Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish tizimini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilanganligi hamda unga genom boʻyicha ixtiyoriy va majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirishga doir vazifalar yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va muassasalari roʻyxati, genom boʻyicha davlat roʻyxatini yuritishning maqsadi;
genom boʻyicha majburiy va ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olish tartibi hamda genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirganlik uchun undiriladigan haq miqdori;
biologik materialni olish, undan foydalanish, uni saqlash, berish va yoʻq qilish tartibi;
genomga oid axborotni yigʻish, unga ishlov berish, undan foydalanish, saqlash va yoʻq qilish tartibi.
3. Belgilansinki:
har bir shaxsni genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari miqdorida haq undiriladi;
genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olish natijasida kelib tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga koʻra genomga oid axborotni olish uchun zarur kimyoviy reagentlar va sarflash materiallarini xarid qilish boʻyicha davlat budjetidan zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qaror 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 17-noyabr,
689-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-noyabrdagi 689-son qaroriga
ILOVA
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish tartibini belgilaydi.
2. Genom boʻyicha davlat roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Ekspert-kriminalistika bosh markazi (keyingi oʻrinlarda — Ekspert-kriminalistika bosh markazi) tomonidan yuritiladi.
3. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va muassasalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) quyidagilardan iborat:
Ekspert-kriminalistika bosh markazi;
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sud;
ichki ishlar organlarining jazoni ijro etish muassasalari va probatsiya xizmatlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining davlat sud-ekspertiza muassasalari (keyingi oʻrinlarda — davlat sud-ekspertiza muassasalari).
4. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirish insonning hayotiga, sogʻligiga xavf tugʻdirmasligi, uning shaʼni, qadr-qimmatini kamsitmasligi kerak.
6. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirishda genomga oid axborot, shuningdek, odamning shaxsi haqidagi maʼlumotlarni shaxs yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz oshkor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sudning soʻroviga binoan taqdim etish hollari bundan mustasno.
7. Genom boʻyicha majburiy va ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Muqaddam genom boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan shaxs ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan taqdirda, genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirish uchun undan biologik material olinmaydi.
Muqaddam genom boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan shaxsdan takroriy biologik material olinishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida jazoni ijro etish muassasasi, probatsiya xizmati, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud organlari tomonidan quyidagi shaxslarning genomga oid axboroti Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasida (keyingi oʻrinlarda — Yagona maʼlumotlar bazasi) mavjudligini tekshirish uchun Ekspert-kriminalistika bosh markaziga soʻrov xati yuborilishi shart:
ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarni, shuningdek, oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslar;
ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslar.
2-bob. Genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirish tartibi
9. Quyidagilar genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinadi:
ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarni, shuningdek, oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — hukm qilingan shaxslar);
ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar;
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida biologik materiali olingan aniqlanmagan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — aniqlanmagan shaxslar);
tanib olinmagan murdalar (tana qoldiqlari, qismlari).
Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi hukm qilingan shaxslarni genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish uchun asos hisoblanadi.
Tanib olinmagan murdalarni (tana qoldiqlari, qismlarini), ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslarni, shuningdek, biologik materiali tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida olingan aniqlanmagan shaxslarni genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarning qarori yoki sudning ajrimiga asosan amalga oshiriladi.
10. Tanib olinmagan murdalarning (tana qoldiqlari, qismlari) hamda aniqlanmagan shaxslarning tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida olingan biologik materiali olingandan 30 kun mobaynida boshqa yoʻllar bilan ularning shaxsini aniqlashning imkoni boʻlmagan taqdirda, genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinadi.
11. Biologik material:
hukm qilingan shaxslardan — mahkum saqlanayotgan (jazoni oʻtayotgan) jazoni ijro etish muassasasining yoki probatsiya boʻlinmasining masʼul xodimi ishtirokida mazkur muassasaning tibbiyot boʻlinmasi xodimi tomonidan bevosita yoki davlat sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislarini jalb etgan holda;
ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan va aniqlanmagan shaxslardan, shuningdek, tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlaridan, qismlaridan) — tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan bevosita yoki (va) uning ishtirokida davlat sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislarini jalb etgan holda olinadi.
12. Jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari:
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan hukm qilingan shaxslar orasidan genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan shaxslarning roʻyxati shakllantirilishini va ularning muqaddam genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olinganligini tekshirish uchun Ekspert-kriminalistika bosh markaziga soʻrov xati orqali taqdim etilishini taʼminlaydi;
Ekspert-kriminalistika bosh markazidan genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni olgach, ushbu shaxslardan biologik materiallarni “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va mazkur Nizomda belgilangan qoidalarga qatʼiy rioya etgan holda olinishini tashkil etadi;
jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan hukm qilingan shaxslarga oid shaxsiy maʼlumotlarning toʻgʻriligini nazorat qiladi;
genomga oid axborotni olish uchun biologik material va biologik materialning axborot kartasini davlat sud-ekspertiza muassasalariga yoʻllanma xat orqali yuborilishini taʼminlaydi, shu jumladan, kamchiliklari aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf qilish choralarini koʻradi;
biologik material axborot kartasining ikkinchi nusxasi mahkumning yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyilishini taʼminlaydi.
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan hukm qilingan har bir shaxsning biologik materiali va biologik materialning axborot kartasi alohida yoʻllanma xat bilan yuborilishi hamda unda yuborilayotgan biologik materialdan olingan genomga oid axborotni Yagona maʼlumotlar bazasiga kiritilishi lozimligi koʻrsatilishi shart.
13. Probatsiya xizmatining hududiy boʻlinmalari rahbarlari:
oʻzi rahbarlik qilayotgan boʻlinmada ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni oʻtayotgan, probatsiya hisobida boʻlgan hukm qilingan shaxslarning roʻyxati shakllantirilishini va ularning ilgari genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olinganligini tekshirish uchun soʻrov xati orqali Ekspert-kriminalistika bosh markaziga taqdim etilishini taʼminlaydi;
Ekspert-kriminalistika bosh markazidan genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni olgach, ushbu shaxslardan biologik materiallarni “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga va mazkur Nizomda belgilangan qoidalarga qatʼiy rioya etgan holda olinishini tashkil etadi;
genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan hukm qilingan shaxslarga oid shaxsiy maʼlumotlarning toʻgʻriligini nazorat qiladi;
genomga oid axborotni olish uchun biologik material va biologik materialning axborot kartasini davlat sud-ekspertiza muassasalariga yoʻllanma xat orqali yuborilishini taʼminlaydi, shu jumladan, kamchiliklari aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf qilish choralarini koʻradi;
biologik material axborot kartasining ikkinchi nusxasini mahkumning yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyilishini taʼminlaydi.
