ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish | ||||
|
1. |
“O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi va “Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunanda, kasallik va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar me’yorlarini qayta ko‘rib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tegishli qonun loyihalarini kiritish. |
Qonun loyihalari |
2022-yil yanvar |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
O‘simliklar klinikalariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish hamda ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil I chorak |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
3. |
Mineral o‘g‘it va kimyoviy vositalar importi, ulgurji va chakana savdo faoliyatini litsenziyalanadigan faoliyat turlari ro‘yxatiga belgilangan tartibda kiritish. |
Qonun loyihasi |
2021-yil dekabr |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
4. |
Mineral o‘g‘it va o‘simliklarni himoya qilishda qo‘llaniladigan kimyoviy vositalar importi, ulgurji va chakana savdo faoliyatini litsenziyalash tartibini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil yanvar |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
5. |
O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi to‘g‘risidagi nizomni; Agentlikning O‘simliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil yanvar |
Vazirlar Mahkamasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi |
|
II. Xorijiy tajriba asosida o‘simliklar karantini va himoyasi sohasini rivojlantirish | ||||
|
6. |
O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro konvensiya kotibiyati bilan hamkorlikni rivojlantirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil oktabr |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
7. |
O‘zbekiston Respublikasi manfaatlaridan kelib chiqib, xorijiy davlatlarning o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha milliy tashkilotlari bilan ikki tomonlama hamkorlik kelishuvlari tuzish. |
Xalqaro hujjatlar |
2021 — 2024-yillar |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
8. |
O‘zbekiston Respublikasiga chegaradosh davlatlarning o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha milliy tashkilotlari bilan birgalikda zararli organizmlarning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olishni tizimli tashkil etish yuzasidan qo‘shma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
Qo‘shma chora-tadbirlar rejasi |
2021 — 2024-yillar |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
9. |
O‘simliklarni himoya qilishda kimyoviy vositalardan xavfsiz foydalanish tizimini Pestitsidlarni tarqatish va ulardan foydalanish bo‘yicha xalqaro axloq kodeksiga muvofiqlashtirish choralarini ko‘rish. |
Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar |
2021-2022-yillar |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
10. |
Sohadagi xalqaro ilg‘or tajribalar, ilm-fan yutuqlari, innovatsion yangi texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha agronom-inspektorlar malakasini muntazam oshirib borish, rivojlangan xorijiy davlatlarning shu yo‘nalishdagi tegishli muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. |
Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil sentabr |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi |
|
11. |
Ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallariga malakali xorijiy va mahalliy olimlarni jalb qilgan holda fermer va dehqon xo‘jaliklari vakillarini o‘qitish choralarini ko‘rish. |
Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil sentabr-oktabr |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi |
|
12. |
O‘simliklar karantini va himoyasi hamda agrokimyoviy tahlil yo‘nalishidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish uchun Agentlikka xorijiy ekspertlarni jalb qilish. |
Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil oktabr |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi |
|
III. O‘simliklar karantini va himoyasi sohasida samaradorlikni oshirishga qaratilgan tashkiliy ishlar | ||||
|
13. |
Tashkiliy yig‘ilish o‘tkazilib, mas’ul vazirlik, idora va hokimliklarning vazifalari aniq belgilash hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan hududlar kesimida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanishini ta’minlash. Agentlik: yerdan foydalanuvchilar va aholi tomonidan o‘simliklar himoyasi vositalaridan belgilangan me’yorlar asosida qo‘llanilishini nazorat qilsin; fitosanitar, sanitar xavfsizlik talablariga va reglamentlarga rioya qilmagan, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda o‘simliklar o‘sishini boshqaruvchi vositalar ro‘yxatiga kiritilmagan vositalar (kimyoviy, biologik, mineral o‘g‘itlar, stimulyatorlar va boshqalar)ni sotgan, qo‘llagan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan tegishli choralar qo‘llash to‘g‘risida taklif kiritsin; karantin ruxsatnomasi va karantin ko‘rigi dalolatnomasi mavjud bo‘lmagan karantin ostidagi import mahsulotlari respublika hududida aniqlangan taqdirda, ushbu mahsulotlarni import qilgan, saqlagan, realizatsiya qilgan va tashigan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llasin; o‘simliklar klinikalariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqsin hamda ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritsin. |
Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil avgust |
Vazirlar Mahkamasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
14. |
“Tomorqa xizmati” MCHJlar rahbar va mutaxassislarini o‘simliklar himoyasi sohasidagi bilimlarini oshirish choralarini ko‘rish va o‘quv kurslarini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash. |
Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar |
2021-2022-yillar |
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
|
15. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4803-son qaroriga muvofiq, o‘simliklar karantini va himoyasini kuchaytirish hamda tabiiy resurslarni boshqarishni yaxshilash doirasida agrokimyoviy tahlil laboratoriyalari uchun ajratilgan 5 800 ming AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni o‘zlashtirish choralarini ko‘rish. Bunda, ajratiladigan mablag‘lardan 4 730 ming AQSH dollari Agentlik va uning tizimidagi laboratoriyalarni jihozlashga, 540 ming AQSH dollari fumigatsiya jihozlari xarid qilishga va 378 ming AQSH dollari fumigatsiya laboratoriyasini tashkil etishga, shuningdek, 152 ming AQSH dollari mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltiriladi. |
Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil oktabr |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
|
16. |
Agentlikning “E-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimini Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining elektron xaritalar tizimiga integratsiya qilish. |
Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil oktabr |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Kadastr agentligi |
|
17. |
Ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash choralarini ko‘rish. |
Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil dekabr |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi |
|
18. |
O‘simliklar karantini chegara maskanlarini respublika hududiga olib kirilayotgan karantin ostidagi mahsulotlarning turi bo‘yicha ixtisoslashtirish yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-sentabr |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
19. |
Eksportbop mahsulotlar yetishtiriladigan bog‘, tokzorlar va dala maydonlari hamda qadoqlash sexlarining doimiy ro‘yxatini shakllantirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
Har yili I chorakda |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
|
20. |
Agrokimyoviy tahlil laboratoriyasi, biolaboratoriya, o‘simliklar klinikalari va tuproq klinikalari faoliyatini amalga oshirish uchun ularni zarur bino-inshootlar bilan ta’minlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2022-yil yanvar |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Kadastr agentligi |
|
21. |
Agentlik taklifi asosida O‘simliklarni karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent davlat agrar universitetining karantin laboratoriyalarini zarur jihozlar bilan ta’minlash uchun 50 mln AQSH dollari miqdorida grant mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rish hamda natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021-2022-yillar |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, manfaatdor vazirlik va tashkilotlar |
|
22. |
Xitoy Xalq Respublikasining 2,9 mln. AQSH dollariga teng granti hisobiga “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Markaziy fitosanitariya laboratoriyasini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish doirasida karantin laboratoriyasi asbob-uskunalarini Xitoy tomonidan O‘zbekistonga olib kelish choralarini ko‘rish. |
Bitim, amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil IV chorak |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi |
|
23. |
Fitosanitariya nazorati sohasidagi ilmiy, ilmiy-texnik faoliyat natijalarini amalga oshirishni davlat tomonidan grant ajratish orqali qo‘llab-quvvatlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021-yil IV chorak |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi |
|
24. |
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning yer maydonlarida xavfli zararkunanda va kasallik o‘choqlarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga qarshi samarali kurashish choralarini belgilash uchun yiliga 30 mingdan kam bo‘lmagan feromon tutqichlarni xarid qilish, ularni bepul o‘rnatish hamda monitoringini olib borish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021-yil IV chorak |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
25. |
Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini ko‘paytirishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy zararkunanda hasharotlarga qarshi kompleks kurashish bo‘yicha “Dolzarb o‘n besh kunliklar” va issiqxonalarda zararli organizmlar tarqalishining oldini olish bo‘yicha kuzgi-qishki va bahorgi agrotexnik tadbirlar o‘tkazishni tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021-yil IV chorak |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
26. |
