kiritiladi.
Agar akseptni tasdiqlagan gʻolib tashkilot loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida ishlarni davom ettirishdan bosh tortgan taqdirda, ushbu shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlari va moliyalashtirilgan mablagʻlar belgilangan tartibda hisob-kitob qilingandan soʻng tender predmeti boʻyicha qayta elektron tender savdolariga eʼlon beriladi.
38. Elektron tender natijalari boʻyicha gʻolib akseptni tasdiqlashi bilan 1 ish kunidan keyin loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi elektron imzolangan hisoblanadi.
Elektron tender gʻolibi akseptni tasdiqlashdan bosh tortgan hollarda, akseptni tasdiqlash huquqi zaxiradagi gʻolibga oʻtadi.
Zaxiradagi gʻolib faqatgina tender gʻolibi tomonidan taklif etilgan narx boʻyicha (agar zaxiradagi gʻolib tomonidan taklif etilgan narx tender gʻolibi tomonidan taklif etilgan narxdan baland boʻlsa) akseptni tasdiqlashi yoki tasdiqlashdan bosh tortishi mumkin.
Zaxiradagi gʻolib akseptni tasdiqlashdan bosh tortgan taqdirda, tender taklifini taʼminlash kafolat summasi bank xizmatlari ushlangan holda qaytarib beriladi hamda tender amalga oshmagan deb hisoblanadi va qaytadan oʻtkaziladi. Bunda tender tashkilotchisi xarajatlari toʻlab berilmaydi.
Tender gʻolibi / zaxira gʻolibi tomonidan aksept tasdiqlanishi natijasida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi elektron imzolangan deb hisoblangandan soʻng buyurtmachi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi PQ-4464-son qarorining 7-bandiga muvofiq elektron imzolangan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida ushbu shartnomaning QQSsiz summasidan 0,05 foizi miqdoridagi mablagʻ axborot tizimining tegishli hisobraqamiga oʻtkaziladi.
11-bob. Elektron tender ishtirokchilarining javobgarligi
39. Davlat buyurtmachisi quyidagilar uchun javob beradi:
Quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal taʼmirlanadigan obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyihalashtirish topshirigʻining talab darajasida toʻgʻri ishlab chiqilganligiga;
tender gʻolibi/zaxira gʻolibi tomonidan aksept tasdiqlanishi natijasida elektron imzolangan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi shartlarining bajarilishiga.
40. Tender tashkilotchisi quyidagilar uchun javob beradi:
davlat buyurtmachisidan olingan hujjatlarni koʻpi bilan 3 ish kuni davomida oʻrganib chiqishi va ularning belgilangan tartibda eʼlonga joylashtirishi;
eʼlonga joylashtirilgan elektron maʼlumotlarning toʻliqligiga, toʻgʻriligiga va bir-biriga muvofiqligiga.
41. Operator quyidagilar uchun javob beradi:
oferentlar tomonidan takliflar platformaga muammosiz yuklanishiga;
elektron tender takliflari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi majburiyatlari bajarilishi tugallangandan soʻng belgilangan muddatda saqlanishi;
oferentlar tomonidan kiritilgan maʼlumotlarning eʼlon amal qilish muddati davomida oshkor etilmasligini taʼminlash;
oferentlarning tijorat sirini himoya qilishga boʻlgan huquqlari kafolatlanishiga;
tender tartib-taomillarining boshqa belgilangan talablari buzilmasligiga.
42. Oferent oʻzi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar ishonchliligi uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
43. “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi tomonidan tashkil etiladigan elektron tender savdolarining haqqoniy va shaffof oʻtkazilishi yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi javobgar hisoblanadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
44. Elektron tender natijalarini rasmiylashtirish, aksept tasdiqlanishi natijasida avtomatik ravishda elektron imzolangan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblarni tashkil etish, ushbu shartnomaning majburiyatlari bajarilishi monitoringini olib borish hamda shikoyatlar, nizo va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom talablariga muvofiq oʻtkaziladigan elektron tender boʻyicha shikoyatlar, nizo va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish uchun ishchi organ etib Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi belgilanadi.
(44-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Mazkur Nizom talablariga muvofiq tuzilgan shartnomalar boʻyicha qurilish muddatini uzaytirish buyurtmachi tomonidan Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (obyektlar boʻyicha manzilli roʻyxatlar mazkur vazirliklar bilan kelishilishini inobatga olgan holda) hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(45-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Bunda elektron imzolangan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi shartlariga oʻzgartirish kiritish yuzasidan qoʻshimcha shartnoma boʻyicha maʼlumotlar platformaga yuklanmaydi. Elektron imzolangan shartnoma ijrosi boʻyicha maʼlumotlar, shu jumladan, unga qoʻshimcha shartnomalar gʻaznachilik tizimi tomonidan integratsiya orqali platformaga yuboriladi.
46. Operator tenderga taalluqli barcha hujjatlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanishini taʼminlaydi.
47. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Qurilish sohasida loyiha-qidiruv tashkilotlarini belgilash boʻyicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Loyihalashtirish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish
TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat buyurtmachisi

1. Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tizimida roʻyxatdan oʻtadi.

