Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi PF-29-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchilari) faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
1. Hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tashkil etilsin, uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Respublika komissiyasi (Qoʻchqorov) bir hafta muddatda hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida iqtisodiyot va investitsiya komplekslariga kiruvchi vazirlik, idoralar, tijorat banklarining masʼul xodimlarini (keyingi oʻrinlarda — respublika vakillari) har bir tuman va shaharga biriktirsin, ularning ish joyi, oylik ish haqi va boshqa ijtimoiy toʻlovlarini saqlab qolgan holda, biriktirilgan hududga bir yillik xizmat safariga yuborilishini taʼminlasin.
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari hamda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari (keyingi oʻrinlarda — markazlar) Respublika komissiyasi va respublika vakillarining ishchi organlari etib belgilansin.
3. Belgilansinki:
a) Respublika komissiyasi aʼzolari:
shaharchalar, qishloqlar, ovullarda, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi mahallalarda (keyingi oʻrinlarda — mahallalar) tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha ishlarni tizimli tashkil etadi;
oʻzi biriktirilgan hududdagi respublika vakillari faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi uchun masʼul va javobgar boʻladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birga oʻzi biriktirilgan hududga ajratilgan mablagʻlarning tuman va shaharlar kesimida taqsimlanishini taʼminlaydi;
b) respublika vakillari:
tuman (shahar) hokimining birinchi oʻrinbosari bilan birga markazlar hamda hokim yordamchilari faoliyatiga koʻmaklashadi;
har kuni bitta mahallaga chiqqan holda kamida oʻnta xonadonga shaxsan tashrif buyurib, mavjud holatni hokim yordamchilari bilan birga oʻrganadi, aholiga amalga oshirilayotgan davlat siyosati va islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntiradi, aniqlangan muammolarni joyida hal qilish choralarini koʻradi;
hokim yordamchilari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha sektor rahbarlari bilan birgalikda har bir mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilaydi, xonadonbay roʻyxat asosida har bir mahalla kesimida haqiqiy ijtimoiy vaziyatni aniqlaydi hamda oyma-oy amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi;
har bir mahallaning “oʻsish nuqtasi”dan kelib chiqib, yetakchi tadbirkorlar va hokim yordamchilari taklif etayotgan yangi loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashadi, mahallalarda aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan xizmatlar turlarini rivojlantiradi;
aholini, birinchi navbatda ishsiz yoshlar va ayollarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish hamda ularning bandligini taʼminlash ishlarini tashkil qiladi;
tuman (shahar) hokimlari hamda tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan hamkorlikda aholi tomorqalaridan samarali foydalanib, uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, urugʻchilik, koʻchatchilik, gulchilik kabi faoliyat turlarini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashadi;
tuman (shahar) hokimlari bilan birgalikda hududga ajratilgan mablagʻlarning mahallalar kesimida taqsimlanishini taʼminlaydi;
v) hokim yordamchilari:
mahalladagi ishsiz aholini ish bilan taʼminlash, ularga doimiy daromad manbaini yaratishga koʻmaklashish uchun ustuvor ravishda mahalladagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda faoliyatini olib boradi;
respublika vakillari bilan birgalikda oʻziga biriktirilgan mahallani rivojlantirish boʻyicha 2022-yilga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqadi va ijrosini taʼminlaydi;
ajratilayotgan resurslardan samarali foydalanish yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshiradi;
amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari bilan birgalikda doimiy ravishda hokimga hisobot berib boradi.
4. Respublika komissiyasi aʼzolari va respublika vakillariga mahalliy budjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismidan mahallalardagi muammolarni hal etishga yoʻnaltirish boʻyicha takliflar mahalliy vakillik organlariga kiritish huquqi berilsin.
5. Hokim yordamchilari oʻz vazifalarini amalga oshirishda foydalanadigan moliyaviy instrumentlarning 2022-yil uchun manbalari etib quyidagilar belgilansin:
a) oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar — 10 trln soʻm;
b) aholining bandligini taʼminlash, ularning oʻzini oʻzi band qilishi, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishi uchun ajratiladigan mablagʻlar — 1 218 mlrd soʻm, shundan:
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan ish bilan band boʻlmagan aholiga tadbirkorlik qilish va oʻzini oʻzi band qilish uchun subsidiyalar, kredit resurslari va boshqa xarajatlar uchun — 785 mlrd soʻm, ish bilan band boʻlmagan aholini kasb-hunarga, tadbirkorlik va hunarmandchilikka oʻqishga yoʻnaltirish uchun — 210 mlrd soʻm;
Jamoat ishlari jamgʻarmasidan ishsiz aholini haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish xarajatlari uchun — 222 mlrd soʻm;
v) Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan ajratiladigan subsidiyalar — 50 mlrd soʻm;
g) hokim yordamchilari tavsiyalari asosida mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun koʻzda tutiladigan mablagʻlar — 250 mlrd soʻm;
