Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini taʼminlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Jumladan, jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishidagi ishlarni “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan oʻzaro maqsadli hamkorligi yoʻlga qoʻyildi.
Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar masʼul davlat tuzilmalariga oʻz faoliyatini “Barcha saʼy-harakatlar inson qadri uchun” degan ustuvor gʻoya asosida yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6196-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, mamlakatimizda jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada rivojlantirish hamda ushbu sohadagi davlat siyosatining istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash maqsadida:
1. Jamoat xavfsizligini taʼminlashdagi ilgʻor xorijiy va milliy tajribalar asosida ishlab chiqilgan hamda aholini har qanday tahdidlardan kafolatli himoya qilishga qaratilgan:
Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
2022 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) 2-ilovaga muvofiq;
2022 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Konsepsiya, Strategiya va “Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan masʼuliyat jamoat xavfsizligini taʼminlovchi davlat organlarining shaxsan birinchi rahbarlariga yuklatilsin.
2. Konsepsiya va Strategiyani bosqichma-bosqich amalga oshirishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:
Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) — 2023 — 2025-yillarda har yili jamoat xavfsizligini taʼminlashning samarali tizimini joriy qilish boʻyicha aniq mexanizmlarni nazarda tutuvchi manzilli chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin hamda ijrosini qatʼiy nazoratga olsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi (V.V. Maxmudov) — har yarim yilda davlat organlari rahbarlarining “Yoʻl xaritasi” va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan manzilli chora-tadbirlar dasturlari ijrosi, shu jumladan mazkur dasturlarning hududlar kesimida amalga oshirilishi yuzasidan hisobotlarini eshitish va tanqidiy muhokama qilish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
3. Belgilansinki:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda hamda istirohat bogʻlari, xiyobonlar va bozorlarda jamoat tartibini saqlashni tashkil etish bevosita Milliy gvardiya boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi;
2022-2023-yillarda tuman ichki ishlar organlari tarkibidagi konvoy boʻlinmalari bosqichma-bosqich viloyat ichki ishlar organlarining bevosita boʻysunuviga oʻtkazilib, yagona boshqaruv tizimi asosida tumanlararo xizmat oʻtash tamoyiliga muvofiq qayta tashkil etiladi.
Milliy gvardiya (R.M. Joʻrayev):
Adliya vazirligi (R.Q. Davletov) bilan birgalikda bir oy muddatda jamoat tartibini saqlash sohasida sodir etiladigan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolati ichki ishlar organlari bilan bir qatorda Milliy gvardiyaga berilishi boʻyicha qonun loyihasini kiritsin;
bir oy muddatda hududlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda jamoat tartibini saqlash faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida 2022-yilda Namangan, Fargʻona, Andijon va Surxondaryo viloyatlaridagi, 2023-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi Milliy gvardiyaning harbiy qismlarida muddatli harbiy xizmatni kengaytirish boʻyicha asoslantirilgan takliflar kiritsin.
Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov, B.T. Abdullayev):
Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda hududlarning kriminogen vaziyati va aholi zichligidan kelib chiqqan holda tumanlararo patrul-post xizmati boʻlinmalarini tashkil etish meʼyorlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yil 1-martga qadar tasdiqlangan meʼyorlarga asosan mahalliy budjet hisobidan kamida bittadan tumanlararo patrul-post xizmati boʻlinmalarini tashkil etish choralarini koʻrsin;
2022-yil 1-mayga qadar budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan ichki ishlar organlari konvoy faoliyatiga konvoy ostidagi shaxslarni elektron brasletlar orqali nazorat qilish tizimini joriy etsin.
4. Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Jamoat xavfsizligi departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilansin:
ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi boʻlinmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish, kompleks tahlil qilish hamda ularga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish;
jamoat tartibini saqlash faoliyatini tashkil etish, jamoat joylarida aholining xavfsizligini taʼminlashda ichki ishlar organlari kuch va vositalarini samarali boshqarish choralarini koʻrish;
ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyatini taʼminlash, profilaktik hisob va maʼmuriy nazoratdagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish ishlarini tashkil etish;
voyaga yetmaganlar va yoshlar, ayniqsa ularning uyushmagan qismi bilan manzilli tarbiyaviy va profilaktik chora-tadbirlarni samarali tashkil etish orqali ular orasida huquqbuzarliklarning oldini olish;
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash faoliyatini tashkil etish, yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish, transport vositasini boshqarishga doir cheklovlarga rioya etilishini nazorat qilish;
ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni ijro etishni taʼminlash, probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini nazorat qilish, ijtimoiy moslashtirish va qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish ishlarini tashkil etish.
Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari B.T. Abdullayev zimmasiga jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha yangi joriy etilayotgan boshqaruv tizimini samarali yoʻlga qoʻyish hamda Departamentning asosiy vazifalari oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etish boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Departament Strategiya, “Yoʻl xaritasi” va Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan mamlakatda jamoat xavfsizligini taʼminlashga oid chora-tadbirlar dasturlarining amalga oshirilishi doirasida:
muntazam monitoring olib borib, belgilangan chora-tadbirlar sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha taklif va tavsiyalarni tegishli davlat organlariga kiritadi;
jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida erishilgan natijalar va aniq koʻrsatkichlar aks ettirilgan batafsil axborotni doimiy ravishda keng jamoatchilikka yetkazib boradi;
har chorakda umumlashtirilgan hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi hamda har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi muhokamasiga taqdim qiladi.
6. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
respublikada jamoat tartibini ommaviy buzish bilan bogʻliq holatlar yuzaga kelganda vakolatli idoralarning harakatlarini umumiy muvofiqlashtirish vazifasi Departament zimmasiga yuklatiladi hamda uning qoshida yagona idoralararo boshqaruv shtabi tashkil etiladi;
Departament boshligʻi ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladigan jamoat xavfsizligini taʼminlash tadbirlarining yagona muvofiqlashtiruvchisi hisoblanadi;
Departament va uning hududiy boʻlinmalari tarkibiga jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yoʻl harakati xavfsizligi va probatsiya xizmatlari kiritiladi.
Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov, B.T. Abdullayev):
vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ikki oy muddatda alohida sharoitlarda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha mavjud kuch va vositalarni tezkor va yagona idoralararo boshqarish tartibini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
ichki ishlar organlari profilaktika va probatsiya inspektorlari, patrul-post va yoʻl-patrul xizmati xodimlarining faoliyatini baholash tartibini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin va samaradorlik indikatorlarini oʻz ichiga oluvchi reyting tizimini joriy etsin.
7. Mahallada jamoat xavfsizligini samarali taʼminlash maqsadida ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar maqbullashtirilsin va ularning yagona roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
profilaktika inspektorlarini ularning vazifa va faoliyat yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlmagan tadbirlarga jalb qilish hamda faoliyatiga asossiz aralashish taqiqlanadi;
2024-yil 1-sentabrdan eʼtiboran Toshkent shahar ichki ishlar organlari, 2025-yil 1-sentabrdan boshlab qolgan hududiy ichki ishlar organlari profilaktika katta inspektori lavozimlariga faqat oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan xodimlar tayinlanadi;
profilaktika inspektorlari uchun Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi sirtqi taʼlimiga qabul qilinadigan xodimlar umumiy sonining kamida yigirma besh foizi miqdorida qabul kvotasi ajratiladi;
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, faoliyatida yuqori natijalarga erishgan Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar organlaridan ikkitadan, qolgan hududiy ichki ishlar organlaridan bittadan profilaktika inspektori Departament boshligʻi taqdimnomasiga asosan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining sirtqi taʼlimiga imtihonlarsiz qabul qilinadi hamda bepul oʻqitiladi.
Ichki ishlar vazirligi (B.T. Abdullayev, A.I. Ikramov) ikki oy muddatda profilaktika inspektorlarining hududda, xususan shahar va qishloq sharoitida faoliyat olib borishi boʻyicha aniq mexanizmlarni nazarda tutuvchi modellarni amaliyotga joriy etish choralarini koʻrsin va ular boʻyicha oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻysin.
8. Belgilansinki:
probatsiya inspektorlarining faoliyati hududiy profilaktika inspektorlari bilan kunlik uzluksiz hamkorlikda tashkil etiladi;
probatsiya inspektorlari zimmasiga profilaktik hisob va maʼmuriy nazoratdagilarning shaxsini oʻrganish va ularni ijtimoiy moslashtirish ishlarida profilaktika inspektorlariga amaliy-uslubiy koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha vazifalar yuklanadi.
9. Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligining probatsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha quyidagi takliflari maʼqullansin:
probatsiya nazoratidagi shaxslarga oʻrnatiladigan cheklovlar doirasini, cheklovlarga rioya etishni taʼminlash va nazorat qilishning mexanizmlarini aniq belgilash;
probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan yuritiladigan hujjatlarni toʻliq elektron shaklga oʻtkazish, ularga nisbatan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi va asoslarini belgilash;
probatsiya nazoratidagi shaxslarga ijtimoiy-psixologik yordam berish hamda kasb-hunar oʻrganish va ishga joylashishda koʻmaklashish tadbirlarini, mutasaddi organlarning vazifalarini aniq belgilagan holda, yakka tartibdagi ijtimoiy moslashtirish dasturi asosida amalga oshirish;
probatsiya nazoratidagi shaxslar ijtimoiy-psixologik portretining yagona shaklini, ularni toifalarga ajratish mezonlarini, yangi jinoyat sodir etishning oldini olish tartibini belgilash.
Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov), Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev) ikki oy muddatda mazkur Farmonni inobatga olgan holda ilgʻor xorijiy tajriba asosida “Probatsiya toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.
10. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov), Milliy gvardiya (R.M. Joʻrayev) ikki oy muddatda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning shaxsiy tarkib va uning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishga doir barcha qonun va qonunosti hujjatlarning normalarini yagona normativ-huquqiy hujjatda aks ettiruvchi hamda ijtimoiy himoya choralarini qoʻllashning aniq va toʻliq mexanizmlarini belgilovchi Hukumat qarorlari loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
12. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
ichki ishlar organlarining hududiy patrul-post xizmati tarkibida oʻz mablagʻlari hisobidan bosqichma-bosqich otliq otryadlarni tashkil etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul etib ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Milliy gvardiya qoʻmondoni R.M. Joʻrayev belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi B.D. Islamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-noyabr,
PF-27-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi
KONSEPSIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) milliy xavfsizlikning asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblangan jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini belgilovchi muhim hujjat hisoblanadi.
Konsepsiyada qoʻllanilgan asosiy tushunchalar:
jamoat xavfsizligi — jamiyatning qonunga xilof tajovuzlar, ijtimoiy va millatlararo nizolar, favqulodda vaziyatlar va boshqa tahdidlardan (keyingi oʻrinlarda — tahdidlar) himoyalanganlik holati boʻlib, u jamiyatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi hamda insonning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydi;
jamoat xavfsizligini taʼminlash — davlat tomonidan jamiyatni tahdidlardan himoya qilish uchun belgilanadigan hamda doimiy ravishda takomillashtirib boriladigan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa kompleks tashkiliy chora-tadbirlarni qamrab oluvchi yaxlit tizim.
2. Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi milliy manfaatlar:
jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni taʼminlash;
aholining huquqiy ongi va siyosiy-huquqiy madaniyatini, siyosiy hamda ijtimoiy faolligi, fuqarolik masʼuliyatini oshirish asosida mamlakatda huquqiy jamiyatni barpo etish va mustahkamlash;
huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurish, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini mustahkamlash, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish;
mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarining faol va bunyodkor rolini, jamiyat va davlatning oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish;
jamiyatda millatlararo va dinlararo munosabatlarni, diniy bagʻrikenglik madaniyatini, doʻstlik, oʻzaro hamkorlik va gumanizmni har tomonlama mustahkamlash;
dunyoda doimiy ravishda kechayotgan oʻzgarishlar va ular bilan bogʻliq real hamda ehtimoliy tahdidlar sharoitida jamiyatning oʻzligini (tili, madaniyati, ijtimoiy tuzilishi, milliy oʻziga xosligi va dinini), yaʼni oʻzini oʻzi saqlab qolish qobiliyati va salohiyatini mustahkamlash.
3. Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
jamoat xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shu jumladan keng qamrovli maqsadli dasturlarni qabul qilish va ularning ijrosini taʼminlash;
jamiyatning qonunga xilof tajovuzlardan himoya qilinishini taʼminlash, shu jumladan bunday tajovuzlarning barvaqt oldini olish, ularning asosiy omillarini aniqlash va bartaraf etish;