Belgilangan muddatda

2-bosqich

Davlat buyurtmachisi

1. Elektron platformada roʻyxatdan oʻtadi.

2. Tender predmetining nomi va gʻaznachilik tizimidagi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini kiritadi.

30 daqiqa

3-bosqich

Davlat buyurtmachisi

1. Platformada tender tashkilotchisini tanlaydi hamda xizmat koʻrsatish shartnomasini imzolaydi.

2. Elektron tender hujjatlarini tender tashkilotchisiga taqdim etadi.

2 ish kuni

4-bosqich

Tender tashkilotchisi

1. Elektron platformada roʻyxatdan oʻtadi.

2. Elektron tender hujjatlarining toʻliqligi va toʻgʻriligini oʻrganib chiqadi.

3. Platformaga tender predmeti toʻgʻrisidagi eʼlonni joylashtiradi.

3 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Talabgor

1. Elektron platformada roʻyxatdan oʻtadi.

2. Eʼlonga muvofiq loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladigan qurilish, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlanadigan obyekt joylashgan hududga (joyning oʻziga) chiqqan holda joyni oʻrganib chiqadi.

3. 24 soat davomida xabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va elektron manzilni platformaga kiritadi hamda shaxsiy kabinetini ochadi.

10 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Oferent

Shaxsiy kabineti orqali xarid predmeti boʻyicha tenderda qatnashish uchun platformaga STIR xos raqamini kiritadi.

5 daqiqa ichida

7-bosqich

Platforma

Kiritilgan oferentning STIR boʻyicha platforma vazirlik, tashkilot va tizimlarning maʼlumotlar bazasidan avtomatik tarzda quyidagilarni:

a) “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidan loyiha-qidiruv tashkilotlari elektron reytingida mavjudligi hamda xarid predmetining qiymati va xavf-xatar toifasiga mosligini;

b) Soliq qoʻmitasining elektron maʼlumotlar bazasidan soliqlardan muddati oʻtgan qarzdorligining mavjud emasligini hamda joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi oferent tomonidan soʻnggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmini 2 baravardan oshmaganligini;

v) Markaziy bankning elektron maʼlumotlar bazasidan oferentning xizmat koʻrsatuvchi bankdagi asosiy va ikkilamchi bank hisobraqamida 2-son kartoteka qarzdorligi hamda bank kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud emasligini;

g) Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektron maʼlumotlar bazasidan oferentning oʻz balansidagi asosiy fondlariga va mulkiga taqiq qoʻyilmaganligini;

d) Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining elektron maʼlumotlar bazasidan platformada oʻz taklifini biriktirgan oferentlar va davlat buyurtmachisi oʻrtasida affillanganlik xususiyati mavjud emasligini;

e) ushbu bosqichdan ijobiy natijalar bilan oʻtgan oferentlar Nizomga 3 — 5 ilovalarni toʻldirgan holda platformaga yuklaydi. Platforma tizimda yuklangan QQS bilan taklif narxining QQS bilan boshlangʻich narxidan baland va ushbu Nizom 9-bandining “d” kichik bandiga muvofiq 95, 90, 80 va 75 foizidan past emasligini, shuningdek, taklif etilgan qurilish muddati obyekt boʻyicha belgilangan qurilish muddatidan kam yoki koʻp emasligini;

j) platformaning oʻz tizimidan obyektning QQS bilan boshlangʻich narxidan 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini taʼminlash kafolati operator tomonidan ochilgan hisobraqamga pul oʻtkazish yoʻli orqali amalga oshirilganligini tekshiradi.

10 daqiqa ichida

8-bosqich

Platforma

1. Oferentlar takliflarini tegishli formula yordamida avtomatik ravishda baholaydi.

2. Gʻolib va zaxiradagi gʻolib tashkilotlarni aniqlaydi.

2 ish kuni ichida

9-bosqich

Platforma

Baholash natijalari boʻyicha elektron hisobotni shakllantiradi va ochiq koʻrinishda joylashtiradi.

5 daqiqa

10-bosqich

Platforma

Elektron tenderda gʻolib boʻlgan loyiha-qidiruv tashkilotiga aksept yuboradi.

