1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini taʼminlash, hududlarda ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, nufuzli ilmiy maktablarni shakllantirish hamda ularning ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 166-bandida:
hududlarda ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, nufuzli ilmiy maktablarni shakllantirish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish, soddalashtirilgan tartibda yoshlarning ilmiy va startap loyihalarini moliyalashtirish maqsadida ilmiy dasturni amalga oshirish uchun ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari mablagʻlari hisobidan 50,0 mlrd soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi;
yoshlar uchun eʼlon qilinadigan startap loyihalari tanlovi talablarining soddalashtirilgan tizimi ishlab chiqilishi;
2021-yildan boshlab iqtidorli yoshlar oʻrtasida “Akademik harakatchanlik” dasturi va “Boʻlajak olim” tanlovi tashkil qilinishi;
stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirilishi;
iqtidorli yoshlarning ilmiy gʻoyalarini ragʻbatlantirish, ularning xorijiy universitetlar va ilmiy markazlarga qisqa muddatli stajirovkalari tashkil etilishi;
yoshlarga ilmiy tashkilotlar, oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, vazirlik, idora va tashkilotlar huzuridagi ilmiy tuzilmalardagi zamonaviy ilmiy asbob-uskunalardan foydalanish huquqi berilishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida respublikadagi yosh olimlar oʻrtasida tanlovlarni tashkil qilish muddati va tartibi, loyihalarga qoʻyilgan talablar, loyihalarni koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruh faoliyatini tashkil etish, loyihalarni koʻrib chiqish, tanlab olish va amalga oshirish, shuningdek, ularni moliyalashtirish va monitoringini yuritish tartibini nazarda tutuvchi “Akademik harakatchanlik” dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
ilmiy gʻoya, ilmiy va startap loyihalarni shakllantirish va ularni koʻrib chiqib, tanlab olish, tanlov komissiyasi faoliyatini tashkil etish, loyihalarni moliyalashtirish va monitoring qilish tartibini nazarda tutuvchi “Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish boʻyicha tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi, nomzodlarga qoʻyiladigan talablar, tanlovni oʻtkazish uchun maxsus ekspert guruhi faoliyatini tashkil etish, tanlov gʻoliblarini stajirovkaga yuborish, stajirovkalarni moliyalashtirish, uning yakuni boʻyicha hisobot taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Yosh olimlarni yetakchi ilmiy tashkilotlarda qisqa muddatli ilmiy stajirovkalar oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
“Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida respublika hududidagi oliy taʼlim muassasalari, ilmiy tashkilotlar va laboratoriyalarga qisqa muddatli stajirovkalarni amalga oshirish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasini moliyalashtirish uchun ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida tegishli shartnomaga asosan moliyalashtiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi 2021-yildan boshlab “Boʻlajak olim” tanlovini tashkil etish va moliyalashtirish uchun har yili ilmiy faoliyatga oid davlat dasturi doirasida ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 50 mlrd soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mablagʻ ajratadi;
iqtidorli yoshlarni xorijiy oliy taʼlim muassasalar va ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli stajirovkalarini moliyalashtirish tegishli moliya yili uchun Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlarining prognoz parametrlarida nazarda tutiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Akademik harakatchanlik” dasturini amalga oshirish boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov natijalariga muvofiq gʻoliblarga taqsimotga asosan ilmiy tashkilotlar, oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, vazirlik, idora va tashkilotlar huzuridagi ilmiy tuzilmalarning zamonaviy asbob-uskunalaridan foydalanish huquqi beriladi;
stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qabul kvotasi, qoida tariqasida, tegishli oʻquv yili uchun tasdiqlangan oliy taʼlim muassasalariga davlat buyurtmasi asosida magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga qabul qilish umumiy parametrlarining 30 foizidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi;
mazkur qaror ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2022-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:
2021-yildan boshlab har yili kamida bir marotaba respublikadagi ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlar oʻrtasida “Boʻlajak olim” va “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida tanlovlarni tashkil etsin;
iqtidorli yoshlarni xorijiy oliy taʼlim muassasalar va ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli stajirovka oʻtashga davriy ravishda, tanlov asosida, har yili kamida bir marotaba yuborishni tashkil etsin;
tashkil etiladigan tanlovlar gʻoliblari tomonidan taqdim etilgan loyihalarni bajarish jarayoni, kalendar ish rejasi amalga oshirilishini doimiy nazorat qilib borish choralarini koʻrsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov va Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-aprel,
222-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qaroriga 1-ILOVA
“Akademik harakatchanlik” dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, jumladan ularga vazirlik, idora va tashkilotlar tizimidagi ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalarining noyob ilmiy obyektlari, zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolaridan tekin foydalanish huquqini berish boʻyicha “Akademik harakatchanlik” dasturini (keyingi oʻrinlarda — “Akademik harakatchanlik” dasturi) shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
“Akademik harakatchanlik” dasturi — yosh olimlarning oʻz ish joyidan ajralmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan ilmiy tadbirlarda ishtirok etish, ilmiy-tadqiqot ishi boʻyicha loyihalarni (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish, shuningdek, tajriba almashishni nazarda tutuvchi dastur;
yosh olim — ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanayotgan ilmiy darajasi, unvoni, lavozimi va ish joyidan qatʼi nazar, 40 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
qabul qiluvchi tashkilot — noyob ilmiy obyektlari, ilmiy asbob-uskunalar, ilmiy laboratoriyalar va tajriba-konstruktorlik byurolariga ega boʻlgan, loyiha amalga oshirilishi nazarda tutilgan ilmiy tashkilotlar va oliy taʼlim muassasalari;
ishchi guruh — Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tuziladigan “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida respublikadagi yosh olimlar oʻrtasida tanlovlarni oʻtkazish, nomzodlar toʻgʻrisida xulosa olish hamda ushbu jarayonni muvofiqlashtirish ishlarini tashkil etuvchi guruh.
2-bob. Tanlov tashkil etish tartibi
3. “Akademik harakatchanlik” dasturini bir oydan kam (15 kalendar kundan kam boʻlmagan) boʻlgan muddatda amalga oshirishga ishchi guruhning ijobiy xulosasi asosida ruxsat beriladi.
4. Vazirlik “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida respublikadagi yosh olimlar oʻrtasida har yili kamida bir marotaba tanlov (keyingi oʻrinlarda — tanlov) tashkil qiladi.
5. “Akademik harakatchanlik” dasturi olti oygacha boʻlgan davr mobaynida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
6. Vazirlik tanlov boshlanishidan kamida bir oy oldin oʻz rasmiy veb-saytida tanlov toʻgʻrisida eʼlon beradi. Unda arizalarni shakllantirish, roʻyxatdan oʻtkazish va topshirish tartibi, muddati va talablari koʻrsatiladi.
7. Nomzodlar tanlovda ishtirok etish uchun oʻzi faoliyat yuritayotgan ilmiy tashkilot yoki oliy taʼlim muassasasining yoʻllanma xati orqali loyihani Vazirlikka taqdim etadi.
8. Loyihada quyidagilar nazarda tutilgan boʻlishi lozim:
ilmiy-tadqiqot ishining mavzusi va dolzarbligi;
ilmiy-tadqiqot ishining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari, kutilayotgan ilmiy natijalar;
nashr etgan ilmiy ishlari roʻyxati (mavjud boʻlsa);
qabul qiluvchi tashkilot tomonidan Vazirlik nomiga taqdim etilgan rozilik xati;
ilmiy laboratoriya yoki tajriba-konstruktorlik byurolarida ilmiy-tadqiqot olib borishning zarurati, muddati va zarur uskuna, material va reaktivlar.
9. Nomzodlarning loyihalari ular faoliyat yuritayotgan muassasalarning ilmiy yoki ilmiy-texnik kengashlari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
10. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati nomzodning ilmiy rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
11. Loyihaga nomzodning maʼlumotnoma-obyektivkasi (anketa) ilova qilinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son)
12. Tanlovga loyiha hujjatlarini taqdim etish muddati tugagandan soʻng taqdim etilgan loyihalar koʻrib chiqilmaydi.
13. Loyihalarni shakllantirish va ularni ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqish hamda tanlab olish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3-bob. Ishchi guruh faoliyatini tashkil etish tartibi
14. Vazirlik tomonidan har yili tanlovlar oʻtkazilishidan kamida bir oy oldin loyihalarni koʻrib chiqish uchun ishchi guruh tuziladi.
15. Ishchi guruh oʻz yoʻnalishida kamida 2 yil mehnat stajiga ega boʻlgan yuqori malakali (turli vazirlik, idoralar, ilmiy va ilmiy tadqiqot muassasalaridan ham kelishuv asosida jalb etilishi mumkin) kamida 7 nafar toq sonli aʼzolardan iborat tarkibda tuziladi. Ishchi guruhga raislik qilish vazifasi vazir oʻrinbosari darajasidagi rahbarga yuklatiladi.
Bunda ishchi guruh raisi, zarur hollarda, tor ixtisoslashuvdagi qoʻshimcha mutaxassislarni (shu jumladan, ishlab chiqarish tashkilotlari mutaxassislarini) loyihalarni koʻrib chiqish jarayoniga jalb qilishi mumkin.
16. Ishchi guruh yigʻilishi, unda uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Yigʻilishni oʻtkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, ishchi guruhning yigʻilishi oʻtkaziladigan sana eʼlon qilinadi.
Ishchi guruhning aʼzolari oʻz yigʻilishlarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal qilishda oʻz vakolatini boshqalarga oʻtkazish huquqiga ega emas.
