O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 3-martdagi PQ-5017-son, “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 14-iyundagi PQ-5146-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiyalar ajratish sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish shartlari;
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratishda talab etiladigan hujjatlar, ularni ko‘rib chiqish hamda subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi;
subsidiya ajratishni rad etish asoslari va subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risidagi qaror bo‘yicha shikoyat qilish tartibi;
ajratilgan subsidiyadan subsidiya oluvchi tomonidan maqsadli foydalanishni nazorat qilish tartibi.
2. Chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratilishini samarali tashkil etishni ta’minlash bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalarining namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish jarayonida elektron axborot tizimi orqali ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘ysin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-iyul,
434-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi 434-son qaroriga
1-ILOVA
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiyalar ajratish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
mahsulotlar — xo‘jaliklarning o‘zida yetishtirilgan yirik va mayda shoxli mollar go‘shti, suti, parranda (tovuq, bedana, o‘rdak, g‘oz, kurka va tuyaqush) tuxumi, go‘shti, intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlari (losos, forel va osyotr) hamda qolgan turdagi baliqlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
subsidiya — chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik mahsulotlari yetishtirish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga qaytarmaslik sharti bilan budjetdan ajratiladigan mablag‘;
Oldingi tahrirga qarang.
subsidiya oluvchilar — qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tgan va qo‘shilgan qiymat solig‘idan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklari hamda ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
chorvachilik subyektlari — yirik va mayda shoxli mollar go‘shti, suti, parranda (tovuq, bedana, o‘rdak, g‘oz, kurka va tuyaqush) tuxumi, go‘shti, intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlari (losos, forel va osyotr) hamda qolgan turdagi baliqlar yetishtiruvchi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar;
intensiv usulda baliq yetishtirish texnologiyasi — sun’iy suv havzalari, kichik suv havzalari, yopiq suv aylanma tizimi va qafas (sadok) moslamalarida intensiv usulda baliq yetishtirish texnologiyasi;
yirik va mayda shoxli mollar — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan (parvarishlanadigan) va urchitiladigan uy hayvonlari — qoramol, qo‘y va echki;
qafas (sadok) moslamalarida intensiv baliq yetishtirish texnologiyasi — ochiq suv havzalarida turli o‘lchamdagi qafas moslamalari o‘rnatilib, suv osti qismi to‘r bilan o‘ralgan va ushbu to‘rning suv ustki qismi maxsus moslamaga (temir, plastik) mahkamlangan holda 1 m3 hajmdagi suvda 10 kgdan kam bo‘lmagan baliq yetishtirish texnologiyasi.
3. Eksportga sotilgan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlariga subsidiya ajratilmaydi.
2-bob. Subsidiya ajratish shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan subsidiya oluvchilarga respublika budjetidan quyidagi miqdorda subsidiya ajratiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
parrandachilik xo‘jaliklariga — o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, sotilgan parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 2023-yil 1-yanvardan boshlab 2024-yil 1-yanvarga qadar 1 250 so‘m (bunda subsidiya qo‘shilgan qiymat solig‘idan vaqtincha ozod qilish bo‘yicha imtiyoz amalda bo‘lgan davr uchun ham to‘lanadi);
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
chorvachilik xo‘jaliklariga — o‘z xo‘jaliklarida va aholi xonadonlari bilan birgalikda kooperatsiya usulida yetishtirilib, go‘sht uchun sotilgan yirik va mayda shoxli mollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun 2023-yil 1-yanvardan boshlab 2023-yil 31-dekabrga qadar 2 000 so‘m hamda sutning har bir litri uchun 200 so‘m. Bunda subsidiya qo‘shilgan qiymat solig‘idan vaqtincha ozod qilish bo‘yicha imtiyoz amalda bo‘lgan davr uchun ham to‘lanadi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
2024-yil 1-yanvarga qadar baliqchilik ho‘jaliklariga — intensiv usulda sovuq suvda yetishtirilgan baliqlarning (losos, forel va osyotr) har bir kilogrammi uchun 1 500 so‘m, qolgan turdagi baliqlar uchun 500 so‘m miqdorida.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 174-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 09/23/174/0237-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Subsidiya qo‘shilgan qiymat solig‘idan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan subsidiya oluvchilarga ajratiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
6. Subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Oldingi tahrirga qarang.
subsidiya oluvchi ushbu Nizomning 4, 5, 10 -bandlari talablariga mos kelmasa;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
subsidiya oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda Chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratilishini samarali tashkil etishni ta’minlash bo‘yicha tumanlar (shaharlar) komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — komissiya) tomonidan o‘tkaziladigan o‘rganishlar orqali ishonchsiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish holatlari aniqlanganda.