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan hukm qilingan har bir shaxsning biologik materiali va biologik materialning axborot kartasi alohida yoʻllanma xat bilan yuborilishi hamda unda yuborilayotgan biologik materialdan olingan genomga oid axborotni Yagona maʼlumotlar bazasiga kiritilishi lozimligi koʻrsatilishi shart.
14. Tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari:
ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslarni muqaddam genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olinganligini tekshirish uchun ularning roʻyxatini soʻrov xati orqali Ekspert-kriminalistika bosh markaziga yuboradilar;
Ekspert-kriminalistika bosh markazidan Yagona maʼlumotlar bazasida genom boʻyicha majburiy davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan shaxsning genomga oid axboroti mavjud emasligi haqidagi maʼlumotni olgach, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslardan biologik materialni “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi hamda ushbu Nizomda belgilangan qoidalarga qatʼiy rioya qilgan holda olinishini tashkil etadi;
tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlari, qismlari) hamda aniqlanmagan shaxslardan biologik materialni “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi hamda ushbu Nizomda belgilangan qoidalarga qatʼiy rioya qilgan holda olinishini tashkil etadi;
ushbu shaxslarga oid shaxsiy maʼlumotlarning toʻgʻriligini nazorat qiladi;
genomga oid axborotni olish uchun biologik material va biologik materialning axborot kartasining bir nusxasini, odam DNKsining sud-biologik ekspertizasini (keyingi oʻrinlarda — ekspertiza) tayinlash haqidagi qarorni yoʻllanma xat bilan birga davlat sud-ekspertiza muassasalariga yuborilishini taʼminlaydi, shu jumladan, kamchiliklari aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf qilish choralarini koʻradi;
biologik material axborot kartasining ikkinchi nusxasini jinoyat ishi (tergovga qadar tekshiruv) hujjatlariga qoʻshib qoʻyadi.
Ekspertiza qarorida yuborilayotgan biologik materialdan olingan genomga oid axborotni Yagona maʼlumotlar bazasiga majburiy ravishda kiritilishi lozimligi koʻrsatilishi shart.
15. Davlat sud-ekspertiza muassasalari boshliqlari:
genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan shaxslar va tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlari, qismlari) olingan biologik material va biologik materialning axborot kartalari “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga hamda ushbu Nizomga muvofiq rasmiylashtirilganligi tekshirilishini, qabul qilinishini va roʻyxatga olinishini tashkil etadi;
genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan shaxslar va tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlari, qismlari) olingan biologik materialdan genomga oid axborotni olish maqsadida ekspertiza yoki tadqiqot oʻtkazilishini, ular natijasida olingan genomga oid maʼlumotlarning toʻgʻriligini, shuningdek, genomga oid axborot kartasi ushbu Nizom tartibiga va oshkor etmaslik prinsipiga muvofiq rasmiylashtirilishini hamda saqlanishini nazorat qiladi;
ekspertiza yoki tadqiqot oʻtkazish natijasida olingan genomga oid axborot ekspertiza yoki tadqiqotni oʻtkazgan mansabdor shaxs (ekspert) tomonidan genomga oid axborot kartasi toʻldirilishini taʼminlaydi;
genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan shaxslar va tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlari, qismlari) olingan genomga oid axborotning Yagona maʼlumotlar bazasidagi mavjud genomga oid axborotlar bilan taqqoslanishini taʼminlaydi;
genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan shaxs va tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlari, qismlari) olingan biologik materialning axborot kartasi hamda genomga oid axborot kartasi yoʻllanma xat bilan Yagona maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun Ekspert-kriminalistika bosh markaziga oshkor etmaslik prinsipiga muvofiq qogʻoz shaklida yuborilishini taʼminlaydi. Genomga oid axborot Ekspert-kriminalistika bosh markazidagi Yagona maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilingan tizim orqali elektron shaklda yuboriladi.
16. Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshligʻi:
vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan soʻrov xatlarini koʻrib chiqib, Yagona maʼlumotlar bazasida soʻrov xatida keltirilgan shaxslarning genom axboroti bor-yoʻqligi tekshirilishini hamda genom boʻyicha davlat roʻyxatiga majburiy olinishi lozim boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni soʻrov xati yuborgan organga uch ish kunida taqdim etilishini taʼminlaydi;
vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan genomga oid axborot, biologik materialning axborot kartasi hamda genomga oid axborot kartasining “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi hamda ushbu Nizomga muvofiq rasmiylashtirilganligi tekshirilishini, qabul qilinishini va roʻyxatga olinishini hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli vakolatli organga mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq tuzilgan maʼlumotnoma taqdim etilishini taʼminlaydi;
mazkur Nizom qoidalariga va oshkor etmaslik prinsipiga muvofiq genomga oid axborotga ishlov berilishini nazorat qiladi;
alohida toʻrtta toifadan iborat boʻlgan Yagona maʼlumotlar bazasi shakllantirilishini tashkil etadi;
genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olingan shaxslarning (biologik material va genomga oid axborot) kartalari kartotekada saqlanishini taʼminlaydi;
Yagona maʼlumotlar bazasiga yangi kiritilgan hukm qilingan, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan hamda aniqlanmagan shaxslarning genomga oid axborotining fosh etilmagan jinoyatlar boʻyicha muqaddam kiritilgan genomga oid axborotlar bilan taqqoslanishini hamda fosh etilmagan jinoyatlar boʻyicha shaxs identifikatsiya qilingan taqdirda tegishli vakolatli organga mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq tuzilgan maʼlumotnoma taqdim etilishini taʼminlaydi;
Yagona maʼlumotlar bazasida genomga oid axborotlarga oid nomuvofiqlik yoki xatoliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish choralarini koʻrishni tashkil etadi;
Yagona maʼlumotlar bazasi faoliyatini nazorati hamda moddiy-texnik va uslubiy taʼminotini amalga oshiradi.
17. Yoʻllanma xatda, ekspertiza tayinlash haqidagi qarorda (ajrim) hamda biologik materialning axborot kartasida biologik materialning egasi haqidagi maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilishi shart.
18. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish uchun biologik materialning axborot kartasi yuborilmagan biologik material davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan ekspertiza oʻtkazish uchun qabul qilinmaydi.
Biologik materialning axborot kartasi hamda genomga oid axborotning kartasi yuborilmagan genomga oid axborot Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi.
3-bob. Genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olish tartibi
19. Genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) yozma arizasiga koʻra pullik asosda amalga oshiriladi.
Voyaga yetmaganlarni hamda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarni genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olish ularning qonuniy vakillarining yozma arizasiga koʻra pulli asosda amalga oshiriladi.
Bunda davlat sud-ekspertiza muassasalari ariza beruvchiga genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olinishi zarurati yuzasidan oʻz fikrini va maqsadini bildirishi uchun imkoniyat berishi shart.
20. Ariza beruvchi genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olish uchun davlat sud-ekspertiza muassasalariga mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq yoki uning qonuniy vakili mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi ariza taqdim etadi.
Genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatidan oʻtish uchun mazkur Nizom bilan belgilangan pul miqdorining 100 foiz toʻlovi oldindan amalga oshiriladi.
Ariza beruvchining (qonuniy vakilining) shaxsi va yashash joyini (turar joy) tasdiqlovchi hujjatlar davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.
Bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish maqsadida, istisno tariqasida, ularning biologik qarindoshlarini genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olish bedarak yoʻqolgan shaxslarning biologik qarindoshlarining mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq yoki uning qonuniy vakilining mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi arizasi hamda tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlarining ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan bepul oʻtkaziladi.
21.Davlat sud-ekspertiza muassasalari rahbarlari (ular yoʻqligida oʻrinbosarlari):
genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olish uchun ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakili taqdim etgan hujjatlarni qabul qiladi va ular ishtirokida koʻrib chiqadi;