d) “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi — 851 mlrd soʻm miqdorida.
Mazkur bandning “b” — “d” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarning respublika hududlari kesimidagi taqsimoti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda mazkur qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan mablagʻlarni tuman (shahar) va har bir mahalla kesimida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati va xonadonlar sonidan kelib chiqib taqsimlasin.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratishga masʼul tijorat banklari, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, mahalliy ijro hokimiyati organlari mazkur bandda koʻrsatilgan xarajatlarning oyma-oy uzluksiz moliyalashtirib borilishini taʼminlasin.
7. Belgilansinki:
mazkur qarorning 3-ilovasida koʻrsatilgan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi kreditlar, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Jamoat ishlari jamgʻarmasi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, oʻzini oʻzi band qilish va ish bilan taʼminlash uchun ajratiladigan subsidiyalar hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida ajratiladi;
hokim yordamchilari yuqoridagi yoʻnalishlar boʻyicha kreditlar va subsidiyalar ajratish koʻzda tutilgan har bir loyihaning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini chuqur oʻrgangan holda ularni ajratish uchun masʼul idora va tashkilotlarga oʻz tavsiyasini beradi.
8. Hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori ular biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilansin:
xonadonlar soni 500 tagacha boʻlgan mahallada — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida;
xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha boʻlgan mahallada — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 6,5 baravari miqdorida;
xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq boʻlgan mahallada — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida.
9. Belgilansinki:
hokim yordamchilariga toʻlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori nomzodning ushbu lavozimga ishga qabul qilingunga qadar avvalgi ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan kam boʻlgan taqdirda yetishmagan qismi hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya qilib boriladi;
markazlar xodimlariga tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlari xodimlari uchun belgilangan va Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
10. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, unda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutsin:
boshqa hududlardan kelib ishlayotgan hokim yordamchilari va respublika vakillari uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida turar joy ijarasi xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlash;
ish faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan hokim yordamchilari va respublika vakillarini har oy mukofotlash;
hokim yordamchilari ish haqining avvalgi ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan kam boʻlgan qismini kompensatsiya qilib borish;
oʻz shaxsiy avtomobilidan foydalanayotgan respublika vakillarining transport xarajatlari, shuningdek, bir oyda bir marotaba doimiy yashash joyiga temir yoʻl transportida borib kelishi uchun kompensatsiya toʻlash;
yil yakuni boʻyicha oʻziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan respublika vakillariga va hokim yordamchilariga ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilish uchun uy-joy qiymatining 50 foizigacha subsidiya toʻlash.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda:
birinchi bosqichda — 2021-yil 15-dekabrga qadar respublika vakillari uchun yangi joriy etilayotgan tizimning tub mohiyati va samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha bir haftalik oʻquv-seminarlarini tashkil etsin;
ikkinchi bosqichda — 2021-yil 30-dekabrga qadar respublika vakillari ishtirokida hokim yordamchilari va markazlar xodimlari uchun amaliy mashgʻulotlarni tashkil etsin;
uchinchi bosqichda — 2022-yil davomida har chorakda respublika vakillari, hokim yordamchilari va markazlar xodimlari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish kurslarini tashkil etsin.
Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov:
uch kun muddatda oʻquv-seminarlariga iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi idoralar, mahalliy hokimliklar va boshqa tashkilotlarning yetarli malaka va tajribaga ega boʻlgan rahbar xodimlarini jalb qilsin;
hokim yordamchilari va respublika vakillari faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etsin hamda doimiy ravishda ularning faoliyati monitoringini olib borsin.
Oʻquv seminarlarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan qoplanishi belgilansin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga oʻquv-seminarlarini oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish vazifasi yuklansin.
12. 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hokim yordamchilarini davlat oliy taʼlim muassasalarining iqtisodiy taʼlim yoʻnalishlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyasiga koʻra davlat granti asosida sirtqi taʼlim shakliga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish amaliyoti joriy etilsin.
13. Quyidagilar:
hokim yordamchisi lavozimi va markazlar faoliyati tashkil etilishi munosabati bilan tuman va shaharlar hokimliklarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi 4 — 7-ilovalarga muvofiq;
Tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari xodimlarining cheklangan soni 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
14. Belgilansinki, hokim yordamchilari va markazlar xodimlarining shtat birliklari mos ravishda mahalla fuqarolar yigʻini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlarining ishga joylashtirish inspektori, tumanlar va shaharlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan tashkil etiladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarni ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Vazirlar Mahkamasi:
a) ikki hafta muddatda:
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorni;
hokim yordamchilari va markazlarning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, vakolatlari va javobgarligini belgilash boʻyicha namunaviy nizomni tasdiqlasin;
b) 2022-yil 1-mayga qadar:
“business.gov.uz” yagona interaktiv portalini oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda — Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil) tasarrufiga begʻaraz ravishda oʻtkazib bersin;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilishning yangi tizimini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Bunda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilsin:
“Onlayn mahalla” elektron platformasini “business.gov.uz” yagona interaktiv portaliga integratsiya qilish orqali tadbirkorlarning murojaatlarini hokim yordamchilari tomonidan mahallaning oʻzida koʻrib chiqish va hal etish, ularning vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha murojaatlarni tegishli vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqish uchun “business.gov.uz” yagona interaktiv portaliga kiritish;
vakolatli organlar tomonidan “business.gov.uz” yagona interaktiv portali orqali kelib tushgan murojaatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan tashkillashtirish va nazorat qilish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun taʼsir choralarini qoʻllash;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan sabablar va sharoitlarni hududlar va sohalar kesimida doimiy ravishda tahlil qilish va tizimlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha har chorakda aniq takliflar kiritish;
Savdo-sanoat palatasi qoshida tashkil etilgan “Sall-markaz” xizmati hamda “business.gov.uz” yagona interaktiv portali axborot tizimidan foydalanish uchun zarur mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutish.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki hafta muddatda tuman (shahar) hokimlari tomonidan:
Hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni, markazlarning ustavi va tuzilmasini tasdiqlanishi;
hokim yordamchilari va markazlarni tegishli bino (xona), moddiy-texnika va zamonaviy axborot vositalari (mebel, kompyuter toʻplami, aloqa, Internet va boshqalar) bilan taʼminlanishi boʻyicha choralar koʻrsin.
17. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov):
hokim yordamchilari va respublika vakillariga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga ulangan, masofadan turib hisobotlar taqdim etish hamda videokonferensaloqa shaklida yigʻilishlarda ishtirok etish imkonini beruvchi maxsus planshetlar ajratilishini taʼminlasin.
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan beriladigan ijtimoiy nafaqalar, subsidiya va imtiyozli kreditlar uchun arizalarni maxsus planshetlarda qabul qilib olish va roʻyxatdan oʻtkazish koʻnikmalari boʻyicha oʻquv-treninglarini tashkil etsin.
18. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov:
har haftada Respublika komissiyasi, respublika vakillari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha sektor rahbarlari, hokimlarning birinchi oʻrinbosarlari va hokim yordamchilari ishtirokida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilsin;
har haftada hududlarga chiqib, mahallabay ishlash tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlarni joyida oʻrganib borsin, hokim yordamchilari va respublika vakillari faoliyatining samarali tashkil etilishini taʼminlasin;
har oyda amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Respublika vakillari va hokim yordamchilarining mazkur qarorda belgilangan vazifalardan boshqa ishlarni bajarishga, shu jumladan yigʻilishlarga Bosh vazir oʻrinbosari J. Qoʻchqorov ruxsatisiz jalb etish taqiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
20. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tashkiliy tuzilmasini isloh qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
21. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
22. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari S.M. Xolxoʻjayev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga mazkur qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, hokim yordamchisi faoliyatini joylarda tashkil etish hamda mazkur tizimni amaliyotga toʻliq tatbiq qilish yuzasidan kunlik nazoratni amalga oshirish yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (R.A. Gulyamov, B.M. Mavlonov) amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har oy yakuni boʻyicha axborot kiritib borsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 3-dekabr,
PQ-31-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qaroriga
1-ILOVA
Hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi
TARKIBI