Ushbu bandda qayd etilganidan tashqari boshqa holatlarda, sotib oluvchiga subsidiya ajratishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
7. Subsidiya oluvchi subsidiya ajratilishini rad etish to‘g‘risidagi qarordan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
8. Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlari elektron hisobvaraq-fakturalar va “on-line” kassa apparatlari orqali sotilganda, sotilgan mahsulot nomi (tovar kodi) ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq elektron hisobvaraq-fakturalar (savdo cheklar) shakllantiriladi.
9. Mahsulotlarni naqd pul yoki bank kartasi (to‘lov terminali) orqali sotish bo‘yicha “on-line” kassa apparatlarini o‘rnatish subsidiya oluvchilar zimmasiga yuklanadi.
10. Yirik va mayda shoxli mollar go‘shti (tirik vazndagi), parranda go‘shti va baliq kilogramm, sut litr, parranda tuxumi dona o‘lchov birligida yoziladi.
11. Yirik va mayda shoxli mollarning 1 kilogramm tirik vazndagi go‘shtining so‘yim chiqimi (sub mahsulotlarsiz) koeffitsiyenti 55 foiz hisobida hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
3-bob. Subsidiya ajratish uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni ko‘rib chiqish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
13. Subsidiya oluvchilar o‘z xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni chorak davomida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) “my.vetgov.uz” sayti orqali tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlariga (keyingi o‘rinlarda — Bo‘lim) ariza bilan murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bo‘lim subsidiya ajratish bilan bog‘liq ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun bir kun ichida komissiyaga taqdim etadi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
14. Subsidiya oluvchilar tomonidan taqdim etilgan ariza ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida ko‘rib chiqiladi.
15. Chorvachilik subyekti tomonidan sotilgan mahsulotlarga subsidiya olish uchun ariza ushbu Nizomga 3, 3a va 3b-ilovalarga muvofiq topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Komissiya subsidiya oluvchining arizasiga ko‘ra sotiladigan mahsulotlarni o‘z xo‘jaligida yetishtirilganligi va mahsulotlarning tegishli turlari bo‘yicha besh ish kunida ushbu Nizomga 4, 4a va 4b-ilovalarga muvofiq xulosa beradi hamda “my.vetgov.uz” sayti orqali elektron shaklda Qo‘mitaga taqdim etadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Xulosa kelib tushgan sanada Qo‘mita va Soliq qo‘mitasi o‘rtasida integratsiya qilingan ma’lumotlar bazasidan elektron tartibda foydalanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Subsidiya oluvchi o‘z xo‘jaligida yetishtirgan chorvachilik mahsulotlarini sotganidan so‘ng komissiya xulosasi va soliq organlarining ma’lumotlarini “my.vetgov.uz” sayti orqali doimiy kuzatib boradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
5-bob. Subsidiyani ajratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
19. Qo‘mita kalendar yil mobaynida chorvachilik subyektlariga ajratiladigan subsidiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Nizomga 5, 5a va 5b-ilovalardagi shakllarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda uch ish kunida tasdiqlaydi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Komissiya xulosasi va soliq organlarining ma’lumotlari ijobiy bo‘lgan taqdirda, elektron shakldagi ma’lumotlar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining “my.vetgov.uz” sayti orqali O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasiga yuboriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining xulosasi “my.vetgov.uz” sayti orqali kelib tushgandan so‘ng bir ish kunida budjetdan shu maqsadga ajratilgan mablag‘lar doirasida tegishli subsidiya summasini subsidiya oluvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
22. Subsidiya subsidiya oluvchi tomonidan berilgan arizaga asosan keyingi oyning 25-sanasiga qadar ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda subsidiya oluvchilarga subsidiya ajratish uchun zarur mablag‘larni hisobga oladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
24. Subsidiya berish bo‘yicha yuzaga keladigan kelishmovchiliklar tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish orqali hal qilinadi
Kelishmovchiliklarni muzokaralar o‘tkazish orqali hal qilishning iloji bo‘lmaganda, sud tartibida hal qilinadi.
Komissiya va soliq organlari taqdim etgan xulosasi va ma’lumotlarining haqqoniyligi uchun o‘zlari javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
241. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash bo‘yicha Texnik ishchi guruh tomonidan 2025-yil 1-yanvarga qadar ushbu subsidiyaning samaradorlik ko‘rsatkichi baholanadi. Bunda:
subsidiyani ajratish natijasida subsidiya ajratilgan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklarida mahsulot yetishtirish hajmi oshganda, subsidiyaning samaradorlik ko‘rsatkichi “ijobiy”;
subsidiya oluvchi subyekt tomonidan olingan subsidiyadan foydalanilmayotganligi yoki undan samarasiz foydalanayotganligi, shuningdek, subsidiyalardan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi aniqlanganda, subsidiyaning samaradorlik ko‘rsatkichi “salbiy” deb baholanadi.
(241-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 331-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi ajratilgan subsidiyalardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2416, 2417, 24110-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Elektron hisobvaraq-fakturaga kiritiladigan
MAHSULOTLAR RO‘YXATI

