|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 24.10.2003
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QURILISh QIYMATINI 1991 YIL NARXLARI DARAJASIDAGI YaNGI SMETA NORMATIVLARI NEGIZIDA “RESURS USULI” ASOSIDA ANIQLAShGA O‘TISh TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-oktabrdagi 463-sonli “Kapital qurilishda narxlarni shakllantirishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish va yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Qurilish qiymatini shakllantiruvchi qurilish materiallari va konstruksiyalari, energiya manbalari va boshqa xarajatlarning erkin narxlari sharoitida qurilish qiymatining aniq qiymatini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan Qurilish qiymatini kompyuter texnikasidan foydalangan holda “resurs usuli” asosida aniqlashga o‘tish tadbirlari dasturi tasdiqlansin (ilova* qilinadi).
* Ilova berilmaydi
Belgilansinki, 1997-yil 1-oktabrdan keyin ishlab chiqiladigan smeta hujjatlari “resurs usuli” asosida tuzilishi kerak.
2. Vazirliklar va idoralar, mulkchilikning barcha shakllaridagi buyurtmachilar, loyihalash va pudratchi tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qurilishning smeta qiymatini yangi “resurs usuli”ni qo‘llangan holda aniqlashga o‘tish uchun o‘zlariga qarashli tashkilotlarni normativ adabiyotlar, dasturiy vositalar va kompyuter texnikasi bilan ta’minlash bo‘yicha 1997-yilning 1 yarim yilligida tadbirlar ishlab chiqsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tashkilotlarga zarur uslubiy yordam ko‘rsatsin, mazkur Dasturning amalga oshirilishini ta’minlasin va qurilish qiymatini aniqlashning yangi usuliga o‘tish tartibi to‘g‘risida tushuntirishlar tayyorlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 17-iyun,
306-son