10 daqiqa

11-bosqich

Gʻolib loyiha tashkiloti

Akseptni tasdiqlaydi, 1 ish kunidan keyin tender predmeti boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi avtomatik ravishda elektron imzolangan hisoblanadi. Agar aksept yuborilgan kundan boshlab 1 ish kuni ichida gʻolib tashkilot tomonidan tasdiqlanmasa, aksept zaxiradagi gʻolibga yuboriladi va zaxiradagi gʻolibga qoʻshimcha 1 ish kuni ichida akseptni tasdiqlashga muddat beriladi.

1 ish kuni ichida

12-bosqich

Davlat buyurtmachisi

Aksept tasdiqlanishi natijasida avtomatik ravishda elektron imzolangan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi boʻyicha belgilangan tartibda birinchi avansni moliyalashtirilishini taʼminlaydi.

loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi shartlari asosida

13-bosqich

Platforma

Obyektning boshlangʻich QQS bilan narxidan 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini taʼminlash kafolati summasini gʻolib va zaxiradagi gʻolib tashkilotlar va oferentlarning bank hisobraqamiga bank xarajatlari hamda gʻolib/zaxira gʻolibining (aksept tasdiqlangan taqdirda) kafolat summasidan tanlov tashkilotchisi xarajatlarini avtomatik toʻlash uchun tegishli summa ushlangan holda avtomatik ravishda qaytariladi.

1 ish kuni mobaynida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Qurilish sohasida loyiha-qidiruv tashkilotlarini belgilash boʻyicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

“KELISHILDI”

“TASDIQLAYMAN”

Buyurtmachi tashkilot rahbari

Foydalanuvchi vazirlik

va idoralar rahbarlari

(F.I.O.)

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

20___ y. “___” _______________

____________________________

20___ y. “___” _______________

__________________________________________________________________________________________________________________________________

__________________________________________________________________________________________________________________________________

______________________________________________________________________________________________________________________ obyektining

(obyekt nomi, manzili)

Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun

TOPSHIRIQ

T/r

Asosiy maʼlumotlar va talablar nomi

Asosiy maʼlumotlar va talablar mazmuni

1.

Obyektning nomi.

Obyektning nomi toʻliq kiritiladi (qisqartmalarsiz).

2.

Qurilish joyi.

Obyektning yuridik manzili (shahar, tuman. koʻcha)

3.

Buyurtmachi.

Buyurtmachining nomi va uning rekviziti, manzili, telefon raqamlari, elektron pochta manzili, masʼul shaxs.

4.

Ishlab chiqish uchun asoslar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, qarori, farmoyishi.

Vazirlar Mahkamasi qarori, farmoyishi.

5.

Loyiha bosqichi.

Namunaviy loyiha (NR raqami, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi buyrugʻi asosida texnik kengash bayoni)

6.

Qurilish turi.

Yangi qurilish, qayta qurish (zamonaviylashtirish, kengaytirish, texnik qayta jihozlash bilan bogʻliq).

7.

Obyektning loyihaviy quvvati.

Binoning:

maktabda (oʻquvchi soni);

maktabgacha taʼlim muassasasida (tarbiyalanuvchilar soni);

tibbiyot muassasasida (shifoxonada — toʻshak oʻrinlari; poliklinika — kunlik qatnovchilar soni);

turar-joy binolarida (xonadon soni) va boshqalar.

8.

Moliyalashtirish manbai.

Respublika budjeti va ularga tenglashtirilgan, davlat tomonidan kafolatlangan kreditlar, xususiy mablagʻlar, homiylar va grant quyilmalari mablagʻlari, toʻplangan mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

9.

Qurilishning taxminiy bahosi (mln soʻm).

Oʻxshash obyektlar yoki yiriklashtirilgan koʻrsatkichlar asosida aniqlanadigan qurilishni umumiy qiymati.

10.

Obyektning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari, unumdorligi, ishlab chiqarish dasturi, shuningdek, turar joy yoki umumi binolar.

Loyihalashtirish jarayonida olinishi zarur boʻlgan loyihalashtirish obyektini toʻliq tasnifi, uni asosiy sifati.

11.

Umumiy xizmat koʻrsatish korxonalari orasida qurilgan turar joy uylarni vazifasi va turi, ularning quvvati, sigʻimi, qabul qilish qobiliyati, tarkibi va xonalar maydoni, qurilish hajmi.

Ushbu shartlar turar joy binolari uchun koʻrsatiladi.

Loyihalashtirish obyekti tarkibida shunday obyektlar boʻlgan holatlarda toʻldiriladi. Loyihalashning barcha koʻrsatkichlari nazarda tutiladi.

12.

Mahsulotlarning raqobatbardoshlik sifatiga va ekologik parametrlariga talablar.