T/r

Mahsulot nomi

O‘lchov birligi**

Mahsulot (xizmat)larning Yagona elektron milliy katalogi bo‘yicha identifikatsiya kodi*

1.

Sigir suti

litr

00401001001000000

2.

Echki suti

litr

00401001002000000

3.

Qo‘y suti

litr

00401001005000000

4.

Butun (bo‘linmagan) mol go‘shti

kg

00201001004000000

5.

Suyaksiz mol go‘shti

kg

00201001001000000

6.

Qo‘y go‘shti

kg

00204001001000000

7.

Echki go‘shti

kg

00204002001000000

8.

Yangi so‘yilgan tovuq go‘shti

kg

00207001001000000

9.

Muzlatilgan parranda go‘shti

kg

00207002001000000

10.

Muzlatilgan tovuq go‘shti (bo‘laklarga bo‘linmagan)

kg

00207002001000002

11.

Kurka go‘shti (tozalangan, patsiz)

kg

00207001004000000

12.

Muzlatilgan kurka go‘shti

kg

00207002004000000

13.

Yangi so‘yilgan o‘rdak go‘shti

kg

00207001001000000

14.

Yangi so‘yilgan g‘oz go‘shti

kg

00207001003000000

15.

Yangi so‘yilgan kurka go‘shti

kg

00207001004000000

16.

Bedana go‘shti

kg

00207001005000000

17.

Suyakli mol go‘shti

kg

00201001003000000

18.

Tovuq tuxumi

dona

00407001001000000

19.

Bedana tuxumi

dona

00407001002000000

20.

Tuya qush tuxumi

dona

00407001003000000

21.

G‘oz tuxumi

dona

00407001005000000

22.

O‘rdak tuxumi

dona

00407001004000000

23.

Kurka tuxumi

dona

00407001006000000

24.

Sazan

kg

00301001001000000

25.

Som

kg

00301001002000000

26.

Sudak

kg

00301001003000000

27.

Karp

kg

00301001004000000

28.

Tolstolob

kg

00301001005000000

29.

Osyotr

kg

00301001006000000

30.

Oq amur

kg

00301001007000000

31.

Forel

kg

00301001009000000

32.

Losos

kg

00301001011000000

33.

Muzlatilgan tolstolob

kg

00303001001000000

34.

Muzlatilgan forel

kg

00303001004000000

35.

Muzlatilgan losos

kg

00303001005000000

36.

Muzlatilgan som

kg

00303001006000000

37.

Muzlatilgan karp

kg

00303001007000000

38.

Muzlatilgan osyotr

kg

00303001009000000

39.

Muzlatilgan baliqlar

kg

00303001999000000

* O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi ushbu katalogga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega. Kengaytirilgan katolog Soliq qo‘mitasi tomonidan (pozitsiyalar, subpozitsiyalar, atributlar va brendlar ko‘rsatilgan holda) yuritiladi.
**Asosiy o‘lchov birliklari turlari tegishli sinfdagi asosiy birliklar asosida belgilandi. Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi tomonidan pozitsiyalar va subpozitsiyalarga kiritiladigan tovarlarni e’tiborga olib o‘lchov birliklari o‘zgartirilishi mumkin.
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2023-y., 09/23/148/0205-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisining subsidiya olish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish va subsidiya ajratish tartibi
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Subsidiya oluvchi

Subsidiya oluvchilar o‘z xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni chorak davomida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining “my.vetgov.uz” sayti orqali tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlariga ariza bilan murojaat qiladi.

