Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan, davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlar (keyingi oʻrinlarda — qarovsiz bolalar) bilan ishlash boʻyicha faoliyatni samarali tashkil etish, shuningdek, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlarining asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, ular faoliyatini tashkil etish hamda boshqarish tartibi, nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarni aniqlash, ularni markazga qabul qilish, roʻyxatga olish va saqlash tartibi, voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishlarini tashkil etish va ularni markazdan chiqarish tartibini nazarda tutuvchi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga qabul qilingan bolalar birinchi navbatda yuboriladigan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga qabul qilingan bolalarni oziq-ovqat, birlamchi kiyim-kechak va ashyoviy taʼminot buyumlari bilan taʼminlash meʼyorlari 3-ilovaga muvofiq;
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga joylashtirilgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan va davlat yordamiga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlarni kiyim-kechak, poyabzal va ashyoviy taʼminot buyumlari bilan taʼminlash meʼyorlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Markazlar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
qarovsiz bolalarning shaxsini aniqlash, ularning oʻqishi va xulq-atvorini, oilasidagi muhitni hamda qarovsiz qolishiga sabab boʻlgan omillarni toʻliq oʻrganish;
qarovsiz bolalarning ijtimoiy-huquqiy holatiga baho berish va tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish natijasiga koʻra ularni ota-onasiga (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarga) topshirish yoki tegishli muassasalar (ixtisoslashtirilgan taʼlim, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya, bolalar yoki sogʻliqni saqlash muassasalari)ga joylashtirilishini tashkil etish;
qarovsiz bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish, shu jumladan, ularni oziq-ovqat, birlamchi kiyim-kechak va ashyoviy taʼminot buyumlari bilan taʼminlash, vaqtincha saqlash va kasb-hunarga oʻrgatish tadbirlarini tashkil etish.
3. 2021-yil 1-sentabrdan eʼtiboran qarovsiz bolalar bilan ishlash tizimida shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
a) voyaga yetmagan shaxsning qarovsiz qolganligini aniqlash boʻyicha:
Oldingi tahrirga qarang.
voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar tomonidan — taʼlim muassasalarida, profilaktika inspektorlari tomonidan — xizmat hududida, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari va mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan — oilalarda oʻrganish (kuzatish) va profilaktika tadbirlarini amalga oshirish jarayonida qarovsiz bolalar aniqlanadi;
(3-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlash va ular bilan manzilli ishlash yoʻnalishidagi ishlarga fuqarolar yigʻinlari raislari va mahallalardagi xotin-qizlar faollari masʼul etib belgilanib, ular zimmasiga mahallalarda qarovsiz qolgan bolalarning oʻz vaqtida aniqlanmasdan qolish holatlari boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklanadi;
(3-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
voyaga yetmagan shaxsning qarovsiz qolganligi davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan aniqlangan hollarda ular bu toʻgʻrisida profilaktika inspektoriga xabar beradi;
b) qarovsiz bolalarni Markazga qabul qilish va vaqtincha saqlash boʻyicha:
profilaktika inspektori qarovsiz bola aniqlanganligi haqida tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshligʻining oʻrinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi (Toshkent shahar tumanlari ichki ishlar organlari boshligʻining huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari boʻyicha oʻrinbosari)ga (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi) navbatchilik qismi orqali xabar beradi;
profilaktika inspektori bolaning shaxsini aniqlash hamda uning oʻqishi va xulq-atvorini, oilasidagi muhitni, qarovsiz qolishiga sabab boʻlgan omillarni birlamchi oʻrganish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi, agarda bolaning qarovsiz qolmaganligi toʻgʻrisida xulosaga kelsa, dalolatnoma tuzish orqali uni ota-onasi (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar)ga topshiradi;
profilaktika inspektori birlamchi oʻrganish natijalariga koʻra bola qarovsiz qolganligi toʻgʻrisida xulosaga kelsa, ushbu xulosani tuman (shahar) jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻiga taqdim etadi, u esa, xulosani koʻrib chiqib, bolani Markazga qabul qilish haqida yoʻllanma tayyorlaydi va uni Markazga yuboradi;
Markaz xodimlari 5 soat ichida maxsus avtotransport vositasida qarovsiz bola saqlanayotgan manzilga yetib kelib, uni qabul qilib oladi va belgilangan tartibda Markazga olib borib joylashtiradi;
Markaz boshligʻi hududiy ichki ishlar organlari rahbarining oʻrinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi (Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi)ga (keyingi oʻrinlarda — hududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi) qarovsiz bola qabul qilinganligi haqida navbatchilik qismi orqali xabar beradi;
Markaz boshligʻining soʻroviga asosan hududiy sogʻliqni saqlash muassasasi mutaxassislari 3 soat ichida Markazga yetib kelib, qarovsiz bolani belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan oʻtkazadi;
tibbiy tekshiruv xulosasiga koʻra qarovsiz bolaning davolanishga muhtojligi (aqliy va ruhiy rivojlanishda yoshiga nisbatan ortda qolgan, tan jarohati, kasalligi, homiladorligi) aniqlangan hollarda u davolanish uchun tegishli sogʻliqni saqlash muassasasiga yoki aqliy va ruhiy rivojlanishda yoshiga nisbatan ortda qolayotgan bolalarga moʻljallangan muassasaga joylashtiriladi;
Markaz tomonidan 48 soat ichida qarovsiz bolaning shaxsi aniqlanadi, uning oʻqishi va xulq-atvorini, oilasidagi muhitni hamda qarovsiz qolishiga sabab boʻlgan omillar toʻliq oʻrganiladi, bolaning ijtimoiy-huquqiy holatiga baho berish natijasiga koʻra ijobiy xulosaga kelinsa, bola ota-onasi (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar)ga topshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz tomonidan ota-onasi (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar)ga topshirilgan bolaning oʻqishi, xulq-atvori va oilasidagi muhit bir yil davomida voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar tomonidan mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar organlari bilan birgalikda monitoring qilib boriladi;
(3-band “b” kichik bandining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
monitoring davomida bolaning ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda qolayotganligi kuzatilsa, uni belgilangan tartibda Markazga qaytarish choralari koʻriladi;
bolaning ijtimoiy-huquqiy holatiga baho berish natijasiga koʻra uning ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilada yashayotganligi va davlat yordamiga muhtojligi toʻgʻrisida xulosaga kelinsa, Markaz ushbu bolani 48 soatdan ortiq, biroq 30 kundan (zarurat boʻlganda 45 kundan) koʻp boʻlmagan vaqt davomida Markazda saqlash haqida sudga iltimosnoma kiritadi;
ushbu iltimosnoma 24 soat ichida Markazda sayyor yoki onlayn shaklda oʻtkaziladigan yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi;
sud iltimosnomani koʻrib chiqish jarayonida qarovsiz bolaning ota-onasi (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar) rozi boʻlmagan holda ham uni Markazga va kelgusida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga qabul qilish masalasini koʻrib chiqadi;
qarovsiz bolaning doimiy yashash joyi boshqa mintaqa hududida boʻlsa, Markaz 48 soat ichida uni tegishli hududdagi Markazga olib borib topshiradi;
v) qarovsiz bolalarni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga joylashtirish va oʻqishi davomida xulq-atvorini nazorat qilish boʻyicha:
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻining soʻroviga asosan uch kun ichida Markazda Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaning sayyor yoki onlayn shakldagi yigʻilishi oʻtkaziladi hamda qarovsiz bolani uning xulq-atvori, psixologik qiyofasi, yoshi, iqtidori, qobiliyati, qiziqishlari va boshqa omillarni inobatga olgan holda tegishli ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi hamda qaror nusxasi tegishli vazirlik yoki idoraga yuboriladi;
(3-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli vazirlik yoki idora uch kun ichida Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaning qaroriga muvofiq bolani oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida yoʻllanmani oʻziga bevosita boʻysunuvchi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga, yoʻllanmaning nusxasini — Markazga yuboradi;
(3-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Markaz yoʻllanmaga muvofiq 48 soat ichida bolani tegishli ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga olib borib topshiradi;
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi oʻquv yili davomida (tegishli sinflar uchun belgilangan yoshlarga muvofiq ravishda) oʻzi bevosita boʻysunuvchi vazirlik yoki idoraning yoʻllanmasiga muvofiq qarovsiz bolani qabul kvotasidan tashqari 5 foiz miqdorida ajratilgan qoʻshimcha kvotalar doirasida sinov va imtihonlarsiz oʻqishga qabul qiladi;
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi rahbarining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari qarovsiz bolalarga jamoat tarbiyachisi sifatida biriktiriladi hamda ularning oʻqishi va xulq-atvorini doimiy ravishda nazorat qilib boradi;
qarovsiz qolgan bolalar bilan ishlash, ularni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga joylashtirish va oʻqish jarayonlarining samaradorligini oshirib borish ishlariga Xalq taʼlimi vazirligi bevosita masʼul etib belgilanib, bu boradagi ishlarni tashkil etishda ularning hududiy organlari rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklanadi;
oʻqish davomida qarovsiz bolaga hududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi — umumiy murabbiy, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida xizmatni oʻtaydigan voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixolog — individual murabbiy sifatida biriktiriladi hamda qarovsiz bolaning oʻqishi va xulq-atvorini kunlik nazorat qilib boradi;