Korxonaning texnologiyasi va rejimiga boʻlgan talablar.

Ishlab chiqarish texnologiyasi boʻyicha talablarni koʻrsatish-texnologik topshiriq, ishlab chiqarish texnologiyasini batafsil tariflash, texnologik asbob-uskunalar taʼsiridan hosil boʻladigan yuklamalar, talab qilingan maydonlar, texnologik uskunalarning oʻziga xos shartlari, ishlab chiqarish jarayoni va shu kabilarni taʼriflash va boshqalar.

Texnologik topshiriq tayyorlanishining muhimligiga alohida eʼtibor qaratish,uning sifati loyihalashtirish obyektini funksionalliligi va buyurtmachi ehtiyoji uchun kerakliligiga bogʻliq. Koʻplab yirik tashkilotlar, ayniqsa, tarmoqli kompaniyalar texnologik jarayonlar talablarini toʻla tavsiflash lozim.

13.

Obyektni texnologik jihozlash.

Buyurtmachi tomonidan taqdim etiladi.

14.

Arxitektura-qurilish, hajmli-rejalashtirish va konstruktiv yechimlar, blokirovkalash shartlari, binolarni pardozlashga talablar.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining (mc.uz/namunaviy-loyihalar-11/) rasmiy-veb saytiga joylashtirilgan obyektlarning namunaviy loyihalariga qoʻllanilgan loyihaviy yechimlardan, tugunlardan foydalanish.

Binolar, xonalar va ularning maydonlarini joylashishi boʻyicha tavsiyalar keltiriladi.

Binolarda qurilish materiallarini ularning alohida konstruksiyalarini qoʻllash boʻyicha tavsiyalar beriladi.

15.

Xonalar tarkibi, foydalanish maqsadi.

Buxgalteriya — aniq mutaxassisligi boʻyicha ishchi oʻrni.

16.

Xodimlarni aniq mutaxassisligi boʻyicha xonalarga taqsimlanishi.

1 odam uchun moʻljallangan maydon (m kv).

17.

Bino qavatlarining balandligi.

Tasdiqlangan meʼyor boʻyicha.

18.

Yertoʻladan foydalanish maqsadi.

Yertoʻla va yarim yertoʻlalarning maydoni, balandligi va foydalanish maqsadi koʻrsatiladi.

19.

Pol qoplamalarining materiallari (aniq koʻrsatilishi shart).

Pol qoplamalarini toʻliq qatlam xom ashyosini ketma-ketligini koʻrsatib oʻtiladi.

20.

Shiftlarni pardozlash turlari.

Normativ hujjatlarga asoslanib (sanitariya va yongʻin xavfsizligi meʼyorlarini hisobga olgan holda).

21.

Tashqi devorning issiqlik himoyasi.

Energiya tejamkor materiallardan foydalanish.

22.

Derazaga boʻlgan talab.

“Yogʻochsozlik materiallari katalogi” — 90 (KSI-90);

SHNQ 2.01.02-04 “Binolar va inshootlarning yongin xavfsizligi”;

SHNQ 2.08.01-05 “Turar-joy binolari”;

SHNQ 2.08.02-09 “Jamoat binolari va inshootlari” talablaridan chiqmagan holda;

Darchasiz ogʻma derazalar oʻrnatish koʻzda tutiladi.

23.

Eshikka boʻlgan talab.

“Yogʻochsozlik materiallari katalogi” — 90 (KSI-90);

SHNQ 2.01.02-04 “Binolar va inshootlarning yongin xavfsizligi”;

SHNQ 2.08.01-05 “Turar-joy binolari”;

SHNQ 2.08.02-09 “Jamoat binolari va inshootlari” talablaridan chiqmagan holda;

eshiklar ostonasiz oʻrnatilishi koʻzda tutiladi.

24.

Liftning oʻlchami va quvvati.

SHNQ 2.08.01-2019-yilgi “Turar-joy binolari” 13-ilovaga muvofiq (majburiy).

25.

Tom qismining turi.

Meʼmoriy yechimidan kelib chiqqan holda namunaviy tugunlardan foydalanish.

26.

Tashqi fasad materiali va rang namunasi.

Qurilish boshqarmasi va tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda.

27.

Hovli devorlari boʻyicha talablar.

Kam xarajatli, ixcham va meʼyor doirasida namunaviy tugunlarda�� foydalanish.

28.

Obodonlashtirish va kichik arxitektura shakllariga talablar.

Tutash maydonlarni, daraxtlar oʻtkazish, shoxobcha yoʻllarni, piyodalar yoʻlakchalari yotqizish, avtoturargoxlar, bolalar oʻyin maydonchalarini obodonlashtirish, irrigatsiya tizimlarini oʻrnatish va boshqarish boʻyicha talablarning taʼrifi hududlarning tasdiqlangan batafsil rejalashtirish loyihasiga (PDP) asosan bayon etiladi.