ijtimoiy va millatlararo nizolarning profilaktikasini amalga oshirish;
har qanday koʻrinishdagi terroristik va ekstremistik faoliyatni aniqlash va unga chek qoʻyish, korrupsiya, giyohvand va psixotrop moddalar, qurol, oʻq-dori, portlovchi moddalar, noqonuniy migratsiya va odam savdosi hamda inson huquq va erkinliklariga qarshi qaratilgan jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish;
ijtimoiy infratuzilmaning, shu jumladan turizm obyektlarining uzluksiz va xavfsiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
transport infratuzilmasini, transport vositalarining xavfsizlik standartlarini va yoʻl harakati qoidalarini takomillashtirish orqali yoʻl-transport hodisalari oqibatida yetkaziladigan zarar va oʻlim bilan bogʻliq holatlarning oldini olish;
jinoyat sodir etishga moyil, maʼmuriy va probatsiya nazoratiga olingan hamda yot boʻlgan gʻoyalar taʼsiriga tushib adashgan shaxslarning ijtimoiylashuvi, shu jumladan ularni kasb-hunarga oʻqitish va tadbirkorlikka keng jalb qilish orqali ushbu toifadagi fuqarolar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, fuqaro muhofazasi, yongʻin xavfsizligini taʼminlashda aholining koʻnikmalarini shakllantirish va doimiy takomillashtirib borish;
voyaga yetmaganlar va yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, terrorizm, ekstremizm, zoʻravonlik va shafqatsizlik gʻoyalaridan himoyalashga yoʻnaltirilgan ishlarni amalga oshirish orqali ular orasida huquqbuzarliklarning oldini olish;
jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlarini keng joriy etish;
jamoat xavfsizligini taʼminlashga jalb qilinadigan vakolatli davlat organlari kuch va vositalarining doimiy tayyorligini taʼminlash, tezkorligini oshirish, moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash, shuningdek, ularning shaxsiy tarkibini huquqiy va ijtimoiy himoyalash darajasini oshirish.
4. Jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyati quyidagi asosiy tamoyillarga tayangan holda amalga oshiriladi:
qonuniylik;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish hamda ularni hurmat qilish;
ochiqlik va shaffoflik;
jamoat xavfsizligiga tajovuz qiluvchi tahdidlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarining ustuvorligi;
jamoat xavfsizligini taʼminlashda barcha vakolatli tuzilmalarning harakatlari izchilligi va birdamligi.
5. Jamoat xavfsizligini taʼminlash davlat idoralari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolar hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Jamoat xavfsizligini taʼminlashga jalb qilinuvchi kuch va vositalarning harakatlari oʻzaro izchillik va birlikka asoslanadi hamda bu boradagi faoliyatda sansalorlik va ziddiyatlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
2-bob. Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish
6. Jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimi jamoat xavfsizligini taʼminlovchi va unda ishtirok etuvchi subyektlardan iborat.
Jamoat xavfsizligini taʼminlovchi subyektlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan iborat.
Boshqa davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolar jamoat xavfsizligini taʼminlashda ishtirok etuvchi subyektlarga kiradi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
jamoat xavfsizligini taʼminlash, jumladan huquqbuzarlik, ijtimoiy va millatlararo nizolarning oldini olishga qaratilgan kompleks maqsadli davlat dasturlari ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
jamoat xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha barcha davlat organlari va tashkilotlari, jamoat birlashmalari, xalqaro tashkilotlar hamda fuqarolar bilan samarali hamkorligini taʼminlaydi;
jamoat xavfsizligini bevosita taʼminlovchi subyektlarning moddiy-texnik taʼminotini, shuningdek, ularni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
jamoat xavfsizligini taʼminlashda faol ishtirok etgan nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolarni ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan maqsadli idoraviy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
jamoat tartibini saqlash, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilik, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
jamoat joylarida, shu jumladan yoʻllarda, transport va turizm infratuzilmasi obyektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlashga jalb etilgan barcha kuch va vositalar faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda tashkiliy-uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi;
fuqaroviy hamda xizmat quroli va uning oʻq-dorilari muomalada boʻlishi sohasiga doir qoidalar va tartibga, ushbu sohadagi litsenziya va ruxsat berishga oid talablar hamda shartlarga rioya etilishini taʼminlaydi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil shaxslarni aniqlaydi;
jamoat joylarida sodir etiladigan huquqbuzarlik va jinoyatlarning kompleks, tizimli tahlilini olib boradi, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanish yuzasidan takliflar, koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar va tavsiyalar kiritadi;
jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi ommaviy tartibsizliklarga chek qoʻyish boʻyicha tadbirlar yuzasidan umumiy boshqaruv tizimini taʼminlaydi;
jamoat xavfsizligini taʼminlash holati haqida keng jamoatchilikni muntazam xabardor qilib boradi, bu borada jamoatchilik fikrini oʻrganadi;
Oldingi tahrirga qarang.
jamoat xavfsizligini taʼminlash va kriminologiya sohasida ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshiradi.
(8-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi PF-10-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 06/24/10/0031-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:
jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan maqsadli idoraviy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi ommaviy tartibsizliklarga chek qoʻyish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi;
oʻziga biriktirilgan jamoat joylarida, shu jumladan Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlaridagi ommaviy tadbirlarda, istirohat bogʻlari, xiyobonlar va bozorlarda jamoat tartibini saqlashni tashkil etadi;
vakolati doirasida favqulodda vaziyatlarda va favqulodda holat eʼlon qilingan hududlarda jamoat xavfsizligini taʼminlaydi;
terrorchilikka qarshi operatsiyalarni oʻtkazishda vakolatli davlat idoralari bilan hamkorlikda ishtirok etadi;
davlat obyektlarini, oʻta muhim, toifalangan obyektlarni hamda boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qoʻriqlaydi;
qoʻriqlash faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshiradi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yongʻin xavfsizligi, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshirishda ishtirok etadi;
favqulodda vaziyatlar va yongʻinlar yuzaga kelishining oldini olish hamda profilaktika tadbirlarini tashkil etish choralarini koʻradi;
aholi hayotiga, sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga xavf-xatar tugʻilganda kompleks yordam koʻrsatish, favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir boʻlganda ular toʻgʻrisida aholini oʻz vaqtida ogohlantirish va xabardor qilishni tashkillashtiradi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini boshqaradi, shuningdek, fuqaro muhofazasi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini tashkil etadi;
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yongʻin xavfsizligini taʼminlash sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyatini, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy, oziq-ovqat, tibbiy va moddiy-texnik resurslarning davlat zaxira fondlarini shakllantirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish va ularning samarali hamkorligini tashkil etish choralarini koʻradi;
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yongʻin xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot obyektlari faoliyatining barqarorligini oshirish sohasidagi ilmiy-texnik va innovatsion siyosat olib borishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi va maqsadli ilmiy-texnik dasturlarni tasdiqlaydi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati:
terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarogʻ, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashadi;
jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, etnik va diniy adovatni targʻib etishga qaratilgan buzgʻunchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish choralarini koʻradi;
davlat chegarasida, jumladan chegara oldi zonasi va chegara oldi mintaqasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini oladi, ularga imkon beruvchi omillarni aniqlaydi va bartaraf etish choralarini koʻradi;
terrorchilikka qarshi operatsiya hududlarida jamoat xavfsizligini taʼminlashga jalb etilgan kuch va vositalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, nazorat qiladi hamda tashkiliy-uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi;
davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida va qonunchilikda belgilangan boshqa joylarda jamoat xavfsizligini taʼminlaydi;
jamoat xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan shaxslar, muomalada boʻlishi cheklangan yoki taqiqlangan ashyolar hamda moddalarning davlat chegarasidan noqonuniy olib oʻtilishining oldini oladi, aniqlaydi va ularga barham berish choralarini koʻradi;
davlat va jamiyatga, jumladan jamoat xavfsizligiga terrorchilik, qoʻporuvchilik va buzgʻunchilik orqali tahdid soluvchi, milliy, etnik, diniy adovatni targʻib etishga qaratilgan salbiy harakatlar haqida tezkor maʼlumotlarni toʻplaydi, tahlil qiladi va bunday harakatlarning oldini olish hamda bartaraf etish choralarini koʻradi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
jamoat xavfsizligini taʼminlashga vakolatli davlat organlarining qonunlarni aniq va bir xilda bajarishlari ustidan prokuror nazoratini amalga oshiradi hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan profilaktik va maxsus chora-tadbirlarning samaradorligini oʻrganadi hamda vakolatli davlat organlarining qoʻshma yigʻilishlarida muhokama qiladi;
jamoat xavfsizligi sohasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarning kelib chiqish omillari, sabablari va shart-sharoitlari yuzasidan tizimli va ilmiy tahlillarni amalga oshiradi, ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkillashtiradi;
jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar yuzasidan prokuror nazorati hujjatlarini qoʻllaydi va ularning bartaraf etilishini taʼminlaydi;
jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va mavjud vositalarni yagona axborot platformasiga integratsiya qilishda tegishli davlat organlari bilan hamkorlik qiladi;
fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, huquqbuzarliklarga murosasizlik hissini shakllantirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarashga qaratilgan huquqiy targʻibot ishlarini boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda olib boradi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi:
jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining toʻlaqonli va samarali joriy etilishini tashkil etadi;
oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
vakolati doirasida mahallalarda jamoat xavfsizligini taʼminlash, shu jumladan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarda qonunga hurmat va itoat hissini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
oila institutini mustahkamlash boʻyicha, eng avvalo, “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat” gʻoyasini hayotga tatbiq etishga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatini yuritadi, notinch va muammoli oilalarga manzilli koʻmak berilishini tashkil etadi;
xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga oid davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini taʼminlaydi, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshiradi, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlaydi;
mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarida ichki ishlar organlari, boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining oʻzaro hamkorligini mustahkamlaydi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
shahar va hududiy infratuzilma boshqaruvining zamonaviy intellektual tizimlari joriy qilinishi va rivojlanishi bilan bogʻliq masalalar, jumladan uy-joy kommunal xizmatlarini koʻrsatish, transport logistikasi, shoshilinch xizmatlar, ularni integratsiyalash hamda “Aqlli shahar” va “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksiga birlashtirish boʻyicha ishlarni olib boradi;
“Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish va yanada rivojlantirish boʻyicha tegishli hujjatlarni ishlab chiqadi, yagona texnologik yondashuvni taʼminlaydi va yagona talablar, meʼyorlar hamda mezonlarni belgilaydi, kompleksni “Elektron hukumat” tizimi hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiyalash choralarini koʻradi;
jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish boʻyicha kadrlarni tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
aholining sanitariya-epidemiologik xavfsizligini taʼminlashga doir davlat siyosatini amalga oshirishda koʻmaklashadi, mazkur yoʻnalishda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
jamoat joylarida aholi sogʻligʻini saqlashni taʼminlash, aholini sogʻlom turmush tarziga undash, fuqarolarda oʻzi va boshqa odamlar salomatligi uchun javobgarlik hissini tarbiyalash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
oʻtkir alkogolli mastlik holatida jamoat joylarida boʻlgan, mustaqil harakat qilish yoki adashmay yoʻl topish qobiliyatini yoʻqotgan hamda oʻzining harakatlari bilan jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan shaxslarga mastlik holatini bartaraf etish maqsadida tibbiy yordam koʻrsatish choralarini amalga oshiradi;
alkogolizm, giyohvandlik, toksik moddalarni isteʼmol qilish, oʻzgalarga xavf tugʻdiradigan boshqa kasalliklarga chalingan shaxslar, shuningdek, ruhiy kasallarni tibbiy ijtimoiy reabilitatsiya qilish ishlarini amalga oshiradi;
ijtimoiy xavfli kasalliklarga chalingan, alohida toifalardagi shaxslar uchun belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga hamda jamoat joylarida boʻlish uchun cheklovlarga rioya etilishini nazorat qiladi.
16. Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
yongʻin xavfsizligini taʼminlash tizimlari, shoshilinch tibbiy yordam xizmatlari, jamoat joylaridagi kommunikatsiya, muhandislik-texnik vositalar hamda boshqa tizimlarga qoʻyiladigan yagona huquqiy talablarga rioya etish chora-tadbirlarini nazorat qiladi va amalga oshiradi;
tegishli hududdagi jamoat joylarida qurilish normalariga, texnik ekspluatatsiya qoidalariga, kommunikatsiya, ekologiya, sanitariya, epidemiologiya standartlari va talablariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