17. Ishchi guruh yigʻilishida qabul qilingan qaror yigʻilish bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma ishchi guruh aʼzolari orasidan tanlab olingan kotib tomonidan imzolanadi hamda yigʻilishga raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi.
18. Bayonnoma asosida gʻolib va rad etilgan nomzodlar boʻyicha natijalar Vazirlik veb-saytida joylashtiriladi hamda innovatsion rivojlanish vazirining buyrugʻi qabul qilingandan soʻng gʻolib nomzodlarning loyihalari amalga oshiriladi.
4-bob. Loyihalarni ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqish va tanlab olish tartibi
19. Tanlov doirasida loyihalar qabul qilinishi yakunlangandan soʻng 20 kun muddat ichida ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqiladi va tanlab olinadi.
20. Ishchi guruh tomonidan nomzodlarning loyihalar himoyasi (taqdimot koʻrinishida) oʻtkazilib, yakuniy xulosaga kelinadi.
21. Loyiha quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
loyiha mavzusining mamlakat fan va texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga mosligi — 15 ballgacha;
loyiha mavzusining yangiligi va dolzarbligi — 15 ballgacha;
noyob ilmiy obyektlar, ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolarida oʻtkaziladigan tajribalardan kutilayotgan natijalarning ilmiy samaradorligi — 15 ballgacha;
nomzod tomonidan taqdim etilgan Loyihani amalga oshirish kalendar ish rejasining puxta ishlab chiqilganligi — 25 ballgacha;
Loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan xarajatlarning asoslanganligi — 15 ballgacha;
nomzodning ilmiy darajasi — 15 ballgacha (fan doktoriga 15 ball, falsafa doktoriga 10 ball va izlanuvchiga 5 ball).
22. Loyihalar ishchi guruh qarori bilan 50 dan yuqori ball toʻplagan nomzodlar gʻolib deb topilishi mumkin.
23. Tanlov gʻoliblariga sertifikat beriladi.
Sertifikatning amal qilish muddati loyihaning amalga oshirish muddatlari bilan bir xil davrda belgilanadi.
5-bob. Gʻoliblar tomonidan loyihalarni amalga oshirish tartibi
24. Vazirlik tomonidan “Akademik harakatchanlik” dasturini amalga oshirish boʻyicha tanlov natijalariga muvofiq gʻoliblarga kelishuvga asosan qabul qiluvchi tashkilotlar tomonidan asossiz ravishda loyihaning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
25. Vazirlik loyihaning amalga oshirish kalendar rejasini qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishilgan holda tasdiqlanishini taʼminlaydi.
26. Gʻolib yosh olim tomonidan loyihani amalga oshirish jarayonida qabul qiluvchi tashkilotga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:
loyihani amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
ushbu jarayonga ilmiy rahbar (maslahatchi) tayinlash;
noyob ilmiy obyektlar, ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolarining ilmiy asbob-uskunalaridan foydalanish uchun mutaxassis biriktirish;
loyiha doirasida dala yoki sanoat tajribalarini oʻtkazishga koʻmaklashish;
mavjud axborot-resurs bazalari, kutubxonalar va ilmiy fonddan foydalanish imkoniyatini yaratish;
ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini tahlil qilish va hisobotlar tayyorlashda koʻmaklashish;
tegishli kafedralarda (boʻlimlarda) loyihaning olib borilishi yuzasidan ilmiy xodim hisobotlarni koʻrib chiqish va zarur yoʻllanmalar berib borish.
27. Qabul qiluvchi tashkilot tomonidan tayinlangan ilmiy rahbar (maslahatchi)ning vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
gʻolib yosh olim bilan birgalikda loyihani amalga oshirish kalendar ish rejasini ishlab chiqish va uning oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;
gʻolib yosh olimga ilmiy-tadqiqot ishini olib borishi uchun zarur boʻlgan maslahatlar berib borish;
loyihani amalga oshirish jarayonlari qayd etilgan jurnalni tasdiqlab borish.
28. Gʻolib yosh olimning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
qabul qiluvchi tashkilotning ichki mehnat tartibi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
qabul qiluvchi tashkilotning moddiy-texnika bazasidan oqilona va samarali foydalanish;
loyihani amalga oshirish jarayonlarini qabul qiluvchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan va muhrlangan jurnalda qayd etib borish;
ilmiy-tadqiqot natijalari asosida kamida bitta ilmiy maqolani nufuzli xorijiy (imkon qadar impakt faktorga ega boʻlgan) jurnallarda chop etish;
ilmiy rahbar (maslahatchi)ning koʻrsatmalariga qatʼiy amal qilish va kafedra (boʻlim) yigʻilishlarida bajarilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot berib borish.
6-bob. Loyihalarni moliyalashtirish va uning monitoringi
29. Gʻolib yosh olimlarning “Akademik harakatchanligi” dasturi doirasida loyihani bajarish boʻyicha xarajatlarni qoplash ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan ishchi guruh xulosasiga muvofiq innovatsion rivojlanish vazirining buyrugʻi hamda Vazirlik, gʻolib yosh olim faoliyat yuritayotgan muassasa va qabul qiluvchi tashkilot oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama shartnoma boʻyicha moliyalashtirish amalga oshiriladi.
30. Loyiha xarajatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
xizmat safarlari xarajatlari (transport, yashash va ovqatlanish xarajatlari);
noyob ilmiy obyektlar, ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolari moddiy-texnika bazasidan foydalanish xarajatlari (kommunal toʻlovlar, kimyoviy reaktivlardan foydalanish xarajatlari va boshqalar). Bunda tashkiliy uskunalarni sotib olish (kompyuter, printer va boshqalar) hisobga olinmaydi;
qoʻshimcha xarajatlar (asoslantirilgan holda umumiy mablagʻning 15 foizidan koʻp boʻlmagan holda);
ilmiy rahbar (maslahatchi)ga har oyda toʻlanadigan ish haqi toʻlovlari (katta ilmiy xodim ish haqining 0,5 baravarigacha).
Talab qilinadigan mablagʻlarning umumiy hajmi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi lozim.
31. Ushbu Nizomning 30-bandida koʻzda tutilgan xarajatlar Vazirlikka ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda, gʻolib yosh olim faoliyat yuritayotgan tashkilotga tanlov natijalari boʻyicha gʻolib boʻlgan yosh olimning “Akademik harakatchanlik” dasturini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash maqsadida moliyalashtiriladi.
32. Gʻolib yosh olim faoliyat yuritayotgan muassasaga “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida ajratilgan va moliya yili davomida foydalanilmay qolgan qoldiqlari yil oxirida budjetga qaytariladi.
33. Gʻolib yosh olimning asosiy ish joyidagi lavozimi va oylik ish haqi loyihani bajarish davomida saqlanib qolinadi.
34. “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida bajariladigan loyihalarni muvofiqlashtirish, kalendar ish rejasining bajarilishini monitoring qilish gʻolib yosh olim faoliyat yuritayotgan tashkilotlarning ilm-fan va innovatsiyaga masʼul boʻlgan rahbar oʻrinbosari tomonidan olib boriladi.
35. Loyihaning amalga oshirilishi monitoring natijalariga koʻra yosh olim faoliyat yuritayotgan yoki qabul qiluvchi tashkilotlar tashabbusi bilan loyihani moliyalashtirish quyidagi hollarda Vazirlik tomonidan toʻxtatilishi mumkin:
gʻolib yosh olim tomonidan loyiha umuman yoki tegishli darajada (rejadan ortda qolish, rejaning bir nechta bandlari) bajarilmayotgan boʻlsa;
ilmiy-tadqiqot ishlari jarayonida natijaga erishish mumkin emasligi maʼlum boʻlsa;
qabul qiluvchi tashkilotning ichki tartib-qoidalarini ikki va undan ortiq marta qoʻpol tarzda buzish holatlari kuzatilsa;
gʻolib yosh olimga bogʻliq boʻlmagan holda tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlarini bajarish jarayonida ishni davom ettirish mumkin emasligi yoki maqsadga muvofiq emasligi maʼlum boʻlsa.
36. Loyiha bajarilishi yakunlanganidan soʻng qabul qiluvchi tashkilot va gʻolib yosh olim oʻrtasida loyihani amalga oshirish xarajatlari koʻrsatilgan holda bajarilgan ishlar boʻyicha dalolatnoma tuziladi.
37. Gʻolib yosh olim “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida olib borilgan loyiha natijalari hisoboti faoliyat yuritayotgan muassasa rahbari tomonidan tasdiqlangan holda ilmiy, ilmiy-texnik kengashda muhokama qilingani haqidagi yigʻilish bayonnoma koʻchirmasi, ajratilgan mablagʻlarning sarflanganligi boʻyicha hisobot Vazirlikka taqdim etiladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
38. Ilgari “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida gʻolib boʻlgan yosh olimlarning keyingi tanlovlarga aynan shu loyiha bilan ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
39. Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan nomzod natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn besh kalendar kun ichida Vazirlikka apellyatsiya berish huquqiga ega. Apellyatsiya yozma ravishda taqdim etiladi.
Ishchi guruh bir hafta muddatda kiritilgan apellyatsiyani koʻrib chiqadi va Vazirlik belgilagan muddatda talabgorga qabul qilingan qaror haqida yozma ravishda xabar beradi.
40. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Akademik harakatchanlik” dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
“Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida tashkil etiladigan tanlov uchun ilmiy-tadqiqot ishi boʻyicha loyihalarni shakllantirish va ularni ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqish hamda tanlab olish
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (Vazirlik)
“Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida respublikadagi yosh olimlar uchun oʻz veb-saytida tanlov toʻgʻrisida eʼlon joylashtirish
Tanlov boshlanishidan bir oy oldin
2-bosqich
Vazirlik
Tanlov uchun topshirilgan loyihalarni koʻrib chiqish boʻyicha Vazirlik tomonidan ishchi guruh tuzish
Tanlov boshlanishidan kamida bir oy oldin
3-bosqich
Tanlov ishtirokchisi
Tanlovda ishtirok etish uchun faoliyat koʻrsatayotgan muassasalarining yoʻllanma xati orqali loyihalar taqdim etish
Tanlov eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda
4-bosqich
Ishchi guruh
Nomzodlarning loyihalar himoyasini oʻtkazib, (taqdimot koʻrinishida himoya qilishlari talab etiladi) yakuniy xulosaga kelish
Loyihalar qabul qilish yakunlangandan soʻng 20 kun ichida
5-bosqich
Vazirlik
Gʻolib nomzodlarning loyihalarini amalga oshirishlari uchun innovatsion rivojlanish vazirining buyrugʻini qabul qilish
Ishchi guruh xulosasi yakunlangandan soʻng 10 kun ichida
6-bosqich
Vazirlik
Tanlov gʻoliblarini internet nashrlari va Innovatsion rivojlanish vazirligi rasmiy veb-saytida eʼlon qilish
5-bosqich yakunlangandan soʻng 10 kun ichida
“Akademik harakatchanlik” dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
NAMUNA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INNOVATSION RIVOJLANISH VAZIRLIGI Oʻzbekiston Respublikasidagi noyob ilmiy obyektlar, ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolaridan foydalanish uchun SERTIFIKAT № ___________
20__ yil “___” _________ gacha amal qiladi
Ushbu sertifikat “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasidagi noyob ilmiy obyektlari, ilmiy asbob-uskunalar, ilmiy laboratoriyalar va tajriba-konstruktorlik byurolaridan foydalanish huquqini beradi
___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ (Tanlov gʻolibi faoliyat koʻrsatayotgan tashkilot nomi) Tanlov gʻolibi F.I.O._____________________________________________________________
_____________________________ rahbar/u vakolat bergan shaxs
___________ imzo
____________________________ F.I.O.
M.Oʻ.
20__ yil “___” ____________
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qaroriga 2-ILOVA
“Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Boʻlajak olim” tanlovini (keyingi oʻrinlarda — tanlov) tashkil etish, yoshlarning ilmiy gʻoyalarini ragʻbatlantirish hamda ilmiy va startap loyihalarini moliyalashtirish, monitoring qilish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur tanlov doirasida arizalarni qabul qilishga Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) huzuridagi Yoshlar akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Yoshlar akademiyasi) masʼul hisoblanadi.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:.
“Boʻlajak olim” tanlovi — ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlar va yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash, nufuzli ilmiy maktablarni shakllantirish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish, soddalashtirilgan tartibda yoshlarning ilmiy gʻoyalarini ragʻbatlantirishga hamda ilmiy va startap loyihalarini moliyalashtirishga qaratilgan tanlov;
Tanlov komissiyasi — tanlov doirasida kelib tushadigan ilmiy gʻoyalar, ilmiy va startap loyihalar uchun alohida tuziladigan, tanlovlarni oʻtkazish, gʻoliblar toʻgʻrisida xulosa olish hamda ushbu jarayonni muvofiqlashtiradigan Vazirlikda tashkil etiladigan komissiya;
yosh olim — ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanayotgan ilmiy darajasi, unvoni, lavozimi va ish joyidan qatʼi nazar, 40 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
ilmiy gʻoya — ilmiy dalil, muammo, faraz, nazariya kabi voqelikni aks ettirish shakllaridan biri boʻlib, fan taraqqiyotning samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo boʻladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalari asosida ishlab chiqilgan loyiha;
ilmiy loyiha — aniq maqsadlarga erishish va vazifalarni hal etish uchun asosan yangi bilimlarni qoʻllashga yoʻnaltirilgan amaliy tadqiqotlar va/yoki innovatsiyani yaratish va ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan innovatsion tadqiqotlar;
startap loyiha — amalga oshish xavfi yuqori boʻlgan sharoitda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qoʻllanilishi, koʻlami va tez oʻsish surʼati bilan farqlanadigan yangi biznes loyiha;
ilmiy ekspertiza — ilmiy loyihalar boʻyicha asoslantirilgan qaror qabul qilish maqsadida uni oʻrganish, tahlil qilish, baholash va xulosa tayyorlashga qaratilgan faoliyat;
texnik ekspertiza — taqdim etilgan ilmiy loyihalarning ushbu Nizom talablarga muvofiqligi, shuningdek, ilmiy loyiha hujjatlariga koʻra taqdim etilgan maʼlumotlarni tahlil qilishda xatolarni aniqlash;
talabgor — ilmiy gʻoya, ilmiy va startap loyihani ishlab chiqqan iqtidorli yosh olim va/yoki uning jamoasi;
Kollegial organ — Vazirlik hayʼati.
4. Tanlov har yili kamida bir marotaba tashkil etiladi.
2-bob. Ilmiy gʻoya, ilmiy va startap loyihalarni shakllantirish va ularni koʻrib chiqib, tanlab olish tartibi
1-§. Ilmiy gʻoya, ilmiy va startap loyihalarni shakllantirishga qoʻyiladigan umumiy talablar
5. Tanlovga iqtidorli yoshlar va yosh olimlarning ilmiy va innovatsion faoliyatini ragʻbatlantirish hamda ularning ilmiy ijodiy gʻoyalari, intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning muammolari yechimiga qaratilgan ilmiy gʻoyalar, ilmiy va startap loyihalar qabul qilinadi.
6. Vazirlik tanlov boshlanishidan bir oy oldin oʻz rasmiy veb-saytiga arizalarni shakllantirish, roʻyxatdan oʻtkazish va topshirish tartibi, muddati va talablari koʻrsatilgan eʼlonni joylashtiradi.
7. Bir kalendar yili davomida eʼlon qilingan tanlov doirasida gʻolib deb topilgan talabgorlar shu davr ichida navbatdagi tanlovlarda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Tanlov doirasida ilmiy gʻoyalar asosida maket va (yoki) prototip yaratishning hamda ilmiy va startap loyihalarni amalga oshirishning eng koʻp muddati bir yilgacha boʻlishi mumkin.
2-§. Tanlov komissiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi
10. Tanlov doirasida kelib tushadigan ilmiy gʻoyalar, ilmiy va startap loyihalarni koʻrib chiqish boʻyicha Tanlov komissiyasi tarkibi xar yil yanvar oyida Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
11. Tanlov komissiyasi oʻz yoʻnalishida kamida 2 yil mehnat stajiga ega boʻlgan yuqori malakali (turli vazirlik, idoralar, oliy taʼlim va ilmiy muassasalar, xususiy sektor vakillaridan ham kelishuv asosida jalb etilishi mumkin) kamida 7 nafar toq sonli aʼzolardan iborat tarkibda tuziladi. Tanlov komissiyasiga raislik qilish vazifasi vazir oʻrinbosari darajasidagi rahbarga yuklatiladi.
Bunda Tanlov komissiyasi raisi, zarur hollarda tor ixtisoslashuvdagi mutaxassislarni (shu jumladan, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlar mutaxassislarini) qoʻshimcha ravishda ilmiy gʻoya, ilmiy va startap loyihalarni koʻrib chiqish jarayoniga jalb qilishi mumkin.
12. Tanlov komissiyasi majlisi, unda Tanlov komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Tanlov komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Tanlov komissiyasi majlislari ochiq muhokama shaklida tashkil etiladi.
13. Tanlov komissiyasining xar bir aʼzosiga yil yakuni boʻyicha erishilgan natijalarga muvofiq tanlovni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik mukofot puli (barcha soliq va majburiy toʻlovlar ushlab qolingan holda) beriladi.
Mukofot pulini berish (tayinlash) innovatsion rivojlanish vazirining buyrugʻiga muvofiq amalga oshiriladi.
3-§. Ilmiy gʻoyalarni koʻrib chiqish va tanlab olish tartibi
14. Ilmiy gʻoyalarni koʻrib chiqish Tanlov eʼlon qilingandan soʻng, iqtidorli yoshlarning aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari koʻrsatilgan ilmiy gʻoyalari asosida amalga oshiriladi.
15. Ilmiy gʻoyalar boʻyicha arizalar Vazirlik tomonidan belgilangan muddatlar, talablar va shakllarga muvofiq kamida ikki oy muddatda ikki bosqichda quyidagi tartibda talabgorlarning saralash tanlovlarini oʻtkazadi.
1-bosqichda kiritilgan ilmiy gʻoyalar ushbu Nizomning 14-bandiga mos ravishda toʻliq taqdim etilganligi va rasmiylashtirilganligi Yoshlar akademiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Yoshlar akademiyasi zarur holatlarda, taqdim etilgan ilmiy gʻoyalar boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar, taqdimotlar talab etishi va ilmiy gʻoyalarni oʻrganishda tegishli mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.
Tanlov doirasida talabgor tomonidan taqdimot qilingan ilmiy gʻoyalarda kamchilik mavjud boʻlgan taqdirda, talabgorga takomillashtirish uchun qaytariladi. Talabgor ilmiy gʻoyani bir oy muddat ichida takomillashtirilgan holda qayta taqdim etadi. Bir oydan kech taqdim etilgan ilmiy gʻoyalar qabul qilinmaydi.
1-bosqich natijalari boʻyicha tanlovning 2-bosqichida ishtirok etadigan talabgorlar toʻgʻrisida yigʻma roʻyxat shakllantiriladi.