Namunaviy yechimlar ishlab chiqish talab etiladi.

29.

Obodonlashtirishdagi ish turlari va daraxtlar soni.

Daraxtlarning iqlimga va hududga mosligi, suvsizlikka chidamliligi, koʻp yillikligi.

Bino va inshootlarni joylashtirishda mavjud daraxtlarga zarar yetkazmagan holda loyihalash.

Namunaviy yechimlar ishlab chiqish talab etiladi.

30.

Piyoda yoʻlaklarining oʻlchovlari va turlari.

Sifatli, kam xarj, ixcham va arzon materiallarni qoʻllash.

SHNQ 2.05.02-07 “Avtomobil yoʻllari” 4.41-bandi 22-jadvalga asosan.

Namunaviy yechimlar ishlab chiqish talab etiladi.

31.

Konstruktiv yechimlarga, yuk koʻtarib turuvchi va tashqi himoya konstruksiyalarga va ularning materiallarga qoʻyiladigan asosiy talablar.

Devorlar, qoplamalar (tomlar), bostirmalar, fermalar, toʻsinlar va shu kabi boshqa talablarni toʻliq koʻrsatish.

Yuk koʻtarib turuvchi va tashqi himoya konstruksiyalarga va ularning materiallariga qoʻyiladigan asosiy talablarni yoritish.

Zilzilabardoshlik boʻyicha talablar (texnik pasport).

32.

Muhandislik va texnologik asbob-uskunalarga, texnologik jihozlarga qoʻyiladigan talablar.

Texnologik asbob-uskunalarning roʻyxati.

Isitish, sovitish, ventilyatsiya, ichimlik suvi, kanalizatsiya, elektr tarmoqlari va texnologik asbob-uskunalar tavsifi va ularni qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalar berish.

Sensorli yoritish vositalaridan foydalanish.

Dastgohlarning aniqligi va tayyorlanishi boʻyicha klassi, shuningdek, ularning bajarilish sifati va bardoshliligi talablari.

33.

Quyosh batareyalari va quyoshli suv isitish kollektorlarining quvvatlari.

SHNQ 2.04.16-18 “Quyoshli issiq suv taʼminoti qurilmalari” talablariga asosan ishlab chiqilganligi.

34.

Issiqlik taʼminoti.

QMQ 2.04.07-99 “Issiqlik tarmoqlari” talablariga asosan ishlab chiqilganligi.

Texnik xulosalarni taqdim etish.

35.

Avtomatlashtirish, TJ BAT va boshqaruvni markazlashtirish boʻyicha asosiy talablar.

Avtomatlashtirish, TJ BAT va boshqaruvni markazlashtirish tizimlari boʻyicha tavsifi va qoʻllanilishi boʻyicha koʻrsatmalar berish.

Jihozlar roʻyxati.

36.

Mehnat gigiyenasi va xavfsizlik rejimi talablari.

Loyiha hujjatlari tarkibida “Ishchilar mehnatini tashkil etish va sharoitlar” boʻlimi ishlab chiqilgan hollarda ushbu boʻlimga talablar koʻrsatilsin.

Sanoat obyektlari uchun qoʻllaniladi.

37.

Loyihalashtirish uchun buyurtmachi tomonidan taqdim etiladigan dastlabki maʼlumotlar tarkibi.

Loyihalashtirish uchun buyurtmachi tomonidan taqdim etiladigan dastlabki maʼlumotlar tarkibi keltiriladi.

Loyiha-qidiruv tashkiloti bilan kelishilgan holda, ularning oʻzlari tomonidan yigʻiladigan dastlabki maʼlumotlar (hujjatlar) roʻyxati bayon etiladi.

SHNQ-1.03.01-16ga muvofiq injener-geologik va topografik materiallar buyurtmachi tomonidan taqdim etiladi.

Topografik xaritada mavjud bino va inshootlar hamda yer osti va yer usti tarmoqlari koʻrsatilishi talab etiladi.

38.

Atrof muhitni muhofaza qilish va saqlash boʻyicha talablar.

Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida Atrof muhitga taʼsiri bayonoti (AMTB) loyihasi ixtisoslashtirilgan tashkilot bilan alohida shartnoma asosida buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi.

Talab etilgan holatlarda ekologik toza qurilish materiallaridan foydalanish, yashil qurilish elementlarini qoʻllash yoki tashqi energiya resurslarning isteʼmolisiz (kamaytirilgan) talablar va shartlar qoʻllanishi zarurati koʻrsatiladi.

39.

Smeta hujjatlarini tuzish usuliga talablar.

