1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.05.00 Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.06.00 Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoni ijro etish;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.14.00 Shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazorat. Maʼmuriy nazorat]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
buyrugʻi
“AXLOQ TUZATISh IShLARI, MUAYYaN HUQUQDAN MAHRUM QILISh TARIQASIDAGI JAZOLARNI IJRO ETISh VA ShARTLI HUKM QILINGANLARNI NAZORAT QILISh TARTIBIGA OID YOʻRIQNOMA”NI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 24-noyabrda 1087-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 27-iyuldagi 157-sonli “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2922, 28.08.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyundagi 247-41 “s”-sonli “Jinoyatchilikka qarshi kurashda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Profilaktika xizmatining rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Ilova qilinayotgan “Axloq tuzatish ishlari, muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish va shartli hukm qilinganlarni nazorat qilish tartibiga oid Yoʻriqnoma” tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oʻn kundan soʻng kuchga kiritilsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriga, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB boshliqlariga:
shahar va tuman IIB HOOB jazoni ijro etish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Yoʻriqnoma amalga kiritilgan kundan eʼtiboran 1 oylik muddat ichida uni oʻrganib chiqilishi hamda tegishli sinovlar qabul qilinishi tashkil etilsin.
4. 2002-yilning 1-choragi davomida respublika shahar va tuman IIB HOOB jazoni ijro etish inspeksiyalariga ushbu Yoʻriqnoma talablarini oʻzlashtirish, amaliyotda qoʻllash masalalarida Oʻzbekiston Respublikasi HOOBB xodimlari tomonidan amaliy yordam koʻrsatilsin.
5. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari militsiya general-mayori B.R. Parpiyev zimmasiga yuklatilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1999-yil 18-iyundagi 120-sonli buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazir ichki xizmat general-polkovnigi Z.A. ALMATOV
Toshkent sh.,
2001-yil 17-noyabr,
298-son
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2001-yil 17-noyabrdagi 298-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Axloq tuzatish ishlari, muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish va shartli hukm qilinganlarni nazorat qilish tartibiga oid
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyundagi 247-41“s”-sonli “Jinoyatchilikka qarshi kurashda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Profilaktika xizmatining rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qarori asosida qayta ishlab chiqilgan.
BIRINChI BOʻLIM. AXLOQ TUZATISh IShLARI
I. Umumiy qoidalar
1. Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoning ijrosi qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga (ajrimiga) muvofiq mahkumning oʻz ish joyida yoki mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joylarda oʻtaladi.
2. Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida va sud hukmida koʻzda tutilgan cheklanishlardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan barcha huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlarni bajaradilar. Bu qoida Oʻzbekiston Respublikasi hududida shunday jazoni oʻtayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
3. Axloq tuzatish ishlari mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda oʻtaladi*.
* Matnda bundan buyon qisqa qilib “korxonalar” deb yuritiladi).
4. Jazoni oʻz ish joyida oʻtash sharti bilan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar sudlangunga qadar ishlagan joylarida va egallagan lavozimlarida oʻtaydilar. Bunday shaxslarni boshqa ishga yoki lavozimga oʻtkazish mehnat qonunlarida belgilangan umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Axloq tuzatish ishlarining nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joylarda oʻtaladigan turi respublika hududi doirasida respublika IIV HOOBB Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻlik boʻlmagan jazolarni ijrosini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda oʻtaladi.
Ularni mehnatidan ish joyidan tashqari zarurat tugʻilganda turar joy bilan ham taʼminlash imkoniyati bor boʻlgan korxonalarda shartnoma asosida foydalanilishiga yoʻl qoʻyiladi. Voyaga etmaganlarga nisbatan axloq tuzatish ishlari oʻz ish joyida, aybdor hech qayerda ishlamasa, ushbu jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan, ammo oʻzi yashaydigan hududdagi boshqa joylarda oʻtaladi.
5. Axloq tuzatish ishlarini ijro etuvchi organlarning faoliyati qonunlarga qatʼiy rioya qilishga asoslanadi.
Bu organlarning mansabdor shaxslari ushbu organlar faoliyatida qonunlarga qatʼiy rioya qilinishi uchun masʼuldirlar.
6. Axloq tuzatish ishlarini oʻtayotgan mahkumlar jazo oʻtashning belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilishlari, shu bilan birga, jazoni ijro etuvchi organ chaqiruviga oʻz vaqtida kelishlari shart. Agar mahkum ushbu talablarga uzrsiz sabablarga koʻra rioya qilmagan taqdirda olib kelishning majburiy choralari qoʻllanishi mumkin.
II. Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoni ijro etuvchi organlar va ularning majburiyatlari
7. Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining HOOB jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Mahkum doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan taqdirda hukmning ijrosi hukm chiqarilgan joydagi jazolarni ijro etish inspeksiyasi zimmasiga yuklatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV HOOBB Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni ijrosini nazorat qilish boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar IIB HOOB ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni ijrosini nazorat qilish boʻlim va boʻlinmalari mazkur jazo ijrosini nazorat qiladilar.
8. Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoni ijro etuvchi organ tomonidan:
a) axloq tuzatish ishlariga hukm qilinganlarning hisobi olib boriladi;
b) mahkumga jazoni oʻtashning tartibi va shartlari tushuntiriladi;
v) boshqa joylarda oʻtaladigan axloq tuzatish ishlariga hukm qilinganlar belgilangan tartibda ishga yuboriladi va oʻz vaqtida etib borilishi nazorat qilinadi. Jazoni oʻz ish joyida oʻtashga hukm qilinganlarga zarur boʻlganda ishga joylashishga yordam beriladi;
g) axloq tuzatish ishlarini oʻtayotgan mahkumlarning ish haqidan oʻz vaqtida va toʻgʻri haq ushlab qolish hamda ushlab qolingan pul miqdorini belgilangan tartibda va oʻz vaqtida davlat foydasiga oʻtkazish, korxona maʼmuriyati tomonidan axloq tuzatish ishlarini qonunchilikda belgilangan oʻtash shartlariga rioya qilinishi, jazoni oʻtab boʻlganlarning mehnat daftarchalariga tegishli yozuvlarni toʻgʻri kiritilishi ustidan nazorat olib boriladi. Tekshirish vaqti-vaqti bilan axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtash davomida yiliga kamida ikki marotaba bevosita korxonaning oʻzida amalga oshiriladi. Tekshiruv yakuni toʻgʻrisida 2 nusxada dalolatnoma tuziladi. Bir nusxasi korxonada, ikkinchi nusxasi esa korxona maʼmuriyati vakilining tanishganlik haqidagi imzosi bilan jazoni ijro etish inspeksiyasida saqlanadi;
d) mahkum jazo muddatini qonunda belgilangan qismini oʻtab boʻlganidan soʻng bir oylik muddat ichida uni jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirishga taqdim etish masalasini koʻrib chiqilishi, hamda taqdim qilish yoki rad etish haqida qaror chiqarilishi shart;
e) axloq tuzatish ishlariga hukm qilinganlar jazoni oʻtash davomida mehnatga yaroqsiz boʻlib qolsalar yoxud pensiya yoshiga etgan hollarda, shuningdek ayollar homiladorlik va tugʻish taʼtiliga chiqsalar, ularni jazoni oʻtashdan ozod qilish haqida sudga taqdimnoma kiritiladi;
j) jazoning mazkur turlarini ijro etuvchi organlarning chaqiruviga uzrsiz sabablarga koʻra kelishdan bosh tortgan shaxslarga nisbatan majburiy olib kelish haqida qaror chiqariladi;
z) mahkumni qidirib topish yuzasidan dastlabki tadbirlar oʻtkaziladi, zarur materiallar tayyorlanadi va tegishli jinoyat qidiruv xizmatiga oshiriladi;
i) jazo oʻtashdan bosh tortgan shaxslarga nisbatan jinoyat kodeksining talablaridan kelib chiqib, axloq tuzatish ishlarining oʻtalmay qolgan muddatini ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan voyaga etmagan shaxslarga nisbatan esa qamoq jazosi bilan almashtirish haqida sudga taqdimnoma kiritiladi;
k) yilning har choragida IIBga ijro uchun yuborilgan hukmlarni (ajrimlarni) sud organlarining shu masalaga oid maʼlumotlari bilan solishtiriladi. Natijasi dalolatnoma tuzish bilan rasmiylashtirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish choralari koʻriladi.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar IIB HOOB ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni ijrosini nazorat qilish boʻlim va boʻlinmalari:
a) jazolarni ijro etish inspeksiyalari ustidan tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatlarini doimiy (yiliga kamida 2 marotaba) tekshiruvdan oʻtkazib turadilar, ularga amaliy yordam koʻrsatadilar, ijobiy tajribalarni tadbiq etadilar, ularning ish usullari va shakllarini yanada takomillashtirib, xodimlarning kasb mahoratini oshirib borish choralarini koʻradilar;
b) yilning har choragida jazoni ijro etish inspeksiyalari bilan sud organlari oʻrtasida ijroga yuborilgan hukmlar (ajrimlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni solishtirish oʻtkazilishini taʼminlaydilar, hamda nazorat olib boradilar.
