Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ichki ishlar organlari uchun mutaxassislar tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, xodimlarning malakasiga qarab xizmat boʻyicha oʻsishini taʼminlash, shuningdek, kuch va vositalarni samarali boshqarishda rahbar kadrlarning intellektual va professional salohiyatini yanada oshirish maqsadida:
1. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab, Ichki ishlar vazirligining Akademiyasida (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) kadrlarni tayyorlash jarayoniga bakalavriat va magistraturani oʻz ichiga oluvchi ikki bosqichli oliy taʼlim tizimi joriy etilsin.
Belgilansinki:
Akademiyadagi taʼlim tizimi kadrlarni maqsadli kasbiy tayyorlashga qaratiladi hamda birinchi kursdan boshlab mutaxassislik va yuridik fanlarni oʻqitish, jangovar va jismoniy jihatdan tayyorlash chuqurlashtirilgan holda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Akademiyaning bakalavriat dasturi boʻyicha oʻqitish kunduzgi va masofaviy taʼlim shakllarida tashkil etiladi, shuningdek, ularga oʻqishga qabul qilish ichki ishlar vazirining oʻrinbosari raisligida tashkil etiladigan maxsus kasbiy tanlov va ochiqlik mezonlari asosida yakka tartibdagi suhbat orqali amalga oshiriladi;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Akademiyaning magistratura dasturi boʻyicha oʻqitish ichki ishlar organlari uchun rahbar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga qaratiladi hamda ikkinchi darajadagi “tashkiliy-taktik boshqaruv”, birinchi darajadagi “tashkiliy-strategik boshqaruv” va “ilmiy-pedagogik faoliyat” mutaxassisliklarida tashkil etiladi;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-282-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 07/23/282/0631-son)
Oldingi tahrirga qarang.
magistratura dasturining har bir yoʻnalishi boʻyicha oʻqish muddati bir yilni (“ilmiy-pedagogik faoliyat” mutaxassisligi uchun — ikki yilni) tashkil etib, oʻqishga kirgan xodimlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etiladi va magistraturaning tinglovchilar safiga qabul qilinib, ularga oxirgi egallab turgan lavozimi uchun belgilangan pul taʼminoti saqlanadi va muvaffaqiyatli bitirganda oliy taʼlimning ikkinchi bosqichini tamomlaganligini tasdiqlovchi diplom beriladi;
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2025-y., 07/25/17/0073-son)
ichki ishlar vazirining oʻrinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlariga bir oyda kamida bir marotaba Akademiya magistraturasida auditoriya oʻquv mashgʻulotlarini bevosita oʻtkazish vazifasi yuklanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
birinchi darajali magistraturaning taʼlim oluvchilari Ichki ishlar vazirligi departament boshliqlari, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining bevosita murabbiyligida majburiy tartibda amaliyot (stajirovka) oʻtaydi, shuningdek, magistratura tinglovchilari xorijiy huquq-tartibot idoralari taʼlim muassasalarining malaka oshirish kurslariga yuboriladi;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-282-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 07/23/282/0631-son)
Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarining muqaddam faoliyat koʻrsatgan magistraturasi, oliy akademik kurslari va rahbar kadrlarni tayyorlash fakulteti (oliy kurslari)ni tamomlaganlik xizmatni oʻtash masalalarida mazkur qaror bilan joriy etilayotgan ikkinchi darajadagi magistraturaga tenglashtiriladi.
Akademiya boshligʻi R.A. Xatamov zimmasiga:
ikki bosqichli oliy taʼlim tizimini sifatli joriy etish, oʻquv jarayonini eng zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish, professor-oʻqituvchilar tarkibining ilmiy-pedagogik salohiyatini, shu jumladan ularni xorijiy taʼlim muassasalarida oʻqitish orqali oshirish;
magistraturaga qabul jarayonini oʻrnatilgan mezonlarga javob beradigan va oʻqish istagini bildirgan ichki ishlar organlari xodimlari orasidan, ularning toʻgʻridan-toʻgʻri murojaatiga asosan nomzodlarni ochiq va xolisona tanlab olish orqali tashkil etish boʻyicha shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) ikki oy muddatda Akademiya magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi va tanlov mezonlarini tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2022-y., 07/22/190/0268-son)
3. Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutiga yuridik shaxs maqomi berilsin va quyidagilar uning faoliyati asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining barcha yoʻnalishlari boʻyicha serjantlar tarkibi xodimlarini jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatini tashkil etish sohasida maxsus kasbiy tayyorlash;
ichki ishlar organlarining safdor va ofitserlar tarkibidagi lavozimlariga birinchi marta tayinlangan xodimlarni boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik boʻyicha oʻquv dasturlari asosida oʻqitish;
ichki ishlar organlarining barcha toifadagi xodimlarini innovatsion axborot va pedagogik texnologiyalarni qoʻllagan holda, shu jumladan turdosh yoʻnalishdagi respublika oliy taʼlim muassasalari bazasida qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
Ichki ishlar organlari xodimlarini boshlangʻich tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari tugatilib, ularning shtat birliklari va moddiy-texnika bazasi Malaka oshirish institutiga oʻtkazilsin.
Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov:
Malaka oshirish institutini tugatilayotgan oʻquv markazining Toshkent shahar Bektemir tumanidagi manzili boʻyicha joylashtirishni, uning bino va inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishni, maqsadli situatsion-immitatsion poligonlarni yaratishni tashkil etsin;
ichki ishlar organlari xodimlarining xizmatdan ajralmagan holda bevosita joylarda malakasini oshirishni taʼminlash maqsadida masofaviy va mobil sayyor kurslarni oʻtkazish amaliyotini joriy etsin.
4. Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti tarkibiga Akademiyaning kasbiy tayyorgarlik fakultetini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetida (keyingi oʻrinlarda — kasbiy tayyorgarlik fakulteti) besh oylik dastur boʻyicha ichki ishlar organlarining serjant tarkibidagi lavozimlariga nomzodlarni maxsus kasbiy tayyorlash amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan 400 nafargacha boʻlgan kvotalar doirasida tanlov asosida amalga oshiriladi hamda taʼlim oluvchilarga oʻrnatilgan tartibda stipendiya toʻlanadi va moddiy taʼminot belgilanadi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
kasbiy tayyorgarlik fakultetini tamomlagan xodimlarga “kichik serjant” maxsus unvoni hamda belgilangan namunadagi diplom beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakulteti va Ichki ishlar vazirligi Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazi tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik kurslari tashkil etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Akademiya boshligʻi R.A. Xatamov kasbiy tayyorgarlik fakultetining moddiy-texnik va oʻquv-metodik bazasi Malaka oshirish institutiga toʻliq oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetidagi taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) roʻyxatlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
6. Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibiga quyidagilarni nazarda tutuvchi uzluksiz oʻquv-karyera jarayoni tizimi 2021-yil 1-sentabrdan eʼtiboran joriy etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlari rahbar tarkibining tegishli lavozimlariga tayinlanish uchun Akademiya magistraturasining “Tashkiliy-taktik boshqaruv” va “Tashkiliy-strategik boshqaruv” mutaxassisliklarida oʻqish shartligi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-282-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 07/23/282/0631-son)
xodimlarga maxsus unvonlar berilishining hamda safdor va serjantlar tarkibidagi xodimlar ofitserlik lavozimlariga tayinlanishining asosiy talablaridan biri sifatida ularning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtishi zarurligi.
Belgilansinki:
ichki ishlar organlarining uzluksiz oʻquv-karyera jarayoni tizimi 3-ilovaga muvofiq tartib boʻyicha amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
rahbar tarkibidagi tegishli lavozimlarga tayinlash uchun Akademiyaning ikkinchi darajali magistratura diplomiga ega boʻlishga oid talab 2022-yil 1-sentabrdan, birinchi darajali magistratura diplomiga ega boʻlishga oid talab esa 2026-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-282-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 07/23/282/0631-son)
Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov xizmat oʻtash tizimiga joriy etilayotgan talablarga soʻzsiz rioya etilishi, shuningdek, barcha darajadagi rahbarlar malakasining doimiy oshirib borilishini taʼminlash boʻyicha shaxsan masʼul etib belgilansin.
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining (keyingi oʻrinlarda — idoraviy akademik litseylar) huquqshunoslik fani boʻyicha idoraviy fan olimpiadasi gʻolibi boʻlgan bitiruvchilarining Akademiyaga oʻqishga qabul qilinishi uchun faqat maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtishlari yetarli hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan va bitiruvchi sertifikatini olgan Akademiyaning “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga kirayotgan nomzodlarga matematika, informatika va axborot texnologiyalari fanlari boʻyicha toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 30 foizi miqdorda qoʻshimcha ball beriladi. Eng yuqori ball toʻplagan 5 nafar nomzod mazkur yoʻnalishning 2-bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilinadi;
“Bir million dasturchi” loyihasi bitiruvchilariga Akademiyaning “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga kirish uchun imtiyozlar beradigan sertifikatlar turi va darajalari ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
2021-yil 1-sentabrdan boshlab ichki ishlar organlarining serjant tarkibidagi lavozimlarida xizmatni oʻtash uchun faqat oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar qabul qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
2021-yil 1-sentabrdan boshlab ichki ishlar organlarining safdor tarkibidagi lavozimlariga nomzodlar faqat idoraviy akademik litseylar, harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek, oliy maʼlumotga ega shaxslar orasidan qabul qilinadi;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y., 07/25/01/0059-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
Akademiyaning masofaviy taʼlim shakliga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati tomonidan har yili belgilanadigan qoʻshimcha kvota boʻyicha boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Qurolli Kuchlarda kamida uch yillik harbiy xizmat (xizmat) stajiga ega boʻlgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinishi mumkin.
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
8. Akademiya kursantlarining oʻqishda, maʼnaviy-maʼrifiy va sport-madaniy sohalarda yuqori natijalarga erishishga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish maqsadida Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qonunchilikda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining ikki baravari miqdorida Jaloliddin Manguberdi nomidagi idoraviy stipendiya taʼsis etilsin.
Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov ikki oy muddatda:
idoraviy stipendiya toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin va uning har oʻquv yili yakuniga koʻra 1-sentabr kuni berilishini taʼminlasin;