yoʻl harakatini tartibga solish va mavjud transport infratuzilmasidan oqilona foydalanish choralarini koʻradi;
jamoat xavfsizligini bevosita taʼminlovchi subyektlarni moddiy-texnik taʼminlash, ularning xodimlarini ijtimoiy himoya qilish darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
17. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari jamoat xavfsizligini taʼminlashga doir davlat dasturlarini, hududiy va idoraviy dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi, shuningdek, jamoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
18. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolar jamoat xavfsizligini bevosita taʼminlovchi subyektlarga koʻmaklashish hamda zarur yordamni koʻrsatish yoʻli bilan jamoat xavfsizligini taʼminlashda ishtirok etishi mumkin.
3-bob. Konsepsiyani amalga oshirish mexanizmlari
19. Konsepsiyani amalga oshirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish;
jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan maqsadli va manzilli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan idoralararo amaliy oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish;
jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimida malakali kadrlarni tayyorlash, ularni joy-joyiga qoʻyish, tizimli malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
jamoat xavfsizligiga xatarlarning holati va darajalarini belgilovchi mezonlarni va asosiy koʻrsatkichlarni ishlab chiqish hamda joriy etish;
jamoat xavfsizligini taʼminlash holatining joriy va istiqboldagi rivojlanishini prognoz qilish, mavjud va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tahdidlarni belgilash, ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
jamoat xavfsizligiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshirish, ularni sodir etgan shaxslarning belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishini taʼminlash;
jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha vakolatli davlat organlari va jamoat tuzilmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish va tezkor boshqarishning yagona markazlashgan tizimini joriy etish;
jamoat xavfsizligini taʼminlashda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish;
jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va uni tatbiq etish choralarini koʻrish, sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
20. Jamoat xavfsizligini taʼminlashga tahdidlar, ularning holati va rivojlanish tendensiyalari, jamoat xavfsizligining taʼminlanganligi holati belgilangan koʻrsatkichlar asosida baholanadi.
21. Jamoat xavfsizligi manzilli va maqsadli dasturlar, jamoat xavfsizligi tizimini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va ularni tizimli amalga oshirish orqali taʼminlanadi.
4-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
22. Konsepsiyani amalga oshirish natijasida quyidagilarga erishiladi:
jamoat xavfsizligini taʼminlashga doir qonunchilik yanada takomillashtiriladi, mavjud huquqiy boʻshliq va ziddiyatlar bartaraf etiladi, milliy xususiyatlar va sharoitlar eʼtiborga olingan holda xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajriba tatbiq etiladi;
jamiyatda tinchlik va osoyishtalikning taʼminlanganlik darajasi oshiriladi, qonun ustuvorligi mustahkamlanadi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish samaradorligi oshadi;
jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatining shaffofligi va oshkoraligi taʼminlanadi, sohada jamoatchilik bilan uzviy hamkorlik darajasi oshadi;
jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatiga ishni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullari hamda ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etiladi.
23. Konsepsiyani amalga oshirishning pirovard natijasi jamoat xavfsizligini, aholining tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashning sifat jihatidan yangi tizimini samarali tatbiq etish, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlashning ishonchli va samarali mexanizmlarini joriy etish hisoblanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
24. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslari oʻz xizmat majburiyatlari yuzasidan jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida zarur chora-tadbirlar belgilanishi hamda ularning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlamaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoniga
2-ILOVA
2022 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish
STRATEGIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Huquq-tartibotni yanada mustahkamlash va jinoyatchilikning yangi koʻrinishlariga qarshi kurashish zarurati mamlakatimizda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni belgilab olishni talab etadi.
2. 2022 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya)ning maqsadi mamlakatda jamoat xavfsizligini taʼminlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha huquqiy, uslubiy, ilmiy, tashkiliy choralarni ishlab chiqish va samarali amalga oshirishdan iborat.
3. Strategiyaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, tizimlashtirish hamda mavjud huquqiy boʻshliq va ziddiyatlarni bartaraf etish;
jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va probatsiya faoliyatini uygʻunlashtirish;
jamoat tartibini saqlash, shu jumladan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga jalb qilinadigan vazirlik va idoralar kuch va vositalarining birgalikdagi harakatlanish algoritmini ishlab chiqish va uni doimiy takomillashtirib borish;
jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatiga zamonaviy shakl va ish usullarini hamda ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish;
jamoat xavfsizligi tizimini raqamlashtirishni 90 foizga yetkazish orqali xizmat faoliyatida inson omilini minimallashtirish;
profilaktik hisob, maʼmuriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini keskin kamaytirish.
4. Strategiyada belgilangan chora-tadbirlarni Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasiga asoslangan holda 2025-yil yakuniga qadar toʻliq amalga oshirish nazarda tutilgan.
5. Strategiyada belgilangan chora-tadbirlarning samarali bajarilishini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri shaxsan masʼul hisoblanadi.
6. Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Strategiyada belgilangan vazifalarning sifatli ijro etilishini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya va boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili qoʻshma dastur va “yoʻl xarita”larini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi va ularning ijrosini muvofiqlashtiradi.
2-bob. Jamoat xavfsizligini taʼminlashning huquqiy asoslarini rivojlantirish
7. Jamoat xavfsizligi sohasida yagona qonun hujjati loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish orqali jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va probatsiya sohasidagi munosabatlar va vakolatlarni tartibga soluvchi 200 dan ortiq normativ-huquqiy va idoraviy normativ hujjatlar normalari va qoidalarini birlashtirish.
8. Jamoat xavfsizligiga xavflarning holati va darajalarini belgilovchi mezonlarni va asosiy koʻrsatkichlarni (indikatorlarni) ishlab chiqish hamda joriy etish.
9. Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish, davlat organlari hamda servis-xizmat koʻrsatish subyektlarining mazkur yoʻnalishdagi vazifa va funksiyalarini belgilovchi yagona qonun hujjati loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish.
10. Profilaktik hisob, maʼmuriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslarga oʻrnatiladigan cheklovlar, shuningdek, ularning zimmasiga yuklanadigan majburiyatlar doirasini va ularga rioya etilishini taʼminlash mexanizmlarini aniq belgilash.
11. Ilgʻor xorijiy tajribaga tayangan holda yoʻl harakatini tashkil etishda vakolatli davlat organlari va jamoat tuzilmalarining faoliyatini va oʻzaro hamkorligini “Ravon yoʻl” tamoyili asosida tashkil etish, muvofiqlashtirish hamda ularning vakolatlari doirasini aniq belgilashni nazarda tutgan holda, ushbu sohadagi munosabatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qonun normalari bilan tartibga solish, “Yoʻl — piyoda uchun” tamoyilini keng joriy etish.
12. Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini muntazam ravishda qasddan buzuvchilarga, ogʻir oqibatlarga olib kelgan yoʻl-transport hodisalarini sodir etganlarga nisbatan javobgarlik choralarini kuchaytirish, shu jumladan ilgʻor xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda, transport vositasini boshqarish huquqidan uzoq muddatga mahrum qilish tarzidagi jinoiy-huquqiy taʼsir chorasini joriy qilish.
13. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalarini tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish.
14. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish.
15. Jamoat xavfsizligini taʼminlashga vakolatli boʻlgan davlat organlari xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunmaslik hamda faol qarshilik koʻrsatish harakatlarining oldini olish tartib va mexanizmlarni belgilash.
16. Majburiy jamoat ishlari jazosini qoʻllashga doir normalarni, ushbu jazoni ijro etish mexanizmlarini takomillashtirish.
17. Axloq tuzatish ishlari jazosini band boʻlmagan shaxslarga tayinlash amaliyotiga doir muammoni bartaraf etish.
18. Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan shaxslarning jazosini ogʻirroq jazoga almashtirish tartiblarni takomillashtirish.
19. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markaziga joylashtirishda shaxsni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni va unga nisbatan protsessual harakatlarni markazning oʻzida amalga oshirish tartibini joriy etish.
20. Qurol aylanmasi ustidan nazoratni kuchaytirish, qurol egalarini tibbiy cheklovlar boʻyicha davriy ravishda tekshirish boʻyicha aniq tartibni belgilash, oʻqotar ov quroliga egalik qilish mezonlarini qayta koʻrib chiqish.
21. Jamoat xavfsizligini taʼminlashda respublika ovchilik jamiyatlarining rolini oshirish va masʼuliyatini kuchaytirish.
22. Piyodalarni yoʻl harakati qoidalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish.
23. Qoniqarsiz holati yoʻl-transport hodisasiga, ayniqsa, oʻlimga olib kelgan yoʻl yoki muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari tasarrufida boʻlgan tashkilotlar yoki organ rahbarlaridan moddiy zararni undirish tartibini joriy etish hamda ularning javobgarligini belgilash.
24. Transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etiladigan “yoʻlda bezorilik” holatlari bilan ifodalanadigan xatti-harakatlar uchun maʼmuriy javobgarlikni joriy etish.
3-bob. Jamoat xavfsizligini taʼminlashning uslubiy asoslarini rivojlantirish
25. Mahalla huquq-tartibot maskanining namunaviy loyihasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
26. Respublika boʻyicha mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyatini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyish.
27. Jamoat xavfsizligini taʼminlash, guruhiy qonunbuzarliklar va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish boʻyicha 14 ta (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar) “Hudud metodikasi”ni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.
28. Jamoat xavfsizligini taʼminlashda huquq-tartibot idoralarining kuch va vositalarini boshqarishning yagona markazlashgan tizimini tashkil etish.
29. Tuman (shahar) ichki ishlar organlari tarkibidagi konvoy boʻlinmalarini bosqichma-bosqich viloyat ichki ishlar organlarining bevosita boʻysunuviga oʻtkazish hamda yagona boshqaruv tizimi asosida tumanlararo xizmat oʻtash tamoyiliga muvofiq qayta tashkil etish.
30. Ichki ishlar organlari tarkibida tumanlararo patrul-post xizmati boʻlinmalarini tashkil etish.
31. Xizmat vazifalarini bajarishda qulayliklar yaratishni va iqlim xususiyatlarini hisobga olgan holda, jamoat xavfsizligini taʼminlashga jalb qilingan huquq-tartibot organlari xodimlari uchun yangi formali kiyim-bosh namunasini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda ularni sifatli va mos oʻlchamdagi formali kiyim-bosh bilan taʼminlash.
32. Jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarliklarning mast holatda sodir etilganligini, shuningdek, alkogolli ichimliklar isteʼmol qilmaslik cheklovi oʻrnatilgan shaxsni ushbu cheklovga rioya etmaganligini aniqlash va tasdiqlash tartibini ishlab chiqish.
33. Alkogolli ichimlikka ruju qoʻygan, giyohvand, zaxarvand, tajovuzkor ruhiy kasal shaxslarni majburiy davolash boʻyicha namunaviy dastur ishlab chiqish.
34. Ekstremistik va yot gʻoyalar taʼsiriga tushgan shaxslar bilan ishlash va ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish boʻyicha namunaviy metodikani ishlab chiqish.
35. Internet tarmogʻida jamoat xavfsizligi uchun xavf tugʻdiradigan tahdidlarni oʻz vaqtida aniqlash, oldini olish va bartaraf etish boʻyicha kompleks tashkiliy-metodik asoslar va harakatlar mexanizmlarini yaratish.
36. Guruhiy qonunbuzarliklar va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish vaqtida Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari tomonidan foydalaniladigan maxsus texnik vositalarni, shuningdek, tezkor axborot almashish, quyi tizimdagi boʻlinmalarni oqilona boshqarish va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish.
37. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlarida bajariladigan dissertatsion tadqiqotlar mavzularini shakllantirishda jamoat xavfsizligini taʼminlash amaliyotidagi dolzarb muammolarning yechimlariga yoʻnaltirilgan masalalarga ustuvor ahamiyat qaratish boʻyicha taʼsirchan mexanizmlarni yoʻlga qoʻyish.
38. Profilaktik hisob, maʼmuriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslarning oʻrnatilgan cheklovlarga rioya etishini va ularning zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishini taʼminlash, tekshirish va nazorat qilish, shuningdek, ushbu shaxslarga tarbiyaviy va huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash hamda ularni ijtimoiy moslashtirish boʻyicha “Harakatlar protokoli”ni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.
39. Davlat-xususiy sheriklik va autsorsing mexanizmlarini yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimiga va yoʻl infratuzilmasini takomillashtirish jarayoniga joriy etish.
40. Tranzit va davlat ichki transport oqimi uchun maqbul shart-sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan xalqaro avtomobil yoʻllari infratuzilmasini takomillashtirish.
4-bob. Jamoat xavfsizligini taʼminlashning ilmiy asoslarini rivojlantirish
Oldingi tahrirga qarang.
41. Jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatining tarkibiy qismlarini ifodalovchi masalalarni chuqur ilmiy oʻrganish asosida Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya taʼlim muassasalari oʻquv jarayonida “Jamoat xavfsizligi asoslari” fanini joriy etish, shu jumladan “Jamoat xavfsizligi asoslari” darsligini tayyorlash, shuningdek, respublika taʼlim muassasalarida kriminologiya fani oʻqitilishini rivojlantirish.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi PF-10-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 06/24/10/0031-son)