2-bosqichda talabgorlar oʻz ilmiy gʻoyalarini Tanlov komissiyasi oldida taqdimot (prezentatsiya) koʻrinishida himoyasini oʻtkazadilar. 2-bosqich tanlovlar davrida taqdimot himoyasida uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan talabgorlarning ilmiy gʻoyasi Tanlov komissiyasining qaroriga asosan rad etilishi mumkin.
Taqdimot himoyasida talabgorlar ilmiy gʻoyani qisqa, loʻnda va asoslangan holda ochib berishi hamda puxta tayyorgarlik koʻrgan holda ishtirok etishlari talab etiladi.
Bunda Tanlov komissiyasi taqdimot natijalariga asosan yakuniy xulosa tayyorlashda quyidagi baholash mezonlariga amal qiladi:
ilmiy gʻoyani jamiyat va iqtisodiyotdagi maʼlum bir muammoning yechimiga qaratilganligi — 30 ballgacha;
ilmiy gʻoyaning amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlarning aniq va asoslangan hisob-kitob qilinganligi — 30 ballgacha;
ilmiy gʻoyaning aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari koʻrsatilganligi — 40 ballgacha.
16. Talabgorlarni baholash hamda gʻolib deb topish Tanlov komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bunda, kamida 50 ball toʻplagan ilmiy gʻoyalar Tanlov komissiyasi qarori bilan gʻolib deb topilishi mumkin.
Gʻolib deb topilgan talabgorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Vazirlik veb-saytida joylashtiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining buyrugʻi bilan gʻolib talabgorlarning ilmiy gʻoyalari amalga oshirish uchun ragʻbatlantiriladi.
Bir talabgor uchun ilmiy gʻoyani amalga oshirish uchun talab qilinadigan mablagʻlarning umumiy hajmi bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan oshmasligi lozim.
17. Ilmiy gʻoyalarni koʻrib chiqish va tanlab olish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4-§. Ilmiy loyihalarni shakllantirish va ularni koʻrib chiqib, tanlab olish tartibi
18. Tanlov doirasida eʼlon qilinadigan ilmiy loyiha mavzulari Yoshlar akademiyasi tomonidan davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, ilmiy faoliyat subyektlarining asoslangan takliflari, shuningdek, fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari, tijoratlashtirish imkoniyati mavjud yakuniy tayyor mahsulot/texnologiyalarga boʻlgan ehtiyojlari asosida shakllantiriladi.
19. Shakllantirilgan ilmiy loyiha mavzulari Tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilganidan soʻng belgilangan tartibda Vazirlik tomonidan eʼlon qilinadi.
Eʼlon qilingan ilmiy mavzular asosida talabgorlar tomonidan kiritilgan ilmiy loyihalar Yoshlar akademiyasi tomonidan qabul qilinadi va texnik ekspertizadan oʻtkaziladi.
Vazirlik tanlov doirasida yosh olimlarning takliflariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari, tijoratlashtirish imkoniyati mavjud yakuniy tayyor mahsulot yoki texnologiyalarga boʻlgan ehtiyojlari boʻyicha mavzu eʼlon qilinmagan yoʻnalishlarda tashabbuskor ilmiy loyihalar qabul qilishi mumkin.
Tashabbuskor ilmiy loyihalar boʻyicha arizalar Vazirlik tomonidan belgilangan talablar, muddatlar, tashabbuskor loyihalarning yoʻnalishlari va shakllarga muvofiq taqdim etiladi. Bunda ilmiy loyihalarni amalga oshirish mexanizmi, muddatlari va kutilayotgan natijalar koʻrsatilgan boʻlishi zarur.
20. Tanlov doirasida eʼlon qilinadigan ilmiy loyiha mavzulari va tashabbuskor ilmiy loyihalar boʻyicha arizalar Vazirlik tomonidan belgilangan muddatlar, talablar va shakllarga muvofiq ilmiy loyihalarning saralash tanlovlarini oʻtkazadi.
Vazirlik huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan shakllantiriladigan va muvofiqlashtiriladigan tegishli fan yoʻnalishlari boʻyicha ekspertlar jamoasi qabul qilingan ilmiy loyihalarni baholash va ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda ilmiy ekspertiza jarayonini amalga oshiradi.
Tanlovga hujjatlar topshirish muddatining oxirgi sanasigacha tanlov hujjatlarida belgilangan talablarga javob beradigan kamida bitta ilmiy loyiha arizasi kelib tushgan boʻlsa, tanlov haqiqiy deb hisoblanadi.
Texnik va ilmiy ekspertizada ijobiy baholangan va moliyalashtirishga tavsiya etilgan ilmiy loyihalarining yakuniy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror Kollegial organ tomonidan qabul qilinadi.
Agar tanlovda eʼlon qilingan mavzu boʻyicha hech kim qatnashmagan boʻlsa, u holda tanlov boʻlmagan deb hisoblanadi. Bu holda Vazirlik ushbu loyiha boʻyicha bir xil shartlar va talablar asosida qayta tanlov oʻtkazishi mumkin.
Agar loyihalarning texnik ekspertizasi natijalariga koʻra, Vazirlik barcha loyihalarni rad etsa, tanlov boʻlmagan deb topiladi va qayta tanlov eʼlon qilinadi.
Tanlov hujjatlari shartlarini oʻzgartirmasdan, qayta tanlovda yangi takliflarni qabul qilish muddati kamida oʻn ish kuni deb belgilanadi. Agar qayta tanlovga muqobil loyiha arizasi kelib tushmasa, belgilangan tartibda Kollegial organga yoʻnaltiriladi. Ushbu mavzu boʻyicha qayta eʼlon qilmaslik qaror qabul qilinishi mumkin.
Bitta ilmiy loyihani amalga oshirish uchun talab qilinadigan mablagʻlarning umumiy hajmi bazaviy hisoblash miqdorining 2000 baravaridan oshmasligi lozim.
21. Ilmiy loyihalarni shakllantirish va ularni koʻrib chiqib, tanlab olish ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5-§. Startap loyihalarni shakllantirish va ularni koʻrib chiqib, tanlab olish tartibi
22. Startap loyihalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish Tanlov eʼlon qilingandan soʻng, talabgorlarning aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari koʻrsatilgan startap loyihalari asosida amalga oshiriladi.
Tanlov doirasida talabgorlar tomonidan yuborilgan startap loyihalari Yoshlar akademiyasi tomonidan qabul qilinadi.
23. Startap loyihalar boʻyicha arizalar Vazirlik tomonidan belgilangan muddatlar, talablar va shakllarga muvofiq talabgorlarning saralash tanlovlarini oʻtkazadi.
1-bosqich taqdim etilgan arizalarning tanlov shartlariga mosligi, hayotga tatbiq etish darajasi va natijadorligi yuzasidan Tanlov komissiyasi majlislarida startap loyiha taqdimoti bilan ishtirok etadi.
24. Tanlov komissiyasi majlislarida startap loyihalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
startap loyihaning innovatsionligi — avval qoʻllanilmagan texnologiyalar va (yoki) jarayonni tashkil etish tamoyillari yoki avval ishlab chiqarilmagan mahsulotning yangi qoʻllanilish darajasi — 20 ballgacha;
startap loyihaning investitsiyaviy jozibadorligi — qoʻshimcha daromad keltiradigan hamda uni amalga oshirishda investitsiyalar xavfini kamaytiradigan qulay investitsion va innovatsion sharoitlar va afzalliklar yigʻindisi — 20 ballgacha;
startap loyihani amalga oshirish samaradorligi — 20 ballgacha;
startap loyihaning resurs bilan taʼminlanganligi — loyihani texnik amalga oshirish imkoniyatlari (moddiy-texnik baza, xodimlar, muhofaza hujjatlari mavjudligi va boshqalar) — 10 ballgacha;
startap loyiha uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi, eksportga yoʻnaltirilgan yoki import oʻrnini bosadigan ilmiy hajmdor mahsulotlarni olishni tashkil qilish istiqbollari — 30 ballgacha.
25. Tanlov komissiyasining startap loyihalarni koʻrib chiqish boʻyicha majlisi natijalari boʻyicha kamida 50 ball toʻplagan startap loyihalar 1-bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi hamda Vazirlikning tegishli boʻlimi tomonidan oʻtkaziladigan 2-bosqich moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasiga yoʻnaltiriladi.
Moliyaviy ekspertizadan muvaffaqiyatli oʻtgan startap loyihalar Yoshlar akademiyasi tomonidan Kollegial organga koʻrib chiqish uchun kiritiladi. Kollegial organ startap loyiha toʻgʻri va xolis ekspertizadan oʻtkazilganligini tekshirish maqsadida qoʻshimcha ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Qoʻshimcha ekspertiza oʻtkazish tartibi Kollegial organ tomonidan tasdiqlanadi.
26. Kollegial organ tomonidan startap loyihani moliyalashtirish yoki moliyalashtirmaslik toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi va Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
27. Bir talabgorga startap loyihani amalga oshirish uchun talab qilinadigan mablagʻlarning umumiy hajmi bazaviy hisoblash miqdorining 3000 baravaridan oshmasligi lozim.
Startap loyihani amalga oshirish maqsadida 20 foizdan kam boʻlmagan miqdorda pul yoki moddiy qiymat koʻrinishida qoʻshimcha moliyalashtirish boʻyicha sherik mavjud boʻlgan taqdirda, kollegial organning tegishli qarori bilan startap loyihaga moliyalashtirishda ustuvorlik berilishi mumkin.