T/r

F.I.O.

Lavozimi

Hudud

1.

J.A. Qoʻchqorov

Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, Respublika komissiyasi raisi

2.

S.S. Annaklichev

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

3.

A.A. Kamalov

Markaziy bank raisining oʻrinbosari

Andijon viloyati

4.

O.A. Butayev

“Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi raisi

Buxoro viloyati

5.

R.U. Mamatqulov

“Agrobank” ATB boshqaruvi raisi

Jizzax viloyati

6.

N.B. Xusanov

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

Qashqadaryo viloyati

7.

Ch.S. Mirzayev

“Turon bank” ATB boshqaruvi raisi

Navoiy viloyati

8.

N.N. Saydullayev

“Asaka” banki boshqaruvi raisi

Namangan viloyati

9.

A.K. Mirsoatov

“Oʻzmilliybank” AJ boshqaruvi raisi

Samarqand viloyati

10.

S.M. Xolxoʻjayev

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

Surxondaryo viloyati

11.

B.E. Zaxidov

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

Sirdaryo viloyati

12.

Sh.X. Atabayev

AT “Xalq banki” boshqaruvi raisi

Toshkent viloyati

13.

A.A. Muratov

“Qishloq qurilish bank” ATB boshqaruvi raisi

Fargʻona viloyati

14.

N.K. Musamuxamedov

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Xorazm viloyati

15.

Sh.D. Kudbiyev

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

Toshkent shahri

16.

Lavozimiga koʻra

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori oʻrinbosari, Respublika komissiyasi kotibi

Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalar yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qaroriga
2-ILOVA
2022-yilda aholini tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, oʻzini oʻzi band qilish va ish bilan taʼminlash boʻyicha ajratiladigan subsidiyalarning hududlar kesimida
MAQSADLI PARAMETRLARI

mln soʻm

T/r

Hududlar nomi

Jami

shu jumladan

Aholining oʻzini oʻzi band qilish va bandligini taʼminlash, shuningdek ularga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun ajratiladigan mablagʻlar

shundan

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi mablagʻlari

Mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun Hokim yordamchilariga ajratiladigan mablagʻ

“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi
(“Temir daftar”)

“Ayollar daftari” jamgʻarmasi

“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan

Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan

JAMI

2 159 146

1 007 895

785 871

222 024

50 000

250 000

250 551

300 350

300 350

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

129 103

70 847

59 266

11 581

3 000

13 856

12 200

14 600

14 600

2.

Andijon viloyati

168 946

83 207

62 112

21 095

4 000

23 059

14 280

22 200

22 200

3.

Buxoro viloyati

140 107

79 361

65 265

14 096

4 000

14 045

7 101

17 800

17 800

4.

Jizzax viloyati

99 894

53 576

45 797

7 779

3 500

10 218

8 200

12 200

12 200

5.

Qashqadaryo viloyati

178 571

86 134

65 873

20 261

1 500

24 137

18 000

24 400

24 400

6.

Navoiy viloyati

113 381

47 851

40 260

7 591

8 500

7 330

14 200

17 750

17 750

7.

Namangan viloyati

182 263

88 513

70 486

18 027

4 000

20 750

21 200

23 900

23 900

8.

Samarqand viloyati

196 953

78 993

52 621

26 372

5 500

28 560

24 300

29 800

29 800

9.

Surxondaryo viloyati

164 132

93 515

74 700

18 815

4 000

19 417

16 800

15 200

15 200

10.

Sirdaryo viloyati

88 971

54 344

48 644

5 700

1 000

6 227

9 800

8 800

8 800

11.