Qurilish materiallari va mehnat resurslari, shuningdek, mashina-mexanizmlarni hisoblash boʻyicha tuziladigan smetalar tarkibiga quyiladigan talablar aks ettiriladi.

Narxlar joriy qiymatlarda, SHNQ 4.01.16-09 “Qurilish bahosini shartnomaviy joriy narxlarda aniqlash qoidalari” talablari asosida belgilanadi.

Qurilishning joriy narxlardagi dastlabki qiymati buyurtmachi tomonidan shakllantiriladi yoki uning topshirigʻiga asosan loyiha tashkiloti tomonidan aniqlanadi.

40.

Loyihalashtirilayotgan obyekt tarkibi.

Barpo etilayotgan obyektning butun asosiy hamda yordamchi bino va inshootlari roʻyxati koʻrsatiladi.

41.

Qabul qilinadigan loyiha yechimlarida Energiya samaradorlikni taʼminlash boʻyicha talablar.

Loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda 2-darajali energiya samaradorlikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni nazarda tutish va obyektlar energiya resurslarini oʻlchash moslamalari bilan jihozlanishi boʻyicha talablar majburiydir.

Bino va iishootlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish talablari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-son Farmoni talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

42.

Favqulodda vaziyatlarda ogohlantirish va fuqaro muhofazasi boʻyicha ishlab chiqiladigan texnik-muhandislik chora-tadbirlarga qoʻyiladigan talablar.

Agar obyekt favqulodda vaziyat boʻyicha toifalangan boʻlsa, FVV boʻyicha texnik shartlarga dalil keltiriladi xamda ushbu boʻlimni ishlab chiqishni zarurligi toʻgʻrisida koʻrsatma beriladi.

43.

Sanoat xavfsizligi boʻyicha texnik-muhandislik chora-tadbirlarni ishlab chiqish boʻyicha talablar.

“Sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni talablariga muvofiq koʻrsatiladi yoki amaldagi normativ-huquqiy va shaharsozlik hujjatlariga muvofiq bayon etiladi.

44.

Aholining nogironligi oʻlgan va kam harakatlanuvchi guruhlari hayoti va faoliyati sharoitlarini taʼminlash boʻyicha talablar.

SHNQ 2.07.02 talablarida koʻrsatilmagan, nogironligi boʻlgan shaxslarning va harakatlanishi cheklangan insonlar obyektga kirish-chiqishlarini taʼminlash va binoda boʻlishlari vaqtida harakatlanishi boʻyicha yaratiladigan sharoitlar boʻyicha qoʻshimcha talablarni koʻrsatish.

45.

Yonginga qarshi kurash va xavfsizlik boʻlimini ishlab chiqish boʻyicha talablar.

Boʻlim normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida ishlab chiqiladi.

Zarur hollarda ushbu boʻlimni ishlab chiqish uchun boʻyicha qoʻshimcha talablar va yonginga qarshi kurash moslamalari va avtomatikasi turlari koʻrsatib oʻtilsin.

FVVning Yongin xavfsizlik boshqarmasi bilan kelishilishi talab etiladi.

46.

Koʻrgazmali materiallarni tayyorlash boʻyicha talablar.

Zarur hollarda, obyekt maketi, 3D-taqdimot, namoyish albomlarini tayyorlash zarurligi, shuningdek, taqdimot materiallariga talablarni koʻrsatish (slayd, video rolik va boshqalar) va ularning oʻlchamlari koʻrsatiladi.

Bunday materiallarni Arxitektura-shaharsozlik kengashida hamda mutasaddi idoralar va tashkilotlar bilan kelishish holati va zarurligi yoritiladi.

47.

Korxonaning ishlash rejimi.

Obyektning yil davomida ishlashi yuklanganligi va korxonaning ish smenaligi koʻrsatiladi.

48.

Ishlab chiqarish kooperatsiyasi. Korxona infratuzilmasi.

Korxonaning sheriklar va hamkorlar bilan birgalikdagi ishlashi, shuningdek, uni infratuzilmasi tarkibi koʻrsatiladi

49.

Tashqi transport aloqalari va taʼminot sxemasi.

Xom ashyo, materiallar, asbob-uskunalarni korxonaga olib kelish va undan olib ketishni tashkil etish sxemasi koʻrsatiladi.

50.

Qurilish moʻljallangan muddatlar (yil).

Qurilishning boshlanish va tugatilish muddatlari koʻrsatiladi (hisobiy yoki koʻrsatma boʻyicha).

51.

Loyihalashtirish va qurilishni oʻziga xos shartlari.

