1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2021-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don hosilini o‘z vaqtida va sifatli o‘rib-yig‘ib olishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublikada koronavirus pandemiyasi davrida ichki bozorda don va un mahsulotlari barqaror mavjud bo‘lishini ta’minlash, aholiga arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish hamda 2021-yil boshoqli don ekinlari hosilini qisqa muddatlarda nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olishni maqbul muddatda sifatli tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etishni muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi (keyingi o‘rinlarda — Respublika kengashi):
jahon bozori konyunkturasi va mintaqaviy birjalarda kutilayotgan don narxlari hamda xo‘jaliklarning don yetishtirish xarajatlari tahlilidan kelib chiqib don va un mahsulotlari narxi keskin oshib ketishining oldini olish choralarini ko‘rsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (Quvasoy shahar) hokimliklarining takliflaridan kelib chiqib ichki bozorda don va non narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2021-yil hosilidan davlat resurslariga tovar va urug‘lik don xarid qilish hajmini 1-ilovaga muvofiq amalga oshirsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Transport vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallari, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi hamda don korxonalari rahbarlari g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumida g‘alla o‘rish kombaynlaridan, don tashish uchun jalb etiladigan barcha turdagi transport vositalaridan samarali foydalanishni, shuningdek, don qabul qilinadigan shoxobchalar, xirmon maydonlari, don tozalash mashinalarining uzluksiz ishlashini va boshqa moddiy-texnika resurslaridan unumli foydalanishni tashkil etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va uning joylardagi don korxonalari, g‘allachilik klasterlari rahbarlari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi 2022-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari urug‘ligining o‘z vaqtida va sifatli jamg‘arilishini ta’minlasin. Bunda urug‘lik don sifatining kafolatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida urug‘lik g‘allani o‘rish uchun alohida o‘rim-yig‘im otryadlarini shakllantirsin hamda urug‘lik donning alohida saqlanishini tashkil etsin.
4. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi elevator va don qabul qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalardagi mavjud don “nol”ga tozalanishi va xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlasin hamda tovar don (bug‘doy)ni xatlovdan o‘tkazish natijalari haqida 2021-yil 15-iyunga qadar Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot bersin.
5. 2021-yil hosili uchun ekilgan g‘allani o‘z vaqtida va sifatli o‘rib-yig‘ib olishga ko‘maklashuvchi respublika ishchi guruhining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika ishchi guruhi (G‘aniyev) quyidagi vazifalarning bajarilishiga ko‘maklashsin:
2021-yil g‘alla hosilini qisqa muddatda nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olishni tashkil etish;
yanchilgan donni tashish va qabul qilish uchun yetarli miqdorda yoqilg‘i moylash materiallari zaxirasini yaratish;
ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun boshoqli don xarid qilish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishi va qabul qilingan don uchun o‘z vaqtida hisob-kitoblar amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish;
xo‘jaliklar ixtiyorida qoladigan qo‘shimcha g‘allani tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, don qabul qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalarda va g‘allachilik klasterlariga ichki bozorda shakllangan narxlarda sotishni tashkil etish va sotilgan g‘alla uchun o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishi yuzasidan monitoring yuritish;
boshoqli don ekinlari pishib yetilishidan kelib chiqib, zarurat bo‘lgan hollarda, g‘alla o‘rim-yig‘imida qatnashadigan yuqori unumli g‘alla o‘rish kombaynlari respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga o‘tkazilishini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda:
g‘alla yetishtirish va ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun boshoqli don xarid qilish hajmlari to‘g‘risida taqdim etilayotgan statistik hisobotlarning ishonchliligi bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatsin;
tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha don qabul qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalardagi va g‘allachilik klasterlari bilan birgalikda haqiqatda qabul qilingan don bo‘yicha statistik hisobot ma’lumotlari belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritib borilishini va hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish holatlari aniqlangan taqdirda, aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlik choralari ko‘rilishini ta’minlasin.
7. “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati 2021-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlari o‘rim-yig‘imida qatnashadigan yuqori unumli g‘alla o‘rish kombaynlarining ikki smenada to‘xtovsiz ishlashini ta’minlash uchun zarur chora-tadbirlarni belgilasin.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda 2021-yil 20-mayga qadar 2021-yil g‘alla o‘rimi mavsumida qatnashadigan mavjud g‘alla o‘rish kombaynlari mulk egalari tomonidan to‘liq ta’mirdan chiqarilib mavsumda to‘xtovsiz ishlashi uchun ehtiyot qismlar zaxirasi yaratilishini hamda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining maxsus sertifikatlari asosida qabul qilinishini ta’minlasin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda yo‘llarda g‘alla o‘rim-yig‘imida qatnashadigan texnikalarning harakatlanishi xavfsizligini ta’minlash, yetishtirilgan hosilning talon-taroj qilinishiga va nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda yong‘inlar kelib chiqishining oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda yoqilg‘i-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda hosilni yig‘ishtirib olish, tashish va tayyorlash bilan band bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonalari, mashina-traktor parklari va boshqa tashkilotlarga oldindan to‘lovlar asosida belgilangan tartibda yetkazib berilishini tashkil etsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 17-may,
304-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-maydagi 304-son qaroriga 1-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021-yil hosilidan davlat resurslariga tovar va urug‘lik don xarid qilish
HAJMI
tonna
T/r
Hududlar nomi
Jami
Shundan
tovar don
urug‘lik don
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
90 100
76 850
13 250
2.
Andijon
197 428
178 378
19 050
3.
Buxoro
135 572
120 472
15 100
4.
Jizzax
209 268
177 043
32 225
5.
Qashqadaryo
313 428
270 228
43 200
6.
Navoiy
85 035
75 135
9 900
7.
Namangan
175 978
159 038
16 940
8.
Samarqand
235 400
206 000
29 400
9.
Surxondaryo
203 220
180 020
23 200
10.
Sirdaryo
190 228
168 978
21 250
11.
Toshkent
266 040
238 530
27 510
12.
Farg‘ona
258 528
233 428
25 100
13.
Xorazm
74 200
65 900
8 300
JAMI:
2 434 425
2 150 000
284 425
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-maydagi 304-son qaroriga 2-ILOVA
2021-yil hosili uchun ekilgan g‘allani o‘z vaqtida va sifatli o‘rib-yig‘ib olishni tashkil etish bo‘yicha respublika ishchi guruhi
TARKIBI
Sh.M. G‘aniyev
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Ishchi guruh rahbari
J.A. Xodjayev
—
qishloq xo‘jaligi vaziri, Ishchi guruh rahbari o‘rinbosari
S.S. Nishanbayev
—
ichki ishlar vazirining o‘rinbosari
Sh.J. Teshayev
—
qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari
O.R. Isakov
—
moliya vazirining o‘rinbosari
I.I. Norqulov
—
iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari
A.X. Qo‘ldoshev
—
favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari
B.R. Normatov
—
energetika vazirining o‘rinbosari
R.D. Usmanov
—
transport vazirining o‘rinbosari
A.D. Vaxabov
—
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i
D.I. Xolmurodov
—
Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari
D.N. Sattorov
—
“O‘zstandart” agentligi bosh direktori
F.J. Po‘latov
—
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi
R.M. Xayitov
—
“O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi
A.A. Isroilov
—
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi direktori
R.U. Mamatqulov
—
AT “Agrobank” boshqaruvi raisi
B.X. Mamenov
—
Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari
J.A. Karimov
—
Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
F.A. Abdurahmonov
—
“O‘zKeysservis” QK bosh direktori
S.N. Adilov
—
“O‘zKlaasservis” MChJ direktori
M.M. Irgashxodjayev
—
“Integral agro markaz” MChJ direktori
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2021-y., 09/21/304/0458-son)