1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish, ariza berish va uni ko‘rib chiqish, ma’lumotnomani ariza beruvchiga taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) elektron xizmatlarni joriy qilish bo‘yicha texnik hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zarxiv” agentligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan ma’muriy reglamentlar bo‘yicha davlat xizmatlarining YIDXP orqali joriy etilishini ta’minlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatishning har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imlarning Davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi yagona billing tizimi orqali elektron tarzda to‘lanishini ta’minlasin.
4. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi davlat arxivlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun elektron ma’lumot almashishni ta’minlovchi axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish, davlat arxivlarining axborot tizimini joriy etishda talab etiladigan moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun xarajatlar “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi davlat arxivlari tomonidan davlat xizmatlarining belgilangan tartibda ko‘rsatilishi ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 5-apreldagi 101-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 15-son, 168-modda) 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktori U.M. Yusupov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-sentabr,
597-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-sentabrdagi 597-son qaroriga 1-ILOVA
Yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament jismoniy shaxslarga yoki ularning yaqin qarindoshlariga (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi davlat arxivlarida saqlanayotgan tashkilotlar bo‘yicha yozuvlarni tasdiqlash yuzasidan davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatiladi.
3. Davlat xizmatlari markazlari va davlat arxivlari o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
4. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ko‘rsatiladi.
2-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPdan ro‘yxatdan o‘tadi.
6. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi. Ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda, so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi ilova qilinadi.
7. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan so‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
9. Ariza beruvchilar YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
10. Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi 1 ta tashkilotdagi ishga kirgan va ishdan bo‘shaganligi bo‘yicha yozuvlarni tasdiqlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 barobari miqdorida yig‘im undiriladi.
Bunda davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
11. Yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
(11-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
0,5 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi davlat xizmatini ko‘rsatgan davlat arxivining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
(11-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
(11-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
0,5 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
qolgan mablag‘lar — davlat xizmatini ko‘rsatgan davlat arxivining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
12. Ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi. Bunda davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun to‘lov summasi qaytarilmaydi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning so‘rovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda tegishli davlat arxiviga elektron shaklda yuboriladi.
15. So‘rovnomada so‘ralayotgan tashkilotlar hujjatlari tegishli davlat arxivida mavjud bo‘lmaganda, so‘rovnomani qabul qilgan davlat arxivi bir ish kuni mobaynida tegishli ma’lumot saqlanayotgan davlat arxivini aniqlaydi (tashkilotlar hujjatlari boshqa arxivda mavjud bo‘lmagan holatlar bundan mustasno) va so‘rovnomani tegishliligi bo‘yicha davlat arxivlariga yuboradi.
Tegishli davlat arxivi so‘rovnoma tushgan vaqtdan boshlab yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun 20 ish kunidan oshmagan muddatda tegishli QR-kodli (matrik shtrixli kod) ma’lumotnomani shakllantiradi hamda (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) tegishli davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda ariza beruvchiga yuboradi. Bunda to‘langan yig‘im, agar mavjud bo‘lsa, bank xizmati to‘lovini ayirgan holda, so‘rovnomani qabul qilgan arxivdan so‘rovnomani bajargan arxivga o‘tkaziladi.
So‘rovnoma arxiv hujjatlari asosida ko‘rib chiqilib, tegishli ma’lumot aniqlanmagan taqdirda, to‘langan yig‘im miqdori ariza beruvchiga qaytarilmaydi.
16. Davlat xizmatlari markazi ma’lumotnoma tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va uni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilgan taqdirda, uning so‘roviga ko‘ra davlat xizmatlari markazi unga ma’lumotnomani elektron yoki qog‘oz shaklda taqdim etishi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. Davlat xizmatlari markazlari va davlat arxivlari o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi hamda monitoring olib boradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
19. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun.
20. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2154-moddasi.
Yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 1-ILOVA
Yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelgan holda murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tadi.
Xohishiga ko‘ra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
So‘rovnomani to‘ldirib, tegishli davlat arxiviga yuboradi.
1. So‘rovnoma to‘ldirilgandan keyin 10 daqiqa ichida
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
Davlat arxivlari
QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) ERI bilan tasdiqlangan holda tegishli davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
20 ish kunida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
1. Ma’lumotnomani ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va uni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
1. Ma’lumotnoma tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida
2. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, uning so‘roviga ko‘ra ma’lumotnomani elektron yoki qog‘oz shaklda taqdim etadi.
2. Ariza beruvchining murojaatiga ko‘ra
Yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 2-ILOVA
____________________
(sana)
____________________
(raqam)
Yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash bo‘yicha arxiv ma’lumotnomasini olish uchun
SO‘ROVNOMA
I. Ariza beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
1. Familiyasi (o‘zgartirilgan bo‘lsa, yozilishi kerak):
2. Ismi (o‘zgartirilgan bo‘lsa, yozilishi kerak):
3. Otasining ismi (o‘zgartirilgan bo‘lsa, yozilishi kerak):
4. Tug‘ilgan yili va sanasi:
5. Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzil:
6. Farzandlarining tug‘ilgan yili va sanasi (bir necha nafar bo‘lsa ketma-ketlikda to‘ldirilsin):
7. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami:
8. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):
9. Telefon raqami:
II. Ilova qilinadigan hujjatlar:
10. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan bo‘lsa):
11. Ariza beruvchining mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
Ish joyi, bo‘linma nomi yoki raqami
va lavozimi
(bo‘linma nomi yoki raqami agar mavjud bo‘lsa )
Ishga qabul qilinganligi bo‘yicha ma’lumot
Mehnat shartnomasi bekor qilinganligi bo‘yicha ma’lumot
(yil, oy)
Ishlagan tashkilotning yuqori turuvchi organi nomi
(agar mavjud bo‘lsa)
Tashkilotning nomi o‘zgarganligi to‘g‘risida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa)
Tashkilot joylashgan hudud
(agar mavjud bo‘lsa)
Taxminiy
yil, oy
Buyruq raqami va sanasi
(agar mavjud bo‘lsa)
Taxminiy yil, oy
Buyruq raqami va sanasi
(agar mavjud bo‘lsa)
Ushbu so‘rovnomada keltirilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini tasdiqlayman.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-sentabrdagi 597-son qaroriga 3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 5-apreldagi 101-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. 1-ilovaning 131-bandi yettinchi xatboshisidagi “30 kundan” so‘zlari “20 ish kunidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
uchinchi xatboshiga “mehnat shartnomalari” so‘zlaridan keyin “, shuningdek, fuqarolik-huquqiy shartnomalar” so‘zlari qo‘shilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “mehnat shartnomalari” so‘zlari “fuqarolik-huquqiy shartnomalar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. 6-ilovaning 20-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. Quyidagi holatlar vaqtincha olib chiqishga ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun asos bo‘lishi mumkin:
vaqtincha olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlarining mulkdori aniqlanmasligi;
arxiv hujjatlariga mulkdorlik huquqi to‘g‘risida nizolar yuzaga kelishi;
taqdim etilgan hujjatlarning ishonchsizligi aniqlanishi;
arxiv hujjatlarining qaytib kelmasligi xavfi mavjudligi;
ruxsatnoma berilganligi uchun ariza beruvchi tomonidan maxsus yig‘im to‘lanmasligi.
Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini (yoki ishonchsizligini) aniqlash “O‘zarxiv” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Taqdim etilgan hujjatlarning yoki ma’lumotlarning ishonchliligini tasdiqlovchi qo‘shimcha materiallar talab qilish, agar qonun hujjatlarida bunday talab belgilanmagan bo‘lsa, taqiqlanadi”.