hujjatlarni koʻrib chiqib, shu kunning oʻzida genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish boʻyicha qaror qabul qiladi yoki taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar mavjud boʻlsa, ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakiliga kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha batafsil tushuntirilib, hujjatlarni qaytaradi;
bedarak yoʻqolgan shaxslarni aniqlash maqsadida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni (bedarak yoʻqolgan shaxslarning biologik qarindoshlarining arizasi va odam DNKsi sud-tibbiy ekspertizasi tayinlash haqidagi qarori) koʻrib chiqib, bepul genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish boʻyicha qaror qabul qiladi yoki taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar mavjud boʻlsa, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarga hujjatlarni ijrosiz qaytaradi.
22. Ijro etilishiga toʻsqinlik qilgan kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda, ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakili hujjatlarni qayta topshirishi mumkin.
23. Davlat sud-ekspertiza muassasalari rahbarlari (ular yoʻqligida oʻrinbosarlari) genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish boʻyicha qaror qabul qilingan kundan boshlab 30 kun muddatda:
ariza beruvchidan ushbu Nizomda belgilangan qoidalarga qatʼiy rioya qilgan holda, biologik material olinishini va biologik materialning axborot kartasi ikki nusxada toʻldirilishini;
biologik materialdan genomga oid axborotni olish uchun DNK tadqiqotini oʻtkazishni, tadqiqotlar natijasida olingan genomga oid axborotning toʻgʻriligini tekshirishni hamda ikki nusxada genomga oid axborot kartasi toʻldirilishini;
genomga oid axborot, shuningdek, biologik materialning axborot kartasi va genomga oid axborot kartasining bittadan nusxalarini Yagona maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun Ekspert-kriminalistika bosh markaziga mazkur Nizomda belgilangan tartibga muvofiq yuborilishini tashkil etadi.
Bedarak yoʻqolgan shaxslarni aniqlash maqsadida genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishda tuzilgan biologik materialning axborot kartasi va genomga oid axborot kartasining ikkinchi nusxalari tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarga yuboriladi.
24. Ekspert-kriminalistika bosh markazi rahbari (yoʻqligida oʻrinbosarlari):
davlat sud-ekspertiza muassasasidan genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatidan oʻtish uchun yuborilgan genomga oid axborot, biologik materialning axborot kartasi hamda genomga oid axborot kartasi kelib tushgan kundan soʻng uch ish kunida “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi va mazkur Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirilganligini tekshirib qabul qilish, shuningdek, genomga oid axborotga ishlov berilishi va Yagona maʼlumotlar bazasiga kiritilishini hamda genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisida ariza beruvchi yoki tegishli vakolatli organga mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq tuzilgan xabarnoma yuborilishini;
genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olingan shaxslarning biologik materiali axborot kartalari, genomga oid axborot kartalarini kartotekada saqlanishini taʼminlaydi.
25. Har bir shaxsni genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari miqdorida haq undiriladi.
Ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakili genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatidan oʻtishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Bunda uning arizasi koʻrilmasdan qoldiriladi hamda amalga oshirilgan toʻlov summasi qaytarilmaydi.
26. Genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olish natijasida kelib tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi.
27. Genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olishda ariza beruvchi davlat sud-ekspertiza muassasalari xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
4-bob. Biologik materialni olish, undan foydalanish, uni saqlash, berish va yoʻq qilish tartibi
28. Biologik material “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish talablariga hamda ushbu Nizom qoidalariga rioya etgan holda, vakolatli organlarning biologik materialni olishga masʼul va tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan shaxslari tomonidan bevosita yoki mutaxassisni jalb etgan holda amalga oshiriladi.
29. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olinayotgan tirik shaxslardan biologik material sifatida qon yoki soʻlak namunalari olinishi mumkin.
Agar biologik material olingan vaqtdan boshlab, besh sutka ichida uni tadqiqot oʻtkazish uchun tegishli laboratoriyalarga yetkazib berish imkoni mavjud boʻlsa, u holda ushbu shaxslardan biologik material sifatida soʻlak namunalari olinishi mumkin. Aks holda ushbu shaxslardan qon namunalari olinadi.
30. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olinayotgan tirik shaxslarning biologik materiali (qon, soʻlak namunalari) quyidagi tartibda olinadi:
dastlab genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan shaxsga biologik materialni olish asosi va tartibi tushuntiriladi;
agar shaxsdan biologik material sifatida soʻlak namunalari olingan taqdirda, biologik material biologik materiali olinishi lozim boʻlgan shaxs ovqat (suyuqlik) isteʼmol qilishidan oldin yoki kamida bir soat keyin olinadi. Bunda biologik materiali olinishi lozim boʻlgan shaxsning ogʻiz boʻshligʻi toza suv bilan chayilishi kerak;
biologik material sifatida soʻlak namunalari olinishi lozim boʻlgan shaxs yoki uning qonuniy vakili guvohligida bir marta ishlatish uchun moʻljallangan sterillangan tibbiy qoʻlqop kiygan va tibbiy niqob taqqan holda, biologik materialni oladigan shaxs tomonidan bir marta ishlatish uchun moʻljallangan maxsus tayoqcha yordamida biologik materiali olinishi lozim boʻlgan shaxsning ogʻiz boʻshligʻidan (yonoqlar ichki tomonlaridan) soʻlak namunalari olinadi;
agar shaxsdan biologik material sifatida qon namunalari olingan taqdirda, biologik material sifatida qon namunalari olinishi lozim boʻlgan shaxs yoki uning qonuniy vakili guvohligida bir marta ishlatish uchun moʻljallangan sterillangan tibbiy qoʻlqop va niqob kiygan holda, biologik materialni olishni amalga oshirayotgan shaxs tomonidan shaxsning qoʻl barmogʻi 70° li spirtda hoʻllangan paxtali tampon yordamida artilib, bir martalik steril igna-skarifikator bilan barmoqni yon yuzasidan, 2-3 mm chuqurlikda teshiladi hamda birinchi qon tomchisi artib tashlanib, keyingi qon namunasi olinadi. Qon namunasi olib boʻlingandan soʻng jarohatlangan joyiga 70° li spirt bilan hoʻllangan steril tampon qoʻyiladi;
olingan biologik material (qon yoki soʻlak) namunalari biologik materialni oladigan shaxs tomonidan tashuvchi-kartaga oʻtkaziladi hamda tashuvchi-kartadagi individual shtrix kod biologik materialning axborot kartasiga ham koʻchirib yozib qoʻyiladi;
biologik materialning axborot kartasi biologik materialni olishga masʼul boʻlgan shaxs tomonidan mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq shaklda ikki nusxada toʻldiriladi hamda biologik materiali olingan shaxs yoki uning qonuniy vakili tomonidan imzolanadi;
biologik materiali olingan shaxs imzo qoʻyishni rad etgan taqdirda, bu haqda biologik materialning axborot kartasiga yozib qoʻyiladi;
maxsus tayoqcha (oʻzining qadogʻiga qayta joylashtirilgan holda), biologik material joylashtirilgan tashuvchi-karta va biologik material axborot kartasining bir nusxasi qogʻoz konvertga (paketga) solinib, yelimlanadi va muhrlanadi;
konvertning (paketning) old betiga biologik materialni olgan davlat organining masʼul shaxslariga tegishli maʼlumotlar yozib qoʻyiladi;
konvertning (paketning) old betidagi va biologik material axborot kartasidagi maʼlumotlar bir-biri bilan mos boʻlishi shart;
biologik materialni olishda uning ifloslanishiga yoki boshqa odamning biologik materiali bilan aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bunday vaziyat roʻy bergan taqdirda, biologik materialni yangidan olish (agar buning imkoni boʻlsa) bepul amalga oshiriladi.
31. Biologik materialning axborot kartalari va konvert (paket) biologik materialni olgan shaxs tomonidan koʻk rangli boʻyoq bilan sharikli ruchkada bosma harflarda toʻldiriladi.
32. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlaridan, qismlaridan) hamda biologik materiali tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida olingan aniqlanmagan shaxslardan biologik material sifatida qon, soch tolalari, tirnoqlar, tishlar, suyaklar va boshqa toʻqimalar olinishi mumkin.
Bunda biologik material “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining dalillarni toʻplash, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish talablariga muvofiq tartibda olinadi hamda biologik materialning axborot kartasi mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq keltirilgan namuna shaklida rasmiylashtiriladi.