42. Profilaktika inspektorlarining maʼmuriy hududda ish faoliyatini olib borishi boʻyicha toʻliq mexanizmlarni nazarda tutuvchi “shahar inspektori” va “qishloq inspektori” modellarini yaratish, joriy etish va ular boʻyicha oʻqitishni tashkil etish.
43. “Jamoat xavfsizligi asoslari” fani predmetiga kiradigan sohalarni yagona ilm sohasiga birlashtirgan holda, “Jamoat xavfsizligini taʼminlash” ixtisosligini kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
44. Jamoat xavfsizligi muammolarini oʻrganish, ilmiy tadqiq qilish borasida Jamoat xavfsizligi universitetini tayanch metodik bazaga aylantirish.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi PF-10-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 06/24/10/0031-son)
45. Sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning asl omillarini “ilmiy diagnoz” asosida aniqlash va “ilmiy diagnoz xulosasi” bilan “E-jamoat havfsizligi” axborot tizimi orqali rasmiylashtirish tartibini joriy qilish.
46. Sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning asl omillarini bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarni ilmiy baholash asosida tahlil qilish va “ilmiy baholash xulosasi”ni rasmiylashtirish tartibini joriy qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
47. Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti va Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi va Fanlar Akademiyasi bilan birgalikda jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi muammolarni hal qilish yoʻnalishida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar shakllantirilishi va amalga oshirilishini taʼminlash.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi PF-10-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 06/24/10/0031-son)
48. Davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarini Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi negizida jamoat xavfsizligi asoslari boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitish.
5-bob. Jamoat xavfsizligini taʼminlashning tashkiliy asoslarini rivojlantirish
49. Har beshta mahalla uchun bitta mahalla huquq-tartibot maskanini namunaviy loyiha asosida tashkil etish.
50. “Jinoyat oʻchoqlari” hisoblangan hududlarda tungi vaqtda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya boʻlinmalarining harbiy xizmatchilari va xodimlaridan iborat avtopatrul, otliq va piyoda patrullarning uzluksiz faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ularning vakolat doirasini belgilash va funksional majburiyatlarini tasdiqlash.
51. Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlaridagi ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlarda, istirohat bogʻlari, xiyobonlar va bozorlarda Milliy gvardiya boʻlinmalari tomonidan jamoat tartibini saqlash boʻyicha faoliyat olib borishning batafsil va aniq huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish.
52. Ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari va Internet tarmogʻidan foydalangan holda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, shuningdek, jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha vakolatli davlat organlari xodimlarini obroʻsizlantirish holatlarining oldini olish va ularga barham berishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.
53. Ichki ishlar organlarining axloqqa qarshi huquqbuzarliklar bilan kurashish faoliyatini, shu jumladan, tashkiliy-tuzilmaviy asoslarini yaratgan holda takomillashtirish.
54. Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini huquqiy tartibga solishni, shu jumladan ularning yoshlar tomonidan notibbiy maqsadlarda isteʼmol qilinishi holatlarining oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish.
55. Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari jamoat tartibini saqlashga masʼul boʻlinmalarining huquqbuzarliklarni aniqlash va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash vakolatini kengaytirish.
56. Mahalla huquq-tartibot maskanlarida ichki ishlar organlari, boshqa huquq-tartibot organlari va jamoat tuzilmalarining mahallalar kesimida birgalikda ishlash mexanizmlarini belgilash.
57. Jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha vakolatli davlat organlari xodimlarining ijtimoiy-huquqiy himoyasiga doir imtiyozlardan foydalanishida inson omilini cheklaydigan avtomatlashtirilgan tizimni joriy qilish.
58. Hududiy ichki ishlar organlarining maʼmuriy binolarini qoʻriqlashni Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmati tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishi tizimini joriy etish.
59. Hududiy ichki ishlar organlari patrul-post xizmati boʻlinmalari tarkibida bosqichma-bosqich otliq otryadlarni tashkil etish.
60. Ota-onasi nazoratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan voyaga yetmaganlar bilan ishlashning yangicha tizimini yaratish.
61. Transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutgan holda, respublika va mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar tizimini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
62. Transport va piyodalarning harakatni toʻxtatishi va boshlashi toʻgʻrisida ogohlantirishning zamonaviy signal beruvchi tizimlarini joriy etish, piyodalar uchun yangi turdagi oʻtish joylarini tashkil etish.
63. Yoʻl infratuzilmasini kompleks takomillashtirish, yoʻllar sifatini yaxshilash, transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun ishonchli sharoitlar yaratish hisobidan yoʻl-transport hodisalari sodir etilishini minimal darajaga keltirish.
64. Yoʻl qurilishi sohasiga oid normativ hujjatlarga (SHNQ, Davlat standarti va boshq.) zamon talablaridan kelib chiqib tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.
65. Jamoat va maxsus transport uchun alohida harakatlanish yoʻl polosasi va zamonaviy velosiped yoʻlkalari tashkil etish.
66. Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligining jamoat xavfsizligini, shu jumladan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash faoliyatini amalga oshiruvchi boʻlinmalarini zamonaviy maxsus texnika vositalari bilan taʼminlash.
6-bob. Jamoat xavfsizligini taʼminlashning shakl va usullarini rivojlantirish
67. Sodir etilgan jinoyatlarning asl omillarini aniqlash va bartaraf etishda huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning vakolat doirasini aniq belgilash.
68. Bozorlar atrofidagi tirbandliklarni bartaraf etish va fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida va transport vositalari sonini hisobga olgan holda, yirik bozorlar atrofida ushbu bozorlarning daromadlari hisobidan koʻp qavatli yoki yer osti avtoturargohlari qurilishini tashkil etish.
69. Shahar va tumanlarning aholi gavjum joylarida piyodalar yoʻlakchalariga piyodalar boshqaradigan svetoforlarni oʻrnatish.
70. “Yoʻl harakati intizomi bolalikdan boshlanadi” shiori ostida umumtaʼlim muassasalarida “Yoʻl harakati qoidalari” boʻyicha oʻquv tadbirlarini tashkil etish.
71. Umumtaʼlim muassasalarida “Harakat xavfsizligi sinfxonalari”ni, mahallalarda “Yoʻl harakatini oʻrgatish maydonchalari”ni tashkil etish.
72. Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga yoʻl harakati xavfsizligi asoslarini oʻqitish tizimini joriy etib, yoʻllarda, chorrahalarda va piyodalar oʻtish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy hamda koʻrgazmali tarzda oʻrgatishni yoʻlga qoʻyish.
73. Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati maʼmuriy amaliyot boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirish, ularning lavozimlarini ofitserlik tarkibiga oʻtkazish hamda birinchi navbatda oliy yuridik maʼlumotli xodimlar bilan butlash tartibini joriy etish.
74. Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari hamda “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish.
75. Fuqarolar orasidan favqulodda vaziyatlarda jalb etiladigan Milliy gvardiyaning safarbarlik zaxiralarini yaratish tizimini joriy etish.
76. Ichki ishlar organlari, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda boshqa mutasaddi organlarning mahallalar kesimida uyushmagan yoshlar bilan ishlashini tashkil etish boʻyicha oʻzaro bogʻlangan toʻliq mexanizmlarni joriy etish.
77. “Ijtimoiy profilaktika”, “probatsion profilaktika”, “tergov profilaktikasi”, “sud profilaktikasi”ni huquqbuzarliklar profilaktikasi turlari sifatida joriy etish va ularni qoʻllashning aniq mexanizmlarini belgilash.
78. Mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish, notinch oilalar hamda oilaviy zoʻravonlik qurbonlari bilan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini yangicha yondashuv — “Xavfsiz xonadon” va “Xavfsiz hovli” tizimi asosida amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish.
79. Maʼmuriy nazorat va profilaktik hisob institutlari negizida profilaktik nazorat institutini joriy qilish.
80. Davlat yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmalarining asosiy faoliyatini fuqarolarga koʻmak berishga yoʻnaltirish, jumladan yoʻllarda inspektorlarning patrul xizmatini faqat avto- va mototransport vositalarida olib borishi tartibini joriy etish.
81. Favqulodda vaziyatlarda va alohida sharoitlarda vakolatli davlat organlari va jamoat tuzilmalari huquq-tartibotni taʼminlash boʻyicha kuch va vositalarining tezkor va yagona idoralararo boshqaruvini tashkil etish tartibini takomillashtirish.
82. Aholiga ehtimoliy yoki sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar hamda yongʻinlar toʻgʻrisida xabar berish va maʼlumot yetkazish tizimini yanada takomillashtirish.
83. Koʻp qavatli binolarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash va yongʻin oʻchirish boʻyicha samarali tizimni joriy etish.
84. Tungi vaqtlarda aholi yashash punktlarining yoritilishi va video kuzatuv qamrovini kengaytirish.
85. Jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan kuch va vositalarni markazlashgan tarzda boshqarish tartibini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti huzurida yagona muvofiqlashtirilgan idoralararo boshqaruv tizimini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga soluvchi aniq va batafsil huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish.
86. Jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha vakolatli davlat organlari harbiy xizmatchi va xodimlarini sugʻurtalash institutini takomillashtirish.
87. “Jamoat xavfsizligi fidoyisi” idoralararo koʻkrak nishonini taʼsis etish.
88. Profilaktik hisob, maʼmuriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan yakka tartibdagi suhbatlarni maxsus “suhbat xonasi”da oʻtkazish tartibini joriy qilish.
89. Ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi boʻlinmalari xodimlari xizmat faoliyatida skuter vositasidan foydalanish amaliyotini sinovdan oʻtkazish.
90. Ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari huzurida yoshlar orasidan “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlarini tashkil etish, ularni jamoat xavfsizligi tizimiga jalb etish hamda guruh aʼzolariga huquq-tartibot idoralarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda tegishli imtiyozlarni berish.
7-bob. Jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatini raqamlashtirish
91. Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida qogʻoz shaklidagi ish yuritishni maksimal darajada qisqartirib, faqat elektron shaklda yuritiladigan hujjatlar ulushini 90 foizga yetkazish.
92. Milliy gvardiya va ichki ishlar organlaridan jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan boʻlinmalarning axborot tizimlari (probatsiyaning markazlashgan elektron tizimi, yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining yagona avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimi) bazasida “E-jamoat havfsizligi” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga toʻliq tatbiq etish.
93. Jamoat tartibini buzgan, qayta jinoyat sodir etgan shaxslarning yagona elektron roʻyxatini yuritish va axborot tizimi orqali davriy monitoring qilib borish tartibini yoʻlga qoʻyish.
94. Fuqarolarning maʼmuriy huquqbuzarliklar masalalari boʻyicha ortiqcha ovora boʻlishining oldini olish, soha xodimlarining vaqtini tejash, oʻz vaqtida va tezkorlik bilan jazo muqarrarligini taʼminlash maqsadida maʼmuriy ish yurituvni toʻliq elektron shaklga oʻtkazish.
95. Profilaktik hisob, maʼmuriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslarning jamoat xavfsizligi xizmatiga kelib roʻyxatdan oʻtishini taʼminlashda barmoq izini tanib olish tizimidan foydalanish amaliyotini joriy etish.
96. Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etgan holda “Ravon va xavfsiz yoʻl” konsepsiyasi asosida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
97. Ichki ishlar organlari konvoy boʻlinmalari faoliyatiga konvoy ostidagi shaxslarni elektron brasletlar orqali nazorat qilish tizimini joriy etish.
98. Probatsiya nazoratidagi shaxslarning yashash, ish va oʻqish joyida ekanligini tekshirish maqsadida GPS texnologiyali qurilmalarni amaliyotga joriy etish.
99. Jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqish va takomillashtirish.
100. Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, tirbandliklarni masofadan turib bartaraf etish maqsadida yoʻllardagi barcha svetoforlarning axborot boshqaruvi tizimiga ulanishini taʼminlash, sohaga intellektual tizimlarni joriy etish.
101. Milliy gvardiyaning umumiy rahbarligi ostida ichki ishlar organlari va boshqa mutasaddi davlat organlari xodimlarining maxsus tayyorgarlik darajasini oshirish, alohida sharoitlarda birgalikda harakat qilishiga doir amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha oʻquv mashqlarini tizimli ravishda oʻtkazish, oʻquv mashqlarini raqamli texnologiyalar orqali monitoring qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
8-bob. Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
102. Strategiya ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va boshqa mutasaddi organlarning jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy va idoraviy normativ hujjatlar ishlab chiqishda uslubiy asos boʻlib xizmat qiladi.
103. Strategiyada belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarining qonunga xilof tajovuzlardan himoyalanganlik holati sifat jihatidan yuqori darajaga koʻtariladi.
104. Jinoyatlar, shu jumladan takroran sodir etilgan jinoyatlar va yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish, xodimlarning xizmat faoliyatini fuqarolarga koʻmaklashishga yoʻnaltirish orqali aholining jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha vakolatli davlat organlariga ishonchi ortishiga erishiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoniga
3-ILOVA
2022 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Jamoat xavfsizligini taʼminlashning huquqiy asoslarini rivojlantirish

