Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 14.02.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 24-apreldagi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida” (yangi tahrirda)gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining kuchga kirishi munosabati bilan, shuningdek Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlarining aholini ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari bir hafta muddatda mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda tegishli axborot-tahlil departamentlari rahbarlar va mutaxassislari oʻrtasida vazifalar taqsimotini qayta koʻrib chiqsinlar va yangilangan vazifalar taqsimotini belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 1-aprel,
94-son
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 1-apreldagi 94-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
I. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2004-yil 1-dekabrdagi 561-son qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1, 2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 248-modda)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-martdagi 81-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-martdagi 56-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 13-son, 117-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 248-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(I boʻlimning 6 va 7-bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-noyabrdagi 302-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 49-son, 523-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 248-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1000-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
III. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-dekabrdagi 698–f-son farmoyishiga ilovada:
3-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7-bandning yettinchi xatboshidagi va 12-banddagi “Vazirlar Mahkamasining Raisining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda; 32-33-son, 248-modda; 2007-y., 13-son, 117-modda; 2009-y., 49-son, 523-modda)