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida qarovsiz bolaning oʻqishi va xulq-atvorini kunlik nazorat qilib borishda, shuningdek, ularga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatilishini tashkil etishda hududiy ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻining yoshlar huquqbuzarliklari profilaktikasi boʻyicha oʻrinbosari (oʻgʻil bolalar uchun) va xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari (qiz bolalar uchun) bevosita koʻmaklashadi;
g) qarovsiz bolalar ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida oʻqishni tamomlaganidan keyin ularning bandligini taʼminlash va mehnat faoliyatini monitoring qilish boʻyicha:
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi qarovsiz bolaning oʻqishi tamomlanishiga uch oy qolganda bu haqda Markazga xabar beradi;
hududiy jamoat xavfsizligi xizmati ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida oʻqishni tamomlagan qarovsiz voyaga yetmagan shaxsning professional yoki oliy taʼlim muassasasiga umumiy tartibda oʻqishga kirishida koʻmaklashadi;
professional yoki oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish istagi boʻlmagan yoki oʻqishga kira olmagan qarovsiz voyaga yetmagan bir oy ichida hududiy mehnat organlari tomonidan ishga joylashtiriladi;
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarini tamomlayotgan qarovsiz bolalar tegishli taʼlim muassasasi yoʻllanmasi boʻyicha “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlarida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bepul oʻqitiladi;
professional yoki oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish istagi boʻlmagan yoki oʻqishga kira olmagan chaqirilish yoshidagi qarovsiz bolani chaqiruvni amalga oshiruvchi komissiyalar navbatdagi chaqiruvda birinchilar qatorida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda muddatli harbiy xizmatga yuborish choralarini koʻradi;
qarovsiz voyaga yetmaganlarning ish sharoiti, mehnatiga haq toʻlanishi va ijtimoiy moslashuvi bilan bogʻliq masalalar hududiy ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmati, mehnat, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash organlari, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Yoshlar ishlari agentligi boʻlinmalarining vakillari ishtirokida tuzilgan ishchi guruh tomonidan bir yil davomida jadval asosida monitoring qilib boriladi hamda ularga zarur amaliy va huquqiy yordam koʻrsatiladi.
4. Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish tizimi samaradorligi uchun quyidagilarni nazarda tutuvchi javobgarlik tizimi joriy etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
a) qarovsiz bolalar bilan ishlash tizimining barcha boʻgʻinlarida mazkur qarorga muvofiq yangi tartibning toʻliq joriy etilishi va samarali qoʻllanilishi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, shuningdek, oʻzining tizimida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi faoliyat koʻrsatayotgan boshqa vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari;
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
b) qarovsiz bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha quyidagilar:
bolaning qarovsiz qolganligi aniqlangan vaqtdan boshlab Markazga qabul qilinguniga qadar — mahalliy jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi;
Markazga qabul qilingan vaqtdan boshlab ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida oʻqishni tamomlaguniga qadar — hududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi;
Oldingi tahrirga qarang.
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida oʻqishni tamomlaganidan keyin bir yil davomida — hududiy ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmati, mehnat, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar organlari, Yoshlar ishlari agentligi boʻlinmalari boshliqlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
(4-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
5. Belgilansinki:
qarovsiz bolaning ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida oʻqish xarajatlari respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilada yashayotgan va davlat yordamiga muhtoj qarovsiz bolani ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida oʻqishi davomida kiyim-kechak, poyabzal va ashyoviy taʼminot buyumlari bilan taʼminlash xarajatlari Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiya qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi, agar taʼlim muassasasida ushbu taʼminot nazarda tutilgan boʻlmasa;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiya qaroriga asosan qarovsiz bolalarga Bolalarni qoʻllab-quvvatlash fondi hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan zarur ijtimoiy-moddiy yordam koʻrsatib boriladi, shu jumladan, ularga taʼlim va kasb-hunar oʻrgatish boʻyicha tadbirlarga yuqori malakali mutaxassislar shartnoma asosida jalb qilinadi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Markazlar bank hisobvaragʻiga ega boʻladi, unga jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar oʻtkaziladi, bank hisobvaragʻidagi mablagʻlar faqat qarovsiz bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish uchun maqsadli sarflanadi;
Markaz faoliyatiga doir tadbirlarni amalga oshirishda, shu jumladan, qarovsiz bolalarni ekskursiya va sayohatlarga olib borishda avvaldan berilgan buyurtma asosida hududiy ichki ishlar organlarining xizmat avtobuslaridan foydalaniladi;
Markazlarda saqlanayotgan qarovsiz bolalarga taʼlim berish boʻyicha jalb etilgan pedagog-xodimlar mehnatiga oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun soatbay haq toʻlash qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
6. Markazlar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi joriy etilsin:
Markazlar faoliyatini nazorat qilish, yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda ularga yordam koʻrsatish, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan;
Markazlarga qabul qilingan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-pedagogik yordam koʻrsatish, ularning yoshiga xos boʻlgan psixofiziologik xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish borasidagi tadbirlar Xalq taʼlimi vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan;
Markazlarga qabul qilingan voyaga yetmaganlar salomatligini muhofaza qilish, sanitariya qoidalari va gigiyena normalari, ovqatlanish meʼyorlari talablariga rioya etilishini taʼminlash Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Markazlarga qabul qilingan voyaga yetmaganlarning oilalarini oʻrganish, oilasidagi maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga yot gʻoyalardan asrash borasidagi tadbirlar Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Markazlarga olib kelingan voyaga yetmaganlar oʻrtasida mehnat huquqlari muhofazasi boʻyicha keng axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish, ularni mehnat bozoridagi yuqori talabga ega kasb-hunarga oʻrgatish boʻyicha tadbirlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin, shu jumladan, Markazlarning tuzilmasini yangi tartib va talablarni eʼtiborga olgan holda hamda shtat birliklarini pedagog va psixolog kadrlar bilan kuchaytirish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqsin;
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga qarovsiz bolalar uchun professional taʼlim muassasalarida qoʻshimcha kvota ajratish, hududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻini voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha mintaqaviy idoralararo komissiya raisi oʻrinbosari etib belgilash, shuningdek, qarovsiz bolalar bilan ishlash tizimida joriy etilgan yangi tartib va talablarning buzilishiga yoʻl qoʻygan davlat organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlik choralarini belgilash boʻyicha taqdimnoma kiritish vakolatini hududiy ichki ishlar organlari boshligʻiga berish toʻgʻrisida takliflarni kiritsin;
uch oy muddatda voyaga yetmaganlarni tashish uchun Toshkent shahridagi Markazni 4 ta, boshqa hududlardagi Markazlarni 2 tadan “Damas” avtotransport vositalari bilan belgilangan tartibda taʼminlasin;
uch oy muddatda Markazlarni kapital taʼmirlash, jihozlash va zaruratga koʻra qurish boʻyicha 2021-2022-yillarga moʻljallangan dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2021-yil 1-noyabrga qadar “E-voyaga yetmaganlar” yagona axborot tizimini ishlab chiqsin va uning toʻlaqonli qoʻllanilishini, shu jumladan qarovsiz bolani aniqlash, Markazga qabul qilish, tegishli muassasaga yuborish, oʻqishi va xulq-atvorini nazorat qilish, ishga joylashtirish va monitoring olib borish jarayonlarida qogʻoz shaklidagi ish yurituvni istisno etgan holda, taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Markazlar uchun maxsus oʻquv dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 3-avgust,
490-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 490-son qaroriga
1-ILOVA
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Markazlar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ichki ishlar vazirining buyruqlari, farmoyishlari va koʻrsatmalariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Markazlar ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik, qarovsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini hamda voyaga yetmaganlarni qabul qilish, vaqtincha saqlash, ularning ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasini amalga oshiruvchi maxsus boʻlinmasi hisoblanadi.
4. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanib, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisobvaragʻiga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shtampga, blanklarga, shuningdek, voyaga yetmaganlar toʻgʻrisida idoralararo axborot almashish tizimiga hamda Markazga qabul qilingan voyaga yetmaganlarga doir maʼlumotlar bazasiga ega.
Markazlar bank hisobvaragʻiga jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar oʻtkaziladi, bank hisobvaragʻidagi mablagʻlar faqat qarovsiz bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish uchun maqsadli sarflanadi.
5. Markazlar bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga boʻysunadi.