Ekin maydon tuproq tarkibida zaharli kimyoviy moddalar (pestitsid) tahlili natijasiga ko‘ra eksportbop mahsulotlarni yetishtirishda biologik yoki almashlab ekish usulini qo‘llashni rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil dekabr |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
27. |
Ekin maydonlarida zaharli kimyoviy moddalardan (pestitsid) foydalanish amaliyotini keskin qisqartirish, zararkunandalarga qarshi kurashishda entomofaglardan foydalanish choralarini ko‘rish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021 — 2024-yillar |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
28. |
O‘simliklarni kasallik va zararkunandalarga qarshi ta’sirchanligini oshirish imkonini beruvchi seleksiya tajribalarini amalga oshirish loyihalari uchun davlat grantlari ajratilishini ta’minlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021 — 2024-yillar |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
29. |
Inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi o‘simliklarni himoya qilishda foydalaniladigan kimyoviy vositalarni xalqaro talablarga muvofiq bosqichma-bosqich ularni o‘rnini bosuvchi vositalarga almashtirish choralarini ko‘rish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022 — 2024-yillar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
|
30. |
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararli organizmlarini rivojlanishi va tarqalishi hamda agrometeologik prognoz ma’lumotlarni fermer, dehqon xo‘jaliklariga yetkazish tizimini keng ko‘lamda joriy etish maqsadida agrometeostansiyalarni o‘rnatishga qaratilgan grant mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021-2022-yillar |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi , Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Gidrometeorologiya xizmat markazi |
|
31. |
“Dalagacha tushadigan xizmatlar tizimi”ni joriy etish maqsadida agrokimyo laboratoriya, biolaboratoriya, o‘simlik klinikalari va tuproq klinikalarini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021 — 2024-yillar |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Agrobank” ATB, Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
|
32. |
O‘simlik zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi samarali kurash tizimining ilmiy asoslangan uslubiyotini ishlab chiqish. |
Qo‘llanma |
2021-2022-yillar |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
33. |
Respublikaning fitosanitar tozaligini ta’minlash maqsadida o‘simliklar karantini va himoyasi inspektorlarining import, eksport, reeksport va reimport hamda istisno tariqasida tranzit jarayonlaridagi ishtirokini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil yanvar |
Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Adliya vazirligi |
|
IV. Zararli chigirtkaga qarshi kurash usullarini takomillashtirish | ||||
|
34. |
Zararli chigirtka o‘choqlarini aniqlash, ularga qarshi samarali kurash tizimining ilmiy asoslangan mexanizmlarni qo‘llash uslubiyotini ishlab chiqish. |
Qo‘llanma |
2022-yil 1-iyul |
Fanlar Akademiyasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
|
35. |
Xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasini yaqindan o‘rganish natijasida chigirtkaga qarshi kurash uslublarini takomillashtirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2022-yil I chorak |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar Akademiyasi |
|
36. |
Chegaradosh qo‘shni davlatlar bilan zararli chigirtka tarqalishiga oid ma’lumotlarni almashish tizimini joriy qilish va ularning hujumini oldindan bartaraf qilish va ularga qarshi kurash yuzasidan hamkorlik rejalarini tuzish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021 — 2024-yillar |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
V. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining ilm-fan, ta’l?m va axboro? xizmatlari tizimini rivojlantirish | ||||
|
37. |
Zararli organizmlarga qarshi kurashish vositalari savdosining hududlar kesimidagi tendensiyasini tahlilini yuritish va fitosanitar nazorat bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2022-yil 1-dekabr |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
38. |
Issiqxonalarda yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararli organizmlardan himoya qilishning ilmiy asoslangan usullarini joriy etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021 — 2024-yillar |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
39. |
O‘simliklardagi zararli organizmlarni aniqlash va ularga qarshi kurash choralarini belgilashning imkonini beruvchi “Dala himoyasi va interaktiv xizmat ko‘rsatish” elektron mobil dasturini yaratish va ommaga yetkazish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021-2022-yillar |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish agentligi |
|
VI. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimini malakali kadrlar bilan ta’minlash | ||||
|
40. |
Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallaridagi o‘simliklarni himoya qilish hamda karantin fakultetlarini, shuningdek, kafedralarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, kadrlar tayyorlash tizimini kuchaytirish, ilmiy salohiyatni oshirish va zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan ta’minlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021-2022-yillar |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