1.

Milliy gvardiya jamoat tartibini saqlashga masʼul boʻlinmalarining huquqbuzarliklarni aniqlash va maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2022-yil yanvar

Milliy gvardiya (Joʻrayev),

Adliya vazirligi (Davletov),

Oliy sud (Kamilov)

2.

Qurol aylanmasi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida:

qurolga egalik qilishning eng kam yoshini oshirish;

qurol egalari va ularning yaqin qarindoshlarini tibbiy cheklovlar boʻyicha davriy tekshirish tartibini belgilash;

qayta oʻqlamasdan uzluksiz oʻq uzish imkonini beruvchi silliq stvolli yarim avtomatik oʻqotar ov quroli mavqeyini soyli stvolli qurolga tenglashtirish;

gʻayriqonuniy maqsadlarda maʼlum texnik sharoitlar va koʻnikmalar yordamida qayta jangovar holatga keltirilishi mumkin boʻlgan “pahtavon” (“oxoloshennoye”), oʻquv va vazn-gabaritli (“masso-gabaritnoye”) qurollar muomalasini taqiqlash;

pnevmatik qurolga egalik qilishni ruxsatnoma asosida amalga oshirish hamda fuqaro egaligida boʻlishi mumkin boʻlgan bunday qurollar sonini aniq belgilash;

fuqaroviy qurolga egalik qilishga toʻsqinlik qiluvchi holatlarni qayta koʻrib chiqish hamda ular yuzaga kelganda qurolni zudlik bilan olib qoʻyish mexanizmini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2022-yil yanvar

IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Joʻrayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Quyidagilarni inobatga olib va ilgʻor xorijiy tajriba asosida probatsiya faoliyati samaradorligini oshirish:

probatsiya nazoratidagi shaxslarga oʻrnatiladigan cheklovlar doirasini, cheklovlarga rioya etishni taʼminlash va nazorat qilishning mexanizmlarini aniq belgilash;

probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan yuritiladigan hujjatlarni toʻliq elektron shaklga oʻtkazish;

majburiy jamoat ishlari jazosini qoʻllashga doir normalarni, ushbu jazoni ijro etish mexanizmlarini takomillashtirish;

axloq tuzatish ishlari jazosini band boʻlmagan shaxslarga tayinlamaslik;

ozodlikni cheklash jazosini qoʻllashda sutkaning vaqtini belgilash mezonini joriy qilish;

probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tartibini joriy etish, intizomiy jazo choralarini qoʻllash asoslarini aniq belgilash;

probatsiya nazoratidagi shaxslarga jamoat taʼsirini koʻrsatish, ijtimoiy, tibbiy va psixologik yordam berish hamda kasb-hunar oʻrganish va ishga joylashishda koʻmaklashish ishlarini yakka tartibdagi ijtimoiy moslashtirish dasturi asosida amalga oshirish;

probatsiya nazoratidagi shaxslar ijtimoiy-psixologik portretining yagona shaklini, ularni toifalarga ajratish mezonlarini, yangi jinoyat sodir etishning oldini olish tartibini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2022-yil yanvar

IIV (Bobojonov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan kuch va vositalarning markazlashgan boshqaruvi tartibini joriy etish. Bunda:

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti huzurida yagona muvofiqlashtirilgan idoralararo boshqaruv tizimini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga soluvchi aniq mexanizmlarni ishlab chiqish;

Milliy gvardiya boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladigan jamoat tartibini saqlash boʻyicha faoliyatning mexanizmlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish;

Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari hamda “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish;

alohida sharoitlarda vakolatli davlat organlari va jamoat tuzilmalarining huquq-tartibotni taʼminlash boʻyicha kuch va vositalarini tezkor va yagona muvofiqlashtirilgan idoralararo boshqarishni amaliyotga tatbiq etish.

Qoʻshma qaror

2022-yil fevral

IIV (Bobojonov),

Milliy gvardiya (Joʻrayev),

FVV (Qoʻldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Quyidagilarni inobatga olib, huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish:

profilaktik hisob, maʼmuriy va probatsiya nazoratidagi shaxslarga oʻrnatiladigan cheklovlar, shuningdek, ularning zimmasiga yuklanadigan majburiyatlar doirasini va ularga rioya etilishini taʼminlash mexanizmlarini aniq belgilash;

maʼmuriy nazorat va profilaktik hisob institutlari negizida, shu jumladan takroran sodir etilgan taqdirda jinoyatni keltirib chiqaradigan maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha profilaktik nazorat institutini joriy qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2022-yil yanvar

IIV (Bobojonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Jamoat xavfsizligini taʼminlashda respublika ovchilik jamiyatlarining rolini oshirish va masʼuliyatini kuchaytirish, shuningdek, ularning faoliyatini tubdan takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil may

IIV (Abdullayev),

Milliy gvardiya (Joʻrayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

“Yoʻlda bezorilik” holatlari bilan ifodalanadigan, qasddan sodir etilgan xatti-harakatlar uchun maʼmuriy javobgarlikni joriy etish.

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2022-yil may

IIV (Bobojonov),

Bosh prokuratura (Yoʻldoshev),

Oliy sud (Kamilov)

II. Jamoat xavfsizligini taʼminlashning uslubiy asoslarini rivojlantirish

8.

Quyidagilarni inobatga olib, mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish:

mahalla huquq-tartibot maskanining namunaviy loyihasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

mahalla huquq-tartibot maskanining tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash;

mahalla huquq-tartibot maskanlarida ichki ishlar organlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tuzilmalarining mahallalar kesimida birgalikda ishlash mexanizmlarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil mart

IIV (Abdullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Guruhiy qonunbuzarliklar va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish vaqtida shaxsiy tarkib tomonidan foydalaniladigan maxsus texnik vositalarni, shuningdek, tezkor axborot almashish, quyi tizimdagi boʻlinmalarni oqilona boshqarish va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish.

