Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.04.2005
|
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2005-yil 24-martdagi 04/QQ-son, 01-76-son va 01/1184-son qaroriga (ro‘yxat raqami 1461, 28.03.2005-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 4-oktabrdagi 400-son qaroriga muvofiq “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida rahbar va o‘qituvchilarning bo‘sh lavozimlarini egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqida qaror:
1. “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida rahbar va o‘qituvchilarning bo‘sh lavozimlarini egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish to‘g‘risida”gi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 4-oktabrdagi 400-son “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 1998-yil 13-maydagi 204-son “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari (ta’lim muassasalari)dagi bo‘sh (vakant) rahbar, pedagog va muhandis-pedagog (rahbar va o‘qituvchi) lavozimlariga tanlov o‘tkazish tartibini belgilaydi.