33. Biologik materialdan genomga oid axborotlar davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan tasdiqlangan uslubiyot orqali ekspertiza yoki tadqiqot oʻtkazish yoʻli bilan olinadi. Ekspertiza yoki tadqiqot oʻtkazish natijasida olingan genomga oid axborot ekspertiza yoki tadqiqotni oʻtkazgan mansabdor shaxs (sud-ekspert) tomonidan mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq keltirilgan namuna shaklida rasmiylashtiriladi.
34. Davlat sud-ekspertiza muassasalari taqdim etilgan biologik materialning qaydlovini yuritadi. Biologik materialning qaydlovini yuritish elektron va qogʻoz kartoteka usulida amalga oshiriladi.
Har bir biologik materialning individual shtrix-kodi qaydlov jurnaliga hamda biologik materialdan genomga oid axborot olingandan soʻng biologik materialning axborot kartasiga ham kiritiladi.
35. Biologik material va genomga oid axborotlar bir-biridan alohida boʻlgan, kirish eshigi qattiq metalldan yasalgan va kodli qulf bilan jihozlangan maxsus xonalarda saqlanadi. Agarda, maxsus xonalarda oynalar mavjud boʻlsa, ularning tusi qoraytirilgan boʻlishi, shuningdek, ularga ochiladigan hamda ichki tomonidan qulflanadigan temir panjaralar oʻrnatilishi zarur. Maxsus xonalar qoʻriqlash va yongʻin signalizatsiyasi, shuningdek, havo soʻrgich (ventilatsiya), yongʻinni oʻchirish, harorat va namlikni oʻlchash vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Maxsus xonalarda gaz, suv va oqova (kanalizatsiya) quvurlarini oʻrnatish taqiqlanadi.
36. Maxsus xonalarga kirish hamda biologik material va genomga oid axborotlar bilan ishlashga ruxsat etilgan xodimlar roʻyxati hamda ularning maxsus xonalarga kirish va chiqish vaqtini qayd etish jurnali davlat sud-ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Begona shaxslarning, shuningdek, funksional (lavozim) vazifalariga taalluqli boʻlmagan xodimlarning maxsus xonalarga kirishi taqiqlanadi.
37. Biologik material maxsus shkaflarda +16 — +24 daraja haroratda, namlik darajasi 55 — 60 foizdan koʻp boʻlmagan, quruq va qorongʻu hamda quyosh nurlarining toʻgʻridan toʻgʻri tushishini istisno qilgan holda saqlanishi lozim.
Tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlaridan, qismlaridan) hamda biologik materiali tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida olingan aniqlanmagan shaxslardan olingan biologik material, ularning oʻziga xos xususiyatlari va sifatiga talab etiladigan qoidalariga muvofiq alohida sharoitlarda (maxsus sovitgichlarda) saqlanishi lozim.
38. Tanib olinmagan murdalarning (tana qoldiqlari, qismlarining), ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslarning, shuningdek, biologik materiali tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida olingan aniqlanmagan shaxslarning biologik materialini saqlash muddatlari Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan hukm qilingan shaxslarni genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishda ulardan olingan biologik material olingan kundan eʼtiboran, ushbu materialdan genomga oid axborot olingunga qadar saqlanadi.
Genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olishda olingan biologik material “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarga qadar saqlanadi.
39. Genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan hukm qilingan shaxslardan olingan biologik material ulardan genomga oid axborotlar toʻliq olingandan soʻng biologik materialdan genomga oid axborotni olgan davlat sud-ekspertiza muassasasi tomonidan yoʻq qilinadi.
Biologik materialni yoʻq qilish tegishli davlat sud-ekspertiza muassasasi rahbarining farmoyishi bilan uch nafar xodimdan iborat boʻlgan komissiya tomonidan davlat sud-ekspertiza muassasasining tasdiqlagan usuli bilan amalga oshiriladi va yoʻq qilinganlik toʻgʻrisida mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma tuzilib, davlat sud-ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan biologik materialni taqdim etgan vakolatli organni xabardor qiladi.
40. Tanib olinmagan murdalarning (tana qoldiqlari, qismlarining), ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan, shuningdek, aniqlanmagan shaxslarning tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida olingan hamda jinoyat ishi boʻyicha ashyoviy dalil deb topilgan biologik material genomga oid axborot olingandan soʻng (agar toʻliq sarflanmagan boʻlsa) ushbu biologik materialni taqdim etgan tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarga qaytariladi.
41. Genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olinayotgan shaxslardan olingan biologik material genomga oid axborot olingandan soʻng biologik material egasining yoki uning qonuniy vakilining yozma arizasiga koʻra unga yoki uning qonuniy vakiliga qaytariladi yoxud mazkur Nizomning 39-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida belgilangan tartibda yoʻq qilinadi hamda bu haqda ariza beruvchi yozma ravishda xabardor qilinadi.
42. Genom boʻyicha majburiy va ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olinadigan shaxslardan olingan biologik materialni uchinchi shaxslarga yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga berish taqiqlanadi, “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan holatlar bundan mustasno.
5-bob. Genomga oid axborotni toʻplash, unga ishlov berish, undan foydalanish, uni saqlash va yoʻq qilish tartibi
43. Davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan taqdim etilgan genomga oid axborotni Yagona maʼlumotlar bazasida toʻplash, uni hisobga olish, tizimlashtirish va saqlash Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan genomga oid axborotga ishlov berish boʻyicha avtomatlashtirilgan identifikatsiya tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Asoslantiruvchi hujjatlar qogʻoz va (yoki) elektron shaklda shakllantiriladi.
Qogʻozdagi va elektron manbalardagi yozuvlar oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlgan taqdirda, qogʻoz manbalardagi yozuvlar ustuvor ahamiyatga ega boʻladi.
44. Yagona maʼlumotlar bazasida genomga oid axborot quyidagi maʼlumotlarga asosan tizimlashtiriladi:
genomga oid axborot egasining familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan sanasi, oy kuni, jinsi;
genomga oid axborot Yagona maʼlumotlar bazasiga kelib tushgan sana;
genomga oid axborotning Yagona maʼlumotlar bazasida qaysi toifadagi shaxslarning bazasiga hisobga olinganligi;
genomga oid axborotga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar;
Yagona maʼlumotlar bazasida hisobga olingan genomga oid axborotni Yagona maʼlumotlar bazasidan chiqarish uchun asoslar va uning sanasi.
45. Genomga oid axborotga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar quyidagi holatlarda kiritiladi:
genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olingan shaxsning shaxsiy maʼlumotlari (ismi, familiyasi, otasining ismi, millati, jinsi) oʻzgarganda;
genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olingan shaxs haqida notoʻgʻri (ismi, otasining ismi, familiyasi, millati, jinsi, hodisa vaqti va holatlari haqidagi) maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganda;
genomga oid axborot olish maqsadida biologik material boʻyicha qoʻshimcha yoki takroriy ekspertiza oʻtkazilishi natijasida birlamchi ekspertiza orqali olingan genomga oid axborot kartasiga notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilganligi haqida maʼlumotlar boʻlganda.
46. Genomga oid axborotga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar genom roʻyxatiga olingan shaxsning shaxsiy maʼlumotlari oʻzgargani va (yoki) u haqida notoʻgʻri (xato) maʼlumotlar mavjudligi toʻgʻrisida axborot kelib tushgandan soʻng uch kun muddatda Ekspert-kriminalistika bosh markazining masʼul xodimi tomonidan kiritiladi. Bunda eski maʼlumotlar yangisi bilan almashtiriladi va (yoki) toʻldiriladi, oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritishdan oldingi maʼlumotlar esa arxivlanadi hamda qaydlov jurnaliga tegishli belgi qoʻyiladi.
47. Yagona maʼlumotlar bazasi quyidagi toifalardan shakllantiriladi:
ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarni, shuningdek, oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslar toifasi;
ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan hamda biologik materiali tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida olingan aniqlanmagan shaxslar toifasi;
tanib olinmagan murdalar (tana qoldiqlari, qismlari) toifasi;
genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olinuvchi shaxslar toifasi.
48. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olingan shaxslarning genom axborotidan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
jinoyatlarning oldini olish, ularni ochish va tergov qilish;
jinoyatlarni ochish, ularni sodir etgan shaxslarni aniqlash;
bir nechta jinoyatlarning bitta shaxs tomonidan yoki bir necha shaxslar tomonidan sodir etilganligi holatlarini aniqlash;
tanib olinmagan murdalarning (tana qoldiqlarining, qismlarining) shaxsini aniqlash;
bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish hamda ularning tanib olinmagan murdalar orasida mavjudligini tekshirish;