Loyihalashtirishni qiyinlashtiruvchi shart-sharoitlar (qurilish maydonining torligi va qiyinchiligi, obyektni tarixiy qurilish zonasida joylashtirish, madaniy meros obyektlari mavjudligi, daraxtlar mavjudligi, qurilish obyektining noyobligi, loyihalashtirish va qurilishni ishlayotgan korxona sharoitida amalga oshirish, qurilishni iqlimi sharoitlari ogʻir, togʻli, yetib borish qiyin boʻlgan hududlarda amalga oshirish va boshqalar yoritiladi. Obyektning murakkablik toifasi koʻrsatiladi.

52.

Loyiha hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish (loyiha tashkiloti tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etishni hisobga olmaganda).

Loyiha hujjatlariga oʻzgartirish kiritish alohida imzolangan shartnoma va loyihalash uchun topshiriq asosida amalga oshiriladi.

Topshiriqda loyiha hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar bayon etiladi.

53.

Metall konstruksiyalarning va korxona sharoitida ishlab chiqariladigan muhandislik tarmoqlarining detallashtirilgan (KMD) chizmalarini ishlab chiqish.

Ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan yoki buyurtmachining talabi asosida qoʻshimcha toʻlov evaziga loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi.

Topshiriqda bunday hujjatlar ishlab chiqarilishi zarurati koʻrsatiladi.

54.

Qurilishni tashkil etish loyihasini (QTEL) ishlab chiqish.

Qurilishni tashkil etish loyihasi (QTEL) — toʻliq hajmda SHNQ 3.01.01-03 ga muvofiq ishlab chiqiladi.

55.

Qurilishning (qurilish-montaj ishlari) ishlab chiqarish loyihasini (QICHL) tayyorlash, qurilish tashkilotlarining ehtiyojlari uchun vaqtincha bino va inshootlar qurilishi uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga talablar .

Bunday hujjatlar alohida shartnoma shartlari asosida tayyorlanadi.

Topshiriqda bunday hujjatlarni ishlab chiqish zarurati koʻrsatiladi.

56.

Qurilishda mualliflik nazorati.

Mualliflik nazoratini olib borish tartibi talablaridan kelib chiqqan holda shartlar kiritiladi.

Loyiha tashkiloti tomonidan mualliflik nazoratini olib boruvchi mutaxassislarni biriktirish, ularni turar joy va xizmat xonalari, zarur jihozlar va asbob-uskunalar, ovqatlanishi hamda ish joyidan qurilish maydonigacha transport vositalari bilan taʼminlash talablari bayon etiladi.

Mualliflik nazoratini olib borish uchun oʻzaro hisob-kitoblar va xarajatlarni qoplash shartlari koʻrsatiladi.

57.

Korxonaning istiqboldagi kengayishi, foydalanishga topshirish navbatlari va qabul qilish komplekslarini koʻrsatish.

Korxonaning istiqboldagi kengayishi boʻyicha chora-tadbirlar, foydalanishga topshirish navbatlari va qabul qilish komplekslarga boʻlish shartlari koʻrsatiladi.

58.

Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha talablar.

Loyiha-smeta hujjatlarining boʻlimlarini kelishish zarur boʻlgan mutasaddi idoralar va xizmatlarning toʻliq roʻyxati koʻrsatiladi.

Buyurtmachi va loyihachining ishtiroki darajasi bayon etiladi.

59.

Taqdim etiladigan loyiha-smeta hujjatlarining nusxalari soni, boʻlimlarining tarkibi va mazmuniga boʻlgan talablar.

Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari ekspertizaga taqdim etish uchun buyurtmachiga bir nusxada (qogʻoz yoki elektron shaklda) taqdim etiladi.

Toʻgʻrilangan hujjatlarning buyurtmachiga taqdim etiladigan nusxalari soni ushbu SHNK-1.03.01-16 ning 13.7 bandi talablariga mos ravishda boʻlishi shart.

Buyurtmachi tomonidan qoʻshimcha nusxalar olish boʻyicha, loyiha tashkiloti bilan kelishgan holda, shartlar qoʻyilishi mumkin (shu jumladan, ularning elektron nusxalari).

Bunda elektron hujjatlarning formatlari va ularni tashish vositalari ham kelishib olinadi.

60.

Qoʻshimcha talablar.

Buyurtmachi tomonidan loyiha tashkilotiga yuklanadigan hamda uning malakasi va tajribasiga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar kiritiladi.

Buyurtmachi: ______________

Kelishildi: ______________

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish topshirigʻiga buyurtmachi tomonidan ilova etiladigan hujjatlar

ROʻYXATI

1. Yangidan qurish rejalashtirilgan obyekt uchun yer maydonini ajratish toʻgʻrisidagi qaror (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi).