O‘z xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni chorak davomida

2-bosqich

Komissiya (Chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratilishini samarali tashkil etishni ta’minlash bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasi)

Komissiya subsidiya oluvchining arizasiga ko‘ra sotiladigan mahsulotlarning o‘z xo‘jaligida yetishtirilganligi va ularning tegishli turlari bo‘yicha besh ish kunida ushbu Nizomga 4, 4a va 4b-ilovalarga muvofiq xulosa beradi hamda “my.vetgov.uz” sayti orqali elektron shaklda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga taqdim etadi.

Besh ish kunida

3-bosqich

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi xulosa kelib tushgan sanada Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi va Soliq qo‘mitasi o‘rtasida integratsiya qilingan ma’lumotlar bazasidan elektron tartibda foydalanadi.

Uch ish kunida

4-bosqich

Subsidiya oluvchi

O‘z xo‘jaligida yetishtirgan chorvachilik mahsulotlarini sotgandan so‘ng komissiya xulosasi va soliq organlarining ma’lumotlari natijasini “my.vetgov.uz” sayti orqali kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.

Doimiy

5-bosqich

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

Komissiya xulosasi va soliq organlarining ma’lumotlari ijobiy bo‘lgan taqdirda, elektron shakldagi ma’lumotlarni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi axborot tizimi orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasiga yuboradi.

Bir ish kunida

6-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi axborot tizimi orqali kelib tushgan Qo‘mitaning xulosasini olgandan so‘ng budjetdan shu maqsadga ajratilgan mablag‘lar doirasida tegishli subsidiya summasini subsidiya oluvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazadi.

Bir ish kunida

7-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi

Subsidiya subsidiya oluvchi tomonidan berilgan arizaga asosan ajratiladi.

Keyingi oyning 25-sanasiga qadar

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Chorvachilik subyektlari tomonidan yetishtirilgan va sotilgan go‘sht (tirik vaznda) va sut mahsulotlari uchun subsidiya olish to‘g‘risidagi ariza
NAMUNASI

1.

Yuridik shaxsning to‘liq nomi:

2.

Joylashgan joyi:

(pochta manzili)

3.

STIR raqami:

4.

Bank rekvizitlari:

(bank bo‘limi nomi, MFO va hisobvarag‘i)

5.

Telefon raqami:

6.

Elektron pochta manzili:

7.

Xo‘jalikda yetishtirilgan va 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan

go‘sht, tirik vaznda (kg)

sut (litr).

8.

Ixtisoslashtirilgan va avtomatlashtirilgan so‘yish korxonasining nomi va manzili

9.

So‘yiladigan hayvonning identifikatsiya raqami

Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3a-ILOVA
Parrandachilik subyektlari tomonidan yetishtirilgan va sotilgan parranda go‘shti va tuxum mahsulotlari uchun subsidiya olish to‘g‘risidagi ariza
NAMUNASI

1.

Yuridik shaxsning to‘liq nomi:

2.

Joylashgan joyi:

(pochta manzili)

3.

STIR raqami:

4.

Bank rekvizitlari:

(bank bo‘limi nomi, MFO va hisobvarag‘i)

5.

Telefon raqami:

6.

Elektron pochta manzili:

7.

Xo‘jalikda yetishtiriladigan va 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan parranda go‘shti (kg)

8.

Xo‘jalikda yetishtiriladigan va 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan tuxum (dona)

Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3b-ILOVA
Baliqchilik subyektlari tomonidan intensiv usulda yetishtirilgan va sotilgan losos, forel, osyotr baliqlari (kg) va boshqa turdagi baliqlar uchun subsidiya olish to‘g‘risidagi ariza
NAMUNASI

1.

Yuridik shaxsning to‘liq nomi:

2.

Joylashgan joyi:

(pochta manzili)

3.

STIR raqami:

4.

Bank rekvizitlari:

(bank bo‘limi nomi, MFO va hisobvarag‘i)

5.

Telefon raqami:

6.

Elektron pochta manzili:

7.