idoraviy akademik litseylar va Ichki ishlar vazirligi Ixtisoslashtirilgan maktab-internatining oʻqishda yuqori natijalarga erishgan oʻquvchilari uchun koʻkrak nishonini taʼsis etsin.
9. Quyidagi huquqlar berilsin:
a) ichki ishlar vaziriga:
Akademiya va Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetining taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) roʻyxatlariga mavjud ehtiyojni inobatga olgan holda oʻzgartirishlar kiritish;
idoraviy akademik litseylarning iqtidorli oʻquvchilariga ular huzurida tuziladigan komissiyalarning tavsiyalariga koʻra, budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan individual stipendiyalar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda ichki ishlar organlari xodimlari (harbiy xizmatchilari) uchun Akademiyaning masofaviy taʼlim shakliga belgilangan qabul kvotasining 50 foizigacha boʻlgan miqdorda toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha kvota kiritish;
(9-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari, shu jumladan toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish mablagʻlari hisobidan bir oʻquv yili davriga Akademiyaning kafedralariga ularning shtatlar sonining 30 foizigacha boʻlgan miqdorda oʻqituvchilarning qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish;
(9-band “a” kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
b) ichki ishlar vaziri oʻrinbosarlariga — Malaka oshirish institutida ichki ishlar organlarining tegishli rahbarlari va xodimlari uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha navbatdan tashqari qoʻshimcha oʻquv yigʻinlarini tashkil etish boʻyicha takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
v) Akademiya boshligʻiga:
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish mablagʻlari hisobidan oʻquv jarayoniga shartnoma asosida, birinchi navbatda yetakchi xorijiy taʼlim muassasalaridan yuqori ilmiy-pedagogik mahoratga ega boʻlgan malakali mutaxassislarni jalb etish va mehnat bozorida amaldagi konyunkturani inobatga olgan holda ularning mehnatiga haq toʻlash miqdorini belgilash;
haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi taʼlim muassasalarining oʻqituvchi, haydovchi-yoʻriqchi va murabbiylarini shartnoma asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan tushgan mablagʻlar hisobidan Akademiyaning moddiy-texnika va oʻquv bazasini rivojlantirish, shuningdek, shartnoma asosida oʻquv jarayoniga pedagog kadrlar va mutaxassislarni jalb etish.
(9-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2022-y., 07/22/190/0268-son)
10. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A.X. Toshkulov) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda idoraviy akademik litseylarda yuridik fanlar va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha chuqurlashtirilgan taʼlimni nazarda tutgan holda ularning oʻquv jarayonini takomillashtirish toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
bir oy muddatda Malaka oshirish institutining faoliyatini yuridik shaxs sifatida oʻrnatilgan tartibda tashkil etish, shuningdek, uning shtatlar jadvali va moddiy-texnik taʼminoti meʼyorlarini mazkur qarorni inobatga olgan holda tasdiqlash choralarini koʻrsin;
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi oliy ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizomni, bitiruvchilarning oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomlarining davlat namunalarini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Akademiyada va Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetida mazkur qaror talablariga muvofiq toʻlaqonli taʼlim jarayonini taʼminlash boʻyicha kompleks tashkiliy choralarni koʻrsin;
uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Belgilansinki:
Akademiyada amaldagi oʻquv dasturlari boʻyicha oʻqitish ularning muqaddam oʻrnatilgan tartibda yakunlanguniga qadar saqlanib qoladi;
Akademiyaning xizmatchilar hisoblangan boshqaruv va professor-oʻqituvchilar tarkibidagi xodimlariga avvalgi ish joyi boʻyicha berilgan martaba darajalari uchun belgilangan ustama haqlari (mavjud boʻlsa) saqlanib qoladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Akademiyada toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish mablagʻlari uning budjetdan tashqari hisob raqamiga tushadi va ushbu mablagʻlarning 30 foizdan kam boʻlmagan qismi taʼlim jarayoniga shartnoma asosida malakali mutaxassislarni jalb etishga, shuningdek, Akademiya xodim va xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirish hamda ularni ijtimoiy himoya qilishga yoʻnaltiriladi;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Akademiyada toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish stavkalari har yili ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Akademiya bakalavriatining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishda xizmat safari va avtotransport xarajatlari, kiyim-kechak hamda oziq-ovqat taʼminoti taʼlim oluvchilar hisobidan qoplanadi. Ushbu xarajatlarning miqdori har oʻquv yili uchun Akademiya tomonidan belgilanadi;
(11-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-282-son qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 07/23/282/0631-son)
mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Ichki ishlar vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga koʻra har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4 va 5-ilovalarga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov belgilansin.
Mazkur qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-sentabr va 2022-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-aprel,
PQ-5076-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasidagi taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari)
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Taʼlim yoʻnalishlari