6. Markazlarda voyaga yetmaganlarni saqlash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi maxsus shart-sharoitlar taʼminlanadi:
hududni qoʻriqlash;
voyaga yetmaganlarning shaxsiy xavfsizligi va ularni salbiy taʼsirlardan yuqori darajada himoya qilish choralari;
hududga begona shaxslarning erkin kirishini cheklash;
markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning markaz hududini erkin tark etishini cheklash;
voyaga yetmaganlarni kecha-kunduz nazorat qilish;
voyaga yetmaganlarni shaxsiy tekshiruvdan oʻtkazish, ularning buyumlarini, shuningdek, ular olayotgan va yuborayotgan posilka va boshqa pochta joʻnatmalarini tekshiruvdan oʻtkazish.
7. Markazlar faoliyatini tashkil etishda voyaga yetmaganlar bilan profilaktik tadbirlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat va notijorat tashkilotlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda jalb etilishi mumkin.
2-bob. Markazlarning asosiy vazifalari, funksiyalari va vakolatlari
8. Markazlarning asosiy vazifalari:
qabul qilingan voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-pedagogik yordam koʻrsatish, ularning yoshiga xos boʻlgan psixofiziologik xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirish;
voyaga yetmaganlarga tibbiy-pedagogik yordam koʻrsatish, ularning hayoti va sogʻligʻini saqlash;
ijtimoiy jihatdan ogʻir ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha yakka tartibdagi profilaktika ishlarini tashkil etish.
Markazlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
9. Markazlar oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) qabul qilingan voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida:
voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmagan, ularning majburiy umumiy taʼlim olishiga toʻsqinlik qilgan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga nisbatan qonuniy chora koʻrilishida qatnashadi;
yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni qabul qilishda vasiylik va homiylik organlariga koʻmaklashadi;
voyaga yetmaganlarning doimiy yoki vaqtincha yashash manzili boʻyicha oilasini oʻrganish ishlarini tashkil etadi;
shaxsi aniqlanmagan voyaga yetmaganlar boʻyicha, uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar haqidagi maʼlumotlarni olish yuzasidan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlariga hamda fuqarolik jamiyati institutlariga soʻrovlar yuboradi;
b) voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-pedagogik yordam koʻrsatish, ularning yoshiga xos boʻlgan psixofiziologik xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:
vakolatli organlar bilan hamkorlikda Markazlarga joylashtirilgan ijtimoiy jihatdan ogʻir ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlar uchun ish joylari kvotasini belgilash boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
voyaga yetmaganlarning Markazlardan chiqarish davrida ularning voyaga yetganlari orasidan ishsiz boʻlganlarni ishga joylashtiradi yoki mehnat bozorining real talablaridan kelib chiqqan holda kasb-hunarga tayyorlash choralarini koʻrish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
voyaga yetmaganlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida ular bilan Markazlarda ishlash uchun ijod sohasidagi malakali mutaxassislarni jalb qiladi;
voyaga yetmaganlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
v) voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirish sohasida:
voyaga yetmaganlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, Konstitutsiya va qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazadi;
voyaga yetmaganlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini oshirish choralarini koʻradi;
voyaga yetmaganlar ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib boradi;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish boʻyicha huquqiy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil qiladi, shuningdek, har bir voyaga yetmagan bilan unda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuygʻularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan tarbiyaviy ishar olib borilishini taʼminlaydi;
g) voyaga yetmaganlarga tibbiy yordam koʻrsatish, ularning hayoti va sogʻligʻini saqlash va muhofaza qilish sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Markazlarni dori vositalari, tibbiy jihozlar bilan taʼminlash ishlarini sogʻliqni saqlash sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etadi;
(9-bandning “g” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga yoxud vazirlik va idoralar tasarrufidagi umumtaʼlim, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga joylashtirilishi rejalashtirilgan voyaga yetmaganlarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish yakuni boʻyicha maʼlumotlarni belgilangan tartibda ish hujjatlariga qoʻshib yigʻib boradi;
d) ijtimoiy jihatdan ogʻir ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish sohasida:
ijtimoiy jihatdan ogʻir ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlarning sogʻlom muhitda yashashini taʼminlash choralarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi;
qabul qilingan voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligiga, huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi
qabul qilingan voyaga yetmaganlar toʻgʻrisida tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarni xabardor qiladi;
e) voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha yakka tartibdagi profilaktika ishlarini tashkil etish sohasida:
qabul qilingan voyaga yetmaganlar bilan profilaktika ishlarini olib borilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;
yakka tartibdagi profilaktika ishlarini tashkil etish samaradorligini oshirish choralarini koʻradi.
Markazlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
10. Markazlar oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish doirasida quyidagi vakolatlarga ega:
uch yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarning shaxsini aniqlash, hayoti, sogʻligʻini muhofaza qilish yoki ular tomonidan takroran huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida ularni kecha-kunduz qabul qilishni hamda vaqtincha saqlashni taʼminlash;
olib kelingan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibda profilaktika ishini olib borish, voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligi, huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon yaratadigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bu haqda tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarni xabardor qilish;
voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga olib borish, shuningdek, ushbu muassasalarda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarni joylashtirish boʻyicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish;
olib kelingan voyaga yetmaganlarni ijtimoiy himoya qilish choralarini koʻrish, ular boʻyicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat va notijorat tashkilotlariga tegishli soʻrovlar joʻnatish va zarur maʼlumotlarni olish;
Oldingi tahrirga qarang.
olib kelingan voyaga yetmaganlarni respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga yoxud vazirlik va idoralar tasarrufidagi umumtaʼlim, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga yuborilishi maqsadga muvofiqligi yuzasidan Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaga xulosa taqdim etish;
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
qonunchilik hujjatlariga muvofiq xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Markazlar ularga olib kelingan voyaga yetmaganlar boʻyicha yuborilgan soʻrovlar va boshqa maʼlumotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etmagan davlat organlari masʼul shaxslarining harakati (harakatsizligi) toʻgʻrisida tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar prokuraturasini xabardor qiladi.
3-bob. Voyaga yetmaganlarni Markazlarga qabul qilish va ulardan chiqarish asoslari
11. Markazlarga 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan quyidagi voyaga yetmaganlar kecha-kunduz qabul qilinadi:
ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz va qarovisiz qolgan;
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan oilalarda yashayotgan hamda davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj boʻlgan;
ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarini, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun taʼlim muassasalarini yoxud boshqa bolalar muassasalarini oʻzboshimchalik bilan tark etganlar;
ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan qonunchilik hujjatlarida belgilangan yoshda boʻlganlar;
ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan yoshga toʻlmagan yoxud ruhiy holatining buzilganligi bilan bogʻliq boʻlmagan holda rivojlanishda oʻz yoshiga nisbatan ancha orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining ahamiyatini toʻla ravishda anglab yetishga qodir boʻlmaganlar, agar voyaga yetmaganlarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni taʼminlash yoki ular tomonidan takroran ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishining oldini olish zarur boʻlsa, shuningdek, voyaga yetmaganlarning shaxsi aniqlanmagan yoxud uning aniq yashash joyi boʻlmasa yoki oʻzlari ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamayotgan boʻlsa;
maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan huquqbuzarliklarni sodir etganlar, agar ularning shaxsi aniqlanmagan boʻlsa yoxud ularning aniq yashash joyi boʻlmasa yoki oʻzlari huquqbuzarliklar sodir etgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamayotgan boʻlsa;
oʻzining ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirilishi toʻgʻrisidagi masalaning sud tomonidan koʻrib chiqilishini vaqtincha kutib turganlar;
sudning ajrimiga koʻra ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga yuborilayotganlar.
12. Markazlardan voyaga yetmagan shaxsni chiqarish uchun quyidagilardan biri asos boʻladi:
voyaga yetmagan shaxsning ota-onasiga yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (vasiylik yoki homiylik organi)ga topshirilishi;
respublika oʻquv-tarbiya muassasasiga qabul qilinishi;
bolalar-mehribonlik uyiga qabul qilinishi;
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga qabul qilinishi;
