

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5501227" id="onLBC-5501227">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7689"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.09.00 Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish (qiynashni taqiqlash. Diskriminatsiya. Bolalar huquqini himoya qilish. Ayollar huquqini himoya qilish);</span></div><div id="LBC7692"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-5501227" id="onLS-5501227">[<b>TSZ:</b><div id="LS3781"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar)]</span></div></div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-5508217" id="-5508217">Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-5508219" id="-5508219">Konvensiya</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-5508291" id="-5508291">(Nyu-York, 2006-yil 13-dekabr)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-5508293" id="-5508293">Mazkur Konvensiya Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 7-iyundagi OʻRQ-695-sonli <a href="/acts/-5447413">Qonuni</a> bilan ratifikatsiya qilingan.</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-5539583" id="-5539583">(Oʻzbekiston Respublikasi uchun 2021-yil 28-iyuldan kuchga kirgan)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5508246" id="-5508246"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5508262" id="-5508262">Muqaddima</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519633" id="-5519633">Ushbu Konvensiyada ishtirok etuvchi davlatlar,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519643" id="-5519643">a) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavida eʼlon qilingan insoniyat oilasining barcha aʼzolariga xos qadr-qimmat va qadriyatlar hamda ularning teng va ajralmas huquqlari prinsiplari ozodlik, adolat va yalpi tinchlikning asosi deb eʼtirof etilishini eslatib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519645" id="-5519645">b) Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Inson huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro paktlarda har bir inson ushbu hujjatlarda koʻzda tutilgan huquqlar va erkinliklarga hech qanday tafovutsiz egalik qilishini eʼlon qilganligi va mustahkamlab qoʻyganligini tan olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519647" id="-5519647">s) insonning barcha huquqlari va asosiy erkinliklarining yalpiligi, ajralmasligi, oʻzaro bogʻliqligi va oʻzaro aloqadorligini, shuningdek nogironlarga ulardan kamsitilmasdan toʻla foydalanish kafolatlanishi zarurligini tasdiqlab,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519648" id="-5519648">d) <a href="/acts/-2686000">Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisidagi </a>xalqaro pakt, <a href="/acts/-2640479">Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi </a>xalqaro pakt, <a href="/acts/-2656183">Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi</a> xalqaro Konvensiya, <a href="/acts/-2685528">Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi</a> Konvensiya, <a href="/acts/-2655293">Qiynoqqa solish va shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan boshqa muomala va jazolashga qarshi </a>Konvensiya, <a href="/acts/-2595913">Bola huquqlari toʻgʻrisidagi</a> Konvensiya va Barcha muhojir mehnatkashlar va ular oilalari aʼzolarining huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi xalqaro Konvensiyaga havola qilib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519649" id="-5519649">e) nogironlik — bu tadrijiy rivojlanib boruvchi tushuncha, nogironlik buzilgan salomatlik hamda munosabat va muhit toʻsiqlari oʻzaro munosabatlari natijasi boʻlib, va bu ularning jamiyat hayotida boshqalar bilan teng va samarali ishtirok etishiga xalaqit berishini tan olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519656" id="-5519656">f) Nogironlarga nisbatan jahon harakat dasturi va Nogironlar uchun teng imkoniyatlarni taʼminlash standart qoidalarida qayd etilgan prinsiplar va dasturamal moʻljallar nogironlarga yanada teng imkoniyatlarni taʼminlash uchun milliy, mintaqaviy va xalqaro darajalardagi strategiyalar, rejalar, dasturlar va tadbirlarni ragʻbatlantirish, rasmiylashtirish va baholashga taʼsiri nuqtai nazaridan muhimligini tan olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519658" id="-5519658">g) nogironlik muammolarini barqaror rivojlanish strategiyasining tegishli tarkibiy qismlari sifatida dolzarblashtirish muhimligini taʼkidlab,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519661" id="-5519661">h) shuningdek, har qanday shaxsni nogironlik belgisi boʻyicha kamsitish inson shaxsiga xos qadr-qimmatni xoʻrlash ekanligini tan olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519664" id="-5519664">i) shundan keyin nogironlikning koʻp turliligini tan olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519666" id="-5519666">j) barcha nogironlarning, shu jumladan faolroq qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlganlarning huquqlarini ragʻbatlantirish va himoya qilishning zarurligini tan olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519669" id="-5519669">k) ushbu turli hujjatlar va tashabbuslarga qaramasdan nogironlar jamiyat hayotida teng huquqli aʼzolar sifatida ishtirok etish yoʻlida toʻsiqlarga duch kelishi davom etayotganligidan hamda jahonning barcha qismlarida ularning inson huquqlari buzilayotganligidan tashvishlanib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519690" id="-5519690">l) har bir mamlakatda, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda nogironlar turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik muhimligini tan olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519671" id="-5519671">m) nogironlarning mahalliy hamjamiyatlarning umumiy farovonligi va turfa xilligiga hozirgi va kelajakdagi qimmatli hissasini hamda nogironlar tomonidan oʻzlarining inson huquqlari va asosiy erkinliklarini toʻla amalga oshirishlariga yordam berish, shuningdek nogironlarning toʻlaqonli ishtirok etishi ularda daxldorlik tuygʻusini mustahkamlash va jamiyatning inson taraqqiyoti, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishish hamda qashshoqlikka barham berish imkonini berishini tan olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519674" id="-5519674">n) nogironlar uchun ularning shaxsiy mustaqilligi, shu jumladan oʻz mustaqil tanlovining erkinligi muhimligini tan olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519676" id="-5519676">o) nogironlar strategiyalar va dasturlar, shu jumladan bevosita ularga taalluqli strategiya va dasturlar boʻyicha qaror qabul qilish jarayonida faol ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishlari kerak deb hisoblab,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519678" id="-5519678">p) nogironlar irqi, terisining rangi, jinsi, tili, diniy, siyosiy va boshqa eʼtiqodi, milliy, etnik, aborigen yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, tugʻilishi, yoshi yoki boshqa xususiyatlari belgisi boʻyicha juda koʻp va keskin shakldagi kamsitishga duch kelishlari bilan bogʻliq ogʻir sharoitlaridan tashvishlanib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519680" id="-5519680">q) nogiron ayollar va nogiron qizlar uylarida ham, uylari tashqarisida ham koʻpincha zoʻravonlik, jarohatlanish yoki tajovuz qilish katta xavfiga, hurmatsizlik yoki qoʻpol munosabatga, yomon muomala yoki eksplutatsiyaga duch kelishlarini tan olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519683" id="-5519683">r) nogiron bolalar insonning barcha huquqlari va asosiy erkinliklaridan boshqa bolalar bilan teng holda toʻla hajmda foydalanishlari kerakligini tan olib va shu munosabat bilan Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyada ishtirok etuvchi davlatlar oʻz zimmalariga olgan majburiyatlarni eslatib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519692" id="-5519692">s) nogironlarning inson huquqlari va asosiy erkinliklaridan toʻla foydalanishlariga yordam berish boʻyicha barcha saʼy-harakatlarda gender xususiyatlarini hisobga olish zarurligini taʼkidlab,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519694" id="-5519694">t) nogironlarning koʻpchiligi qashshoqlik sharoitida yashashlarini taʼkidlab va shu munosabat bilan nogironlarga qashshoqlikning salbiy taʼsiri muammosi bilan shugʻullanish oʻta zarurligini tan olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519695" id="-5519695">u) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavida hamda inson huquqlari sohasida qoʻllanila oladigan shartnomalarda bayon etilgan maqsad va prinsiplarini toʻla hurmat qilishga asoslangan tinchlik va xavfsizlik vaziyati nogironlarni, jumladan qurolli mojarolar va chet el bosqinchiligi davrida toʻla himoya qilishning soʻzsiz sharti ekanligini eʼtiborga olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519696" id="-5519696">v) jismoniy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy muhitdan, sogʻliqni saqlash va taʼlimdan, shuningdek axborot va aloqadan foydalanish imkoniyati muhimligini, chunki bu nogironlarga barcha inson huquqlari va asosiy erkinliklaridan foydalanish imkonini berishini tan olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520288" id="-5520288">w) har bir alohida insonning boshqa odamlar va oʻzi mansub boʻlgan jamoa oldida majburiyatlarga ega ekanligini va u Inson huquqlari xalqaro billida tan olingan huquqlarni ragʻbatlantirish va ularga rioya etilishiga erishishga intilishi kerakligini eʼtiborga olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519697" id="-5519697">x) oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasi ekanligini, u jamiyat va davlat tomonidan muhofaza qilinish huquqiga egaligini hamda nogironlar va ular oilalarining aʼzolari oilalarga nogironlar huquqlaridan toʻla va teng foydalanish ishiga hissa qoʻshish imkonini beradigan zarur himoya va yordamga ega boʻlishlariga komil ishonchda,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519698" id="-5519698">y) nogironlarning huquqlari va qadr-qimmatlarini ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisidagi yalpi qamrovli va yaxlit Konvensiya nogironlarning abgor ijtimoiy ahvollariga barham berishga hamda ularning ham rivojlangan, ham rivojlanayotgan mamlakatlarda fuqarolar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotda teng imkoniyatlarga ega boʻlgan holda ishtirok etishlarini kengaytirishga komil ishonchda,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5540173" id="-5540173">quyidagilarga rozi boʻlishdi:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5519699" id="-5519699">1-modda<br /> Maqsad </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519701" id="-5519701">Ushbu Konvensiyaning maqsadi barcha nogironlarning insonning barcha huquqlari va asosiy erkinliklarini ragʻbatlantirish, himoya qilish hamda toʻla va keng amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek ularga xos qadr-qimmatni hurmat qilishni ragʻbatlantirishdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519704" id="-5519704">Nogironlarga turli toʻsiqlar bilan oʻzaro munosabatda ularning boshqalar bilan teng holda jamiyat hayotida toʻla va samarali ishtirok etishiga xalaqit beradigan barqaror jismoniy, psixik, intellektual yoki sensor buzilishlari boʻlgan shaxslar taalluqlidir.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5519706" id="-5519706">2-modda<br /> Tushunchalar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519708" id="-5519708">Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519711" id="-5519711">“muomala” — tillardan, matnlardan, Brayl alifbosi, taktil muomalasi, yirik shrift, foydalanish imkoniyati boʻlgan multimedia vositalari, ayni vaqtda bosma materiallar, audiovositalar, suxandonlarning odatiy tili, shuningdek muomalani kuchaytiruvchi va muqobil usullari, vositalari va shakllari, shu jumladan foydalanish imkoniyati boʻlgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qamrab oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519713" id="-5519713">“til” — ogʻzaki va ishora tillarini hamda ogʻzaki boʻlmagan tillarning boshqa shakllarini qamrab oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519714" id="-5519714">“nogironlik belgisi boʻyicha kamsitish” — maqsadi yoki natijasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqaro yoki har qanday boshqa sohada boshqalar bilan teng holda insonning barcha huquqlari va asosiy erkinliklarining eʼtirof etilishi yoki amalga oshirilishini kamsitadigan yoki rad etadigan har qanday tafovut, istisno yoki cheklashni anglatadi. U kamsitishning barcha shakllarini, shu jumladan oqilona moslashtirishdan voz kechishni qamrab oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519716" id="-5519716">“oqilona moslashtirish” — nogironlarning boshqalar bilan teng ravishda barcha inson huquqlari va asosiy erkinliklarini amalga oshirish maqsadlarida aniq bir holatda zarurat boʻlganda mos kelmaydigan yoki oqlanmaydigan yuk boʻlmaydigan zarur va muvofiq modifikatsiyalar va tuzatishlar kiritishni anglatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519719" id="-5519719">“universal dizayn” — barcha odamlar uchun moslashtirish yoki maxsus dizaynni talab etmaydigan holda eng yuqori imkoniyat darajasida yaroqli qilishga daʼvat etilgan buyumlar, sharoit, dastur va xizmatlar dizaynini anglatadi. “Universal dizayn” zarurat boʻlganda aniq bir nogironlar uchun assistiv qurilmalarni istisno etmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5519725" id="-5519725">3-modda<br />Umumiy prinsiplar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519727" id="-5519727">Ushbu Konvensiyaning prinsiplari quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519730" id="-5519730">a) insonga xos boʻlgan qadr-qimmatni, uning shaxsiy mustaqilligi, shu jumladan mustaqil tanlovi erkinligini hamda mustaqilligini hurmat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519734" id="-5519734">b) kamsitmaslik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519736" id="-5519736">c) jamiyatga toʻla va samarali jalb etish va qoʻshish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519739" id="-5519739">d) nogironlarning oʻziga xos xususiyatlarini hurmat qilish va buni insoniy turfa xillikning tarkibi va insoniyatning bir qismi sifatida qabul qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519742" id="-5519742">e) imkoniyatlarning tengligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519747" id="-5519747">f) toʻsiqsiz foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519749" id="-5519749">g) erkaklar va ayollarning tengligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519753" id="-5519753">h) nogiron bolalarning rivojlanayotgan qobiliyatlarini hurmat qilish va nogiron bolalarning oʻz shaxsiy xususiyatlarini saqlab qolish huquqini hurmat qilish.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5519755" id="-5519755">4-modda <br />Umumiy majburiyatlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519797" id="-5519797">1. Ishtirok etuvchi davlatlar barcha nogironlar tomonidan nogironlik belgisi boʻyicha hech qanday kamsitishsiz insonning barcha huquqlarini amalga oshirish va asosiy erkinliklarini toʻla taʼminlash va ragʻbatlantirish majburiyatini oladi. Shu maqsadda ishtirok etuvchi davlatlar quyidagi majburiyatlarni oladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519820" id="-5519820">a) ushbu Konvensiyada eʼtirof etiladigan huquqlarni amalga oshirish uchun barcha zarur qonunchilik, maʼmuriy va boshqa choralarni koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5528982" id="-5528982">b) nogironlarga nisbatan kamsitish xususiyatiga ega mavjud qonunlar, qarorlar, urf-odatlarni oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun barcha zarur choralarni, shu jumladan qonunchilik choralarini koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519823" id="-5519823">c) barcha strategiyalar va dasturlarda nogironlar huquqlarini himoya qilish va ragʻbatlantirishni hisobga olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519825" id="-5519825">d) Ushbu Konvensiyaga toʻgʻri kelmaydigan har qanday harakatlar yoki usullardan tiyilish hamda davlat organlari va muassasalari ushbu Konvensiyaga muvofiq ish tutishlarini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519829" id="-5519829">e) har qanday shaxs, tashkilot yoki xususiy korxona tomonidan nogironlik belgisi boʻyicha kamsitishni bartaraf etish uchun zarur choralarni koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519833" id="-5519833">f) nogironlarning aniq ehtiyojlari uchun moslashtirish iloji boricha kam oʻzgartirish va xarajat talab qiladigan tovarlar, xizmatlar, jihozlar va universal dizayn obyektlarining (ushbu Konvensiyaning <a href="/acts/-5501227#-5519706">2-moddasida </a>belgilab qoʻyiladigan) ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlanmalarini olib borish yoki ragʻbatlantirish, ularning mavjud boʻlishiga va ulardan foydalanishga yordam berish, shuningdek standartlar va koʻrsatkich moʻljallarini ishlab chiqishda universal dizayn gʻoyasini ilgari surish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519836" id="-5519836">g) nogironlar uchun mos tushadigan yangi texnologiyalar, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, harakatchanlik, qurilmalar va assistiv texnologiyalarni yengillashtiradigan vositalarning ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlanmalarini olib borish yoki ragʻbatlantirish, bunda arzon texnologiyalarga birinchi darajali eʼtibor berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5528997" id="-5528997">h) harakatchanlik, qurilmalar va assistiv texnologiyalarni yengillashtiradigan vositalar, shu jumladan yangi texnologiyalar, shuningdek yordam koʻrsatish, qoʻshimcha xizmatlar va obyektlar toʻgʻrisida foydalanish imkoniyati boʻlgan axborotlarni nogironlarga taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519838" id="-5519838">i) ushbu Konvensiyada eʼtirof etilgan huquqlarni mazkur huquqlarda kafolatlangan yordam va xizmatlarni taqdim etishni takomillashtirish uchun mutaxassislar va nogironlar bilan ish olib boradigan personalni oʻqitishni ragʻbatlantirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519840" id="-5519840">2. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarga kelganda, har bir ishtirok etuvchi davlat mazkur huquqlarni ushbu Konvensiyada belgilab berilgan majburiyatlarga ziyon yetkazmagan holda bosqichma-bosqich toʻla amalga oshirishga erishish uchun oʻzida mavjud boʻlgan resurslardan iloji boricha toʻliq foydalanish, zarurat boʻlganda esa xalqaro hamkorlikdan foydalanish majburiyatini oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519842" id="-5519842">3. Ushbu Konvensiyani amalga oshirishga yoʻnaltirilgan qonunchilik va strategiyani ishlab chiqish va qoʻllashda hamda nogironlarga taalluqli masalalar boʻyicha qaror qabul qilishning boshqa jarayonlari doirasida ishtirok etuvchi davlatlar nogironlar, shu jumladan nogiron bolalar bilan yaqindan maslahatlashish hamda ularni oʻzlarining vakilliklari orqali bu ishga faol jalb etish choralarini koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519843" id="-5519843">4. Ushbu Konvensiyadagi hech bir narsa ishtirok etuvchi davlatlarning qonunlarida yoki mazkur davlatda amal qiladigan xalqaro huquq normalarida mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan nogironlar huquqlarini amalga oshirishga koʻproq darajada yordam beradigan biror qoidaga daxli yoʻq. Ushbu Konvensiyada ishtirok etuvchi qaysidir bir davlatda eʼtirof etiladigan yoki mavjud boʻlgan insonning qaysidir huquqlari va asosiy erkinliklarini bu huquqlar yoki erkinliklar ushbu Konvensiyada eʼtirof etilishi yoki kichikroq hajmda eʼtirof etilishi sababi bilan hech qanday cheklash yoki kamsitishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519844" id="-5519844">5. Ushbu Konvensiyaning qoidalari federal davlatlarning barcha qismlariga biror cheklashlarsiz yoki qisqartirishsiz holda amal etadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5519846" id="-5519846">5-modda <br />Tenglik va kamsitmaslik </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519847" id="-5519847">1. Ishtirok etuvchi davlatlar barcha shaxslar qonun oldida teng ekanligini va unga koʻra qonun tomonidan biror kamsitishsiz teng himoyalanish hamda undan teng foydalanish huquqiga egaligini tan oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519848" id="-5519848">2. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlik belgisi boʻyicha har qanday kamsitishni man etadi hamda nogironlarga har qanday asosda kamsitishdan teng va samarali huquqiy himoyani kafolatlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519850" id="-5519850">3. Ishtirok etuvchi davlatlar tenglikni ragʻbatlantirish va kamsitishni bartaraf etishda oqilona moslashishni taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519852" id="-5519852">4. Nogironlarning amaldagi tengligini taʼminlashni tezlashtirish yoki bunga erishish uchun zarur boʻlgan barcha aniq choralar ushbu Konvensiya maʼnosi boʻyicha kamsitish hisoblanmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5519854" id="-5519854">6-modda<br /> Nogiron ayollar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519856" id="-5519856">1. Ishtirok etuvchi davlatlar nogiron ayollar va nogiron qizlar juda koʻp kamsitilishini tan oladi va shu munosabat bilan ular tomonidan barcha inson huquqlari va asosiy erkinliklarini toʻla va teng amalga oshirilishini taʼminlash uchun choralar koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519857" id="-5519857">2. Ishtirok etuvchi davlatlar ayollarga ushbu Konvensiyada mustahkamlab qoʻyilgan inson huquqlari va asosiy erkinliklarini amalga oshirishni kafolatlash uchun ayollarning ahvolini yaxshilash, huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, har tomonlama rivojlanishini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5519858" id="-5519858">7-modda<br /> Nogiron bolalar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519859" id="-5519859">1. Ishtirok etuvchi davlatlar nogiron bolalarning barcha inson huquqlari va asosiy erkinliklarini boshqa bolalar bilan teng ravishda toʻla amalga oshirilishini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519860" id="-5519860">2. Nogiron bolalarga nisbatan barcha saʼy-harakatlarda bolaning oliy manfaatlariga birinchi darajali eʼtibor qaratiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519871" id="-5519871">3. Ishtirok etuvchi davlatlar nogiron bolalar yoshlariga va yetukligiga muvofiq boʻlgan zarur salmoq oladigan oʻz qarashlarini boshqa bolalar bilan teng ravishda erkin ifoda etish huquqiga ega boʻlishlarini hamda ushbu huquqlarni amalga oshirish uchun nogironliklari va yoshiga mos boʻlgan yordamni olishlarini taʼminlaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5519872" id="-5519872">8-modda <br />Maʼrifiy-tarbiyaviy ish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519874" id="-5519874">1. Ishtirok etuvchi davlatlar quyidagilarga erishish uchun kechiktirib boʻlmaydigan, samarali va zarur choralarni koʻrish majburiyatini oladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519875" id="-5519875">a) butun jamiyatning, shu jumladan oila darajasida nogironlik masalalari boʻyicha bilimini oshirish hamda nogironlarning huquq va qadr-qimmatini hurmat qilishni mustahkamlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519876" id="-5519876">b) nogironlarga nisbatan turmushning barcha jabhalarida, shu jumladan jinsi va yoshi asosidagi aqidalar va zararli odatlar bilan kurash olib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519877" id="-5519877">c) nogironlarning salohiyati va hissasini targʻib etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519878" id="-5519878">2. Shu maqsadda koʻrilayotgan choralar quyidagilarni qamrab oladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519879" id="-5519879">a) quyidagilarga daʼvat etilgan samarali ijtimoiy-maʼrifiy kampaniyalarni avj oldirish va olib borish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519880" id="-5519880">i) nogironlar huquqlarini tan olishni oʻrgatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519881" id="-5519881">ii) nogironlar toʻgʻrisidagi ijobiy tasavvurlarni va ularning jamiyat tomonidan chuqurroq anglanishini ragʻbatlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519882" id="-5519882">iii) nogironlarning koʻnikmalari, qadr-qimmati va qobiliyati, shuningdek ularning ish joyi va mehnat bozoridagi hissasi eʼtirof etilishiga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519883" id="-5519883">b) taʼlim tizimining barcha darajalarida, shu jumladan kichik yoshdan boshlab barcha bolalarni nogironlar huquqiga hurmat bilan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519884" id="-5519884">c) barcha ommaviy axborot vositalarida nogironlarni ushbu Konvensiya maqsadlariga mos tushadigan tarzda tasvirlashga daʼvat etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5540019" id="-5540019">d) nogiron va ularning huquqlariga bagʻishlangan tarbiyaviy-tanishtirish dasturlarini ilgari surish.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5519885" id="-5519885">9-modda<br /> Foydalanish imkoniyati </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519886" id="-5519886">1. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlar mustaqil turmush kechirish va turmushning barcha jabhalarida har taraflama ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishi uchun nogironlarning boshqalar bilan teng ravishda jismoniy muhitdan, transportdan, axborot va aloqadan, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimidan hamda shaharlarda ham, qishloq joylarida ham aholi uchun ochiq yoki taqdim etiladigan boshqa obyektlar va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash uchun zarur choralarni koʻradi. Foydalanish imkoniyatiga xalaqit beradigan toʻsiqlarni aniqlash va bartaraf etishni qamrab oladigan ushbu choralar, jumladan, quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519887" id="-5519887">a) binolar, yoʻllar, transport hamda boshqa tashqi va ichki obyektlar, shu jumladan maktablar, turar-joylar, tibbiyot muassasalari va ish joylari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519888" id="-5519888">b) axborot, kommunikatsiya va boshqa xizmatlar, shu jumladan elektron xizmatlar va shoshilinch xizmatlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519889" id="-5519889">2. Ishtirok etuvchi davlatlar, shuningdek quyidagi zarur choralarni koʻradilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519890" id="-5519890">a) aholi uchun ochiq yoki taqdim etiladigan obyektlar va xizmatlardan foydalanish imkoniyatini koʻzda tutadigan minimal standartlar va koʻrsatkich moʻljallarini ishlab chiqish, amalga kiritish va ularga rioya etilishini nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519892" id="-5519892">b) aholi uchun ochiq yoki taqdim etiladigan obyektlar va xizmatlarni taklif etadigan xususiy korxonalar nogironlar foydalanish imkoniyatlari uchun barcha jihatlarni hisobga olishlarini taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519893" id="-5519893">c) nogironlar duch keladigan foydalanish imkoniyati muammolari masalasiga aloqador barcha tomonlar uchun yoʻriqnoma berishni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519894" id="-5519894">d) aholi uchun ochiq binolar va boshqa obyektlarga Brayl alifbosida bajarilgan, oson oʻqiladigan va tushuniladigan shakldagi belgilarni joylashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519895" id="-5519895">e) aholi uchun ochiq binolar va boshqa obyektlardan foydalanish imkoniyatini yengillashtirish uchun yordamchilar va vositachilarning turli xizmatlarini, shu jumladan yoʻl koʻrsatuvchilar, suxandonlar va professional surdotarjimonlar xizmatlarini taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519896" id="-5519896">f) nogironlarning axborotdan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydigan yordam va qoʻllab-quvvatlashning boshqa zarur shakllarini rivojlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519897" id="-5519897">g) nogironlarning yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlaridan, shu jumladan Internetdan foydalanish imkoniyatlarini ragʻbatlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519898" id="-5519898">h) avvalboshdan foydalanish imkoniyati boʻlgan, kam xarajat talab etadigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlarini loyihalash, ishlab chiqish va tarqatishni ragʻbatlantirish.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5519899" id="-5519899">10-modda<br /> Yashash huquqi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519900" id="-5519900">Ishtirok etuvchi davlatlar har bir insonning yashash ajralmas huquqini yana bir bor tasdiqlaydi va nogironlar boshqalar bilan teng ravishda bu huquqni samarali amalga oshirishlarini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5519901" id="-5519901">11-modda<br /> Tahdidli va favqulodda gumanitar vaziyatlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519905" id="-5519905">Ishtirok etuvchi davlatlar oʻzlarining xalqaro huquq, shu jumladan xalqaro gumanitar huquq va inson huquqlari xalqaro huquqi boʻyicha majburiyatlariga muvofiq nogironlarni tahdidli vaziyatlarda, shu jumladan qurolli mojarolar, favqulodda gumanitar vaziyatlar va tabiiy ofatlar paytida himoya qilish va xavfsizligini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5519906" id="-5519906">12-modda <br />Qonun oldidagi tenglik </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519909" id="-5519909">1. Ishtirok etuvchi davlatlar har bir nogiron, u qayerda boʻlmasin, teng huquqiy himoya huquqiga ega ekanligini tasdiqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519910" id="-5519910">2. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlar hayotning barcha sohalarida boshqalar bilan teng ravishda huquq layoqatiga ega ekanligini eʼtirof etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519911" id="-5519911">3. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarga ular oʻzlarining huquqqa layoqatini amalga oshirishlarida talab etilib qolinishi mumkin boʻlgan qoʻllab-quvvatlashni taqdim etish uchun zarur choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519912" id="-5519912">4. Ishtirok etuvchi davlatlar huquqqa qodirlikni amalga oshirish bilan bogʻliq barcha choralar inson huquqlari xalqaro huquqiga muvofiq suiisteʼmolliklarning oldini olishini koʻzda tutishi uchun zarur va samarali kafolatlarni taʼminlaydi. Bunday kafolatlar huquqqa layoqatni amalga oshirish bilan bogʻliq choralar shaxsning huquqlari, irodasi va moyilliklarini hurmat qilishga yoʻnaltirilgan boʻlishi, manfaatlar nizosi va nooʻrin taʼsirdan xolis boʻlishi, ushbu shaxs vaziyatiga muvofiq va moslashtirilgan boʻlishi, iloji boricha qisqa muddatda qoʻllanilishi hamda vakolatli, mustaqil va xolis organ yoki sud idorasi tomonidan muntazam tekshirilishini taʼminlashi kerak. Ushbu kafolatlar mazkur shaxsning huquqlari va manfaatlariga qay darajada taʼsir koʻrsatsa, shu darajada boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519913" id="-5519913">5. Ishtirok etuvchi davlatlar ushbu modda qoidalarini hisobga olgan holda nogironlarning mulkka egalik qilish va uni meros qilib olish, oʻz moliyaviy ishlarini boshqarish, shuningdek bank ssudalari, ipoteka kreditlari va moliyaviy kreditlashning boshqa shakllaridan foydalanishda teng huquqliklarini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻrmoqda hamda nogironlar oʻz mulkidan asossiz ravishda mahrum boʻlmasliklarini taʼminlaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5519914" id="-5519914">13-modda<br /> Odil sudlov huquqidan foydalanish .</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519915" id="-5519915">1. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlar boshqalar bilan teng ravishda odil sudlovdan samarali foydalanishlari imkoniyatini taʼminlamoqda, shu jumladan yuridik jarayonning barcha bosqichlarida, jumladan surishtirish bosqichlari va ish yuritishning boshqa boshlangʻich bosqichlarida oʻzlarining bevosita va bilvosita ishtirokchilar, shu jumladan guvohlar sifatidagi samarali rolini bajarishlarini yengillashtirishga qaratilgan protsessual va yoshlariga muvofiq tuzatishlar kiritishni nazarda tutadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519916" id="-5519916">2. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarning odil sudlovdan samarali foydalanish imkoniyatlarini taʼminlashga koʻmaklashish uchun odil sudlovni amalga oshirish sohasida, shu jumladan politsiya va penitensiar tizimida ishlaydigan shaxslarni zarur tarzda oʻqitishga koʻmaklashadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5519917" id="-5519917">14-modda <br />Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519918" id="-5519918">1. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlar boshqalar bilan teng huquqqa ega boʻlishlari uchun quyidagilarni taʼminlaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519919" id="-5519919">a) ozodlik va shaxsiy daxlsizlik huquqidan foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519920" id="-5519920">b) qonunsiz va asossiz ravishda ozodlikdan mahrum boʻlmaslik va har qanday ozodlikdan mahrum etish qonunga muvofiq boʻlishi, nogironlik esa hech bir holatda ozodlikdan mahrum etish uchun asos boʻlmasligini.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519921" id="-5519921">2. Ishtirok etuvchi davlatlar agar qaysidir bir tartib asosida nogironlar ozodlikdan mahrum etilsa, ular uchun inson huquqlari xalqaro huquqiga muvofiq boʻlgan kafolatlar berilishini hamda ular bilan muomala ushbu Konvensiyaning maqsad va prinsiplariga, shu jumladan oqilona moslashtirishni taʼminlashga muvofiq boʻlishini taʼminlaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5519923" id="-5519923">15-modda<br /> Qiynoq hamda muomala va jazolashning shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlaridan ozod boʻlish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519924" id="-5519924">1. Hech kim qiynoqqa solinishi yoki shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsitadigan muomala yoki jazoga duchor boʻlishi mumkin emas. Jumladan, biror shaxs uning erkin roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribaga duchor qilinmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519925" id="-5519925">2. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlar boshqalar bilan teng ravishda qiynoqqa solinish yoki shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan muomala va jazolashga duchor qilinmasligi uchun barcha samarali qonunchilik, maʼmuriy, sud yoki boshqa choralarni koʻradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5519937" id="-5519937">16-modda<br />Ekspluatatsiya qilinish, zoʻravonlik va tahqirlashlardan ozod boʻlish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519938" id="-5519938">1. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarni uylarida ham, uning tashqarisida ham ekspluatatsiya, zoʻravonlik va tajovuz qilishning barcha shakllaridan, shu jumladan gender sababi bilan bogʻliq jihatlardan himoya qilish uchun barcha zarur qonunchilik, maʼmuriy, ijtimoiy, maʼrifiy va boshqa choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519939" id="-5519939">2. Ishtirok etuvchi davlatlar ekspluatatsiya, zoʻravonlik va tajovuzning barcha shakllarining oldini olish uchun zarur choralarni, jumladan nogironlarning yosh-jins xususiyatini hisobga olgan holda ularga, ularning oilalariga va nogironlarni parvarish qilayotgan shaxslarga yordam berish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan ekspluatatsiya, zoʻravonlik va tajovuz koʻrinishlariga duchor boʻlmaslik, bunday holatlarni aniqlash va xabar berish yoʻllari bilan tanishtirish, bu masaladagi xabardorliklarini oshirish uchun barcha zarur choralarni koʻradi. Ishtirok etuvchi davlatlar himoya taqdim etish boʻyicha xizmatlar nogironlikning yosh-jins xususiyatlari va omillarini hisobga olgan holda koʻrsatilishini taʼminlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519941" id="-5519941">3. Ishtirok etuvchi davlatlar ekspluatatsiya, zoʻravonlik va tajovuzning barcha shakllarining oldini olishga intilib, nogironlarga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan barcha muassasalar va dasturlar mustaqil organlar tomonidan samarali nazorat qilinishini taʼminlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519943" id="-5519943">4. Ishtirok etuvchi davlatlar ekspluatatsiya, zoʻravonlik yoki tajovuzning har qanday shaklidan jabr koʻrgan nogironlarni jismoniy, kognitiv va psixologik tiklash, reabilitatsiya va ijtimoiy qayta integratsiyalashga yordam berish, shu jumladan himoya taqdim etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish orqali yordam berish uchun zarur choralarni koʻradi. Bunday tiklash va qayta integratsiyalash tegishli shaxsning salomatligini, holatini, oʻziga hurmatni, qadr-qimmatini va mustaqilligini mustahkamlashga yordam beradigan vaziyatda amalga oshirilmoqda hamda yosh-jins xususiyatlari bilan bogʻliq ehtiyojlar hisobga olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519945" id="-5519945">5. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarga nisbatan ekspluatatsiya, zoʻravonlik va tajovuz holatlari aniqlanishi, surishtirilishi va zarur holatlarda taʼqib etilishi uchun samarali qonunchilik va strategiyani, shu jumladan ayollar va bolalarga moʻljallangan qonunchilik va strategiyani qabul qiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5519947" id="-5519947">17-modda<br /> Shaxsiy daxlsizlikni himoya qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519949" id="-5519949">Har bir nogiron boshqalar bilan teng ravishda oʻzining jismoniy va psixik daxlsizligi hurmat qilinishi huquqiga ega.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5519956" id="-5519956">18-modda<br /> Koʻchib yurish va fuqarolik erkinligi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519959" id="-5519959">1. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarning boshqalar bilan teng ravishda koʻchib yurish erkinligi, yashash joyini tanlash erkinligi va fuqarolik huquqini shu jumladan quyidagilar orqali eʼtirof etadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519962" id="-5519962">a) fuqarolikni olish va oʻzgartirish huquqiga ega boʻlish va fuqarolikdan asossiz yoki nogironlik sababi bilan mahrum etilmaslik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519963" id="-5519963">b) fuqaroligini tasdiqlaydigan yoki shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlarni olish imkoniyatidan nogironligi sababli mahrum boʻlmaslik, bunday hujjatlarga ega boʻlish va ulardan foydalanish yoki tegishli tartibdan, masalan koʻchib yurish erkinligi huquqini amalga oshirishni yengillashtirish uchun zarur boʻlgan immigratsiya tartibidan foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519965" id="-5519965">c) har qanday mamlakatni, shu jumladan oʻz mamlakatini erkin tark etish huquqiga ega boʻlish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519968" id="-5519968">d) asossiz ravishda yoki nogironlik sababli oʻz mamlakatiga kirish huquqidan mahrum boʻlmaslik.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519971" id="-5519971">2. Nogiron bolalar tugʻilgan zahotiyoq roʻyxatga olinadi va tugʻilgan zahotiyoq ismga ega boʻlish va fuqarolikni olish, shuningdek iloji boricha yuqori darajada oʻz ota-onasini bilish huquqi va ulardan gʻamxoʻrlik koʻrish huquqiga ega boʻladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5519973" id="-5519973">19-modda <br />Mustaqil turmush tarzi va mahalliy hamjamiyatga jalb qilinish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519974" id="-5519974">Ushbu Konvensiyada ishtirok etuvchi davlatlar barcha nogironlarning odatdagi yashash joylarida yashashdagi teng huquqlilikni, boshqa odamlar bilan teng ravishda tanlash huquqini eʼtirof etadi hamda nogironlar tomonidan bu huquqlarini toʻla amalga oshirish, ularning mahalliy hamjamiyatga toʻla kiritilish va jalb etilish huquqini eʼtirof etadi, shu jumladan quyidagilarni taʼminlaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519975" id="-5519975">a) nogironlar boshqa odamlar bilan teng ravishda oʻz yashash joyini va qayerda kim bilan yashashni tanlash imkoniyatiga ega boʻlishi hamda qandaydir muayyan turar joy sharoitlarida yashashga majbur boʻlmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519977" id="-5519977">b) nogironlar uyida, yashash joyida va mahalliy hamjamiyat asosida boshqa yordamchi xizmatlardan, shu jumladan mahalliy hamjamiyatda hayotini saqlab turish va hamjamiyatga kirish uchun zarur boʻlgan shaxsiy yordamdan foydalanishga ega boʻlishi, shuningdek yakkalab qoʻyishga yoki mahalliy jamiyatdan chiqarib yuborishga yoʻl qoʻyilmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5519983" id="-5519983">c) jamoa aholisiga umumiy foydalanishga moʻljallangan xizmatlar va obyektlardan nogironlar ham teng darajada foydalanishi hamda bu ularning ehtiyojiga javob berishi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5519987" id="-5519987">20-modda <br />Shaxsiy harakatlanish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520125" id="-5520125">Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlar eng yuqori imkoniyat darajasida shaxsiy harakatlanishlarini taʼminlash uchun samarali choralar koʻradi, shu jumladan quyidagilar orqali:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520126" id="-5520126">a) nogironlar oʻzi tanlaydigan vositada, tanlagan vaqtda va maqbul narxda shaxsiy harakat qilishlariga yordam berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520127" id="-5520127">b) nogironlarning harakatlanishini yengillashtiradigan sifatli vositalar, qurilmalar, assistiv texnologiyalar hamda yordamchilar va vositachilarning xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini, shu jumladan bu narsalarni maqbul narxlarda taqdim qilish orqali yengillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520128" id="-5520128">c) nogironlarni va ular bilan ish olib boradigan mutaxassis kadrlarni harakatlanish koʻnikmalariga oʻqitish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520129" id="-5520129">d) harakatlanishni yengillashtiradigan vositalar, qurilmalar assistiv texnologiyalar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan korxonalarni nogironlarning harakatlanishi barcha jihatlarini hisobga olishga daʼvat etish.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5520130" id="-5520130">21-modda<br /> Fikr va eʼtiqodni ifoda etish erkinligi va axborotdan foydalanish imkoniyati </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520131" id="-5520131">Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlar fikr va eʼtiqodlarini erkin ifoda etish huquqini, shu jumladan ushbu Konvensiyaning <a href="/acts/-5501227#-5519706">2-moddasida </a>belgilab qoʻyilgan muomalaning barcha shakllaridan oʻz tanlovi boʻyicha foydalangan holda axborot va gʻoyalarni izlash, olish va tarqatish erkinligini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻradi, shu jumladan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520132" id="-5520132">a) nogironlarni foydalanish imkoniyati boʻlgan shaklda va nogironlik turli shakllarini hisobga olgan texnologiyalardan foydalanib, oʻz vaqtida va qoʻshimcha haq olmasdan keng ommaga moʻljallangan axborot bilan taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520133" id="-5520133">b) rasmiy muomalada ishora tili, Brayl alifbosi, muomalani kuchaytiradigan va muqobil vositalaridan hamda nogironlarning tanlovi boʻyicha muomalaning boshqa foydalanish imkoniyati boʻlgan barcha vositalari, usullari va shakllaridan foydalanishlariga yordam koʻrsatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520134" id="-5520134">c) keng ommaga, shu jumladan Internet orqali xizmat koʻrsatadigan xususiy korxonalarni nogironlar uchun foydalanish imkoniyati boʻlgan va yaroqli shakllardagi axborot va xizmatlar taqdim etishga daʼvat etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521598" id="-5521598">d) ommaviy axborot vositalarini nogironlar axborotdan, shu jumladan Internet orqali taqdim etadigan xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishini taʼminlashga daʼvat etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520135" id="-5520135">e) ishora tillaridan foydalanishni eʼtirof etish va ragʻbatlantirish.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5520136" id="-5520136">22-modda<br /> Shaxsiy hayotning daxlsizligi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520137" id="-5520137">1. Birorta nogiron, yashash joyi yoki turar joy sharoitlaridan qatʼi nazar, shaxsiy hayoti, oilasi, turar joyi yoki yozishmalari va boshqa muomala turlarining daxlsizligiga asossiz yoki noqonuniy tajovuz qilinishiga yoki uning shaʼni va obroʻsiga noqonuniy xurujlarga duchor boʻlmasligi kerak. Nogironlar bunday tajovuzlar yoki xurujlardan himoyalanish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520138" id="-5520138">2. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarning shaxsi, salomatligining holati va reabilitatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqalar bilan teng tarzda maxfiyligini muhofaza qiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5520139" id="-5520139">23-modda <br />Uy va oilani hurmat qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520140" id="-5520140">1. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarga nisbatan boshqalar bilan teng tarzda nikoh, oila, otalik, onalik va shaxsiy munosabatlarga taalluqli masalalarda kamsitilishlarini bartaraf etish uchun samarali va zarur choralar koʻradi. Bunda ular quyidagilarni taʼminlashga intiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520143" id="-5520143">a) nikoh yoshiga yetgan barcha nogironlarning nikohdan oʻtayotganlarning erkin va toʻliq roziligi asosida nikohdan oʻtish va oila qurish huquqining eʼtirof etilishini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520141" id="-5520141">b) nogironlarning bolalar soni va ular tugʻilishi orasidagi tanaffus toʻgʻrisida erkin va masʼul qaror qabul qilish hamda reproduktiv va oilani rejalashtirish masalalarida yoshiga mos axborotdan foydalanish imkoniyati hamda bu masalalardan xabardor boʻlish huquqining eʼtirof etilishi, shuningdek ularga bu huquqlarini amalga oshirish imkoniyatlarini beradigan vositalarning taqdim etilishini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520142" id="-5520142">c) nogironlar, shu jumladan bolalar boshqalar bilan teng tarzda oʻz fertilliklarini saqlashlarini.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520144" id="-5520144">2. Ishtirok etuvchi davlatlar milliy qonunchilikda vasiylik, farzandlarni asrab olish yoki shu kabi institutlar toʻgʻrisida qoidalar mavjud boʻlgan taqdirda nogironlarning ushbu masalalar boʻyicha huquq va majburiyatlarini taʼminlaydi; barcha holatlarda bolaning oliy manfaatlari birinchi darajali ahamiyatga egadir. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarga bolalarini tarbiyalash boʻyicha majburiyatlarini bajarishlarida zarur yordam koʻrsatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520145" id="-5520145">3. Ishtirok etuvchi davlatlar nogiron bolalar oilaviy turmushga nisbatan teng huquqlarga ega boʻlishini taʼminlaydi. Ishtirok etuvchi davlatlar ushbu huquqlarni amalga oshirish hamda bolalar nogironligini yashirish, ularni tashlab ketish, parvarish qilishdan bosh tortish va segregatsiyasiga yoʻl qoʻymaslik uchun avval boshdan nogiron bolalar va ular oilalarini har taraflama axborot, xizmatlar va qoʻllab-quvvatlash bilan taʼminlash majburiyatini oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520146" id="-5520146">4. Ishtirok etuvchi davlatlar bola oʻz ota-onasidan uning irodasiga qarshi ajratilmasligini taʼminlaydi, sud tomonidan nazorat qilinadigan vakolatli organlar qoʻllaniladigan qonunlar va tartiblarga muvofiq bunday ajratish bolaning oliy manfaatlari uchun zarur ekanligini belgilagan holatlar bundan mustasnodir. Hech bir vaziyatda bola oʻzining, otasi yoki onasidan birortasining yoki ham otasi, ham onasining nogironligi sababiga koʻra ota-onasidan ajratilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520147" id="-5520147">5. Ishtirok etuvchi davlatlar nogiron bolaning eng yaqin qarindoshlari uni parvarish qilishga qodir boʻlmagan holatlarda uzoqroq qarindoshlari hisobiga, bunday imkoniyat boʻlmaganida esa mahalliy hamjamiyatda bola yashashi uchun oilaviy sharoitlarni yaratish hisobiga muqobil parvarish qilishni tashkil etish uchun barcha saʼy-harakatlarni qilish majburiyatlarini oladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5520148" id="-5520148">24-modda<br /> Taʼlim </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520149" id="-5520149">1. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarning taʼlim olish huquqini eʼtirof etadi. Ishtirok etuvchi davlatlar ushbu huquqni kamsitmasdan va imkoniyatlar tengligi asosida amalga oshirish maqsadlarida barcha darajalarda inklyuziv taʼlimni va butun umri davomida oʻqitilishlarini taʼminlaydi, bunda quyidagilarga intiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520150" id="-5520150">a) inson salohiyatini, shuningdek qadr-qimmat va oʻzini hurmat qilish hissini toʻla rivojlantirish hamda inson huquqlari, asosiy erkinliklari va insoniy turfa xillikni hurmat qilishni kuchaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520151" id="-5520151">b) nogironlarning shaxsi, isteʼdodi va ijodini, shuningdek aqliy va jismoniy qobiliyatlarini toʻla hajmda rivojlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520152" id="-5520152">c) nogironlarga erkin jamiyat hayotida samarali ishtirok etish imkoniyatini yaratish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520153" id="-5520153">2. Ishtirok etuvchi davlatlar ushbu huquqni amalga oshirishda quyidagilarni taʼminlaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5520154" id="-5520154">a) nogironlar nogironligi sababiga koʻra umumiy taʼlim tizimidan, nogiron bolalar esa bepul va majburiy boshlangʻich taʼlim yoki oʻrta taʼlim tizimidan chiqarilmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521083" id="-5521083">b) nogironlar boshqalar bilan teng ravishda oʻz yashash joylarida inklyuziv, sifatli va bepul boshlangʻich taʼlim va oʻrta taʼlimni olish imkoniyatiga ega boʻlishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521086" id="-5521086">c) shaxsiy ehtiyojlarni hisobga oladigan oqilona moslashtirish taʼminlanishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521090" id="-5521090">d) nogironlar umumiy taʼlim tizimi doirasida samarali taʼlim olishlarini yengillashtirish uchun talab qilinadigan qoʻllab-quvvatlashga ega boʻlishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521092" id="-5521092">e) toʻla qamrab olish maqsadiga muvofiq bilimlarni egallash va ijtimoiy rivojlanishga iloji boricha eng samarali yordam berish vaziyatida shaxsiy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish boʻyicha samarali choralar koʻrilishi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521095" id="-5521095">3. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlar taʼlim jarayonida hamda mahalliy hamjamiyatning aʼzolari sifatida toʻla va teng ishtirok etishlarini taʼminlash uchun ularga hayotiy va ijtimoiy koʻnikmalarni egallash imkoniyatini yaratadi. Ishtirok etuvchi davlatlar ushbu yoʻnalishda tegishli choralarni koʻradi, shu jumladan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521098" id="-5521098">a) Brayl alifbosi, muqobil shriftlarni, muomalani kuchaytiradigan va muqobil usullar, vositalar va shakllarni, shuningdek moʻljal olish va harakatlanish koʻnikmalarini egallashlariga hamda tengdoshlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanishga va murabbiylikka koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521101" id="-5521101">b) ishorali tilni egallash va karlarning oʻziga xos tilini egallashga yordam beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521102" id="-5521102">c) shaxslarni oʻqitish, jumladan koʻzi ojizlar, karlar yoki koʻzi ojiz va kar boʻlgan bolalarni oʻqitish ularga eng maqbul boʻlgan til va usullarda, muomala vositalarida hamda bilimlarni egallash va ijtimoiy rivojlanishga iloji boricha eng koʻp yordam beradigan vaziyatda amalga oshirilishini taʼminlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521103" id="-5521103">4. Ishtirok etuvchi davlatlar ushbu huquq amalga oshirilishini taʼminlashga koʻmaklashish uchun ishorali tilni va/yoki Brayl alifbosini egallagan oʻqituvchilar, shu jumladan nogiron oʻqituvchilarni ishga jalb etish hamda taʼlim tizimining barcha darajalarida ishlayotgan mutaxassislar va personalni oʻqitish uchun zarur choralarni koʻradi. Bunday oʻqitish nogironlarni qoʻllab-quvvatlash uchun nogironlik masalalari hamda muomalaning kuchaytiradigan va muqobil usullari, vositalari va shakllarini, oʻquv uslubiyotlari va materiallarini qamrab oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521105" id="-5521105">5. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlar kamsitilmasdan va boshqalar bilan teng ravishda oliy taʼlim, kasbiy taʼlim, kattalar uchun taʼlim olish va butun hayotlari davomida oʻqitilish imkoniyatlariga ega boʻlishlarini taʼminlaydi. Ishtirok etuvchi davlatlar shu maqsadlarda nogironlar uchun oqilona moslashtirishni taʼminlaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521109" id="-5521109">25-modda<br /> Sogʻliqni saqlash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521111" id="-5521111">Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlar nogironlik belgisi boʻyicha kamsitilmasdan salomatliklarining erishish mumkin boʻlgan eng yuqori darajada saqlanishi huquqiga egalar. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlar sogʻliqni saqlash sohasida gender xususiyatini hisobga oladigan xizmatlardan, shu jumladan salomatliklarining holati boʻyicha reabilitatsiya qilish imkoniyatiga ega boʻlishlarini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻradi. Ishtirok etuvchi davlatlar, shu jumladan quyidagi choralarni koʻradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521112" id="-5521112">a) nogironlarga boshqalar bilan bir qatorda salomatlikni saqlash boʻyicha bepul yoki qimmat boʻlmagan xizmatlar va dasturlarning turlari, sifati va darajasini, shu jumladan seksual va reproduktiv salomatlik hamda davlat sogʻliqni saqlash dasturlari asosida aholiga taklif etilayotgan turlarni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521114" id="-5521114">b) sogʻliqni saqlash sohasida nogironlarga ularning nogironligi sababli bevosita zarur boʻlgan xizmatlarni, shu jumladan barvaqt diagnostikani, oʻrni boʻlsa — korreksiya va nogironlikning, shu jumladan bolalar va katta yoshdagilar oʻrtasida nogironlikning bundan buyon paydo boʻlishiga iloji boricha yoʻl qoʻymaslik va buning oldini olishiga daʼvat etilgan xizmatlarni taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521115" id="-5521115">c) sogʻliqni saqlash sohasidagi ushbu xizmatlarni iloji boricha ushbu odamlar bevosita istiqomat qiladigan joylarga yaqinda, shu jumladan qishloq joylarida tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521119" id="-5521119">d) sogʻliqni saqlash sohasi mutaxassislaridan nogironlarga boshqa shaxslarga boʻlgani kabi sifatli xizmat koʻrsatishni, shu jumladan boshqa masalalar qatori taʼlim berish hamda davlat va xususiy sogʻliqni saqlash sohasi uchun axloq standartlarini qabul qilish hisobiga inson huquqlari, qadr-qimmati, mustaqilligi va nogironlarning ehtiyojlari toʻgʻrisidagi xabardorligini oshirishni talab etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521122" id="-5521122">e) nogironlarga tibbiy sugʻurtalash va hayotni sugʻurtalashni (agar bunga milliy qonunchilikda ruxsat berilgan boʻlsa) taqdim etishda ularni kamsitishni man etadi hamda bu adolatli va oqilona asosda taqdim etilishini koʻzda tutadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521124" id="-5521124">f) nogironlik sababi boʻyicha sogʻliqni saqlashda yoki bu sohada xizmat koʻrsatilishida yoxud ovqat yoki ichimliklarni olishda kamsituvchi rad etilishlarga yoʻl qoʻymaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521129" id="-5521129">26-modda <br />Abilitatsiya va reabilitatsiya </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521131" id="-5521131">1. Ishtirok etuvchi davlatlar, shu jumladan boshqa nogironlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanishida, nogironlar iloji boricha mustaqillikka, toʻla jismoniy, aqliy, ijtimoiy va kasb qobiliyatlariga erishishlari va buni saqlab qolishlari hamda turmushning barcha sohalariga toʻla qoʻshilishlari va jalb etilishlari uchun samarali va zarur choralarni koʻradi. Ishtirok etuvchi davlatlar shu maqsadda kompleks abilitatsiya va reabilitatsiya xizmatlari va dasturlarini, ayniqsa sogʻliqni saqlash, bandlik, taʼlim va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohalarida tashkil etadi, mustahkamlaydi va kengaytiradi. Ular ushbu xizmatlar va dasturlar boʻyicha quyidagi choralarni koʻradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521134" id="-5521134">a) ularni iloji boricha erta amalga oshirishga kirishilishi va nogironlarning ehtiyojlari va kuchli jihatlarini koʻp tomonlama baholashga asoslangan boʻlishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521144" id="-5521144">b) mahalliy hamjamiyatga hamda jamiyat hayotining barcha sohalariga jalb etilish va kiritilishiga yordam berishi, ixtiyoriy xususiyatga ega boʻlishi hamda nogironlar uchun iloji boricha bevosita yashash joylariga yaqinda, shu jumladan qishloq joylarida foydalanish imkoniyati boʻlishi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521147" id="-5521147">2. Ishtirok etuvchi davlatlar abilitatsiya va reabilitatsiya xizmatlari koʻrsatish sohasida ishlaydigan mutaxassis va personalni boshlangʻich va keyingi taʼlim olishini ragʻbatlantiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521148" id="-5521148">3. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarga moʻljalangan abilitatsiya va reabilitatsiyaga taalluqli assistiv qurilmalar va texnologiyalar boʻlishini, ulardan foydalanishni ragʻbatlantiradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521149" id="-5521149">27-modda<br /> Mehnat va bandlik </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521157" id="-5521157">1. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarning boshqalar bilan teng ravishda mehnat qilish huquqini eʼtirof etadi; bu mehnat bozori va ishlab chiqarish muhiti nogironlar uchun ochiq, inklyuziv va ishtirok etish imkoniyati boʻlgan sharoitda nogiron oʻzi tanlagan va erkin rozi boʻlgan mehnat faoliyati orqali turmush kechirishiga pul ishlab topish imkoniyatiga ega boʻlish huquqini qamrab oladi. Ishtirok etuvchi davlatlar mehnat qilish huquqini, shu jumladan mehnat faoliyati davomida nogiron boʻlgan shaxslarning mehnat qilish huquqini, jumladan qonunchilik yoʻli bilan belgilangan tartibda amalga oshirish huquqini taʼminlaydi va ragʻbatlantiradi. Shu jumladan ular quyidagi zarur choralarni koʻradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521174" id="-5521174">a) bandlikning barcha shakllarida, shu jumladan ishga qabul qilish, yollash va bandlik, ish joyini saqlab qolish, xizmat lavozimida koʻtarilish, xavfsiz va sogʻlom mehnat sharoitlariga taalluqli masalalarda nogironlik belgisi boʻyicha kamsitishni man etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521180" id="-5521180">b) nogironlarning boshqalar bilan teng ravishda adolatli va qulay ish sharoitlariga ega boʻlish, shu jumladan teng qimmatga ega boʻlgan mehnat bilan shugʻullanish va buning uchun teng ragʻbatlantirilish, xavfsiz va sogʻlom mehnat sharoitlariga ega boʻlish, shu jumladan xurujlardan himoya qilinish va shikoyatlari qondirilishi huquqlarini himoya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521195" id="-5521195">c) nogironlar boshqalar bilan teng ravishda oʻzlarining mehnat va kasaba uyushma huquqlarini amalga oshirish imkoniyatini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521196" id="-5521196">d) nogironlarga umumiy texnikaviy va kasbiy yoʻnaltirish dasturlari, ishga joylashtirish xizmatlari, kasbiy va uzluksiz taʼlim olishdan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521197" id="-5521197">e) mehnat bozorida nogironlarning ishga joylashish va xizmat lavozimida koʻtarilish, shuningdek ish izlash, ishga ega boʻlish, ish joyini saqlash va mehnat faoliyatini qaytadan boshlash imkoniyatlarini kengaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521198" id="-5521198">f) shaxsiy mehnat faoliyati, tadbirkorlik, shirkatlarni rivojlantirish va oʻz biznesini tashkil etish imkoniyatlarini kengaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5529022" id="-5529022">g) nogironlarni davlat sektoriga ishga yollash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521199" id="-5521199">h) nogironlarni tegishli strategiyalar hamda ijobiy harakatlar, ragʻbatlar va boshqa choralarni qamrab olishi mumkin boʻlgan dasturlar yordamida xususiy sektorda ishga yollashni ragʻbatlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5529031" id="-5529031">i) nogironlarning ish joylarini oqilona moslashtirishni taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5529036" id="-5529036">j) ochiq mehnat bozori sharoitlarida nogironlarning ish tajribalarini oʻzlashtirishlarini ragʻbatlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521200" id="-5521200">k) nogironlarni kasbiy va malaka reabilitatsiyasini, ish joylarini saqlab qolish va ishga qaytib kelishga qaratilgan dasturlarni ragʻbatlantirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521202" id="-5521202">2. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlar qullikka va erksiz holatga tushib qolmasliklarini hamda boshqalar bilan teng ravishda zoʻraki va majburiy mehnatdan himoya qilinishlarini taʼminlaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521203" id="-5521203">28-modda<br /> Etarli turmush darajasi va ijtimoiy himoya </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521205" id="-5521205">1. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarning oʻzlari va oilasi uchun yetarlicha turmush sharoitiga, shu jumladan yetarlicha ovqatlanish, kiyim-kechakka va turar joyga ega boʻlish hamda turmush sharoitlari uzluksiz yaxshilanib borishi huquqlarini eʼtirof etadi, shuningdek ushbu huquqlarni nogironlik belgisi boʻyicha kamsitmasdan amalga oshirishni taʼminlash va ragʻbatlantirishning zarur choralarini koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521206" id="-5521206">2. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarning ijtimoiy himoyaga boʻlgan huquqlarini va bu huquqlardan nogironlik belgisi boʻyicha kamsitilmasdan foydalanishlari huquqini eʼtirof etadi hamda ushbu huquqni amalga oshirishni taʼminlash va ragʻbatlantirish uchun zarur choralarni koʻradi. Shu jumladan quyidagi choralarni koʻradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521207" id="-5521207">a) nogironlarning toza suvga teng ega boʻlishlarini hamda nogironlik bilan bogʻliq tegishli va qimmat boʻlmagan xizmatlar, qurilmalar va boshqa yordamdan foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521208" id="-5521208">b) nogironlarning, shu jumladan nogiron ayollar, qizlar va keksa kishilarning ijtimoiy himoya qilish va qashshoqlik koʻlamlarini qisqartirish dasturlaridan foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521211" id="-5521211">c) qashshoqlik sharoitida turmush kechirayotgan nogironlar va ular oilalarini nogironlik bilan bogʻliq xarajatlarini, shu jumladan tegishlicha taʼlim olish, maslahat, moliyaviy yordam va vaqtincha patronaj parvarishini olish boʻyicha xarajatlarni qoplash maqsadidagi davlat yordamini olishlarini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521213" id="-5521213">d) nogironlarning davlat turar joy dasturlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521217" id="-5521217">e) nogironlarning pensiya nafaqalari va dasturlaridan foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521218" id="-5521218">29-modda <br />Siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521219" id="-5521219">Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarning siyosiy huquqlarini va ulardan boshqalar bilan teng ravishda foydalanish imkoniyatlarini kafolatlaydi hamda quyidagi majburiyatlarni oladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521222" id="-5521222">a) nogironlar boshqalar bilan teng ravishda siyosiy va ijtimoiy hayotda bevosita yoki erkin saylangan vakillari orqali samarali va har taraflama ishtirok etishlari, shu jumladan saylash va saylanish huquqlari va imkoniyatlariga ega boʻlishlarini, jumladan, quyidagilar orqali taʼminlash:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521223" id="-5521223">i) ovoz berish tartiblari, binolari va materiallari anglash va foydalanish uchun mos va oson boʻlishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521224" id="-5521224">ii) nogironlarning saylovlarda va davlat referendumlarida yopiq ovoz berishda qoʻrqitilmasdan ishtirok etish hamda oʻz nomzodlarini saylovlarda, davlat hokimiyatining barcha darajalarida davlat lavozimlarini amalda egallashiga va davlat funksiyalarini bajarishlariga koʻrsatish huquqlarini — bunda qoʻllash maqbul boʻlganda assistiv va yangi texnologiyalardan foydalanishlariga yordam bergan holda himoya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521226" id="-5521226">iii) nogironlarning saylovchilar sifatida oʻz irodalarini erkin bildirishlarini kafolatlash va shu maqsadda, zarurat boʻlganda, ularning oʻz tanlovi boʻyicha birorta shaxs tomonidan ovoz berishda yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimoslarini qondirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521228" id="-5521228">b) nogironlar boshqalar bilan teng ravishda va kamsitilmasdan davlatni boshqarishda samarali va har taraflama ishtirok etishlari uchun zarur sharoitni yaratishga faol koʻmaklashish hamda ularning davlat ishlarida ishtirok etishlarini, shu jumladan quyidagilar orqali ragʻbatlantirish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521230" id="-5521230">i) faoliyati mamlakatning davlat va siyosiy hayoti bilan bogʻliq boʻlgan nohukumat tashkilotlari va birlashmalarida, shu jumladan siyosiy partiyalar faoliyatida va ularga rahbarlik qilishda ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521233" id="-5521233">ii) nogironlarga nogironlar tashkilotlarini tuzish hamda ularga xalqaro, milliy, mintaqaviy va mahalliy darajada vakillik qilish uchun aʼzo boʻlish.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521235" id="-5521235">30-modda<br /> Madaniy hayotda, boʻsh vaqtni oʻtkazish, dam olish va sport bilan shugʻullanishda ishtirok etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521260" id="-5521260">1. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarning boshqalar bilan teng ravishda madaniy hayotda ishtirok etish huquqini eʼtirof etadi va nogironlarga quyidagilarni taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521263" id="-5521263">a) madaniyat asarlaridan foydalanish imkoniyati boʻlgan shakllarda foydalanishlarga imkoniyat yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521264" id="-5521264">b) televideniye dasturlari, filmlar, teatr va boshqa madaniy tadbirlardan foydalanish imkoniyati boʻlgan shakllarda foydalanish imkoniyatini yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521265" id="-5521265">c) teatrlar, muzeylar, kinoteatrlar, kutubxonalar va turizm xizmatlari kabi madaniy tadbirlar oʻtkaziladigan va xizmatlar koʻrsatiladigan joylardan foydalanish imkoniyatlariga ega boʻlishlari, shuningdek milliy madaniy ahamiyatga ega yodgorlik va obyektlardan eng koʻp imkoniyat darajasida foydalanish imkoniyatlariga ega boʻlishlari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521266" id="-5521266">2. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlar ijodiy, badiiy va intellektual salohiyatlarini faqat oʻzlari uchungina emas, balki butun jamiyatni boyitish uchun rivojlantirish va bu salohiyatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishlariga barcha zarur choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521267" id="-5521267">3. Ishtirok etuvchi davlatlar xalqaro huquqqa muvofiq intellektual mulkka egalik huquqini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunlar nogironlarning madaniyat asarlaridan foydalanishlari uchun asossiz yoki kamsituvchi toʻsiq boʻlib qolmasligini taʼminlash uchun zarur choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521268" id="-5521268">4. Nogironlar boshqalar bilan teng ravishda ularning alohida madaniy va tili oʻziga xosligi, shu jumladan ishora tillari va karlar madaniyati eʼtirof etilishi va qoʻllab-quvvatlanishi huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521269" id="-5521269">5. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlar boshqalar bilan teng ravishda boʻsh vaqtlarini oʻtkazish, dam olish va sport tadbirlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishlari uchun quyidagi zarur choralarni koʻradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521272" id="-5521272">a) nogironlarning barcha darajadagi umumiy yoʻnalishdagi sport tadbirlarida iloji boricha toʻliq ishtirok etishlarini ragʻbatlantirish va targʻib etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521273" id="-5521273">b) nogironlarning nogironlar uchun maxsus sport va boʻsh vaqtni oʻtkazish tadbirlarini tashkil etish, bu tadbirlarni rivojlantirish va ularda ishtirok etish imkoniyatlarini taʼminlash hamda shu munosabat bilan ularga boshqalar bilan teng ravishda zarur darajada taʼlim berilishi, oʻrgatilishi va resurslar taqdim etilishiga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521274" id="-5521274">c) nogironlar sport, rekreatsiya va turizm obyektlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishlarini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521277" id="-5521277">d) nogiron bolalar boshqa bolalar bilan teng ravishda oʻyinlarda, boʻsh vaqtlarini oʻtkazish, dam olish va sport dasturlarida, shu jumladan maktab tizimi doirasidagi tadbirlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishlarini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521278" id="-5521278">e) nogironlar boʻsh vaqtni oʻtkazish, turizm, dam olish va sport tadbirlarini tashkil etish bilan shugʻullanadiganlar xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishlarini taʼminlash.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521286" id="-5521286">31-modda<br /> Statistika va maʼlumotlarni toʻplash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521287" id="-5521287">1. Ishtirok etuvchi davlatlar ushbu Konvensiya ijrosini taʼminlash maqsadida strategiyalar ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini beradigan zarur axborotlarni, shu jumladan statistika va tadqiqot maʼlumotlarini toʻplash majburiyatini oladi. Ushbu axborotni toʻplash va saqlash jarayonida quyidagilarga amal etiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521290" id="-5521290">a) nogironlar shaxsiy hayoti maxfiyligi va daxlsizligini taʼminlash uchun belgilab qoʻyilgan huquqiy kafolatlarga, shu jumladan maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521291" id="-5521291">b) statistika maʼlumotlarini toʻplash va ulardan foydalanishda inson huquqlari va asosiy erkinliklarni himoya qilishga taalluqli xalqaro eʼtirof etilgan normalarga, shuningdek axloq prinsiplariga rioya etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521292" id="-5521292">2. Ushbu moddaga muvofiq toʻplangan axborot tegishli tarzda roʻyxatga olinadi hamda ishtirok etuvchi davlatlar ushbu Konvensiya boʻyicha oʻz majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini baholash, shuningdek nogironlar oʻz huquqlarini amalga oshirishda duch kelayotgan toʻsiqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun foydalaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521293" id="-5521293">3. Ishtirok etuvchi davlatlar ushbu statistika maʼlumotlarini tarqatish masʼuliyatini oʻz zimmasiga oladi va nogironlar hamda boshqa shaxslar ulardan foydalana olishlarini taʼminlaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521294" id="-5521294">32-modda<br /> Xalqaro hamkorlik </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521295" id="-5521295">1. Ishtirok etuvchi davlatlar ushbu Konvensiya maqsad va vazifalarini amalga oshirish boʻyicha milliy saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlash uchun xalqaro hamkorlik va uni ragʻbatlantirish muhimligini eʼtirof etadi hamda shu munosabat bilan, maqbul boʻlganda, tegishli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati, jumladan nogironlar tashkilotlari bilan sheriklikda davlatlararo aloqalar boʻyicha zarur va samarali choralarni koʻradi. Ushbu choralar, jumladan, quyidagilarni qamrab olishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521296" id="-5521296">a) xalqaro hamkorlik, shu jumladan xalqaro rivojlanish dasturlari nogironlarni qamrab olishini hamda ular bundan foydalana olishlarini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521297" id="-5521297">b) mavjud imkoniyatlarni yengillashtirish va ularni mustahkamlashni, shu jumladan axborot, tajriba, dasturlar va ilgʻor ishlanmalar bilan oʻzaro almashish yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521298" id="-5521298">c) tadqiqotlar sohasida hamkorlik hamda ilmiy-texnikaviy bilimlardan foydalanishga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521299" id="-5521299">d) maqbul boʻlganda, texnikaviy-iqtisodiy yordam koʻrsatish, shu jumladan foydalanish imkoniyati boʻlgan assistiv texnologiyalar bilan oʻzaro almashish, shuningdek texnologiyalarni taqdim etish orqali yordam koʻrsatish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521300" id="-5521300">2. Ushbu moddaning qoidalari har bir ishtirok etuvchi davlatning ushbu Konvensiyaga muvofiq oʻz majburiyatlarini bajarish boʻyicha majburiyatlariga taalluqli emas.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521302" id="-5521302">33-modda <br />Milliy amalga oshirish va monitoring </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521312" id="-5521312">1. Ishtirok etuvchi davlatlar oʻzlarining tashkiliy tuzilishiga muvofiq ushbu Konvensiyani amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarga mutasaddilik qiladigan bitta yoki bir nechta organni tayinlaydi hamda turli sektorlar va turli darajalarda tegishli ishlarni amalga oshirishda yordam koʻrsatish uchun hukumatda muvofiqlashtiruvchi mexanizmni taʼsis etish yoki belgilash imkoniyatini zarur darajada oʻrganib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521315" id="-5521315">2. Ishtirok etuvchi davlatlar oʻzlarining huquqiy va maʼmuriy tuzilishiga muvofiq ushbu Konvensiyani amalga oshirishni ragʻbatlantirish, himoya qilish va monitoringi uchun, maqbul boʻlganda, bitta yoki bir nechta mustaqil mexanizmni qamrab oladigan tuzilmani tayinlaydi yoki taʼsis etadi, uni qoʻllab-quvvatlaydi va mustahkamlaydi. Ishtirok etuvchi davlatlar bunday mexanizmni tayinlash yoki taʼsis etishda inson huquqlarini himoya qilish va ragʻbatlantirish bilan shugʻullanadigan milliy muassasalarning maqomi va amal etishiga taalluqli prinsiplarni eʼtiborga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521318" id="-5521318">3. Fuqarolik jamiyati, jumladan nogironlar va ularning vakolatli tashkilotlari kuzatish jarayoniga toʻla jalb etiladi va unda ishtirok etadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521334" id="-5521334">34-modda<br /> Nogironlar huquqlari boʻyicha qoʻmita </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521340" id="-5521340">1. Nogironlar huquqlari boʻyicha qoʻmita (bundan buyon “Qoʻmita” deb ataladi) taʼsis etiladi, u quyida koʻzda tutilgan funksiyalarni bajaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521343" id="-5521343">2. Ushbu Konvensiya kuchga kirgan paytda Qoʻmita tarkibi oʻn ikki ekspertdan iborat boʻladi, shundan soʻng Konvensiyani yana 60 ta davlat ratifikatsiya qilgandan keyin yoki unga qoʻshilgach, Qoʻmita aʼzolarining soni oltitaga koʻpayib, eng koʻp miqdor — oʻn sakkiz aʼzoga yetadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521346" id="-5521346">3. Qoʻmita aʼzolari shaxsan oʻz nomidan ish koʻradi hamda yuksak axloqiy fazilatlarga, ushbu Konvensiya qamrab olgan sohalarda eʼtirof etilgan bilim va tajribaga ega boʻladi. Ishtirok etuvchi davlatlarga oʻz nomzodlarini koʻrsatish paytida ushbu Konvensiya 4-moddasi <a href="/acts/-5501227#-5519842">3-bandida</a> belgilab qoʻyilgan qoidalarni zarur darajada hisobga olish taklif etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521351" id="-5521351">4. Qoʻmita aʼzolari ishtirok etuvchi davlatlar tomonidan saylanadi, bunda adolatli jugʻrofiy taqsimotga, sivilizatsiyalarning va asosiy huquqiy tizimlarning turli shakllari vakolatligiga, jinslarning mutanosibligi va nogiron ekspertlarning ishtirok etishiga eʼtibor qaratiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521352" id="-5521352">5. Qoʻmita aʼzolari ishtirok etuvchi davlatlar koʻrsatgan nomzodlar roʻyxati boʻyicha ishtirok etuvchi davlatlarning Konferensiyasi majlisida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi. Ishtirok etuvchi davlatlarning uchdan ikki qismi majlisda kvorumni tashkil etganida hozir boʻlgan va ovoz berishda ishtirok etayotgan ishtirok etuvchi davlatlar vakillarining eng koʻp va mutlaq koʻp ovozini olgan nomzodlar Qoʻmita tarkibiga saylangan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521353" id="-5521353">6. Dastlabki saylovlar ushbu Konvensiya kuchga kirgan kundan kechi bilan olti oy oʻtgandan soʻng oʻtkaziladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi har bir saylov muddatidan kamida toʻrt oy oldin ishtirok etuvchi davlatlarga maktub bilan murojaat qilib, ularga ikki oy mobaynida nomzodlarini koʻrsatishni taklif etadi. Shundan soʻng Bosh kotib ana shu tarzda koʻrsatilgan barcha nomzodlarning roʻyxatini, ularni koʻrsatgan ishtirok etuvchi davlatlarni qayd etgan holda, alfavit tartibida tuzadi va ushbu Konvensiyada ishtirok etuvchi davlatlarga yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521465" id="-5521465">7. Qoʻmita aʼzolari toʻrt yil muddatga saylanadi. Ular yana faqat bir marta qayta saylanish huquqiga ega. Biroq birinchi saylovlarda saylanadigan aʼzolar olti nafari vakolatining muddati ikki yilda tugaydi; birinchi saylovlardan keyin darhol ushbu olti nafar aʼzoning ismlari, mazkur moddaning <a href="/acts/-5501227#-5521352">5-bandida </a>qayd qilinganidek, majlisda raislik qiluvchi tomonidan qurʼa tashlash boʻyicha aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521468" id="-5521468">8. Qoʻmitaning olti nafar qoʻshimcha aʼzosini saylash mazkur moddaning tegishli qoidalari bilan tartibga solinadigan odatdagi saylovlar paytida oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521471" id="-5521471">9. Qoʻmitaning qaysidir bir aʼzosi vafot etsa, isteʼfoga chiqsa yoki qaysidir boshqa sababga koʻra oʻz majburiyatlarini bundan buyon bajarishga qodir emasligini eʼlon qilsa, ushbu aʼzo nomzodini koʻrsatgan ishtirok etuvchi davlat vakolatning qolgan muddatiga malakaga ega boʻlgan hamda ushbu moddaning tegishli qoidalarida koʻzda tutilgan talablarga javob beradigan boshqa ekspertni tayinlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521474" id="-5521474">10. Qoʻmita oʻzining tartib qoidalarini oʻrnatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521475" id="-5521475">11. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi Qoʻmita oʻzining funksiyalarini ushbu Konvensiyaga muvofiq samarali amalga oshirishi uchun zarur personal va moddiy vositalarni taqdim etadi hamda uning birinchi kengashini chaqiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521479" id="-5521479">12. Qoʻmitaning ushbu Konvensiyaga muvofiq saylangan aʼzolari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan tasdiqlangan Birlashgan Millatlar Tashkilotining mablagʻlaridan Qoʻmitadagi majburiyatlarining muhimligi hisobga olingan holda Assambleya tomonidan oʻrnatiladigan tartib va shartlarda ragʻbatlantiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521481" id="-5521481">13. Qoʻmita aʼzolari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Imtiyozlar va immunitetlar toʻgʻrisidagi Konvensiyasining tegishli boʻlimlarida belgilab qoʻyilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining ishlari boʻyicha xizmat safarlaridagi ekspertlarning imtiyozlari va immunitetlari huquqiga ega.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521483" id="-5521483">35-modda<br /> Ishtirok etuvchi davlatlarning maʼruzalari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521485" id="-5521485">1. Har bir ishtirok etuvchi davlat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi orqali Qoʻmitaga ushbu Konvensiya boʻyicha oʻz majburiyatlarini amalga oshirish uchun koʻrilgan choralar hamda ushbu masalada erishilgan taraqqiyot toʻgʻrisida tegishli ishtirok etuvchi davlat uchun ushbu Konvensiya kuchga kirganidan soʻng ikki yil mobaynida keng qamrovli maʼruzani taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521486" id="-5521486">2. Ishtirok etuvchi davlatlar shundan soʻng navbatdagi maʼruzalarni toʻrt yilda kamida bir marta, shuningdek Qoʻmita bu haqda ulardan soʻraganda taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521487" id="-5521487">3. Qoʻmita maʼruzalar mazmunini ifodalovchi dasturamal prinsiplarini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521488" id="-5521488">4. Qoʻmitaga dastavvalgi keng qamrovli maʼruzani taqdim etgan ishtirok etuvchi davlatlarga navbatdagi maʼruzalarida avval taqdim etgan axborotni takrorlashlarining zarurati yoʻq. Ishtirok etuvchi davlatlarga Qoʻmitaga maʼruzani ochiq va oshkor jarayonga aylantirish hamda ushbu Konvensiyaning 4-moddasi <a href="/acts/-5501227#-5519842">3-bandida </a>belgilab qoʻyilgan qoidalarni zarur darajada hisobga olish toʻgʻrisida oʻylab koʻrish taklif etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521489" id="-5521489">5. Maʼruzalarda ushbu Konvensiya boʻyicha majburiyatlarni bajarish darajasiga taʼsir koʻrsatadigan omillar va qiyinchiliklar koʻrsatilishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521490" id="-5521490">36-modda<br /> Maʼruzalarni koʻrib chiqish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521491" id="-5521491">1. Har bir maʼruza u boʻyicha oʻrinli deb hisoblaydigan takliflar va umumiy tavsiyalarni koʻrsatadigan Qoʻmita tomonidan koʻrib chiqiladi hamda bu takliflar va umumiy tavsiyalar tegishli ishtirok etuvchi davlatga yuboriladi. Ishtirok etuvchi davlat Qoʻmitaga javob tariqasida oʻz tanlovi boʻyicha xohlagan axborotini yuborishi mumkin. Qoʻmita ishtirok etuvchi davlatlardan ushbu Konvensiyani amalga oshirishga taalluqli boʻlgan qoʻshimcha axborot taqdim etilishini soʻrashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521492" id="-5521492">2. Ishtirok etuvchi davlat maʼruzani taqdim etishni jiddiy ravishda kechiktirayotgan boʻlsa, Qoʻmita tegishli ishtirok etuvchi davlatga bildirgi yuborib, unda ushbu bildirgidan soʻng uch oy mobaynida tegishli maʼruza taqdim etilmasa, mazkur ishtirok etuvchi davlatda ushbu Konvensiyani amalga oshirish toʻgʻrisidagi masala Qoʻmita ixtiyorida boʻlgan ishonarli axborot asosida koʻrib chiqishni talab etishini bildirishi mumkin. Qoʻmita tegishli ishtirok etuvchi davlatga ana shunday koʻrib chiqishda ishtirok etishni taklif etadi. Agar ishtirok etuvchi davlat javob tariqasida tegishli maʼruzani taqdim etsa, ushbu modda <a href="/acts/-5501227#-5521485">1-bandida</a> belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521493" id="-5521493">3. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi maʼruzalarni barcha ishtirok etuvchi davlatlar ixtiyoriga taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521494" id="-5521494">4. Ishtirok etuvchi davlatlar oʻz maʼruzalari mamlakatlarida jamoatchilik ular bilan keng tanishish imkoniyatiga ega boʻlishini taʼminlaydi hamda ushbu maʼruzalarga taalluqli qoidalar va umumiy tavsiyalar bilan tanishishni yengillashtiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521496" id="-5521496">5. Qoʻmita maqbul deb topgan holatlarda, u ishtirok etuvchi davlatlarning maʼruzalarini Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashtirilgan muassasalari, fondlari va dasturlariga, shuningdek boshqa vakolatli organlarga ular ushbu maʼruzalarda texnikaviy maslahatga yoki yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimoslariga yoxud bunday yordam koʻrsatish zarur degan koʻrsatmaga eʼtibor qaratishlari uchun Qoʻmitaning ushbu iltimoslar yoki koʻrsatmalar boʻyicha takliflari va tavsiyalari (agar ular mavjud boʻlsa) bilan birga yuboradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521498" id="-5521498">37-modda <br />Ishtirok etuvchi davlatlar va Qoʻmita oʻrtasidagi hamkorlik </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521499" id="-5521499">1. Har bir ishtirok etuvchi davlat Qoʻmita bilan hamkorlik qiladi va Qoʻmita aʼzolariga oʻz mandatlarini bajarishda yordam koʻrsatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521500" id="-5521500">2. Qoʻmita ishtirok etuvchi davlatlar bilan oʻz munosabatlarida ushbu Konvensiyani amalga oshirish boʻyicha milliy imkoniyatlarni, shu jumladan xalqaro hamkorlik yordamida kuchaytirish yoʻllari va vositalarini zarur tarzda hisobga oladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521501" id="-5521501">38-modda <br />Qoʻmitaning boshqa organlar bilan munosabatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521502" id="-5521502">Ushbu Konvensiyani samarali amalga oshirish va Konvensiya tomonidan qamrab olinadigan sohalarda xalqaro hamkorlikni ragʻbatlantirish uchun:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521512" id="-5521512">a) Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashtirilgan muassasalari va boshqa organlari ushbu Konvensiyadagi oʻz mandatlariga taalluqli boʻlgan qoidalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilayotganda ularda ishtirok etish huquqiga ega. Qoʻmita maqbul deb hisoblagan holatlarda, ixtisoslashtirilgan muassasalar va boshqa vakolatlarga tegishli mandatlarga taalluqli boʻlgan sohalarda Konvensiyani amalga oshirish boʻyicha ekspert xulosasini berishi mumkin. Qoʻmita Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashtirilgan muassasalari va boshqa organlariga ular faoliyatiga taalluqli sohalarda Konvensiyani amalga oshirish toʻgʻrisidagi maʼruzalarni taqdim etishini taklif qilishi mumkin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521513" id="-5521513">b) Qoʻmita oʻz mandatini amalga oshirishda, maqbul boʻlgan holatlarda, inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalarga koʻra taʼsis etilgan boshqa tegishli organlar bilan maʼruzalarni taqdim etishning tegishli dasturamal prinsiplarini, shuningdek ular tomonidan kiritilgan takliflar va umumiy tavsiyalarni muvofiqlashtirishni taʼminlash hamda oʻz funksiyalarini amalga oshirishda bir-birini qaytarish va parallelizmga yoʻl qoʻymaslik masalasida maslahatlashadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521516" id="-5521516">39-modda <br />Qoʻmita maʼruzasi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521518" id="-5521518">Qoʻmita ikki yilda bir marta Bosh Assambleya hamda Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashga oʻzining faoliyati toʻgʻrisida maʼruza taqdim etadi hamda ishtirok etuvchi davlatlardan olingan maʼruzalar va axborotlarni koʻrib chiqishga asoslangan takliflar va umumiy tavsiyalarni chiqarishi mumkin. Bunday takliflar va umumiy tavsiyalar ishtirok etuvchi davlatlarning izohlari (agar ular mavjud boʻlsa) bilan birga Qoʻmitaning maʼruzasiga qoʻshiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521520" id="-5521520">40-modda <br />Ishtirok etuvchi davlatlarning Konferensiyasi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521522" id="-5521522">1. Ishtirok etuvchi davlatlar ushbu Konvensiyani amalga oshirishga taalluqli har qanday masalani koʻrib chiqish uchun muntazam ravishda ishtirok etuvchi davlatlarning Konferensiyasiga toʻplanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521523" id="-5521523">2. Ushbu Konvensiya kuchga kirgandan soʻng olti oydan kechikmasdan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ishtirok etuvchi davlatlarning Konferensiyasini chaqiradi. Shundan keyingi yigʻilishlar Bosh kotib tomonidan ikki yilda bir marta yoki ishtirok etuvchi davlatlarning Konferensiyasi qarori bilan chaqiriladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521524" id="-5521524">41-modda<br /> Depozitariy </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521526" id="-5521526">Ushbu Konvensiyaning depozitariyi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Kotibi hisoblanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521528" id="-5521528">42-modda<br /> Imzolash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521530" id="-5521530">Ushbu Konvensiya barcha davlatlar va mintaqaviy integratsiya tashkilotlari tomonidan imzolash uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi Markaziy muassasalarida 2007-yil 30-martdan ochiq.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521553" id="-5521553">43-modda <br />Majburiyatga rozilik </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521554" id="-5521554">Ushbu Konvensiya uni imzolagan davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinadi hamda uni imzolagan mintaqaviy integratsiya tashkilotlari tomonidan rasman tasdiqlanishi kerak. U Ushbu Konvensiyani imzolamagan har qanday davlat yoki mintaqaviy integratsiya tashkilotlari uchun ochiq.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521556" id="-5521556">44-modda <br />Mintaqaviy integratsiya tashkilotlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521558" id="-5521558">1. “Mintaqaviy integratsiya tashkiloti” muayyan mintaqaning suveren davlatlari tomonidan tashkil etilgan, unga aʼzo davlatlar ushbu Konvensiya tartibga soladigan masalalar boʻyicha vakolat bergan tashkilotni anglatadi. Bunday tashkilotlar oʻzlarining hujjatlarida ushbu Konvensiya tartibga soladigan masalalarga nisbatan oʻz vakolatlari hajmini rasmiy tasdiqlashlarini yoki bunga qoʻshilishlarini koʻrsatadi. Keyinchalik ular depozitariyni oʻz vakolatlari hajmidagi har qanday jiddiy oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521559" id="-5521559">2. Ushbu Konvensiyadagi “ishtirok etuvchi davlatlar” qaydlari bunday tashkilotlarga ularning vakolati doirasida taalluqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521561" id="-5521561">3. Ushbu Konvensiyaning 45-moddasi <a href="/acts/-5501227#-5521571">1-bandi </a>hamda 47-moddasi <a href="/acts/-5501227#-5521581">2</a>- va <a href="/acts/-5501227#-5521582">3-bandlari </a>maqsadlari uchun mintaqaviy integratsiya tashkilotlari tomonidan saqlash uchun topshirgan birorta hujjat hisobga olinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521564" id="-5521564">4. Mintaqaviy integratsiya tashkilotlari oʻz vakolatlariga taalluqli masalalarda ishtirok etuvchi tashkilotlarning Konferensiyasida ushbu Konvensiya ishtirokchilari boʻlgan ishtirok etuvchi davlatlarning soniga teng boʻlgan ovozlar soni boʻyicha ovoz berish yuzasidan oʻz huquqini amalga oshirishlari mumkin. Bunday tashkilot agar unga aʼzo boʻlgan qaysidir bir davlat oʻz ovoz berish huquqini amalga oshirayotgan boʻlsa, oʻzining ovoz berish huquqini amalga oshirmaydi va aksincha.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521567" id="-5521567">45-modda<br /> Kuchga kiritish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521571" id="-5521571">1. Ushbu Konvensiya saqlash uchun yigirmanchi ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat topshirilgandan keyingi oʻttizinchi kun kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521572" id="-5521572">2. Ushbu Konvensiya uni ratifikatsiya qilgan har bir davlat yoki mintaqaviy integratsiya tashkiloti uchun ular buni rasman tasdiqlaganliklari yoki unga qoʻshilganliklari toʻgʻrisida ana shunday yigirmanchi hujjatni saqlashga topshirganlaridan keyingi oʻttizinchi kun kuchga kiradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521575" id="-5521575">46-modda<br /> Izohlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521576" id="-5521576">1. Ushbu Konvensiyaning obyekti va maqsadiga mos boʻlmagan qoʻshimchalarga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521577" id="-5521577">2. Qoʻshimchalar xohlagan vaqtda olib tashlanishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521579" id="-5521579">47-modda<br /> Tuzatishlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521580" id="-5521580">1. Har qanday ishtirok etuvchi davlat ushbu Konvensiyaga tuzatish kiritishni taklif etishi va uni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga taqdim etishi mumkin. Bosh kotib taklif etilgan har qanday tuzatishni ishtirok etuvchi davlatlarga maʼlum qiladi hamda ulardan ushbu taklifni koʻrib chiqish va bu toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Konferensiya oʻtkazish tarafdori ekanliklari toʻgʻrisida xabardor qilishlarini soʻraydi. Bu haqda maʼlum qilingan sanadan keyin toʻrt oy mobaynida ishtirok etuvchi davlatlarning kamida uchdan bir qismi bunday Konferensiya oʻtkazishni yoqlab chiqsa, Bosh kotib Konferensiyani Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida chaqiradi. Konferensiyada hozir boʻlgan va ovoz berishda ishtirok etayotgan ishtirok etuvchi davlatlarning uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik tomonidan maʼqullangan har qanday tuzatish Bosh kotib tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasiga tasdiqlash uchun, soʻng barcha ishtirok etuvchi davlatlarga qabul qilish uchun yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521581" id="-5521581">2. Ushbu moddaning <a href="/acts/-5501227#-5521580">1-bandiga </a>muvofiq maʼqullangan va tasdiqlangan tuzatish uni qabul qilish toʻgʻrisidagi saqlash uchun topshirilgan hujjatlarning soni ishtirok etuvchi davlatlar uchdan ikki qismiga yetganidan keyin ushbu tuzatish maʼqullangan sanadan keyingi oʻttizinchi kun kuchga kiradi. Shundan keyin tuzatish har bir ishtirok etuvchi davlat uchun u tomonidan tuzatishni qabul qilganligi toʻgʻrisidagi hujjatini saqlashga topshirganidan keyingi oʻttizinchi kun kuchga kiradi. Tuzatish faqat uni qabul qilgan ishtirok etuvchi davlatlar uchun majburiydir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521582" id="-5521582">3. Agar ishtirok etuvchi davlatlarning Konferensiyasi ushbu moddaning <a href="/acts/-5501227#-5521580">1-bandiga </a>muvofiq maʼqullangan va tasdiqlangan kelishilgan tegishli qaror qabul qilsa, mutlaq <a href="/acts/-5501227#-5521334">34</a>-, <a href="/acts/-5501227#-5521501">38</a>-, <a href="/acts/-5501227#-5521516">39</a>- va <a href="/acts/-5501227#-5521520">40</a>-moddalarga taalluqli boʻlgan tuzatish barcha ishtirok etuvchi davlatlar uchun ushbu tuzatish maʼqullangandan keyin uning qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni saqlashga topshirgan ishtirok etuvchi davlatlar sonining uchdan ikki qismga yetganidan keyin kuchga kiradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521583" id="-5521583">48-modda<br /> Denonsatsiya </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521584" id="-5521584">Ishtirok etuvchi davlat Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibini yozma ravishda xabardor qilish orqali ushbu Konvensiyani denonsatsiya qilishi mumkin. Denonsatsiya Bosh kotib tomonidan ana shunday bildirgi olingan sanadan bir yil oʻtgach kuchga kiradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521585" id="-5521585">49-modda<br /> Foydalanish imkoniyati boʻlgan shakl </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521586" id="-5521586">Ushbu Konvensiya matni foydalanish imkoniyati boʻlgan shaklda boʻlishi taʼminlanishi kerak.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5521589" id="-5521589">50-modda<br /> Autent matnlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521591" id="-5521591">Ushbu Konvensiyaning ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillaridagi matnlari teng autentdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521592" id="-5521592">Ushbuni tasdiqlash maqsadida oʻzlarining tegishli hukumatlari tomonidan zarur darajada vakolatga ega boʻlgan quyida imzo chekkan toʻla vakolatli vakillar ushbu Konvensiyani imzoladi.</div></div><div class="SIGNATURE_WITH_BOLD"><div name="-5540059" id="-5540059">(imzo)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