Xo‘jalikda intensiv usulda yetishtirilib, 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan losos, forel va osyotr baliqlari (kg)

8.

Xo‘jalikda intensiv usulda yetishtirilib, 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan boshqa turdagi baliqlar (kg)

Oldingi tahrirga qarang.
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA

“Tasdiqlayman”

tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman komissiyasi raisi

_____________________________________

(F.I.O)

20___ yil “____” _____________

XULOSA

____________ viloyati ____________ tumanidagi subsidiya olishga talabgor “_____________” ning 20___ yil ___________dagi murojaatiga va taqdim etilgan hujjatlarga asosan tuman komissiyasi tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi va kuyidagilar aniqlandi:

T/r

Xo‘jalik nomi

Joylashgan manzili

Jami mol bosh soni

Shundan:

Jami yer maydoni

Shundan:

Yillik jamg‘arilgan oziqa birligi

(tonna)

Molxona binolari

(soni)

Yetishtiriladigan mahsulot (tonna) prognoz

Realizatsiya qilinadigan mahsulot (tonna) prognoz

sog‘in sigirlar

boquvdagi mollar

oziqa ekin

bino va inshoot

ochiq bino

yopiq bino

go‘sht

(tirik vaznda)

sotib olinadigan sut

go‘sht

(tirik vaznda)

sog‘ib olinadigan sut

jami:

YAKUNIY XULOSA:

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(tashkilot nomi)

__________ viloyati _______________ tumanidagi ______________gi haqiqatdan xam o‘z xo‘jaligida __________________ mahsulotni yetishtiradi va sotadi.

Komissiya a’zolari

Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i

imzo/muhr

F.I.O.

Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri

imzo/muhr

F.I.O.

Tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i

imzo/muhr

F.I.O.

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4a-ILOVA

“Tasdiqlayman”

tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman komissiyasi raisi

_____________________________________

(F.I.O)

20___ yil “___” _______________

___________ viloyati _________ tumanidagi subsidiya olishga talabgor “____________” ning 20___ yil ___________dagi murojaatiga va taqdim etilgan hujjatlarga asosan tuman komissiyasi tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi va quyidagilar aniqlandi:

T/r

Xo‘jalik nomi

Joylashgan manzili

Jami parranda soni (yuz bosh)

Xo‘jalik tashkil etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot

Shundan

(soni):

Xodimlar soni

Asbob-uskunalar mavjudligi

Yetishtiriladigan mahsulot prognoz

Realizatsiya qilinadigan mahsulot prognoz

go‘sht uchun

tuxum uchun

doimiy

mavsumiy

oziqa ta’minoti

suv ta’minoti

shamollatish tizimi

So‘yish liniyasi

go‘sht

(kg)

tuxum

(dona)

go‘sht

(kg)

tuxum

(dona)

jami:

YAKUNIY XULOSA:

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(tashkilot nomi)

__________ viloyati _______________ tumanidagi ______________gi haqiqatdan xam o‘z xo‘jaligida __________________ mahsulotni yetishtiradi va sotadi.

Komissiya a’zolari:

Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i

imzo/muhr

F.I.O.

Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri

imzo/muhr

F.I.O.

Tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i

imzo/muhr

F.I.O.

(4a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4b-ILOVA

“Tasdiqlayman”

tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman komissiyasi raisi

__________________________________

(F.I.O)

20___ yil “____” ____________

___________ viloyati __________ tumanidagi subsidiya olishga talabgor “___________” ning 20___ yil __________dagi murojaatiga va taqdim etilgan hujjatlarga asosan tuman komissiyasi tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi va quyidagilar aniqlandi:

T/r

Xo‘jalik nomi

Joylashgan manzili

Intensiv suv havza maydoni

Intensiv usulda baliq yetishtirish texnologiyasi

Sovuq suv baliqlari, shundan:

Qolgan turdagi baliqlar,

shundan:

Yetishtiriladigan mahsulot (kg) prognoz

Realizatsiya qilinadigan mahsulot (kg) prognoz

Intensiv

Yarim intensiv

Yopiq suv aylanma tizimi (O‘ZV)

Qafas

(sadok)

Losos

Forel

Osyotr

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

1.

2.

YAKUNIY XULOSA:

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(tashkilot nomi)

__________ viloyati _______________ tumanidagi ______________gi haqiqatdan xam o‘z xo‘jaligida __________________ mahsulotni yetishtiradi va sotadi.