voyaga yetmagan shaxsda markazda qolishiga toʻsqinlik qiluvchi kasallik aniqlanganligi sababli uni sogʻliqni saqlash muassasasiga yuborilishi;
olib kelingan voyaga yetmagan shaxsning 18 yoshga toʻlishi.
4-bob. Nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarni aniqlash va ularni qabul qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
13. Voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar taʼlim muassasalarida, profilaktika inspektorlari xizmat hududida, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari va mahallalardagi xotin-qizlar faollari oilalarda oʻrganish (kuzatish) va profilaktik tadbirlarni amalga oshirish jarayonida qarovsiz bolalarni aniqlaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
14. Voyaga yetmagan shaxsning qarovsiz qolganligi davlat idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan aniqlangan hollarda ular bu toʻgʻrisida profilaktika inspektoriga xabar beradi.
15. Profilaktika inspektori birlamchi oʻrganish natijalariga koʻra bola qarovsiz qolganligi toʻgʻrisida xulosaga kelgan taqdirda, ushbu xulosani mahalliy jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻiga taqdim etadi, mahalliy jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi esa, xulosani koʻrib chiqib, bolani Markazga qabul qilish yuzasidan yoʻllanma tayyorlaydi va uni Markazga yuboradi.
16. Markaz xodimlari 5 soat ichida maxsus avtotransport vositasida qarovsiz bola saqlanayotgan manzilga yetib kelib, uni qabul qilib oladi va belgilangan tartibda Markazga olib borib joylashtiradi.
17. Markaz boshligʻi hududiy ichki ishlar organlari rahbarining oʻrinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi (Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi)ga qarovsiz bola qabul qilinganligi haqida navbatchilik qismi orqali xabar beradi.
18. Markaz boshligʻining soʻroviga asosan hududiy sogʻliqni saqlash muassasasi mutaxassislari 3 soat ichida Markazga yetib kelib, qarovsiz bolani belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan oʻtkazadi.
Tibbiy tekshiruv xulosasiga koʻra qarovsiz bolaning davolanishga muhtojligi (aqliy va ruhiy rivojlanishda yoshiga nisbatan orqada qolgan, tan jarohati, kasalligi, homiladorligi) aniqlangan hollarda u davolanish uchun tegishli sogʻliqni saqlash muassasasiga yoki aqliy va ruhiy rivojlanishda yoshiga nisbatan orqada qolayotgan bolalarga moʻljallangan muassasaga joylashtiriladi.
19. Markaz 48 soat ichida qarovsiz bolaning shaxsini aniqlaydi, uning oʻqishi va xulq-atvorini, oilasidagi muhitni hamda qarovsiz qolishiga sabab boʻlgan omillarni toʻliq oʻrganadi, bolaning ijtimoiy-huquqiy holatiga baho berish natijasiga koʻra ijobiy xulosaga kelsa, uni ota-onasi (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar)ga topshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markazdan ota-onasi (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar)ga topshirilgan bolaning oʻqishi, xulq-atvori va oilasidagi muhit bir yil davomida voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar tomonidan mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar organlari bilan birgalikda monitoring qilib boriladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Monitoring davomida bolaning ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda qolayotganligi kuzatilsa, uni belgilangan tartibda Markazga qaytarish choralari koʻriladi.
20. Markaz bolaning ijtimoiy-huquqiy holatiga baho berish natijasiga koʻra uning ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilada yashayotganligi va davlat yordamiga muhtojligi toʻgʻrisida xulosaga kelsa, ushbu bolani Markazda 48 soatdan ortiq, biroq 30 kundan (zarurat boʻlganda 45 kundan) koʻp boʻlmagan vaqt davomida saqlash haqida sudga iltimosnoma kiritadi.
Ushbu iltimosnoma 24 soat ichida Markazda sayyor yoki onlayn shaklda oʻtkaziladigan yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Sud iltimosnomani koʻrib chiqish jarayonida qarovsiz bolaning ota-onasi (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar) rozi boʻlmagan holda ham uni Markazga va kelgusida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga qabul qilish masalasini koʻrib chiqadi.
21. Qarovsiz bolaning doimiy yashash joyi boshqa mintaqa hududida boʻlsa, Markaz 48 soat ichida uni tegishli hududdagi Markazga olib borib topshiradi.
22. Voyaga yetmaganlarni 48 soatdan koʻp boʻlmagan muddatga Markazlarga qabul qilishga tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlari yoki Markaz boshligʻi yoxud uning oʻrinbosarlarining qarori asos boʻladi.
Voyaga yetmaganlarni 48 soatdan koʻp boʻlgan muddatga Markazlarga qabul qilish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan ajrimi asos boʻladi.
23. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tomonidan voyaga yetmaganlar nazoratsiz va qarovsiz qolganligi aniqlanganda voyaga yetmaganlar markazga qabul qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida tuman (shahar) ichki ishlar organlarining eng yaqin tayanch punktiga yoki Markazga olib kelinadi.
Voyaga yetmaganlarni markazlarga qabul qilish borasidagi tadbirlar mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Markaz boshligʻi yoki uning oʻrinbosarlari voyaga yetmagan shaxs ushbu Markazga qabul qilinganligi toʻgʻrisida mazkur Markaz joylashgan hududdagi prokurorni va Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyani zudlik bilan, lekin uzogʻi bilan 24 soatdan kechiktirmasdan xabardor qiladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiya taqdim etilgan hujjatlarni zudlik bilan koʻrib chiqib, 48 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda tuman (shahar) ichki ishlar organlari yoki markaz boshligʻining yoxud uning oʻrinbosarlarining voyaga yetmaganni Markazga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorini kelishib beradi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
26. Voyaga yetmaganlar va ularning buyumlari Markazga joylashtirilishidan oldin bir jinsga mansub ikki yoki undan ortiq shaxslar ishtirokida shaxsiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Shaxsiy koʻrik natijasida tan jarohati holatlari aniqlanganda ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga xabar beriladi hamda Markazda saqlanishi man etilgan buyumlar olib qoʻyiladi va oʻtkazilgan shaxsiy koʻrik natijasiga koʻra dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
27. Markazga olib kelinishi taqiqlangan buyumlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan shaklda yuritiladi.
28. Pul mablagʻlari yoki moddiy qiymatga ega boʻlgan buyumlar, hujjatlar, shaxsiy ashyolar va boshqa buyumlar Markazning ushbu buyumlarni saqlash uchun masʼul etib tayinlangan xodimiga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan shaklda rasmiylashtirilgan dalolatnomaga muvofiq vaqtinchalik saqlab turish uchun topshiriladi.
29. Markazga joylashtirilgan voyaga yetmaganlar toʻgʻrisida maʼlumot ular Markazga olib kelingan kunning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan shaklda yuritiladigan voyaga yetmaganlarni roʻyxatga olish kitobiga qayd yozuvi kiritiladi.
30. Markazga qabul qilingan voyaga yetmaganlar 48 soatgacha Markazda saqlansa, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakldagi hisobga olish kartochkasi (elektron tarzda) toʻldiriladi, Markazga joylashtirilgan voyaga yetmaganlar 48 soatdan ortiq saqlansa, unga nisbatan Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan shaklda hisobga olish yigʻmajildi yuritiladi. Yigʻmajild elektron tarzda yuritilishi ham mumkin.
31. Jinoyat sodir etgan va jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar, shuningdek, tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalari yoki alkogol ichimliklar taʼsirida boʻlgan, nogironlik belgisi yaqqol koʻrinib turgan, aqli noraso boʻlgan voyaga yetmaganlar hamda 18 yoshga toʻlganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlgan shaxslar Markazga qabul qilinmaydi.
5-bob. Markazda voyaga yetmaganlarni saqlash tartibi
32. Markazda nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlar oʻttiz kungacha boʻlishlari mumkin. Istisno hollarda bu muddat markaz boshligʻi yoki oʻrinbosarining iltimosnomasiga koʻra, sudning ajrimi asosida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻn besh kungacha uzaytirilishi mumkin.
33. Quyidagilar voyaga yetmaganning Markazda boʻlish muddatiga kirmaydi:
eʼlon qilingan karantin yoki favqulodda holatlar davri;
voyaga yetmaganning sogʻliqni saqlash muassasasining hujjati bilan tasdiqlangan va uni oilasiga qaytarish yoki tegishli muassasaga yuborishga toʻsqinlik qilayotgan kasallik davri;
sudning iltimosnomani qanoatlantirish va voyaga yetmaganni respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish toʻgʻrisidagi ajrimi yuzasidan berilgan shikoyat (protest)ning koʻrib chiqilish vaqti.
34. Markazga qabul qilingan voyaga yetmaganlar 20 nafardan ortiq boʻlmagan guruhlarga taqsimlanadi. Oʻgʻil bolalar va qiz bolalar alohida yotoqxonalarga joylashtiriladi.
35. Voyaga yetmaganlar Markazni oʻzboshimchalik bilan tark etishini, huquqbuzarlik sodir etilishini istisno etuvchi xavfsiz sharoitlarda saqlanadi va kecha-kunduz Markaz xodimlari nazorati ostida boʻladilar.
36. Markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning markaz boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan kun tartibiga rioya etishlari navbatchi xodimlar tomonidan nazorat qilinadi. Navbatchi xodimlar tarkibi, ish vaqti va xizmat vazifalari markaz boshligʻi tomonidan belgilanadi.
37. Markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlar quyidagi huquqlarga ega:
ota-onasini yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni oʻzining Markazga olib kelinganligi yoki joylashtirilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning qarorlari va mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan yuqori turuvchi organlarga, prokuratura organlariga yoki sudga shikoyat qilish;
oʻzgalarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy muomalada boʻlish;
cheklanmagan miqdorda telefonda soʻzlashuv, boshqa aloqa vositalari orqali muloqot hamda uchrashuvga kelgan oila aʼzolari va yaqin qarindoshlari bilan uchrashish, posilkalar, banderollar, xat va telegrammalar olish hamda joʻnatish;
