1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2021-yilda Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasining ishtirokini taʼminlash hamda olimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Joriy yilda Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sportchilarining har tomonlama tayyorgarligi va muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash, ularda oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan sportchilarni moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, mamlakatimizda Olimpiya va Paralimpiya harakatlarini yanada rivojlantirish maqsadida:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.03.00 Delegatsiyalar, tashriflar almashuvi]
1. 2021-yilda Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlarida (keyingi oʻrinlarda — Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari) ishtirok etadigan Oʻzbekiston sport delegatsiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Turizm va sport vazirligi (A. Abduxakimov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (R. Shaabduraxmanov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) zimmasiga quyidagi vazifalarni bajarish yuklansin:
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida qatnashish huquqini beruvchi litsenziyani qoʻlga kiritgan sportchilar uchun oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarining yakuniy bosqichini samarali va sifatli tashkil etish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasi aʼzolarining ishtirok etishi uchun ularni sport anjomlari (shu jumladan, maxsus sport anjomlari), rasmiy libos va sport ekipirovkasi bilan taʼminlash;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.02.00 Oliy darajada kutib olish;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.03.00 Delegatsiyalar, tashriflar almashuvi;
4.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.07.00 Turizm va sport sohasidagi xalqaro hamkorlik]
Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasi aʼzolarining ishtirokini taʼminlash uchun ularni kuzatish, joylashtirish, tantanali ravishda kutib olish tadbirlarini tashkillashtirish.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati]
3. Oʻzbekiston sport delegatsiyasining 2021-yilda Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan yozgi XXXII Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishi va ishtirok etishi xarajatlari smetasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
2021-yil 24-iyun holatiga Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida qatnashish huquqini beruvchi jami 101 ta litsenziya qoʻlga kiritilgan;
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari boshlangunga qadar olimpiya sport turlari boʻyicha qoʻshimcha kvotalar ajratish, paralimpiya sport turlari (paradzyudo, parapauerlifting, parasuzish, paraakademik eshkak eshish va boshqalar) boʻyicha qoʻshimcha 17 ta litsenziyani qoʻlga kiritish kutilmoqda.
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini sifatli tayyorlashni tashkil etish boʻyicha Respublika komissiyasi (A. Aripov)ga Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari boshlangunga qadar ularda qatnashish huquqini beruvchi qoʻshimcha litsenziyalar sonidan kelib chiqib mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan 1 va 2-ilovalarga tegishli ravishda komissiya bayoni bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Respublika komissiyasi Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik qilish va ishtirok etishning aniq miqdorini belgilasin.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
a) Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oltin medal uchun — 200 000 AQSH dollari;
kumush medal uchun — 100 000 AQSH dollari;
bronza medal uchun — 50 000 AQSH dollari;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
b) mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
6. Milliy antidoping agentligi (N. Tursunov) Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
sportchilar tomonidan antidoping qoidalariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan samarali antidoping nazoratini amalga oshirsin;
Oʻzbekiston sport delegatsiyasini antidoping mavzulariga oid tegishli oʻquv-axborot materiallari va turli koʻrgazmali maʼlumotlar bilan taʼminlasin.
7. Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) Oʻzbekiston sport delegatsiyasining Narita xalqaro aeroportida immigratsiya nazoratidan oʻtishiga koʻmaklashsin.
8. Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov):
Oʻzbekiston sport delegatsiyasi aʼzolarining Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida qatnashishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti oʻz vaqtida rasmiylashtirilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
kuzatish va kutib olish tadbirlarida xavfsizlikni taʼminlash va jamoat tartibini saqlash, shuningdek, Oʻzbekiston sport delegatsiyasi transport vositalarining Toshkent shahar hududida kuzatuvini tashkil etish boʻyicha zarur tashkiliy choralarni koʻrsin.
9. Transport vazirligi (I. Maxkamov):
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.01 Umumiy qoidalar]
Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi talabnomalariga asosan joriy yilning iyul — sentabr oylarida Tokio shahriga reyslar tashkil etilishi, shuningdek, Oʻzbekiston sport delegatsiyasi uchun aviachiptalar bron qilinishini;
“Toshkent-Tokio-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha charter reyslari tashkil etilishi va amalga oshirilishini;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.09 Aviatsiya ishlari va xizmatlar]
Oʻzbekiston sport delegatsiyasi aʼzolariga tegishli boʻlgan sport anjomlari va jihozlarining Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti orqali bepul oʻtkazilishini;
Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining umumiy zalida “yashil yoʻlak” tashkil qilish va mazkur yoʻlak orqali Oʻzbekiston sport delegatsiyasi aʼzolarini kuzatishni taʼminlasin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
10. Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov) Oʻzbekiston sport delegatsiyasi va ularning qoʻl yuklari (sport ovqatlari, sport anjomlari, jihozlar, tibbiy asbob-uskunalar va preparatlar hamda boshqalar) bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish ishlari tezkorlik bilan amalga oshirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
11. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (R. Shaabduraxmanov) hamda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) “Dori-Darmon” AK (U. Salixbayeva), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) bilan birgalikda Oʻzbekiston sport delegatsiyasini zarur boʻlgan jihozlar, tibbiy asbob-uskunalar va preparatlar bilan taʼminlasin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
12. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov) sportchilarning Olimpiada oldi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida ishtiroki toʻgʻrisida qisqa metrajli videoroliklar hamda maxsus koʻrsatuvlar tayyorlanishini va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
13. Turizm va sport vazirligi (A. Abduxakimov) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (R. Shaabduraxmanov) va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) bilan birgalikda besh kun muddatda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari davomida tashkiliy ishlarni tezkorlik bilan hal qilish va muvofiqlashtirish maqsadida milliy shtablarni tashkil etsin va faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
14. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasiga hamda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasiga Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun sport anjomlari, jihozlar, uskunalar, delegatsiya rasmiy liboslari, sport kiyimlari (ekipirovkasi), sport tibbiyoti jihozlari, tibbiy-biologik preparatlar xarid qilish boʻyicha xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalarni, shuningdek, oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari boʻlib oʻtadigan sport bazalari, yotoqxona, sport zallari va sport jihozlari ijaralari toʻgʻrisida hamda ovqatlanishni tashkil qilish yuzasidan shartnomalarni, istisno tariqasida, davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida tegishli eʼlon joylashtirmasdan va elektron savdolarsiz, tendersiz, toʻgʻridan-toʻgʻri rasmiylashtirish va toʻlovlarni amalga oshirishga ruxsat berilsin.
15. Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri A. Abduxakimov Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hamda sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ni jalb etgan holda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kiritsin:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
a) bir oy muddatda — olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, bu borada kollejlardagi sport taʼlim yoʻnalishlarining olimpiya sport turlari bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlash, hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning yangi tizimini joriy qilish, trener va mutaxassislarni moddiy ragʻbatlantirish tizimini yaxshilash boʻyicha;
b) 2021-yil 1-dekabrga qadar:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.05.00 Aholining jismoniy madaniyati;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
jamoaviy sport turlari (basketbol, gandbol, chim ustida xokkey, voleybol va boshqalar)ni rivojlantirish va ommalashtirish, bu borada iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) tizimini joriy qilish, tuman (shahar), viloyat, respublika va xalqaro musobaqalar va turnirlarni tashkil etish hamda oʻtkazish, trener va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha;
suv sporti turlari (suv polosi, suzish, sinxron suzish, suvga sakrash va boshqalar)ni rivojlantirish, suv sporti saroylarini barpo etish, xususiy suv sporti maktablarini tashkil etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha.
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi R.M. Shaabduraxmanov va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi M.M. Tashxodjayev belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 25-iyun,
PQ-5160-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-iyundagi PQ-5160-son qaroriga 1-ILOVA
2021-yilda Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan Oʻzbekiston sport delegatsiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-iyundagi PQ-5160-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston sport delegatsiyasining 2021-yilda Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan yozgi XXXII Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishi va ishtirok etishi xarajatlari
SMETASI
Xarajatlar turi
Ishtirok etuvchilar soni
Kun
Meʼyor
Pul birligi
Jami summa
I. Turizm va sport vazirligining budjet mablagʻlari hisobidan
1.
Tokio shahri (Yaponiya)da kunlik xarajatlar
30
x
x
x
58 420
1.1.
Delegatsiya rahbari (100 AQSH doll. + 25%)
1
23
125
AQSH doll.
2 875
Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi
1
23
100
AQSH doll.
2 300
Turizm va sport vaziri oʻrinbosari (100 AQSH doll. + 15%)
1
23
115
AQSH doll.
2 645
Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi
1
23
100
AQSH doll.
2 300
Delegatsiya rahbariyati
6
23
100
AQSH doll.
2 300
Ishchi guruhi aʼzolari
8
23
100
AQSH doll.
18 400
Shifokor va massajchilar
7
23
100
AQSH doll.
16 100
Ommaviy axborot vositalari xodimlari
5
23
100
AQSH doll.
11 500
1.2.
Boshqa xarajatlar — jami
(sutkalik meʼyoriga 30% ustama (100 AQSH doll.x30%=30 AQSH doll.) (hisobot ostida)
185
x
x
x
111 954,6
Boks
21
23
33,3
AQSH doll.
16 083,9
Yunon rum kurashi
8
14
33,3
AQSH doll.
3 729,6
Erkin kurash
8
14
33,3
AQSH doll.
3 729,6
Dzyudo
18
20
33,3
AQSH doll.
11 988
Yengil atletika
12
14
33,3
AQSH doll.
5 594,4
Suzish
6
20
33,3
AQSH doll.
3 996
Ogʻir atletika
8
10
33,3
AQSH doll.
2 664
Gimnastika
15
21
33,3
AQSH doll.
10 489,5
Baydarka va kanoeda eshkak eshish
7
21
33,3
AQSH doll.
4 895,1
Qilichbozlik
6
14
33,3
AQSH doll.
2 797,2
Taekvondo VTF
10
7
33,3
AQSH doll.
2 331
Zamonaviy besh kurash
5
14
33,3
AQSH doll.
2 331
Velosport
6
7
33,3
AQSH doll.
1 398,6
Tennis
2
14
33,3
AQSH doll.
932,4
Oʻq otish
3
7
33,3
AQSH doll.
699,3
Paralimpiya sport turlari
46
23
33,3
AQSH doll.
35 231,4
Ishchi guruhi aʼzolari
4
23
33,3
AQSH doll.
3 063,6
2.
Sport jihozlari ijarasi va transport xarajatlari (hisobot ostida)
x
x
x
Yevro
4 525,4
Jami
x
x
x
AQSH doll.
170 374,6
Yevro
4 525,4
II. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining budjet mablagʻlari hisobidan
1.
Delegatsiyaning Tokio shahriga (Yaponiya) borishi va kelishi uchun aviachiptalar (charter reys) (Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari uchun) (hisobot ostida)
215
soʻm
8 383 512 000
2.
Tokio shahri (Yaponiya)da yashash xarajatlari (hisobot ostida), shu jumladan:
III. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan
1.
Delegatsiya haqida maʼlumotnoma shaklidagi jurnal
500
32 000
soʻm
16 000 000
2.
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish boʻyicha oʻquv-qoʻllanma
200
25 000
soʻm
5 000 000
3.
Delegatsiya aʼzolari uchun Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Tokio-2020 logotiplari tushirilgan sovgʻalar
200
500 000
soʻm
100 000 000
4.
Koʻzda tutilmagan xarajatlar
5 000
AQSH doll.
5 000
Jami
x
x
x
soʻm
121 000 000
AQSH doll.
5 000
Smeta boʻyicha jami
Soʻm
9 020 512 000
AQSH doll.
474 374,6
Yevro
4 525,4
Izoh:
1) delegatsiyaning tibbiy sugʻurtasi va maxsus sport kiyimlari uchun xarajatlar Turizm va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida koʻzda tutilgan mablagʻlari doirasida qoplanadi;
2) Turizm va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasiga xarajatlar smetasiga umumiy xarajatlar doirasida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga ruxsat beriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 07/21/5160/0592-son)