(mutaxassisliklari)

Beriladigan malaka

Taʼlim shakli

Taʼlim muddati

I. Bakalavriat*

1.

Yurisprudensiya (faoliyat turi boʻyicha):

“Tezkor-qidiruv faoliyati”;

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya faoliyati”;

“Ekspert-kriminalistika faoliyati”;

“Jazoni ijro etish faoliyati”;

“Tashkiliy-shtab faoliyati”;

“Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlash”

yurist

kunduzgi

3 yil

2.

Yurisprudensiya (faoliyat turi boʻyicha):

“Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati”

yurist

kunduzgi

4 yil

3.

Yurisprudensiya (faoliyat turi boʻyicha):

“Huquqbuzarliklarning oldini olish va fosh etish faoliyati”

yurist

masofaviy

4 yil / 3 yil**

II. Magistratura

4.

Tashkiliy-taktik boshqaruv

II darajali magistr-yurist

kunduzgi

1 yil

5.

Tashkiliy-strategik boshqaruv

I darajali magistr-yurist

kunduzgi

1 yil

6.

Ilmiy-pedagogik faoliyat

magistr-yurist

kunduzgi

2 yil

* bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida xorijiy kadrlarni tayyorlash muddati xalqaro shartnoma (bitim)larga asosan 4 yil etib belgilanishi mumkin;
** oliy maʼlumotga ega boʻlmaganlar uchun — 4 yil, oliy maʼlumotlilar uchun — 3 yil.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetidagi taʼlim mutaxassisliklari
ROʻYXATI

T/r

Mutaxassislik nomi

Beriladigan malaka

Taʼlim shakli

Taʼlim muddati

1.

Yoʻl-patrul faoliyati

mutaxassis

kunduzgi

5 oy

2.

Pasport tizimini taʼminlash

mutaxassis

kunduzgi

5 oy

3.

Jamoat tartibini saqlash faoliyati

mutaxassis

kunduzgi

5 oy

4.

Jazoni ijro etish faoliyati

mutaxassis

kunduzgi

5 oy

5.

Tarbiyaviy faoliyat

mutaxassis

kunduzgi

5 oy

6.

Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati

mutaxassis

kunduzgi

5 oy

7.

Maʼmuriy-xoʻjalik taʼminoti

mutaxassis

kunduzgi

5 oy

8.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati*

mutaxassis

kunduzgi

3 oy

9.

Qoʻriqlash faoliyati**

mutaxassis

kunduzgi

3 oy

* kamida 2 yil xizmat stajiga ega ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari qabul qilinadi;
** kamida 2 yil xizmat stajiga ega ichki ishlar organlari qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarining amaldagi xodimlari qabul qilinadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qaroriga
3-ILOVA
Ichki ishlar organlaridagi uzluksiz oʻquv-karyera jarayoni
TIZIMI
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻqitish

Karyera

Taʼlim muassasasi

Oʻqitish shakli va muddati

Beriladigan malaka

Tayyorlash darajasi

Oʻqitish maqsadi

Maxsus unvon berish

Lavozimga tayinlash

SAFDORLAR TARKIBI

IIV Malaka oshirish instituti

boshlangʻich tayyorgarlikning kunduzgi va sayyor kurslari

(3 oygacha)

-

ichki ishlar organlari

-

xodim

ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun kunduzgi qayta tayyorlash kurslari *

(1 oygacha)

-

mahalla, tuman (shahar)

leytenant

xodim, guruh komandiri

SERJANTLAR TARKIBI

IIV Malaka oshirish instituti

maxsus kasbiy tayyorgarlik kurslaridagi kunduzgi taʼlim

(5 oy)

mutaxassis

(maxsus kasbiy tayyorgarlik)

mahalla, tuman (shahar)

kichik serjant

xodim, guruh komandiri

IIV Malaka oshirish instituti/Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazi

ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun kunduzgi qayta tayyorlash kurslari*

(1 oygacha)

-

mahalla, tuman (shahar)

leytenant

xodim, guruh komandiri

kunduzgi va sayyor malaka oshirish kurslari

(3 haftagacha)

-

katta serjant

-

OFITSERLAR TARKIBI

IIV Malaka oshirish instituti

boshlangʻich tayyorgarlikning kunduzgi va sayyor kurslari**

(3 oygacha)

-

ichki ishlar organlari

leytenant

xodim

kunduzgi va sayyor qayta tayyorlash kurslari ***

(3 haftagacha)

mutaxassislikni oʻzlashtirganlik haqidagi sertifikat

tegishli mutaxassislik

-

boshqa mutaxassislik boʻyicha xodim

IIV Akademiyasi

kunduzgi taʼlim

(3 yil)

masofaviy taʼlim

(3-4 yil)

bakalavr

(yurist)

mahalla, tuman (shahar)

leytenant

xodim

IIV Malaka oshirish instituti/Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazi

masofaviy va sayyor malaka oshirish kurslari

(10 kungacha)

-

kapitan

-

kunduzgi va sayyor malaka oshirish kurslari

(3 haftagacha)

-

mayor

-

IIV Malaka oshirish instituti

kunduzgi va sayyor malaka oshirish kurslari

(3 haftagacha)

-

-

Barcha darajadagi boʻlim boshliqlari, tuman (shahar, tarmoq) IIO boshligʻining oʻrinbosari

IIV Akademiyasi

II darajali kunduzgi magistratura

(1 yil)

II darajali magistr (“tashkiliy-taktik boshqaruv”)

tuman (shahar, tarmoq), viloyat

podpolkovnik, polkovnik

tuman (shahar, tarmoq) IIO boshligʻi, barcha darajadagi boshqarma boshliqlari****

IIV Malaka oshirish instituti/Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazi

kunduzgi va sayyor malaka oshirish kurslari

(1 oygacha)

-

podpolkovnik

-

IIV Akademiyasi

Ixtisoslashtirilgan kafedrada 1 yildan ortiq pedagogik faoliyat

-

podpolkovnik

-

IIV Akademiyasi

I darajali kunduzgi magistratura

(1 yil)

I darajali magistr (“tashkiliy-strategik boshqaruv”)

viloyat, respublika

polkovnik

Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyat darajasidagi bosh boshqarma (boshqarma) boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, IIV bosh boshqarmasi (departament, xizmat) boshligʻi*****

IIV Akademiyasi

doktorantura

falsafa doktori (PhD), fan nomzodi,

fan doktori (DSc)

tegishli ilmiy soha

polkovnik

oʻquv-uslubiy boshqarmasi, kafedra, fakultet boshliqlari, professor, dotsent

Boshqa oliy taʼlim muassasalari

IIV Akademiyasi

kunduzgi ilmiy-pedagogik magistratura

(2 yil)

Magistr

(“ilmiy-pedagogik faoliyat”)

taʼlim va ilmiy muassasalar

polkovnik

-

*fuqaroviy oliy maʼlumotga ega boʻlganda.
** fuqaroviy oliy maʼlumotga ega boʻlganlarni ofitserlar tarkibidagi lavozimlarga tayinlashda.
*** Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida oʻqitilishi belgilangan boshqa mutaxassislik lavozimlariga oʻtishda.
**** Oʻzbekiston Respublikasi IIV Moliyaviy va moddiy-texnik taʼminot departamentining, Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining, Idoraviy hamkorlik bosh boshqarmasining boshqarmalari, axborot texnologiyalarni joriy etish boʻlinmalari, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi, Tibbiyot boshqarmasi, Jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik boshqarmasi, Harbiy-safarbarlik boshqarmasi, Nazorat-taftish inspeksiyasi, Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi bundan mustasno.
***** Moliyaviy va moddiy-texnik taʼminot departamenti, Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi, Idoraviy hamkorlik bosh boshqarmasidan tashqari.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3216-son qarorida:
ikkinchi xatboshidagi “qayta tayyorlash va malakasini oshirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi xatboshilar 2021-yil 1-iyuldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
yettinchi xatboshidagi “600” va “200” raqamlari tegishlicha “700” va “300” raqamlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshi “professor-oʻqituvchilari tarkibi” soʻzlaridan keyin “kafedralar (fakultetlar va sikllar) rahbarlaridan tashqari,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 3-band va 5-bandning “a” va “v” kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 4-band 2021-yil 1-sentabrdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
beshinchi xatboshi “Akademiya” soʻzidan keyin “va Malaka oshirish instituti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Akademiya” soʻzi “Malaka oshirish instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshidagi “Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutiga va Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti yoki Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasiga oʻqishga kira olmagan” va “ushbu” soʻzlari chiqarib tashlansin;
d) 7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
e) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Belgilansinki, Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi taʼlim shakliga oʻqishga kirgan shaxslar kursantlar safiga, sirtqi taʼlim shakliga, magistraturaga, kasbiy tayyorgarlik fakultetiga oʻqishga kirganlar esa tinglovchilar safiga qabul qilinadi”;
j) 17-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
z) 1-ilova 2021-yil 1-sentabrdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3413-son qarorida:
a) 5-bandning uchinchi xatboshisi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshidagi “oʻn sakkizdan” soʻzlari “oʻn yettidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Akademiyasining” soʻzi “Malaka oshirish institutining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-bandning ikkinchi xatboshisida “Akademiyasining” soʻzi “Malaka oshirish institutining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-bandda “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga kira olmagan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Ichki ishlar organlaridagi lavozimlar quyidagicha jamlanadi:
ofitserlar tarkibi — oliy maʼlumotga ega, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan;
serjantlar tarkibi — oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar yoki oliy maʼlumotga ega, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetini yoki Mudofaa vazirligining Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazini tamomlagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan;
safdorlar tarkibi — oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar yoki oliy maʼlumotga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining zaxirasidagi ofitserlarni ichki ishlar organlarining safdor va serjantlar tarkibi lavozimlariga tayinlashga yoʻl qoʻyilmaydi”;
31-bandda “Akademiyasi” soʻzi “Malaka oshirish instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
40-bandning toʻqqizinchi, oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki ishlar organlari profilaktika, tergov va tezkor boʻlinmalari xodimlariga ragʻbatlantirish chorasi tariqasida egallab turgan lavozimi bilan koʻzda tutilgan maxsus unvondan qatʼi nazar navbatdagi maxsus unvon berilishi mumkin:
“podpolkovnik” maxsus unvoni — tegishliligi boʻyicha ichki ishlar organlari profilaktika, tergov va tezkor boʻlinmalarida oʻn besh kalendar yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan profilaktika inspektori, tergovchisi (surishtiruvchisi), tezkor vakili yoki profilaktika katta inspektori, katta tergovchisi (katta surishtiruvchisi), katta tezkor vakili lavozimidagi xodimlarga “mayor” maxsus unvonida xizmat oʻtash muddati tugaganidan soʻng;
“polkovnik” maxsus unvoni — tegishliligi boʻyicha ichki ishlar organlari profilaktika, tergov va tezkor boʻlinmalarida yigirma kalendar yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan profilaktika katta inspektori, katta tergovchisi (katta surishtiruvchisi), katta tezkor vakili yoki oʻta muhim ishlar boʻyicha tergovchisi, tezkor vakili lavozimidagi xodimlarga “podpolkovnik” maxsus unvonida xizmat oʻtash muddati tugaganidan soʻng”;
47-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “qabul qilingan yoki oʻtkazilgan” soʻzlari “oʻtkazilgan (yuborilgan)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
50-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“50. Ushbu Nizomning 33-bandi uchinchi xatboshisi, 47 yoki 48-bandlariga muvofiq maxsus unvonlar berilgan xodimlarga (shu jumladan mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar xizmatga oʻtkazilgan (yuborilgan) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyishi yoki uning roziligi bilan yuborilgan) xizmat yillari uchun foizli ustama haq belgilashda ularning ilgarigi ish joyidagi (foizli ustama toʻlash uchun belgilangan) xizmat yoki mehnat stajlari inobatga olinadi hamda ushbu davr xodim ichki ishlar organlaridan boʻshatilgan taqdirda unga pensiya tayinlashda umumiy xizmat stajiga qoʻshib hisoblanadi”;
58-bandning “e” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“e) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari tarkibi lavozimlariga, kafedralar (fakultetlar va sikllar) rahbarlaridan tashqari, tegishli sohada kamida oʻn yillik ilmiy, pedagogik yoki amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar shahodatlangan lavozimlar hisobidan tayinlanishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining bakalavrlari sirasidan boʻlgan xodimlari, istisno tariqasida, ichki ishlar organlari taʼlim muassasalarining oʻqituvchilar tarkibi lavozimlariga magistr darajasiga ega boʻlmagan holda tayinlanishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining ixtisoslashtirilgan kafedralari professor-oʻqituvchilar tarkibidagi lavozimlariga tegishli sohada kamida 3 yillik amaliy xizmat stajiga yoxud tegishli mutaxassislik boʻyicha ilmiy darajaga ega shaxslar tayinlanadi.
Tegishli sohada kamida 3 yillik amaliy xizmat stajiga ega ichki ishlar organlari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bazaviy doktoranturasi kunduzgi shakliga pedagogik stajga ega boʻlmagan holda kirish huquqi beriladi.”;
63-bandda “rahbar kadrlarni tayyorlash fakulteti (oliy kurslar)ga” soʻzlari “va magistraturaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
71-bandda “Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarida” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
75-banddan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga, Senati aʼzoligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyat, tuman va shahar davlat hokimiyati vakillik organi deputatligiga saylangan (tayinlangan)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-avgustdagi “Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3919-son qarorining 11-bandi uchinchi va oltinchi xatboshilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar*