28. Startap loyihani koʻrib chiqish va tanlab olish ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3-bob. Ilmiy gʻoya, ilmiy va startap loyihalarni moliyalashtirish tartibi
29. Tanlovni tashkil etish va moliyalashtirish har yili Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
30. Tanlov komissiyasi muvaffaqiyatli deb topgan va tasdiqlagan ilmiy gʻoyalarni ragʻbatlantirish innovatsion rivojlanish vazirining buyrugʻi qabul qilingandan soʻng amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining buyrugʻiga asosan muvaffaqiyatli oʻtgan ilmiy gʻoya mualliflariga pul mablagʻlari ularning nomiga ochilgan bank kartasiga oʻtkazib beriladi.
31. Kollegial organ qaroriga muvofiq moliyalashtirishga tavsiya etilgan ilmiy loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining buyrugʻi qabul qilingandan soʻng amalga oshiriladi.
Ilmiy loyihalarni bajarish uchun Vazirlik bilan gʻolib talabgor va ilmiy loyihaning ijrochi tashkiloti oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi.
Ilmiy loyihalarni moliyalashtirishda hisob-kitoblar va moliyaviy rejaning shakllari, tartibi, xarajatlarning hajmi hamda turlarini aniqlash tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Ajratilgan mablagʻlar ilmiy izlanishlar olib borishga, shuningdek, ish haqidan tashqari, umumiy mablagʻning kamida 40 foizi ilmiy asbob-uskunalar, xom ashyolar hamda boshqa zarur materiallarni xarid qilish va natijada yuqori qiymatga ega, tijoratlashtirish imkoni yuqori boʻlgan yangi mahsulot (xizmat)larni ishlab chiqarishni taʼminlashga yoʻnaltirilishi lozim.
32. Kollegial organ qaroriga muvofiq moliyalashtirishga tavsiya etilgan startap loyihalar innovatsion rivojlanish vazirining buyrugʻi qabul qilingandan soʻng amalga oshiriladi.
33. Startap loyihalarni moliyalashtirish Vazirlik bilan tanlov natijalariga koʻra gʻolib talabgor faoliyat yuritayotgan (yoki u tomonidan tashkil etiladigan) startap loyihani amalga oshiruvchi yuridik shaxs oʻrtasida tuziladigan shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
34. Moliyalashtirilayotgan startap loyihalar ijrochi tashkilotlari belgilangan tartibda Vazirlik huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi, Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi yoki “Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidenti maqomini olish huquqiga ega.
4-bob. Ilmiy gʻoya, ilmiy va startap loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi
35. Tanlov doirasida ilmiy va startap loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilish Vazirlik bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Monitoring loyiha tasdiqlangan rejaga muvofiq bajarilishi, moliyaviy mablagʻlarning maqsadga muvofiq sarflanishi, belgilangan muddatlarda hisobotlar taqdim etilishi va olingan natijalarning samaradorligini baholashni oʻz ichiga oladi.
Ilmiy va startap loyihalarining monitoring natijalari boʻyicha jamlanma hisobotni belgilangan tartibda qabul qilish, shuningdek, ularni bajarish boʻyicha axborot va boshqa tahliliy materiallar tayyorlash Yoshlar akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
36. Ilmiy gʻoyalarni amalga oshirish jarayonini monitoring qilish Yoshlar akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Ilmiy gʻoyalar boʻyicha belgilangan ishlarni oʻz muddatida bajarmaslik, shuningdek, hisobotlarni topshirish muddatlari va moliyaviy intizomni buzish Yoshlar akademiyasining tashabbusi bilan talabgorning ikki yilga Tanlovda qatnashishini rad etish uchun asos boʻladi.
37. Ilmiy va startap loyihalarning natijalari monitoringi Vazirlik huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan amalga oshiriladi.
38. Zarur hollarda tegishli fan yoʻnalishlari boʻyicha ekspertlar jamoasi bilan birgalikda mustaqil ekspert va mutaxassislarni jalb etgan holda, ilmiy va startap loyihalarning bajarilishi monitoringini amalga oshiradi.
Monitoring quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
taqdim etilgan hisobotlarni ekspertlar tomonidan koʻrib chiqish;
ilmiy loyiha rahbarining taqdimot shaklidagi hisobotlari bilan tanishish;
zarur hollarda ilmiy loyihani bevosita joyiga chiqqan holda oʻrganish.
Ilmiy loyihani masofadan yoki bevosita joyiga chiqqan holda oʻrganishda quyidagi asosiy jihatlarga eʼtibor qaratilishi lozim:
ilmiy loyiha boʻyicha imzolangan shartnoma va uning kalendar rejasiga asosan bajarilish holati;
ijrochi tashkilot tomonidan ilmiy loyihaning amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilganligi;
ajratilgan moliyaviy mablagʻning maqsadli sarflanayotganligi;
ilmiy loyihalar natijalari boʻyicha yetakchi xorijiy jurnallarda maqolalar chop etish borasida erishilgan natijalar va ularning mavjud salohiyatga nisbatan qiyosiy tahlili;
har bir loyiha doirasida qoʻlga kiritiladigan yakuniy natijalar va ularni tijoratlashtirish imkoniyatlari.
39. Ilmiy va startap loyihalar boʻyicha belgilangan ishlarning alohida bosqichlarining rejalashtirilgan hajmlarini oʻz muddatida bajarmaslik, shuningdek, hisobotlarni topshirish muddatlarini va moliyaviy intizomni buzish Vazirlikning tashabbusi bilan moliyalashtirish toʻxtatilishiga va shartnoma bekor qilinishiga asos boʻlishi va ilmiy loyihalarning ijrochi tashkilotlariga nisbatan tegishli choralar koʻrishga olib kelishi mumkin.
40. Ilmiy va startap loyihalar monitoringi natijalari boʻyicha Vazirlik huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazining xulosalari Vazirlik tomonidan ilmiy yoʻnalishlarning istiqbolini belgilash, ilmiy va startap loyihalarni moliyalashtirishni davom ettirish yoki toʻxtatish boʻyicha qarorlar qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
41. Kollegial organ taqdim etilgan hujjatlar asosida (bildirishnoma, tadqiqot loyihalari toʻgʻrisidagi hisobot), aniqlangan oʻzgarishlar yoki olingan natijalar kutilganidan oʻzgacha boʻlsa, ilmiy va startap loyihalarni kelgusida moliyalashtirish yoki ularning maqsadli parametrlarini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Kollegial organ taqdim etilgan hujjatlar (ariza-xabarnoma, hisobot ilmiy va startap loyihalar) asosida kutilgan natijalardan farqli oʻlaroq, natijalar ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʻlmaganligi aniqlangan boʻlsa, ilmiy va startap loyihalarni moliyalashtirishni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ilmiy va startap loyihalarni moliyalashtirishni toʻxtatish ijrochi tashkilot va Vazirlik oʻrtasidagi tuzilgan shartnomani bekor qilish uchun asos boʻladi.
42. Moliyalashtirilishi toʻxtatilgan loyihalardan boʻshagan mablagʻlar navbatdagi tanlovlarga yoʻnaltiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
43. Ilmiy va startap loyihalarning har bir ijrochisi faqat bir loyihada toʻliq stavkada yoki ikki loyihada oʻrindosh sifatida ishtirok etishi mumkin, bunda ularning umumiy ulushi ikki toʻliq stavkadan oshmasligi lozim.
44. Ilmiy loyihalar boʻyicha gʻolib talabgorlar ijrochi tashkilotlarning rahbarlari bilan bir qatorda bajariladigan tadqiqotlarning ilmiy-texnik saviyasi, hisobotlarni belgilangan muddatlarda topshirilishi, shuningdek, moliyaviy mablagʻlarning samarali va maqsadli sarf qilinishi uchun shaxsan javob beradilar.
45. Ilmiy loyihaning rahbari boshqa joyga ishga oʻtgan hollarda ushbu loyihaning amalga oshirilish joyi (ijrochi tashkilot) oʻzgartirilmaydi.
46. Ilmiy loyiha boʻyicha ijrochi tashkilotning qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan faoliyati toʻxtatilganda, mazkur tashkilotdagi ilmiy loyihalar yoʻnalishi mos boshqa tashkilotga oʻtkaziladi.
47. Ushbu nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Tanlov doirasida ilmiy gʻoyalarni shakllantirish, koʻrib chiqish va tanlab olish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Vazirlik)
“Boʻlajak olim” tanlovi doirasida iqtidorli yoshlar uchun tanlov eʼlon qilish
Bir yilda kamida bir marta
2-bosqich
Tanlov ishtirokchisi
Aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari koʻrsatilgan ilmiy gʻoyalarni taqdim etish
Tanlov eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda
3-bosqich
Yoshlar akademiyasi
Ushbu Nizomning talablariga mos ravishda toʻliq taqdim etilganligi va rasmiylashtirilganligini koʻrib chiqish va muvaffaqiyatli oʻtgan ilmiy gʻoyalar boʻyicha yigʻma roʻyxat shakllantirish hamda Tanlov komissiyasiga taqdim etish
Tanlovga hujjatlarni qabul qilish yakunlangan sanadan boshlab, 30 kun ichida
4-bosqich
Tanlov komissiyasi
Talabgorlar ilmiy gʻoyalarining himoyasi oʻtkazilib, (prezentatsiya koʻrinishida himoya qilishlari talab etiladi) yakuniy xulosaga kelish
Tanlov komissiyasiga yigʻma roʻyxat taqdim etilgandan soʻng 30 kun ichida
5-bosqich
Vazirlik
Gʻolib talabgorlarning ilmiy gʻoyalarini amalga oshirishlari uchun Vazirlikning tegishli buyrugʻini qabul qilish
Tanlov komissiyasi xulosasi rasmiylashtirilgandan soʻng 10 kun ichida
6-bosqich
Vazirlik
Tanlov gʻoliblarini internet nashrlari va Innovatsion rivojlanish vazirligi rasmiy veb-saytida eʼlon qilish
Vazirlikning tegishli buyrugʻi qabul qilingandan soʻng 10 kun ichida
“Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Tanlov doirasida ilmiy loyihalarni shakllantirish, koʻrib chiqish va tanlab olish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Vazirlik)
“Boʻlajak olim” tanlovi doirasida iqtidorli yoshlar uchun tanlov eʼlon qilish
Bir yilda kamida bir marta
2-bosqich
Yoshlar akademiyasi
Tanlov doirasida eʼlon qilinadigan ilmiy loyiha mavzularini shakllantirish
Yil davomida
3-bosqich
Tanlov komissiyasi
Yoshlar akademiyasi tomonidan shakllantirilgan ilmiy loyiha mavzularini koʻrib chiqish va eʼlon uchun tanlab olish
Tanlov eʼlon qilishdan 20 kun avval
Vazirlik
Tanlab olingan mavzular roʻyxatini eʼlon qilish
Tanlov eʼlon qilingan kundan boshlab
4-bosqich
Yoshlar akademiyasi
Eʼlon qilingan ilmiy mavzular asosida yoki tashabbuskor ilmiy loyihalarni qabul qilish
Loyihalar qabul qilish yakunlanguncha
5-bosqich
Yoshlar akademiyasi
Tanlov doirasida qabul qilingan ilmiy loyihalarni oʻrnatilgan tartibda texnik ekspertiza jarayonini amalga oshirish
Loyihalar qabul qilish yakunlangandan soʻng 15 kun ichida
6-bosqich
Tegishli fan yoʻnalishlari boʻyicha ekspertlar jamoasi
Tanlov doirasida qabul qilingan texnik ekspertiza natijalariga koʻra ilmiy loyihalarni baholash va ularni koʻrib chiqish uchun oʻrnatilgan tartibda ilmiy ekspertiza jarayonini amalga oshirish
Texnik ekspertiza yakunlangandan soʻng 30 kun ichida
7-bosqich
Kollegial organ
Texnik va ilmiy ekspertizada ijobiy baholangan va moliyalashtirishga tavsiya etilgan ilmiy loyihalarining yakuniy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilish
Ilmiy ekspertiza yakunlangandan soʻng 10 kun ichida
“Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Tanlov doirasida startap loyihalarni koʻrib chiqish va tanlab olish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Vazirlik)
“Boʻlajak olim” tanlovi doirasida iqtidorli yoshlar uchun tanlov eʼlon qilish
Bir yilda kamida bir marta
2-bosqich
Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan talabgorlar
Aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari koʻrsatilgan startap loyihalarni Yoshlar akademiyasiga taqdim etish
Loyihalarni qabul qilish yakunlangunga qadar
3-bosqich
Tanlov komissiyasi
Taqdim etilgan arizalarning tanlov shartlariga mosligi, hayotga tatbiq etish darajasi va natijadorligi yuzasidan startap loyiha taqdimoti
Loyihalar qabul qilish yakunlangandan soʻng 20 kun muddatda
4-bosqich
Vazirlikning tegishli boʻlimi
Tanlov komissiyasidan muvaffaqiyatli oʻtgan startap loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasini oʻtkazish
3-bosqich yakunlangandan soʻng 20 kun muddatda
5-bosqich
Kollegial organ
Startap loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasi natijalariga asosan startap loyihani moliyalashtirish yoki moliyalashtirmaslik toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi
4-bosqich yakunlangandan soʻng 10 kun muddatda
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qaroriga 3-ILOVA
Yosh olimlarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — buyurtmachilar) tomonidan tavsiya etilgan nomzodlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlar (markazlar, universitetlar va boshqalar)ga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga (keyingi oʻrinlarda — stajirovka) yuborish yuzasidan tanlovlarni tashkil etish, oʻtkazish, saralash, moliyalashtirish va stajirovka yakuni boʻyicha hisobot taqdim etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
nomzodlar — buyurtmachilar tomonidan stajirovka oʻtashga yuborish maqsadida tavsiya etiladigan, ilmiy va innovatsion faoliyat turlari bilan shugʻullanadigan shaxslarga beriladigan shaxsiy identifikatsiya raqamiga ega boʻlgan ilmiy, ilmiy-pedagogik va texnik-muhandis shu bilan birga, stajyor-tadqiqotchi, doktorant, mustaqil izlanuvchi va taʼlim oluvchi sifatida faoliyat yuritayotgan talabgorlar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
maxsus ekspert guruhi — stajirovka oʻtashga yuborish boʻyicha saralash tanlovlarni oʻtkazish, gʻolib va rad etilgan nomzodlar toʻgʻrisida xulosa olish hamda ushbu jarayonni muvofiqlashtirish huquqiga ega Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
maqsadli tanlovlar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbusiga koʻra ilm-fan sohasida yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha tuzilgan anglashuv bitimlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlarini amalga oshirish maqsadida eʼlon qilinadigan tanlovlar;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
maʼlumot (hujjat)lar — buyurtmachilar tomonidan stajirovka oʻtashga yuborish maqsadida tavsiya etilgan nomzodlar toʻgʻrisida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar toʻplami;
buyurtmachi — oliy taʼlim va ilmiy, shuningdek, innovatsion sohada faoliyat yuritadigan yuridik shaxs;
qabul qiluvchi tashkilot — tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar stajirovkaga yuboriladigan xorijiy ilmiy muassasa yoki taʼlim tashkiloti;
maxsus axborot tizimi — tanlovlar va stajirovkalarni tashkil etishning barcha jarayonlarida axborotlarning elektron shaklda almashinuvini taʼminlaydigan kompleks — dasturiy mahsulot.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
21. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, qabul qilingan strategiyalari hamda ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, Tashqi ishlar vazirligi va soha boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan xalqaro tashkilotlar orqali hamkorlik oʻrnatiladigan qabul qiluvchi tashkilotlar sonini koʻpaytirish choralarini koʻradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
3. Stajirovka oʻtashga yuborish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) davriy ravishda, kalendar yilida kamida bir marotaba 1-iyulga qadar tanlov eʼlon qiladi.
Hujjatlar tanlov eʼlon qilingan sanadan boshlab, kamida bir oy davomida maxsus axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
Yosh olimlarni qabul qiluvchi tashkilotlarga stajirovkalarga yuborish boʻyicha tanlovlarni tashkil etish, oʻtkazish, saralash va moliyalashtirish Agentlik va Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tomonidan birgalikda amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
4. Stajirovka yakka tartibda yoki jamoaviy shaklda bir oydan olti oygacha boʻlgan muddatda tashkil etilishi mumkin.
Bir oydan kam (15 kalendar kundan kam boʻlmagan) boʻlgan muddatga stajirovka oʻtashga maxsus ekspert guruhi xulosasi asosida maʼqullangan taqdirda yuboriladi.
Stajirovkaning shakli tanlovning eʼlon matnida koʻrsatiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
41. Jamoaviy stajirovka qabul qiluvchi tashkilot bilan erishilgan dastlabki kelishuvga muvofiq oʻtkaziladi.
Dastlabki kelishuv Vazirlik, Agentlik va Jamgʻarma tomonidan qabul qiluvchi tashkilot oʻrtasida stajirovkani tashkil etishni nazarda tutuvchi ikki va koʻp tomonlama hujjatni imzolash orqali amalga oshiriladi.
42. Yakka tartibdagi stajirovka buyurtmachi va qabul qiluvchi tashkilot oʻrtasida erishilgan dastlabki kelishuv asosida tanlov natijalariga koʻra oʻtkaziladi.
43. Stajirovkaning boshlanish vaqti tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir kalendar yildan oshib ketmasligi lozim.
Belgilangan muddatda stajirovka oʻtash boshlanmagan taqdirda, ilmiy stajirovka bekor qilingan deb hisoblanadi.
(41 , 42 va 43-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
5. Stajirovka oʻtashga tavsiya etilayotgan nomzodlarni mutaxassislik fanidan chet tilida suhbat oʻtkazish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasi va koʻnikmalarini aniqlash yuzasidan dastlabki saralash tanlovini oʻtkazish bevosita buyurtmachilar tomonidan amalga oshiriladi.
2-bob. Tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi
1-§. Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar
6. Stajirovka oʻtashga mutaxassislik fani va xorijiy tillarni oʻzining ish faoliyatini amalga oshirishda zarur boʻlgan darajada biladigan, yoshi 20 dan 40 gacha boʻlgan nomzodlar yuboriladi.
7. Nomzodlar bir yil davomida ikki marotaba yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar) stajirovka oʻtashga gʻolib sifatida maʼqullanishi mumkin emas.
8. Tanlovlarda gʻolib deb topilgan nomzodlar stajirovka oʻtab kelgandan hamda mazkur stajirovka boʻyicha hisobot taqdim etgandan soʻng navbatdagi kalendar yilidagi eʼlon qilingan tanlovlarga nomzod sifatida tavsiya etilishi mumkin.
9. Agentlik stajirovkalarga yuborish boʻyicha tanlov haqidagi eʼlonni tanlov oʻtkazishdan kamida bir oy oldin Agentlikning rasmiy veb-sayti va maxsus axborot tizimiga joylashtiradi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Tanlov haqida Internet jahon axborot tarmogʻi, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda ham eʼlon berilishi mumkin.