Toshkent viloyati

217 148

92 793

69 042

23 751

2 000

21 485

36 070

32 400

32 400

12.

Fargʻona viloyati

210 224

91 095

67 875

23 220

4 500

27 629

28 000

29 500

29 500

13.

Xorazm viloyati

123 866

60 709

48 355

12 354

4 500

13 657

14 200

15 400

15 400

14.

Toshkent shahri

145 588

26 958

15 575

11 383

19 630

26 200

36 400

36 400

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qaroriga
3-ILOVA
Hokim yordamchisi tomonidan tavsiya beriladigan kredit, subsidiya, grant va moddiy yordam turlarining
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Kredit, subsidiya, grant yoki moddiy yordam turi

Xulosa mazmuni

Xulosa kimga taqdim etilishi

1.

Oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun tijorat banki krediti.

Kredit taqdim etish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya — tijorat bankiga

Rad etish toʻgʻrisida — fuqaroga

2.

Yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda uchun subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz)

Rad etish toʻgʻrisida — fuqaroga

3.

Sugʻorish vositalarini xarid qilish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorda uchun subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya — Markazga

Rad etish toʻgʻrisida — fuqaroga

4.

Urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha miqdorda uchun subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya — Markazga

Rad etish toʻgʻrisida — fuqaroga

5.

Qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorda uchun subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy — Markazga

Rad etish toʻgʻrisida — fuqaroga

6.

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qoʻlda gilam va ipak mato toʻqish bilan shugʻullanuvchilarga Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 3 tadan kam boʻlmagan ish oʻrni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato toʻqish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — har bir dastgoh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya — Markazga

Rad etish toʻgʻrisida — ish beruvchiga

7.

“Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasi aʼzolariga qoʻl mehnati uchun uskunalar xarid qilish boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish oʻrni yaratish sharti bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya — Markazga

Rad etish toʻgʻrisida — ish beruvchiga

8.

Tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million soʻmgacha subsidiyalar ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya — Markazga

Rad etish toʻgʻrisida — fuqaroga

9.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va insh?otning ijara toʻlovi uchun subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya — Markazga

Rad etish toʻgʻrisida — fuqaroga

10.

Hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga aʼzolik badali xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya — Markazga

Rad etish toʻgʻrisida — fuqaroga

11.

Oʻrmon fondi yerlarini ijaraga olgan ijarachilar Aholi bandligiga koʻmaklashish markazida (keyingi oʻrinlarda — ABKM) roʻyxatdan oʻtgan ishsiz shaxslarni ishga qabul qilgan taqdirda, ularga ish haqi toʻlash xarajatlarini qoplash uchun — 6 oy davomida oʻrtacha ish haqining 50 foizi miqdorida, biroq har bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya — ABKMga

Rad etish toʻgʻrisida — ish beruvchiga

12.

Usta-shogird anʼanalari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan kulollarga shogirdlar tayyorlashi, zarur xom ashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlashi uchun subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya — Markazga

Rad etish toʻgʻrisida — kulollarga

13.

Kasb-hunar taʼlimi muassasalariga — band boʻlmagan shaxslar, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta oʻqitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun grant ajratish.

Grant ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya — ABKMga

Rad etish toʻgʻrisida — kasb-hunar taʼlimi muassasalariga

14.

Kasb-hunarga oʻqitish markazlari, kollejlar va oliy oʻquv yurtlarida kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni moliyalashtirish uchun grant ajratish.

Grant ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya — kasb-hunarga oʻqitish markazlari, kollejlar va oliy oʻquv yurtlariga

Rad etish toʻgʻrisida — kasb-hunarga oʻqitish markazlari, kollejlar va oliy oʻquv yurtlariga

15.

Nodavlat kasb-hunarga oʻqitish markazlariga “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga oʻqitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismini “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berish.

Oʻqitish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha tavsiya

Ijobiy tavsiya — tuman (shahar) vasiylik kengashiga

Rad etish toʻgʻrisida — talabgorga

16.