biologik qarindoshlikni aniqlash.
Jinoyat sodir etgan shaxslarni tekshirish faqat mazkur Nizomning 47-bandining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslar toifasi doirasida amalga oshiriladi.
Genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olingan shaxslarning genomga oid axborotidan faqat tanib olinmagan murdalar (tana qoldiqlari, qismlari) va bedarak yoʻqolgan shaxslarni aniqlash maqsadida foydalaniladi.
49. Genomga oid axborotdan foydalanish tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarning ekspertiza tayinlash haqidagi qarori va sudning ajrimiga muvofiq Yagona maʼlumotlar bazasidagi genomga oid axborotlar bilan taqqoslash va identifikatsiya qilish orqali foydalaniladi.
50. Davlat sud-ekspertiza muassasalariga qaror (ajrim) kelib tushgan kundan boshlab 30 kun ichida tekshiriladi. Tekshiruv natijalari boʻyicha mos kelishlar bor yoki yoʻqligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda ekspertiza xulosasi tuziladi va tashabbuskor organga taqdim etiladi.
Taqdim etilgan genomga oid axborotdan foydalanish nazorati vakolatli organ rahbariga yuklanadi.
51. Genomga oid axborot “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasida belgilangan muddatlar davomida saqlanadi.
52. Genomga oid axborot “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan saqlash muddatlari tugagandan soʻng, shuningdek, vakolatli davlat organining soʻrovnomasiga asosan quyidagi hollarda Yagona maʼlumotlar bazasidan yoʻq qilinadi:
tanib olinmagan murdaning (tana qoldiqlarining, qismlarining) shaxsi aniqlanganda;
bedarak yoʻqolgan shaxsning qidiruvi tugaganda yoki uning vafot etganligi aniqlanganda;
hukm qilingan, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi reabilitatsiya uchun asoslarga koʻra yoki vafot etganligi aniqlanganligi sababli tugatilganda yoxud ushbu toifadagi shaxslar sud tomonidan oqlanganda.
Ushbu bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar tomonidan chiqarilgan jinoyat ishini (shu jumladan, uning bir qismini) tugatish haqidagi qaror va sud tomonidan eʼlon qilingan oqlov hukmi (ajrimi) yoʻllanma xat bilan Ekspert-kriminalistika bosh markaziga taqdim etilgan taqdirdagina, ularning genomga oid axboroti Yagona maʼlumotlar bazasidan yoʻq qilinadi.
53. Yagona maʼlumotlar bazasidagi genomga oid axborot jinoyat ishini (bir qismini) tugatish haqidagi qaror (oqlov hukmi, ajrimi) yoʻllanma xat bilan kelib tushgandan boshlab oʻn besh kun ichida Ekspert-kriminalistika bosh markazining vakolatli xodimlari tomonidan yoʻq qilinadi.
Genomga oid axborotni Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshligʻining farmoyishi bilan uch nafar xodimdan iborat tarkibda tuziladigan komissiya tomonidan yoʻq qilinadi va mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan vakolatli organ yozma ravishda xabardor qilinadi.
54. Yagona maʼlumotlar bazasida saqlanayotgan genomga oid axborot olinishi hamda unga ishlov berish shart-sharoitlari buzilganligi yuzasidan genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olingan shaxs yoki uning qonuniy vakilining, shuningdek, vakolatli organlarning yozma murojaatlariga asosan Ekspert-kriminalistika bosh markazi masʼul xodimlari tomonidan genomga oid axborot toʻsib qoʻyiladi.
Toʻsib qoʻyish davlat roʻyxatiga olingan shaxs yoki uning qonuniy vakilining, shuningdek, vakolatli organlarning yozma murojaati kelib tushgan kuni amalga oshiriladi va bu haqda hisob yuritish tizimi va jurnaliga ogohlantiruvchi belgi qoʻyiladi. Buzilish holatlariga aniqlik kiritish maqsadida Ekspert-kriminalistika bosh markazi hamda biologik materialni va undan genomga oid axborotni olgan vakolatli organ masʼul xodimlari birgalikda oʻn besh kun muddatda oʻrganish ishlarini amalga oshiradi va buzilishlar tasdigʻini topgan taqdirda, ularni bartaraf etish choralarini koʻradi.
Qoʻshimcha hamda joyiga chiqib oʻrganishni taqozo etgan hollarda oʻrganish ishlari bir oy muddatgacha uzaytirilishi mumkin. Bunda ariza beruvchi yoki vakolatli organlar uch kun muddatda yozma ravishda ogohlantiriladi.
55. Vakolatli organlardan qoʻshimcha maʼlumotlar olish hamda joyiga chiqib oʻrganish va tekshirishlarni taqozo etmaydigan hollarda toʻsib qoʻyish boʻyicha oʻrganish ishlari besh kun muddatda Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan amalga oshiriladi.
56. Toʻsib qoʻyishning buzilish holatlari oʻz tasdigʻini topmagan taqdirda yoki oʻrganish natijasida aniqlangan buzilishlar bartaraf etilgandan keyin Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan ariza beruvchi yoki vakolatli organlarga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yozma ravishda axborot beriladi hamda ularning roziligi bilan bekor qilinadi.
57. Yagona maʼlumotlar bazasida saqlanayotgan genomga oid axborotni tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sudga, shuningdek, alohida jinoyat ishlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga berishda genomga oid axborot Ekspert-kriminalistika bosh markazining masʼul xodimlari tomonidan egasizlantiriladi.
58. Egasizlantirish va egasizlantirishni bekor qilish tartibi va usuliga oid maʼlumotlar oshkor etilmaydi.
59. Egasizlantirish va egasizlantirishni bekor qilish tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organ va sudning yozma topshirigʻiga asosan amalga oshiriladi.
60. Egasizlantirilgan genomga oid axborot va uni egasizlantirishda qoʻllanilgan usul va tartibga oid maʼlumotlar bir-biridan alohida saqlanadi.
61. Egasizlantirilgan genomga oid axborot bilan uni egasizlantirishda qoʻllanilgan usul va tartibga oid maʼlumotlar oshkor etmaslik prinsipiga muvofiq himoyalangan aloqa kanallari orqali beriladi.
62. Yagona maʼlumotlar bazasida saqlanayotgan genomga oid axborotning axborot kartasi tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sudlarga berish ularning yozma soʻrov xati asosida amalga oshiriladi.
Genomga oid axborotga asossiz ravishda ishlov berish hamda kerakli hujjatlarni rasmiylashtirmaslik, shuningdek, genomga oid axborot va egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ochiq aloqa kanallari orqali hamda vakolatli va boshqa shaxslarning ogʻzaki yoki norasmiy murojaati asosida taqdim etish taqiqlanadi.
63. Yagona maʼlumotlar bazasi joylashgan xonalarga kirishga, genomga oid axborot bilan ishlashga ruxsat etilgan xodimlar roʻyxati Ekspert-kriminalistika bosh markazi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Begona shaxslarning, shuningdek, funksional (lavozim) vazifalariga taalluqli boʻlmagan xodimlar (oʻzga shaxslar)ning kirishi, shuningdek, ularga vaqtincha foydalanish uchun genomga oid axborotni taqdim etish taqiqlanadi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
64. Genomga oid axborotga ishlov berish va uni Yagona maʼlumotlar bazasidan tashqarida saqlash, Yagona maʼlumotlar bazasi joylashgan xonalarning eshiklarini ochiq qoldirish hamda ishdan tashqari vaqtlarda ularning muhrlanmagan holda qoldirilishi taqiqlanadi.
65. Yagona maʼlumotlar bazasi joylashgan xonalarga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bir martalik ruxsatnomasiz video va fotoapparatlar, kuzatuv vositalari, mobil va kompyuter qurilmalarini olib kirish taqiqlanadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
66. Genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan shaxslar va tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlari, qismlari) olingan biologik material “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi talablari va mazkur Nizom bilan belgilangan qoidalar buzilgan holda rasmiylashtirilgan, shuningdek, taqdim etilgan biologik material tadqiqot uchun yaroqsiz holda taqdim etilgan boʻlsa, davlat sud-ekspertiza muassasasi ushbu biologik materialni yuborgan vakolatli organni uch kun muddatda xabardor qiladi.
Vakolatli organ tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur choralar koʻrilmasa, biologik material 30 kun oʻtgach ijrosiz qaytariladi.
67. Avtomatlashtirilgan axborotni tizimi nazorat va ruxsatsiz kirishlardan himoya qilish vositalari bilan taʼminlamasdan, genomga oid axborotning avtomatlashtirilgan hisobini yuritish taqiqlanadi.
68. Genomga oid axborot belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, Ekspert-kriminalistika bosh markaziga himoyalangan aloqa kanallari orqali yuboriladi.
Tarmoq orqali yuborish imkoni boʻlmagan taqdirda, vakolatli shaxs tomonidan qoʻlda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat feldegerlik xizmati orqali oshkor etmaslik prinsipiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
69. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish tadbirlarini moliyalashtirish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
70. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Biologik material va undan genomga oid axborotni olish hamda Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasiga taqdim etish jarayonlari
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Jazoni ijro etish muassasalari va probatsiya xizmati

1. Genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan shaxslar roʻyxatini shakllantiradi.

2. Roʻyxatda keltirilgan shaxslarning maʼlumoti Yagona maʼlumotlar bazasida mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markaziga soʻrov xati yuboradi.

Belgilangan muddatlarda

Zaruratga koʻra

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar

Genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi va tekshirilishi lozim boʻlgan shaxslarning maʼlumoti Yagona maʼlumotlar bazasida mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markaziga soʻrov xati yuboradi.

Ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakili

Sud-ekspertiza muassasalariga yoki davlat organlariga genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatidan oʻtish uchun ariza taqdim etadi.

Ehtiyojga koʻra

2-bosqich

Ekspert-kriminalistika bosh markazi

Jazoni ijro etish muassasalari, probatsiya xizmati, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sudning soʻrov xatida keltirilgan shaxslarning genomga oid axborotlari Yagona maʼlumotlar bazasida bor yoki yoʻqligini tekshiradi va natijasi boʻyicha soʻrov beruvchi vakolatli davlat organiga maʼlumot yuboradi.

Uch ish kunida

3-bosqich

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar, jazoni ijro etish muassasalari va probatsiya xizmati

Genom boʻyicha majburiy ravishda davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan shaxslardan, shuningdek, tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlari, qismlaridan) biologik material olinishini va ikki nusxada axborot kartasi rasmiylashtirilishini tashkil etadi hamda biologik materialni va axborot kartasining bir nusxasini sud-ekspertiza muassasalariga zarur hujjatlar bilan birga taqdim etadi.

Zaruratga koʻra

4-bosqich

Davlat sud-ekspertiza muassasalari

1. Taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni tekshirib qabul qiladi.

2. Agarda, hujjatlar Nizomda belgilangan qoidalarga nomuvofiq ravishda rasmiylashtirilgan yoki biologik materiallar tadqiqot va ekspertiza oʻtkazish uchun yaroqsiz yoxud yetarli hajmda boʻlmasa, taqdim qilingan hujjatlar va biologik materialni qaytaradi.

3. Genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olish uchun qaror qabul qiladi yoki Nizomda belgilangan hujjatlar taqdim etilmasa va toʻlov toʻliq hajmda amalga oshirilmasa ariza ijro uchun qabul qilinmaydi va taqdim qilingan hujjatlari ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakiliga qaytaradi.

Uch ish kunida Murojaat etilgan kuni

5-bosqich

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar, jazoni ijro etish muassasalari va probatsiya xizmati, ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakili

Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olinishi rad etishga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan holatda, hujjatlarni qayta topshirishi mumkin.

Rad etishga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilganda

6-bosqich

Davlat sud-ekspertiza muassasalari

1. Biologik materialni va/yoki taqdim etilgan biologik materiallardan tadqiqot yoxud ekspertiza yoʻli bilan genomga oid axborotni oladi.

2. Genomga oid maʼlumotlarni toʻliq hajmda olib, genomga oid axborot kartasini toʻldiradi.

3. Biologik materialni yoʻq qilib, dalolatnoma rasmiylashtiradi yoki surishtiruv, tergov va sud organlari hamda ariza beruvchiga qaytaradi.

4. Biologik materialning axborot kartasini, genomga oid axborot va uning axborot kartasining bir nusxasini Ekspert-kriminalistika bosh markaziga yuboradi.

Biologik material taqdim etilgan yoki olingan kundan boshlab oʻttiz kun davomida.

7-bosqich

Ekspert-kriminalistika bosh markazi

1. Taqdim etilgan hujjatlar va genomga oid axborot maʼlumotlari Nizomga muvofiq rasmiylashtirilganligini te�shirib qabul qiladi hamda jurnalda qaydlovni amalga oshiradi.