Qoʻshma qaror

2022-yil fevral

IIV (Abdullayev), Milliy gvardiya (Joʻrayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Jamoat xavfsizligini taʼminlash, guruhiy qonunbuzarliklar va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish boʻyicha 14 ta “Hudud metodikasi”ni ishlab chiqish.

Qoʻshma qaror

2022-yil aprel

IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Joʻrayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya jamoat xavfsizligi boʻlinmalari uchun xizmat otlarini yetishtirish maqsadida qorabayir zotli otlarning naslini koʻpaytirishga ixtisoslashgan korxonani tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil iyul

IIV (Bobojonov, Abdullayev), Milliy gvardiya (Joʻrayev)

12.

Profilaktik hisob, maʼmuriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan ishlash borasida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Harakatlar protokollari”ni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish:

nazoratdagi shaxslarga tarbiyaviy va huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash hamda ularni ijtimoiy moslashtirish;

ularning oʻrnatilgan cheklovlarga rioya etishini va zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishini taʼminlash, tekshirish va nazorat qilish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil aprel

IIV (Bobojonov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda probatsiya xizmati faoliyatiga yangi ish uslublarini tatbiq etish:

bir nafar probatsiya inspektori uchun probatsiya nazoratidagi shaxslar meʼyorlarini belgilash;

probatsiya inspektori faoliyatini profilaktika inspektori bilan kunlik uzluksiz hamkorlikda tashkil etish;

profilaktika inspektorlariga amaliy va uslubiy koʻmaklashish.

Idoraviy normativ hujjat

2022-yil fevral

IIV (Abdullayev)

14.

Alkogolli ichimlikka ruju qoʻygan, giyohvand, zaharvand, tajovuzkor ruhiy kasal shaxslarni majburiy davolash boʻyicha namunaviy dastur ishlab chiqish.

Qoʻshma qaror

2022-yil mart

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), IIV (Bobojonov)

15.

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markaziga joylashtirishda shaxsni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni va unga nisbatan protsessual harakatlarni markazning oʻzida amalga oshirish tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil iyul

IIV (Bobojonov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Jamoat xavfsizligini taʼminlashning ilmiy asoslarini rivojlantirish

16.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda, jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatini ilmiy oʻrganish amaliyotini yoʻlga qoʻyish:

oʻquv jarayonida “Jamoat xavfsizligi asoslari” fanini joriy etish, shu jumladan “Jamoat xavfsizligi asoslari” darsligini tayyorlash;

jamoat xavfsizligi muammolarini oʻrganish, ilmiy tadqiq qilish borasida Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi va Jamoat xavfsizligi universitetini tayanch metodik bazaga aylantirish;

jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi muammolarni hal qilish yoʻnalishida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar shakllantirilishi va amalga oshirilishini taʼminlash.

Qoʻshma qaror

2022-yil yanvar

IIV (Bobojonov, Xatamov), Milliy gvardiya (Joʻrayev, Rustambayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov)

17.

Profilaktika inspektorlarining maʼmuriy hududda ish faoliyatini olib borishi boʻyicha toʻliq mexanizmlarni nazarda tutuvchi “shahar inspektori” va “qishloq inspektori” modellarini yaratish va ularni ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlash amaliyotiga joriy etish choralarini koʻrish.

Idoraviy normativ hujjat

2022-yil yanvar

IIV (Abdullayev)

18.

Profilaktika inspektorlarini tayyorlash va malakasini oshirish jarayoniga “shahar inspektori” va “qishloq inspektori” modellariga muvofiq oʻqitish tizimini joriy etish.

Tashkiliy tadbirlar

2022-yil fevral

IIV (Ikramov)

IV. Jamoat xavfsizligini taʼminlashning tashkiliy asoslarini rivojlantirish

19.

Mahalla huquq-tartibot maskanlarida ichki ishlar organlari, boshqa huquq-tartibot organlari va jamoat tuzilmalarining mahallalar kesimida birgalikda ishlash mexanizmlarini belgilash.

Qoʻshma qaror

2022-yil yanvar

IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Joʻrayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Milliy gvardiyaning umumiy rahbarligi ostida ichki ishlar organlari va boshqa mutasaddi davlat organlari xodimlarining maxsus tayyorgarlik darajasini oshirish, alohida sharoitlarda birgalikda harakat qilishiga doir amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha oʻquv-mashqlarini tizimli ravishda oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil mobaynida

Milliy gvardiya (Joʻrayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari va Internet tarmogʻidan foydalangan holda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarini obroʻsizlantirish holatlarining oldini olish va ularga barham berishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil iyun

IIV (Bobojonov), AOKA (Xodjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Ichki ishlar organlari profilaktika va probatsiya inspektorlari, patrul-post va yoʻl-patrul xizmati xodimlarining faoliyatini baholash tartibiga samaradorlik indikatorlarini oʻz ichiga oluvchi reyting tizimini joriy etish.

Idoraviy normativ hujjat

2022-yil yanvar

IIV (Bobojonov, Abdullayev)

V. Jamoat xavfsizligini taʼminlashning shakl va usullarini rivojlantirish

23.

Yoʻl harakati xavfsizligini toʻliq taʼminlash borasida quyidagi zamonaviy yondashuvni amaliyotga tatbiq etish:

maktabgacha taʼlim va umumtaʼlim muassasalariga yondosh yoʻllarda tezlik meʼyorlarini keskin kamaytirgan holda, ushbu meʼyorlarni barcha joylar uchun yagona etib qatʼiy belgilash;

shahar va tumanlarning aholi gavjum joylarida piyodalar yoʻlakchalariga piyodalar boshqaradigan svetoforlarni oʻrnatish;

umumtaʼlim muassasalarida “Harakat xavfsizligi sinfxonalari”ni, mahallalarda “Yoʻl harakatini oʻrgatish maydonchalari”ni tashkil etish;

maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga yoʻl harakati xavfsizligi asoslarini oʻqitish tizimini joriy etib, yoʻllarda, chorrahalarda va piyodalar oʻtish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy hamda koʻrgazmali tarzda oʻrgatishni yoʻlga qoʻyish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil fevral

IIV (Bobojonov, Abdullayev), Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (Shin), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

24.

Mahallalar kesimida uyushmagan yoshlar bilan ishlashni tashkil etish boʻyicha oʻzaro bogʻlangan toʻliq mexanizmlarni joriy etish, shuningdek, bu boradagi ish yuritishni “Yoshlar daftari” axborot-tahlil tizimi orqali amalga oshirish.

Qoʻshma qaror

2022-yil fevral

IIV (Abdullayev), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Yoshlar ittifoqi, Mahalla vazirligi (Mamatov)

25.

Hududlarning oʻziga xos va geografik xususiyatlarini inobatga olgan holda, ichki ishlar organlari patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan patrul xizmati bosqichma-bosqich faqat avto- va mototransport vositalarida olib borilishini taʼminlash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil fevral

IIV (Abdullayev), Moliya vazirligi (Xaydarov)

26.

Jamoat xavfsizligi fidoyisi” idoralararo koʻkrak nishonini taʼsis etish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil sentabr

IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Joʻrayev), FVV (Qoʻldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar

27.

Ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari huzurida yoshlar orasidan “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlarini tashkil etish, ularni jamoat xavfsizligi tizimiga jalb etish hamda guruh aʼzolariga huquq-tartibot idoralarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda tegishli imtiyozlarni berish (alohida kvota ajratish va boshqa).

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil may

IIV (Abdullayev), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Yoshlar ittifoqi, manfaatdor vazirlik va idoralar

28.

Ota-onasi nazoratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan voyaga yetmaganlar bilan ishlashning yangicha tizimni yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar — sentabr

IIV (Abdullayev), Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

VI. Jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatini raqamlashtirish

29.

Ichki ishlar organlari konvoy boʻlinmalari faoliyatiga konvoy ostidagi shaxslarni elektron brasletlar orqali nazorat qilish tizimini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil may

IIV (Bobojonov, Abdullayev), Mudofaa sanoati qoʻmitasi (Ismoilov)

30.

Profilaktik hisob, maʼmuriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslarning jamoat xavfsizligi xizmatiga kelib roʻyxatdan oʻtishini taʼminlashda barmoq izini tanib olish tizimidan foydalanish amaliyotini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

IIV (Turaxodjayev, Abdullayev)

1. Normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasiga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
2. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda ularni ijro etish uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.
3. 2022 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasining mazkur “Yoʻl xaritasi”da belgilanmagan boshqa tadbirlari 2022-yilda masʼul idoralar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoniga
4-ILOVA
Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar
ROʻYXATI
1. Biriktirilgan mahalla (qishloq, ovul) hududida vakolatli davlat organlari va tashkilotlarning huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha faoliyati natijalarini umumlashtirish va yagona axborot-tahlil tizimiga kiritilishini taʼminlash.
2. Biriktirilgan mahalla (qishloq, ovul) hududidagi kriminogen vaziyatni muntazam ravishda oʻrganib borish, huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga barham berish boʻyicha qonunchilikda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
3. Biriktirilgan mahalla (qishloq, ovul) hududida aholi oʻrtasida huquqbuzarliklarning umumiy, maxsus va viktimologik profilaktikasini amalga oshirish.
4. Huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslarni belgilangan tartibda profilaktik hisobga va maʼmuriy nazoratga olish, ular bilan yakka tartibdagi profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy moslashtirish ishlarini individual dastur tuzgan holda tashkil etish.
5. Yoshlar, ayniqsa ularning uyushmagan qismi bilan manzilli tarbiyaviy va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali ular orasida huquqbuzarliklarning oldini olish.
6. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, shu jumladan voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlarga koʻmaklashish.
7. Voyaga yetmaganlar va yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga, terrorizm, ekstremizm, zoʻravonlik va shafqatsizlik gʻoyalaridan himoyalashga yoʻnaltirilgan ishlarni bevosita amalga oshirish.
8. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga himoya orderini berish va himoya orderi talablarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish.
9. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq tegishli maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish.
10. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, ularning murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish.
11. Vakolatli davlat organlari va tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda biriktirilgan mahalla (qishloq, ovul) hududida har bir oilani bevosita joyida oʻrgangan holda, fuqarolarning jamoat xavfsizligiga oid va huquqbuzarliklarga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan muammolari va noroziliklarini aniqlash, ularni bartaraf etish boʻyicha zarur choralarni koʻrish.
12. Biriktirilgan mahalla (qishloq, ovul) hududida pasport rejimi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.
13. Tajovuzkor ruhiy kasallar, spirtli ichimlikka ruju qoʻyganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalariga koʻmaklashish.
14. Probatsiya nazoratidagilarning xulq-atvorini nazorat qilishda, oʻrnatilgan cheklovlarga rioya etishini tekshirishda, shuningdek, yangi jinoyat sodir etishining oldini olishda probatsiya inspektorlariga koʻmaklashish.
15. Biriktirilgan mahalla (qishloq, ovul) hududida jamoat tartibini saqlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari faoliyatini tashkil etish. Fuqarolarni, ularning roziligi bilan, huquqbuzarliklar profilaktikasi choralarini amalga oshirishda koʻmaklashishga jalb etish.
16. Davlat organlari, jamoat va boshqa tashkilotlar rahbarlariga huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari hamda ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilish hamda mahalladagi mavjud ijtimoiy muammolarni hal etmaganlik yuzasidan taqdimnomalar kiritish.
17. Biriktirilgan mahalla (qishloq, ovul) hududida fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini saqlash qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishga koʻmaklashish.
18. Biriktirilgan mahalla (qishloq, ovul) hududida taqiqlangan tashkilotlar hamda terrorchilik, ekstremistik va boshqa gʻayriqonuniy va buzgʻunchilik yoʻnalishidagi guruhlar faoliyatiga aloqador shaxslarni aniqlashga koʻmaklashish.
19. OIV/OITSning tarqalishini barvaqt oldini olish, axloqsizlik bilan bogʻliq huquqbuzarliklarga qarshi kurashish hamda fohishaxonalarning saqlanishiga chek qoʻyishga koʻmaklashish.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Yashash joyini uzoq muddatga tark etgan shaxslarni aniqlash va hisobini yuritish, ularning chet elda boʻlish joylari va muddatlarini aniqlash yuzasidan qarindoshlari bilan muntazam ish olib borish, uzoq muddat mobaynida chet elda boʻlib qaytgan shaxslar bilan profilaktik ishlarni amalga oshirish.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
21. Jinoyatlarni aniqlash va fosh etish hamda surishtiruv, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan, jazodan boʻyin tovlayotgan, bedarak yoʻqolgan shaxslarni hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda boshqa shaxslarni qidirish, shuningdek, shaxsi nomaʼlum murdalarning shaxsini aniqlash boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashish.
22. Shaxsni majburiy keltirish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimini belgilangan tartibda ijro etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoniga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5938-son Farmonida:
a) 19-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 20-bandning beshinchi — sakkizinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“profilaktika inspektorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;
tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining oʻrinbosarlari — jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari (jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari) Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi tavsiyasiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
profilaktika inspektorlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi tomonidan, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyat ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;
huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmalarining mablagʻlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tegishlicha ularning oʻrinbosarlari — jamoat xavfsizligi xizmati (huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati, boshqarmasi) boshliqlari takliflari asosida qabul qilinadigan qarorlarga muvofiq belgilangan tartibda sarflanadi”;
v) quyidagi mazmundagi 201-band bilan toʻldirilsin:
“201. Mahallalarni kriminogen vaziyatdan kelib chiqib toifalarga ajratishda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Bosh prokuraturasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda har bir mahalla kesimidagi xonadonlar hamda ularda istiqomat qiluvchi aholi soni haqidagi maʼlumotni “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin”;
g) 21-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosariga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6035-son Farmoni 7-bandining ikkinchi xatboshisi “sanitariya-epidemiologiya qonunchiligini buzganlik uchun” soʻzlaridan keyin “Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi “Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2883-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniy-maʼrifiy ishlar markazi, “JAR” sport-sogʻlomlashtirish majmuasi, shuningdek, davolash-profilaktika va tibbiyot muassasalari tomonidan ular faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan pullik xizmatlar koʻrsatish huquqini berish haqidagi”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2896-son qarorida:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisi va qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 7-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“2022-yildan boshlab, Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan taqdim etiladigan doimiy aholi soni toʻgʻrisidagi har yilgi yakuniy maʼlumotlarga asosan hamda hudud (mahallalar)dagi kriminogen vaziyatni hisobga olgan holda qoʻshimcha ravishda ajratiladigan ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlari shtat birliklari soni toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin”;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Profilaktika inspektori shtat birliklarining soni tayanch punkti tomonidan xizmat koʻrsatiladigan hudud (mahallalar)ning kriminogen vaziyati, aholi soni va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda ushbu Nizomga ilovadagi meʼyorlar asosida belgilanadi”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
5-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Profilaktika inspektorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi”;
6 — 10 bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Tayanch punktlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun profilaktika inspektorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan vazifalarni amalga oshiradi.
Profilaktika inspektorlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishlari mumkin”;
quyidagi mazmundagi ilova bilan toʻldirilsin:
“Ichki ishlar organlari tayanch punkti toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlari shtat birliklarini kiritish
MEʼYORLARI

T/r

Koʻrsatkichlar

Toshkent shahri hududida*

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududida

Jami

shundan

Jami

shundan

profilaktika katta inspektori

profilaktika inspektori

profilaktika katta inspektori

profilaktika inspektori

1.

Aholi soni 7 ming nafargacha

2

1

1

1

-

1

2.

Aholi soni 7 mingdan 10 ming nafargacha

2

1

1

2

1

1

3.

Aholi soni 10 ming nafar va undan ortiq

3

1

2

2

1

1

Qoʻshimcha ravishda kriminogen vaziyatdan kelib chiqib ajratiladigan shtat birliklari

4.

Soʻnggi bir yil davomida mahallada sodir etilgan jinoyatlar soni har 1000 nafar aholiga nisbatan 10 ta va undan yuqori boʻlganda