41. |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining hududlardagi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti va uning Nukus va Termiz filiallarida hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida o‘quv kurslari va seminarlarini tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021-2022-yillar |
Toshkent DAU va uning Nukus va Termiz filiallari, Andijon agrotexnologiyalar instituti, O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti |
|
42. |
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filialida “O‘simliklar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari karantini” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021-2022 o‘quv yili |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi |
|
43. |
O‘simliklar karantini va himoyasi xizmati faoliyatini rivojlantirish maqsadida 500 nafarga yaqin xorijiy agronomlarni jalb qilib, qishloq xo‘jaligi texnikum va kollejlarda o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarni qayta tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish. Xalqaro va xorijiy tashkilotlar bazasida soha mutaxassislari malakasini oshirishni tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021 — 2024-yillar |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
VII. “Biosifat” respublika markazi faoliyatini takomillashtirish | ||||
|
44. |
Biolaboratoriya, biofabrika va biomarkazlarda “Texnik-pasport” hamda har bir ko‘paytiriladigan entomofaglarning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha “Sifat sertifikati” yuritilishini joriy qilish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil 1-dekabr |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
45. |
Biomahsulotlar yetkazib berilishi bo‘yicha hududlarning monitoringini yuritish uchun biolaboratoriyalararo yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021-2022-yillar |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, “Biosifat” respublika markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
VIII. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish | ||||
|
46. |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi va uning hududiy bo‘linmalarini O‘simliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan transport vositalari, asboblar, texnik vositalar va zarur jihozlar bilan belgilangan tartibda ta’minlash, shu jumladan: 1. Maxsus planshetlar — 760 dona; 2. Cho‘ntak mikroskoplari — 830 dona; 3. Hududiy boshqarmalar ma’muriy binolariga, o‘simliklar karantini chegara maskanlaridagi inspektorlar faoliyat ko‘rsatadigan joylarga videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish; 4. Elektron axborot tizimi uchun 2 komplekt server xarid qilish; 5. “Damas” rusumli avtomashina — 110 dona; 6. Fumigatsiya guruhlari uchun “Labo” rusumli avtomashina — 15 dona; 7. Maxsus avtomashinalar — 56 dona; 8. Maxsus yuk avtotransport — 1 dona; |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021 — 2024-yillar |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
47. |
Grant va O‘simliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda: 1. Termokamera — 12 dona; 2. Fumigatsiya kameralarida gaz konsentratsiyasini aniqlash uchun gaz analizatorlari — 27 dona; 3. Fumigatsiya obyektlarida germetizatsiyani aniqlash uchun gaz analizatorlari — 27 dona; 4. Fumigatsiya laboratoriyasi — 1 dona; 5. Avtodozator (fosfin fumiganti uchun) — 28 ta; 6. Maxsus kiyim-bosh; 7. Fumigatsiya guruhlarini turli xil shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash; 8. Fumigantlar; 9. Fitosanitariya sertifikatlari; 10. Monitoring uchun ko‘p marta ishlatiladigan zamonaviy feromon tutqichlar — 30 ming dona; 11. Laboratoriya jihozlari (7 ta hududiy boshqarmaga); 12. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimidagi O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida xalqaro standartlarga mos karantin pitomnigini tashkil qilish va uni kichik laboratoriya va sinov uchastkasi uchun issiqxona bilan ta’minlash, zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlash va pitomnik uchun qishloq xo‘jaligi texnikalarini (traktor, yuk mashinasi, tirkamalar, purkagichlar va hokazo) xarid qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021 — 2024-yillar |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
48. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy va Namangan viloyatlari o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalarini laboratoriya binolari va zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash. Ta’mirtalab binolarni asoslantirilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida joriy ta’mirlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021 — 2023-yillar |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
49. |
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti va uning laboratoriyasini mukammal ta’mirlash hamda zarur buyumlar, uskuna va jihozlar bilan ta’minlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021 — 2024-yillar |
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi |