Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 18.03.1996
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT HOKIMIYATI VA DAVLAT BOShQARUVI ORGANLARI, SUD ORGANLARI HAMDA NOTARIAL IDORALAR XODIMLARINING LAVOZIM MAOShLARiNI BELGILASh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-martdagi 103-sonli “Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar faoliyatining samaradorligini oshirish va respublika iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish sharoitida ularni yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish hamda mehnatga haq to‘lash darajasini tabaqali baravarlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1993-yil 1-yanvaridan boshlab davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi organlari, sud organlari, notarial idoralar apparatining rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, xodimlari va mutaxassislarining, shuningdek, respublika mahalla qo‘mitalari raislari va mas’ul kotiblarining lavozim maoshlari 1–25-ilovalarga* muvofiq belgilansin.
* 1—25-ilovalar berilmaydi.
Bunda yangi lavozim maoshlarini joriy etish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarning 25 foizi boshqaruv organlarini saqlash xarajatlarini qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazirliklar va idoralar xodimlari lavozim maoshlarining yangi sxemasiga muvofiq ish haqiga mablag‘ ajratish manbalarini qidirib topsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bir oy muddat ichida mehnatga haq to‘lash bo‘yicha amaldagi me’yoriy aktlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirish haqida taklif kiritsin.
4. Davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlari 26-ilovaga (ilova keltirilmaydi) muvofiq tasdiqlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-avgustdagi 367-son qarori 7-bandining ikkinchi xatboshi, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 10-fevraldagi 57-son qarori 5-bandining beshinchi xatboshi va Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 15-fevraldagi 65-son qarorining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 26-dekabr,
589-son