Tomorqa yer egasi boʻlgan yoki “Har bir yoshga — bir gektar” tamoyili asosida ikkilamchi ijara huquqi asosida ekin maydonlari ajratib berilgan yoshlarga urugʻlik va koʻchatlar xarid qilish uchun BHMning 8 baravarigacha miqdorda Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq xarajatlarni toʻlab berish.

Urugʻlik va koʻchatlar xarid qilish uchun xarajatlarni toʻlab berish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya — Vasiylik kengashiga

Rad etish toʻgʻrisida — fuqaroga

17.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtgan yosh fuqaroga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha qismini qoplab berish.

Ijara xarajatlarini qoplab berish boʻyicha tavsiya

Ijobiy tavsiya — Vasiylik kengashiga

Rad etish toʻgʻrisida — fuqaroga

18.

Tadbirkorlik yoki oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan yoshlarga asbob-uskuna yoki mehnat qurollari (motokultivatorlar, oʻt oʻrish oʻroq mashinalari, perforatorlar, payvandlash apparatlari, oʻsimliklarga ishlov berish qurilmalari, duradgorlik, chilangarlik, qurilish uskunalari, kompyuter jamlanmasi va boshqalar)ni xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha miqdorda Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq subsidiya ajratish.

Asbob uskuna va mehnat qurollari xarid qilish uchun subsidiya ajratish uchun tavsiya

Ijobiy tavsiya — Vasiylik kengashiga

Rad etish toʻgʻrisida — fuqaroga

19.

“Har bir yoshga — bir gektar” tamoyili asosida gʻalladan boʻshagan yerlarda takror sugʻoriladigan yer maydonlaridan ekin ekish uchun va dehqon xoʻjaligi yuritish uchun ikkilamchi ijara huquqi asosida ekin maydonlarida ekin ekish uchun ikkilamchi ijaraga yer berish.

Ikkilamchi ijara huquqi asosida ekin maydonlarini ajratib berish uchun tavsiya

Ijobiy tavsiya — yer uchastkasi egalariga

Rad etish toʻgʻrisida — fuqaroga

20.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ajratilgan yer maydonlarini sugʻorish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sugʻorish tizimi va boshqalar) va elektr energiyasi bilan taʼminlash, berilgan yerlarni oʻzlashtirish uchun (yer haydash, urugʻlik koʻchat xarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya — ABKMga

Rad etish toʻgʻrisida — fuqaroga

21.

Band boʻlmagan aholini haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish (ikki haftalik, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga, ayrim hollarda esa Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda, oʻn bir oygacha).

Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish boʻyicha tavsiya

Ijobiy tavsiya — ABKMga

Rad etish toʻgʻrisida — ish beruvchiga, band boʻlmagan fuqaroga

Izoh: hokim yordamchisi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa kredit, subsidiya, grant yoki moddiy yordam ajratish boʻyicha ham tavsiya berishi mumkin.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qaroriga
4-ILOVA
Hudud markazlari — shaharlar hokimliklari boshqaruv apparatining
NAMUNAVIY TASHKILIY TUZILMASI

Yordamchi — 1

Hokim

Hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — boʻlim boshligʻi

Hokimning kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Hokim oʻrinbosari — shahar investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi

Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Hokim oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi

Hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi*

Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari

Yetakchi mutaxassis — 1

1-toifali mutaxassis — 0-1**

Bosh mutaxassis — 1

yetakchi mutaxassis — 1

1-toifali mutaxassis — 1

Bosh mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis — 0-1**

Bosh mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis — 0-1**

Bosh mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis — 1

Bosh mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis — 1

1-toifali mutaxassis — 1**

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi



26 — 220

Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi — 1

Bolalarni himoya qilish shuʼbasi mudiri — 1

Bosh mutaxassis — 1

Buxgalteriya


1-2**

Axborot xizmati rahbari — matbuot kotibi

1

Bosh yuriskonsult


1

Devonxona

Bosh

mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis — 1-2**

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchi

* Hokimning oʻrinbosari maqomiga tenglashtirilgan, ushbu shtat birligi tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hisobidan saqlanadi.
** Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni hudud markazi — shaharlarning toifasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 27 — 41 nafar.
(izohning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshqaruv xodimlari soni — 4 — 6 nafar.
Har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchilari soni — 22 — 214 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qaroriga
5-ILOVA
Viloyat boʻysunuvidagi shaharlar hokimliklari boshqaruv apparatining
NAMUNAVIY TASHKILIY TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Yordamchi — 1