2. Topografik maʼlumotlar (obyektni mavjud muhandislik tarmoqlariga ulanish joylari koʻrsatilgan holda vaziyatli reja hamda muhandislik-geologiyasi, gidrogeologiya materiallari).

3. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi.

4. Obyektni joylashtirish rejalashtirilgan hudud boʻyicha epidemiologik va ekologik xulosa (shu jumladan, qurilish maydonchasida saqlab qolinishi lozim boʻlgan dov-daraxtlar boʻyicha xulosa), madaniy meros va tarixiy obidalar muhofaza hududida emasligi toʻgʻrisida xulosa.

5. Qurilish rejalashtirilgan hududda buziladigan bino va inshootlarni buzish yoki oʻrnini qoplash xususiyati haqida mahalliy hokimiyat idoralari yoki buyurtmachi xizmat kafolatlari.

6. Qurilishni tashkillashtirish loyihasini tuzish uchun dastlabki maʼlumotlar.

Izoh. Ushbu Nizomga 2-ilova hamda loyiha-smeta hujjatlrini ishlab chiqish topshirigʻiga buyurtmachi tomonidan ilova qilinadigan hujjatlar tarkibiga qurilish vazirining buyrugʻi bilan oʻzgartirish kiritish mumkin.”

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Qurilish sohasida loyiha-qidiruv tashkilotlarini belgilash boʻyicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

__________________________________________________________

(oferent nomi)

TENDER PREDMETI BOʻYICHA ISHLARII BAJARISHGA

NARX TAKLIFI

(tender predmetining nomi)

1. Biz, oferent sifatida quyida imzo chekuvchilar:

tender predmeti boʻyicha eʼlonda biriktirilgan maʼlumotlar asosida tender predmeti joylashgan manzilga chiqib oʻrganganimizni;

akseptni tasdiqlashimiz natijasida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi avtomatik elektron imzolanishidan hamda imzolangandan soʻng obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishdan bosh tortganimizda, bosh tortgan kunimizdan boshlab 24 oy davomida elektron tenderga avtomatik ravishda qoʻyilmasligimiz toʻgʻrisida xabardorligimizni;

elektron tender shartlariga va loyihalashtirish topshirigʻiga muvofiq tasdiqlangan aksept natijasida avtomatik ravishda elektron imzolangan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish toʻgʻrisidagi shartnomamizga asosan barcha ishlarni ____________ soʻm (QQSni hisobga olgan holda) sifatli bajarishimizni tasdiqlaymiz.

2. Akseptni tasdiqlashimiz natijasida avtomatik ravishda elektron imzolangan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasida nazarda tutilgan kundan eʼtiboran ishlarni boshlash hamda _________ kun ichida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va buyurtmachiga topshirish majburiyatini olamiz.

3. Bizning taklifimiz tender takliflarini baholash kunidan boshlab 60 kalendar kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi.

4. Akseptni tasdiqlashimiz bilan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi biz tomondan elektron imzolangan hisoblanadi va ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni toʻliq oʻz zimmamizga olamiz.

5. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida jalb qilingan barcha, shu jumladan, yollanma ishchilarning ijtimoiy himoyasi va xavfsizligini taʼminlaymiz.

6. Buyurtmachi bilan oʻzaro hisob-kitoblarni birinchi moliya yili mobaynida oʻzgartirilmaydigan shartnomaviy narxda amalga oshirish majburiyatini olamiz.

Tashkilot rahbarining imzosi:

Tuzilgan sanasi: 20___ yil “___” ___________”

Qurilish sohasida loyiha-qidiruv tashkilotlarini belgilash boʻyicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Obyektning nomi: “___________________________________________________”

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va moliyalashtirish

KALENDAR ISH JADVALI

T/r

Ishning nomlanishi

Ishning muddati

(boshlanishi va yakunlanishi)

Ishning narx qiymati (soʻm) va moliyalashtirish sanasi

1.

Boshlanishi:

Yakunlanishi:

Jami: QQS bilan ______________ (____________________).

Buyurtmachi:

Bosh loyihachi:

“____________________”

“____________________”

Direktor ______________

Direktor ______________

Qurilish sohasida loyiha-qidiruv tashkilotlarini belgilash boʻyicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

Obyektning nomi: “________________________________________”

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha

SMETA HISOBI

T/r

Ish turlari

Asos

Narxning kelib chiqishi

Qiymat

(ming soʻm)

1.

Jami QQSii hisobga olmaganda:

Jami QQS bilan:

Jami: KKS bilan _______________ (______________________),

Direktor __________________

Loyihaning bosh muhandisi ___________________.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2022-y., 09/22/46/0085-son; 28.11.2022-y., 09/22/665/1059-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 12.07.2024-y., 06/24/100/0502-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)