Shahar va tuman ichki ishlar boshqarmalari va boʻlimlarining HOOB jazoni ijro etish inspeksiyalari ustidan kundalik rahbarlik shu organlar boshliqlariga yuklanadi.
III. Axloq tuzatish ishlariga jalb qilish haqidagi hukmlarni ijroga qabul qilishni rasmiylashtirish
10. Ijro etilishi lozim boʻlgan axloq tuzatish ishlariga jalb qilish haqidagi sud hukmlari (ajrimlari) (ijroga kelgan kundan boshlab) 10 kunlik muddatdan kechikmasdan ijro qilinadi.
11. Sud hukmining nusxasi va hukmni ijro etish haqidagi sudning farmoyishi axloq tuzatish ishlariga hukm qilinib, jazoni oʻtash uchun asos mavjudligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
12. Ijroga kelgan hujjatlar shahar yoki tuman IIB ning kiruv-qayd jurnalida kelgan kunining oʻzida roʻyxatdan oʻtkaziladi va IIB rahbarining koʻrsatmasi bilan jazoni ijro etish inspeksiyasi xodimiga beriladi. Inspeksiyaning xodimi tomonidan shu kunning oʻzida maxsus tikilgan, raqamlangan va muhrlangan 1-ilovaga muvofiq hisob jurnalida qayd etiladi.
13. Sud hukmi (ajrimi)da, uning ijrosi uchun toʻsqinlik qiluvchi tushunmovchiliklar boʻlsa, jazoni ijro etish inspeksiyasi uch kunlik muddat ichida hukm (ajrim) chiqargan sudga ularni bartaraf etishlarini soʻrab murojaat etadi.
14. Axloq tuzatish ishini oʻtayotgan shaxsga u tomonidan sodir etilgan yangi jinoyat uchun axloq tuzatish ishlariga jalb etilganlik haqidagi hukmning nusxasi kelsa va ushbu hukmda birinchi sodir etilgan jinoyatning oqibatlari haqida koʻrsatma boʻlmasa, jazoni ijro etish inspeksiyasi uch kunlik muddatda sudga hukmlarni jamlab, avvalgi jazo chorasi haqidagi masalani hal qilish uchun taqdimnoma kiritadi. Bunda sud tomonidan mazkur masala hal etilgunga qadar birinchi hukmning ijrosi toʻxtatilmaydi.
15. Jazoni ijro etish inspeksiyasi tomonidan kechiktirmasdan hukm chiqargan sudga hukmni ijro qilish uchun qabul qilinganligi haqida, shuningdek agar ozodlikdan mahrum qilish jazosining oʻtalmagan qismi axloq tuzatish ishlariga oʻzgartirilgan boʻlsa, mahkum boʻshatilgan jazoni ijro etish muassasasiga ham 2-ilovaga muvofiq xabarnoma yuboriladi.
16. Hukm (ajrim) nusxasi roʻyxatga olingandan soʻng shu kunning oʻzida har bir mahkumga 3-ilovaga muvofiq hisobvaraqasi toʻldirilib, 4-ilovaga muvofiq shaxsiy hujjatlar yigʻma jildi yurgiziladi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosining oʻtalmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda, mahkumlarga yangi yigʻma jild tutilmasdan balki ular jazo oʻtagan jazoni ijro etish muassasasidagi shaxsiy yigʻma jildlari davom ettiriladi. Shaxsiy yigʻma jildda mahkumning jazosini oʻtashga taalluqli boʻlgan barcha hujjatlar, hamda hukmning (ajrimning) nusxalari saqlanadi.
17. Shaxsiy yigʻma jilddagi hujjatlar tikilgan, raqamlangan va muqovaning ichki tomonidan roʻyxatga kiritilgan boʻlishi kerak. Shaxsiy yigʻma jildning va hisob varaqasining tartib raqamlari hukm nusxasining hisob jurnalida qayd etilgan raqamiga mos boʻlishi shart.
Shaxsiy yigʻma jildlar temir shkaflarda saqlanadi, hamda ish kuni tugaganidan soʻng shkaflar qulflanib, muhrlanadi.
18. Jazoni ijro etish inspeksiyasi xodimlari mahkumning hisobga olinganligi haqida uning yashash joyidagi ichki ishlar idora rahbariga kerakli profilaktika tadbirlarini oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisida 5-ilovaga muvofiq bildirgi orqali xabar qiladi.
Ichki ishlar idora rahbari ushbu bildirgini mahkumning turar joyi boʻyicha masʼul boʻlgan profilaktika xodimiga kerakli koʻrsatmalar berib topshiradi. Profilaktika xodimi mahkum bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar haqida jazoni ijro etish inspeksiyasini vaqti-vaqti bilan (chorak davomida kamida bir marotaba) yozma ravishda xabardor qilib turadi.
19. Haqiqiy harbiy xizmatga chaqiriluvchi shaxslarning hisobga olinganligi toʻgʻrisida tegishli shahar (tuman) mudofaa ishlari boʻlimiga 6-ilovaga muvofiq xabarnoma yuboriladi.
20. Har bir mahkum hisobga olingandan soʻng, suhbat oʻtkazish uchun jazoni ijro etish inspeksiyasiga chaqirilib, ularga axloq tuzatish ishini oʻtash tartibi, shart-sharoitlari hamda unga nisbatan qoʻllanishi mumkin boʻlgan ragʻbatlantirish va jazolash choralari haqida tushuntirilishi lozim.
IV. Axloq tuzatish ishiga hukm qilinganlarning shaxsiy hisobi
21. Shaxsiy hisob axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazolarga hukm qilingan shaxslarga nisbatan hukm ijrosini tashkil etishga, mahkumlarni jazo oʻtashga jalb qilishga, ularning ish haqidan ajratmalarni toʻgʻri ushlab oʻz vaqtida davlat foydasiga oʻtkazilishini nazorat qilishga, mahkumlarni oʻz vaqtida jazo oʻtashdan ozod qilishga xizmat qiladi.
22. Shaxsiy hisob hujjatlariga quyidagilar kiradi:
a) axloq tuzatish ishlariga hukm etilganlarning hisob jurnali;
b) shaxsiy yigʻma jildlari;
v) hisob varaqalari.
23. Axloq tuzatish ishlariga jalb etilganlar quyidagi hisoblardan birida turadi:
a) tezkor;
b) dastlabki;
v) nazorat;
g) qidiruvdagilar.
24. Tezkor hisobda hukmlari ijro etilayotgan shaxslar turadi.
25. Dastlabki hisobda turuvchilar:
a) axloq tuzatish ishiga hukm qilinib, hisobga olingan kundan 15 kun oʻtgandan soʻng ham ishga joylashmagan shaxslar;
b) jazo muddatini oʻtayotgan vaqtda oldingi ish joyidan boʻshagan kundan 15 kun oʻtgandan soʻng ham ishga joylashmagan shaxslar;
v) dastlabki qidiruv harakatlari amalga oshirilayotgan shaxslar;
g) sababsiz ishlamay yurgan shaxslar;
d) shaxsiy yigʻma jildlari axloq tuzatish ishi jazosini ozodlikdan mahrum etish jazosiga almashtirish uchun sudlarga yuborilgan shaxslar.
26. Nazorat hisobida turuvchilar:
a) axloq tuzatish ishiga hukm qilinib, hisobga olinganidan soʻng 15 kungacha ishga joylashmagan shaxslar;
b) jazo oʻtash vaqtida ishlab turgan joyidan boʻshab, yangi ish joyiga, boʻshagan kunidan boshlab 15 kungacha joylashmagan shaxslar;
v) kasalligi sababli ishlamayotgan shaxslar, agar amaldagi qonunga binoan kasallik davri axloq tuzatish ishlarini oʻtash muddatiga qoʻshilmaydi, deb hisoblanmasa;
g) ushbu jazoni ijro etish inspeksiyasi xizmat doirasidagi hududdan chiqib ketgan va ularning shaxsiy yigʻma jildining olinganligi haqidagi tasdiqnomasi kelmagan shaxslar;
d) boshqa jinoyat sodir etilganligi uchun ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlanib turganlar;
e) axloq tuzatish ishi jazosini oʻtash jarayonida maʼmuriy jazo sifatida qamoqda saqlanib turgan shaxslar;
j) mehnatga yaroqsiz boʻlib qolganligi uchun yoxud nafaqa yoshiga etganligi, shuningdek ayollar bu turdagi jazoni oʻtayotgan vaqtda homiladorlik va tugʻish taʼtiliga chiqqanligi munosabati bilan jazoni oʻtashdan ozod qilish haqida sudga taqdimnoma kiritilgan shaxslar;
z) mehnatga yaroqsizligini aniqlash uchun tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yuborilgan shaxslar;
i) hukm ijrosining boshlanishidan oldin berilgan navbatdagi (har yilgi) mehnat taʼtili hamda oylik ish haqi bermaslik sharti bilan berilgan taʼtillardagi shaxslar;
k) ichkilikbozlik va giyohvandlik kasalligi tufayli kasalxonada davolanayotgan shaxslar.
27. Qidiruvni davom ettirish uchun hujjatlari jinoyat-qidiruv xizmatiga berilgan shaxslar qidiruv hisobida turadilar.
28. Jazo muddatini oʻtab boʻlmasdan, yashash joyining oʻzgarishi sababli jazoni ijro etish inspeksiyasi xizmat qilayotgan hududdan chiqib ketgan mahkumlar haqida ularning yangi yashash joyidagi ichki ishlar boʻlimiga xabar qilinadi. Mahkumni yangi yashash joyidagi jazoni ijro etish inspeksiyasining soʻrov xatiga asosan shaxsiy hujjatlar yigʻma jildi va muhr bilan tasdiqlangan hisobvaragʻidan nusxa ichki ishlar boʻlimi boshligʻining imzosi bilan buyurtma pochta orqali joʻnatiladi. Yuqorida koʻrsatilgan shaxsiy yigʻma jild va hisobvaraqadan nusxani olganligi haqida jazoni ijro etish inspeksiyalari darhol ularni yuborgan inspeksiyaga xabarnoma yuboradilar.
29. Ish haqi belgilanadigan yerda jazo oʻtamayotgan shaxslar amalda ishlayotgan yerdagi jazoni ijro etish inspeksiyasi hisobida turadi (agar boshqa yerdagi ishlash muddati 4 oydan oshadigan boʻlsa). Bunda mahkumning ish haqidan toʻgʻri ushlab qolinayotganligini nazorat qilish ish haqi belgilanadigan yerdagi jazoni ijro etish inspeksiyasiga topshiriladi.
30. Agarda mahkumning yashash joyi boshqa, ish joyi boshqa hududda boʻlsa, mahkum ish joyi boʻyicha jazoni ijro etish inspeksiyasida hisobga olinadi. Boshqa joylarda axloq tuzatish ishiga hukm qilinganlar esa yashash joyidagi jazoni ijro etish inspeksiyasi tomonidan hisobga olinadi. Bu shaxslar ishga joylashganlaridan soʻng esa ish joyidagi jazoni ijro etish inspeksiyasi hisobiga yuboriladi.
V. Axloq tuzatish ishi jazosini oʻtashga jalb etish
31. Ish joyida axloq tuzatish jazosini oʻtashni ushbu Yoʻriqnomaning 3-bobida koʻrsatilganidek rasmiylashtirilib, mahkumning ish joyi keyingi kundan kechiktirilmasdan aniqlanib, maʼmuriyatga hukm (ajrim) nusxasi va 7-ilovaga muvofiq xabarnoma yuboriladi. Agarda mahkumning ish joyini aniqlash davomida uning boʻshab ketganligi aniqlansa, jazoni ijro etish inspeksiyasi unga 15 kunlik muhlat berib, ishga kirishni taklif qiladi va zarur boʻlsa ishga joylashishida yordam beradi.
32. Boshqa joylarda axloq tuzatish ishiga hukm etilganlar kerakli hujjatlar rasmiylashtirilganidan soʻng, jazoni ijro etish inspeksiyasiga chaqirtirilib, avvalgi ish joyida ishlayotgan boʻlsa, u yerdan darhol boʻshattirilib, belgilangan tartibda ishga yuboriladi. Bu holatda mahkumga 8-ilovaga muvofiq xabarnoma beriladi va uning bir nusxasi mahkum ishga yuborilayotgan joydagi jazoni ijro etish inspeksiyasiga uning etib kelishini nazorat qilish uchun yuboriladi, ikkinchi nusxasi yozishmalar jildiga tikib qoʻyiladi. Agar mahkum koʻrsatmada belgilangan muddatda yuborilgan joyga etib bormasa, uch kundan kechiktirmay u yerdagi jazoni ijro etish inspeksiyasi uni yuborgan ichki ishlar boʻlimiga bu haqda xabar qilishi lozim. Shu bilan birgalikda, korxona maʼmuriyatiga hukm (ajrim) nusxasi va xabarnoma yuboriladi.
33. Mahkum mehnatga yaroqsizligi uchun jazo muddatini oʻtay olmasligi toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etsa, uni tibbiy tekshiruvga yuboriladi, agar mahkum qonunchilikda belgilangan tartibda mehnatga yaroqsiz deb topilsa, qolgan jazo muddatini oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritiladi.
VI. Axloq tuzatish ishi jazosining muddatini hisoblash
34. Ish joyida oʻtash uchun axloq tuzatish ishiga hukm qilinganlarning jazo muddati korxona maʼmuriyati jazoni ijro etish inspeksiyasidan xabarnoma olgan kunidan boshlab, ushbu jazoni boshqa joylarda oʻtashga hukm qilinganlar esa, jazo muddatini oʻtash uchun joʻnatilib, korxonada ish boshlangan kundan boshlab hisoblanadi. Sud hukmi nusxasi (ajrimi) korxonaga yuborilgan vaqtda, mahkum navbatdagi mehnat taʼtilida boʻlsa, axloq tuzatish jazosi muddatini oʻtash hisobi taʼtildan qaytib kelib, birinchi ish boshlagan kunidan hisoblanadi.
35. Axloq tuzatish ishining muddatini hisoblash kalendar hisobida olib boriladi, hisoblash amaldagi qonunchilik tomonidan jazo uchun muddatiga qoʻshilishi lozim boʻlgan kunlar soni asosida olib boriladi. Koʻrsatilgan kunlar hisobi korxona uchun belgilangan oylik ish jadvali kunlaridan kam boʻlmasligi kerak. Jazo oʻtash muddatiga qoʻshilishi kerak boʻlgan kunlar soni jadvalda belgilangan oydagi ish kunlaridan oshib ketgan taqdirda ortiqcha ishlagan kunlar hisobga olinmay, bir oy ishlagan deb hisoblanadi.
36. Agar mahkum sud tomonidan belgilangan jazo muddati davomida ish kunlari sonini kerakligicha ishlab bermagan boʻlsa va ishlamagan ish kunlari sonini axloq tuzatish ishi muddatiga qoʻshishi uchun asos boʻlmasa, axloq tuzatish ishlarini oʻtash mahkum belgilangan ish kunlari miqdorini toʻliq ishlab bergunga qadar davom etadi.
37. Axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtash muddatiga mahkumning ishlagan va uning ish haqidan ushlab qolingan vaqti (oylar, kunlar) qoʻshiladi.
38. Shuningdek, mahkumning axloq tuzatish ishi jazosini oʻtash muddatiga quyidagilar ham qoʻshiladi:
a) mahkum uzrli sabablarga koʻra ishlamagan va unga qonunga asosan ish haqi toʻlanayotgan hamda qoʻshimcha taʼtilda boʻlgan vaqti;
b) kasallik hamda kasalga qarash uchun berilgan vaqtlar;
v) hukm qilingan qishloq xoʻjalik aʼzolariga obyektiv shart-sharoitlar tufayli ish berilmagan boʻlsa va agar ularning ishlagan jami kunlari xoʻjalik boʻyicha xoʻjalik aʼzolari uchun belgilangan yillik minimumdan yoki yilning ayrim davrlariga oid minimumlardan kam boʻlmasa, shu ishlamagan davrdagi vaqt;
g) sud hukmi (ajrimi)ga asosan mahkumning shu jinoyatni sodir etganligi munosabati bilan ehtiyot chorasi sifatida dastlabki qamoqda boʻlgan vaqtining har bir kuni axloq tuzatish ishi jazosining 3 kuniga teng holda jazo oʻtalgan hisoblanadi;
d) ozodlikdan mahrum qilish jazosi sudning ajrimi (qarori) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan axloq tuzatish ishi jazosiga almashtirilgan boʻlsa, farmon yoki ajrim chiqqan kundan boshlab, uning ozod qilingunigacha boʻlgan vaqtining har bir kuni axloq tuzatish ishi jazosining 3 kuniga teng holda jazo oʻtalgan hisoblanadi.
39. Jazo muddati hisoblanmaydigan hollar:
a) boshqa jinoyat sodir etganligi sababli qamoqda saqlangan vaqti hamda maʼmuriy jazo tariqasida hibsda boʻlgan vaqti;
b) oylik ish haqi saqlanmagan taʼtilda boʻlgan vaqti;
v) vaqtincha mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi yuzasidan nafaqa toʻlanmaydigan kasallik vaqti;
g) kasalga qarash uchun berilgan vaqtdan tashqari mahkum ishlamaganligi sababli unga oylik ish haqi toʻlanmagan hamma boshqa vaqtlar.
VII. Axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtayotgan shaxslarning oylik ish haqidan ushlab qolish tartibi
40. Axloq tuzatish ishiga hukm qilinganlarning oylik ish haqidan ushlab qolish mahkumning jazo muddatini oʻtashni boshlagan kunidan amalga oshiriladi.
41. Ushlab qolish, jami ish haqidan soliq va boshqa toʻlovlarni istisno qilmagan holda, shuningdek mahkumlarga ijro hujjatlari boʻyicha daʼvolar mavjudligidan qatʼi nazar, amalga oshiriladi va har oyning ikkinchi yarmi uchun toʻlangan ish haqidan, ishdan boʻshaganda esa oyning ishlagan qismi uchun olinadi.
42. Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta tartibida olinayotgan nafaqa va yordam pullaridan, ish haqi tizimida nazarda tutilmagan toʻlovlardan va bir marta toʻlanadigan pul mukofotlaridan (foydalanilmagan taʼtil uchun beriladigan), ish jadvalidan ortiq ishlagan oylik ish haqidan, ishdan boʻshaganda qonunga muvofiq beriladigan puldan, yangidan ishga tushganda, boshqa ishga oʻtganda, safarga borganda beriladigan pullardan, ishchining shaxsiy asboblaridan foydalanganligiga va berilmagan maxsus kiyimlar va poyabzallar uchun toʻlanadigan pullardan va boshqa badal toʻlovlaridan ushlanmaydi.
43. Qishloq xoʻjalik aʼzosi boʻlgan mahkumning ish haqidan ushlab qolishda ish haqi daromadining pul va mahsulot tarzida olingan qismi ham qoʻshiladi. Bunda mahkumlardan ushlab qolingan mahsulot tarzidagi daromad qismi xoʻjalik ixtiyorida qoladi va davlat xarid qilish narxlaridagi qiymati davlat foydasiga oʻtkaziladi.
44. Harbiy oʻquv yigʻinlariga chaqirilgan mahkumlarning ish haqidan ushlab qolish ish joyida amalga oshiriladi.
45. Korxonalar ishining yil yakuni boʻyicha toʻlanadigan mukofot pullari berilayotganida, qishloq xoʻjalik yilining yakuni boʻyicha oxirgi hisob-kitob davrida berilayotgan hamma pul miqdoridan emas, faqat jazo oʻtalgan davr uchungina ushlab qolinadi.
46. Mahkumlarning ish haqidan davlat foydasiga ushlab qolinayotgan pullarni korxona maʼmuriyati har oyda oylik ish haqini bergan kuni tegishli davlat banklarining hisob-kitob raqamiga oʻtkazib boradi. Toʻlov qogʻozlari bilan birgalikda bank muassasalariga ushlab qolingan ajratmalar haqida hisob maʼlumoti yuboriladi. Hisob maʼlumotlari odatda toʻlov qogʻozlarining orqasida koʻrsatiladi.
47. Ish haqidan ushlab qolingan pul miqdorini naqd pul bilan yoki pochta orqali oʻtkazish yoʻli bilan olish qatʼiyan man qilinadi.
48. Jazoni ijro etish inspeksiyasi xodimlari hisobvaraqalari boʻyicha oyma-oy ushlangan pullarning tushganligini tekshiradi va oʻtkazib berishning toʻxtab qolganligi aniqlangan holda darhol undirish choralarini koʻradi.
49. Mahkumlarni ish haqidan toʻgʻri va oʻz vaqtida chegirib qolinishini hamda chegirib qolingan ajratmalarni davlat foydasiga oʻtkazilishini taʼminlamagan, shu bilan birga ularning ishlagan davri, oyligi va chegirib qolingan ajratmalar toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotini doimiy ravishda notoʻgʻri yoki oʻz vaqtida bermagan hollarda jazoni ijro etish inspeksiyasi tegishli aybdor mansabdor shaxslarga qonunda belgilangan javobgarlikka tortish choralarini koʻradi.
50. Mahkumlarning ishlagan kunlari va oyligidan ushlanib oʻtkazilgan pullar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bank muassasalarining joriy schyotlari koʻchirmalariga asosan ularni hisobvaraqalariga uch kun mobaynida kiritilishi kerak. Hisob maʼlumotlari va toʻlov qogʻozlari maxsus jildlarga tikiladi.
51. Sud hukmi bekor qilingan hamma holatlarda oylik ish haqidan ushlab qolingan hamma pullar mahkumga qaytarib beriladi. Hukmning oʻzgartirilishi yoki bekor qilish haqidagi sudning ajrimi (qarori) pullarning qaytarib berilishiga asos boʻlib hisoblanadi.
VIII. Axloq tuzatish ishlari turidagi jinoiy jazodan ozod qilish asoslari
52. Axloq tuzatish ishiga hukm qilingan shaxslar quyidagi asoslarda jazoni oʻtashdan ozod qilinadi va hisobdan chiqariladi:
a) sud hukmi bilan belgilangan jazo muddatini oʻtab boʻlganda;
b) amnistiya akti qoʻllanganda;
v) afv etilishi sababli;
g) sud hukmi bekor boʻlgani uchun jinoiy ish yotqizilgan taqdirda;
d) hukm boʻyicha belgilangan jazo turi oʻzgartirilganda;
e) Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat qonunining tegishli moddalari asosida muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilganda;
j) qonunda koʻrsatilgan boshqa asoslarda.
53. Jazo oʻtashdan ozod qilinganlardan tashqari quyidagi hollarda ham mahkumlar hisobdan chiqariladi:
a) yashash joyini oʻzgartirganligi sababli jazoni ijro etish inspeksiyasi xizmat qilayotgan hududdan tashqariga chiqib ketgan shaxslar;
b) vafot etganlar;
v) axloq tuzatish ishini oʻtashdan qasddan bosh tortganligi uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan shaxslar;
g) yangi jinoyat sodir etib, ozodlikdan mahrum etilganlar.
54. Hisobdan chiqarishga asos borligini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
a) jazo muddatini oʻtab boʻlganlar uchun axloq tuzatish ishi jazosiga qoʻshilgan vaqt oylik ish haqi va ushlab qolingan pul miqdorlari toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlari;
b) amnistiya haqidagi farmonlarni ijro etish yuklatilgan masʼul organlarning hujjatlari;
v) afv etilganlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining afv etish toʻgʻrisidagi Farmonini ijro etish haqida Ichki ishlar vazirligi axborot markazining yozma buyrugʻi;
g) hukmning bekor qilinishi, oʻzgarishi, muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinganlarga tegishli sud organlari ajrimlari va qarorlarining nusxalari;
d) yashash joyini oʻzgartirib, ushbu jazoni ijro etish inspeksiyasi xizmat qilayotgan hududdan tashqariga chiqib ketganligi sababli, tegishli jazoni ijro etish inspeksiyasidan hisob varaqa va shaxsiy yigʻma jildni olinganligi haqidagi tasdiqnoma.
Izoh: Mahkumning ish haqidan ushlab qolinib, oʻtkazib berish kechiktirilgani uni hisobdan chiqarishga toʻsqinlik qila olmaydi. Bunday mahkumlarni shaxsiy yigʻma jildlari va hisob varaqalari ushlab qolingan pullarni toʻla oʻtkazilmaguncha nazoratga olinadi;
e) yangi jinoyat sodir etgan mahkumlarga nisbatan, uning hukm nusxasi va hukm qonuniy kuchga kirganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
j) vafot etganlarga nisbatan, vafot etganligi haqidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qiluvchi organlarning maʼlumotnomasi.
55. Mahkumning hisobdan chiqarilgan kuni va asosi haqida uning hisobvaraqasiga, axloq tuzatish ishiga hukm qilingan shaxslarning hisobini olib boruvchi jurnalga hamda mahkumning shaxsiy yigʻma jildiga belgi kiritiladi.
56. Axloq tuzatish ishini oʻtashdan ozod qilingan shaxslarga jazo muddatini oʻtagani haqida 9-ilovaga muvofiq maʼlumotnoma beriladi.
57. Haqiqiy harbiy xizmatga chaqiriluvchilar jazo muddatini oʻtab boʻlganlaridan soʻng bu haqda tegishli tuman yoki shahar mudofaa ishlari boʻlimiga 10-ilovaga muvofiq xabarnoma joʻnatiladi.
58. Jazoni ijro etish inspeksiyasi hisobidan chiqqan shaxslarning ish joyi maʼmuriyatiga mahkumning mehnat daftarchasiga tegishli yozuv kiritish uchun 11-ilovaga muvofiq maʼlumotnoma yuboriladi. (Belgilangan jazosi boshqa turdagi jazoga oʻzgartirilganlar, yashash joyini oʻzgartirganliklari munosabati bilan shu jazoni ijro etish inspeksiyasi xizmat qilayotgan hududdan chiqib ketganlar va vafot etganlar bundan mustasno.)
IX. Axloq tuzatish ishi jazosini oʻtashdan yashirinib yurgan mahkumlarning qidiruvi
59. Jazoni ijro etish inspeksiyasi mahkumlarni qidiruvi yuzasidan quyidagi dastlabki tadbirlarni amalga oshiradilar:
a) qidirilayotgan mahkumni izlash yashash joyidan yashiringanlarni izlash, ularning tanishlaridan va qarindoshlaridan soʻrash yoʻli bilan uning taxminiy turgan joyi va yashab turgan joyidan tashqaridagi aloqalarini aniqlashdan boshlanadi;
b) qidirilayotgan mahkumni manzillar maʼlumotxonasi, mudofaa ishlari boʻlimi, qishloq va shaharcha oʻz-oʻzini boshqaruv organlari, turar joy idoralari hamda shartnoma asosida boshqa viloyatlarga ishga yuboradigan tashkilotlar orqali aniqlash choralari koʻriladi;
v) kadrlar boʻlimi orqali mahkumning qayerda ekanligini bilish maqsadida birga ishlaganlarni aniqlash va qidirilayotgan mahkumni topishga yordam beradigan boshqa maʼlumotlar olinadi;
g) daydib yurgan shaxslarni qabul qilib, taqsimlash joylarida, oʻlikxona va boshqa tibbiy muassasalarida qidirilayotgan shaxsning koʻngilsiz voqea yoki jinoyat qurboni boʻlmaganligi tekshiriladi;
d) qidirilayotgan shaxsning tanishlarini va qarindoshlarining yashash joylari qayerdaligini aniqlash maqsadida boshqa viloyat, tuman ichki ishlar boʻlimlariga soʻrov xatlari yuboriladi.
Qidirilayotgan shaxsning qayerdaligini aniqlash toʻgʻrisidagi soʻrov qogʻozini olgan ichki ishlar boʻlimi uni 10 kundan kechiktirmay bajarishi kerak;
e) jazoni ijro etish inspeksiyasi joylashgan joydagi IIV, IIB hisoblari boʻyicha hamda shahar va tuman ichki ishlar boʻlimlari hisobidan yashirinib yurgan mahkumni topish maqsadida uni sudlanganlar, saqlanayotganlar, ushlab turilganlar va qidiruvdagilar hisobini tekshirish orqali izlanadi. Birlamchi harakatlardan olingan hujjatlar (maʼlumotlar) mahkumning shaxsiy yigʻma jild ichidagi alohida jildga yigʻiladi.
60. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan tartibda axloq tuzatish ishiga almashtirilganda, mahkum oʻzi tanlagan aholi maskaniga yashash uchun kelmay qolganda, ana shu aholi maskanidagi jazoni ijro etish inspeksiyasi shaxsning qayerdaligini aniqlash maqsadida birlamchi qidiruv harakatlarini olib boradi.
61. Agarda bir oy muddat ichida qidirilayotgan shaxsni aniqlashning iloji boʻlmasa, yigʻilgan hamma hujjatlar, ushbu yoʻriqnomaning 12-ilovasiga muvofiq xulosa hamda sud hukmining nusxasi bilan mahkumning doimiy turar joyi boʻyicha, ushbu yoʻriqnomaning 60-bandida koʻrsatilganlar uchun mahkum tanlagan yashash joyidagi jinoyat qidiruv xizmatiga beriladi. Jinoyat qidiruv xizmati xulosani olishi bilan belgilangan muddatlarda qidiruv eʼlon qilib, jazoni ijro etish inspeksiyasini xabardor qilishi lozim.
X. Hisobdan chiqqan mahkumlarning shaxsiy yigʻma jildini va hisob hujjatlarini saqlash muddatlari
62. Hisobdan chiqqan mahkumlarning shaxsiy yigʻma jildi va hisob hujjatlari quyidagi muddatlar mobaynida saqlanadi:
a) shaxsiy yigʻma jildlar hisobdan chiqarilgan kundan boshlab 3 (uch) yil;
b) hisobvaraqalari 5 (besh) yil;
v) axloq tuzatish ishini oʻtayotgan shaxslarning hisob jurnallari 5 (besh) yil;
g) axloq tuzatish ishiga jalb qilingan shaxslarning harakati va sonlari haqidagi hisobotlar 5 (besh) yil;
d) axloq tuzatish ishi bilan jazolanganlarning hukmlarini ijro qilish bilan bogʻliq boʻlgan yozishma jildlari 3 (uch) yil.
IKKINChI BOʻLIM. MUAYYaN HUQUQDAN MAHRUM QILISh
I. Umumiy qoidalar
63. Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosining ijrosi qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga (ajrimiga) muvofiq amalga oshiriladi.
64. Muayyan huquqdan mahrum qilinganlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida va sud hukmida koʻzda tutilgan cheklanishlardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun qonunlarda belgilangan barcha huquqlardan foydalanadilar.
65. Muayyan huquqdan mahrum qilish asosiy hamda qoʻshimcha jazo tariqasida tayinlanadi.
66. Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi axloq tuzatish ishi, intizomiy qismga joʻnatish yoki qamoq jazosiga qoʻshimcha jazo tariqasida tayinlangan boʻlsa, asosiy jazoning butun muddatiga, bundan tashqari sud hukmi bilan tayinlangan muddatga joriy etiladi va uning muddati hukm qonuniy kuchga kirgan vaqtidan boshlab hisoblanadi.
67. Muayyan huquqdan mahrum qilish qoʻshimcha jazo tariqasida tayinlangan hollarda asosiy jazoni ijro etayotgan muassasa maʼmuriyati asosiy jazo muddatining tugashiga 20 kun qolganda, jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilganda yoki jazo yengilroq jazo bilan almashtirilganda ozod etish kuni u yashagan turar joydagi ichki ishlar boʻlimiga hukmning nusxasini yuboradi. Ozod etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomada ham qoʻshimcha jazo mavjudligini koʻrsatilishi shart.
II. Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini ijro etuvchi organlar va ularning vazifalari
68. Muayyan huquqdan mahrum qilish toʻgʻrisidagi sud hukmi ijrosini nazorat qilishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi IIV HOOBB Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni ijrosini nazorat qilish boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar IIB HOOB ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni ijrosini nazorat qilish boʻlim va boʻlinmalari zimmalariga yuklatiladi.
69. Joylarda (shahar va tumanlarda) sud hukmlarining ijrosini mahkumlarning turar joylari boʻyicha IIB HOOB jazoni ijro etish inspeksiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
70. Mahkumlarga nisbatan tezkor qidiruv ishlari Oʻzbekiston Respublikasi IIV meʼyoriy hujjatlariga asosan olib boriladi.
71. Jazoni ijro etish inspeksiyasi:
a) mahkumlarni roʻyxatga oladi;
b) sud hukmining bajarilishini taʼminlash yuzasidan 5 kun ichida mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatiga yoki muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organga hukm talablarini ijro etish toʻgʻrisida mazkur yoʻriqnomani 21-ilovasiga muvofiq xabarnoma yuboradi;
v) mahkumning hukmda koʻrsatilgan taqiqlarga rioya etishini doimo tekshirib boradi;
g) hukm ijrosining bajarilishini nazorat qilish davrida kamida har chorakda bir marotaba mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati, shuningdek muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar hamda mahkum tomonidan hukm talablari qanday bajarilayotganligi tekshirib turadi va bu haqda maʼlumotnoma tuzib, boshqa hujjatlar bilan birga shaxsiy yigʻma jildga qoʻshib boradi;
d) mahkum harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan yoxud kirgan taqdirda inspeksiya hukmning nusxasini mudofaa ishlari boʻlimiga yoki mahkum xizmatni oʻtayotgan joyga yuboradi;
e) hukm talablarining bajarilmayotganligi aniqlangan hollarda aybdorlarga nisbatan amaldagi qonunchilikka asosan tegishli choralar koʻradi.
III. Muayyan huquqdan mahrum qilish toʻgʻrisidagi sud hukmini ijroga qabul qilish va rasmiylashtirish
72. Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi (ajrimi) mahkumni hisobga olishga asos hisoblanadi.
73. Suddan, ozodlikdan mahrum qilish joylaridan kelib tushgan hukm (ajrim) nusxalari IIBda roʻyxatiga olinib, rahbariyatning yozma koʻrsatmasiga binoan jazoni ijro etish inspeksiyasi xodimiga topshiriladi.
74. Shu kunning oʻzida mahkumlarni ushbu Yoʻriqnomani 19-ilovasiga muvofiq hisobga olish jurnalida qayd qilinib, unga nisbatan 18-ilovaga muvofiq yigʻma jild ochiladi. Yigʻma jildning tartib raqami hisobga olish jurnalida qayd qilib oʻtilgan tartib raqamiga mos boʻlishi kerak.
75. Hukm chiqargan sudga mahkumning hisobga olinganligi toʻgʻrisida zudlik bilan 20-ilovaga muvofiq xabarnoma yuboriladi.
76. Ichki ishlar boʻlimining pasport boʻlimiga mahkumlarning turar joyini oʻzgartirish hollarini nazorat qilib turish uchun 15-ilovaga muvofiq qoʻriqchi varaqasi toʻlgʻazib yuboriladi.
77. Pasport boʻlimi:
a) mahkum turar joyidan roʻyxatdan oʻchmoqchi boʻlganida bu haqda jazoni ijro etish inspeksiyasiga darhol xabar qiladi hamda nazorat varaqasiga tegishli yozuv kiritadi;
b) ozodlikdan mahrum qilish joylaridan kelgan mahkumlarni roʻyxatga olish davrida ularning maʼlumotnomasida muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazo toʻgʻrisidagi belgi boʻladigan boʻlsa, bu haqda ham jazoni ijro etish inspeksiyasi xodimiga darhol xabar berishi kerak. Inspeksiya xodimi bu xabarni olishi bilan uning hukmini (ajrimini) soʻrab u jazo oʻtagan joyga soʻrov yuboradi.
78. Muayyan huquqdan mahrum qilinganlarga axloq tuzatish ishlariga jalb qilinganlarni jazodan ozod qilish va hisobdan chiqarish asoslari qoʻllaniladi.
79. Mahkumlarni hisobga olish jurnali hamda yigʻma jildi axloq tuzatish ishlariga jalb qilinganlarga belgilangan muddatlar boʻyicha saqlanadi.