2. Yagona maʼlumotlar bazasiga kiritish va tekshirishni amalga oshiradi.

3. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli davlat organlari yoki ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi.

Uch ish kunda

Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

ShAKL‎‎‎

___________________________________

‎‎(vakolatli organ nomi) boshligʻi_______________________________________________________________ga

(F.I.O.)‎‎

‎‎

Genomga oid davlat roʻyxatiga olinganligi va yagona maʼlumotlar bazasidan tekshirilganligi haqida MAʼLUMOTNOMA‎‎

‎‎
____ / _______

20 __ yil “___” ________‎‎

‎‎

Sizning, 20___ yil “___” ________dagi odam DNKsining sud-biologik ekspertizasini tayinlash haqidagi qaror/yoʻllanma xat bilan taqdim etilgan‎‎

___________________________________________________________________________________________‎‎

(fuqaro/mahkum F.I.O., aniqlanmagan shaxs, tanib olinmagan murdaning (tana qoldiqlari, qismlari)‎‎

___________________________________________________________________________________________‎‎
___________________________________________________________________________________________‎‎‎‎

genomga oid axboroti 20___yil “___” ________da Oʻzbekiston Respublikasi Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasida ____-son bilan roʻyxatga olindi.‎‎

‎‎

‎‎Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasi boʻyicha tekshirilganda,

___________________________________________________________________________________________‎‎‎‎
___________________________________________________________________________________________‎‎
___________________________________________________________________________________________‎‎
mos kelishlar aniqlan(ma)di.‎‎
Ilova:_______________________.
Tekshiruvni amalga oshirdi:‎__________________________________________________________

(lavozimi, F.I.O., imzo)

‎‎
Rahbar:‎‎_________________________________________________________

(lavozimi, F.I.O., imzo)

Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

ShAKL‎‎

__________‎‎_____________________‎‎

‎‎(sud-ekspertiza muassasasi nomi)‎‎

rahbari_____________________‎‎____________________________________________

(F.I.O.)

‎‎

Genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatidan oʻtish uchun

ARIZA

‎‎Men,_____________________________________________________________________________

(familiyasi, agar mavjud boʻlsa)‎‎

_______________________________________________________________________________‎‎

(ismi)‎‎

_________________________________________________________________________________________ni‎‎

(otasining ismi, agar mavjud boʻlsa)‎‎

1. Tugʻilgan sanasi: “___”_________ _____yil‎‎
2. Tugilgan joyi:‎‎_____________________________
3. Jinsi: Erkak- □ Ayol -‎‎ □
4. Fuqaroligi:‎‎_______________________________
5. Millati:‎‎_________________________________
6. Bedarak yoʻqolgan shaxsning biologik qarindoshimi? Ha- □ Yoʻq - □
7. Qarindoshlik darajasi (farzandi, ota-onasi va boshqalar):‎‎__________________________________________
8. Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar:‎‎ _____________________________
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
9. Shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlsa):___________________________________________________
10. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi:‎‎ _____________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________

(hujjat raqami, seriyasi, kim tomonidan berilgan, berilgan sanasi)

genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishingizni (biologik material olinishini, genomga oid axborotga ishlov berilishini) hamda olingan genomga oid axborotni _____yil “___” ________ga qadar saqlanishini taʼminlashingizni soʻrayman.

__________________‎‎

_________‎‎

_________________‎‎

(F.I.O.) ‎‎

(imzo) ‎‎

(sana)‎‎

Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

ShAKL‎‎

________‎‎_______________________

‎‎(sud-ekspertiza muassasasi nomi)‎‎

rahbari‎‎_______________________________________________________________ga

(F.I.O.)‎‎

‎‎Genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatidan oʻtish uchun

ARIZA‎‎

‎‎
‎‎Men,_____________________________________________________________________________

(familiyasi, agar mavjud boʻlsa)‎‎

_______________________________________________________________________________‎‎

(ismi)

‎‎_______________________________________________________________________________

(otasining ismi, agar mavjud boʻlsa)‎‎

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat
turi:‎‎__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(hujjat raqami, seriyasi, kim tomonidan berilgan, berilgan sanasi)‎

‎‎
Fuqaro‎‎___________________________________________________________________________

(familiyasi)‎‎

‎‎_______________________________________________________________________________

(ismi)‎‎

_______________________________________________________________________________________ning‎‎

(otasining ismi, agar mavjud boʻlsa)‎‎

‎‎
1.Tugʻilgan sanasi: “___” yil _________ ____yil‎‎
2. Tugʻilgan joyi:‎‎__________________________
3. Jinsi: Erkak - □ Ayol - □
4. Fuqaroligi:‎‎____________________________
5. Millati:‎‎_______________________________
6. Bedarak yoʻqolgan shaxsning biologik qarindoshimi? H? - □ Yoʻq- □‎‎‎‎
7. Qarindoshlik darajasi (farzandi, ota-onasi va boshqalar):‎‎‎____________________________________
8. Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar:‎‎_____________________________
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________‎‎
9. Shaxsiy ndentifikatsiya raqami (mavjud boʻlsa):‎‎ □□□□□□□□□□
‎‎10. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi:_____________________________________________________________
‎‎_______________________________________________________________________________

(hujjat raqami, seriyasi, kim tomonidan berilgan, berilgan sanasi)‎‎

______________________________________________________________________ga asosan qonuniy vakili‎‎

(sudning qarori, ishonchnoma)‎‎

sifatida uni genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishingizni (biologik material olinishi, genomga oid axborotga ishlov berilishi) hamda olingan genomga oid axborotni ______yil “___” _______ga qadar saqlanishini soʻrayman.‎‎

‎‎

____________________‎‎

_____________‎‎

___________________‎‎

(F.I.O.)

(imzo) ‎‎

(sana)

Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

ShAKL‎‎

‎‎_______________________________________________________________________________ga

(arizachi F.I.O.)‎‎

‎‎

Genomga oid davlat roʻyxatiga olinganligi haqida‎‎

XABARNOMA‎‎

‎‎
___ / ________‎‎

“___” __________ 20 __ yil‎‎

‎‎Sizning, 20__ yil “___”_________ dagi arizangizga asosan, genomga oid axborotingiz 20__ yil “___”_________ da Oʻzbekiston Respublikasi Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasida _________-son bilan genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olindi.

‎‎
Roʻyxatga olishni amalga oshirdi:‎‎_______________________________________________________

(lavozimi, F.I.O., imzo)‎‎

‎‎
‎‎
Rahbar:‎‎_________________________________________________________

(lavozimi, F.I.O., imzo)‎‎

Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

ShAKL‎‎

Ariza beruvchi / hukm qilingan / ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir pishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxsdan olingan biologik materialning‎‎

AXBOROT KARTASI‎‎

(familiyasi, agar mavjud boʻlsa) ‎‎

(ismi) ‎‎

(otasining ismi, agar mavjud boʻlsa)‎‎

1. Tugʻilgan sanasi: : “___”__________ ____ yil‎‎
2. Tugʻilgan joyi:_________________________‎
3. Jinsi: Erkak -□ Ayol -‎‎□
4. Fuqaroligi:_______________________ ‎‎
5. Millati: ‎_____________________________‎
6. Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar:____________________________‎
___‎‎_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
7. Shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlsa): □□□□□□□□□□‎‎‎‎
8. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi:____________________________________________________________‎
‎‎______________________________________________________________________________
(hujjat raqami, seriyasi, kim tomonidan berilgan, berilgan sanasi)
‎‎9. Biologik materialni olishning asosi (tagiga chizilsin):
9.1. Genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatidan oʻtish uchun ariza;
9.2. Hukm qilingan shaxs: _____-moddasi, ____-qismi, ____-bandi;‎‎