10. Tanlovni oʻtkazish haqidagi eʼlonda quyidagilar aks etishi zarur:
taqdim etiladigan maʼlumot (hujjat)larning aniq roʻyxati, ularni qabul qilish tartibi, muddatlari va joyi;
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
11. Buyurtmachilar stajirovka oʻtashga tavsiya etilgan nomzodlar toʻgʻrisida Agentlikka quyidagi maʼlumot (hujjat)larni taqdim etadilar:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi stajirovka rejasi;
buyurtmachilarning kollegial organi (ilmiy kengash, kengash, ilmiy-texnikaviy kengash, ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash va boshqa shakllarda boʻlishi mumkin) qaroridan koʻchirma;
yakka tartibdagi stajirovkalar boʻyicha eʼlon qilingan tanlovda ishtirok etish uchun nomzod tomonidan qoʻshimcha ravishda qabul qiluvchi tashkilotning rozilik (taklifnoma) xati va dastlabki kelishuv boʻyicha hujjat nusxasi hamda stajirovka davrida amalga oshiriladigan ishlar dasturi taqdim etiladi;
ilmiy darajasi (fan nomzodi, PhD va fan doktori), ilmiy unvonini (katta ilmiy xodim, dotsent, professor) tasdiqlovchi diplom(lar)ning nusxasi, agar mavjud boʻlsa;
stajirovkaning maqsadga muvofiqligi, asosiy vazifalari, kutilayotgan natijalari hamda ilmiy faoliyatiga taʼsirini asoslovchi tahliliy maʼlumotlar bayon etilgan asosnoma;
xorijiy tillardan bilim darajasini belgilovchi amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (Milliy kvalifikatsiya sertifikati, IELTS, TOEFL va shu kabilar, muddati oʻtgan hujjatlar bundan mustasno), agar mavjud boʻlsa.
Nomzodlarning fuqarolik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi, oliy taʼlim muassasasini tugatganligini tasdiqlovchi diplom maʼlumotlari va fotosurati, xorijiy tillarni bilish darajasi boʻyicha milliy sertifikati “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
12. Maqsadli tanlovlarni tashkil etishda qabul qiluvchi tomonidan stajirovka oʻtash uchun taklifnoma (rozilik) xati Agentlik nomiga yuborilishi mumkin.
Bunda stajirovka davomida amalga oshiriladigan ishlar dasturi Agentlik tomonidan qabul qiluvchi tashkilot oʻrtasida markazlashgan holda kelishilishi mumkin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
13. Buyurtmachilar nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumot (hujjat)larni tegishli tartibda rasmiylashtirgan holda kuzatuv xati bilan ushbu Nizomning 11-bandida keltirilgan ketma-ketlikda maxsus axborot tizim orqali Agentlikka taqdim etadilar.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
14. Buyurtmachilar rahbarlari nomzodlarni tavsiya etish jarayonining xolisligi va taqdim etilayotgan maʼlumot (hujjat)larning haqqoniyligi shu bilan birga tavsiya etilgan nomzodlarni saralash, tanlovlarda ishtirokini taʼminlash uchun shaxsan javob beradilar.
4-§. Maxsus ekspert guruhi faoliyatini tashkil etish tartibi
15. Nomzodlarni tanlov asosida saralash maqsadida Agentlik tomonidan maxsus ekspert guruh(lar)i tashkil qilinadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
16. Maxsus ekspert guruhi Agentlik direktorining buyrugʻi asosida har yili tuziladi. Maxsus ekspert guruhi rahbari, rahbar oʻrinbosari, kotib va kamida besh nafar toq sonli aʼzolardan iborat boʻladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
17. Maxsus ekspert guruhi tarkibiga oʻz yoʻnalishida kamida 2 yil mehnat stajiga ega boʻlgan, chet tillarini yuqori darajada biladigan malakali (turli vazirlik, idoralar, oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar) mutaxassislar kiritiladi. Maxsus ekspert guruhiga rahbarlik qilish vazifasi Agentlik direktoriga yuklatiladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Ekspert guruhi rahbari, zarur hollarda qoʻshimcha mutaxassislarni (vazirlik, idoralar, oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar, shu jumladan ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari mutaxassislarini) ekspert sifatida (ovoz berish huquqi bilan) saralash, tanlovlarga jalb qilishi mumkin.
18. Maxsus ekspert guruhi yigʻilishlari yuzma-yuz yoki sirtdan (soʻrov orqali), shu jumladan yuzma-yuz yigʻilishlar onlayn rejimda videomuloqot shaklida oʻtkazilishi mumkin.
19. Maxsus ekspert guruhi yigʻilishini oʻtkazish uchun kvorum uning tarkibining uchdan ikki qismini tashkil etishi lozim.
Maxsus ekspert guruhi bayonnomalari guruh rahbari tomonidan tasdiqlanadi va ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan imzolanadi.
20. Stajirovkalarga yuborish orqali kadrlar tayyorlash jarayonini jadal rivojlantirish va sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb qilish, oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va undan respublikaning innovatsion rivojlanishida samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish maqsadida maxsus ekspert guruhi quyidagilarga haqlidir:
1-bosqich saralash tanlovlarda maʼlumot (hujjat)larni taqdim etilmagan qismini toʻldirish uchun eʼlon qilingan tanlovlar muddatini uzaytirish;
2-bosqich saralash tanlovlarda stajirovka dasturlarini qayta taqdimot himoyasini oʻtkazishga ruxsat berish.
21. Maxsus ekspert guruhining barcha aʼzolariga yil yakuni boʻyicha erishilgan natijalarga muvofiq Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik mukofot puli (barcha soliq va majburiy toʻlovlarni ushlab qolgan holda) beriladi.
Mukofot pulini berish (tayinlash) Agentlik direktorining buyrugʻiga muvofiq amalga oshiriladi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
22. Maxsus ekspert guruhining faoliyatini uning masʼul kotibi tashkil etadi.
23. Maxsus ekspert guruhi qabul qilgan qarorlarining xolisligi va haqqoniyligi uchun javobgardir.
3-bob. Saralash tanlovlarni oʻtkazish va stajirovkaga yuborish tartibi
24. Stajirovkalarga yuborish boʻyicha kelib tushgan maʼlumot (hujjat)larni umumlashtirish, nomzodlarni saralash tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tegishli boʻlim tomonidan amalga oshiriladi.
25. Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi buyurtmachilarning yuqori turuvchi vazirlik va idoralarining asoslantirilgan takliflari boʻyicha saralash tanlov oʻtkazmagan holda qaror chiqarishga haqli.
Bunda tavsiya etilgan nomzodlarning malakasi va unga qoʻyiladigan talablar ijrosi yuzasidan bevosita vazirlik va idoralarning rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
26. Nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumot (hujjat)lar 10 ish kuni muddatida tegishli boʻlim tomonidan umumlashtirilib, maxsus ekspert guruhiga xulosa olish uchun kiritiladi.
27. Saralash tanlovlar ikki bosqichda oʻtkaziladi. Maxsus ekspert guruhining qarori uning aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Maxsus ekspert guruhi rahbarining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
28. Maxsus ekspert guruhi kiritilgan maʼlumot (hujjat)larga asosan kamida bir oylik muddatda ikki bosqichda quyidagi tartibda nomzodlarning saralash tanlovlarini oʻtkazadi.
Saralash tanlovlarning 1-bosqichida kiritilgan maʼlumot (hujjat)lar ushbu Nizomning 11-bandiga mos ravishda toʻliq taqdim etilganligi va rasmiylashtirilganligi koʻrib chiqiladi.
Saralash tanlovlarning 1-bosqichi yakunlari boʻyicha maʼlumot (hujjat)lari taqdim etilgan nomzodlar boʻyicha saralash tanlovning 2-bosqichida ishtirok etishga oʻtkazilgan nomzodlar toʻgʻrisida yigʻma roʻyxat shakllantiriladi.
Maxsus ekspert guruhining saralash tanlovlarning 1-bosqichi natijalari boʻyicha qabul qilingan qarori Agentlik veb-sayti va maxsus axborot tizimiga joylashtiriladi.
(28-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Tanlov shartlariga muvofiq nomzodlar kamida 3 kun oldin maxsus axborot tizimi orqali tanlovning keyingi bosqichiga oʻtganligi, suhbat oʻtkazilish vaqti va manzili haqida xabardor qilinadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Saralash tanlovlarning 2-bosqichida nomzodlar oʻz stajirovka dasturlarini chet tilida taqdimot (prezentatsiya) koʻrinishida himoyasini oʻtkazadilar.
Saralash tanlovlar davrida taqdimot himoyasida ishtirok etmagan (kelmagan) nomzodlarning hujjatlari maxsus ekspert guruhining qaroriga asosan rad etilishi mumkin.
Taqdimot himoyasida nomzodlar tanlangan tadqiqot ishini qisqa, loʻnda va asoslangan holda ochib berishi hamda puxta tayyorgarlik koʻrgan holda ishtirok etishlari talab etiladi.
Bunda Maxsus ekspert guruhi taqdimot natijalariga asosan yakuniy xulosa tayyorlashda quyidagi mezonlarga amal qiladi:
xorijiy tillarni oʻzining ish faoliyatini amalga oshirishda zarur boʻlgan darajada bilishi va qoʻllay olishi — 30 ballgacha;
stajirovka maqsad va vazifalarining dolzarbligi hamda ilmiy yoki iqtisodiy samaradorligi — 40 ballgacha;
stajirovkaning oliy taʼlim va/yoki ilmiy tashkilotning yoʻnalishlari, ehtiyojlari va talablariga mosligi — 30 ballgacha.