tasdiqlangan meʼyorlar boʻyicha bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal va boshqa ashyoviy taʼminot buyumlarini olish.
6-bob. Markazda voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishlarini tashkil etish tartibi
38. Markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishlarini tashkil etish doirasida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
a) ichki ishlar organlari doimiy ravishda:
voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari, uni sodir etishda qatnashgan shaxslarni, voyaga yetmaganlarni huquqbuzarlik yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishga jalb qilish holatlarini, voyaga yetmaganlarga nisbatan gʻayrihuquqiy harakatlar sodir etilganlik holatlarini aniqlaydi;
voyaga yetmaganlarni moddiy taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud voyaga yetmaganlarning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada boʻlayotgan ota-onalarni yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni aniqlaydi, ularga nisbatan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisida tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarga xabar beradi;
shaxsi aniqlanmagan voyaga yetmaganlar boʻyicha, uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar haqidagi maʼlumotlarni olish yuzasidan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarga hamda fuqarolik jamiyati institutlariga soʻrovlar yuboradi;
voyaga yetmaganni topib olish sharoitlari, yurish yoʻli, transport turi, taxminiy yashash joylari, kun kechirish uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlari va manbalari hamda shaxsini aniqlash uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlash yoʻli bilan voyaga yetmaganning shaxsini aniqlash choralarini koʻradi;
voyaga yetmaganning shaxsi aniqlanganidan soʻng bir sutka mobaynida tegishli ichki ishlar organlariga, ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga, shuningdek, manfaatdor davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlariga voyaga yetmaganning boʻlib turgan joyi haqida maʼlumotlar yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
olib kelingan voyaga yetmaganlarni respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga yoxud vazirlik va idoralar tasarrufidagi umumtaʼlim, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga joylashtirilishi maqsadga muvofiqligi haqida Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaga xulosa taqdim etadi;
(38-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
b) taʼlim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va taʼlim muassasalari doimiy ravishda:
voyaga yetmaganlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida malakali mutaxassislarni jalb qiladi;
voyaga yetmaganlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib beradi;
voyaga yetmaganlar orasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan foydalanishni tashkil etish hamda Internet axborot tarmogʻi orqali elektron kutubxona tizimlariga kirish imkoniyatini yaratadi;
voyaga yetmaganlarning orasida kitobxonlikni keng targʻib qilib, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida Markazda mavjud kutubxonalarni yangi adabiyotlar bilan toʻldirib boradi;
voyaga yetmaganlarga belgilangan tartibda dars mashgʻulotlarini oʻtkazadi;
voyaga yetmaganning turmush tarzi, aloqalari va niyatini, uning shaxsiy fazilatlari, qiziqishlari, oʻzboshimchalik bilan oʻqishni toʻxtatish, oiladan, taʼlim muassasalaridan ketib qolishi sabablarini aniqlaydi;
v) sogʻliqni saqlash sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari doimiy ravishda:
voyaga yetmaganlarga tibbiy yordam koʻrsatadi, belgilangan muddatlarda tibbiy tekshiruvlarni amalga oshiradi;
respublika oʻquv-tarbiya muassasasiga yoxud vazirlik va idoralar tasarrufidagi umumtaʼlim, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga joylashtirilishi rejalashtirilgan voyaga yetmaganlarni respublika oʻquv-tarbiya muassasasiga qabul qilish mumkinligini aniqlash uchun bevosita Markazlarda bepul tibbiy tekshiruvdan oʻtkazadi;
Markazda sanitariya-gigiyena meʼyorlari talablariga rioya etilishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda ularning hududiy boʻlinmalari doimiy ravishda:
(38-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Markazga joylashtirilgan voyaga yetmaganlarning oilasidagi ichki munosabatni va shaxslararo munosabatlarni va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni fuqarolar yigʻini orqali oʻrganishni amalga oshiradi;
oilani oʻrganish jarayonida undagi mavjud muammolarni bartaraf etish, oiladagi ijtimoiy muhitni sogʻlomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda fuqarolar yigʻinlariga amaliy yordam koʻrsatadi;
voyaga yetmagan notinch va muammoli oilalarda istiqomat qilayotgan boʻlsa, ushbu oilaning maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga zid boʻlgan xavf-xatarlarni bartaraf etish borasidagi ishlarni tashkil etadi;
voyaga yetmaganni imkon qadar ota-onasi yoki ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud vasiy yoki homiylar tarbiyasida qolishi boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
d) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning hududiy organlari har oyda kamida ikki marotaba:
Markazga qabul qilingan ijtimoiy jihatdan ogʻir ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlar uchun ish joylari kvotasini belgilash boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
voyaga yetmaganlarning Markazdan chiqish davrida voyaga yetganlari ichidan ishsiz boʻlganlarini ishga joylashtirish yoki mehnat bozorining real talablaridan kelib chiqqan holda kasb-hunarga tayyorlash choralarini koʻradi;
boʻsh ish oʻrinlari bazasidan foydalangan holda Markazdan chiqarilayotgan 18 yoshga toʻlgan yoshlarga boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etadi;
Markazga qabul qilinganlar oʻrtasida mehnat huquqlari va muhofazasi masalalari boʻyicha keng axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi.
39. Markaz tomonidan saqlanayotgan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishlarini samarali tashkil etish doirasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari jalb etilishi mumkin.
7-bob. Voyaga yetmagan shaxsni ota-onasiga yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga topshirish
40. Markaz tomonidan voyaga yetmaganlarni ota-onasiga yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (vasiylik va homiylik organlari)ga yoxud ularning vakillariga topshirish dalolatnoma rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi va bu haqida voyaga yetmaganlarni Markazga qabul qilish kitobiga tegishli qayd yozuvi kiritiladi.
41. Voyaga yetmaganlar oilasiga Markaz xodimlari kuzatuvida qaytariladi.
Voyaga yetmaganlar ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, shuningdek, ularning vakillariga berib yuborilishi mumkin.
42. Ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxslarning voyaga yetmagan farzandini Markazdan olib ketish imkoniyati yoʻqligi aniqlangan taqdirda, voyaga yetmaganni yashash manziliga kuzatib borish Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
43. Ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga topshirilgan voyaga yetmaganning yashash sharoiti oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan uch oy mobaynida monitoring qilib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
44. Voyaga yetmaganning yashashi uchun zarur sharoitlar yoʻqligi yoki boshqa sabablarga koʻra yashash joyiga qaytish imkoni boʻlmagan taqdirda, markaz boshligʻi bu haqida uni qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun uning yashash joyi boʻyicha Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaga xabarnoma yuboradi, shuningdek, vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlikda voyaga yetmaganni tegishli muassasaga joylashtirish choralarini koʻradi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
8-bob. Voyaga yetmagan shaxsni respublika oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
45. Quyidagi hollarda 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarni respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga qabul qilish yuzasidan Markaz tomonidan Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyalarga xulosa taqdim etiladi:
(45-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan yoshga toʻlmagan yoxud ruhiy kasallik bilan bogʻliq boʻlmagan holda rivojlanishda oʻz yoshiga nisbatan orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining mohiyatini toʻliq anglab yetishga qodir boʻlmagan;
Oldingi tahrirga qarang.
aybliligi toʻgʻrisidagi masala hal qilinmasdan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan, tegishli materiallar Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaga koʻrib chiqish uchun topshirilgan boʻlsa;
(45-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish tariqasidagi majburlov chorasi qoʻllanilgan holda jinoiy jazodan ozod qilingan boʻlsa;
yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilayotganligiga qaramasdan muntazam ravishda huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir qilishni davom ettirayotgan boʻlsa.
46. Markaz tomonidan voyaga yetmaganlarni respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish sud ajrimiga asosan amalga oshiriladi.
47. Markaz voyaga yetmaganni jinsiga qarab tegishli respublika oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish choralarini koʻradi.
48. Respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirilishi lozim boʻlgan voyaga yetmaganlar ushbu muassasalarga tegishli hujjatlari rasmiylashtirilgandan soʻng qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuboriladi.
9-bob. Voyaga yetmagan shaxsni “Mehribonlik” uyiga yoki ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga joylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
49. Voyaga yetmaganlarni mehribonlik uylariga joylashtirish Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiya qaroriga muvofiq, vasiylik va homiylik organlari tomonidan Markaz xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
