Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Davlat tomonidan tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlari joriy etilishi, davlat organlarida sohaga oid boʻlmagan vazifalarning qisqartirilishi, ular faoliyatiga raqamli texnologiyalarning joriy etilishi, shuningdek, davlat funksiyalarini amalga oshirishga xususiy sektorning jalb qilinishi kabi yoʻnalishlarda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlardan kelib chiqib, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini taʼminlash maqsadida:
1. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning idoraviy va hududiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining shtat birliklarini qisqartirish va tuzilmasini maqbullashtirish boʻyicha Respublika komissiyasining quyidagi takliflari maʼqullansin:
a) 2021-yil 1-maydan boshlab:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning idoraviy va hududiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining sonini 15 foizgacha maqbullashtirish hamda ularning yangilangan cheklangan sonini 1-ilovaga muvofiq belgilash;
vazirlik va idoralarning rahbar oʻrinbosarlari lavozimlarini 2-ilovaga muvofiq qisqartirish;
b) Kapital bozorini rivojlantirish agentligini tugatish va uning barcha vazifa, funksiya va vakolatlarini Moliya vazirligiga berish.
2. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati loyihasini kiritsin:
Kapital bozorini rivojlantirish agentligining vakolatlari, huquq va majburiyatlari hamda mol-mulkini Moliya vazirligiga oʻtkazish;
tugatilayotgan Agentlikning xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarini, ular bilan kelishilgan holda, keyinchalik amalga oshirish mexanizmini belgilash;
Kapital bozorini rivojlantirish agentligining vakolatlari Moliya vazirligiga oʻtkazilishi hisobiga uning faoliyatini kengaytirish.
3. Mazkur qarorning ilovalarida koʻzda tutilgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari:
bir hafta muddatda markaziy apparat va idoraviy boʻysunuvdagi tashkilotlar xodimlari sonini maqbullashtirish boʻyicha komissiyalar tashkil etsin hamda qisqartiriladigan lavozimlar roʻyxatini tasdiqlasin;
shtat birliklari qisqartirilayotgan xodimlar bilan munosabatlarda mehnat qonunchiligi talablariga qatʼiy amal qilinishi hamda xodimlarning mehnat huquqlari buzilishiga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlasin;
shtat birliklarini maqbullashtirish natijasida funksional majburiyatlarning qayta taqsimlanishini hisobga olib, 2021-yil 1-mayga qadar boshqaruv xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
4. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarni ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish choralarini koʻrsin.
5. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2021-yil 15-mayga qadar:
vazirlik, idoralar va boshqa budjet tashkilotlarining shtat jadvallarini ushbu qaror bilan belgilangan boshqaruv xodimlarining cheklangan soniga va yordamchi xodimlar sonining belgilangan meʼyorlariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning idoraviy va hududiy boʻlinmalari faoliyati samaradorligini oshirish, yuqori samarali mehnatga intilishni kuchaytirish, xodimlarning oʻz kasb darajasini oshirishdan manfaatdorligini taʼminlashni nazarda tutuvchi mehnatga haq toʻlashning yagona tizimini joriy etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.
6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov), Moliya vazirligi (O.Z. Nasritdinxodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov) ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq miqdorda boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishida, shuningdek, davlat korxonalari boshqaruv organlarida kamida bir nafardan oʻrinbosari lavozimlarini qisqartirish, shuningdek, boshqaruv xodimlari sonini 10 foiz miqdorida maqbullashtirish tashabbusi bilan chiqsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (O.A. Xasanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov), Adliya vazirligi (R.Q. Davletov) boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
a) uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol qoʻllash orqali mahalliy davlat hokimiyati hamda davlat boshqaruvi organlarida eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholashning zamonaviy usullarini joriy etish;
maʼmuriy islohotlar doirasida davlat organlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini, shuningdek, bir-birini takrorlovchi funksiya va vazifalarni chuqur tahlil qilgan holda davlat organlari sonini qisqartirish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tuzilmasi hamda boshqaruv xodimlari sonini qayta koʻrib chiqish;
b) 2021-yil 1-sentabrga qadar xodimlarning eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga (KPI) erishilganligi natijalarini reyting baholashni amalga oshirish uchun maxsus dasturiy majmua ishlab chiqilishini hamda davlat organlarida bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2021-yil 1-avgustga qadar axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 3-aprel,
PQ-5053-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-apreldagi PQ-5053-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning idoraviy va hududiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni

T/r

Vazirlik va idoralar
nomi
*

Mavjud boshqaruv xodimlari shtat birligi soni

Jami qisqartirilayotgan shtat birliklari

Shundan:

2021-yil 1-may holatiga boshqaruv xodimlari shtat birligi soni

Davlat budjeti hisobidan

Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan

Mavjud shtat birliklari soni

Qisqartirilayotgan shtat birliklari

Mavjud shtat birligi soni

Qisqartirilayotgan shtat birliklari

1.

Vazirlar Mahkamasi

265

7

265

7

258
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 6-apreldagi

PF-6199-son Farmoni bilan qoʻshimcha ajratilayotgan shtatlarni inobatga olgan holda)

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

228

24

228

24

204

markaziy apparat

88

10

88

10

78

hududiy filiallar

140

14

140

14

126

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

94

8

94

8

86

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

146

22

146

22

124

markaziy apparat

86

13

86

13

73

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

60

9

60

9

51

5.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi**

2 289

122

2 289

122

2 167

markaziy apparat

327

36

327

36

291

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

694

49

694

49

645

tuman va shahar boʻlinmalari

1 013

1 013

1 013

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

255

37

255

37

218

6.

Moliya vazirligi**

6 038

871

6 038

871

5 167

markaziy apparat

574

54

574

54

520

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

1 322

226

1 322

226

1 096

tuman va shahar boʻlinmalari

2 776

392

2 776

392

2 384

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi

30

4

30

4

26

Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi

28

4

28

4

24

Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti

20

2

20

2

18

Davlat asillik darajasini belgilash palatasi

28

4

28

4

24

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

1 260

185

1 260

185

1 075

7.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi**

1 568

75

1 568

75

1 493

markaziy apparat

308

21

308

21

287

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

331

36

331

36

295

tuman va shahar boʻlinmalari

812

812

812

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi

52

8

52

8

44

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

26

4

26

4

22

Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi

39

6

39

6

33

8.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

3 898

383

2 499

352

1 399

31

3 515

markaziy apparat

201

14

196

13

5

1

187

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

646

91

607

85

39

6

555

tuman va shahar boʻlinmalari

3 022

274

1 667

250

1 355

24

2 748

Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi

29

4

29

4

25

9.

Suv xoʻjaligi vazirligi

120

18

120

18

102

markaziy apparat

96

14

96

14

82

Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

24

4

24

4

20

10.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

1 911

287

1 891

284

20

3

1 624

markaziy apparat

83

5

83

5

78

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

305

54

305

54

251

tuman va shahar boʻlinmalari

1 503

225

1 503

225

1 278

Jamoat ishlari jamgʻarmasi

20

3

20

3

17

11.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

307

46

305

46

2

261

markaziy apparat

121

14

119

14

2

107

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

186

32

186

32

154

12.

Xalq taʼlimi vazirligi

2 393

348

2 393

348

2 045

markaziy apparat

206

6

206

6

200

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

645

70

645

70

575

tuman va shahar boʻlinmalari

1 478

261

1 478

261

1 217

Respublika taʼlim markazi

23

4

23

4

19

Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi

16

3

16

3

13

Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi

25

4

25

4

21

13.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

654

68

654

68

586

markaziy apparat

139

12

139

12

127

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

419

42

419

42

377

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

96

14

96

14

82

14.