IV. Korxonalar va vakolatli organlarning hukmni ijro etish borasidagi majburiyatlari
80. Mahkum ishlaydigan korxona maʼmuriyati jazolarni ijro etish inspeksiyasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida quyidagilarni amalga oshirishga majbur:
a) mahkum egallash va shugʻullanish huquqidan mahrum etilgan lavozimdan yoki mehnat faoliyati turidan uni ozod qilish;
b) jazolarni ijro etish inspeksiyasiga hukm talablarini ijro etilganligi toʻgʻrisida tegishli hujjatlarni ilova etgan holda xabar yoʻllash;
v) mahkum boshqa ishga oʻtkazilgan yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bu haqda jazolarni ijro etish inspeksiyasiga xabar qilish.
81. Muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organ jazolarni ijro etish inspeksiyasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida mahkum shugʻullanishi taqiqlangan faoliyat turi uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilib, tegishli hujjatni olib qoʻyishga va bu haqda inspeksiyaga xabar yoʻllashga majbur.
UChINChI BOʻLIM. ShARTLI HUKM QILISh
I. Umumiy qoidalar
82. Shartli hukm qilingan shaxslarning ustidan nazorat qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq amalga oshiriladi.
83. Shartli hukm qilinganlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida va sud hukmida koʻzda tutilgan cheklash va majburiyatlardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun qonunlarda belgilangan barcha huquqlardan foydalanadilar.
84. Shartli hukm qilinganda, basharti, bunga asoslar mavjud boʻlsa, sud mahkumga muayyan vaqt mobaynida yetkazilgan zararni bartaraf qilish, ishga yoki oʻqishga kirish, yashash joyi, ish yoki oʻqish joyi oʻzgarib qolsa, bu holda shartli hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organlarga xabar berib turish, vaqti-vaqti bilan kelib, bu organlardan roʻyxatdan oʻtib turish, muayyan joylarda boʻlmaslik, muayyan vaqtda yashash joyida boʻlishi, alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish kabi majburiyatlarni yuklashi mumkin.
II. Shartli hukm qilinganlar ustidan nazorat olib boruvchi organlar
85. Shartli hukm qilinganlarning xulqi ustidan nazorat olib borish ichki ishlar idoralari, harbiy xizmatchilar xulqi ustidan esa harbiy qism yoki muassasaning qoʻmondonligiga yuklatiladi.
86. Shartli hukm qilingan shaxslarning hisobini olib borish, ularning xulq-atvori ustidan nazorat olib borishni ichki ishlar idoralari HOOB jazoni ijro etish inspeksiyalari tashkil etadi.
87. Shartli hukm qilingan shaxslarni turar joylari boʻyicha xulq-atvori ustidan nazoratni profilaktika xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshiradilar.
88. Mahkumlarga nisbatan tezkor qidiruv ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining meʼyoriy hujjatlariga asosan olib boriladi.
89. Jazoni ijro etish inspeksiyasi:
a) mahkumlarning hisobini olib boradi;
b) zarur hollarda ularga ishga joylashishda yordam beradi;
v) mahkumlarning xulq-atvori ustidan nazorat olib borishni tashkil etadi;
g) sinov muddati davomida mahkumlar tomonidan sud hukmi boʻyicha yuklatilgan majburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash choralarini koʻradi;
d) sinov muddati davomida mahkumlar oʻzlariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmasalar yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun ularga maʼmuriy yoki intizomiy taʼsir choralari qoʻllanilgan boʻlsa, jazoning shartliligini bekor qilish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritadi;
e) sinov muddati davomida jazoning shartliligini bekor qilish asoslari kelib chiqmasa, sinov muddati tugashi bilan uning xulqi ustidan nazoratni toʻxtatish toʻgʻrisida IIB boshligʻiga bildirgi orqali maʼlum qiladi;
j) mahkumlarning hisobini olib borish, xulq-atvori ustidan nazorat qilish, ularga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini tahlil qiladi.
III. Shartli hukm qilish toʻgʻrisidagi sud hukmlarini ijroga qabul qilishni rasmiylashtirish
90. Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi (ajrimi) mahkumni hisobga olishga asos boʻlib hisoblanadi va mahkumlarning hisobini olib borish jurnalida qayd etiladi.
91. Suddan kelib tushgan hukm nusxasi ichki ishlar boʻlimi roʻyxatiga olinib, rahbariyat tomonidan koʻrib chiqilib, jazoni ijro etish inspeksiyasi xodimiga topshiriladi.
Shu kunning oʻzida mahkumlarni yoʻriqnomaning 13-ilovasiga muvofiq hisobga olish jurnalida qayd qilinib, unga nisbatan 14-ilovaga muvofiq nazorat yigʻma jildi ochiladi. Nazorat yigʻma jildining tartib raqami hisobga olish jurnalida qayd qilingan tartib raqamiga mos boʻlishi kerak.
92. Nazorat yigʻma jildi ochilganidan keyin yoʻriqnomaning 22 va 15-ilovasiga muvofiq maʼlumot varaqasi va qoʻriqchi varaqasi toʻldiriladi.
93. Maʼlumot varaqasi ichki ishlar boʻlimining huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni hisobga oladigan maʼlumot kartotekasiga kiritiladi.
94. Qoʻriqchi varaqa ichki ishlar boʻlimining pasport boʻlimiga mahkumning uy daftaridan oʻchib ketib qolishining oldini olishni nazorat qilish uchun topshiriladi.
95. Mahkumlarning hisobga olinganligi toʻgʻrisida sudga 2-ilovaga muvofiq, ishlash joyi yoki oʻqish joyi maʼmuriyatiga 17-ilovaga muvofiq, harbiy xizmatga majbur boʻlgan sudlanganlar toʻgʻrisida tegishli mudofaa ishlari boʻlimiga 6-ilovaga muvofiq xabarnomalar joʻnatadilar.
96. Nazorat yigʻma jildi jazoni ijro etish inspeksiyasi xodimi tomonidan olib boriladi, shu nazorat yigʻma jildida mahkumni hisobga olish uchun asos boʻlgan hujjatlar uning axloqi ustidan nazorat hamda sud orqali qoʻyilgan majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq boʻlgan materiallar mujassamlashtiriladi.
97. Hisobga olinganidan keyin mahkum ichki ishlar boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosarlarini oldiga taklif qilinib, u bilan suhbat oʻtkaziladi. Suhbat davomida mahkumga sud orqali qoʻyilgan majburiyat va bu majburiyatlar bajarilmagan taqdirda unga qanday qonuniy choralar qoʻllanilishi mumkinligi tushuntiriladi.
98. Zarur hollarda mahkumning roʻyxatdan oʻtib turish kunlari belgilanadi va mahkumga 16-ilovaga muvofiq tilxat orqali eʼlon qilinadi. Bu haqda maʼlumotnoma tuzilib, nazorat yigʻma jildga qoʻyiladi.
IV. Mahkumlar axloqi ustidan nazorat qilish
99. Jazoni ijro etish inspeksiyasi tomonidan:
a) mahkumlar bilan suhbat oʻtkazilib, jazo oʻtash shart-sharoitlari tushuntiriladi;
b) ishlash va oʻqish joylari maʼmuriyatlaridan mahkumlarga nisbatan tavsiyanomalar soʻraladi, kerak boʻlgan paytda maʼmuriyat aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkaziladi;
v) mahkumlar tomonidan jamoat tartibini buzish hollari sodir etilganligini aniqlash maqsadida har oyda ichki ishlar boʻlimining maʼlumot kartotekasi bilan tanishiladi;
g) sud tomonidan belgilangan majburiyatlarning bajarilishi (har chorakda kamida bir marotaba) tekshiriladi, ularni bajarmay yurgan shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʻriladi. Natijasi haqida maʼlumotnoma tuzilib, nazorat yigʻma jildiga qoʻshib boriladi;
d) sud tomonidan roʻyxatdan oʻtib turish majburiyati yuklatilgan mahkumlarni roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshiriladi.
V. Shartli hukmni bekor qilish hamda hukmda tayinlangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritish
100. Jazoni ijro etish inspeksiyasi mahkum tomonidan quyidagi huquqbuzarliklar sodir etilganda, sudga taqdimnoma kiritadi:
a) sinov muddati davomida jamoat tartibini yoki mehnat intizomini buzganligi uchun maʼmuriy yoki intizomiy jazo qoʻllangan boʻlsa;
b) shartli hukm qilingan muayyan muddat mobaynida ishga yoki oʻqishga kirmagan, yetkazilgan zararni bartaraf etmagan, ichki ishlar organining ruxsatisiz turar joyini oʻzgartirgan, roʻyxatdan oʻtish uchun kelmayotgan, hamda hukmda koʻrsatilgan boshqa majburiyatlarni bajarmayotgan boʻlsa;
v) shartli hukm qilingan shaxsning nazoratdan boʻyin tovlash maqsadida yashiringaniga yetarli asos boʻlsa.
101. Shartli hukmni bekor qilish toʻgʻrisidagi taqdimnomani yetkazilgan zararni bartaraf qilish uchun sud tomonidan belgilangan muddat tamom boʻlishi bilan 10 kun ichida yoki ushbu qoʻllanmaning 100-bandida koʻrsatilgan buzilish hollari sodir etilsa yuboriladi.