Taqdimot natijalariga asosan kamida 60 ball toʻplagan nomzodlar Maxsus ekspert guruhi qarori bilan gʻolib deb topiladi.
29. Gʻolib nomzodlarning stajirovka uchun talab etiladigan mablagʻlari (transport, yashash, ovqatlanish va boshqa xarajatlar) Agentlik tomonidan koʻrib chiqilgandan soʻng maxsus ekspert guruhining yakuniy xulosasi rasmiylashtiriladi.
Bunda stajirovkaga yuborish xarajatlari boʻyicha tegishli asoslovchi hujjatlar nomzodlar tomonidan Agentlikga taqdim etilishi lozim.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
30. Ikkinchi bosqich tanlov gʻoliblari toʻgʻrisida ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladigan yakuniy xulosa Kuzatuv kengashida tasdiqlash uchun Jamgʻarmaga kiritiladi.
31. Saralash tanlovlarning 2-bosqichi natijalari Agentlikning rasmiy veb-sayti va maxsus axborot tizimiga joylashtirish orqali eʼlon qilinadi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Gʻolib nomzodlarni stajirovka oʻtashga yuborish Jamgʻarma tomonidan tanlov yakuniga muvofiq Jamgʻarma Kuzatuv kengashining tegishli qarori qabul qilingandan soʻng amalga oshiriladi.
Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
32. Agentlik stajirovka boʻyicha saralash tanlovlarning haqqoniyligiga va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishiga javobgardir.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
4-bob. Stajirovkalarni moliyalashtirish tartibi
33. Stajirovkalarga yuborish bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
34. Stajirovkalarni moliyalashtirish tegishli moliya yili uchun Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlarining prognoz parametrlarida nazarda tutiladi.
35. Maxsus ekspert guruhining yakuniy xulosasiga muvofiq saralab olingan nomzodlarning stajirovkasi bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarmaning tegishli moliya yilida ushbu maqsadlar uchun rejalashtirilgan mablagʻlari doirasida boʻlishi zarur.
36. Vazirlik ajratilgan mablagʻlardan samarali va maqsadli ishlatilishini yoʻlga qoʻyish maqsadida stajirovka bilan bogʻliq xarajatlarni qisqartirish va optimallashtirish huquqiga ega.
37. Stajirovkalar boʻyicha xarajatlar Agentlik, Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi, Buyurtmachi hamda yetakchi xorijiy ilmiy tashkilot oʻrtasidagi shartnoma bilan tartibga solinadigan stajirovka shartlari, talablari va muddatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
38. Stajirovkalarga yuborish bilan bogʻliq talablar va xarajatlar oʻrnatilgan tartibda tuziladigan shartnoma, joʻnab ketish (kelish) sanasi va boshqalarga asosan oʻzgarishi mumkin.
Bunda nomzodlar tomonidan rejalashtirilgan stajirovkaning davomiylik muddati Maxsus ekspert guruhida tasdiqlangan stajirovka muddatidan oshmasligi shart.
39. Stajirovka oʻtash davrida Jamgʻarma ajratilgan mablagʻlarda oqilona va maqsadli foydalanish hamda xarajatlar smetasiga qatʼiy rioya etgan holda sarflanishi uchun Buyurtmachi va nomzodlar javobgar hisoblanadi.
5-bob. Stajirovka yakuni boʻyicha hisobot taqdim etish tartibi
40. Stajirovka yakuni boʻyicha moliyaviy va ilmiy hisobotlar taqdim etiladi.
41. Stajirovka oʻtash uchun ajratilgan mablagʻlardan foydalanish yuzasidan moliyaviy hisobot buyurtmachilar tomonidan tasdiqlangan va tegishli hujjatlar, shu jumladan, xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda, gʻolib nomzodlar stajirovka oʻtab kelgan kundan boshlab 10 ish kunida qogʻoz va elektron shaklda Jamgʻarmaga taqdim etiladi.
Bunda hisobot maʼlumotlariga asosan belgilangan tartibda ishlatilmagan (iqtisod qilingan va maqsadsiz sarflangan) mablagʻlar stajirovka yakunlangan kundan boshlab 25 ish kunida Jamgʻarmaga qaytarilishi shart.
42. Stajirovka xarajatlari shartnomada koʻzda tutilgan mablagʻ miqdoridan oshib ketgan hollarda, haqiqiy xarajatlar Buyurtmachi tomonidan qoplanadi.
43. Stajirovka yakuni boʻyicha gʻolib nomzodlar tomonidan stajirovka oʻtab kelgan kundan boshlab 10 ish kunida ilmiy hisobot tayyorlanadi.
44. Ilmiy hisobot buyurtmachilarning kollegial organiga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritiladi.
45. Ilmiy hisobot tasdiqlanmagan taqdirda yosh olimning stajirovka davrida ishlatilgan mablagʻlari uning ish haqidan ushlab qolinib, Buyurtmachi tomonidan Jamgʻarmaga oʻtkazib beriladi.
46. Tasdiqlangan ilmiy hisobot va kollegial organ qarori nusxasi buyurtmachilar rasmiy kuzatuv xatiga ilova qilingan holda kollegial organ qarori chiqqan kundan boshlab 10 ish kunida maxsus axborot tizimi orqali Agentlikka taqdim etiladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
47. Gʻolib nomzodlar stajirovka oʻtab kelgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari boʻyicha xorijiy ilmiy anjumanlarda maʼruza bilan ishtirok etishi va xalqaro tan olingan maʼlumotlar bazasidagi yetakchi ilmiy jurnallarda nashr qilishi, shu bilan birga, kamida bir yil davomida Agentlik tomonidan tashkil etiladigan va boshqa tadbirlarda stajirovka davrida toʻplangan tajribalar va olgan bilim va koʻnikmalari borasida oʻz fikr va mulohazalarini bayon etishi lozim.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
48. Hisobot va maʼlumotlar haqqoniyligi yuzasidan buyurtmachilar rahbarlari javob beradilar.
49. Agentlik va Jamgʻarma buyurtmachilardan stajirovkaga yuborish va yakuniy hisobotlar yuzasidan kiritilgan maʼlumot (hujjat)lar boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishga haqlidir.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
50. Stajirovka oʻtash mobaynida tanlov gʻoliblarining belgilangan tartibda ish joyi va lavozimi shu jumladan, stipendiya yoki oʻrtacha ish haqi saqlanishi lozim.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
51. Maxsus ekspert guruhining saralash tanlovlarni oʻtkazish natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorlari boʻyicha manfaatdor shaxslar tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
52. Mazkur Nizom bilan tartibga solinmagan munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida hal qilinadi.
53. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Yosh olimlarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga (markazlar, universitetlar va boshqalar) qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish
REJASI
T/r
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Ish joyi va lavozimi
(oliy taʼlim yoki ilmiy tashkilot nomi)
Stajirovka maqsad va vazifalari
Stajirovka oʻtkaziladigan davlat, qabul qiluvchi tashkilotlar
Stajirovka davomiyligi
Stajirovka uchun talab etiladigan mablagʻlar
(transport, yashash, ovqatlanish va boshqa xarajatlar har biri alohida koʻrsatilishi zarur)
Fan yoʻnalishi
Kutilayotgan natijalar
1.
2...
Izoh. Stajirovka uchun talab etiladigan mablagʻlar ustuni maʼlumotlari oliy taʼlim yoki ilmiy tashkilotlar buxgalteriya hisobi xodimlari tomonidan toʻldiriladi.
Yosh olimlarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Yosh olimlarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida tanlovlarni tashkil etish, oʻtkazish, saralash, moliyalashtirish va stajirovka yakuni boʻyicha hisobot taqdim etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Innovatsion rivojlanish agentligi (Agentlik)
Respublikadagi yosh olimlarni stajirovkalarga yuborish boʻyicha Agentlik veb-sayti va maxsus axborot tizimida tanlov toʻgʻrisida eʼlon joylashtiradi.
Tanlov boshlanishidan kamida bir oy oldin
2-bosqich
Yuboruvchi tashkilotlar
1. Nomzodlar roʻyxatini shakllantirish va dastlabki saralash tanlovini oʻtkazadi.
2. Nomzodlar toʻgʻrisida maʼlumot va hujjatlarni yoʻllanma xati bilan maxsus axborot tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi.
Tanlovda belgilangan muddatda
3-bosqich
Agentlik
Nomzodlarni saralab olish uchun Agentlik huzurida Maxsus ekspert guruhini tuzadi.
Har yili yanvar oyida
4-bosqich
Maxsus ekspert guruhi
Nomzodlarning saralash tanlov bosqichlarini oʻtkazib, yakuniy xulosani Agentlikka taqdim etadi.
Kamida bir oy muddatda
5-bosqich
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Kuzatuv kengashi
Gʻolib nomzodlar stajirovkasini moliyalashtirish maqsadida Jamgʻarma Kuzatuv kengashining tegishli qarorini qabul qiladi.
Agentlik yoʻllanma xati kiritilgandan soʻng kamida bir oy muddatda
6-bosqich
Agentlik
Tanlov gʻoliblarini Agentlikning rasmiy veb-sayti va maxsus axborot tizimida eʼlon qiladi.
5-bosqich yakunlangandan soʻng kamida oʻn kun muddatda
7-bosqich
Yuboruvchi tashkilotlar
Stajirovka yakuni boʻyicha moliyaviy va ilmiy hisobotlar taqdim etadi.
Moliyaviy hisobot: stajirovka oʻtab kelgan kundan oʻn ish kunida;
Ilmiy hisobot: kollegial organqarori chiqqan kundan oʻn ish kunida
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2021-y., 09/21/222/0344-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)