Madaniyat vazirligi

1 053

159

1 053

159

894

markaziy apparat

81

12

81

12

69

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

193

29

193

29

164

tuman va shahar boʻlinmalari

779

118

779

118

661

15.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

233

6

233

6

227

markaziy apparat

127

127

127

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

96

4

96

4

92

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

10

2

10

2

8

16.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi**

1 084

166

1 084

166

918

markaziy apparat

108

10

108

10

98

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

319

26

319

26

293

tuman va shahar boʻlinmalari

657

130

657

130

527

17.

Qurilish vazirligi

549

81

535

79

14

2

468

markaziy apparat

88

11

74

9

14

2

77

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

196

18

196

18

178

tuman va shahar boʻlinmalari

205

43

205

43

162

Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi

40

6

40

6

34

Qurilishda texnik meʼyorlash markazi

20

3

20

3

17

18.

Maktabgacha taʼlim vazirligi

2 325

349

2 325

349

1 976

markaziy apparat

142

23

142

23

119

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

290

290

290

tuman va shahar boʻlinmalari

1 893

326

1 893

326

1 567

19.

Transport vazirligi

1 268

190

1 268

190

1 078

markaziy apparat

152

22

152

22

130

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

284

42

284

42

242

tuman va shahar boʻlinmalari

93

17

93

17

76

Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

55

7

55

7

48

Fuqaro aviatsiyasi agentligi

60

9

60

9

51

Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi

74

11

74

11

63

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

550

82

550

82

468

20.

Energetika vazirligi

358

37

319

33

39

4

321

markaziy apparat

128

13

89

9

39

4

115

Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi

91

9

91

9

82

Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

91

9

91

9

82

Atom energetikasini rivojlantirish agentligi

48

6

48

6

42

21.

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

2 066

310

2 066

310

1 756

markaziy apparat

99

14

99

14

85

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

321

46

321

46

275

tuman va shahar boʻlinmalari

1 646

250

1 646

250

1 396

23.

Adliya vazirligi

3 299

77

1 196

45

2 103

32

3 222

markaziy apparat

197

14

197

14

183

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

329

22

329

22

307

tuman va shahar boʻlinmalari

609

609

609

Intellektual mulk agentligi

61

9

61

9

52

Davlat xizmatlari agentligi

2 103

32

2 103

32

2 071

24.

Davlat statistika qoʻmitasi

2 082

199

2 082

199

1 883

markaziy apparat

275

13

275

13

262

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

1 050

186

1 050

186

864

tuman va shahar boʻlinmalari

757

757

757

25.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

2 305

346

2 305

346

1 959

markaziy apparat

98

15

98

15

83

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

667

100

667

100

567

tuman va shahar boʻlinmalari

1 540

231

1 540

231

1 309

26.

Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi

177

27

70

11

107

16

150

markaziy apparat

107

16

107

16

91

Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi

70

11

70

11

59

27.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

181

26

86

12

95

14

155

markaziy apparat

86

12

86

12

74

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

95

14

95

14

81

28.

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi

277

41

277

41

236

markaziy apparat

82

12

82

12

70

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

195

29

195

29

166

29.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

1 869

286

1 869

286

1 583

markaziy apparat

63

63

63

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

245

51

245

51

194

tuman va shahar boʻlinmalari

1 337

201

1 337

201

1 136

“Oʻzbekchorvanasl” agentligi

214

32

214

32

182

Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasi

10

2

10

2

8

30.

Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti

68

9

68

9

59

markaziy apparat

12

1

12

1

11

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

56

8

56

8

48

31.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

41

6

41

6

35

markaziy apparat

33

4

33

4

29

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

8

2

8

2

6

32.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

107

16

107

16

91

33.

Yoshlar ishlari agentligi

841

126

841

126

715

markaziy apparat

75

11

75

11

64

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

154

23

154

23

131

tuman va shahar boʻlinmalari

612

92

612

92

520

34.

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi

142

21

142

21

121

markaziy apparat

69

10

69

10

59

Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamenti

73

11

73

11

62

35.

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi

90

90

90

90

markaziy apparat

50

50

50

50

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

40

40

40

40

36.

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

67

10

67

10

57

38.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi

57

9

57

9

48

39.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

37

6

37

6

31

40.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

441

62

441

62

379

markaziy apparat

94

10

94

10

84

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

309

46

309

46

263

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

38

6

38

6

32

41.

Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi

51

7

51

7

44

markaziy apparat

15

15

15

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

36

7

36

7

29

42.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi

27

4

27

4

23

43.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi

186

28

186

28

158

markaziy apparat

123

16

123

16

107

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

63

12

63

12

51

44.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi

11

2

11

2

9

45.

Gidrometeorologiya xizmati markazi

54

8

54

8

46

markaziy apparat

26

8

26

8

18

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

28

28

28

46.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

796

119

788

118

8

1

677

markaziy apparat

89

13

81

12

8

1

76

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

387

58

387

58

329

tuman va shahar boʻlinmalari

320

48

320

48

272

47.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

108

16

108

16

92

48.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi

332

50

332

50

282

markaziy apparat

80

12

80

12

68

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari

252

38

252

38

214

49.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari

701

38

701

38

663

50.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari

448

44

448

44

404

51.

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi

24

4

24

4

20

52.

YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi

9

1

9

1

8

Jami

43 969

5 288

39 925

5 175

4 044

113

38 681

Izoh:
* Davlat organi rahbariga, zarur hollarda, tashkilot markaziy apparati, idoraviy va hududiy boʻlinmalarining tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi;
zarur hollarda, mazkur davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining mavjud shtat birliklarini qisqartirilishiga ruxsat etiladi;
** Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmalari, shuningdek, Toshkent shahri tumanlaridagi boʻlinmalari shtat birliklari mazkur vazirliklar umumiy shtat birliklari soniga kiritilgan.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-133-sonli Farmoni tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-apreldagi PQ-5053-son qaroriga
2-ILOVA
Vazirliklar va idoralarning qisqarayotgan rahbar oʻrinbosarlari va ularning cheklangan soni

T/r

Tashkilot nomi

Tashkilot rahbari oʻrinbosarlari soni

Qisqartirilayotgan rahbar oʻrinbosarlari soni

2021-yil 1-may holatiga rahbar oʻrinbosarlari soni*

1.

Moliya vazirligi**

8

2

6

2.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi***

5

2

3

3.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

7

2

5

4.

Madaniyat vazirligi

4

1

3

5.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

4

1

3

6.

Qurilish vazirligi****

5

1

4

7.

Transport vazirligi*****

6

3

3

8.

Adliya vazirligi

5

1

4

9.

Davlat soliq qoʻmitasi

6

1

5

10.

Davlat statistika qoʻmitasi

4

2

2

11.

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

4

2

2

12.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

4

2

2

13.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

4

1

3

14.

Yoshlar ishlari agentligi

4

1

3

15.

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

3

2

1

16.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi

3

1

2

17.

Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi

2

1

1

18.

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi

4

2

2

19.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

3

1

2

20.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

5

1

4

21.

Gidrometeorologiya xizmati markazi

3

1

2

22.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

4

3

1

23.

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi

3

2

1

24.

Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi

2

2

0

25.

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi

2

1

1

26.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasi

2

1

1

Jami

106

40

66

Izohlar:
* Rahbar oʻrinbosarlari lavozimi soni 3 va undan ortiq boʻlganda rahbarning birinchi oʻrinbosari lavozimi kiritilishi mumkin;
** Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sherikchiligi agentligi direktori — moliya vaziri oʻrinbosari lavozimidagi “moliya vaziri oʻrinbosari” maqomi chiqarib tashlanadi;
*** Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining kasb-hunar taʼlimi boʻyicha oʻrinbosari lavozimi qisqartiriladi;
**** Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshligʻi — qurilish vaziri oʻrinbosari lavozimidagi “qurilish vaziri oʻrinbosari” maqomi chiqarib tashlanadi;
***** Transport vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimi qisqartiriladi;
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi — transport vaziri oʻrinbosari lavozimidagi “transport vaziri oʻrinbosari” maqomi chiqarib tashlanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2021-y., 07/21/5053/0274-son, 07.04.2021-y., 07/21/5057/0300-son)