1. 6-bandning toʻrtinchi xatboshisida “tegishli oʻrta, oʻrta-maxsus, kasb-hunar yoki” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Ichki ishlar organlaridagi lavozimlar quyidagicha jamlanadi:
ofitserlar tarkibi — oliy maʼlumotga ega, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan;
serjantlar tarkibi — oliy maʼlumotga ega, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetini yoki Mudofaa vazirligining Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazini tamomlagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan;
safdorlar tarkibi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari, profilaktika inspektorlarining yordamchilari, shuningdek, oliy maʼlumotga ega yoki sirtqi taʼlim shaklida tahsil olayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan.
Safdorlar tarkibining tor mutaxassislik sirasiga kiruvchi lavozimlarni oʻrta, oʻrta maxsus yoki kasb-hunar maʼlumotga ega, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan jamlashga yoʻl qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining zaxirasidagi ofitserlarni ichki ishlar organlarining safdor va serjantlar tarkibi lavozimlariga tayinlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri ragʻbatlantirish tariqasida, ichki ishlar organlarida kamida ikki yil xizmat stajiga ega, oliy maʼlumotli va yuklatilgan vazifalarni bajarishda samarali natijalarga erishgan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetini yoki Mudofaa vazirligining Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazini tamomlamagan safdorlar tarkibidagi xodimlarni ham, istisno tariqasida, serjantlar tarkibidagi lavozimlarga tayinlashga va “kichik serjant” maxsus unvonini berishga ruxsat berishi mumkin.
Ichki ishlar organlarining maxsus boʻlinmalarining, shuningdek, tibbiy muassasalarining serjantlar tarkibi lavozimlari oʻrta va oʻrta maxsus maʼlumotli shaxslar bilan jamlanishi mumkin”.
3. 27-band “xizmat majburiyatlariga munosabati” soʻzlaridan keyin “malaka oshirish kurslarini oʻtaganligi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
yettinchi xatboshi “lavozimlariga tayinlanganlarga” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining qayta tayyorlash maxsus kurslarini oʻtaganlaridan soʻng” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
5. 36-band quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Navbatdagi “katta serjant”, “kapitan”, “mayor” va “podpolkovnik” maxsus unvonlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti yoki Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazining maxsus malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli oʻtagan xodimlarga beriladi. Ragʻbatlantirish chorasi tariqasida muddatidan oldin maxsus unvonlar berilishi bundan mustasno.
Navbatdagi “polkovnik” maxsus unvoni yuklatilgan vazifalarni bajarishda samarali natijalarga erishgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining magistraturasini yoki Qurolli Kuchlar Akademiyasining ikki yillik taʼlim dasturini, boshqa oliy taʼlim muassasalarining moliya-iqtisod, texnik yoki tibbiy sohalari yoʻnalishlari boʻyicha magistraturasini muvaffaqiyatli tamomlagan yoxud ilmiy darajaga ega xodimlarga beriladi.
Mazkur bandni inobatga olmagan holda maxsus unvonlarni berishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi”.
6. 40-bandning toʻqqizinchi xatboshisi “ragʻbatlantirish chorasi tariqasida” soʻzlaridan keyin “mazkur Nizomning 36-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablarga javob berganda” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
7. 52-bandda “oliy taʼlim muassasalari rahbar kadrlarni tayyorlash fakulteti (oliy kurslari)” soʻzlari “Akademiyasi magistraturasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. 79-bandning uchinchi xatboshisi “egallagan lavozimidan qatʼi nazar” soʻzlaridan keyin “mazkur Nizomning 36-bandining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan talablarga javob berganda” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
9. 161-bandning ikkinchi xatboshisidagi “rahbar kadrlar tayyorlash fakulteti (oliy kurslari)da” soʻzlari “magistraturada” soʻzi bilan almashtirilsin.
* 2021-yil 1-sentabrdan boshlab kuchga kiradi
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son, 04.04.2022-y., 07/22/190/0268-son, 15.04.2022-y., 07/22/207/0310-son; 02.08.2022-y., 07/22/339/0703-son; 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son; 22.08.2023-y., 07/23/282/0631-son; 22.01.2025-y., 07/25/01/0059-son; 27.01.2025-y., 07/25/17/0073-son; 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son; 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)