50. Hududiy ichki ishlar organlari rahbarining oʻrinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi (Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi)ning soʻroviga asosan uch kun ichida Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaning sayyor yoki onlayn shakldagi yigʻilishi Markazda oʻtkaziladi hamda qarovsiz bolani uning xulq-atvori, psixologik portreti, yoshi, iqtidori, qobiliyati, qiziqishlari va boshqa omillarni inobatga olgan holda tegishli ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, qaror nusxasi tegishli vazirlik yoki idoraga yuboriladi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51. Tegishli vazirlik yoki idora uch kun ichida Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaning qaroriga muvofiq bolani oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida yoʻllanmani oʻziga bevosita boʻysunuvchi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga, yoʻllanmaning nusxasini esa Markazga yuboradi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
52. Markaz yoʻllanmaga muvofiq 48 soat ichida bolani tegishli ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga olib borib topshiradi.
53. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi oʻquv yili davomida (tegishli sinflar uchun belgilangan yoshlarga muvofiq ravishda) oʻzi bevosita boʻysunuvchi vazirlik yoki idoraning yoʻllanmasiga muvofiq qarovsiz bolani qabul kvotasidan tashqari 5 foiz miqdorida ajratilgan qoʻshimcha kvotalar doirasida sinov va imtihonlarsiz oʻqishga qabul qiladi.
10-bob. Voyaga yetmagan shaxsni kuzatib borish
54. Yashash (qabul qilish) joyiga yuborilayotgan voyaga yetmaganlar bepul yoʻlkira chiptasi, shuningdek, belgilangan normalarda yoʻl uchun oziq-ovqat yoki pul mablagʻlari bilan taʼminlanadi. Zarurat boʻlganda voyaga yetmaganlarga alohida kiyim-kechak va poyabzal buyumlari berilishi mumkin.
55. Markaz xodimlari tomonidan voyaga yetmaganlarni istiqomat qilish joyiga kuzatib borish (joylashtirish) quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1-2 nafar voyaga yetmaganni kuzatib borish uchun 2 nafar;
3-4 nafar voyaga yetmaganni kuzatib borish uchun 2 — 4 nafar;
5 va undan ortiq voyaga yetmaganni kuzatib borish uchun 4 — 10 nafar.
56. Voyaga yetmaganlarni yashash (qabul qilish) joyiga kuzatib borish Markazning shahodatlangan xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Voyaga yetmaganning sogʻligʻi bilan bogʻliq holat yuzaga kelgan hollarda xizmat safariga tibbiy xodimlar ham jalb etilishi mumkin.
57. Agarda kuzatuvda uch yoki undan ortiq xodim ishtirok etadigan holat yuzaga kelsa, markaz boshligʻi hududiy boʻlinmalar boshliqlariga qoʻshimcha xodim ajratishga ruxsat berilishi yuzasidan bildirgi yozadi.
58. Markaz boshliqlari hududiy boʻlinmalar boshliqlari ruxsati bilan xizmat safariga yuborilayotgan xodimlar bilan voyaga yetmaganni kuzatib borish va joylashtirish yuzasidan belgilangan tartibda yoʻriqnoma oʻtkazib, ularning orasidan unvoni va lavozimi yuqori boʻlgan xodimni guruh rahbari etib belgilab, yoʻriqnoma bayoni bilan tasdiqlaydi.
59. Kuzatilayotgan voyaga yetmaganlarga tegishli boʻlgan hujjatlar, ular toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar Markazning ijtimoiy xodimi hamda psixologi tomonidan tayyorlanib, voyaga yetmaganning barcha buyumlari bilan birga xizmat safariga yuborilayotgan xodimlarga taqdim etiladi.
Voyaga yetmaganni Markazga qabul qilishda ulardan vaqtinchalik saqlab turish uchun olingan pullar, hujjatlar, shaxsiy ashyolar va boshqa buyumlar tilxat bilan uning ota-onalariga yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarga, shuningdek, vasiylik va homiylik organlari, taʼlim muassasasi vakillariga yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa shaxslarga esa dalolatnoma orqali topshiriladi.
60. Markazdagi voyaga yetmaganlarni kuzatishda transport vositalarning barcha turlaridan foydalaniladi. Kuzatishga sarf boʻladigan mablagʻlar belgilangan tartibda voyaga yetmaganlarni markazda saqlash uchun respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
61. Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarini, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan taʼlim muassasalarini yoxud boshqa bolalar muassasalarini oʻzboshimchalik bilan tark etganligi uchun Markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlar, agar ushbu muassasalar yoki Markaz boshqa hududlarda joylashgan boʻlsa, voyaga yetmagan tegishliligi boʻyicha Markaz xodimlari kuzatuvida, agar ushbu muassasalar Markaz bilan bitta hududda joylashgan boʻlsa, tegishli muassasa vakillari kuzatuvida qaytariladi.
Markaz hamda ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatib oʻtilgan muassasalarning vakillari voyaga yetmagan topilganligi haqidagi xabarnoma olingandan soʻng uch kun mobaynida voyaga yetmaganni olib ketish uchun Markazga yetib kelishi shart.
62. Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan voyaga yetmagan farzandlarini vatanlariga qaytarish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etilgunga qadar Markazda saqlanadi.
63. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari Markazlar xodimlariga voyaga yetmaganlarni olib kelish va ularni yashash joylariga olib borishda navbatdan tashqari chipta (shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarida) sotib olishlarida amaliy yordam koʻrsatadi.
64. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari hamda Ichki ishlar vazirligi Transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash bosh boshqarmasi voyaga yetmaganlarni kuzatayotgan Markaz xodimlariga voyaga yetmaganlarni bir transportdan boshqa transportga oʻtish chogʻida va yoʻlning oxirgi punktlarida qoʻriqlashga, kuzatuv vaqtida qochib ketgan voyaga yetmaganlarni qidirishga vakolatlari doirasida koʻmaklashadi.
11-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish tartibi
65. Markaz qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi.
Markaz sanitariya-gigiyena meʼyorlari va yongʻin xavfsizligi qoidalariga javob beradigan, voyaga yetmaganlarni xavfsiz saqlash uchun yaroqli binolarda, qoida tariqasida, viloyat markazlarida tashkil etiladi.
66. Markazga xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot xodimlari hamda voyaga yetmaganlarga taʼlim-tarbiya berish borasidagi tadbirlarni amalga oshiruvchi tarbiyachi pedagoglar qonunchilik hujjatlariga muvofiq tunu-kun Markazda faoliyat olib boradi.
67. Markazning tashkiliy tuzilmasi va shtat birliklari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
68. Markazga bevosita rahbarlikni tegishli ravishda hududiy boʻlinmalar boshliqlari tomonidan tayinlanadigan boshliq (keyingi oʻrinlarda — Markaz boshligʻi) amalga oshiradi.
69. Markaz boshligʻi Markaz nomidan faoliyat koʻrsatadi, uning manfaatlarini ifodalaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi.
70. Markaz boshligʻi:
Markaz vakolati doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha buyruq va qarorlar qabul qiladi hamda Markazga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Markaz faoliyatida qonuniylikni taʼminlash choralarini koʻradi, xodimlarning kasbiy tayyorgarligi va intizomi, xizmat faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
oʻz oʻrinbosarining vakolatlarini belgilaydi, xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ichki tartib va Markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning xulq-atvori qoidalari va kun tartibini tasdiqlaydi;
oʻz vakolatlari doirasida Markazning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi.
71. Tegishliligi boʻyicha hududiy boʻlinmalar huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari, voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlinma (guruhlari) Markaz faoliyatini (xoʻjalik va moliyaviy faoliyati bundan mustasno) monitoring qilib boradi hamda ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflarni Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga taqdim etish uchun hududiy boʻlinmalar rahbariyatiga kiritadi.
12-bob. Markazning faoliyatini moliyalashtirish, uning mol-mulki va moliya-xoʻjalik faoliyati
72. Markaz faoliyatini moliyalashtirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi manbalar hisobiga amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar;
homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
73. Markaz faoliyati tegishli moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
74. Markaz Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda texnika vositalari, transport vositalari, mebel, jihozlar va boshqa mol-mulk bilan taʼminlanadi.
75. Markaz xodimlarining ish haqi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
76. Markazning moliyaviy-statistika hisobotlari hududiy boʻlinmalar moliya boʻlimlari tomonidan yuritiladi.
77. Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
13-bob. Yakunlovchi qoidalar
78. Vakolatli organlar tomonidan eʼlon qilingan karantin va favqulodda holatlar davrida Markazga qabul qilingan voyaga yetmaganlar karantin tugagunga qadar yoki favqulodda holatlar bartaraf etilguniga qadar saqlanadi.
Karantin davrida Markazga voyaga yetmaganlari qabul qilish vaqtincha toʻxtatiladi.
79. Markazda voyaga yetmaganlarni ovqatlantirish va boshqa maishiy xizmatlar autsorsing xizmatini jalb qilish orqali tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
80. Markazda voyaga yetmaganlarni ovqatlantirish va boshqa maishiy xizmatlar uchun pul mablagʻlari yillik buyurtmalar boʻyicha belgilanadi va autsorsing xizmatlari uchun kelishilgan hisob-kitoblar, oziq-ovqat narxlari belgilangan meʼyorlar asosida yil boʻyicha rejalashtiriladi.
81. Markaz xodimlari shtat birliklarini oʻzgartirish hamda ularni oʻzining funksiyasi bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga jalb etish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri ruxsati bilan amalga oshiriladi.
82. Markaz xodimlari xizmatni fuqarolik kiyimida olib boradi. Markaz xodimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan bayram kunlari, yigʻilishlarda, oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilgan vaqtlarda xizmat kiyimida boʻlishadi.
83. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
84. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Voyaga yetmaganlarni ichki ishlar organlari voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga qabul qilish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyekt

Bajarish mexanizmi

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organ va muassasalar

1. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organ va muassasalar tomonidan oʻtkazilgan tadbirlar yoki bevosita xizmat faoliyati jarayonida yoxud tegishli maʼlumotlar asosida nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlar aniqlanadi.

2. Aniqlangan nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlar ichki ishlar organlari tayanch punktiga olib kelib, ular toʻgʻrisida zudlik bilan vasiylik va homiylik organlariga xabar beriladi.

Aniqlanganda zudlik bilan

2-bosqich

Vasiylik va homiylik organlari

Vasiylik va homiylik organlari olingan xabarlar boʻyicha 3 soat ichida voyaga yetmaganni qabul qilishning quyidagi turlaridan biri boʻyicha ichki ishlar organlariga xulosa taqdim qiladi:

ota-onasiga yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga topshiriladi;

vasiylik yoki homiylikka olgan shaxslarga topshiriladi;

oila tartibida (patronat) qabul qilinadi;

ota-onasiga yoki ularning oʻrnini bosuvchi yoxud vasiylik va homiylikka olgan shaxslarda ularni qabul qilish imkoni mavjud boʻlmagan hollarda Markazga qabul qilinadi.

3 soat ichida

3-bosqich

Ichki ishlar organlari, Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz)

Vasiylik va homiylik organlari tomonidan voyaga yetmaganni ota-onasiga yoki ularning oʻrnini bosuvchiga yoxud vasiylik va homiylikka topshirishning imkoni mavjud boʻlmaganligi uchun Markazga qabul qilish boʻyicha taqdim etgan xulosaga koʻra, zudlik bilan voyaga yetmaganni Markazga qabul qilish boʻyicha qaror chiqarib, uni Markazga olib borilishini taʼminlaydi.

3 soat ichida

4-bosqich

Markazlar

Ichki ishlar organlari tomonidan vasiylik va homiylik organlari xulosasiga koʻra olib kelingan Nizomning 11-bandida keltirilgan 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarni kecha-kunduz qabul qiladi va 30 kungacha, ayrim hollarda yana 15 kun saqlanishini taʼminlaydi.

Kecha-kunduz qabul qilib 30 kungacha (qoʻshimcha 15 kun) saqlaydi

5-bosqich

Markazlar

Markazga qabul qilingan 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar toʻgʻrisida 24 soat ichida Markaz viloyatlar, Toshkent shahar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori va Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiya xabardor qilinadi.

24 soat ichida

6-bosqich

Markazlar

Markazga qabul qilingan 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarni 48 soat ichida ota-onasiga yoki ularning oʻrnini bosuvchi yoxud vasiylik va homiylikka topshirish chorasini koʻradi.

48 soat ichida

7-bosqich

Markazlar huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi yoki unda ishtirok etuvchi organ va muassasalar bilan hamkorlikda

1. Markazga qabul qilingan 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarni 30 kun ichida (yoki ayrim hollarda 15 kun qoʻshimcha muddatda) ular bilan huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi yoki unda ishtirok etuvchi organ va muassasalar Nizomning 28-bandiga muvofiq profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

2. Olib borilgan profilaktika ishlari natijasida voyaga yetmaganlarni ota-onasiga yoki ularning oʻrnini bosuvchiga yoxud vasiylik va homiylikka topshirish imkoni boʻlmagan hollarda ularni qabul qilishning quyidagi choralarini koʻradi:

respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga qabul qilish choralarini koʻradi;

vazirlik va idoralar huzuridagi umumtaʼlim yoki ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga yuboradi.

30 kun (qoʻshimcha 15 kun ham kirishi mumkin) ichida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 490-son qaroriga
2-ILOVA
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga qabul qilingan bolalar birinchi navbatda yuboriladigan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Hududlar

Muassasalar nomi

Oʻgʻil bolalar uchun

Qiz bolalar uchun

Oʻgʻil va qiz bolalar uchun

1.

Fargʻona viloyati

Fargʻona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Andijon tumani 7-son musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Fargʻona Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

Fargʻona shahar 4-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati.

Quva tumani 62-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati.

2.

Andijon viloyati

Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

Asaka shahar 25-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati.

Shahrixon tumani 2-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati.

3.

Namangan viloyati

Namangan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

Davlatobod tumani 3-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati.

Davlatobod tumani 18-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati.

4.

Samarqand viloyati

Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi

Samarqand Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

Pastdargʻom tumani 1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati.

Oqdaryo tumani 52-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati.

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahar 2-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati.

Shahrisabz tumani 6-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati.

6.

Surxondaryo viloyati

Termiz Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

Denov tumani 2-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati.

Muzrabot tumani 7-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati.

7.

Buxoro viloyati

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

A. Fitrat nomidagi Buxoro maqom sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati

  Gʻijduvon tumani 8-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati.

Olot tumani 31-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati.

8.

Navoiy viloyati

Navoiy Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

Navbahor tumani 37-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati.

Qiziltepa tumani 39-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati.

9.

Xorazm viloyati

R.M. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi

Hazorasp tumani 1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati.

Urganch shahar 6-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati.

10.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

Ellikqalʼa tumani 13-son respublika ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati.

11.

Jizzax viloyati

Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati;

Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi;

Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi.

Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan

maktab-internati

Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

Jizzax shahar “Umid” ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati.

12.

Toshkent shahri

Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

Chirchiq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

Guliston Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

Angren shahar ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati.

Boyovut tumani 1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati.

Guliston tumani ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati.

13.

Toshkent viloyati

14.

Sirdaryo viloyati

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 490-son qaroriga
3-ILOVA
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga qabul qilingan bolalarni oziq-ovqat, birlamchi kiyim-kechak va ashyoviy taʼminot buyumlari bilan taʼminlash
MEʼYORLARI
I. Oziq-ovqat bilan taʼminlash meʼyorlari*
(bir kishi hisobiga kuniga grammda (brutto)

T/r

Oziq-ovqat mahsulotlarining turlari

3 — 6 yoshli bolalar uchun

7 — 13 yoshli bolalar uchun

14 — 18 yoshli bolalar uchun

1.

1-navli bugʻdoy noni

300

400

600

2.

Bugʻdoy uni

20

30

40

3.

Kartoshka uni

3

3

3

4.

Dukkaklilar yormasi, makaron mahsulotlari

50

80

100

5.

Qand, shakar

50

80

100

6.

Qandolatchilik mahsulotlari

20

20

25

7.

Sariyogʻ

20

30

40

8.

Oʻsimlik yogʻi

15

20

20

9.

Sut, sut-qatiq mahsulotlari

300

400

500

10.