Komissiya a’zolari:

Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i

imzo/muhr

F.I.O.

Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri

imzo/muhr

F.I.O.

Tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i

imzo/muhr

F.I.O.

(4b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
______ yilda o‘z xo‘jaliklarida yetishtiriladigan sut va go‘sht (tirik vaznda) mahsulotlarining prognoz ko‘rsatkichlari jadvali
NAMUNASI

T/r

Hududlar nomi

O‘z xo‘jaliklarida yetishtiriladigan qoramol va qo‘y go‘shti (tirik vaznda), (tonna)

O‘z xo‘jaliklarida yetishtiriladigan sut, (tonna)

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

2.

Andijon viloyati

3.

Buxoro viloyati

4.

Jizzax viloyati

5.

Qashqadaryo viloyati

6.

Navoiy viloyati

7.

Namangan viloyati

8.

Samarqand viloyati

9.

Surxondaryo viloyati

10.

Sirdaryo viloyati

11.

Toshkent viloyati

12.

Farg‘ona viloyati

13.

Xorazm viloyati

Jami

Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5a-ILOVA
______ yilda o‘z xo‘jaliklarida yetishtiriladigan parranda go‘shti (so‘yilgan vaznda) va tuxum mahsulotlarining prognoz ko‘rsatkichlari jadvali
NAMUNASI

T/r

Hududlar nomi

O‘z xo‘jaliklarida yetishtiriladigan parranda go‘shti (so‘yilgan vaznda), (tonna)

O‘z xo‘jaliklarida yetishtiriladigan tuxum, (ming dona)

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

2.

Andijon viloyati

3.

Buxoro viloyati

4.

Jizzax viloyati

5.

Qashqadaryo viloyati

6.

Navoiy viloyati

7.

Namangan viloyati

8.

Samarqand viloyati

9.

Surxondaryo viloyati

10.

Sirdaryo viloyati

11.

Toshkent viloyati

12.

Farg‘ona viloyati

13.

Xorazm viloyati

Jami

Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5b-ILOVA
_______ yilda o‘z xo‘jaliklarida intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlari (losos, forel va osyotr) hamda boshqa turda yetishtirilgan baliq prognoz ko‘rsatkichlari jadvali
NAMUNASI

T/r

Hududlar nomi

O‘z xo‘jaliklarida intensiv usulda yetishtiriladigan sovuq suv baliqlari (losos, forel va osyotr), (tonna)

O‘z xo‘jaliklarida boshqa turdagi yetishtirilgan baliqlar, (tonna)

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

2.

Andijon viloyati

3.

Buxoro viloyati

4.

Jizzax viloyati

5.

Qashqadaryo viloyati

6.

Navoiy viloyati

7.

Namangan viloyati

8.

Samarqand viloyati

9.

Surxondaryo viloyati

10.

Sirdaryo viloyati

11.

Toshkent viloyati

12.

Farg‘ona viloyati

13.

Xorazm viloyati

Jami

Oldingi tahrirga qarang.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi 434-son qaroriga

2-ILOVA

Chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratilishini samarali tashkil etishni ta’minlash bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalarining
NAMUNAVIY TARKIBI

1.

Lavozimi bo‘yicha

tuman (shahar) hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, komissiya raisi

2.

Lavozimi bo‘yicha

tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, komissiya raisi o‘rinbosari

3.

Lavozimi bo‘yicha

tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri

4.

Lavozimi bo‘yicha

tuman (shahar) soliq inspeksiyasi boshlig‘i

5.