______-moddasi, ____-qismi, ___-bandi;‎‎‎‎

‎‎9.3. Ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan:
‎ ____-moddasi, ____-qismi, ____-bandi;
‎‎10. Tashuvchi-karta raqami (shtrix-kod): □□□□□□□□□□‎‎‎‎
‎‎11. Biologik materialni olgan organ:___________________________________________________________
‎‎12. Biologik material olingan sana: “___”_________ ____ yil

Biologik materiali olingan shaxs: ‎‎

__________‎‎ _______________________‎‎

(imzo) ‎‎

(F.I.O.)‎‎

Qonuniy vakil: ‎‎

__________‎‎‎‎ _______________________‎‎
‎‎

(imzo) ‎‎ ‎‎

(F.I.O.)‎‎ ‎‎

Biologik material olindi:_________________‎‎‎____‎

‎‎___________________________________

(mutaxassis lavozimi)‎‎‎‎

(imzo) ‎‎ ‎‎

(F.I.O.)‎‎ ‎‎

Masʼul xodim: ‎‎ __________‎‎ _______________________‎‎

‎‎(lavozimi)

(imzo) ‎‎ ‎‎ ‎‎

(F.I.O.)‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎Sana: 20__yil “____ ” _________
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA

ShAKL‎‎

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida aniqlanmagan shaxs / tanib olinmagan murdadan (tana qoldiqlari, qismlari) olingan biologik materialning‎‎

AXBOROT KARTASI‎‎

‎‎
‎‎1. Biologik materialni olgan surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organining nomi:___________
‎‎________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎‎2. Tergovga qadar tekshiruv materiali yoki jinoyat ishi raqami:_______________________________________
‎‎3. Biologik material olingan sana: 20 yil “___”_________.
‎‎4. Biologik material olish uchun asos (tagiga chizilsin):
‎‎4.1. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida aniqlanmagan shaxsdan olingan biologik material;
‎‎4.2. Tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlari, qismlari) olingan biologik material;
‎‎5. Hodisa tafsiloti va sodir etilgan joy:________________________________________________________
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎‎6. Murdaning (tana qoldiqlari, qismlari) aniqlangan joyi, sanasi, oʻlim sababi, jinsi, alohida belgilari (mavjud boʻlsa):______________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________
Ilova: hodisa joyini, murdani koʻzdan kechirish bayonnomasi nusxasi ______ varaqda.‎‎
Biologik materialni oldi: ‎‎ _________‎‎ _______________________‎‎
(mutaxassis lavozimi)‎‎ ‎‎‎

(imzo)‎

(F.I.O.)‎‎

‎‎Masʼul xodim: _________‎‎ _______________________‎‎

(lavozimi)‎‎

(imzo)‎ ‎

(F.I.O.)‎‎

‎‎
Sana: 20___yil “___”_________‎‎
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA

ShAKL‎‎

‎‎GENOMGA OID AXBOROT KARTA

‎‎

(familiyasi, agar mavjud boʻlsa) ‎‎

(ismi) ‎‎

(otasining ismi, agar mavjud boʻlsa)‎‎

1. Tugʻilgan sanasi: “__ ”_____________ _____yil‎‎
‎‎2. Tugʻilgan joyi:___________________________
3. Jinsi: Erkak -□ Ayol -□ ‎‎
‎‎4. Fuqaroligi:_____________________________
‎‎5. Millati:________________________________
‎‎6. Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar:__________________________________
____________________________________________________________________________________
‎‎7. Shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlsa): □□□□□□□□□□‎‎
‎‎8. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi:___________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________

‎‎(hujjat raqami, seriyasi, kim tomonidan berilgan, berilgan sanasi)

9. Hisobga olish toifasi (belgi qoʻyilsin):‎‎
‎‎9.1. Genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatidan oʻtgan shaxs
‎‎9.2. Bedarak yoʻqolgan shaxsning biologik qarindoshi □_____________________________________________

(qarindoshlik darajasi)‎‎

‎‎9.3. Hukm qilingan shaxs:
9.4. Ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan:□‎‎
9.5. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida biologik materiali olingan aniqlanmagan shaxs □‎‎
‎‎9.6. Tanib olinmagan murda (tana qoldiqlari, qismlari) □‎‎
‎‎10. Taqdim etilgan obyekt nomi:______________________________________________________________________
‎‎11. Tashuvchi-karta raqami (shtrix-kod): □‎‎□‎‎□‎‎□‎‎□‎‎□‎‎□‎‎□‎‎□‎‎□‎‎
‎‎Individual raqam (ShTRIX-KOD — BARCODE):
‎‎

VWA‎‎

TNOl ‎‎

D21S11‎‎

FGA‎‎

D8S1179‎‎

D3S1358‎‎

D18S51‎‎

Amelogenin

TPOX‎‎

CSF1P0‎‎

D13S317‎‎

D7S820‎‎

D5S818‎‎

D16S539‎‎

D2S1338‎‎

D19S433‎‎

Penta D

‎‎Penta E
‎‎‎‎D1S1656 ‎

‎‎D2S441

‎‎D10S1248

‎‎D22S1045

D12S391

SE33

‎‎

Boshqa lokus‎‎‏

‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Genomga oid axborotni oldi: ‎ _____‎‎ ___________________‎‎
‎‎‎(muassasa nomi, mutaxassis lavozimi)‎‎ (imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎

Izoh. Maʼlumotlar tavsiyaviy xususiyatga ega boʻlib, ularga qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA

ShAKL‎‎

‎‎“TASDIQLAYMAN”

‎‎Sud-ekspertiza muassasasi rahbari

_______________________‎‎___

(F.I.O.)‎

20 __ yil “__” ____________‎‎

‎‎

‎‎Biologik materialni / genomga oid axborotni yoʻq qilish haqida

DALOLATNOMA‎‎

‎‎
‎‎№ _______

20 __ yil “__” ________‎

Ushbu dalolatnoma genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish maqsadida taqdim etilgan biologik material / genomga oid axborot yoʻq qilinganligi haqida tuzildi.‎‎
‎‎
‎‎_______________________________________________________________________________

(yoʻq qilish uchun asos)‎‎

‎‎

T/r‎

Biologik material / genomga oid axborot olingan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa)‎


Tugʻilgan sanasi‎

Tugʻilgan joyi‎

‎‎Shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlgan taqdirda) yoki shaxsini tasdiqlovchi hujjat nomi va raqami

‎‎Taqdim etgan organ nomi, kirish raqami va sanasi

Yoʻq qilish usuli‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎
Komissiya aʼzolari:‎‎
1.‎‎_____________________________________________________

___________‎‎‎

(lavozimi, F.I.O.)

(imzo)‎‎

2.‎‎_____________________________________________________‎‎

___________‎‎‎ ‎‎

(lavozimi, F.I.O.) ‎‎

(imzo)‎‎ ‎

3.‎‎_____________________________________________________‎‎‎‎

___________‎‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎(lavozimi, F.I.O.) ‎‎
‎‎
‎‎
‎‎

(imzo)‎‎ ‎ ‎‎‎

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2021-y., 09/21/689/1060-son)