1

-

1

1

-

1

* Poytaxt hududida aholining zichligi, kriminogen vaziyat, shahar hududiga fuqarolarning kirib-chiqishi hamda chet el fuqarolarining kirib kelishini inobatga olib, Toshkent shahridagi har bir mahallaga kamida ikki nafar profilaktika inspektorlari biriktirilishi mumkin”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2940-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi” soʻzlari “Jamoat xavfsizligi departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4 va 6-bandlar hamda qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3127-son qarorida:
a) 8-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 9-band, 17-bandning ikkinchi xatboshisi va qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3182-son qarorida:
a) 3-bandning oltinchi xatboshisi “taʼsirchan ishlarni tashkil etish” soʻzlaridan keyin “, hududlarning kriminogen vaziyatidan kelib chiqib, jinoyat sodir etilmagan mahallalarning ijobiy tajribasini ommalashtirish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 41-bob bilan toʻldirilsin:
“41-bob. Sektorlar hududida jinoyatlarning oldini olish
131. Sektorlar hududidagi barcha mahallalar kriminogen vaziyatdan kelib chiqib, ushbu Nizomning 132-bandida belgilangan tartibda har yili yanvar oyida “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi. Bunda:
“yashil” toifadagi mahalla — hududida jinoyat sodir etilmagan mahalla;
“sariq” toifadagi mahalla — hisobot davrida hududida sodir etilgan jinoyatlarning har ming aholi soniga nisbatan salmogʻi tuman (shahar) koʻrsatkichi bilan barobar yoki undan past boʻlgan mahalla;
“qizil” toifadagi mahalla — hududida, shu jumladan alohida toifadagi shaxslar, yaʼni voyaga yetmaganlar, ayollar, ishsizlar, ilgari sudlanganlar, mast holatdagi, profilaktik hisobda yoki maʼmuriy nazorat ostida turuvchi shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning har ming aholi soniga nisbatan salmogʻi tuman (shahar) koʻrsatkichiga nisbatan yuqori boʻlgan mahalla hisoblanadi.
132. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Milliy gvardiyasi, Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan respublikaning barcha mahallalari har yili yanvar oyida hisobot davrida hududda sodir etilgan jinoyatlar tahlilidan kelib chiqib, “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi.
Ichki ishlar vazirligi tomonidan har oy yakuni boʻyicha jinoyatlar statistikasi mahallabay tahlil qilinib, ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan, oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar mahallalar kesimida hisoblab chiqiladi hamda tuman (shahar) boʻyicha mazkur toifa jinoyatlarning umumiy salmogʻi har oʻn ming aholiga nisbatan shakllantiriladi.
Sektorlar hududidagi mahallalarda oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97, 98, 99, 103, 104, 105, 106, 109, 110, 112, 115, 118, 119, 122, 123 125, 126, 128, 129, 132, 134, 136, 137, 138, 139, 140, 141, 1411, 142, 164, 165, 166, 169, 170, 173, 215, 217, 219, 225, 229, 244, 245, 249, 263, 2631, 267, 269 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar hisoblanadi.
133. Sektorlar hududidagi mahallalarda oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar statistikasi ichki ishlar organlari tomonidan har oy yakuni boʻyicha “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimi orqali mahallalar kesimida tahlil qilinadi hamda tegishli idoralarga taqdim etiladi.
Ichki ishlar organlari tomonidan sektorlar rahbarlariga biriktirilgan hududlardagi “qizil”, “sariq” va “yashil” toifadagi mahallalar toʻgʻrisidagi asoslantirilgan tahliliy maʼlumotlar har chorak yakuni boʻyicha sektor rahbarlariga kiritib boriladi.
134. Sektor rahbarlari “yashil” toifadagi mahallalarda sektorlar shtabi tarkibiga kiritilgan idora va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni bevosita oʻrganib chiqadi hamda ushbu toifadagi mahallalarning ijobiy ish uslublari, amalga oshirgan tadbirlarini sektorning “sariq” va “qizil” toifadagi mahallalarida ommalashtirish choralarini koʻradi.
Sektor rahbarlari tomonidan “yashil” toifadagi mahallalarning ijobiy tajribalarni boshqa toifadagi mahallalarga ommalashtirishda quyidagilar samarali tashkil etilganligiga eʼtibor qaratiladi:
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan shaxslar bilan olib borilayotgan tadbirlar;
aholining bandligini taʼminlash borasida olib borilayotgan tadbirlar;
ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turgan yoxud sogʻliqni saqlash muassasalari hisobiga olingan shaxslar bilan olib borilayotgan tadbirlar;
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar”;
17-band quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“huquqbuzarliklar profilaktikasiga qoʻshgan hissasi.
Sektor rahbarlari faoliyatini baholashda ularning huquqbuzarliklar profilaktikasiga qoʻshgan hissasi natijasida hududidagi “yashil” toifadagi mahallalar salmogʻi yuqoriligiga eʼtibor qaratiladi”;
sakkizinchi xatboshi oʻninchi xatboshi deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3216-son qarori 6-bandining oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Akademiyaning bakalavriat dasturi boʻyicha kunduzgi taʼlim shakliga qabul kvotasining 90 foizi boʻyicha qabul faqat idoraviy akademik litseylar, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, ichki ishlar organlari xodimlari, shuningdek, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari orasidan amalga oshiriladi”.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3413-son qarorida:
a) 8-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlarining 10 foizi har yili xizmatda samarali natijalarga erishgan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish uchun ajratiladi, bunda ularni ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda maqsadli yoʻnaltirishni taʼminlash vazifasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti zimmasiga yuklatiladi”;
6-bandning uchinchi xatboshisidagi “amaliy ish stajiga” soʻzlari, 65-banddagi “amaliy ish tajribasini” soʻzlari, 159-bandning ikkinchi xatboshisidagi “amaliy ish staji” soʻzlari tegishincha “amaliy xizmat stajiga”, “amaliy xizmat stajini” va “amaliy xizmat staji” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-bandning birinchi xatboshisidagi “dastlabki va yakuniy tanlovlar” soʻzlari “tanlov” soʻzi bilan almashtirilsin;
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Nomzodlarni xizmatga tanlab olish tadbirlari quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
dastlabki oʻrganish (ushbu Nizomda belgilangan umumiy talablarga mos kelishini tekshirish);
jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash;
yakuniy suhbat.
Yakuniy suhbat davomida nomzodning aqliy salohiyati, xizmat oʻtashga ruhan tayyorligi, kirishimliligi, shuningdek, xodim uchun zarur boʻlgan boshqa maʼnaviy-axloqiy va kasbiy jihatdan muhim xislatlar baholanadi.
Tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi. Yakuniy suhbatda, qoida tariqasida, bir lavozimga kamida ikkita nomzod ishtirok etishi lozim.
Yakuniy suhbat natijalariga koʻra nomzodning xizmatga maʼnaviy-kasbiy jihatdan mosligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
Tor ixtisoslik boʻyicha mutaxassislar qatoridan boʻlgan nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan roʻyxat va tartibda tanlovsiz xizmatga qabul qilinishi mumkin.
Tanlov tadbirlari ularning turlaridan kelib chiqib, tegishli mutaxassislar va vakolatli rahbarlar tomonidan oʻtkaziladi.
Mavjud boʻsh lavozimlarni hisobga olgan holda tanlab olish tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildi rasmiylashtiriladi”;
birinchi xatboshidagi “Dastlabki tanlovlardan” soʻzlari “Tanlovlardan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
12 va 13-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
14-bandning toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
15 — 18-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Quyidagi nomzodlar, istisno tariqasida, tanlab olish tadbirlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichidan ozod etiladi:
ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlganlar;
oliy taʼlim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlaganlar;
professor-oʻqituvchi va ilmiy tarkib lavozimlariga nomzodlar;
ish yuritish, kiberxavfsizlik, axborot texnologiyalari, tahliliy va yuridik taʼminlash boʻlinmalariga nomzodlar.
Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari xizmatga qabul qilinishida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda ustunlikka ega boʻladi.
Ushbu band asosida xizmatga qabul qilish jarayonida yakuniy suhbatdagi nomzodlarning soni ikkitadan kam boʻlmasligi talab etilmaydi.
16. Xizmatga tanlab olish tadbirlari bosqichlarining biridan oʻta olmagan nomzod uni takroran topshirishiga, shuningdek, xizmatga tanlab olish tadbirlarining keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.
17. Yakuniy suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan, shuningdek, shaxsiy hujjatlar yigʻma jildi toʻliq rasmiylashtirilib, harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xizmatga yaroqli deb topilgan nomzodlar xizmatga qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan boshliqning buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadi.
18. Nomzodlarni xizmatga tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildlarini rasmiylashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi”;
“a” kichik band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Xodim ichki ishlar organlarining shtat jadvali asosida doimiy shaxsiy tarkib sirasiga kiruvchi lavozimda xizmat qilgan davr uning ichki ishlar organlarida amaliy xizmat staji boʻlib hisoblanadi.
Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarida oʻqish va muddatli harbiy xizmatni oʻtash davri ichki ishlar organlarida amaliy xizmat stajiga kiritilmaydi (qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqish davri bundan mustasno)”;
“e” kichik band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasini 2001 — 2004-yillarda bakalavriat dasturi boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklini tamomlagan ichki ishlar organlari xodimlariga, istisno tariqasida, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini tayyorlash va belgilangan tartibda himoya qilish huquqi beriladi”;
127-bandning birinchi xatboshisidagi “ilmiy unvoni” soʻzlari “ilmiy darajasi va ilmiy unvoni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
132-band quyidagi mazmundagi ikkinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlarining xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga ajratiladigan qismi hisobidan ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni quyidagi shakllarda ijtimoiy himoya qilish kafolatlari taʼminlanadi:
betob xodimlar davolanishi uchun — pul taʼminotining besh baravarigacha boʻlgan miqdorda bir martalik moddiy yordam berish;
xodimlarning betob yaqin qarindoshlarini (ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandlari) operatsiya qildirish, ortopedik oyoq kiyim va protez-ortopedik mahsulotlar bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha boʻlgan miqdorda bir martalik moddiy yordam berish;
sanatoriy-kurort muassasalarida davolanish va dam olish uchun — pul taʼminotining ikki baravari miqdorigacha moddiy yordam berish;
uy-joyga ega boʻlish yoki yashash sharoitini yaxshilash uchun — besh yildan oshmaydigan muddatga bazaviy hisoblash miqdorining ming baravaridan oshmaydigan miqdorda foizsiz qarz berish;
toʻylar va dafn marosimlarini oʻtkazish uchun — pul taʼminotining ikki baravarigacha boʻlgan miqdorda bir martalik moddiy yordam berish;
pul mukofoti yoki qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlarining xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga ajratiladigan qismi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi rahbarligida tashkil etiladigan markaziy va hududiy komissiyalarning xulosalari asosida maqsadli sarflanadi.
Xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga sarflangan mablagʻlar haqidagi maʼlumotlar xodimlar kesimida maxsus axborot tizimiga kiritib boriladi”.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-fevraldagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-3528-son qarorida:
a) 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bosh boshqarma boshligʻining oʻrinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi — profilaktika inspektorlari va probatsiya xizmatining, eng avvalo, voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi samarali faoliyatini tashkil etish, ushbu yoʻnalishda barcha sohaviy xizmatlarning oʻzaro muvofiqlashgan hamkorligini taʼminlash uchun javobgar”;
b) 7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 9-bandning birinchi xatboshisi “qayta tashkil etilsin,” soʻzlaridan keyin “unga axborot xizmati maqomi berilsin hamda” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyundagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3786-son qarori 5-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga oʻzgartirilsin hamda uning zimmasiga quyidagilar yuklansin:”.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-avgustdagi “Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3919-son qarorida:
a) 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Kadrlar bosh boshqarmasi” soʻzlari “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi “Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4006-son qarorida:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti va uning hududiy boʻlinmalari tarkiblarida tegishlicha Probatsiya xizmati va uning hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — probatsiya boʻlinmalari) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisi “tuman (shahar)” soʻzlaridan keyin “ichki ishlar organlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 4 va 5-bandlar hamda qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) 10-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4075-son qarorida:
a) 3-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida yuridik shaxs tashkil etmagan holda tegishlicha huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmalari (bundan buyon — jamgʻarmalar) tashkil etilsin.
Belgilansinki:
a) jamgʻarmalarni shakllantirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari tomonidan tegishliligiga koʻra ularga taalluqli maʼmuriy huquqbuzarliklarga doir ishlar boʻyicha undirilgan (qaysi organ tomonidan undirilishidan qatʼi nazar) maʼmuriy jarimalar mablagʻlari;
jamgʻarmalarning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozit hisoblariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi hududiy ichki ishlar organlari jamgʻarmalariga tushadigan maʼmuriy jarimalar mablagʻlarining 10 foizi hisobidan shakllantiriladi;
v) jamgʻarmalarning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tegishlicha ularning oʻrinbosarlari — jamoat xavfsizligi xizmati (huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati, boshqarmasi) boshliqlari takliflari asosida qabul qilinadigan qarorlariga muvofiq faqat quyidagilar uchun sarflanadi:
ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlarini ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish;
jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda amaliy yordam koʻrsatgan fuqarolarni bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash yoki qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlash;
huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash”;
v) 7-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “oʻn besh foizi miqdorida” soʻzlari “kamida yigirma besh foizi miqdorida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlashning samarali tizimini joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4229-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“transport obyektlari va ularga tutash hududlarda sodir etilgan jinoyatlar bilan bogʻliq bahsli materiallarni koʻrib chiqishga doir qaror qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining sohaviy va mintaqaviy nazoratni taʼminlash yuzasidan biriktirilgan oʻrinbosari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi”.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oʻquv markazlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5016-son qarorida:
birinchi xatboshi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,” soʻzlaridan keyin “Toshkent shahar hokimligi,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi A. Qodiriy koʻchasi, 43-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi balansidagi Avtoxoʻjalik hududida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Toshkent mintaqaviy oʻquv markazini tashkil etish”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Jizzax mintaqaviy oʻquv markazining” soʻzlari “Jizzax mintaqaviy oʻquv markazi va Toshkent mintaqaviy oʻquv markazining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“a” kichik banddagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazining” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi va Toshkent mintaqaviy oʻquv markazlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) mintaqaviy oʻquv markazlarida harbiy xizmatchi va xodimlarni hamda vazirlik va idoralarning harbiylashtirilgan va qorovullik qoʻriqlash boʻlinmalarining mutaxassislarini boshlangʻich tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv jarayoni quyidagi hududlarga taqsimlangan holda tashkil etiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi — Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda mutaxassislar uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazi — Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda mutaxassislar uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Jizzax mintaqaviy oʻquv markazi — Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda mutaxassislar uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda mutaxassislar uchun”;
quyidagi mazmundagi “g” va “d” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“g) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Toshkent mintaqaviy oʻquv markazida oʻqish 2022-yilning 1-martidan tashkillashtiriladi;
d) vazirlik va idoralarning harbiylashtirilgan, qorovullik qoʻriqlash boʻlinmalari mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish pullik-shartnoma asosda, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni tomonidan belgilanadigan stavkalar (tariflar) boʻyicha amalga oshiriladi”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mintaqaviy oʻquv markazlarining rahbarlari va pedagoglarining harbiy-ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashgan oʻquv markazi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi oddiy askar va serjantlar tarkibiga mansub harbiy xizmatchilar va xodimlarni tayyorlash boʻyicha tayanch boʻlinma hisoblanadi;
mintaqaviy oʻquv markazlari filial sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashgan oʻquv markaziga biriktiriladi, unga mintaqaviy oʻquv markazlarining oʻquv-uslubiy taʼminoti hamda oʻquv-tarbiyaviy jarayonga rahbarlik qilish vazifasi yuklatiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi va Ixtisoslashgan oʻquv markazi mintaqaviy oʻquv markazlarining oʻquv-tarbiya jarayonlarini birgalikdagi doimiy (uzluksiz) monitoringini tashkil etadi, uning natijalariga koʻra har yarim yilda kamida ikki marotaba oʻquv markazlarining shaxsiy tarkibi bilan oʻquv-uslubiy majlislar oʻtkazish, mutaxassislarni tayyorlashga boʻlgan zamonaviy talablar va ilgʻor chet el tajribasini hisobga olgan holda oʻquv dasturlariga tegishli oʻzgartishlar kiritishni amalga oshiradi”;
d) 7-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mintaqaviy oʻquv markazlarida taʼlim jarayonining sifatini oshirish, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoʻriqlash bosh boshqarmasi mablagʻlari hisobidan shartnoma asosida respublikaning yetakchi oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlarining professor-oʻqituvchilar tarkibi, yuqori malakali mutaxassislari hamda ekspertlari, shuningdek, zaxiradagi harbiy xizmatchi va xodimlarni jalb qilinishini”;
e) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Belgilansinki:
2022 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent mintaqaviy oʻquv markazining qurilish, rekonstruksiya va obodonlashtirish boʻyicha ishlari oʻrnatilgan tartibda Toshkent shahar harbiy-maʼmuriy sektori, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
qurilish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi vaqtincha Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Shoxidontepa koʻchasi, 126-uy manzilida joylashtiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasiga moddiy-texnik va oʻquv-mashq bazalarini mustahkamlash, takomillashtirish uchun respublikaning davlat va tijorat banklaridan kredit olishga ruxsat beriladi”;
j) quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
“81. Tarkibida qoʻriqlash (harbiylashtirilgan, qorovullik) boʻlinmalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar har yili 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga keyingi yil uchun ushbu boʻlinmalar mutaxassislarini boshlangʻich tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish rejasini taqdim etib borsin va ularning qatʼiy ijrosini taʼminlasin”.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5076-son qarori 11-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “professor-oʻqituvchilar tarkibi, ilmiy va oʻquv-yordamchi xodimlarni har oylik moddiy ragʻbatlantirishga” soʻzlari “Akademiya xodim va xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirish hamda ularni ijtimoiy himoya qilishga” degan soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son; 16.01.2024-y., 06/24/10/0031-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)