Lavozimi bo‘yicha

tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi chorvachilik bo‘yicha mutaxassisi, komissiya kotibi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi 434-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 37-son, 469-modda) bilan tasdiqlangan Naslli mahsulotni (materialni) eksport va import qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“a) go‘sht va sut qoramolchiligida — yoshi eng ko‘pi bilan 18 oygacha bo‘lgan zotdor urg‘ochi buzoqlar, bo‘g‘oz bo‘lgan va kutilayotgan tug‘ish vaqtidagi yoshi 36 oydan ko‘p bo‘lmaydigan, homilaning otasi to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlar bo‘lgan g‘unajinlar tanlanadi”;
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) “b” kichik bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“b) qo‘ychilik va echkichilikda — mustahkam konstitutsiyali, O‘zbekiston Respublikasining tuproq-iqlim sharoitlarida urchitish uchun mos keladigan yoshi 6 oylikdan qam bo‘lmagan nasldor qo‘y va echkilar tanlanadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-sentabrdagi 748-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 38-son, 1057-modda) bilan tasdiqlangan Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. Import qilingan hayvonlar yigirma bir kundan kechiktirmasdan identifikatsiya qilinadi”;
b) 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“27. Hayvon egalarining arizasiga muvofiq davlat veterinariya xizmati tomonidan hayvonlarni identifikatsiya qilish, hisobga olish va hisobdan chiqarish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq uch kun ichida amalga oshiriladi”;
v) 1-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Hayvonlarni identifikatsiya qilish, hisobga olish va hisobdan chiqarish sxemasi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “O‘zbekchorvanasl” agentligi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 9-bandning beshinchi xatboshi quyidagi mazmundagi beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“ozuqabop ekinlarni yetishtirish uchun ajratilgan yer uchastkalarida ushbu ekinlar yetishtirilishini monitoring qilish;
parrandachilik va quyonchilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini izchil amalga oshirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda narxlar monitoringini yuritish;
parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini sotish bozorlarini kengaytirish bo‘yicha marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, mahsulotlar narxlari shakllanishining maqbul mexanizmini belgilash bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;
parranda va quyonlar uchun to‘la qiymatli, yuqori oqsilli oziqalar ishlab chiqarish uchun yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish yo‘li bilan parrandachilik va quyonchilik tarmog‘ining ozuqa bazasini mustahkamlash;
parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sohasida ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish”;
b) 10-bandga quyidagi mazmundagi “d” — “z” kichik bandlar qo‘shilsin:
“d) parrandachilik va quyonchilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini izchil amalga oshirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda narxlar monitoringini yuritish sohasida:
parrandachilik va quyonchilik tarmoqlarini rivojlantirishga doir dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
parranda va quyonlarni parvarishlash texnologiyalari bo‘yicha xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda tahliliy ishlarni amalga oshiradi;
eksport qilish qoidalari (shartlari) bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
eksport masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalar va bitimlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi hamda sohadagi tadbirkorlarni boshqa kompaniyalar bilan xalqaro hamkorligini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
ichki va tashqi bozlarning holati va mahsulotga bo‘lgan talabini tahlil qiladi va monitoringini yuritadi;
parrandachilik va quyonchilik sohasida tezkor onlayn-monitoring yuritish bo‘yicha integratsiyalashtirilgan axborot tizimini shakllantiradi va yuritadi;
e) parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini sotish bozorlarini kengaytirish bo‘yicha marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, mahsulotlar narxlari shakllanishining maqbul mexanizmini belgilash bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish sohasida:
aholi o‘rtasida parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarining iste’mol darajasini oshirish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradi;
ommaviy axborot vositalarida mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan ijtimoiy tusdagi, shu jumladan, parranda va quyon go‘shtining foydali tomonlari, parranda va quyon boqish afzalliklari haqidagi ma’lumotlarni yoritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
mahsulotlarni sotish bozorlarini kengaytirish bo‘yicha marketing tadqiqotlarini amalga oshiradi;
mahsulotlar narxlari shakllanishining maqbul mexanizmini belgilash bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;
xalqaro darajadagi ekspertlar va mutaxassislar bilan hamkorlikda mahsulotlarni sotish bozorlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha loyihalarni tashkil etish orqali eksport salohiyatini oshirish, bozor konyunkturasi bo‘yicha chuqur marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, xorijiy investitsiyalar va beg‘araz texnik ko‘mak mablag‘larini (grantlar) jalb qilish choralarini ko‘radi;
j) parranda va quyonlar uchun to‘la qiymatli, yuqori oqsilli ozuqalar ishlab chiqarish uchun yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish yo‘li bilan parrandachilik va quyonchilik tarmog‘ining ozuqa bazasini mustahkamlash sohasida:
parranda va quyonlarni to‘la qiymatli oziqlantirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;
ozuqa yem tayyorlashni ko‘paytirish bo‘yicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tadbirkorlarga yetkazadi;
parrandachilik va quyonchilik tarmog‘i ozuqa bazasini mustahkamlash sohasida intensiv texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganadi;
chet davlatlardan sifatli ozuqalar va ularning qo‘shimchalari keltirishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni tashkil etadi;
z) parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sohasida ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish sohasida:
agentlik mutaxassislarini va ishlab chiqarish sohasidagi mutaxassislarni tegishli malaka oshirish kurslariga, shu jumladan, xorijga yuborish orqali qayta tayyorlash bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etadi;
innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli tahliliy, ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;
innovatsion texnologiyalar rivojlanishining jahon tendensiyalarini hisobga olgan holda, ilmiy-tadqiqotlar va eksperimental ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini qayta ishlash sohasida yangi loyihalarni ishlab chiqadi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Lalmi va yaylov yer uchastkalarida tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish uchun ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarning sug‘orish tik quduqlarini burg‘ulash bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 15-iyuldagi 587-son qarorida:
a) 2-banddagi “1-ilova bilan tasdiqlangan ro‘yxat doirasida” so‘zlari “chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha xo‘jalik subyektlariga va omuxta yem ishlab chiqaruvchi korxonalarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Ushbu Nizom chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha xo‘jalik subyektlariga va omuxta yem ishlab chiqaruvchi korxonalarga ozuqabop ekinlar yetishtirish, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish majburiyatlari bilan lalmi va yaylov yer uchastkalari ajratilgan tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda — ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilar) sug‘orish tik quduqlarini burg‘ilash bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibini belgilaydi.”
5. Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilik tarmog‘iga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 12-maydagi 280-son qarorida:
a) qarorga 1-ilovada:
4-bandning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari, 11-bandning uchinchi xatboshi, 12-bandning to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Import qilinadigan nasldor qoramollar quyidagi talablarga mos kelishi lozim:
go‘sht va sut yo‘nalishidagi xo‘jaliklarda — nasldor qoramollarning tug‘ish vaqtida kutilayotgan yoshi 30 oydan ko‘p bo‘lmasligi, bo‘g‘oz bo‘lgan, homilaning otasi to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlar mavjud bo‘lishi lozim”;
11-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yoshi ko‘pi bilan 18 oygacha bo‘lgan zotdor urg‘ochi yosh qoramol bo‘lishi”;
12-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“nasldor qo‘y va echkilar yoshi 6 oylikdan qam bo‘lmasligi;”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“nasldor qoramol, qo‘y va echkining identifikatsiya elektron bazasiga kiritilganligi”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi”;
27-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) qarorga 2-ilovaning 12-bandi ikkinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilari hamda 3-ilovaning 10-bandi ikkinchi, uchinchi va oltinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
v) qarorga 4-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-maydagi 280-son qaroriga
4-ILOVA
Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash bo‘yicha tumanlar (shaharlar) komissiyalarining
NAMUNAVIY TARKIBI