102. Shartli hukmni bekor qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma sud tomonidan qanoatlantirilmay qaytarilganda mahkum tomonidan ushbu qoʻllanmaning 100-bandida belgilangan buzilish hollari qayta sodir etilgan taqdirda taqdimnoma yangidan yuboriladi.
VI. Shartli hukm qilinganlarning qidiruvi
103. Mahkumlar yashash joyini tashlab ketsa jazoni ijro etish inspeksiyasi xodimlari tomonidan uning qayerdaligini aniqlash choralari koʻriladi va bu maqsadda:
a) mahkumning qarindosh va tanishlari uning qayerda boʻlishi mumkinligini aniqlash maqsadida surishtiriladi;
b) manzillar maʼlumotxonasidan va boshqa tegishli davlat organlaridan hamda uy daftaridan mahkumning turar joyidagi roʻyxatdan chiqmagani aniqlanadi;
v) oʻqish yoki ish joyidagi kadrlar boʻlimidan mahkumning qayerda boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlgan shaxslar orqali aniqlash choralari koʻriladi;
g) yashiringan shaxsni aniqlash maqsadida uning qarindoshlari turar joylarida joylashgan hududdagi ichki ishlar boʻlimiga soʻrovlar yuboriladi;
d) tibbiy muassasalarda mahkumlar toʻgʻrisida biror maʼlumot bor-yoʻqligi tekshiriladi;
e) ichki ishlar boʻlimlarida ushlangan, hibsga olinganlar, sudlanganlar, hamda qidiruvda boʻlganlar roʻyxati koʻrib chiqiladi;
m) mahkumlarni aniqlash maqsadida koʻzda tutilgan boshqa choralar ham qoʻllaniladi;
z) toʻplangan hujjatlar alohida yigʻma jildda taxlanib, nazorat yigʻma jildiga qoʻshiladi;
i) agarda bir oy muddatda qidirilayotgan shaxsni aniqlashni iloji boʻlmasa, jazoni ijro etish inspeksiyasida toʻplangan hujjatlar bilan xulosani va sud hukmining nusxasini unga nisbatan qidiruv eʼlon qilishni soʻrab mahkumning turar joyi boʻyicha ichki ishlar boʻlimi boshligʻiga topshiradi. Mahkumning nazoratdan boʻyin tovlash maqsadida yashiringani uchun yetarli asos boʻlsa, shartli hukmni bekor qilish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritiladi.
VII. Shartli hukm qilinganlarni hisobdan chiqarish asoslari
104. Quyidagi hollarda mahkum ustidan nazorat toʻxtatilib, hisobdan chiqariladi:
a) shartli hukm qilinganlarning sinov muddati tugaganidan soʻng. Sinov muddati tugagan kuni xodim bu haqda ichki ishlar boʻlimi boshligʻi nomiga bildirgi orqali maʼlum qilib, uning yozma koʻrsatmasiga asosan;
b) shartli hukm bekor qilinib, hukm boʻyicha jazo oʻtash uchun yuborilganda;
v) amnistiya toʻgʻrisidagi aktni qoʻllanilishi bilan;
g) afv etilish munosabati bilan;
d) yangi jinoyat sodir qilgani uchun hukm qilinganda;
e) mahkum vafot etganda.
105. Yuqoridagi asoslardan tashqari turar joyini oʻzgartirgan mahkumlar ham hisobdan chiqariladi. Bu holda mahkumlarni yangi turar joyi boʻyicha ichki ishlar boʻlimiga soʻrov yuboriladi. Nazorat yigʻma jildi, hamda mahkum hisobga olinganligi toʻgʻrisida nazorat yigʻma jildini yuborgan ichki ishlar boʻlimiga darhol yozma ravishda xabar qilinishi lozim.
106. Mahkumni hisobdan chiqarish vaqti hamda asosi toʻgʻrisida mahkumlarni hisobga olish jurnalida va nazorat yigʻma jildida tegishli belgi qoʻyiladi.
107. Mahkum hisobdan chiqarilgandan soʻng 3 kun ichida tegishli mudofaa ishlari boʻlimiga bu toʻgʻrida xabar qilinadi.
108. Mahkumlarni hisobga olish jurnali hamda nazorat yigʻma jildi axloq tuzatish ishlariga hukm qilinganlarga belgilangan muddatlar boʻyicha saqlanadi.
TOʻRTINChI BOʻLIM. JAZONI IJRO ETISh INSPEKSIYALARI FAOLIYATIGA RAHBARLIK QILISh BOʻYIChA TUMAN VA ShAHAR IChKI IShLAR BOShQARMALARI VA BOʻLIMLARI BOShLIQLARINING ASOSIY VAZIFALARI
109. Tuman va shahar ichki ishlar boshqarmalari va boʻlimlari boshliqlari:
a) jazoni ijro etish inspeksiyasining joriy va istiqbol ish rejalarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi, uning ijrosini nazorat qiladi, har chorakda bir marta shahar va tuman IIBning xizmat yigʻilishlarida qilingan ishlar va uning natijalari haqida ushbu xizmat xodimlari axborotini eshitadi;
b) axloq tuzatish ishlarini boshqa joylarda oʻtashga hukm qilinganlarni mehnatga jalb qilish toʻgʻrisida berilgan koʻrsatmalarni oʻz vaqtida va aniq bajarilishini taʼminlaydi;
v) axloq tuzatish ishlariga hukm qilinganlarni oylik maoshlaridan davlat foydasiga undiriladigan ajratmalarni korxonalar maʼmuriyati tomonidan oʻz vaqtida undirilishi va davlat foydasiga oʻtkazilishi masalalarida muammolar paydo boʻlganda, inspeksiya xodimlariga amaliy yordam beradi;
g) shartli hukm qilingan hamda muayyan huquqdan mahrum etilganlarni sud tomonidan belgilangan majburiyatlarni bajarishlari ustidan nazoratni tashkil etadi;
d) jazoni ijro etish inspeksiyasi xodimlari kasalligi sababli yoki taʼtilda boʻlib, ishda boʻlmagan paytlarida oʻz vaqtida ularni almashtirish choralarini koʻradi.
110. Shahar va tuman IIB boshliqlari jazolarni ijro etish inspeksiyasi xodimlarining talablariga diqqat bilan eʼtibor berishlari, ishlash uchun kerakli shart-sharoit yaratib berishlari lozim.
YAKUNLOVChI QOIDALAR
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi U.Q. MINGBOYEV
( Familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili )
______ yil “___” ___________da JKning __________ moddasi bilan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan _________________
( axloq tuzatish ishlarining turi)
__________________________ Avval sudlangan _____________
( muddati )
_______ yil “___” ________________da hisobga qoʻyildi.
_______ yil “___” ________________dahisobdan chiqarildi.
Hisobdan chiqarishning asosi __________________________
Yigʻma jilddagi varaqlar soni _________________________
(harf bilan yozing )
Izoh : Shaxsiy yigʻma jildga hukmlarning (ajrimlarning) nusxalari hamda jazo oʻtayotgan shaxsga tegishli boʻlgan barcha hujjatlar, shu jumladan sudlarga yuborilgan xabarnomalar, IIBlari rahbarlari nomiga yozilgan bildirgilar, yoʻllanma va boshqa hujjatlar tikiladi.
fuqoro ______________________________________ yashaydi.
( familiyasi, ismi, sharifi )
U ______ yil “___” ____________Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining ________ moddasiga asosan ________ muddatga axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan va jazoni _________________ “___” __________ ______ yildan oʻtamokda.
Ilgari ___________________________________ sudlangan.
Axloq tuzatish ishlari, muayyan huquqdan mahrum qilish va shartli hukm qoʻllash toʻgʻrisidagi sud hukmlarini ijro etish tartibiga oid “Yoʻriqnoma”ga asosan fuqoro __________________________ni yashash joyida tegishli profilaktik tadbirlar olib borib, u tomondan jinoyat sodir etilishini va jamoat tartibining buzilishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar olib borilishi haqida va unga nisbatan koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida oʻz vaqtida jazoni ijro etish inspeksiyasiga axborot berib turish toʻgʻrisida koʻrsatma berishingizni soʻrayman.
____________________Boshligʻi (katta inspektor va inspektor)
Fuqaro _____________________________________________
( familiyasi , ismi , sharifi )
___________________________________________ da yashovchi
( manzili )
___________________________________________da ishlovchi
( korxona, tashkilot, muassasaning nomi )
_____ yil “____”_________da _____________sudi tomonidan
( shahar, tumanning nomi )
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining_____________ moddasi bilan _____________ muddatga axloq tuzatish ishlariga hukm qilinib, uning oylik ish maoshidan davlat foydasiga ______________% chegirib qolish belgilandi.
Hukmning ( ajrimning ) nusxasi ilova qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat, ijroiya kodeksining 28-moddasiga binoan Siz sud hukmining ( ajrimning ) nusxasini ijro etishga qaratib, mahkumning ish haqidan toʻgʻri va oʻz vaqtida chegirib qolinishini va chegirib qolingan summa davlat foydasiga oʻtkazilishini taʼminlashingizni, mahkumga nisbatan qoʻllanilgan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari haqida, uning jazo oʻtashdan boʻyin tovlayotgani, boshqa ishga oʻtkazilganligi yoki u bilan tuzilgan shartnomasi bekor qilinganligi haqida jazolarni ijro etish inpeksiyasini darhol xabardor etishinigiz lozim.