Hokim

Hokimning chegara masalalari boʻyicha yordamchisi — 1*

Hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari-boʻlim boshligʻi

Hokimning kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Hokim oʻrinbosari — shahar investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi

Hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — shahar qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi**

Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Hokim oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi

Hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi***

Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari — 1

Yetakchi mutaxassis — 1

1-toifali mutaxassis — 0-1****

Bosh mutaxassis — 1

Bosh mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis — 0-1****

Bosh mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis —

0-1****

Bosh mutaxassis — 1**

Bosh mutaxassis — 1

Bosh mutaxassis — 1

Yetakchi

mutaxassis — 0-1****

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi

7 — 73

Bolalarni himoya qilish shuʼbasi mudiri — 1

Bosh mutaxassis — 0-1****

Buxgalteriya

1-2****

Axborot xizmati rahbari — matbuot kotibi

1

Bosh yuriskonsult

1

Devonxona

1-2****

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchi

* Bekobod, Xonobod, Shirin va Quvasoy shaharlari hokimliklariga tegishli.
** Quvasoy shahar hokimligiga tegishli.
*** Hokimning oʻrinbosari maqomiga tenglashtirilgan, ushbu shtat birligi shahar mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hisobidan saqlanadi.
**** Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni viloyatga boʻysunuvchi shaharlarning toifasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni —19 — 37 nafar.
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshqaruv xodimlari soni — 3 — 5 nafar.
Har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchilari soni — 4 — 68 nafar.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PQ-413-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 07/24/413/0992-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qaroriga
6-ILOVA
Qishloq tumanlari hokimliklari boshqaruv apparatining
NAMUNAVIY TASHKILIY TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Yordamchi — 1

Hokim

Hokimning chegara masalalari boʻyicha yordamchisi — 1*

H?kimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — boʻlim boshligʻi

Hokimning birinchi oʻrinbosari**

Hokimning kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Hokimning turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari******

Hokim oʻrinbosari — tuman investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi

Hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi***

Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Hokim oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi

Hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi*****

Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari

Yetakchi mutaxassis — 1

1-toifali mutaxassis — 1****

Bosh mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis — 0-1****

1-toifali mutaxassis — 0-1****

Bosh mutaxassis — 1**

Bosh mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis — 0-1****

Bosh mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis — 1******

Bosh mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis — 1****

Bosh mutaxassis — 1***

Yetakchi mutaxassis — 1***

Bosh mutaxassis — 1 Yetakchi mutaxassis — 1****

Bosh mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis — 0-1****

1-toifali mutaxassis — 0-1****

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi

7 — 115

Bolalarni himoya qilish shuʼbasi

mudiri — 1

Bosh mutaxassis — 1

Buxgalteriya

1-2****

Axborot xizmati rahbari — matbuot kotibi

1

Bosh yuriskonsult

1

Devonxona

1 — 3****

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchi

* Taxtakoʻpir, Moʻynoq, Qoʻngʻirot, Toʻrtkoʻl, Amudaryo, Nukus, Shumanay, Taxiatosh, Xoʻjayli, Izboskan, Paxtaobod, Jalaquduq, Xoʻjaobod, Buloqboshi, Marhamat, Olot, Qorakoʻl, Mirzachoʻl, Forish, Baxmal, Yangiobod, Dehqonobod, Gʻuzor, Mirishkor, Shahrisabz, Kitob, Uchquduq, Tomdi, Pop, Chust, Kosonsoy, Yangiqoʻrgʻon, Chortoq, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Bulungʻur, Urgut, Mirzaobod, Oqoltin, Xovos, Jarqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon, Uzun, Termiz, Muzrabot, Sherobod, Boʻstonliq, Qibray, Zangiota, Toshkent, Ohangaron, Yangiyoʻl, Chinoz, Bekobod, Boʻka, Piskent, Dangʻara, Furqat, Beshariq, Oʻzbekiston, Quva, Fargʻona, Oltiariq, Rishton, Soʻx, Bogʻot, Yangiariq, Xiva, Qoʻshkoʻpir, Shovot, Gurlan tumanlari hokimliklariga tegishli.
** Kegeyli, Mirishkor, Chiroqchi, Payariq, Pastdargʻom, Xovos, Sherobod, Denov, Qiziriq, Qoʻrgʻontepa, Asaka, Romitan, Zomin, Nishon, Sirdaryo, Sariosiyo va Hazorasp tumanlari hokimliklariga tegishli.
*** Davlatobod va Yangi Namangan tumanlariga tatbiq etilmaydi.
**** Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni qishloq tumanlarining toifasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
***** Hokimning oʻrinbosari maqomiga tenglashtirilgan, ushbu shtat birligi tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hisobidan saqlanadi.
****** Boʻstonliq tumaniga tegishli.
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 20 — 45 nafar.
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi shtat birliklari ishlab chiqarish xodimlari sanalib, boshqaruv xodimlari shtat birligiga kiritilmaydi va mahallalar sonidan kelib chiqib, har bir mahallaga bittadan shtat birligi ajratish orqali belgilanadi.
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshqaruv xodimlari soni — 3 — 6 nafar.
Har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchilari soni — 4 — 109 nafar.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PQ-413-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 07/24/413/0992-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qaroriga
7-ILOVA
Toshkent shahar tuman hokimliklari boshqaruv apparatining
NAMUNAVIY TASHKILIY TUZILMASI

Jamoatchilik kengashi

Hokim

Yordamchi — 1

Hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — boʻlim boshligʻi

Hokimning arxitektura, kapital qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Hokimning uy-joy, kommunal xizmat koʻrsatish va obodonlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Hokim oʻrinbosari — tuman investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi

Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Hokim oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi

Hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi*

Hokim oʻrinbosari — yoshlik shaharchasi hokimi**

Matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi

Hokim apparati rahbari

Tashkiliy-kadrlar guruhi

Rahbar — 1

Bosh mutaxassis — 1

Tashkiliy-nazorat guruhi

Rahbar — 1

Bosh mutaxassis — 1

Bosh yuriskonsult — 1

Bosh mutaxassis — 1

Bosh mutaxassis — 1

Bosh mutaxassis — 1

Bosh mutaxassis — 1

Bosh mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis — 1*

Bosh mutaxassis — 1

Kotibiyat mudiri — 1**

Bosh

mutaxassis — 3**

Yetakchi mutaxassis — 2**

Bosh mutaxassis — 1

Axborot texnologiyalari boʻyicha mutaxassis — 1

Buxgalteriya — 2

Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo hududiy komissiya masʼul kotibi — 3

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi

4-5*

Qurilish boʻlimi





0 — 3*

Uy-joy va kommunal xizmat boʻlimi




3-4*

Investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi



3-4*

Devonxona

Mudir — 1*

Bosh mutaxassis — 1

Moliya boʻlimi

Yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi

“Obodonlashtirish” boshqarmasi

Davlat sanitariya-epidemiologiya markazi

Madaniyat boʻlimi

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samara-dorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchi

Statistika boʻlimi

Maktabgacha taʼlim boʻlimi

Veterinariya boshqarmasi

Davlat soliq inspeksiyasi

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi



21 — 75

Xalq taʼlimi boʻlimi

Tibbiyot birlashmasi

Bandlikka koʻmaklashish

Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi

Oldingi tahrirga qarang.
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 38 — 58 nafar.
(izohning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
* Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni tumanlarning toifasidan kelib chiqqan holda belgilanadi
** Olmazor tumani hokimligiga tegishli
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshqaruv xodimlari soni — 3 — 5 nafar.
Har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchilari soni — 18 — 70 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qaroriga
8-ILOVA
Tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari xodimlarining
CHEKLANGAN SONI

Bir tuman (shahar)da mavjud mahallalar soni

Har bir tuman (shahar)da Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi xodimlari soni (birlikda)

20 tagacha

3

21 tadan 40 tagacha

4

41 tadan 70 tagacha

5

71 ta va undan ortiq

6

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2021-y., 07/21/31/1128-son; 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son; 03.12.2024-y., 07/24/413/0992-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)