T/r

F.I.O.

Ish joyi va lavozimi

1.

Lavozimi bo‘yicha

Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, komissiya raisi

2.

Lavozimi bo‘yicha

Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, komissiya raisi o‘rinbosari

3.

Lavozimi bo‘yicha

Tuman agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i

4.

Lavozimi bo‘yicha

hududiy “Chorvanasl” markazi tuman vakili, komissiya kotibi

Izoh. Komissiya tarkibiga zaruratga ko‘ra, boshqa tashkilotlar vakillari jalb etilishi mumkin.”;
g) qarorga 5-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-maydagi 280-son qaroriga
5-ILOVA
Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar komissiyalarining
NAMUNAVIY TARKIBI

T/r

F.I.O.

Ish joyi va lavozimi

1.

Lavozimi bo‘yicha

Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, komissiya raisi

2.

Lavozimi bo‘yicha

Viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, komissiya raisi o‘rinbosari

3.

Lavozimi bo‘yicha

Viloyat agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i

4.

Lavozimi bo‘yicha

hududiy “Chorvanasl” markazi direktori, komissiya kotibi

Izoh. Komissiya tarkibiga zaruratga ko‘ra, boshqa tashkilotlar vakillari jalb etilishi mumkin.”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.07.2021-y., 09/21/434/0659-son; 26.03.2022-y., 09/137/22/0244-son, 07.07.2022-y., 09/22/367/0603-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 11.04.2023-y., 09/23/148/0205-son; 01.05.2023-y., 09/23/174/0237-son; 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son; 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)