Qaymoq

15

20

20

11.

Tvorog

30

40

50

12.

Pishloq

10

15

15

13.

Goʻsht, parranda goʻshti

100

130

175

14.

Kolbasa mahsulotlari

20

25

30

15.

Baliq

50

70

90

16.

Tuxum

1 dona

1 dona

1,5 dona

17.

Kartoshka

300

350

400

18.

Sabzavotlar, koʻkatlar

(shu jumladan, tomat (3 gr.)

200

300

455

19.

Meva, sabzavot sharbatlari

150

200

250

20.

Quruq mevalar,

(shu jumladan, naʼmatak (5 gr.)

10

15

15

21.

Choy

0,2

0,3

0,5

22.

Kakao

1

1

1

23.

Yodlangan tuz

5

10

12

24.

Achitqilar

1

1

1

* Mazkur oziq-ovqat mahsulotlari ular uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida asosiy moddalari bir-biriga toʻgʻri keladigan oziq-ovqat mahsulotlari bilan almashtirilishi mumkin.
II. Birlamchi kiyim-kechak va poyabzal buyumlari bilan taʼminlash meʼyorlari*

T/r

Kiyim-kechak va poyabzal buyumlari

Oʻlchov birligi

Oʻgʻil bolalar uchun

(soni)

Qiz bolalar uchun

(soni)

1.

Tungi pijama

dona

1

1

2.

Dastroʻmol

dona

1

1

3.

Ichki koʻylak

toʻplam

1

1

4.

Mayka

dona

1

1

5.

Ip paypoq

juft

2

2

6.

Jun paypoq

juft

2

2

7.

Shippak

juft

1

1

* Mazkur birlamchi kiyim-kechaklar markazda 48 soatdan ortiq saqlanadigan voyaga yetmaganlarga ajratiladi.
III. Boshqa birlamchi ashyoviy taʼminot buyumlari bilan taʼminlash meʼyorlari*

T/r

Buyumlarning nomi

Oʻlchov birligi

Oʻgʻil bolalar uchun

(soni)

Qiz bolalar uchun

(soni)

1.

Atir sovun (100 gr)

dona

1

1

2.

Shampun (200 gr)

dona

1

1

3.

Tish pastasi (50 gr)**

tyubik

1

1

4.

Tish choʻtkasi

dona

1

1

5.

Hojatxona qogʻozi**

oʻram

1

1

6.

Qiz bolalar uchun shaxsiy gigiyena vositasi

(qistirma)

Toʻplam

(10 dona)

-

1

7.

Soqol olish buyumi (britva), bir martalik**

dona

1

1

8.

Momiq (paxta) (200 gr)

toʻplam

-

1

* Mazkur birlamchi buyumlar markazda 48 soatdan ortiq saqlanadigan voyaga yetmaganlarga ajratiladi.
** Markazda 20 kundan ortiq saqlanadigan voyaga yetmaganlarga qoʻshimcha 1 tadan ajratiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 490-son qaroriga
4-ILOVA
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga joylashtirilgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan va davlat yordamiga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlarni kiyim-kechak, poyabzal va ashyoviy taʼminot buyumlari bilan taʼminlash
MEʼYORLARI*
I. Kiyim-kechak va poyabzal buyumlari bilan taʼminlash meʼyorlari

T/r

Kiyim-kechak va poyabzal buyumlarining nomi

Oʻlchov birligi

Oʻgʻil bolalar uchun

(soni)

Qiz bolalar uchun

(soni)

Foydalanish muddati

(yil)

1.

Qishki palto/kurtka

dona

1

1

2

2.

Mavsumiy palto, kurtka

dona

1

1

2

3.

Maktab formasi

toʻplam

1

1

1

4.

Oʻgʻil bolalar uchun kostum (galstuk bilan)

toʻplam

2

-

2

5.

Oʻgʻil bolalar uchun junli kostum (bayram uchun)

toʻplam

1

-

2

6.

Oʻgʻil bolalar uchun ip gazlamadan maktab koʻylagi

dona

3

-

1

7.

Oʻgʻil bolalar uchun ip gazlamadan ustki koʻylak

dona

3

-

1

8.

Qiz bolalar uchun koʻylak (yubka, bluzka)

dona

-

3

1

9.

Qiz bolalar uchun uy xalati/ koʻylagi

dona

-

2

1

10.

Qiz bolalar uchun qishki koʻylak

dona

-

1

1

11.

Jun sviter (jemperlar)

dona

2

2

2

12.

Qiz bolalar uchun yozgi koʻylak

dona

-

3

1

13.

Yozgi bosh kiyim

dona

1

1

1

14.

Qishki bosh kiyim

dona

2

2

1

15.

Qiz bolalar uchun triko va shim

dona

-

4

1

16.

Dastroʻmol

dona

6

6

1

17.

Oʻgʻil bolalar uchun shimning kamari

dona

1

-

1

18.

Sharf

dona

1

1

2

19.

Qoʻlqop

juft

2

2

1

20.

Ichki koʻylak

toʻplam

4

4

2

21.

Sport formasi, krossovka

toʻplam

1

1

1

22.

Qiz bolalar uchun byustgalter

dona

-

3

1

23.

Kalta sport ishtoni

dona

2

2

1

24.

Mayka

dona

6

6

1

25.

Ip paypoq

juft

9

9

1

26.

Jun paypoq

juft

6

6

1

27.

Botinka, tufli

juft

3

3

1

28.

Shippak

juft

4

4

1

29.

Qishki etik, botinka

juft

1

1

1

30.

Kalish

juft

1

1

1

31.

Yarim jun sport kostumi

dona

1

1

1

32.

Tungi pijama

dona

2

1

1

33.

Qiz bolalar uchun kolgotka

dona

-

5

1

34.

Choʻmilish kiyimi

dona

1

1

1

35.

Rezina shapka

dona

1

1

2

36.

Ish kiyimi

toʻplam

1

1

2

37.

Portfel, sumka

dona

1

1

1

38.

Shaxsiy buyumlarni saqlash uchun ryukzak/sumka

dona

1

1

3

II. Boshqa ashyoviy taʼminot buyumlari bilan taʼminlash meʼyorlari
(bir yil uchun)

T/r

Buyumlarning nomi

Oʻlchov birligi

Oʻgʻil bolalar uchun

(soni)

Qiz bolalar uchun

(soni)

1.

Atir sovun (100 gr)

dona

24

24

2.

Xoʻjalik (kir) sovuni (100 gr)

dona

12

12

3.

Shampun (200 gr)

dona

12

12

4.

Tish pastasi (50 gr)

tyubik

12

12

5.

Tish choʻtkasi

dona

3

3

6.

Taroq

dona

2

2

7.

Badanni yuvish uchun gubka

dona

2

2

8.

Poyabzal moyi

tyubik

6

6

9.

Hojatxona qogʻozi

oʻram

24

24

10.

Qiz bolalar uchun shaxsiy gigiyena vositasi (qistirma)

toʻplam

(10 dona)

-

12

11.

Kir yuvish kukuni (400 gr)

upakovka

12

12

12.

Togʻora (plastmassa) (sigʻimi 10 l)

(foydalanish muddati 3 yil)

dona

1

1

13.

Soqol olish buyumi (britva), bir martalik

dona

12

5

14.

Soqol olish vositasi

(soqol olish koʻpigi, loson) (100 — 150 gr)

flakon

6

-

15.

Dezodorant (aerozol)

dona

6

6

16.

Momiq (paxta) (200 gr)

toʻplam

-

4

* Mazkur meʼyorlar ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining mavjud meʼyorlarida nazarda tutilmagan kiyim-kechak, poyabzal va boshqa ashyoviy taʼminot buyumlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 490-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 1-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-oktabrdagi 880-son qaroriga 2-ilovaning “Kiyim-kechak va poyabzal buyumlari bilan taʼminlash meʼyorlari” deb nomlangan II boʻlimida:
24 pozitsiyasining “oʻgʻil bolalar”, “qiz bolalar” ustunlarida “4” raqami “6” raqami bilan almashtirilsin;
25 pozitsiyasining “oʻgʻil bolalar”, “qiz bolalar” ustunlarida “5” raqami “12” raqami bilan almashtirilsin;
26 pozitsiyasining “oʻgʻil bolalar”, “qiz bolalar” ustunlarida “5” raqami “6” raqami bilan almashtirilsin;
28 pozitsiyasining “oʻgʻil bolalar”, “qiz bolalar” ustunlarida “2” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 490-son qaroriga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2010-yil 26-noyabrdagi 269-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 11-son, 63-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)” 2017-yil 16-iyundagi 385-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 103-modda) 1-ilovaning 7-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 09/21/490/0753-son; 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son; 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)