Mahkumning oylik ish maoshidan chegirib qolishni hukm ( ajrim ) nusxasini olgan kuningizdan boshlashingiz shart. Ish haqidan chegirib qolingan pul miqdori № ___________ hisob raqamiga oʻtkazilishi lozim.
Pul oʻtkazish topshiriq varaqasi bilan birgalikda Davlat bank muassasasiga ilovada koʻrsatilgan formada hisob-kitob maʼlumotnomasi joʻnatiladi. (pul oʻtkazish topshiriq varaqasining orqasiga yozilsa, maqsadga muvofiq boʻladi )
Ilova : _______________ varaqda.
_________________________________________IIB boshligʻi
( shahar, tuman )
Xizmat telefoni ____________________________________
Siz yuborgan xabarnoma _____ yil “_____” ________________da bizga kelib tushdi. Shu kundan boshlab mahkumning oylik ish haqidan chegirib qo?inadi.
Tashkilot ( korxona, muassasa ) rahbari
_________________________________________
( F.I.Sh. )( imzo )
Bosh ( katta ) hisobchi
________________________________________
( F.I.Sh. )( imzo )
______ yil “___” _______________
(№7 Ilovaning orqa tarafi)
Mahkumning ish haqidan chegirib qolish tartibi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat, ijroiya kodeksining 31moddasi)
Hukmda nazarda tutilgan chegirma mahkumning asosiy ish joyidagi ish haqining barcha turidan, har bir ishlangan oy uchun maosh toʻlash chogʻida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
8-ILOVA
XABARNOMA
Kimga ______________________________________________
___________________________________ jazo oʻtash uchun yuborildi.
Hukm (ajrim) nusxasi ilova qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroya kodeksining 28 moddasiga binoan Siz sud hukmining (ajrimining) nusxasini ijro etishga qaratib, mahkumning ish haqidan, oʻz vaqtida chegirib qolinishiga va chegirib qolingan summa davlat foydasiga oʻtkazilishini taʼminlash hamda mahkumga nisbatan qoʻllanilgan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari haqida, uning jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgani toʻgʻrisida jazoni ijro etish inspeksiyasini xabardor etishingiz lozim.
Ish haqidan chegirib qolingan pul miqdori ________________________________________________________
(bank hisob raqami)
oʻtkazilishi lozim. Pul oʻtkazish topshiriq varaqasini orqasida ilova qilinayotgan formada hisob-kitob maʼlumotnomasi koʻrsatilishi maqsadga muvofiq boʻladi.
Ilova: ___ varaqda
_________________________________ IIB HOOB boshligʻi
shu haqdakim, u _____ yil “___” __________da_________sudi
( qaysi sud )
tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining _____moddasi bilan ___________ muddatga axloq tuzatish ishlariga hukm qilinib, jazoni ______yil “ ___ “ ______________dan ______ yilning “____”_______gacha oʻtadi va _______________________ jazo
( sababini va asosini koʻrsating )
oʻtashdan ozod etildi.
U tomondan oʻtalgan jazoning muddati
_________ yil _________ oy _________ kunni tashkil etadi.
____________________________________ IIB HOOB boshligʻi
( shahar, tuman )
____________________________
( imzo )
_______ yil “_____” ___________________
10-ILOVA
____________________________
( shahar, tuman )
mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻiga.
Manzil: _____________________________________
Harbiy hisobda turuvchi _______ yilda tugʻilgan.
____________________________________________da yashaydigan
( manzil )
_______________________ muddatga shartli, axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan
tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining_________ moddasi bilan ________________ muddatga
( yil, oy )
axloq tuzatish ishlariga hukm qilinib, davlat foydasiga ________% chegirish belgilangan.
Fuqaro ______________________ _____________________
( F.I.Sh. )( shahar, tuman )
IIBga kelishi hamda sud tomonidan belgilangan jazoni oʻtashi shartligi haqida ogohlantirilishiga qaramasdan kelishdan va jazo oʻtashdan boʻyin tovlab yuribdi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, hamda amalga oshirilgan birlamchi tadbirlar natijasida fuqaro _____________________ning qayerdaligi aniqlanmaganligi sababli IIVning _____ yil _______ sonli buyruq bilan eʼlon qilingan “Axloq tuzatish ishlari, muayyan huquqdan mahrum qilish va shartli hukm qoʻllash toʻgʻrisida”gi sud hukmlarini ijro etish tartibiga oid “Yoʻriqnoma”ning _________ bandiga asosan :
LOZIM TOPDIM:
Fuqaro ___________________________________________________ni
( familiyasi, ismi, sharifi )
axloq tuzatish ishlari jazosidan boʻyin tovlab yashirinib yurganligi toʻgʻrisidagi birlamchi tekshiruv hujjatlarni unga nisbatan qidiruv eʼlon qilish uchun jinoyat qidiruv xizmatiga topshirishni.
Izoh : Hulosa 2ta nusxada toʻldiriladi: birinchi nusxasi jinoyat qidiruv xizmatiga topshiriladi. Ikkinchisi mahkumning yigʻma jildiga tikiladi va unga quyidagilar yoziladi: Qidiruv yigʻma jild № _________ “___” ___________ _________da yurgizilgan. Qidiruv “____” _____________________________________________da toʻxtatilgan.
________________________________________sudi tomonidan
_____ yil “____”____________kuni Oʻz.R. JK _______________
moddasi bilan _______________ muddatga shartli hukm qilingan.
_____________________ muddatga __________________________
( muayyan huquqdan mahrum qilingan )
Doimiy yashash joyidan roʻyxatdan chiqishga harakat qilgan taqdirda darhol jazoni ijro etish inspeksiyasiga oʻr.______________________________________________________ga
( unvoni, F.I.Sh.)
xabar qilinsin.
__________________________________ boshligʻi
( Shahar-tuman IIB HOOB )
__________________________________________
( unvoni, F.I.Sh., imzo )
16-ILOVA
TILXAT
(Shartli hukm qilinganlarni majburiyatlarini tanishtirish toʻgʻrisida )
_______________________________________IIBda men bilan
( shahar, tuman )
suhbat oʻtkazilib, menga sud tomonidan qoʻyilgan majburiyatlar, jazoni oʻtash shart-sharoitlari tushuntirildi. Menga har oyning ______________ kunlari IIB Jazoni ijro etish inspeksiyasida roʻyxatdan oʻtib turish belgilandi (zarur hollarda belgilanadi )
Sud tomonidan qoʻyilgan majburiyatlarni, jazo oʻtash tartiblarini men tomonimdan buzilganda shartli hukmni bekor qilish masalasi koʻrilishi toʻgʻrisida ogohlantirildim.
Quyidagi hollarda bu masala koʻtarilish mumkinligi tushuntirildi:
Sinov muddati daʼvomida jamoat tartibini yoki mehnat intizomini buzgan taqdirimda;
Jazoni ijro etish inspeksiyasining topshirihiga koʻra muayyan muddatga ishga yoki oʻqishga kirmagan, hukmda koʻrsatib oʻtilgan, yetkazilgan zararni bartaraf etmagan, ichki ishlar organlarining ruxsatisiz turar joyimni oʻzgartirgan, roʻyxatdan oʻtib turish uchun kelmagan, hamda qonunda koʻzda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarmagan taqdirimda.
bilan tarbiyaviy ishlar olib borishni va sinov muddati davomida mehnat intizomini, jamoat tartibini buzgan taqdirda, ishdan boʻshatilganda yoki boʻshab ketganda darhol bizga xabar berishingizni soʻraymiz.
______________________________________ boshligʻi
( Shahar-tuman IIB HOOB )
______________________________________________
( unvoni, F.I.Sh. )
______________ ______ yil “____” ______________________
_____ yil “___” ______________da ____________________
( shahar, tuman )
sudi tomonidan Oʻz.R. JKning ________________________
moddasi bilan_____muddatga____________________ qilingan.
( qanday huquqdan mahrum qilingan )
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 23-moddasiga binoan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida Siz mahkum egallash va shugʻullanish huquqidan mahrum etilgan lavozimdan yoki mehnat faoliyati turidan uni ozod qilishingiz, jazolarni ijro etish inspeksiyasiga hukm talablari ijro etilganligi toʻgʻrisida, tegishli hujjatlarni ilova etgan holda, xabar yoʻllashingiz, mahkum boshqa ishga oʻtkazilgan yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnoma bekor qilingan taqdirda, bu haqda jazolarni ijro etish inspeksiyasiga xabar hilishingiz lozim.
Jinoyati-ijroiya kodeksining 24-moddasiga binoan Siz xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida mahkum shugʻullanishi taqiqlangan faoliyat turi uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilib, tegishli hujjatlarni olib qoʻyishga va bu haqda inspeksiyaga xabar yoʻllashga majbursiz.
____________________ Boshligʻi (katta inspektor va inspektor)